«Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi «YaMMT» IDAK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI
Yagona milliy mehnat tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy kilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 31 oktyabrdagi PQ-4502-sonli qaroriga asosan 2020 yil 1 yanvardan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy etish belgilandi. Hususan, qarorning 3-bandiga muvofiq: 2020 yil 1 yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini «YaMMT» IDAKda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda 2020 yil 1 yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020 yil 1 sentyabrdan kechiktirmasdan «YaMMT» IDAKda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mehnat shartnomalarini «YaMMT» IDAKda ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 2020 yil 1 yanvardan boshlab, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mehnat shartnomalaridagi ma'lumotlar asosida «YaMMT» IDAKda avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etiladi. 2
Yagona milliy mehnat tizimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 dekabrdagi 971-son qarori 1-ilovasi bilan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida» Nizom tasdiqlandi. «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda «YaMMT» IDAK deb ataladi) — axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan majmui bo‘lib, u orqali ro‘yxatga olingan mehnat shartnomalari va xodimlarning mehnat stajiga oid ma'lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash amalga oshiriladi. mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish — mehnat haqidagi qonunlar talablariga muvofiq ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni «YaMMT» IDAKga kiritish jarayoni. jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti — ro‘yxatdan o‘tgan jimoniy shaxslarga o‘zlarining elektron mehnat daftarchalariga kirish imkonini beruvchi «YaMMT» IDAKning yopiq bo‘limi. Mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda «YaMMT» IDAKdan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat'i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir. «YaMMT» IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir. 3
Yagona milliy mehnat tizimi «YaMMT» IDAK - bu: Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomanisini ro‘yxatga olish; Xodimning elektron mehnat daftarchasini shakllantirish. «YaMMT» IDAK – quyidagi imkoniyatlarni beradi: Mehnat shartnomalarini elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish (o‘zgartirishlar kiritish, mehnat shartnomalarini bekor qilish); Ish beruvchilar tarkibi (shtat jadvali) bo‘yicha elektron ma'lumotlar bazasini yaratish; Elektron mehnat daftarchasida fuqarolarning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yaratish; Xodimlarning miqdoriy va sifat tarkibi, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ob'ektiv, oshkora ma'lumotlarni yaratish. 4
Ish beruvchi Mehnat shartnomalarini bekor ERI kaliti orqali tizimga kirish Tashkilot ma'lumotlarini to‘ldirish qilishni ro‘yxatga olish ЯММТ Mehnat shartnomalaridagi Bo‘limlarni yaratish o‘zgarishlarni ro‘yxatga olish Mehnat shartnomalarini ro‘yxatga olish Ish o‘rinlarini yaratish 5
Ish beruvchi Tizimga kirish Xodim Qarindoshlar haqida ma'lumotlar Avvalgi ish joylari haqidagi ma'lumotlar 6
«YaMMT» IDAK tizimiga kirish 7
Tizimga kirish my.mehnat.uz sayti orqali kirish 8
ERI kalitini tanlash Elektron raqamli imzo (ERI) kaliti tuman (shahar) davlat xizmatlari 99 markazlaridan belgilangan tartibda olinadi Tashkilotning yuridik shaxs ERI kaliti orqali kirish
Bosh sahifa 10
Tashkilot tuzilmasini yaratish Afzalliklar: Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning soxa klassifikatori bo‘yicha lavozimini tanlash; Talablarni avtomatik ravishda ko‘rsatish; Bo‘sh ish o‘rnini avtomatik ravishda Milliy vakansiyalar bazasida aks ettirish (ish.mehnat.uz) 11
Mehnat shartnomasini ro‘yxatga olish Afzalliklari: Xodim ma'lumotlari avtomatik tarzda kelib chiqishi; Sodda interfeys; Mehnat shartnomasining rekvizitlarini tahrirlash imkoniyati. 12
Qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish 13
Qo‘shimcha kelishuvni ro‘yxatdan o‘tkazish 14
Ta'tilni ro‘yxatga olish 15
Mehnat shartnomasining bekor qilinishini ro‘yxatga olish 16
Xodimning avvalgi ish joylarini kiritish 17
Xodimning oliy ma'lumotiga oid ma'lumotlar 18
Xodimning qarindoshlari to‘g‘risida ma'lumot 19
Ishga joylashish uchun so‘rovlar O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 34-moddasiga binoan mehnat organlari ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida yo‘llanmalar va murojaatnomalar asosida tashkilotlarga yuborishi belgilangan. Yagona milliy mehnat tizimida ish beruvchi mehnat organlari tomonidan yuborilgan ishga joylashishga doir yo‘llanma va murojaatnomalarni elektron tarzda qabul qilishi mumkin. 20
Ish joylarni zaxiralash O‘zbekiston Respublikasining \"Aholi bandligi to‘g‘risida\"gi qonunining 9-bobiga asosan xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun ish joylari zaxiraga olinadi. Yagona milliy mehnat tizimida zaxiraga olinadigan ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlarni aks etish uchun imkoniyat joriy etilgan. 21
Ish haqini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5102-sonli qaroriga asosan 2022 yil 1 iyuldan boshlab, davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Pensiya yoshiga yaqin qolgan hamda nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarning «O‘zarxiv» agentligi yoki idoraviy arxivda mavjud hujjatlari asosida mehnat staji davridagi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini (oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davri 2005-yildan avvalgi davrga to‘g‘ri kelganda) Yagona mehnat milliy tizimidan yuborilgan elektron so‘rovga asosan «O‘zarxiv» agentligining elektron dasturi ma’lumotlari asosida hamda idoraviy arxivlar tomonidan kiritishni joriy etish belgilangan. Yuqoridagilardan kelib chikkan holda, sobiq xodimlaringizni mehnat faoliyati 2005-yildan avvalgi davrga to‘g‘ri kelganda, my.mehnat.uz saytida ish beruvchining shaxsiy kabinetiga kelib tushgan so‘rov asosida ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib berish zarur. 22
Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot \"Aholi bandligi to‘g‘risida\"gi qonunga asosan ish beruvchilar bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda hududiy mehnat organlariga taqdim etadi. Tashkilotdagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi oylik ma’lumotni (hisobotni) Yagona milliy mehnat tizimi orqali onlayn yuborish mumkin. 23
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma 24
Elektron mehnat daftarchasi ma'lumotlari Elektron mehnat daftarcha ma'lumotlarini ko‘rish uchun: Shaxsning JShShIR (pasportdagi 14 ta raqam) yoki STIR raqami kiritiladi. my.mehnat.uz saytida jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan telefon raqami yoki elektron pochta manzili (agar jismoniy shaxs my.mehnat.uz saytida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, unda ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi va shundan so‘ng potensial ish beruvchida shaxsning mehnat faoliyatiga oid ma'lumotlarni ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi). 25
Tizim yangiliklari bo‘yicha xabarnomalar 26
Yagona milliy mehnat tizimida xodim o‘zining elektron mehnat daftarchasi ma'lumotlari bilan tanishish Jismoniy shaxsning shaxsiy kabineti — ro‘yxatdan o‘tgan jimoniy shaxslarga o‘zlarining elektron mehnat daftarchalariga kirish imkonini beruvchi «YaMMT» IDAKning yopiq bo‘limi 27
Xodim uchun 28
E'tiboringiz uchun rahmat! 29
Search
Read the Text Version
- 1 - 29
Pages: