Ushbu musobaqalarda markaz talabalari hamda Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanidagi kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqada faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati bilan markazda sportning futbol, voleybol va futzal turlari bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarda markaz talabalari hamda Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanidagi kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari ishtirok etishdi. O‘tkazilgan musobaqalar davomida faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. “Barchamiz O‘zbekistonni ikkinchi vatanimiz deb bilamiz” Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 51
Joriy yilning 28-noyabr-2-dekabr kunlari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ishsiz xotin-qizlarni kasb- hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” shiori ostida trening o‘tkazildi. Oliy Majlis Senatining Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi mudiri, Nodira Shotursunova boshchiligida malakali trenerlar ishtirokida o‘tkazilgan treningda “Tikuvchilik”, “Gilamdo‘zlik”, “Kashtachilik”, “Oshpazlik” va “Zargarlik” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kurslarda 7 nafar Afg‘onistonlik hamda 8 nafar O‘zbekistonlik xotin-qizlar ishtirok etdilar. Trening yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. 52
Toshkent shahrining UzExpoCenter 3-pavilonida “CRAFT FAIR UZBEKISTAN” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublikamizning barcha hududlaridan 150 nafarga yaqin mahalliy hamda Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston kabi 10 ga yaqin xorijiy mamlakatlardan hunarmandlar ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘ocho‘ymakorligi kabi hunarmandchilik yo‘nalishlarida mashhur xalq amaliy san’ati ustalari tomonidan mahorat darslari ham tashkil etildi. Ushbu xalqaro yarmarka doirasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi amaliy san’at va tikuvchilik to‘garagi rahbari Uraltosh Xuramova ham munosib ishtirok etmoqda. Yarmarka davomida xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan Xuramova Uraltoshning san’at asarlari alohida e’tirof etildi. 53
Konstitutsiya - baxtimiz qomusi Markazda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda markaz professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, O‘zbekiston xalqining xohish-istagi orzu- intilishlari to‘liq qaror topganligi, qomusimizning xalqchilligi, inson huquqlari va erkinliklari va xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan markazda bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Chinakam mehnat va fidoiylik hech qachon yerda qolmaydi, u albatta, o‘z mukofotini oladi. Markaz direktori O.Ruziyev, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b B.Oralov, Talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i O.Tojiev, Tikuvchilik va amaliy san’at to‘garagi rahbari U.Xuramova hamda markaz hamshirasi B.Shomirzaevalarga Vatanimiz ravnaqi va ta’lim rivoji uchun qo‘shayotgan ulkan ishlariga zafarlar tilaymiz! 54
Afg‘onistonlik talabalar kutib olindi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar “Xayraton” chegara-bojxona postida kutib olindi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Ayni paytda o‘quv dargohida yaqin qo‘shni davlatning 20 ta viloyatidan 111 nafar Afg‘onistonlik talabalar “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishlarida ta’lim olib, fan sirlarini chuqur o‘zlashtirmoqda. Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon Termiz shahrida joylashgan muhtasham San’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi. 55
Madhiya-istiqlol va milliy g‘urur timsoli! Markazda 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Madhiya - istiqlol va milliy g‘urur timsoli” mavzusida ma‘naviy- ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda markaz direktori, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. “Yashil makon–2022” aksiyasi doirasida Termiz, Jarqo’rg’on, Sherobod tumanlarida ishlar qizg‘in olib borildi Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, UNICEF, Ekologiya davlat qo‘mitasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishlar olib borildi. Tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi xodimlari hamda afg‘onistonlik ko‘ngilli- hasharchilar ishtirok etishdi. 56
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining katta o‘qituvchisi S.To‘rayeva, markazda tahsil olayotgan ijodkor talabamiz Sh.Samadi hamda Termiz tumani 16-sonli maktabning iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Xalq dardida yashagan ulkan qalb shoir... O‘zbekistonda Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligi keng nishonlandi. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, elimizning suyukli farzandi Erkin Vohidovdan uyg‘oq satrlar, mavzusi abadiy va dolzarb bo‘lgan betakror she’riyat, boy ma’naviy meros qoldi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu adabiy anjumanda markaz professor-o‘qituvchilari hamda Afg‘onistonlik talabalar ishtirok etdi. Xotira tadbirida shoirning bosib o‘tgan hayot yo‘li, mushoirasi kabi bir qancha ma’ruza va chiqishlar qilindi. Tadbir davomida videoroliklar namoyish etildi. 57
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Yangi yil bayrami munosabati bilan sportning futzal turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada markaz talabalari ishtirok etishdi. O‘tkazilgan musobaqalar davomida faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining kubogi, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Markazda Yangi yil shukuhi Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ham barchaning qalbida farahbaxsh kunlar uchun shukronalik hissini oshirib, ezgu niyatlarni uyg‘otmoqda. Shuningdek, markazda yil davomida samarali mehnat qilgan professor- o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar munosib rag‘batlantirildi. 58
Markazda “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Termiz tumani tibbiyot birlashmasi hamda markaz shifokorlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda giyohvandlik insoniyat va jamiyat uchun eng xafvli omillardan biriga aylanib ulgurganligi, u insoniyatning ming yillar davomida yaratgan madaniy yashash tarzini, jamiyatda qaror topgan ma’naviy me’yorlarni izdan chiqarishi ta’kidlandi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talaba- yoshlar va faxriy mehmonlardan IIV Surxondaryo viloyati maxsus otryad boshlig‘i, zaxiradagi mayyor B.Shodiyev hamda urush veteranlari jamiyati rahbari podpolkovnik B.Safarovlar ishtirok etishdi. Mehmonlar tomonidan Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat g‘oyalari aks etgan ma‘ruzalar eshitildi. 28 yanvar kuni Toshkent shahrining muhtasham yoshlar markazi tadbirlar zalida Toshkent shahar Ilg‘or tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy forumda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi katta o‘qituvchisi S.To‘raeva hamda markazning 16 nafar iqtidorli talabalar “Ilm-fan iftixori” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 59
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 25- yanvardagi qaroriga asosan Mustaqil O‘zbekistonning asoschisi, buyuk davlat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan markazda “Islom Karimov - mustaqil O‘zbekistonning asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Navoiyga ehtirom Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali yonida o‘tkazilgan tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etdi. “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Bek Muhammad Muhammadi Hazrat Navoiyning hayoti, boy madaniy merosi xususida o‘z fikrlarini bildirib Afg‘onistonlik yoshlar nomidan tadbir ishtirokchilarini muborakbod etdi. 60
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi professor-o‘qituvchilari, afg‘onistonlik talaba-yoshlar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i Y.Mustanov, TerDu filologiya fanlari nomzodi M.Xamrayeva hamda Termiz shahar 13-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda Alisher Navoiyning hayoti, ijodi, serqirra faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Daho shoir yaratgan o‘lmas asarlar dunyo xalqlarining noyob ma’naviy boyligiga aylangani alohida ta’kidlandi. Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida ham g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi rahbariyati hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalari shoirning ruboiy va g‘azallaridan o‘qib, parchalar namoyish etib tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi. 61
Har yilning fevral oyi mamlakatimizda Navoiyni o‘rganish oyligi sifatida o‘tadi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Negaki, ayni shu oyda ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda Navoiyxonlik tadbirlari, adabiy va badiiy kechalar o‘tkaziladi. Shunday tadbirlardan yana biri Termiz davlat pedagogika institutida ham bo‘lib o‘tdi. Unda institutning Tabiiy fanlar fakulteti talabalari hamda mehmon sifatida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari ishtirok etishdi. Termiz Arxeologiya muzeyida ham g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari ham shoirning ruboiy va g‘azallaridan namunalar o‘qib, tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi. 62
Buyuk sarkarda shoh va shoir, Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy kecha oʼtkazildi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda markaz maʼmuriyati, professor-o‘qituvchilar, tuman madaniyat bo‘limi xodimlari va talaba- yoshlar ishtirok etdi. O‘tkazilgan kecha davomida shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi, davlat jamoatchiligining yirik namoyondasi sifatida o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olganligi eʼtirof etildi. Bahor kuychisiga ehtirom Xalqimiz bahor faslini shoira Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni bilan boshlashni ezgu anʼanaga aylantirgan. Zulfiya Isroilovaning tavalludi yurtimiz bo‘ylab katta adabiyot bayrami sifatida keng nishonlanishi barchamizga ma’lum. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi hamda Termiz tumani 17-sonli maktab maʼmuriyati, iqtidorli o‘quvchilari 63
va yosh ijodkorlar bilan hamkorlikda buyuk o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan “Zulfiya-o‘zbek ayolining yorqin timsoli” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari rag‘batlantirildi 2022-yilning 28-noyabr 3-dekabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi”da Xalqaro migratsiya tashkilotining “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” dasturi doirasida 16 nafar xotin-qizlar (shundan 7 nafari afg’on, 9 nafar o’zbek) uchun tadbirkorlik yo‘nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etilgan edi. Ushbu seminar-treningda ishlab chiqilgan va Gender Komissiya tomonidan maqullangan biznes-rejalarni beg‘araz moliyalashtirish va seminar-trening ishtirokchilarini taqdirlash maqsadida joriy yilning 1-mart kuni “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi”da tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery Macc Bro hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Senatori Gulnora Mahmudovna ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning har biriga Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan qiymati 22 700 000 so‘mlik VAUCHER lar hamda planshetlar topshirildi. 64
Ayol-oila va jamiyat ustuni 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida keng miqyosda nishonlandi. Barcha yo‘nalishlarda “Onalarga ta’zim”, “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol”, “Ayol borki, olam munavvar” nomli bayram tadbirlari o‘tkazildi. “Yashil makon”–2023 obodonchilik va Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. 65
Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin! Afg‘oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan sumalak sayli va guruhlar o‘rtasida sportning futzal turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Surxondaryoda tabiat uyg‘onish fasli, hayot bayrami, milliy odat va qadriyatlarimizning eng oliy timsoli bo‘lgan “Navro‘z” umumxalq bayrami tantanalari Termiz shahridagi “San’at saroyi”da bo‘lib o‘tdi. Navro‘z saylida markaz talabalari ham faol ishtirok etdi. Markaz talabalari tomonidan “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan ko‘klamda “Osh sayli” o‘tkazildi. 66
Viloyat hokimi stipendiyasi nomzodlari tanlov komissiyasi tomonidan oʻrganilib chiqildi va Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olgan “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalardan Shekiba Samadi, Abdul Hakim Mohammadi, Mohammad Nasir Husaini, Abdul Mosawir Qadiri hamda Abdul Wahab Qanihlar munosib deb topildi. Kitobsevar millat Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida o‘tkazilinayotgan Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi rahbariyati ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida markaz talabalari uchun kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini talabalar o‘rtasidagi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi. Talabalar tomonidan kitob mutolaa qilindi. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalarga mehmonlar tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talaba-yoshlar, aholining turli qatlam vakillari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Axtamquli, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi, O‘zbekiston filarmoniya xonandasi Saidakbar Xolmatovlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan markaz direktori O.Ruziyev hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, eng 67
avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etishdi hamda yangi qomusimiz, yorqin kelajagimiz ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi. 18-aprel “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni” munosabati bilan Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasida “Madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda muzeylarning o‘rni” nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada ishtirok etgan talabalarimiz Shekiba Samadi va Sanaulloh Ahmadiylar “Afg‘onistonning taririxiy yodgorliklari” mavzusida taqdimot o‘tikazishdi. Termiz shahrida referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari qatorida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 68
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining “Uzaf” futbol jamoasi hamda Jarqo‘rg‘on tumani futbol terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘ldi. Yakunda do‘stlik g‘alaba qozonib 3:3 hisobi qayd etildi. Markazda “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishida tahsil olgan talabalar Termiz shahridagi 26-maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida markaz xodimlari va talaba qizlari qadimiy Xorazm viloyatining tarixiy qadamjolarida sayohatda bo‘ldilar. 69
Markaz jamoasi sayohat davomida azim Buxoroning Bahouddin Naqshband tarixiy me’moriy majmuasini ziyorat qilib, bu tabarruk ziyoratgohning tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Afg‘onistonlik talaba-yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” aksiyasi doirasida markazning “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalari, professor-o‘qituvchilari Surxondaryo viloyati Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasiga tashriflari tashkil etildi. Talabalar Surxondaryo viloyatining o‘tmishi, tarixi, tashkil topilishiga oid hujjatlar, viloyat hududidagi arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan tarixiy eksponatlar, hayvonot olami bilan yaqindan tanishdilar. 70
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida tahsil olayotgan talabalar Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalarimiz universitet faoliyati, fakultetlar, kampuslar hamda kutubxona va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markazda tahsil olgan talabalar Viloyat Endokrinologiya Dispanseri shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Markazning “UzAf” futbol jamoasi hamda Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti futbol terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘ldi. Yakunda 6:1 hisobida “UzAf” jamoasi g‘alaba qozondi. 71
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining “Uzaf” futbol jamoasi hamda Qiziriq tumani futbol terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘ldi. Yakunda 5:4 hisobida Afg‘onistonlik yoshlar g‘alaba qozondi. Markaz talabalari uchun dunyo e’tiboridagi “Sangardak” sharsharasiga sayohat uyushtirildi.Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi 4-bosqich 401-guruh talabalari uchun Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” sharsharasiga sayohat tashkil etildi. Surxondaryo viloyati hokimligi hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahridagi “Alpomish” o‘yingohida nuroniylar, turli soha xodimlari va yoshlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 72
Sog‘lom turmush targ‘iboti hamda aholining jismoniy faolligi darajasini oshirishga qaratilgan ushbu badantarbiya mashg‘ulotlarida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi ham faollik bilan ishtirok etib keldi. Markazda 30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar Uchinchi Renessans poydevorni barpo etishda yoshlarning roli, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritishdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi talabalari Hindistonlik yoga o‘qituvchisi Sudha Ragavendran bilan birgalikda yoga mashqlarini bajarishdi. 2015- yildan buyon Xalqaro yoga kuni har yili 21-iyunda nishonlanadi. Yoga Hindistonda paydo bo‘lgan qadimiy jismoniy, aqliy va ruhiy amaliyotdir. Xalqaro yoga kuni butun dunyo bo‘ylab yoganing ko‘plab afzalliklari haqida xabardorlikni oshirishga yo‘naltirilgan. 73
Termiz shahri San’at saroyida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan yoshlar gala konsertida markaz talabalari ham faol ishtirok etdilar. 2022-2023 o‘quv yilida markazda 4-bosqichda 111 nafar talabalar tahsil olib, shundan, “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha 103 nafar, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha 8 nafar talabalar bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni tugatib joriy yilning 06-iyul kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 103 nafar talabalarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 8 nafar talabalarga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplom va ilovalari topshirildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari o‘qishni tamomlab, kelgusida o‘z vatanlarining istiqboli yo‘lida xizmat qilish uchun doimiy yashash joylari Afg‘onistonga kuzatildi. Markaz jamoasi barcha talabalarimizning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qoladi. 74
Markaz Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati Markaz Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining nizomiga asosan (2014 yil 2 mart) 2018 yil 18 martda tashkil qilindi. Markaz Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining asosiy maqsadi, bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatga haq to‘lash, adolatli mehnat sharoiti yaratilishi, mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy kafolatlarga rioya qilish masalalarida xodimlarning yakka yoki jamoaviy ijtimoiy-mehnat huquqlarini ifoda etish va himoya qilishdan iborat. Markaz Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yil 4-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan daromad va xarajatlar smetasiga asosan, jami 2023-yil 12 oyga daromadlar 38 397,7 ming so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, shundan xarajatlar kasaba Dm va JXXKU viloyat kengashiga (60%) 23 038,6 ming so‘m. Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasiga (40%) 15 359.1 ming so‘m. Kasaba uyushma a’zolik badali hisobidan dam olish uylari va sanatoriylarga imtiyozli yo‘llanma olish uchun 10% 3 839.8 ming so‘m, Dm va JXXKU Termiz shahar kengashini saqlab turish uchun 10% 3 839.8 ming so‘m, madaniy ommaviy tadbirlar uchun (20 %) (yangi yil sovg‘asi uchun 10%) 3 071.8 ming so‘m, sport tadbirlari uchun 10% 1 535.9 ming so‘m, moddiy yordam uchun 20 % 3 071.8 ming so‘m, kasaba uyushma faollarini rag‘batlantirish uchun 5 % 768.0 ming so‘m, Boshqa xarajatlar (xizmat saf, bank xizmati, bolalar oromgohi, obuna) uchun 6 911.6 ming so‘m rejalashtirilgan. 2023-yil boshida Markaz Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining bankdagi hisob raqamida qoldiq mablag‘ bo‘lmagan. Kasaba uyushma uchun 2023-yil 5 oyida yig‘ilgan 1 foiz a’zolik badallari va ajratmalari jami 9 527.0 ming so‘m. Markaz ma’muriyati ish beruvchining majburiyatidan kelib chiqib, markaz Nizomida ko‘zda tutilgan faoliyati bir me’yorda tashkil etilishi ya’ni Qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda, mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan mehnat shart- sharoitlarini yaratish va xodimlar mehnatini tashkil etib, ishchi va xodimlardan mehnat intizomini talab qilgan holda har kunlik ishning boshlanishi va tamom bo‘lish vaqti markazning “Ichki mehnat tartibi qoidalari” bilan belgilab qo‘yilgan va shunga asosan olib borilmoqda. Markaz ma’muriyati Markaz Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda yil boshida tasdiqlanadigan grafikka asosan xodimlar mehnat ta’tiliga chiqarilmoqda. Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyati Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi hamda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan insonlar, birinchi navbatda, rahbar xodimlar, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini to‘g‘ri tashkil etishi, bu qoidalarga butun jamiyat a’zolarini qat’iy amal qilishi shart bo‘lgan muhitni yaratish g‘oyat muhim va dolzarb vazifaga aylanmoqda. 75
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy ehtiyojga aylandi. Bu borada Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari qonunlarga to‘liq muvofiq bo‘lishini ta’minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazish, har bir fuqaro va mansabdor shaxslarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hissini shakllantirishdan iboratdir. Mamlakatimizda yosh avlodni tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, yurtimizning kelajakda jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi, o‘sib kelayotgan farzandlar salohiyatiga, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotiga bog‘liq. Bu borada davlat va jamiyat yoshlarning yuksak ma’naviyatli, bilimli va jismoniy sog‘lom bo‘lib shakllanishlari uchun keng chora-tadbirlar majmuini amalga oshirib kelmoqda. Yoshlar tarbiyasi tizimida, ayniqsa, ularning ma’naviy, huquqiy va g‘oyaviy tarbiyasi o‘ziga xos o‘rin egallaydi. O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Ayniqsa, qo‘shni mamlakatlar bilan ijtimoiy sheriklik rishtalari mustahkamlanmoqda. Insonlarning ijtimoiy ahvoli yaxshilanib, jamiyat taraqqiyoti va iqtisodiy rivojlanish sur’ati misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Bunday har bir sohadagi tub yangilanishlar yurtimizda amalga oshirilayotgan muhim islohotlar natijasidir. Bu borada, Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan hamda hayotga izchillik bilan tatbiq qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi eng muhim dastur bo‘lib xizmat qilmoqda. Markazda 2022-2023 o‘quv yilida jahonning yetakchi mamlakatlar va Afg‘onistondan bir guruh mas’ul rahbarlar hamda ommaviy axborot vositalari tashrif buyurdilar. 2022-yil 30-sentabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Germaniyaning “GIZ” tashkilotidan Dr.Helen Prytherch, Farida Nurmabetova hamda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Surxondaryo viloyatida simulyatsion markaz qurilishi boʻyicha muzokaralarning 2-bosqichi olib borishdir. Mehmonlar dastlab markaz faoliyati bilan tanishdilar. 76
Shuningdek, tashrif davomida markaz bazasida “GIZ” tashkiloti homiyligida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish va markaz moddiy texnik bazasini yaxshilash borasida muzokaralar olib borildi. BMTTD, UNECE, Birlashgan Millatlar Tashkilotining QBOK boshqarmasi (UNHCR) O'zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamkorligida “O'zbekiston Respublikasi “Yashil Makon” tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi doirasida 500 ming AQSh $ lik ishlar amalga oshirildi. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatining 4 ta tumanida jumladan Termiz shahrida 680 dona Termiz tumanida 1 670 dona Sherabod tumanida 3 250 dona va Jarqo’rg’on tumanida 2 512 donadan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Shuningdek Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida loyiha doirasida 287 000 saksaul ko‘chati ekildi va 500 kilogramm saksaul urug‘i sepildi. “O‘zbekiston Respublikasi “Yashil Makon” tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi doirasida ekish jaronida 750 nafar fuqaro jalb qilindi. Shundan 415 nafar Afg‘oniston fuqarolari, 335 nafar mahalliy aholi vakillari qatnashdi. Markazga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha agregatlari bilan birga zamonaviy mini traktor texnikasi yetkazib berildi. Shuningdek Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida loyihasi faoliyatini samarali olib borish uchun lohiya mablag‘lari hisobidan ofis mebellari bilan jihozlangan xona ochildi. 77
2022-yil 23-noyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Toshkentdagi bosh maslahatchisi F.Remus, ushbu boshqarmaning Termizdagi vakili Anatoliy Shcherbyna “O‘zbekiston Respublikasi “Yashil Makon” tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi Surxondaryo viloyatidagi koordinatorlari B.Ruziyev, Zulfiqor Jumayev va loyihada ishtirok etuvchi Surxondaryoda yashovchi Afg‘on fuqarolari tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Yig‘ilishni markaz direktori O.Ruziyev kirish so‘zi bilan ochib, markazga tashrif buyurgan mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston hukumati, BMTTD, UNICEF va Birlashgan Millatlar Tashkilotining QBOK boshqarmasi (UNHCR) hamkorlikdagi loyihasi to‘g‘risida va kutilayotgan natijalar haqida quydagilarni: - Surxondaryo viloyatining qum va chang bo‘ronlariga chidamliligini oshirish; - Quyi va O‘rta Surxon zonalarida 4 ta tumanlar hududida eroziyaga qarshi plantatsiyalar va o‘rmon hosil qiluvchi turlardan foydalangan holda jami 100 gektar maydonda 250 ming tup daraxt ekiladi; - 1000 dan ortiq benefitsiarlar daraxtlar ekish, sug‘orish, parvarishlash bilan shug‘ullanadi, jumladan, O‘zbekistondagi Afg‘oniston fuqarolari, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari; - loyiha doirasida o‘quv amallarini belgilash bilan benefitsiarlarda daraxtlar ekish, sug‘orish, parvarishlash ko‘nikmalarini hosil qilinadi. O‘z navbatida delegatsiya rahbari, Afg‘oniston fuqarolarini ko‘chat ekish ishlariga faol ishtirok etishlarini ta’kidlab, ushba jarayonlar ular tomonidan loyihani amalga oshirishda ulkan hissa qo‘shishlari va moliyaviy holatlarini yaxshilashlariga zamin yaratishini aytib o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida, F.Remus yig‘ilish qatnishchilari bilan birgalikada, mutaxassislar ko‘magida Markaz hududida ko‘chat ekish bo‘yicha master klassda ishtirok etdi. 78
2022-yil 24-noyabr kuni. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Surxondaryo viloyati mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, senator Orziqul Soatov boshchiligida viloyat faollaridan iborat mehmonlar tashrif buyurib, markaz faoliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 2022-yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari Roza Otunbayeva hamda BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Munir Mamedzade boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Afg‘onistonlik tinglovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. 79
Uchrashuv davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Afg‘oniston hukumati va vazirlik idoralari bilan hamkorlikda, ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Afg‘onistonlik yoshlarni tibbiyot, transport-logistika va ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda markazga o‘qishga jalb qilish ishlariga ko‘maklashishlikda amaliy yordam berishlari ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, mehmonlar yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbek tili va adabiyoti” fanidan o‘tkazilgan Xalqaro fan olimpiadasida markazning “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shekiba Samadi faxrli 1-o‘rinni egallaganligi bilan tabriklab, kelgusi o‘qishlariga zafarlar tilab o‘tdilar. “Yashil makon” – Ona tabiatimizni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing! BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, BMT qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi, Ekologiya davlat qo‘mitasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sherobod tumanlari hududlarida jami 100 gektar maydonda “Yashil makon” – Ona tabiatimizni asrashga o‘z hissangizni qo‘shing!” shiori ostida 290 ming tup saksovul hamda turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi. 80
Tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi xodimlari hamda Afg‘onistonlik ko‘ngillilar ishtirok etishdi. Termiz texnologiya-muxandislik institutida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida muhandislik-texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro talabalar anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda markaz professor- o‘qituvchilari hamda Afg‘onistonlik talaba yoshlar o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov anomal sovuq paytida ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan ta’lim muassasalarida isitish tizimlarining ishlash holati hamda ushbu ob’ektlarda yaratilgan sharoitlarning tashkil etilganligini o‘rganish maqsadida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda tahsil olayotgan Afg‘onistonlik talabalar bilan suhbatlashib, ularga ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Shuningdek, markazda yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalarining jihozlanishi, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatlarini o‘rganib, mas’ullarga Afg‘onistonlik o‘quvchilarga tahsil olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, o‘quv markazi imkoniyatlaridan aholini kasb-hunarga o‘qitishda ham samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab berdi. 81
2023-yil 26-yanvarda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari, Surxondaryo viloyati xokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Xidirova hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Termizdagi konsullik rahbari R.Nazarovlar tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Tashrif davomida, xorijiy mehmonlar markaz bazasida tashkil etilgan “Yevropa ittifoqi xonasi” va “Kovorking markazi”ning rasmiy ochilishi hamda 3 oylik kurslarni tamomlagan 30 nafar (51 nafardan) tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirish marosimida ishtirok etdilar. Tashrif yakunida grant doirasida markaz uchun 29 o‘rinli zamonaviy rusmdagi avtobus tantanali ravishda topshirildi. 82
Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi asosida o‘qigan xorijliklarga haydovchilik guvohnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari ushbu amaliyot Afg‘onistondagi qayta tiklanishlariga ko‘rsatilayotgan yordamlardan biri ekanligini, O‘zbekistonda yana ko‘plab Afg‘onistonliklarni turli kasblarga tayyorlashlari davom ettirilishini bildirdilar. Shu o‘rinda Sharlotta Adrian O‘zbekistonlik mutasaddilarga kelgusida Afg‘onistonlik ayollarni hamshiralik ishi bo‘yicha o‘qitish taklifini bildirdi. 2023-yil 02-fevral. Surxondaryo viloyatida Yevropa ittifoqi ko‘magida bolalar masalalari komissiyalari faoliyati rivojlantiriladi. Markazda Surxandaryo viloyatida Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan hamkorlik loyihasi doirasida viloyat, shahar va tumanlardagi Bolalar masalalari komissiyalari va Bolalarni himoya qilish sho‘balari faoliyatlari salohiyatini o‘sishiga hissa qo‘shish maqsadida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda YuNICEF vakili Antonia Lyudeke, Bolalar Ombudsmani vakili Diana Isayeva, Bolalar masalalari bo‘yicha Milliy Komissiyaning Bolalarni himoya qilish masalalari sho‘basi vakillari Gulchexra Nigmadjanova, Xurshid Asrorov, Sattor Raxmatov, shuningdek, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Shaxodat Ibragimova, tuman hokimining o‘rinbosari Sanjar Nuriyev hamda tuman Bolalar masalalari komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi. Seminar-treningda mutaxassislar tomonidan Bolalar masalalari komissiyalari a’zolarining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek, bolalarni himoya qilish sho‘basi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari Yevropa ittifoqi ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning maqsadlari, kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida ham axborotlar berildi. 2023-yilning 23-fevral kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari David Kierski va Shoira Saidkarimovalar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi. AQSH elchixonasi vakillariga markaz rahbariyati bir necha takliflar kiritdi va nafaqat afg‘on xalqi balki mahalliy aholi uchun ham foydali bo‘lgan “Amerika burchagi” nomi ostida xorijiy til kurslari va xalqaro standartlar asosida xorijiy adabiyot va qo‘llanmalar jamlangan kutubxona ochish taklifi bildirildilar. 83
Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart- sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Afg‘onistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmonlar iqtidorli talabalarimiz tomonidan AQShning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalari to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, markaz rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralarda markazimiz taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha hozirgi holat va istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi. . 2023-yil 09-mart. Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi. Afg‘oniston TIV xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Shuayb Baryalay, boshqarma boshlig‘i Naser Axmad Axmadi hamda Afg‘onistonning Termiz shahridagi bosh konsuli Muhammad Idris Zarshuylar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yuksak baho berildi. Shuningdek, markaz professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi, fikr va mulahazalar bildirildi. Jumladan, mehmonlar o‘z fikrlarini davom etib, “Bizning niyatimiz — Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik hukm surishini ta’minlash. Bu iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga albatta ushbu markaz talabalari ya’ni siz aziz yoshlar xizmat qilasiz”-deya fikrlarini bayon etdilar. 84
2023-yil 10-mart. Xitoy hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi. Xitoy Xalq Respublikasi TIVning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Yue Syaoyun, TIV birinchi sekretari Sun Yuyfen va Sun Penchjou Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yuksak baho berildi. 2023-yil 12-mart kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi rahbariyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari S.Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tashrif davomida markaz faoliyati, moddiy texnik bazasi, markaz hududida olib borilayotgan obodonchilik ishlari ko'zdan kechirildi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari tomonidan o‘quv binolari hamda TTJdagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, ularni yaxshilashga qaratilgan istiqboldagi rejalar bilan tanishildi. 2023-yil 16-mart. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligining vakillari tashrif buyurdi. Tashrif davomida markaz rahbariyati tomonidan Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining qo‘shma loyihasi asosida tashkil etilgan 1 yillik va 3 oylik kurslaring natijalari hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar va ushbu loyihalarning ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. 85
Shuningdek, kelgusi istiqboldagi reja va loyihalar bo‘yicha takliflar bildirildi. O‘z navbatida, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska hamda BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder ham hamkorlik qilishdan mamnunligini va Afg‘oniston fuqarolariga doimiy ravishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. 2023-yil 16-mart. “Yashil makon” – 2023 BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligi vakillari Jarqo‘rg‘on tumani tashrif buyurdi. BMTning taraqqiyot dasturi, UNHCR, UNECE, Ekologiya davlat qo‘mitasi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida jami 290 ming tup saksovul va daraxt ko‘chatlari ekish uchun ajratilgan yer maydonida olib borilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib, ushbu bog‘ni ochilish marosimida ishtirok etdi. 86
2023-yil 15-aprel kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, oliy ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tanzila Norboeva ushbu markazning o‘quv kampusida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalariga yuqori baho berdi. Shuningdek, Afg‘onistonlik talaba-qizlar bilan yaqindan suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida Senat raisi faol va iqtidorli talabalarning taklif va fikrlarini tingladi. Talabalarning markazda ular uchun yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklari hamda ularning ilmga chanqoqligi, kelgusida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekistonda magistratura ta’lim bosqichida o‘qishni davom ettirish kabi bildirgan fikrlari mehmonlar tomonidan ijobiy qabul qilindi. 2023-yil 29-aprel. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Xitoy Xalq Respublikasidan jurnalist Sino Freeman hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Zaxriddin To‘raev tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba-yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar. 87
2023-yil 29-aprel. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Oʻzbbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi Millatlararo munosabatlar boʻyicha ilmiy amaliy tadqiqotlar markazi rahbari Saodat Davlatova, markazning bosh ilmiy xodimi Ismoil Xoʻjaxonov hamda Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Rahmonov Muhammadjonlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba-yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar. 2023-yil 10-may. Afg'oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Toshkent stomatologiya universiteti falsafa fanlari nomzodi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, olima Sattorova Dildora G'apporovna tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba- yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar. 88
2023-yil 26-may. Markazga Yaponiyaning “Xalqaro hamkorlik tashkiloti” (JICA) vakillari tashrif buyurdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markaziga Yaponiyaning “Xalqaro xamkorlik tashkiloti” (JICA)ning Janubiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shimizu Koji va ushbu tashkilotning Afg‘onistondagi vakolatxonasi rahbari maslahatchisi Daizumoto Yukilar tashrif buyurdilar.Tashrif davomida xorijiy mehmonlar markazda yaratilgan sharoitlar bilan to‘liq tanishib chiqdi hamda 4-bosqich “O‘zbek tili va adibyot” ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda ta’lim muassasasida Yevropa Ittifoqi va BMT TD ning qo‘shma loyihasi doirasida 1 yillik kurslarda tahsil olgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar. Suhbat jarayonida, Markaz talabalari va tinglovchilari tomonidan xorijiy mehmonlarga o‘qishni magistratura va bakalavr bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar. 2023-yilning 2-iyun kuni Markazga BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal Bryus tashrif buyurdi. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Markazning 4-bosqich “O‘zbek tili va adibyot” yo‘nalishi talabalari hamda ta’lim muassasasida Yevropa Ittifoqi va BMTRDning qo‘shma loyihasi doirasida tahsil olgan tinglovchilar bilan suhbatlashdi. 89
2023-yil 24-iyun. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga, Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) maslahatchisi, doimiy vakili Alok Pandey, Lal Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyati markazi direktori Sitesh Kumar, yoga o‘qituvchisi Sudha Ragavendran, Nigora Ernazarova, Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari I.Saparov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Kichkilovlar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Markazning 4 bosqich “O‘zbek tili va adibyot” yo‘nalishi talabalari bilan suhbatlashdi. Mehmonlar tomonidan berilgan savollarga talabalar tomonidan darslar yaxshi o‘tilganligini, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilgan dars mashg‘ulotlaridan mamnunliklarini bildirib o‘tdilar. Suhbat jarayonida, markaz talabalari tomonidan xorijiy mehmonga o‘qishni magistratura bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar. O‘z o‘rnida Manish Prabhat talabalar tomonidan berilgan takliflar yuzasidan Hindistonning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga borganda, tegishli vakillari bilan ushbu masalani muhokama qilishlarini aytib o‘tdilar. 90
Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyatini kengaytirib, uni universitetga aylantirish masalasi muhokama qilindi. Surxondaryo viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov hamroxligida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Vazir muassasaning 750 oʻrinli zamonaviy oʻquv binosi hamda 400 oʻrinli Talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi, oʻquv va laboratoriya xonalari, informatika va multimedia markazi, milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat toʻgaraklari faoliyatini koʻzdan kechirdi. I.Abdurahmonov oʻquv binosida tashkil etilgan milliy hunarmandchilik burchaklariga yuqori baho berib, ushbu tajribani barcha oliy taʼlim muassasalari uchun namuna sifatida joriy qilish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi. Tashrif davomida vazir Afgʻonistonning Termiz shahridagi Bosh konsulining birinchi kotibi Bismillo Mangal bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda B.Mangal Afgʻonistonlik yoshlar uchun yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga minnatdorchilik bildirdi. Afgʻonistonning ehtiyojidan kelib chiqqan holda mamlakat yoshlarini ushbu markazga jalb qilish, markaz faoliyatini yanada kengaytirish va uni universitetga aylantirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif davomida I.Abdurahmonov mutasaddilarga yangi oʻquv yili boshlanishiga puxta tayyorgarlik koʻrish, hududni yashil makonga aylantirish uchun obodonlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratish, elektr energiyani tejash maqsadida quyosh panellari bilan jihozlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi. 91
Tikuvchilik va kashtachilik to‘garagi ustoziga vazir sovgʻasi topshirildi. Joriy yilning 21-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Ilhom Saparov hamrohligida Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyati va markazda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning rejalari bilan o‘rtoqlashgan edi (https://t.me/otfiv_surxondaryo/1965). Tanishuv davomida vazir I.Abdurahmonov Tikuvchilik va kashtachilik to‘garagida faoliyat olib borayotgan ustoz Osiyo Xonimqulova faoliyatiga ijobiy baho berib, unga planshet sovg‘a qilishini takidlagan edi. 27-iyul kuni vazir sovgʻasi — planshet Osiyo Xonimqulovaga topshirildi. 92
Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar 2022-2023-o‘quv yili davomida markazda moliyaviy mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish, turli yo‘nalishdagi to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida belgilangan tartibda ishlar amalga oshirib kelindi. Xususan, ish haqi va boshqa to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi ta’minlandi. 2023-yilning 6 oyi uchun ish haqi to‘lovlari to‘liq iyul oyi uchun avans to‘lovlari amalga oshirilishi ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 911-sonli qarorining 10-bandiga muvofiq Afg‘oniston davlatining fuqarolari o‘qish uchun to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan chet el fuqarolari uchun nazarda tutilgan ta’lim qiymatining 50 foizi miqdorida yuborayotgan tomon mablag‘lari hisobidan, to‘lovning qolgan qismi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilab berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib hozirgi kun holatiga markaz talabalarining kontrakt to‘lovlari bo‘yicha Afg‘oniston hukumati tomonidan 175 050 AQSh dollari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 752 000 AQSh dollari jami 927 050 AQSh dollari miqdoridagi qarzdorlik yuzaga kelgan. Markazning kelgusidagi faoliyatini samarali tashkil etilishida uning moliyaviy holati muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, bu borada amaliy yordam berilishi bo‘yicha tegishli tartibda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklariga amaliy yordam so‘rab murojaat xatlari qilindi. Markazning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli korxona tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnomalarning tuzilishini va ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi ta’minlab kelinmoqda. Xususan, elektr va gaz ta’minoti korxonalari, aloqa korxonasi, markazdan chiqadigan chiqindilarni chiqarish bo‘yicha kommunal korxonasi, markazda turli kemiruvchi va zararli hashorotlar zararining oldini olish bo‘yicha tegishli korxonalar, markaz hududida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘riqlash xizmati kabi korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilib ijrosi ta’minlab kelinmoqda. Markaz binolarining tozaligini ta’minlash va markaz joylashgan hududni obodonchiligini ta’minlash bo‘yicha doimiy ishlar amalga oshirib borilmoqda. 93
Xususan, o‘tgan davr mobaynida markaz hovlisidagi barcha daraxtlar oqlanib, taglari yumshatildi. Bino atrofi va yo‘laklar bo‘ylab har mavsumga mos gullar ekib chiqildi. Bundan tashqari markaz hududida mevali va manzarali daraxtlar qalamchalari ekildi. Markaz hovlisida bo‘sh turgan hududlariga ularning joylashuvidan kelib chiqib manzara beradigan o‘tlar, oziq ovqat ekinlari (kartoshka, karam, sarimsoq, rayhon va turli ko‘katlar) va boshqa ekinlar ekilishi ta’minlanib, ularning ayrimlarining hosili yig‘ib olingan bo‘lsa ayrimlarining vegitatsiya davri davom etib, parvarishi amalga oshirib borilmoqda. 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida markazning me’yorda faoliyat yuritishi uchun barcha tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tomonidan Vazirlarr Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining 2022-2023-yillar kuz-qish davrida ijtimoiy soha ob’ektlarining barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlash va ta’minlash borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlari belgilab olindi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining barcha bino inshootlari 2017, 2018, 2019- yillar davomida ayrimlari yangidan qurilib, ayrimlari kapital rekonstruksiya qilingan. Ushbu binolarning barcha derazalari AKVA romlariga almashtirilgan, MDF rusumdagi yangi eshiklar o‘rnatilgan. Markaz o‘quv binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, talabalar o‘qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan va zamonaviy jixozlar bilan jixozlangan. Markazni to‘liq nazorat qilish bo‘yicha barcha (o‘quv binosi, talabalar turar joyi) hudud kameralashtirilgan va shahar qo‘riqlash bo‘limi xizmatiga topshirilgan. 94
Barcha o‘quv bino, talabalar turar joylarining ichki tashqi qismlari fasad kraskalar bilan ta’mirdan chiqarilgan bo‘lib, tom qismlari cherepitsa bilan yopilgan va yer to‘lalar toza, qulflangan hamda muhrlangan. Markazni maishiy chiqindilardan tozalash bo‘yicha “Bio ekotexno” korxonasi bilan shartnomalar tuzilgan va chiqindilarni olib chiqish grafik asosida amalga oshirilmoqda. Barcha binolarni dizenfeksiya qilish bo‘yicha yillik shartnomalar tuzilgan va shu asosda dizenfeksiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Binolarning atroflari maxsus yoritish chiroqlari bilan yoritilgan. Barcha binolar yong‘indan xabar beruvchi moslamalar bilan jihozlangan. Markaz hududi temir panjara va devorlar bilan o‘ralgan hamda bo‘yalgan. Markazning evakuatsion sxemasi ishlab chiqilgan, mutaxassislar tomonidan tasdiqlanib, koridorlarga osilgan. Yo‘laklarga bardyurlar va bryuschatka (beton plitkalar) terilib, asfalt qoplamasi bilan yopilgan. Shu o‘rinda 2022-2023-o‘quv yili uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha zarur ehtiyot qismlarni olish uchun kerakli mablag‘ ajratildi. Qozonxonani isitish bo‘yicha 6 ta shtat birligi ajratilib mutaxassislar zarur anjomlar va maxsus kiyimlar bilan ta’minlanib, instruktajlar o‘tkazildi, kerakli (stol-stul, telefon, fonarik, navbatchilik jurnali, santexnik uskunalar) bilan ta’minlandi. Jumladan isitish mavsumida ishlovchi o‘t yoquvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida o‘t yoquvchilarga mo‘ljallangan xona tegishli jihozlar bilan jihozlanib, o‘t yoquvchilarning kerakli ish buyumlari va jihozlari bilan ta’minlandi. 2022-2023-o‘quv yili kuz-qish mavsumi davomida isitish qozonxonalarining va isitish tizimining me’yorida ishlashi uchun barcha choralar ko‘rildi. Kuz-qish mavsumini me’yorida o‘tkazish uchun markazning ichki gaz ta’minoti tarmog‘i mavjud bo‘lib, barcha binolar, jumladan, o‘quv binosi va talabalar yotoqxonalarining ichki zamonaviy issiqlik tizimlari o‘rnatilgan. Markaz binolari gazga moslashtirilgan MTB-600 va MTU-1200 modul qozonxonalari orqali isitiladi. Isitish quvurlari va suv quvurlari to‘liq nazoratdan o‘tkazildi. Markaz asosiy binosi va yotoqxonasi ichki isitish tizimlari yangi zamonaviy isitish tizimlariga almashtirilgan va yangi issiqlik trassasi o‘tkazilgan. Qo‘shimcha ravishda omborxonada 33 tonna ko‘mir zaxirasi mavjud. 95
Qozonxonalar mutaxassislar tomonidan to‘liq tekshirilib, mavsumga tayyor holga keltirildi. Markaz o‘zining suv qudug‘i va 25 tonnalik suv minorasiga ega. Markazning suv ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida qo‘shimcha suv qudug‘i va suv minorasi qurilishi bo‘yicha qurilish ishlari tegishli tartibda yakuniga yetkazildi. Barcha o‘quv binolari jumladan talabalar turar joyilari sovuq va issiq suv, yoritish asboblari, ventilyatsiya, oqova quvurlari, issiqlik va elektr tarmoqlarining sozlik holati nazoratdan o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etildi. Barcha o‘quv binolari va TTJ binolari deraza oynalari to‘liq tekshirib ko‘rildi. Barcha bino va inshootlarning yong‘in xavfsizlik qalqonlari va elektro shitlar yangisiga almashtirilgan, ular yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlarlariga javob beradi. Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu reja asosida markaz hududidagi mevali va manzarali daraxtlarga shakl berildi, bardyurlar oqlandi. Hududdagi ekin ekiladigan joylar ag‘darilib mavsumiy ko‘katlar ekish ishlari yakunlandi. Hududlarga mavsumiy gullar ekilgan va atrofdagi ariqlar tozalanib, hududni ariqdan sug‘orish tizimi ta’minlangan. Markaz bino va inshootlarida suv, elektr energiya ta’minoti. Kanalizatsiya tarmoqlari va boshqa injenerlik kommunikatsiya vositalari bo‘yicha tarmoqlar me’yorida ishlab turibdi. 96
Hozirda talabalar 300 o‘rinli talabalar turar joyining 1-va 2-qavatlariga joylashtirilgan. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi uchun barcha sharoitlar mavjud, jumladan: - har bir xonaga gilam to‘shalgan; - yetarlicha divan krovat, yumshoq mebellar to‘plami, stol, jurnal stol, stul, tumbochka, kiyim shkaflari, poyafzal qo‘ygichlar va boshqa mebel jihozlari, soat va stol lampalari bilan to‘liq jihozlangan; - talabalarning ma’naviyat xonalari, darsxonalari, tibbiyot xonasi va nomozxonalari normal salqin haroratini ta’minlaydigan ARTEL konditsionerlari bilan jihozlangan; 97
- talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun televizorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari: - talabalar yotadigan TTJ ning 1 va 2-qavatida har birida 1 tadan muzlatgich, 2 tadan elektr plitkasi va boshqa jihozlar bilan jihozlangan. 6 ta oshxona, kir yuvish mashinasi, dazmollash doskasi, dazmol va kir quritish uskunasi bilan jihozlangan 6 ta kir yuvish xonasi, har birida konditsioner bilan jihozlangan 2 ta shinam namozxona, 1 va 2- qavatda bo‘lgan suv isitish jihozlari (aristonlar) o‘rnatilib, issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan hojatxona, tahoratxona va yuvinish xonalari talabalar uchun xizmat ko‘rsatayapdi (ularda suvning bosimini me’yorida ta’minlash uchun 3 ta ShMJ suv nasoslari o‘rnatilgan). Bundan tashqari markazda 2022-yilning iyun oyidan Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturi tomonidan Yevropa Ittifoqi mablag‘i hisobiga “Afgoniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi amalga oshirilishi boshlanib joriy o‘quv yilida o‘z yakuniga yetdi. 98
Loyihaning asosiy maqsadi - kasb-hunar ta’limi va o‘qitish dasturlari va qisqa muddatli kurslarni taqdim etishni kengaytirish, shuningdek Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv markazining salohiyatini yanada mustahkamlash orqali yoshlar, jumladan ayollarga alohida e’tibor qaratgan holda Afg‘oniston fuqarolari uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish va kengaytirishdan iborat edi. Loyihaning umumiy qiymati (loyihaning ma’muriy tarkibini saqlash va loyiha bo‘yicha boshqaruv xarajatlarini qo‘shgan) holda 1 mln yevro ( 1 141 552 AQSh dollari) dan iborat bo‘lib, shundan 769 500 AQSh dollari ta’lim markazi orqali moliyalashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 476 000 AQSh dollari markazimizda tahsil olgan 136 nafar talabalarning 2021-2022-o‘quv yillari ta’lim xarajatlarini qoplash va ularning stipendiya to‘lovlariga, 225 000 AQSh dollari 1 yillik kurs tinglovchilarining ta’lim xarajatlari va stipendiyalari uchun 68 500 AQSh dollari 3 oylik kurs tinglovchilarining ta’lim xarajatlari va stipendiya to‘lovlari uchun moliyalashtirildi. Bundan tashqari loyiha doirasida markazning moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan 1 252 636 857 so‘mlik uskuna va jihozlar berilgan. Jumladan, loyiha doirasida ta’lim markaziga 29 o‘rindiqli avtobus 99
Barcha mebil va turli multimedia jihozlari bilan jihozlangan konferens xonasi Kovorking markazi Bundan tashqari ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun raqamli platforma yaratish maqsadida server, kompyuterlar va boshqa jihozlar olib kelindi. Hozirda yuqorida qayd etilgan loyiha bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘qish, yashash va ovqatlanish kabi barcha sharoitlar yaratib berilib o‘quv jarayonlar yakuniga yetkazildi. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida markaz tomonidan 200 tup ko‘chat ekish rejasi qo‘yilgan bo‘lib, ta’lim markazi tomonidan 350 tup ko‘chat ekilishi 100
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104