Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore I_Ximmatov_SamDU_Xalqaro bo'lim 2023

I_Ximmatov_SamDU_Xalqaro bo'lim 2023

Published by Ibodilla Ximmatov, 2023-08-04 11:17:42

Description: I_Ximmatov_SamDU_Xalqaro bo'lim 2023

Search

Read the Text Version

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2 02 2 -YIL 1 3 -YANVARDAGI “SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” PQ-82 SONLI QARORINING TEGISHLI BANDLARI IJROSINI TA’MINLASH YUZASIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

1 .6-BANDI. “O‘QUV JARAYONIGA PQ-82 SONLI JALB QILINGAN XORIJIY QAROR PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR” Amalda, ya’ni 2022-yil 13-yanvar holatida 67 nafar edi, 2022-yil oxirida 77 nafar, 2023-yilda 87 nafarga yetkazilishi kerak edi. 2022-yilda xorijdan 111 nafar professor- o‘qituvchi, 2023-yil boshidan hozirga qadar 61 nafar professor-o‘qituvchi jalb qilingan, 2023-yil sentabrdan yana 46 nafar xorijning nufuzli OTM laridan professor-o‘qituvchilar jalb etish uchun shartnomalar tuzilmoqda.

PQ-82 SONLI QAROR 1 .7-BANDI. “XORIJIY TALABALAR ULUSHI” Amaldagi ko‘rsatkich 0,2 %, 2022 yilda 1,1 %, 2023 yilda 3% etib belgilangan. 2022 yildagi ko‘rsatkich bajarildi, ya’ni universitetning umumiy talabalar sornidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, 250 nafar xorijiy talaba jalb qilingan. 2023-yil boshidan hozirga qadar 100 nafar xorijiy talaba jalb etildi, yangi o‘quv yilidan boshlab yana Xitoy xalq Respublikasidan 50 nafar talaba, Rossiya Federatsiyasidan 50 nafar talaba kelishi kutilmoqda. Taklif: Ko‘proq talaba almashinuv dasturi uchun fan sohalari va kredit-modul miqdorlarini aniq dastur qilib, rus va ingliz tillarida tayyorlab, iloji bo‘lsa saytda berib borish. Bu bilan universitetga xorijiy talabalarni jalb etishimiz osonlashadi va tezlashadi. Ko‘proq “Yozgi maktab” va seminar-treninglar ham tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

1 .8-BANDI. “XORIJIY OLIY TA’LIM PQ-82 SONLI MUASSASALARI BILAN AKADEMIK QAROR ALMASHINUV DASTURLARIDA UNIVERSITET TALABALARINING ISHTIROKI” Amalda 43 nafar, 2022-yilda 65 nafar, 2023-yilda 90 nafar bo‘lishi kerak edi. 2022-yilda belgilangan 65 nafar o‘rniga 89 nafarga yetdi. 2023-yilda talaba almashinuv bo‘yicha xorijga ketgan talabalarimiz deyarli yo‘q. Biz “Xalqaro ta’lim dasturlari markazi” talabalarini ko‘rsatadigan bo‘lsak, ularni soni 169 nafarga yetadi. Ammo bu talabalar akademik almashinuv dasturlariga muvofiq emas. Ular qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil oluvchilar. Taklif: Shartnomalarga muvofiq, talaba, magistrant va doktoarntlarimizni nomzod sifatida Yaponiyaning Soka universitetiga, Fransiyaning Puate universitetiga berganmiz. Ammo nomzodlar hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari oxiriga yetmagan, dekan va dekan o‘rinbosarlaridan har qanday tanlov va grantlar uchun berilgan nomzodlarga hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam berish so‘raladi.

2.1 0-BANDI. “XORIJDA MALAKA PQ-82 SONLI OSHIRGAN YOKI STAJIROVKA O‘TAGAN QAROR PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA RAHBAR KADRLAR” Amalda 40 nafar, 2022-yilda 60 nafar, 2023-yilda 70 nafarga yetkazilish belgilangan. 2022-yilda 73 nafar professor-o‘qituvchi xorijda malaka shirib va stajirovka o‘tab qaytdi. 2023-yil iyun oyiga qadar esa, 40 nafarga yetdi, dekabr oyigacha yana 40 dan ortiq professor-o‘qituvchilarimizni mahalliy va xorijiy grantlar hisobidan malaka oishirish va stajirovka o‘tash uchun yuborish nazarda tutilgan.

2 E’МtЕiХbАoНИrЗiМnЫgВiНzЕДuРЕcНhИuЯ ИnННrОaВАhЦmИИat! Samarkand State University Universitet xiyoboni-15, Samarqand, O’zbekistan Universitet joylashuv lokatsiyasi https://goo.gl/maps/99Rz4Cpn86tNjhPH8

Tayyorladi: Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Ximmatov Ibodilla Qudratovich 04,08,2023y


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook