Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore institut faolyati 2023 (Автосохраненный)17

institut faolyati 2023 (Автосохраненный)17

Published by Hilola Holmuminiova, 2023-08-21 10:45:32

Description: institut faolyati 2023 (Автосохраненный)17

Search

Read the Text Version

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI nspi.uz 1

MUNDARIJA INSTITUT HAQIDA O’QUV – USLUBIY ILMIY SALOHIYAT Sahifalar 4 - 5 TA’MINOT Sahifalar 9-14 Sahifalar 6-11 4 - Institut haqida 9-Ilmiy salohiyat 5-Institut ustavi 10-Doktorantura 11-Nashr ishlari 6-O’quv – uslubiy 13- Respublika va xalqaro ta’minot anjumanlar 7-Me’yoriy uslubiy hijjatlar 18-Talabalarning sifat va o’zlashtirish ko’rsatkichlari 2

Akademik litsey Ma’naviy-ma’rifiy Institutining moddiy- Sahifalar 15-20 sohada texnik bazasi Sahifalar 27-32 Sahifalar 40-43 15-Akademik litsey 26-Video studiya xonasi 40-Tiklanuvchi energiya 17-Akademik litsey 28- 2022-2023-o‘quv manbalarini yilida talabalarimiz 41-Talabalar turar joyi erishgan yutuqlari tomonidan erishilgan binolari 18-Korrupsiyasiz soha yutuqlar 45- Institutining moddiy- 20- Marketing va texnik bazasi talabalar amaliyoti 33-Xalqaro hamkorlik 46-Xalqaro va milliy reyting ko’rsatkichlari 50-Axborot- resurs markazi 50-Instituti huzuridagi Navbahor ko‘p tarmoqli texnikumi 3

Navoiy davlat pedagogika instituti haqida Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 25-iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O’zSSR Ministrlar Soveti va O’zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983-yil 27-iyuldagi 455-sonli Qarori bilan tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2017- yil 5- dekabrdagi 897-sonli buyrug`i ilovasi bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Ustavi hamda tuzilmasi tasdiqlangan. 4

Institut Ustavi belgilangan tartibda Navoiy shahar “Yagona darcha” markazining 2017- yil 28-dekabrdagi 30-sonli qarori bilan Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan va quyidagicha shakllantirilgan: Rektor, Institut Kengashi, Jamoatchilik kengashi, Prorektorlar, O`quv- uslubiy boshqarma, Axborot texnologiyalari markazi, Magistratura bo`limi, Axborot resurs markazi, Sirtqi bo`lim, Yoshlar bilan ishlash, Ma`naviyat va ma`rifat bo`limi, Ilmiy tadqiqotlar, Innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi, Xalqaro hamkorlik bo`limi, Tahririy-nashriyot bo`limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo`limi, Reja-moliya bo`limi, Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi, Xodimlar bo`limi, Kompleans- nazorat tizimini boshqarish bo`limi, Monitoring va ichki nazorat bo`limi, Devonxona va arxiv, Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo`limlari faolyat yuritadi. Institutda Fizika va texnologik ta’lim, Matematika va informatika, Tabiiy fanlar, Tarix, O`zbek tili va adabiyoti, Ingiliz tili va adabiyoti, San`atshunoslik, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, Jismoniy madaniyat, Rus va qozoq filologiyasi, Tibbiyot. fakultetlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 5

O‘quv-uslubiy ta’minot Fakultetlar Kafedralar Professor- 11 tа 26 та o'qituvchilar Ta’lim shakllari 607 nafar Kunduzgi Sirtqi kechki 11861 8430 982 nafar nafar O‘quv auditoriyalar Jami talabalar soni: soni: 245 ta 21273 nafar Laboratoriya xonalari: 14 ta Magistratura mutaxassisliklari: Bakalavriatura ta’lim yo’nalishlari: 18 ta – 554 nafar magistr 33 ta – 20719 nafar talaba 6

Me’yoriy-uslubiy hujjatlar va baholash tartibi O‘ZBEKISTON Kunduzgi O‘zbekiston Respublikasi RESPUBLIKASI ta’lim Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824- VAZIRLAR shakli MAHKAMASINING qarori 1-ilovasi bilan Sirtqi tasdiqlangan “Oliy ta’lim 2020-YIL 31- ta’lim DEKABRDAGI “OLIY shakli muassasalrida o‘quv jarayoniga kredit-modul TA’LIM Kechki tizimini joriy etish tartibi MUASSASALARIDA ta’lim to’grisida”gi nizom asosida TA’LIM JARAYONINI shakli TASHKIL ETISH BILAN kundizgi ta’lim shakli BOG‘LIQ TIZIMNI talabalarning TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI o‘quvjarayonlari tashkil TO‘G‘RISIDA”GI 824- qilingan. QARORI 1-ILOVASI BILAN TASDIQLANGAN O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 2017- “OLIY TA’LIM yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim MUASSASALARIDA muassasasida sirtqi (maxsus O‘QUV JARAYONIGA sirtqi ) va kechki (smenali ) KREDIT-MODUL ta’limni tashkil etish tartibi TIZIMINI JORIY ETISH to’g’risidagi nizomlarni TARTIBI tasdiqlash haqida “gi 930- TO‘G‘RISIDA”GI sonli qarori asosida institutda NIZOM ASOSIDA tahsil olayotgan sirtqi va TALABALARNING O’QUV JARAYONLARI kechki ta’lim shakli talabalrning o‘qishi tashkil TASHKIL QILINGAN. qilingan. 7

Talabalarning sifat va o’zlashtirish ko’rsatkichlari (foiz hisobida) (foiz hisobida) 120 100 99,9 100 99,9 80 60 40 37,4 38,1 32,3 20 0 2021-2022 o'quv yili 2022-2023 o'quv yili (qishki semestr) 2020-2021 o'quv yili sifat ko'rsatkichi O'zlashtirish ko'rsatkichi 8

TA’LIM BERUVCHINING ILMIY SALOHIYATI Institutda faoliyat yuritayotgan 607 nafar professor-o‘qituvchilarga, doktorantlar va yosh olimlarga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. 2017-yilda ilmiy unvonli va ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar 89 (19,7%) nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 205 (35,2%) nafarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ 289-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlarga asosan institutda 2023-yil yakuniga qadar ilmiy salohiyat 38 foizga, 2026 yilga kelib, 60 foizga yetkaziladi. 9

DOKTORANTURA 2017-yilda institutda 2 ta ixtisoslik bo‘yicha 3 nafar tayanch doktorant tahsil olgan bo‘lsa, bu sohada keyingi yillarda yangi ixtisosliklarni tashkil etish va qamrovni kengaytirish hisobiga 2018-yilda 4 ta ixtisoslikda 4 nafar, 2019-yilda 6 ta ixtisoslik bo‘yicha 7 nafar, 2020-yilda 16 ixtisoslik bo‘icha 21 nafar, 2021-yilda 17 ixtisoslik bo‘yicha 39 nafar, 2022- yilda 19 ta ixtisoslik bo‘yicha 60 nafar tayanch doktrorant va doktorantlar qabul qilingan va 2023-yilda 19 ta ixtisoslikda jami 122 nafar tayanch doktorant va doktorant tahsil olmoqda. 10

NASHR ISHLARI Institutda professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar, shuningdek, xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalar salmog‘i yildan yilga oshib bormoqda, jumladan, 2022-yilda 38 ta darslik, 82 ta o‘quv qo‘llanma, 36 ta monografiya, xorijiy ilmiy jurnallarda 419 ta, Respublika ilmiy jurnallarida 379 ta ilmiy maqolalar chop etilgan. 2017-yilga nisbatan taqqoslaganda ko’rsatkich 5 baravarga oshgan. Darslik 38 ta Respublika ilmiy O’quv jurnallarida 379 ta qo‘llanma 82 ta Xorijiy ilmiy Monografiya 36 jurnallarda 419 ta ta 11

FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH BILAN INTEGRATSIYA 12

Respublika va xalqaro anjumanlar Institutda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazishga ham alohida e’tibor qaratilgan, jumladan, 2022-yilda 3 ta xalqaro va 4 ta Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazilgan. 13

“Globallashuv sharoitida oʻzbek tili nufuzini oshirishning nazariy va amaliy masalalariga yangicha yondashuv: muammo, yechim, istiqbollar” mavzusida ilmiy anjuman. 14

Akademik litsey Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi Navoiy viloyati Navoiy shahri Spitamen ko‘chasi 14-uyda joylashgan. 1998-yildan buyon Navoiy davlat pedagogika instituti tasarufida faoliyat olib boradi. Akademik litsey o‘qituvchilarining sifat tarkibi va bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichi hamda o‘quvchilarning yutuqlari Akademik litseyda 82 nafar pedagog va xodimlar faoliyat yuritadi. Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilardan 1 nafari Falsafa fanlari doktori (PhD), 18 nafari bosh o‘qituvchi, 18 nafari yetakchi o‘qituvchi, 14 nafari katta o‘qituvchi, 14 nafari oliy ma’lumotli pedagog xodimlarni tashkil etadi. Tahsil olayotgan talabalar soni 2021-2022-o‘quv yilida – 394 nafar. 15

Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyni 2018-2019-o‘quv yilida bitirgan 434 nafar o‘quvchilardan 373 nafari 85,9%, 2019-2020-o‘quv yilida bitirgan 240 nafar o‘quvchilardan 226 nafari 94%, 2020-2021-o‘quv yilida bitirgan 217 nafar bitiruvchilardan 206 nafari (95 %), 2021-2022-o‘quv yilida bitirgan 188 nafar bitiruvchilardan 182 nafari (96,8%) oliy o‘quv yurtlari talabalik safiga qabul qilindi. 16

AKADEMIK LITSEY 2022-2023 O‘QUV YILIDA ERISHILGAN NATIJALAR 1. Respublika fan olimpiadalarida 2022-yil Biologiya fanidan Izzatullayev Javohir faxrli I-o‘rinni egallagan. 2. 2022-yilda akademik litseyni bitirgan 188 nafar bitiruvchilardan 182 nafari (96,8%) oliy o‘quv yurtlari talabalik safiga qabul qilindi. 3. 2022-2023-o‘quv yilida qabul rejasi 208 nafarni, hujjat topshirganlar soni 1293 nafarni tashkil qildi. 4. 2022-yilda tahsil olayotgan 415 nafar o‘quvchidan: 14 nafari chet tillarini bilish bo‘yicha xalqaro va 55 nafari milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. 5. 2022-yil 18-sentabrda Akademik litseyning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Sulaymonova “BEST PUBLICATION” ilmiy-tadqiqotlar va yoshlarni qo‘llab- quvvatlash markazi tomonidan rivojlanish yo‘lida ilm-fan sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun diplom bilan taqdirlandi. 6. 2022-yil 27-sentabrda 1-bosqich o‘quvchisi Yaxshilikova Gulchiroy Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o‘tkazilgan “Kitobxonlar ligasi” ko‘rik-tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib 3-darajali diplom bilan taqdirlandi. 7. 2022-yil davomida 18 nafar o‘quvchi “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi sohibi bo‘ldi. 8. 2022-yilda akademik litsey fizika o‘qituvchilari tomonidan 3 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma yaratildi hamda muvofiqlashtiruvchi kengashda tasdiqlandi. 17

Korrupsiyasiz soha Institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish borasida korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-axloq kodeksi, namunaviy ichki tartib qoidalari bo‘yicha “Me`yoriy hujjatlar to‘plami” ishlab chiqildi. Mazkur hujjatlardan amalda foydalanish maqsadida institutning barcha professor- o‘qituvchilari va xodimlari tanishtirildi. 18

- 2023-yilning shu davriga qadar institutda korrupsiyaviy holatlar va xavf-xatarlarni oldini olish hamda aniqlash maqsadida 4860 nafar institut talabalari ishtirokida anonim so‘rovnomalar o‘tkazildi. - Mazkur so‘rovnomalarning natijalari tahlil qilinib, aniqlangan korrupsion holatlariga sababchi bo‘ladigan shart-sharoitlar o‘rganilib, ularni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ogohligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish hamda tizimda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida huquqni himoya qiluvchi idoralar ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Bizning institutda korrupsiyaga o‘rin yo‘q”, “Korrupsiya ta’lim kushandasi”, “Barchamiz korrupsiyaga qarshi kurashishda mas`ulmiz”, “Korrupsiyaga birgalikda kurashamiz” kabi mavzularda joriy yilning shu davriga qadar, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi, adliya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasining tajribali xodimlari ishtirokida 16 marotaba davra suhbatlari, 42 marotaba uchrashuvlar tashkil etildi. 19

Marketing va talabalar amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi 289-sonli “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-sonli qarori ijrosi 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasasining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4 bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni institutda 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishini ta’minlash vazifasi belgilangan. 20

Xuddi shunday, institutda \"4+2\" tartibi asosida talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi SHTAB tarkibi tasdiqlanib, SHTAB tarkibiga Navoiy davlat pedagogika instituti, Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Navoiy shahar va Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari kiritilgan. 21

Barcha fakultetlarda 2-4 kurs talabalarining “4+2” tartibida amaliyot o‘tash kunlari fakultet dekanlari tomonidan tasdiqlandi. 2-4 kurs talabalari “4+2” tartibida amaliyot o‘tashi uchun institut bilan tashkilot va ta’lim muassasalari o‘rtasida shartnomalar imzolangan bo‘lib, 2022-2023 o‘quv yilida jami 8 479 nafar talabalar ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashdi. Shundan, 6 813 nafari Navoiy viloyatidagi tashkilot va muassasalarga va 1 666 nafari esa Samarqand va Buxoro viloyatlarining yaqin tumanlarida “4+2” tartibida amaliyot o‘tadi. Ushbu 8 479 nafar talabalardan 2 830 nafari 2-kurs, 3 269 nafari 3-kurs va 2 380 nafari 4-kurs talabalari hisoblanadi. 22

Viloyatdagi hamkor tashkilotlar ishtirokida “4+2” tartibida talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar. 23

Ish beruvchilar bilan hamkorlik Navoiy davlat pedagogika institutida 2023-yilning 14-mart kuni bitiruvchi kurs talabalari uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir davomida Xatirchi, Konimex va Tomdi tumanlari xalq ta’limi bo‘limlari mudirlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ularda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan taqdimotlari eshitildi va bitiruvchi talabalar tomonidan bildirilgan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi. 24

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ishlash istagini bildirgan bitiruvchi kurs talabalariga ish beruvchilar tomonidan hududlar sharoitidan kelib chiqib o‘qituvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Xatirchi tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan 8 nafar, Tomdi tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan 8 nafar va Konimex tumani umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan 1nafar jami 17 nafar bitiruvchilarni ishga qabul qilish yuzasidan shartnomalar imzolandi. 25

VIDEO STUDIYA XONASI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qaroriga asosan Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida masofaviy oʻqitish tizimini takomillashtirish maqsadida videostudiya tashkil etildi. Ushbu videostudiyada onlayn va masofaviy ta’lim uchun mo‘ljallangan videodarslar yozib olinadi hamda institut veb-saytiga muntazam joylashtirilib boriladi. 26

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar Navoiy davlat pedagogika institutida 2022-2023-o‘quv yilida jami 21228 nafar talaba tahsil oldi. Shundan 15284 nafari (72%) qizlar, 5944 nafari (28 %) o‘g‘il bolalardan iborat. Magistratura ta’lim shaklida jami 553 nafar talaba tahsil oldi. Talabalarning umumiy kontingentining 11212 nafari (59,4 %) Navoiy viloyat hududidadan qolgan 10016 nafari (41,6 %) Respublikaning turli viloyatlaridan kelib institutimizda tahsil olmoqda. Xorijiy talabalar soni 9 nafarni tashkil etadi. 2022-2023-o‘quv yili davomida 21228 nafar talabaning “Talabalar balansi” to‘liq yakunlanib umumiy holat bo‘yicha yagona elektron baza shakllantirildi. Bugungi kunda talabalar turar joyida 1130 nafar talaba istiqomat qiladi. 3980 nafar talaba ijara huquqi asosida,896 nafar talaba yaqin qarindoshining uyida, 15222 nafar talaba o‘z uylarida yashab tahsil oladilar. Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning 2077 nafariga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 2022-2023 o‘quv yili davomida 2.819.023 so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi. 27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv yili davomida 116 ta 5 muhim tashabbus to‘garaklari faoliyat olib bordi. Mazkur to‘garaklarga 11000 nafaradan ortiq talabalar qamrab olindi. To‘garak tomonidan o‘quv yili davomida 263 marotaba turli mavzularda ma’naviy-ma’rfiy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan: “Zakovat” intellektual o‘yini, “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovlari, sportning futbol, voleybol, stol tennisi turlari bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqalari tashkil etildi. 28

2022-2023-o‘quv yilida talabalarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar: 1 nafar – Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori; 10 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sovrindori 1 nafar – Sarimsoqov nomidagi stipendiya sovrindori 1 nafar – O‘zbekiston Respubdikasi Prezidenti granti sovrindori O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasiga 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon” shiori ostida o‘tkazilgan konkursda institutning xor jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi 29

30 nafar - Universiada musobaqalari g‘oliblari, 31 nafar - O‘zbekiston chempionlari 9 nafar - Osiyo o‘yinlari chempionlari 11 nafar - Xalqaro musoabaqalar g‘oliblari 4 nafar - Jahon chempionlari 1 nafar - Kelajak bunyodkori medali sovrindori 1 nafar talaba Mard o‘g‘lon davlat mukofoti sovrindori 1 nafar – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30 yilligi ko‘krak nishoni Munozara turnirining Respublika bosqichi 1 o‘rinni institut jamoasi qo‘lga kiritdi va 30 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘lishdi NORMURODOV OLIMJIN OBID O‘G‘LI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil iyundagi qaroriga binoan “Mard o‘g‘lon” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti 3 bosqich talabasi. 30

Shuningdek, Ichki turizimni rivojlantirish maqsadida Respublikaning tarixiy viloyatlariga va qadamjolarga 12 marotaba sayohatlar tashkil etildi. Institutda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida institutda 32 marta davra suhbati, Giyohvandlikga qarshi kurashish bo‘yicha 7 marta rasmlar tanlovi, talabalar turar joyida 29 marta profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida 9500 nafardan ortiq talaba yoshlar qamrab olindi. Respublikamizdagi tarixiy sanalar va Xalqaro bayram kunlari munosabati bilan 200 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib tadbilar doirasida 10 000 nafardan ortiq talabalar qamrab olindi. JALOLOVA LOBAR SUNATILLO QIZI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6- martdagi qaroriga binoan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Navoiy davlat pedagogika instituti Ingiliz tili va adabiyoti fakulteti 3 bosqich talabasi. 31

Kamoliddin Axtamov Qilichbozlik sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni. G‘aybullayev Hayotbek Sultanova Diyana Sportning Kurash uri bòyicha Osiyo Bahodir qizi chempioni. “Ta’lim fidoiysi” ko‘krak nishoni sohibi. 32

XALQARO HAMKORLIK O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hozirgi kungacha Rossiya pedagogika davlat universiteti, Tver davlat universiteti, Astraxan davlat universiteti, Boshqirdiston davlat universiteti, Rossiya davlat kasbiy pedagogika universiteti, Moskva davlat geodeziya va kartografiya instituti, Tolyatti davlat universiteti, Liyepaya davlat universiteti (Latviya), London Metropoliten universiteti (Angliya), Kojon davlat universiteti (Koreya), Qozog‘iston davlat qizlar pedagogika universiteti, Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk xalqaro universiteti, Manas nomidagi Qirg‘iziston davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik shartnomalari doirasida faoliyat olib borilmoqda. 33

Keyingi yillarda Rossiyaning nufuzli universitetlarida institutning tadqiqotchilari uchun stajirovkalar tashkil etildi. Shu yilning oktabr oyida Buyuk Britaniyaning Liverpool universitetiga hamda Norvich universitetiga 10 nafarga yaqin professor o‘qituvchilar malaka oshirish uchun va tajriba almashish uchun yuborildi. 34

Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti hamda Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan 2019-yil 5-iyulida tasdiqlangan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil qilingan. Hozirda ushbu qo‘shma ta’lim dasturlarining 3 kurs talabari Belarus Respublikasining Polosk davlat universitetida ta’lim olmoqda. 35

Navoiy Davlat pedagogika instituti Toshkent shahridagi Lal Baxodir Shastri nomli Hind madaniyat markazi bilan qator yillardan buyon ilmiy va madaniy hamkorligi sifatida 2022 yil O‘zbekistondagi Hindiston elchixonasi tashabbusi bilan Hind o`quv markazi ochildi. \\ 36

Xalqaro hamkorlik memorandumi asosan Muxtor Avezov nomidagi Janubiy- Qozog‘iston davlat Universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Rossiyaning Ural davlat Universiteti hamkorligida doktorant va tadqiqotchilar uchun yozgi maktab o‘qishlari tashkil etildi. 2022-yil Rossiyaning nufuzli universitetlarida institutimizning o’nga yaqin tadqiqotchilari stajirovkalarini amalga oshirmoqda va Buyuk Britaniyaning Liverpool universitetiga ko’plap professor o’qituvchilar stajirovka o’tashlari uchun yuborilgan. 2022-yil 18-avgustda Malayziya davlatining Menejment va Fan Universiteti (MSU) bilan o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi. 37

Memorandum doirasida Menejment va Fan universiteti va Navoiy davlat pedagogika instituti bilan birgalikda o‘zaro manfaatli xalqaro dasturlari bo‘yicha hamkorligi yo’lga qo’yildi. 38

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan muzokaralar olib borilmoqda. 2023-o‘quv yili mobaynida Xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim muassasalarining o’ndan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb qilindi. 39

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori ijrosiga muvofiq 2022-yilda institutning 6 ta o‘quv binolari hamda 3 ta talabalar turar joylariga jami 350 kVt.lik jami 650 dona quyosh panellari o‘rnatildi. Shuningdek, 2023 yilda “Matematika- informatika” fakulteti o‘quv binosi tom qismiga 60 kVt.lik bo‘lgan 91 dona hamda “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” fakulteti o‘quv binosining tom qismiga 100 kVt.lik bo‘lgan 152 dona jami 160 kVt.lik quyosh panellari “KOJ Techno Nur OIChk” MChj tomonidan to‘liq o‘rnatilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali bilan shartnoma rasmiylashtirilib, tarmoqqa ulandi hamda o‘rnatilgan quyosh panellari Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritilishi ta’minlandi. Institut binolari tom qismiga o‘rnatiladigan jami 510 kVt.lik quyosh foto elektrik stansiyalari orqali 1 yilda 1 020 000 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 40

Institutning talabalar turar joyi binolari 2017-2018 2019 yilda yilda 800 o’rin 400 o’rin 2020 yilda 900 o’rin 2023 yilda 1280 o’rin 2017-18 yilda 1 ta TTJ binosi 2019 yilda 3 ta TTJ binosi 2020 yilda 4 ta TTJ binosi 41

42

Navoiy davlat pedagogika institutining Fizika va texnologik ta’lim fakulteti o‘quv binosida 4 ta Fizika fani laboratoriya xonasi, Tabiiy fanlar fakulteti o‘quv binosida esa 3 ta Kimyo fanidan va 2 ta Biologiya fanidan jami 9 ta laboratoriya xonasi mavjud. PQ-2909-sonli qaror davlat dasturi bo‘yicha 2017-2021-yillar davomida ya’ni 2017- yilda fizika fani bo‘yicha, 2018-yilda kimyo fani bo‘yicha, 2019 yilda biologiya fani bo‘yicha va 2020-yilda mehnat ta’limi yo‘nalishi uchun o‘quv laboratoriyalari bilan jihozlash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 32 nomdagi Fizika o‘quv laboratoriyalari jihozlari olib kelinib, ajratilgan laboratoriya xonalariga o‘rnatilgan. 43

Navoiy davlat pedagogika institutining moddiy-texnik bazasi Moddiy-texnik bazani o‘sish ko‘rsatgichi 100% 80% 60% 68 % 83 % 57 % 40% 20% 0% 2021-2022 2023-2024 2019-2020 O‘quv binolar soni Infokiosklar soni – – 8 ta 3 ta Talabalar turar joyi Kompyuterlar soni – soni – 4 ta 950 ta Oshxona va bufetlar Elektron doskalar soni – 3 ta soni – 31 ta Sport inshootlari Videostudiya soni – 8 ta soni – 1 ta O‘quv auditoriya Wi-Fi qurilmalar soni – 235 ta soni – 85 ta Laboratoriya xonasi Vedioproyektorlar soni – 9 ta – 100 ta 44

Xalqaro va milliy reyting ko’rsatkichlari Davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi Farmonida “Respublikadagi oliy ta’lim muassasalarini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish” masalasining kun tartibiga qo‘yilishi, avvalambor institut jamoasi oldiga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini yaxshilash, ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari, o‘quv rejalarining, unga mos fanlarning o‘quv mashg‘ulotlari loyihalangan o‘quv adabiyotlarini yaratish lozimligi kabi vazifalarini qo‘ydi. Ayni paytda, institutimiz Respublikamizning nufuzli 28 ta oliy ta’lim muassasasi qatorida World University Rankings 2023 xalqaro reytingda “reporter” maqomiga ega bo‘ldi. Times Higher Education (THE) reytingidan joy oldi va Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (Impact Rankings) THE reyting agentligi – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligigni baholovchi global reytingda 17 ta yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar bilan 1001+ natijani qayd etdi. 45

46

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 yanvardagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4119-son Qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 47

“Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 457-son Qarori asosida oliy taʼlim muassasalarining Milliy reytingi eʼlon qilib boriladi. 2022 kalendar yilida institutning reyting ko‘rsatkichi 15 pog‘ona ko‘tarildi. 48

Axborot- resurs markazi Institut Axborot-resurs markazi o`z faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar asosida (lavozim yo‘riqnomasi, ish rejalar hamda 2018-yilda tasdiqlangan Nizom, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 552-sonli Qarori, shuningdek Axborot-kutubxona faoliyati to`g`risidagi qonun asosida) ish yuritib kelinmoqda. Institut axborot-resurs markazida umumiy 16558 nomda – 118389 dona kitob fondi mavjud Axborot-resurs markazi zamonaviy axborot kutubxona tizimlari bilan (IRBIS, AKBT va boshqa dasturlar, shuningdek, RFID texnologiyalari) ta`minlangan, shuningdek, internet (Wi-Fi) tarmog`iga ulangan va tezlik holati 50 MB/sekundni tashkil etadi ARM elektron kutubxonadan foydalanuvchilar uchun. SCOPUS, SCIENCEDIRECT, EBSCO va boshqa xorijiy saytlar bazasidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. 49

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HUZURIDAGI NAVBAHOR KO‘P TARMOQLI TEXNIKUMI Mavjud mutaxassisliklar KUNDUZGI TA’LIM: ✅ 4. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi (sirtqi ✅ 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim) tarbiyachisi. ✅ 5.Arxitektura (sirtqi ✅ 2. Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim) ✅ 3. Kompyuter injinering ✅ 6.Buxgalteriya xisobi va audit (sirtqi ta’lim) ✅ 4. Avtomobil transportiga texnik xizmat kursatish va ta mirlash. ✅ 7.Sement ishlab chikarishi mashina va jixozlari operatori (sirtqi ✅ 5. Metallurgiya mashinalari va jixozlari ta’lim) (ishlab chikarish turlari) ✅ 6. Kimyoviy texnologiya (ishlab ✅ 8. Yul kurilish va kutarma transport chiqarish turlari bo‘yicha) mashina va mexanizm lari mashinisti (sirtqi ta’lim) SIRTQI TA’LIM: ✅ 9. Metallurgiya mashinalari va ✅ 1.Kimyoviy texnologiya (ishlab jixozlari(ishlab chikarish turlari) (sirtqi chiqarish turlari bo‘yicha) (sirtqi ta’lim ta’lim) ✅ 2. Elektr stansiyalari, tarmoqlari va ✅ 10. Xarakatni tashkil etish va tizimlari. (sirtqi ta’lim) boshkarish ✅ 3. Foydali kazilmalarni boyitish (sirtqi ✅ Payvandlash texnologiyasi va jixozlari ta’lim) 50


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook