Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Beruniy-13-3-4

Beruniy-13-3-4

Published by Eldor Bozorov, 2023-06-15 16:20:50

Description: Beruniy-13-3-4

Search

Read the Text Version

Isajon Sulton ABU RAYHON BERUNIY tarixiy-biografik roman Toshkent – 2022

O‘N UCHINCHI QISM DAVOMI INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI’UN Tangri taologa buyukligi qadar hamdu sanolar va uning elchisi Muhammad alayhissalomga behisob salavotlar bo‘lsin. Tangri mening gunohlarimni kechirsin va ayblarimni berkitsin. Xudo rahmat qilgur Abu Rayhon haqida yana ancha so‘zlarni yozsam bo‘lardi, biroq, xar qancha urinsam ham, mening bitiklarim bu buyuk inson qilgan ishlar qarshisida xaschalik bo‘lolmaydi. Abu Rayhon vafot etganida men Balxda edim. Uning dardga chalinib, yotib qolgani xabarini o‘sha yerda eshitdim. Tezda G‘azniga yetib borishni o‘yladim, biroq, aksiga olib, safarim ortga surilaverdi. Nihoyat, manzilimga yetib kelib, shaharga kirganimda, Abu Rayhonning vafot etganini bildim. Voqea shunday bo‘libdi, buni menga Abu Rayhonning do‘sti, fakih Abul Hasan Valvolijiy aytib berdi. – Hol so‘rash uchun Abu Rayhonning uyiga kirdim. Qarasam, u jon berayotgan, g‘arg‘ara bilan nafas olib, ko‘kragi siqilayotgan ekan. O‘shanday holida menga qarab: – Sen bir kuni menga “Al-jaddat al-fosida” haqida nima degan eding? – dedi. Men uning qiynalayotganiga rahmim kelib: – Shunday holatda-ya? – deb so‘radim. – Ey Abul Hasan, – dedi Abu Rayhon, – men bu dunyo bilan xayrlashayotibman, o‘sha masalani bilmay ketganimdan ko‘ra, bilib ketganim yaxshiroq emasmi? U masala meros hisoblash usuli haqida edi. Men unga “al- jaddat al-fosida” hisobini tushuntirib berdim, u bo‘lsa uni yodlab oldi va o‘zi ham va’da qilgan narsasinimenga o‘rgatdi. Shu bilan men uning oldidan chiqdim. Hali uyimga yetmay, yo‘lda ketayotganimda Abu Rayhon jonini Haqqa topshirganini eshitdim…

Shunday qilib, ismi Muhammad, laqabi Abu Rayhon, nasabi Beruniy, bu dunyoda qiladigan ishlarini qilib, yetmish besh yoshida Haq hisob-kitobi tomonga ravona bo‘ldi. Menga otamdan ham aziz bo‘lib qolgan bu sharafli zotning vafotiga qattiq qayg‘urdim, biroq qo‘limdanne ham kelardi? Abu Rayhon Tangri taolo bergan umri mobaynida bir nechta qudratli hukmdorning panohida bo‘ldi. U hukmdorlar bo‘lmasa edi, Abu Rayhon ham bo‘lmas edi. Falakning ishlariga qarang! Saltanat egalari mulk g‘avg‘olari bois, jangu jadallarda qilich sermadilar,nayzalar va o‘qlar yomg‘iri ostida jonlarini xatargaqo‘yib, urushlarga kirdilar. Saltanatlarni boy berdilar va qaytadan ega chiqdilar. Urushlar, fitnalarva goh mo‘minlarning, goh mushriklarning daryoday oqqan qonlari orasida, falak bir olimga joy berganini-yu mangu asarlarini yaratishga yo‘l ochganini ko‘ring! Mas’ud G‘aznaviy oliyjanob kishi edi. Biroq omad undan yuz o‘girdi va tarixdagi eng mash’um Dandanakon urushi sodir bo‘ldi. Saljuqiylar qo‘li baland kelganidan so‘ng, u padari buzrukvori fath etgan Panjobga bosh olib ketar ekan, bir mahallar o‘zi buyruq berib, ko‘ziga mil torttirgan inisi Muhammad qoshidagi aybini yuvish fikriga kelib, uni hibsdan ozod qildi. Ini esa, yon-veridagi kishilar qutqusigauchib, o‘z og‘asini – qiblagohi Mahmud G‘aznaviydanqolgan yodgorini quduqqa tashlab, ustidan tosh qalabo‘ldirdi. Bu ishlarni falak qay bir sabab ila taqdir qilganiga aqlim yetmaydi. Bor-yo‘g‘i yetmish yil ichida sodir bo‘lgan ishlarga boqing: Nuh ibn Mansurday shohning ko‘ziga mil tortildi, Shamsulmaoliy sakkiz yil Xurosonda sargardon yurdi, xiyonatchi Abu Ali Simjur va Foiq o‘limtopdi, teginlardan, qoraxoniylardan, bug‘roxonlardan o‘nlab kishilar qatl qilindi, shular qatorida Mas’ud G‘aznaviy ham o‘ldirildi. Og‘a qotili Muhammad G‘aznaviy esa, shundan so‘ng taxtda atigi uch oy o‘tirdi, xolos. Uni Mas’ud G‘aznaviyning farzandlari qatl qilishdi. Bu qotilliklar tufayli oqqan qonlar tuprog‘idan insonni sharaflaguvchi bilim va zako daraxti bo‘y cho‘zganiga hayron qolmay ilojim bormi?

Shukrki, Tangri taolo Abu Rayhonni va meni sog‘- omon saqladi. Shunday qilib, abbosiylardan boshlangan va Mahmud G‘aznaviy bilan davom etgan saodat davri poyonigayetdi. Men bilgan ulug‘larning barchasi birin-ketin dorulfanodan dorulbaqoga ravona bo‘ldilar. Zamona o‘zgardi, mehr-oqibat o‘rtadan ko‘tarildi. Jo‘mard va nomusli kishilar zamonasi tugab bitdi. DIXIT AL-BIRUNI Alloh rahmat qilgur Abu Rayhon mangulik diyoriga ko‘chganidan so‘ng, oradan bir qancha vaqt o‘tib, Yunonistondan uni izlab bir odam kelganini aytishdi. U oq yuzli, tekis katta burunli, qoshlarining orasi ochiq, moviy ko‘zli yosh yigit ekan. Yunon odatiga ko‘ra, mushtini havoga cho‘zib, menga ehtiromini ko‘rsatdi, duodan so‘ng, kimning buyrug‘iga binoan kelganini va maqsadini birma-bir bayon qildi. U – ko‘p yillar burun Abu Rayhonning qo‘shnisi bo‘lmish Yadid ibn Yunon degan tabibning o‘g‘li ekan. Xorazmda ofrig‘iy shoh o‘ldirilib, xiyonatchi Abul Qosim Simjuriy taxtga o‘tirgach, boshqalar qatori, Yadid ham o‘z jonini qutqarish uchun Yunonistonga qochib ketibdi. U yerda bir ayolga uylanib, tabobat bilan shug‘ullanib kun kechiribdi. Keksaygan mahalida, o‘g‘lini chaqirib, debdi: – Qiyotda ekanimda, o‘ta zakovatli Abu Rayhon degan bir yigitcha bilan qo‘shni turardim. Men unga suryoniy va ibroniy tilini, u esa menga turkchani o‘rgatgan edi. Yillar o‘tib, umr bog‘ini qarilik sovug‘i qaqshatganida, Movarounnahr va Xurosonda jo‘g‘rofiya, ilmi nujum, aljabr va handasa, tarix va falsafa bobida tengi yo‘q bir alloma borligini va uning ayrim asarlari Yunon va Mag‘rib o‘lkalariga yetib kelganini eshitdim. Ne mashaqqat bilan u kitoblarni topganimda, bularni yozgan kishi o‘sha manglayi porloq yigitcha ekaniga sira shubham qolmadi. Lekin, ming afsuski, endilikda Xurosonga borishga umrim yetmaydi, sog‘ligim ham yaramaydi. Senga vasiyatim shu: men

vafot etganimdan so‘ng, bir qancha yil tabiblikqilib jamg‘argan pullarimni olib, Xurosonga jo‘na. Senga yoshligingdan arabchani o‘rgatgan edim. Endi Xurosonga borib, turkiy va forsiyni o‘rganasan.Shuni bilki, men aytgan alloma Arastu, Batlimus va Fisog‘ursdan ustun bo‘lsa ustunki, aslo kam emas. Hatto, bir qancha mavzularda barchadan o‘zib ham ketgandir. Sen uni topib, mening salomimni yetkaz. Unga ayt, ruhimga duo qilsin. Shundan so‘ng huzurida qolib, xizmatkori bo‘l, asarlarini bizning tilimizga o‘girib, ”Diksit al- Beruniy” degan bir risola tuz va keltirib, Yunon ahliga taqdim qil. “Diksit” so‘zining ma’nosi “aytmoq” bo‘lib, “Diksit al-Beruniy” – “al-Beruniy aytdi” degan mazmunni anglatar ekan. Buni eshitib, ko‘z o‘ngimga fidoyi va mag‘rur xojamning nur yuzi keldi. Umrining yetuklik pallasida u, aksariyat asarlarini, payg‘ambar rasulullohga taqlid qilib, “Qola al-Beruniy”, ya’ni “al-Beruniy aytdi” deb boshlashni odat qilgan edi. Koinot sarvarining hadislari “Qola rasululloh” deb boshlanishi barchaga ayon. Abu Rayhonning shu kichik orzusi ham ro‘yobga chiqqaniga hayron bo‘ldim va Olamlar Egasiga maqtovlar aytdim. Yigitchaning ismi Yustinus ekan. Men uning bog‘chamizda qolishiga ruxsat berdim va qo‘liga Abu Rayhonning kitoblarini tutqazdim. Yigitcha shoyon qiziqish bilan ularni o‘qishga tushdi, goh-gohida Abu Rayhonning mulohazalaridan hayratga tushib, hujradan chopib chiqib, zavqi va hayratini izhor qilardi. Mutolaadan so‘ng, u kitoblarni yunonchaga o‘girishga kirishdi va hozir ham tarjimalarini davom ettirayotir. Inshaalloh, tez fursatda Abu Rayhonning zako xazinasidan to‘kilgan bilim durlarini boshqa xalqlarga yetkazishday ezgu ishini tugallasa, ajabmas. Men esa aziz xojamning kishilar orasidagi, bilimdagiva ibodatdagi siymolariga to‘xtalmoqchiman.


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook