Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore dilkusho.ruza

dilkusho.ruza

Published by Ashur Ashurov, 2023-08-13 18:54:52

Description: dilkusho.ruza

Search

Read the Text Version

["Hayollarimni yig'ib o'rnimdan sekin turdim. Unga qararkanman menga havotir bilan qarab qo'yardi. --Soat nechi bo'ldi? --Obet vaqti bo'ldi. Senga nima bo'ldi nega bu axvoldasan? Qachondan buyon shunaqasan? --Anchadan buyon shu axvol. O'rganib ham qolganman! Qo'lidagi Isfandiyorni oldim. Bolajonim pishillab uxlab yotar edi. Jonim meni huddi otasini o'zi! --Qara seni ko'rgani kim keldi? U aytgan tarafga qarar ekanman polda dumini o'ynab yotgan mushukchaga ko'zim tushdi. --Axir bu...bu...usha mushukcha-ku!-- xursandligimning cheki yo'q edi go'yo. --Ha huddi o'zi! Sening taksikozing sabab oppoqgina mushukcha olib kelishimga to'g'ri kelgan edi-- Shoxjahon menga kulib gapirdi. --Ha esimda...ko'zingizga balodek ko'ringandim usha paytlar-- qiqirlab kulishni boshladim. Men kular ekanman u menga tikilib turar edi. Tikilishidan boshqacha bo'lib ketdim. Isfandiyorni sekin yotoq ustiga qo'yib poldagi mushukchani qo'limga oldim. --Voy buni shirinchaligini? Buncha asal bo'lmasanga, seni qanchalar sog'inganimni bilsang edi. Katta bo'lib qolibsanmi? Qo'limda erkalanishni boshlagan mushukchani quchib turarkanman u menga jinniga qaragandek qarab turardi. --Ha nega unaqa qaraysiz menga? --Farodisa ishon sen g'irt jinnisan! --Bilaman-- yana qiqirlab kulib yubordim. --Hoy jinni sekinroq o'g'limiz uxlayapti! O'g'limiz so'za qanchalik yoqib tushgan bo'lsa, u haqida qayg'urgani ikki baravar yoqib tushdi. -- Usha jinnining eri siz bo'lasiz unutmang! Unga qarab qoshlarimni qoqib qo'ydim. --Ha afsuski usha jinni qizning eri menman ya'ni buqasifat gavdasi! --Qani yir jinni ovqatlanib olamiz! -- Hop hozir yuz qo'limni yuvib tushaman siz boravering...... Ovqatlanib bo'lib hamma xonasiga tarqalar ekan men sekin Shoxjahonning kabineti oldidan o'tib ketarkanman uning kim bilandir telefon orqali gaplashayotgani eshitilib turardi. Albatta bu buyokishim eshik oldida gaplashgandan keyin shuda axvol. Sekin o'tib ketaman deganimda uning gaplarini eshitib joyimda taq etib to'xtab qoldim. Titroq bosishni boshlagan qo'llarim bilan og'zimni berkitib yig'lab yubordim. Ortimga urilib endi ketaman deganimda uzun ko'ylagim sabab to'qnashib xizmatchi olib kelgan idishni tushurib yubordim. Yerda sochilib yotgan shishalarga ahamiyat bermay o'rnimdan turdim. Qo'limda qanaqadir achishosh paydo bo'la boshladi. Sekin qarasam qon oqishni boshlagan ekan qachon va qanday kesin olganim axamiyatsiz edi hozirdi paytda. Meni qalb og'rig'i qiynar, yuragimni tilka pora qilar edi. Bu shovqindan xonasidan chiqgan Shoxjahon ko'rgan manzarasidan hayratga tushdi. Qo'lidan sharshara misol qon oqayotgan Farodisaga qarar ekan, qizning ko'zlari yig'idan qizarib ketgan qo'llari esa titrab turar edi. Sezdiki qiz uning telefonda aytgan hamma gaplarini eshitgan. --Farodisa menga quloq sol, senga hammasini tushuntirib beraman! --Yo'q...yo'q menga yaqinlashmang! Yaqinlashmang dedim sizga! Farodisa ko'ylagini etagini ko'tarib yugurib ketib qoldi. --Sora opa Isfandiyorga qarab turing! Xizmatchiga bolaga qarashini tayinlab o'zi ham qizning orqasidan yugurib ketdi. Ko'chaga chiqganida afsuski Farodisa mashinasida ketib bo'lgan edi. Tezda u ham mashinasiga minib qizning ortidan haydadi. Hayroyatki hali uzoqqa ketishga ulgurmabdi.","Farodisa qay tomonga ketsa o'zi ham uning ortidan izma iz haydab borardi..... Shahardan yiroqda mashinasini tezligini kamaytirmay ketayotgan qiz, hech qayerga e'tibor bermay ko'zlarini yo'lga qaratib mashinani boshi oqqan tomonga haydab borar edi. Chap tomondagi burilishda katta jarlikka ko'zi tushib oxiri mashinasini usha tomonga burdi. Jarlikgacha bir necha metr qolganida to'xtadi va undan tezlikda tushdi. Yon atrofiga boqar ekan bu yerda o'zidan boshqa hech kim yo'qligiga amin bo'lib bor ovozi bilan baqirdi. Shu darajada dard va alam bilan baqirar ediki hozirda uning tomog'ida hozir bo'layozgan og'riq uni hech ham qiziqtirmas, huddiki baqirib bor alamini chiqarib olmoqchidek edi. Baqirishdan charchagan qiz holsizgina yerga o'tirib qoldi. Yana e'tiborini yon atrofga qaratar ekan bu safar hayratlanib qoldi. --Axir....axir....bu tushimdagi....--uyog'ini ayta olmadi. Tushudagi jarlikni hozirda oldida ko'rib turgani uni bir tomondan hayratlantirsa yana bir tomondan yig'latar edi. Ko'zlaridan oqishga ulgurgan yoshlarni sekin bir qo'li bilan sidirib tashlar ekan o'rnidan turdi. Jarlik tomon yaqinlashib qo'llarini ikki yonga yoydi va havodan to'yib nafas olib chiqardi. --Bu so'ngi xotima ekan! Mayli bugun mening so'ngi kunim va so'zgi ko'z yoshim bo'lsin. Alvido shavqatsiz hayot! Bir oyog'ini jarlik tomon olib bormasidan ortidan kimdir shaxd bilan o'ziga tortib oldi. Qizni bag'ridan chiqarib yuzida zarb bilan shapaloq tortib yubordi. Ortidan kimdirning tortib olgani sabab hayratlangan qiz o'zini o'nglab olmasidan yuziga tushirilgan shapaloq sabab yerga dars etib yiqilib tushdi. --Sen nima aqldan ozganmisan? Yoki hayotdan to'ydingmi nima? Axmoq! Jonimga tegib ketding-ku! Nega buncha hayotingni havfga qo'yaverasan? Shoxjahonga shunchaki yoshli ko'zlari bilan qarab turgan qiz qizargan yuziga bir qo'lini qo'ydi. --Shoxjahon men juda ham charchadim juda juda! Keling ajrashaylik? Men kurashib charchadim....hamma narsadan charchadim. To'yib ketdim hamma hammasidan! Farodisa ko'zlaridan oqib yuzlarini yuvayotgan yoshlarni shunchaki artib yigitga holsizgina qarab qo'ydi. O'rnidan turib o'ziga boqib turgan yigitning qo'llaridan ushladi va butun dunyoni laxzaga keltirishga sababchi bo'ladigan so'zlarni aytdi. --Mening talog'imni bering! Aytishlaricha ikki juftlik orasida \\\"Talog' \\\" so'zi ishlatilgudek bo'lsa bu butun dunyoda arshialolarning laxzaga kelishiga sababchi bo'lar ekan. Bu so'zni ishlatishdan oldin har bir erkak o'z jufti haloliga aytishdan oldin yetti o'lchab bir kesmog'i darkor. Negagi o'ylamasdan chiqarilgan qaror bir kun kelib pushaymon bo'lishiga sababchi bo'larkan! Mana hozir Shoxjahon qizga qarar ekan undan chiqqan bu so'zlarni tinglab bir uchib turdi go'yo. U o'ylamagan edi bir kuni o'z jufti haloliga shunaqa so'zni aytaman deb.... Qizga qarab uning boyagina tarsaki tushirgan yuzidan sekin ushlab silashni boshladi. --Hech qachon....eshitayapsanmi hech qachon mendan buni so'rama! Nega bundan deyotganimning sababini ham so'rama! Mening talog'ini beradigan xotinim yo'q! --Mendan qutulishni istamaysizmi? Farodisa o'zining yuzlarini silab bag'riga bosmoqchi bo'lgan yigitni siltab tashladi. --Qachonki o'lsangina mendan qutila olasan! Tushuntira oldim deb o'ylayman-- qizning ikki qo'llarini ortiga qayirib bag'riga bosdi va qattiq quchoqlab oldi. Bundan jazavaga tushgan qiz qo'lidan hech narsa kelmaganidan yig'lashga tushdi. --Qo'yib yuboring meni! Sizni ko'rishni istamayman! Istamayman dedim! Tinchgina o'lishimga ruxsat","bermadingiz hech bo'lmasa o'zimni o'ldirishimga xalaqt qilmang yolvoraman! Bu safar qiz huddi telbalardek harakatlar qilishni boshladi. Yaxshi hamki Shoxjahon uning ortidan yetib kelishga ulgurdi. Yo'lda bitta ikkita mashinalar sababli mashinalar orasida qolib ketganligi sababli qizning mashinasini yo'qotib qo'ydi. Ming bir wiyinchilik bilan qizni topdi. Topdi-yu mashinasidan o'q misoli uchib chiqdi. Sababi qiz o'zini katta bir jarlikdan tashlamoqchi edi..... --O'lishni istayman.....o'lmoqchiman....qo'yvoring....qo'yvor dedim senga...qo'yvor molvachcha! --Mendan faqatgina o'lib qutilasan Farodisam! Anchadan buyon yuragidan kelayotdan sadoni aytmoqchi bo'lganida aqli uning ming bir qiyinchilik bilan qaytarib yuborar edi. Aql va yurak o'rtasidagi tortishuvlar sabab ikki o't orasida qolganidan shunchaki jimlik va hissizlikni tanlar edi. Mana bugun aynan hozir yuragi tomonidan kelayotgan sado huddiki butun tanasi-yu aqlini egallab olgandek go'yo!? Oxiri yurak yutib ichidagi anchadan buyon saqlab kelayotgan so'zlarni sirtida chiqardi. --Men seni sevaman Farodisa. Telbalarcha sevaman!....... Farodisa uning so'zlarini tinglar ekan ichidan shunaqangi tez quvondiki. Qancha kutgan edi undan shu so'zlarni tinglashni, qancha kutgan edi. Mana hozir uning o'zi o'z og'zi bilan aytib turibdi. Lekin.....lekin endi bu so'zlardan nima foyda? Endi hammasi yana oldingidek bo'larmikan? Yana avvalgidek qiz uni telbalarcha seva olarmikan? Nega u sababini so'rama dedi? Nega doim hissizlarcha muomilada bo'ladi? Nega doim azob beraveradi? Nega?.....nega? Nega degan so'z doim kelaveradi lekin uning javobini faqatgina \\\"U\\\" bera oladi faqat \\\"U\\\" Lekin endi bundan foyda yo'q sababi qiz u bilan ortiq birga yashay olmaydi. Hozir hissiyotlarga berilib yigitni kechirsa va u yana qayta unga azob bersachi? Yana avvalgidek taxqirlayverib dilini og'ritsachi? Yo'q yo'q endi u bilan aslo birga qolmaydi aslo! Biroz avval telefonda aytgan gaplari sabab endi u ozod qush. Endi u hech narsagag majbur emas! Qarzini qaytaraman degandi endi bunga xojat ham qolmadi! Jimgina o'g'lini olib otasining viloyatiga qaytaib ketadi va boshqa hech qachon Shoxjahon bilan uchrashmaydi. Unga bo'lgan sevgisi va muhabbatini shu yerda aynan manashu jarlikka ko'mdi! Endi hissizlik va e'tiborsizlik vaqti Farodisa yetdi ha...ha aynan unga yetdi! Hayollarini yig'ib olgan qiz o'zini maxkam quchib olgan Shoxjahonni bir siltab itarib tashladi. --Men siz bilan ajrashaman! --Hech qachon men sen bilan ajrashmayman! Hozir jimgina ovozingni o'chirib men bilan uyga qaytib ketasan! --Bekorlaringizni aytibsiz. Men ketaman. Siz bilan qaytib umuman birga yashamayman! Shoxjahon unga maxzun qarab oxiri boshini quyi egdi va chuqur uh tortdi. --Farodisa iltimos meni qiynama. Janozani o'tqazib olaylik keyin hammasini bafurja gaplashib olamiz. Janoza so'zini eshitgan qizning oyoqlari o'z-o'zidan bo'shashib ketdi va shilq etib o'zini yigitning qo'liga tashlab yubordi. Hozirda janoza so'zi unga shunaqangi og'ir botgan ediki nima qilishni bilmay qolgandi. Shoxjahon qo'liga suyanib qolgan qizni asta avaylabgina yerda o'tirg'izdi. Farodisaga qarar ekan u shunchaki bir nuqtaga jimgina qarab yum-yum yig'lab turar edi. Qizning ko'z yoshlarini artib uni o'ziga qaratib oldi va yuzidan avaylabgina ushlab undan to'xtovsiz bo'sa ola boshladi.","Farodisa esa shunchaki hissiz qo'g'irchoqdek ko'zlarini pastga qaratib turaverdi. Bo'sa olsihdan hech ham to'xtashni istamagan yigit qizni quchib yanada qattiqroq bo'sa olaverdi. Bu bo'salar bora bora ortsa ortdiki hech ham to'xtamadi. Yigitning burni va yuziga kelib tushayotgan tomchilar sabab o'z ishidan to'xtadi. Qizga qarar ekan uning hali ham jim yig'layotgani uni havotirga sola boshladi. Farodisani dast ko'tarib mashinasiga mindirdi va uyiga qarab yo'l oldi. Shoxjahon yotoqda uxlab yotgan xotinining sochlaridan silar ekan tushda telefonda gaplashgan suhbati esiga keldi....... Kabinetida o'tirar ekan bir vaqt unga qo'ng'iroq bo'la boshladi. Sekingina hujjatlardan boshini ko'tarib ekrandagi yozuvni ko'rdi va yuragi uvushib ketdi go'yo.... --Assalomu alaykum oyijon. Yaxshimisiz? Dadam yaxshilarmi? Narigi tarafdan yig'i ovozi eshitildi. --Qanday yaxshi bo'lay bolam. Malagim mening yarmim meni tashlab ketdi-ku! Onasining so'zlari uning tanasidagi har bir energiyani olib qo'ygandek bo'ldi. Sekin telefonini ovozini balandlatib qo'ydi, o'zi esa stoliga suyanib qoldi. --Meni kechiring ona....kechiring. men singlimni saqlab qola olmadim! Shoxjahon ko'zlarida mavjlangan yoshlarga erkinlik berdi. --Axir shifokor donor topildi degandi-ku. Nega uni qo'yishmadi.... Narigi tarafdan onasining xo'ngrab yig'layotgani eshitilib turardi. Bu esa Shoxjahonni yanada cho'ktirishni boshladi. Sekin asta yerga cho'kkalab qo'llarini tizzalariga suyab pastga qarab yig'lay boshladi. -- U insonning donor bo'lishini istamayman. Istamayman onaaaa. Lekin baribir ham operatsiya kunigacha singlim chiday olmadi. Joni uzildi mening yagonamni..... Singlimni asrolmadim onajon.... --Shoxjahon keyinroq o'zim senga qo'ng'iroq qilaman, men onanga qaray!. Otasining ovozini eshitib bir so'z demay qo'ng'iroqni yakunladi. Yakunladiyu tashqari tarafdan nimalarnidir singani eshitildi. Shoshib tashqariga chiqsa unga Farodisa yoshli ko'zlari bilan boqib turar edi.... Donor bo'lishini istamayman deganida qiz uni noto'g'ri tushunib yugurib ketdi. Bu so'zlari bilan Shoxjahon o'z sevgilisini o'lim tomon yetaklashni istamasligi haqida ekaigini qiz tushunganida edi. Balki hozir bu holat bo'lmasmidi?.... Uch kun domdaraksiz yo'q bo'lganing sababi ham aynan singlisi Malak edi. Shifoxonadan unga qo'ng'iroq bo'lib singlisining axvoli og'irlashgani haqida habar berishganida jon poni chiqib ketay dedi. Uch kun singlisining oldidan bir qadam ham jilmadi. Afsuski uning yagonasi, Malagi uni tashlab ketdi. Yuragi oxiri chiday olmay urushdan to'xtadi. U ham mayli miya ishlashdan to'xtab qoldi. Kechagina yaxshi axvoldagi singlisi bugun o'lim holatida yotibdi. Balki u akasining suyuklisidan ayirmaslik uchun ham bu olamni tark etgandir?..... Shularni o'ylar ekan sekin qizning sochlarini silashdan to'xtadi. Ertaga janoza ekanligi uchun dam olmasa bo'lmasligini bilib sekin yotoqning bir chetiga joylashdi. Albatta Farodisani bag'riga olishni ham unutmadi. Janozada kelgan odamlar bu xonadonning yana bir qizi borligiga hayron qolishsada hech narsa demay shunchaki kelib qatnashib ketishdi. Shoxjahon bir chekkada yerga qaran jimgina turar ba'zi-ba'zida esa qaltirayotgan qo'llariga qarab qo'yardi. Hozirda unga hech nimaning qizig'i yo'q edi, faqatgina sukut saqlab bir nuqtaga qarab turaverardi. Odamlarning gaplari, qarindosh urug'ining dod voy solishi hech biri unga qiziq emas edi. Ustiga kiydirilgan choponiga qarar ekan uning pastgi etaklari tuproq bo'lib ketibdi. Yuragi jiz etib ketdi go'yo, qaltirayotgan qo'llarini qimirlatib ko'rarkan Hayollarida esa naxot bugun shu qo'llarim bilan o'z singlimni ko'mdim? Hali bir uning maktabga borishini, o'qishga kirishini, turmushga berishimni ko'rolmadim der edi?","Tuproq bo'lgan choponining etagini sekin silab qo'ydi. Axir bu tuproq uning singlisidan kelgan. Jon jigari eng erkatoy gulg'unchasini qabrga qo'yganiga hali ham ishona olmayapti! Nega hayot bunaqa nega biz sevgan insonlar bizni tashlab ketishadi? Nega? Shu savollarni berishni juda ham istaymiz, lekin bularning hech biriga javob yo'q! Kelgan ketgan odamlarga rahmat aytgan Shoxjahon sekin yon atrofiga qarab qo'ydi. O'zi izlagan insonimi topa olmadi. Hay hoddek uyning atrofida aylanib har bir xonalarga kirib chiqar ekan, negadir uni topa olmadi. Yo'lidan chiqgan xizmatchidan Farodisaning qayerdaligini so'rab oldi va uning oldiga shoshildi. Ikkinchi qavatdagi onasiga tegishli bo'lgan xonaga kirar ekan, yotoqda uxlab yotgan onasiga ko'zi tushdi. Oyisining axvolini ko'rib yurak bag'ri ezildi. Eshikni yopmoqchi bo'lib turganida nimanidir yerga sekingina gurs etib tushganini eshitdi va eshikni extiyotgina ochdi. Oyisining yotog'ining pastki tarafida bir qo'liga boshini qo'yib uxlab yotardi. Boshidagi qop qora roli ozroq pastga qarab tushmoqchidek bo'lib qolgan, egnidagi huddi rumolining rangiga monand bo'lgan uzun etakli ko'ylagi esa orqa tomonidan uzun bo'lib yoyilib yotar edi. Yuzlariga boqar ekan, bechora qizning yuz ko'zlari yig'layvergandan qizarib ketgan edi. Sekin qiz tomon yaqinlashdi. Yotoqga yaqinlashar ekan ko'rgan manzarasidan ko'zlari kosasidan chiqib ketay dedi. Farodisaning oyoqlari ustida oppoq yelib idishcha yotar edi. Qizning boshqa qo'lida esa otasining va o'zining birga tushgan surati turar edi. Faqatgina bu surat qizning qo'li bilan birga yerga yotar edi. Shoxjahon tezda Farodisaning oldiga uchib bordi. Yelim idishchani qo'liga olib o'qirkan undagi yozuvni ko'rib ko'zlari kosasidan chiqib ketdi. \\\"Uyqu dori\\\" bu yelim idishchaning ichida qancha tabletkalar bor, qizning nechtasini ichdi hech qaysi hozirda qiziq emas hattoki hayoliga ham kelmagandi. Qizning yuzlaridan urib ko'rarkan uning sovushga ulgurgan tanasini ushlab ko'zlaridan yoshlar uchqindek sachrab ketdi. Tezda qizni qo'llarida dast ko'tarib xonadan o'qdek chiqib ketdi. Zinalardan tushar ekan qo'llari har tomonga yoyilib yotgan qizning bo'yni ham yerga egilib qolgandi. Boshida omonatgina turgan rumoli esa yerga shilq etib tushib ketdi. Shoxjahon hozirda nima qilayapti nima qo'yaypti hech narsani sezmas, kimdirlarning chaqirishlariga ham e'tibor bermas edi. Hozirda uning hayolida faqatgina bir so'z aylanar edi. \\\"Nahot men yana bir yaqinimdan ayrildim?\\\" Uydan chiqarkan uning ortidan huddiki bir nimani sezgandek chaqaloqning chinqirib yig'lashi eshitildi. Haydovchiga shifoxonaga haydashini aytib o'zi orqa tarafga Farodisani quchog'iga oldi. Qizning yoyilib ketgan sochlaridan silar ekan, uning sovuqqina peshonasiga lablarini bosar edi. Har bosganida sovuq taftni xis qilgani sari juda ham qo'rqib ketar edi. Ko'zlaridagi oqish tushayotgan yoshlar qizning sochlariga to'kilar edi.Ba'zi ba'zida bu tomchilar qizning yuziga ham hattoki oqarib ketgan lablariga ham tushar edi. Har tomchi tushganida qizning yuzida boqarkan biror bir o'zgarish, yokida mo'jiza bo'lishiga jon jaxti bilan ishonishga harakat qilardi. Afsus endi kech Shoxjahon uchun so'ngi manzil ham yetib keldi, yana bir janozaga tayyorgarlik ko'rishi kerak......... Shoxjahon palatadagi xonada suyukli yoriga termulib turarkan shifokorning aytgan gaplari yodiga tushdi... Shifoxonaga shoshilib Farodisani ko'tarib kirarkan uni ko'rgan hamshiralar tezda kushetkaga yotqizib tekshirishga olib kirib ketishdi. Bir necha daqiqalardan so'ng palatadan bosh shifokor chiqib keldi. Uni ko'rgan Shoxjahon tezda","o'rnidan turdi. --Farodisa yaxshimi? Unga hech nima bo'lmagan deb ayting iltimos!-- chorasizlikda qolganidan ko'zlarida yoshlar mavj urushni boshladi. Karidorda palatadan chiqib shifokorning nimalar deyishini o'ylayverib jinni bo'layozdi. Go'yoki hozir u chiqib Shoxjahon uchun juda ham so'zlar aytadigandek edi. Uning chiqishini bir tarafdan istasa ikkinchi tarafdan xohlamas edi. Xohlashining sababi Farodisaning axvoli haqida ozgina bo'lsa ham yaxshi habar eshitish bo'lsa, Istamasligining sababi esa huddi birinchisiga o'xshab shifokorning u haqida biror bir noxush habar aytishida edi. Mana hozir qarshisida turgan shifokorga qarab turarkan, uning aytadigan so'zlari huddiki Shoxjahonning yuragini parcha bo'lib ketishiga sababchi bo'ladigandek edi go'yo! --Shoxjahonbey yuring xonamda gaplashib olamiz-- endigina bir qadam tashlagan shifokorning bilagidan tezda tutib o'ziga qaratdi. --Men sizdan uning axvolini so'rayapman. Xonangizda emas menga shu yerda javob bering. Xonagizga kirib eshitdim nima bu yerda eshitdim nima! --O'zingizni bosib oling yigitcha. Xar holda bu yer shifoxona va siz mening o'g'lim tengi ekansiz. Yoshimni inobatga olib ozgina xurmat qilib gapirsangiz yaxshi bo'lardi!-- yoshi kattaroq bo'lgan amakiga qarar ekan hozirda Shoxjahonga uning gaplari-yu, yoshi muhim emas edi. Rafiqasining axvoli muhimroq edi. Hozir ham yana savoliga javob ololmaganidan ko'zlarini asabiy yumib barmoqlarini bir ikki silkitib qo'ydi. --Rafiqangiz sog' omon havotir olmasangiz ham bo'laveradi-- Shoxjahonning asabiylasha boshlaganini sezgan shifokor gapni ko'paytirmasdan yezda maqsadga o'ta qoldi. -- Eng muhim habarni aytdim sizga, endi qolganini xonamda gaplashib olsak degandim. Har xolda bu yerda bemorlar bor!.... --Hullas rafiqangiz hech qanaqa uyqu dori iste'mol qilmagan-- qo'lidagi taxlil qog'ozlariga ko'z yugurtirib, qarshisidagi kursida asabiy barmoqlarini stolga chertib o'tirgan yigitga tushuntirdi. --Tushunmadim? Bu nima deganingiz? Axir....axir u muzdek edi....ha...ha tanasi muzdek edi! Hattoki hushiga keltirishga harakat qilganimda ham uyg'onmadi! Nafas ham olmayotgan edi? Bu nima deganingiz? Shoxjahon o'rnidan shaxd bilan urtib orqa oldiga qarab yura boshladi. Bir qo'lini sochlariga, ikkinchisini esa beliga qo'yib asabiy yurar edi. Har har zamonda uzun va jilvakor sochlarini asabiylikdan ortiga barmoqlari bilan g'ijimlagandek tarar edi. --Bu bilan aytmoqchimanki xotiningiz uyqu doridan faqatgina bir donasini istemol qilgan! --Unda rafiqamda ro'y bergan hodisalarchi? Bularga nima deysiz?-- yoqasini yana ikkita tugmasini bo'shatdi. Ko'ksigacha ochilgan ko'ylagidan uning mushakdor tanasi, unga yanada ko'rk bag'ishlab turardi. --Unda ro'y bergan hodilarni esa shunchaki charchoqlik deb aytsak bo'ladi. Shoshmang men oxirigacha gapirib olay, siz esa mana bu dori va idishdagi suvdan ichib oling. Endigina yana savol bermoqchi bo'lgan yigitni tezda jim qilib gapini yana davom etdi. --Rafiqangiz rostdan ham uyqu doridan ichgan. Faqatgina bir donasini iste'mol qilgan. Shu yaqin orada juda ko'p siqilgan va tekshirganimda ko'rdimki ko'zlari shishib ketgan. Bundan kelib chiqadiki ancha kungacha yig'lagan va yana ko'zlarining ivmchini ko'rganimda qizarib ketgan. Ko'z osti ham qoraygan. Shularning hammasining ta'siridan bemorning organizmi charchagan va bor yog'i bittagi a uyqu dori sababli o'lik odamlardek axvolga kelgan. Yigitga uzatgan dorini ichib bo'lganidan so'ng yana gaoini davom ettirdi. --Siz esa xotiningizni tanasini muzdek deb uni o'ldi deb o'ylagansiz. --Yo'q men...men... --Shart emas men sizni tushunib bo'ldim. Hullas nima deyotgan ha esladim! Rafiqangizning tanasi azaldan muzdek ekan buni ham tekshiruvlar natijasidan bildim. Bizda buni ota bobolarimiz \\\"Ilonlik qobiliyati\\\" deb atashadi. E'tibor bergan bo'lsangiz ilonlarning ham tanasi","muzdek bo'ladi. Rafiqangizning ham avlodida shunaqa tanasi doimo muzdek bo'lib turadiganlar bor. Ular qishu yozda doimo qo'l oyoqlari muzdek bo'ladi. Hullas gapning qisqasi rafiqangiz sog' va omon. Faqatgina charchagan va u ko'proq dam olishi kerak. Iloji bo'lsa havo almashtirsin. Havotirlanishingizga hojat yo'q o'g'lim! Shifokor Shoxjahonga bitta ikkita kerakli dorilar ro'yxatini yozib berdi va ketishi mumkinligini rafiqasi o'ziga kelsa uni ham o'zi bilan olib ketishi mumkinligini aytdi. Shifokorning oldidan chiqgan Shoxjahon hozirda eshitgan gaplarini miyasi hech ham taxlil qila olmas edi. Unga nima dedi, nimalar haqida gapirdi hech qaysini anglay olmadi. O'ziga kerakli bo'lgan so'zlarni eshitdi va qolganiga e'tibor qaratmadi. Palataga kirganida shiftga o'ychan yotgan qizga qaradi. Hattoki eshik ochilib ichkariga kirganini ham qiz bechora sezmadi. Yuzlariyu ko'zlari yig'lay vergandan shishib qizarib ketgan edi. Sekin mayda qadamlar bilan qizning oldiga bordi. --Yaxshimisan? Jimjitlik! Qiz tarafdan hattoki biror bir so'z ham kelmadi. Chuqur ho'rsingancha boya ochgan ko'ylagining ochiq qolgan tugmalarini qayta qadadi va yotoqda yotgan qizni bir urinishda ko'tarib qattiq quchib oldi. --Juda qo'rqdim. Seni ham yo'qotim qo'yaman deb rossa qo'rqdim. Meni qaytib bunday azoblama! Tezroq tuzalib ketsang senga hamma gaplarni aytib beraman. Va yana singlimning marakalari o'tib olsin sen bilan juda muhim masalada gaplashib olamiz. Bu bizning kelajakdagi hayotimizni hal qiladi! Bir nuqtaga qarab o'tirgan qizning yuz ko'zlaridan o'pib uni yana qayta quchib oldi..... 1 haftadan so'ng... --Farodisa tayyorlan biz ketamiz! 1 haftadan so'ng... --Farodisa tayyorlan biz ketamiz! Shoxjahonning so'zlarini tinglarkan hech bir reaksiya bildirmay tebranma kursisiga qo'lidagi bolasini uxlataverdi. Bundan anchagina xunobi oshgan yigit asablari taranglashgan peshonasida chiziqlar paydo bo'ldi. Asabiy bir qo'li bilan sochini ortga qarab huddi g'ijimlagandek qilib tortdi. Qizga qarab turarkan u hali ham jim turganidan oxiri sabr kosasi to'ldi va uning oldiga shaxdan qadamlar bilan bordi... --Men senga tayyorlan dedim! Sabrimni sinama Farodisa! Asabimlarim joyida emas, seni bir nima qilib qo'ymay deb o'zimni bosib turibman. Hozir o'rningdan turasan va tezda chamadonga kiyimlarining tayyorlayman. O'g'limizni ham kiyimlarini ol. Qizning bilagidan qattiq siqganligi uchun, ozroq qizarib qolibdi. Sekin undan qo'lini oldi. --So'ramasang ham ayta qolay, biz o'n kunga ketayapmiz. Shunga qarab narsalaringni tayyorlayver. Qizning qizarib qolgan bilagidan yana qayta ushladi. --Kechir! -- qizarib qolgan bilagiga lablarini bosdi. Peshonasiga ham muxrini bosib sekin pishillab uxlayotgan o'g'lini qo'liga oldi. --Sizlar mening jonimsizlar! Seni sevaman Farodisam! O'rnidan turib narsalarini tayyorlashni boshlagan qizni bo'sh qo'li bilan quchib o'ziga yaqinroq tortdi. --Sen meni aqldan ozdiryapsan! Seni kundan kunga xohlayapman. Seni sevaman, hattoki telbalarcha! Qizni o'ziga yaqinroq tortib lablaridan o'pa boshladi. Qo'lida uxlab yotgan o'g'lini xonasiga olib borib yotog'iga yotqizdi va sekin xonasidan chqib ketdi. Tezda o'zi xonasiga qaytib chala qolgan ishini davom ettirdi. Qizning xipcha misol belidan qayta quchib o'ziga tortdi.","Bu harakatdan bir uchib tushgan qiz bir oz qalqib ketdi va yigitning ko'ksiga urilib ketdi. --Seni xohlayman! Farodisaning qulog'iga sekin ammo extiros aralash aytilgan bu so'zlar qizni tanasini bo'shashtirib yubordi. O'zi bilmagan holda yigitning bo'ynidan quchib oldi. --Bu ishiningni rozilik alomati deb qabul qilaman!-- shoxjahon miyig'ida kulib sekin qizga yaqinlasha boshladi. --Lekin Isfandiyor u..--yigitning yaqinlashayotganidan hayajonga tushgan qiz bahona izlay boshladi. Garchi o'zi ham bu \\\"Ishlarni\\\" istayotgan bo'lsada aqli hozircha bunga imkon bermayotgan edi. Shoxjahon ko'zlaridan uchqun charaqlab turgan rafiqasiga qararkan extiroslari va unga bo'lgan xohishi yanada kuchaya boshladi. --U hali beri turmaydi, menga ishonaver..... Qizning lablariga o'zinikini bosdi. Bu safar Farodisa ham hammasiga tavakkal qilib yigitning bo'salariga javob qaytara boshladi. Shoxjahonning ko'ylagini tugmalarini bo'shatishga kirishdi. Qizga javoban yigit ham qizdan ko'ylakni butunlayga ozod etdi. Oshiqlarimiz bu safar majburlikdan yokida xxohlamay emas balki o'z istaklari va bir biriga bo'lgan talpiniah, sevgi ila birga bo'lishdi. Hozirda xonada faqat ikkisi bir biridan to'yay demayotgan oshiqlarning ovoziyu, yotoqdan yerga tushgan tartibsiz kiyimlarni faqatgina oy o'zining shulasi ila ularni kuzatib turardi. Bugun ikki qalblar nixoyat birlashdi.... Isfandiyor ham bu safar kechasi ona sutini so'rab uyg'onmadi. U ham sezdimikan sevishganlarning visol oqshomiga vanihoyat yetishganini? **** Mashina katta yo'lda ketar ekan o'zi bilan birga uch kishini olib ketar edi. Mashina oynachasidan orqa o'rindiqqa boqar ekan, og'zidagi sorg'ichini so'rib o'zining huddi otasinikidek kulrang ko'zlari bilan atrofga boqib ketayotgan o'g'liga qarab qo'ydi. Yonginasidagi old o'rindiqda esa suyuklisi bo'lmish xotini ham atrofni tomosha qilib ketayotgan edi. Qizga sekin bir nigoh tashlar ekan, kecha necha oy deganda endigina u bilan birga bo'ldi. Bu safar qasos uchun yokida majburlikdan emas balki o'z xohishlari bilan birga bo'lishdi... Farodisaning ochiq qolgan bo'yniga qararkan kechagi \\\"ishlardan\\\" anchagina izlar qolgan ekan. Bu izlarni yashirish uchun bo'yniga ilib olgan sharfidan ham baribir ko'rinib qolayotgan edi. Shoxjahon kulib tezda qizning bo'ynidan o'pib oldi. Bundan uchib tushgan qiz qo'rqib yigitga nigohini qadadi. --Buncha qo'rqmasang jonim? Yaqinroq kelsangchi?--qizning bo'ynidan ushlab lablaridan o'pa boshladi. Shoxjahonni o'zidan itarib hansirab nafas ola boshladi. --Yo'lga qarang jinni!-- yuzlari pamidor kabi qizargan qiz yuzlarini qo'llari bilan yashirib oldi. --O'zimni uyatchang jonimdan. Hayotim mening. Dilkushoyim! --Dilkushoyim?-- yigitning aytgan bu so'ziga tushunmagan qiz unga hayron qaradi. --Ha Dilkushoyimsan mening! Yigit qizning bir qo'lidan tutib o'pib qo'ydi va o'zining katta kaftlari orasiga Farodisaning nozik barmoqlari bilan birlashtirdi. --Bu so'zning ma'nosi nimani anglatadi? Shoxjahonning o'zini ushlab olgan qo'liga qararkan kulib qo'yib yigitga savol berdi. --Ochiq qalb degan ma'noni anglatadi. Bu tojikcha so'z. Men Tojikistonga ayrim sababalrga ko'ra juda ko'p borib turardim va usha yerda ularning tilini o'rganib olganman. Shoxjahon huddiki o'zini maqtagandek sezdi va yuzini bujmaytirib oldi. --Nega aynan ochiq ko'ngligim deyapsiz?","Meni bunday atayapsiz deyishga uyaldimi meni demasdan ochiq ko'ngligim deyapsiz deb ayta qoldi. Qizning yuzlari yana qizarishini sezgan Shoxjahon baralla kulib yubordi. Yigitning nega kulayotganini sezgan qiz yanada qattiqroq uyala boshladi. --Sen mening ochiq ko'ngligimsan. Mening Dilkushoyimsan. Mening shuncha qilgan ishlarimga, azoblarimga qaramay, ko'nglingni og'ritaversam ham meni borimcha qabul qilding. Ko'nglim mendan sovimadi, aksincha ko'nglingni keng ochib mening xatolarim va qilmishlarim bilan qabul qilding. Seni sevaman Dilkushoyim! Mashinani bir chetga to'xtatib qizni qattiq bag'riga bosdi. --Men ham sizni sevaman Shoxjahonim. Jonu jahonim! Aytgan so'zlaridan uyalgan qiz yigitning ko'ksiga yuzini yashirib oldi. --Hozir yana shu turishda tursak mashinada va bu yerlik noqulaylikligiga qaramay kechagi sho'klikni davom ettirib yuboraman. Bilasan sendan hech qachon to'ymayman. --Uyatsiz!-- Farodisa beozorgina uning ko'ksidan turtib qo'ydi. Qizning gapiga e'tibor bermay mashinani hayday boshladi. --Bizni kutib ol qishloq! Sen bilan shu yerda hayotimda bo'lgan hamma narsa haqida gaplashamiz. Ozorlarim va nega hali ham ajrashmaganimning sababalarini bilib olasan. Faqat hammasini dam olganimizdan keyin va mening qornimni to'ydirganingdan keyin aytib beraman. Shoxjahon qizga ayyorona qarab qo'ydi. Bunga javoban Farodisa uning yuzidan o'pib qo'ydi. --Ey voh! Men tezda uyga bormasam bo'lmaydi. Men sabr qila olmayapman! Shoxjahon yoyilib kula boshladi, albatta Farodisa ham unga monand qo'shildi....... Ajoyib bo'lgan tog' havosi hammaga birdek yoqadi. Uning havosining tozaligi, atrofni o'rab turgan katta-katta daraxtla- ru, o'simliklar bu joylarning chiroyiga yana chiroy qo'shib turardi. Bu yerning toza havosidan nafas olay deb shahardan, hattoki boshqa viloyat va davlatlar odamlar kelar. Havoning ancha sovuqligiga qaramay, negadir odamning shu yerlarga kelgisi keladi. Ayniqsa sharsharadan kelayotgan muzdek suvga hech bo'lmaganda qo'lingizni bir tiqib olmasangiz bo'lmaydi. Ikkinchi qavatning balkonidan atrofni tomosha qilayotgan qizning ortidan baquvvat qo'llar kelib quchdi. Bundan bir seskangan qiz ortiga tezda qaradi. Har doimgidek buqasifat gavda! U doim qizni qo'rqitiahni uddalab kelgan. Mana hozir ham shu hunarini ko'rsatdi. --Yuragimni yoray dedingiz-ku! --Sovuqda nima qilayapsan? Kel buni ustinga tashlab ol? Shoxjahon o'zi bilan birga olib chiqgan yopinchiqni o'zini ustida tashladi, keyin esa qizni ortidan quchib uni ham yopinchiqqa o'radi. --Muzlab qolibsan Qizning nozik barmoqlaridan ushlab silab qo'ydi. Bunga javoban Farodisa bor og'irligini ortga tashladi. Qizning ortga tashlaganida birorta ham og'irlikni sezmagan Shoxjahon, qizning boshiga iyagini tirab, uni yana qattiqroq quchib oldi. --Bilasizmi? Men hayotim bu darajada o'zgarib ketadi deb o'ylamagandim! Ayniqsa siz bilan birga baxtli bo'lish yetti uxlab tushimga ham kirmagandi. Ahoxjahon sekin qizni o'ziga qaratdi. Oldida turgan stulga o'tirib qizni tizzalariga olib uni yana qayta yopinchiqqa o'rab quchiboldi. Yigitdan bu ishni kutmagan Farodisa o'zining so'zlari yoqmayapti deb o'ylab jim bo'ldi. --Davom etaver, seni tinglashni xohlayman! Shoxjahon qizning yelkasi uzra o'ziga tortib qizning boshini chap tarafdagi yelkasiga suyadi va qizning nikoh uzigi taqilgan barmoqlaridan ushlab uni o'ynay boshladi. Bundan hayratda qolgan qiz bir necha daqiqa jim turdi keyin esa so'zlarini davom etdi.... --Shunchaki","men yana qayta siz bilan birga yashab, birga baxtli bo'laman deb o'ylamagandim. Rostini aytsam men...men.. Gapida ozgina hayajonlangan qiz hozirda aytmoqchi bo'lgan so'zlarini aytsammi aytmasammi deb miyasida taxlil qila boshladi. --Nima sen? Gapiraver! Mendan qo'rqma! --Men halicha sizga ishona olmayapman. Ya'ni aytmoqchimanki? Siz yana qayta avvalgi holatingizga qaytib qoladigandeksiz, yana oldingidek ozor berishlaringiz, taxqirlab xaqorat qilishingizdan cho'chiyapman. Men sizdan hali ham qo'rqaman va ishona olmayman!-- Shu so'zlarni yigitga suyanishdan to'xtab u tomonga o'girilib oldi va aybdorono boshini quyi egdi. --Menga qara!-- qizning iyagidan sekin ko'tarib ko'zlariga boqdi. --Men tayyorman. Hamma hammasiga! Mayli mendan hali ham qo'rqarkansan, hali ham ishona olmas ekansan men chidayman! Hammasiga sabr bilan kutaman va sening ishonchingni oqlayman. Meni deb juda ko'p aziyat chekding, hattoki otangdan ham ayrilding! Qizning ko'zlaridan tomishni boshlagan yoshlarni sekin sidirib tashladi. --Meni kechir Farodisa! Senga juda ko'p ozor berdim. Men bularni xohlamay qildim ishonasanmi? Qaysi yigit o'z sevganini bilib turib azob beradi? Yokida majburan turmush qurib keyin baxtli yashab ketganlar haqida eshitganmisan? Shoxjahon o'ziga hayrat bilan qaragan qizga so'zlarini tushuntira boshladi. --Bu bilan aytmoqchisizki... --Ha! Men seni anchadan taniyman! Birinchi ko'rganimdayoq ko'nglimdan joy olgansan. Seni birinchi o'qishga chiqgan kuning ko'rib qolganman. O'ziga hayrat ila boqib turgan qizning sochlaridan silab, ko'z oldida tushib turgan mayda sochlarini qulog'ini ortiga o'tqazdi. --Sen meni anchadan beri taniysizmi?? --Albatta! Men seni juda ko'pdan buyon taniyman, hattoki kuzatib ham yurganman faqat sen buni sezmas eding. Sababi esa mana bu shaxlo ko'zlaring yerdan tepaga uzulmas edi. Shoxjahon kulib qizning ko'zlari ustidan qo'lini yugurtirdi. --Unda nega me...ni..--So'arining oxirigacha ayta olmadi. Tomog'iga tiqilgan danak sababli ko'zlaridagi yoshlarni tashqariga chiqardi. --Men shunga majbur edi! Har kecha onamning yig'lab chiqishlariyu, uyqularida alaxsirashlari meni tamom qilardi. Bilasanmi ko'z oldingda katta bo'lgan insoning bir kuni bu dunyodan butunlayga yo'q bo'lib ketsa qay axvolga tusharding? Men ushanda qasam ichdim, aynan sening onangdan o'ch olaman deb, lekin sen uning qizi ekanliging yetti uxlab tushimga ham kirmagandi. O'qishingdan chiqayotganingda seni haydovchi bilan kutib turgan ayolning oldiga chopqillab ketganding. Men onangni juda yaxshi tanirdim, tezda onangni tanidim. Lekin seni uning oldiga \\\"Oyi\\\" deb chaqirganing meni karaxt axvolga solib qo'ydi... Shoxjahon gapining oxiriga yetqaza olmay qoldi. Yotoqda pishillab uxlab yotgan Isfandiyor g'inshinib uyg'onib qoldi. O'ziga mo'ltillab qarab turgan qizga qarab kulib yuzidan nomiga o'pib qo'ydi. --Havotir olma! Avval bolamizga qaraylik keyin senga hikoyamning davomini emas balki hammasini boshidan so'zlab beraman! Isfandiyorni uxlatib bo'lib eri xotin yana boyagi xolatda qayta o'rindiqqa joylashishdi. Farodisa sekin eriga qararkan, uning ko'zlaridan aytsammi yo'qmi degan savol borligini sezib turardi. Lekin hozir eriga qiynalsangiz aytmay qo'ya qoling deya olmaydi. Sababi o'zi ham u haqida juda qiziqmoqda. Albattada sevgan yorining nimalarni kechirgani, nimalarni yashab o'tganini bilishni xohlaydi.","Shoxjahon uzoq jim turdi va xursinib o'z hikoyasini boshladi. --Bilasanmi Farodisa mening bolalaigim juda ajoyib o'tgan. Ota onamning bir-biriga bo'lgan sevgisi men doimo lol qoldirib kelgan. Lekin onam meni turmushga chiqmay dunyoga keltirganlar!-- Farodisaning ko'zlarini katta-katta ochib o'ziga tikilganini ko'rib uni o'zi yaqinroq tortib quchib oldi. --Hayron qolishing anniqdir lekin bu haqiqat!-- Shoxjahon kulib uining yuzidan silab qo'ydi. --Dadam onamni aldab ulardan foydalanganlar. Sababi esa oyimning dadamni ustidan mazax qilgani edi. Keyin esa dadam oyimni aldab sevaman deb aytganlar va onam bilan birga bo'lganlar. Onam ham bolalar uyida katta bo'lganliklari uchun soddagina qiz bo'lganlar. Dadamning shirin so'zlariga aldanib qolganlar. Hullas dadam oyimdan foydalanib, ustidan kulib ketganlar. O'lganni ustiga tepgandek sening onang usha kuni dadamning uyiga kelgan! Aslida oyim dadamning ustidan kulmaganlar. Sening onang dadamdan oyimni uzoqlashtirish uchun yolg'on gapirgan. Shoxjahon sekin quchog'idagi qizga qararkan uning ko'zlari namlanishni boshlaganini ko'rdi. --Farodisa to'grisini aytayapman, onang usha paytda yaxshi ayol bo'lmagan. Yomon demoqchi emasman shunchaki dadamning qo'g'irchog'i bo'lgan desam ham bo'ladi. Nimaga to'xtagandim ha esladim. Usha kuni ertalab sening oying kelgan va dadam unga rol o'ynashini tayinlaganlar. Albatta oying bunga rozi bo'lmagan Dadang bilan turmush qurayotganini va hamma qilgan axmoqliklari uchun kechirim so'ramoq uchun dadamga telefon qilgan va dadam erta tongdan uylariga kelishlarini tayinlagan. Oying boshida bunga rozi bo'lmagan, lekin dadam taxtid qilganlar! Shu joyida Shoxjahon baralla kulib yubordi. --Hullas oying kelgan va mening onamga bir nimalar degan. Keyin onam butunlayga ketib qolganlar. Mustafo amakimni tanisang kerak ya'ni Maftuna xolamni? Farodisa ko'zlaridagi yoshlarni sidirib tashlab boshini ha degandek qimirlatdi. --Oyim xolam bilan birga tanishib qolganlar. Qolganini o'zing bilsang kerak? Sening onang bilan Maftuna xolam qarindosh. Farodisa boshini sarak sarak qilib qo'ydi. --Keyin dadam onamni topdilar ya'ni taqdir ularni uchrashtirdi. Shu bilan biz bir oila bo'lib yashay boshladik. Oyim Soliha singlimga homilador bo'ldilar. Ishonasanmi oyimni singlimdan judayam rashk qilganman. Chunki hammaning e'tibori hali tug'ilmagan chaqaloqda edi. Singlim tug'ildi mendanda baxtli inson bo'lmasa kerak usha vaqtda. Uni himoyachisiga aylandim. Oradan vaqtlar o'tdi keyin...keyin oyim Malak.....Malakni dunyoga keltirdilar. Shu payt Shoxjahon ko'zida paydo bo'lgan yoshlarni sidirib tashladi. --Senga qisaqacha tushuntirsam! Malak ko'chada o'ynab yurgandi, hammasi juda tez sodir bo'ldi. Men uni uyga kirishini aytgani chiqqanimni bilaman yerda qonga belangancha mening mittigina singlam jon holatda yotar edi. Usha kun hali hamon esimda. Ota onamning baqiriqlari, onamning dadamni ko'ksidan urib ba1irib yig'laganlari. Hammasi hammasi hozirgidek esimda!-- ko'zlaridan oqib tushayotgan yoshlarni mayin qo'llar arta boshladi. --Qolganini bilsang kerak Farodisa. Singlimning o'limida sening onangning aybi bor edi.","Onagni qamatmadik... Sababi esa u senga homilador edi. Dadam onagni o'ldirishgacha bordi lekin onam bunga yo'l qo'ymadilar. Oying ancha yildan buyon farzandsizlikdan aziyat chekgan ekan. Dadang ikkisini bormagan shifokorlari qolmabdi. Usha kuni onang shifokor ko'rigiga shoshilayotgan ekan, qornida og'riq sezganidan dadangni ham kutmay mashinani tez boshqarib kelgan. Oyim sening onangni qamatmaganliklarini sababi ham aynan shu edi. Soliha tug'ilganida oying oldimizga kelib bizdan rossa kechirim so'ragan edi. Bola bo'lsamda haligacha hammasi yodimda. --Malak komaga tushib qoldi. Oradan ancha vaqt o'tdi. Onam kundan kunga so'lib borar edilar. Men esa qasos atalmish alanga qiynab borardi. Tezroq katta bo'lsamu qasosimni olsam der edim. Oradan yillar o'tdi. Men o'qishni bitirdim, lekin Malakdan hali ham habar yo'q edi. Komada katta bo'lar, lekin hech uyg'onay demas edi. Bir kuni yo'lda ketayotsam peshexodda to'xtashimga to'g'ri keldi. Svetaforning rangiga qarayman deganimda. Oiyodalar yo'lakchasidan bir go'zal qiz yugurib ketar edi. Uning orqasidan o'ralgan sochi har yonga borib tebranib turar edi. Uning jimittadek gavdasi kulgimni qistagandi. Bilmayman nega? Balki o'zim huddi sen aytgandek buqasifat gavda bo'lganim uchunmi? Boshqalar ko'zimga chumolidek ko'ranar edi. Hullas senga qiziqishim oshdi va ortingdan mashinani boshqarib bordim. Sen universitetinga shoshilib kirib ketding. Men qayerda o'qishingni bilib oldim. Har kuni seni kuzatish uchun o'qishinga kela boshladim. Shoxjahon o'ziga hayron bo'lib qarab turgan qizni ko'rib mayin jilmaydi. --Ha shunaqa men seni avvaldan tanir edim! Sen haqingda so'rab surishtirdim va meni gangitib qo'ygan habarni bildim. Sen usha men qasos olmoqchi bo'lgan ayolning qizi bo'lib chiqding! Shoxjahon qo'llarini musht qilib oldi. --Senga bo'lgan sevgimdan ko'ra qasosim ustunroq keldi. Keyin men seni... Shoxjahon Farodisaning qaltirashini boshlaganini ko'rib uning qo'llaridan ushlab oldi. --Hech o'ylab ko'rmadingmi nega senga hech qanday qarshiliklarsiz uylandim? Chunki seni oldindan sevar edim. Sening nomingni bulg'ab oyingdan qasos oldim deb o'ylagandim. Lekin vijdonim, senga bo'lgan sevgim menga azob beraverardi. Birinchi nikoh kechamiz senga bo'lgan munosabatim hammasi qasosdan edi. To'yda onagni ko'rib yanada qutirib ketdim. Endi faqat seni qiynash azob berish miyamda charx aylana boshladi. Senga kundan kunga azorlar berardim. Bir oylab xonaga qamab sendan habar olmay qo'ydim. Albatta sening nazningda. Lekin men har kechayu har kunduz sen haqingda habar olib turardim. Sora opam menga sen haqingda habar berib turardi. Bir kuni sening mazang bo'lmay qolganini Sora opa aytdilar. Xonamdan qanday otilib chiqganimni bilmayman. Kelganimda sen....eslashni ham xohlamayman. Homilador ekanligingni bilib rosti osmonlarga uchdim. Lekin bu ongim meni yana yomon ishlar qilishga undadi. O'ylagandimki sen onangga mening bolani tan olmaganligimni aytib uydan ketasan deb o'ylagandim. Shunday qilib onagni sindiraman deb o'ylagandim. Sen esa meni hayron qoldirib o'yinga ketmading. Shoxjahon ovoz chiqarmaslik uchun og'zini bir qo'li bilan yopib yig'layotgan qizga qarab joni achishib ketdi. Farodisani peshonasini o'ziga tirab oldi. Uning ikki tarafidan yuzlarini qo'llari bilan ushladi.","--Men sen bilan ajrashmoqchi emasdim ishon. Hattoki dadangni bu habardan vafot etdi deb eshitganimda, vijdonim qiynaldi. Meni kechir! Iltimos hamma-hammasi uchun kechir! --Men sizni kechirganman Shoxjahon! Bir birini quchib ikkisi ham ichidagi yig'ini tashqariga chiqarishdi. Xonada faqatgina ikki sevishganlarning yig'isi eshitilar edi..... 5 yildan so'ng..... Katta bir restaranning atrofi kichik bolalar bilan liq to'la edi. Hammasi joyda 4 va 5 yoshlik bolalar bor edi. Bolakaylarning boshida gramchalardek qalpoqcha bor edi. Bundan bilsa bo'ladiki buning kimningdir tug'ilgan kuni! Restaran tepasida 5 yoshlik bolakayning surati bor edi. Bolakay bilan birga uning ikki chekkasida bir erkak bilan ayol turari. Ular huddiki baxtdan sarmastdek ko'rinishardi... Qo'lida katta tort bilan chiqib kelgan Farodisa sekin asta qadamlar tashlab suyuklisi va uning oldidagi mitta Isfandiyorning oldiga borar edi. --Tug'ilgan kuning bilan bolajonim! Farodisa bolasini oldiga kelib sekin engashdi va Shoxjahonbilan birga hammalari shamni o'chirishdi. --Menga beraqol, senga og'ir ko'tarish mumkin emas!--Shoxjahon tezda qizning qo'lidan kattagina tortni oldi. --Hech ham og'ir emas! Shunchaki bir oz charchab qolayapman. Bu og'ir ko'targanimdan emas--Farodisa mayin kulib eriga qaradi. --Oyiiiii-- ularning oldiga 3 yoshli bolakay yugurib keldi. Shoxjahon Farodisadan uzoqlashib o'g'lini qo'liga oldi. --Nima bo'ldi Aliyor? --Muhammad Ali amakimni qizi meni itardi!-- bolacha yig'lab dadasini bo'ynidan quchib oldi. Uning bu qilig'idan Farodisa va Shoxjahon baralla kulib yuborishdi. Farodisa qappayib qolgan qornini qo'li bilan ushlab stullardan biriga joylashdi. Atrofga boqar ekan, hamma yoqda o'zining qadrdonlari bor edi. Soliha qaayniopasi o'zining bolalari bilan ovora. Erining egizidek bo'lib qolgan Muhammad Ali va uning oldida rashk qilib so'roqlayotgan rafiqasi Aziza! Ularning ota onasi Mustafo va Maftuna xolalar. Ular bilan suhbatlashib o'tirgan qaynonasi va qaynotasi. Hammalari juda baxtli! Qaynonasining oldida hijobi o'ziga yarashib turgan Onasi! Qo'ynida Isfandiyorni erkalab o'tirgan onasiga qarar ekan, uning oldida otasi bo'lishini juda ham istar edi. Ko'zlaridagi yoshlarni sekin sidirib tashladi. Ha u onasini kechirdi. Nima qilsa u o'zining tuqqan onasi! O'zining dunyoga kelishiga sababchi bo'lgan insonidir. Ko'zlaridagi yoshlarni salfetka bilan artar ekan ortidan quchgan baquvvat qo'llar sabab bir uchib turdi. --Senga yig'lash yarashmaydi Farodisam! Yig'lasang dunyolarga o't qo'ygim keladi! --Sizni sevaman buqasifat gavdam! --Men ham...men ham! Farodisa kulib doim takrorlab hech ham charchamaydigan, o'zi uchun qadrli bo'lgan qo'shiqni mayin amma ikkiga eshitilarli qilib kuylay boshladi.","Qaro tunning bag'rida Yorug' hayol qanday hush Bu dunyoda bir qiz bor Yostig'ini yarmi bo'sh! Qo'shiqning davomini birga davom ettirishdi....... 05.01.2023 13.08.2023 #Muallif:#Behruza_Jurayeva E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!"]


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook