Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Beruniy-13-2,2

Beruniy-13-2,2

Published by Eldor Bozorov, 2023-06-14 17:20:58

Description: Beruniy-13-2,2

Search

Read the Text Version

Isajon Sulton ABU RAYHON BERUNIY tarixiy-biografik roman Toshkent – 2022

O‘N UCHINCHI QISM DAVOMI RAYHONA (davomi) *** Bir necha kun o‘tib, u o‘zining qilgan ishlarini va yozgan asarlarini bir mundarijaga jamlab, menga berdiva dedi: – Sen mening qoldirayotgan, yoshlik chog‘larimda yoki keyinchalik yozgan barcha asarlarimni bilishing kerak. Ularni ko‘z qorachig‘iday avayla! Ular mening bolalarimdir, axir, aksariyat kishilar o‘z bolalariningxislatlariga maftun bo‘ladilar. – Bilib qo‘y, ey Abu Fazl, butun borliq soya va akslardan iboratdir, – dedi menga. – Men yer yuzining hajmini, undagi iqlimlar orasidagi masofalarni, oy va quyosh harakatlarini soyalarga qarab o‘lchadim. Olam nur va soyalardan iborat desang, u holda nur nima, soya nima, aniqlab olishing kerak bo‘ladi. Men avval Shamsulmaoliy va Ma’mun, so‘ng sulton Mahmud soyasida yashadim. Hasham va dabdabaga, boylik va sarvatga nazarimni sira qaratmadim, har doim bir burda non, bir kosa suv bilan kifoyalandim. Sulton Mahmud bilan ko‘p tortishardik, u jo‘mard va tanti kishi edi, mening so‘zlarimning haq ekanini bilsa, o‘z xatosini tan olardi. Saroydagi bir qancha kishilar, mening bu to‘g‘riligimni sarkashlik deb o‘ylashar va amirga tippa-tik so‘zlashimdan dahshatga tushar edilar. Hatto bir safar to‘g‘ri so‘zlilik haqida so‘z ketganida men unga “Sultonlar jasadgagina ega chiqa oladilar, ruhga emas”, deb javob qildim. Sulton Mahmud mendan “Osmon yoritqichlarining holatini va masofalarnisoyaga qarab o‘lchar emishsan” deb so‘radi, men esa unga “Barcha narsalar soyadir. Ularni mavjud qilgan narsa esa Tangri taoloning nuridir”, deb aytdim. Ey Abu Fazl! Har qanday sarvat sarflanib, yo‘q bo‘lib ketadi. Yodimga Alloh rahmat qilgur Mahmud G‘aznaviy huzurida bo‘lgan yana bir voqea keldi. Mening aytgan so‘zlarim uning tutgan tutumida yaqqol 2

ko‘rinadi. Buning isboti shuki, u o‘z o‘ljasini qo‘lga kiritgani hamono nazarini boshqasiga qaratar, xuddi bir vodiydan boshqa bir vodiyga intilgan arslon kabi edi. Bir kuni tunda, Xorazmdan qaytayotgan chog‘ida munajjimlarning uning umri o‘n yildan ziyodroq qolgani haqidagi bashoratlaridan so‘z ochildi. Shunda Mahmud G‘aznaviy dedi: “Mening qal’alarim shunday boyliklarga to‘lganki, uni sen aytgan muddatning yillariga taqsimlasang, xasis ham, saxiy ham sarflab tugata olmaydi”. Men esa unga: “Alloh taolodan u boyliklarning manbasini, ya’ni omad va taqdirni ketkizmasligini so‘rang, siz ularni faqat shu tufayli qo‘lga kiritdingiz. Omad va taqdir qo‘ldan ketsa, bu boyliklar bir kundayoqsarflanib ketadi”, deb aytdim. Sulton Mahmud har narsadan rostgo‘ylikni va mardlikni ustun qo‘yardi. Bir kuni mag‘ribdan bir elchi kelganini, bo‘lar- bo‘lmas ishlardan so‘zlab, Amirning jahlini chiqarganini aytdilar. Ittifoqo, men saroyda edim. Xos g‘ulomlar va martabadorlar halqasidan o‘tib, ko‘shkka kirganimda, shoh huzurida vazir Abul Hasan va shayx Mamshod bor ekan. – Bu odam menga “Yer yuzida shunday joylar borki, muttasil sovuq hukm suradi va quyosh botmasdan, ufqdan ufqqa aylanib yuraveradi”, demoqda, – dedi Mahmud G‘aznaviy. – Ayt- chi, shunday bo‘lishi mumkinmi? – Ha, ey saodatli sulton, – deb javob qildim. – Bu bo‘lishi mumkin ishlardandir. Shundan so‘ng bir qog‘ozga Yer kurrasining fazodagi sayohatini chizib, bunda kurrai zaminning o‘zi hamaylanishini va qutblarning quyoshga nisbatan vaziyatiniko‘rsatib berdim. – Demak, Yer aylanadimi? – deb so‘radi Mahmud G‘aznaviy. – Xuddi shunday, saodatli sultonim. Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi. – Quyosh-chi? – deb so‘radi hukmdor. – “Na quyoshning oyga yetib olmog‘i durust bo‘lar vana kecha kunduzdan o‘zib ketar. Har biri falakda suzib yurar”, – deb javob berdim. Vazir Maymandiy shu yerda edi. Bu o‘ta aqlli kishi arabchani 3

mukammal bilishi bilan mashhur edi. Maymandiy dedi: – Xudo xaqqi, ko‘z bilan ko‘rmaguncha ishonish qiyin.Sulton Mahmud kulib yubordi. – So‘zing to‘g‘riku-ya, ey Maymandiy, lekin, qanday qilib o‘z ko‘zing bilan ko‘ra olasan? Men sultonga, yer yuzidagi joylar doimiy ravishda quruqlik yoki suvlik bo‘lib turmasligini, dengiz quruqlik tomon va quruqlik dengiz tomon harakatlanishini, qachondir quruqlik bo‘lgan joy suvlikka aylanishini yoki aksincha bo‘lishini aytdim. Arabiston cho‘li bunga misoldir: u yerda dengiz bo‘lgan edi, endilikda esa uning qoldiqlari quduq qazilganidachiqib keladi. Unga o‘xshash qoldiqlarni Jurjon va Xorazm orasidagi cho‘lda ham ko‘rsa bo‘ladi, chunki Jayhunning oqimi qadimgi Balxan shahri yonidan o‘tib, Hazor dengiziga quyilganini Batlimus o‘zining “Jo‘g‘rofiya” kitobida yozgan edi. Shuningdek, Qizilqum va Qoraqumda chig‘anoq va baliq suyaklari uchrashi bunga dalildir. Shundan so‘ng sulton mendan, nima uchun qimmatbaho toshlar haqidagi risolani yozishga kirishganim, uni qachon tugallashim haqida so‘radi. Men unga, shu kunga qadar bu borada olimlar qo‘lida ikkita asar – Arastuning “Toshlar haqida” va al-Kindiyning “Qimmatbaho toshlar va ularning o‘xshashlari haqida” kitoblari mavjudligini, biroq, birinchi kitobni Arastu yozmaganini, keyingi asrlarda ba’zi kishilar soxta Arastu yaratishib, uning nomidan har xil so‘zlarni bitishgani tufayli, haqiqatni aks ettiradigan va shubhalarga o‘rin qoldirmaydigan sof bilimni aks ettirgan asar lozim ekanini aytdim. Sulton Mahmud so‘zlarimni qiziqish bilan tingladi, qimmatbaho toshlar va oltin turlari haqidagi so‘zlarim unga juda ma’qul keldi. – Unga tekshirishlarim uchun xazinadan menga taqdim etilgan dur va javohirlar uchun minnatdorchilik bildirib, asarimni yaqin muddat ichida tugallashimni aytdim. So‘ng, Zarubondagi yashil, Xuttalondagi sariq va Sofal az-Zinjdagi qirmizi oltin haqida so‘zlab berdim. – U oltinlar mening xazinamdan joy olishi kerak. Modomiki, so‘z ma’danlar va toshlar haqida ekan, u holda, 4

kitobingga yomg‘ir toshi va do‘lni qaytaruvchi tosh haqida bob qo‘shsang, yaxshi bo‘lardi, – dedi sulton Mahmud. – Nasroniy olim Abulxayr Xammor sen tufayli keksa yoshida islom dinini qabul qilganini aytdilar. Buni eshitgach, Alloh yo‘lidagi allomalar yana bittaga ko‘payganidan sevinib, uning qarshisida tiz cho‘kib ta’zim qilganimizdan xabaring bo‘lsa kerak. Ammo sening ishing ham ehtiromga loyiqdir. Buning uchun seni shunday taqdirlaymiz: xazinaga borgin-da, istagannarsangni ol. – Alloh sizni niyatlaringizga erishish bilanmukofotlasin. Abulxayr Xammor men tufayli emas, Alloh bergan hidoyat tufayli islomni qabul qildi. Taqdirlashga kelsak, siz xazinaning bir qismini muhtojlarga taqsimlab berganingizda, men undan biron nima olishim hech durust emas. – Xudo haqqi, senday musulmon kam topiladi, – dedi Mahmud G‘aznaviy. –Endi ayt-chi, nima uchun sen o‘zingga “Beruniy” deb laqab tanlading? – Men Qiyotning sariq qumi orasidagi bir qishloqda tug‘ildim. Shaharga kelganimda esa, qishloqi ekanimga ishora qilishib, shunday laqab berishdi, – deb javob qildim men. – Bu laqab senga ma’qul kelibdiki, undan keyincha- lik ham voz kechmading? Men dedim: – Ey saodatli sulton, butun yer yuzi bir diyor bo‘lsa, bizlar, ya’ni barcha insonlar beruniydirmiz. Ya’ni, o‘zga olamlardan kelganmiz va o‘zga olamlarga jo‘nab ketamiz. Sultonga mening bu so‘zlarim ma’qul keldi va dedi: – Jonimning egasi shohid, Abu Rayhon to‘g‘ri so‘zladi! Abu Rayhon yana dedi: – Ey Abu Fazl, men o‘z taqdirimga nazar solsam, hayratlanmaslikka chora topa olmayman. Yigitlik chog‘imda “Osorul boqiya”da adashgan qavmlar haqida yozgan edim. Parvardigor meni o‘z zamonamda aynan o‘shanday kishilar yashaydigan mamlakatga yubordi. Rayda ekanimda, Alloh rozi bo‘lgur zargar Abu Zarr ma’danlar va qimmatbaho toshlar haqida so‘zlab bergan edi. Ulug‘ yoshimda bunga ham yetib keldim. O‘smirlik chog‘imda, Qiyotda nasroniy qo‘shnim Yadid ibn Yunon, keyinchalik Jurjonda yetuk tabib Abu Sahl Masihiy va Abu Ali ibn 5

Sino o‘t-o‘lan, buta va mevalar bag‘ridagi shifoni menga bayon qilgan edi, endilikda “Saydana” ustida ishlamoqdaman. Ko‘rib turganingdek, umrimning boshlang‘ich onlarida menga ro‘para kelgan har bir voqeakeyinchalik hikmatga aylandi. Beadad shukr, Olamlar Parvardigori meni barcha tilaganlarimga muyassar qildi. Aytadilarki, Boriy taolo dunyoga shunday buyurmish:“Man xadamani faahdimihi va man xadamaka fait’abihi”,ya’ni, “Ey dunyo, har kimki menga xizmat etdi, sen ham uning xizmatida bo‘l, har kimki sening xizmatingda esa, uni ranju alamga duchor et”. Bu hadisning isnodining sahihligida ixtilof bor bo‘lsa-da, Allohimga shukr qilamanki, men hech bir vaqt dunyoning xizmatini qilmadim, doimo Alloh taolo zikrini yodimda tutdim. Zero, inson bolasi faqat ibodatdagina baxtiyor bo‘laoladi. Sen yer yuzining podshohlari mulk tufayli saodatli bo‘lganini hech ko‘rdingmi? Shu sababli, shoyad Alloh taolo meni o‘z marhamatlariga qovushtirsa, deb umid qilaman. Ey Abu Fazl, biroq, armonim ham yo‘q emas. Men umrimning bir qismini sarflab, o‘zimni ham, molimniham ayamasdan, rub’i maskunning istalgan joyidan Baytullohga borish yo‘llarini tadqiq qildim va u bilimlarni bani basharga ikki qo‘lim bilan tutqazdim. Endi, shu yoshga yetganimda, Tangri taolo menga, ravzai munavvarada koinot sarvariga salom berishni va Ka’baga yuzlanib, “Labbayka” deyishni muyassar qilarmikin? *** Faqir, Abu Fazl, aytaman: yer yuzida Tangrining ikki quli shunday yashab o‘tdi. Biri sulton edi, boshqasi hikmatshunos. Lekin ularga bu sifat ozlik qiladi. Biri olov edi, ho‘lu quruqni birday yondirardi. Biri esa suv bo‘lib, barcha sathlarni butlar va sokinlik ato etish bilan birga, poklar ham edi. Biri harorat edi, boshqasi – tuproq. Harorat ma’danlarni eritib, o‘ta mustahkam boshqa bir ma’dan paydoqiladi. Tuproq esa dunyodagi barcha ne’matlarningonasi emasmi? Biri osmon edi, ikkinchisi yer. Birining haybati ko‘kni tutgan 6

bo‘lsa, unisi tuproqday xoksor edi. Biri bulut edi, ikkinchisi yomg‘ir. Bulutsiz yomg‘ir qanday yog‘sin, axir? Biri to‘fon esa, biri chaqmoq. To‘fon surib kelmasa, chaqmoq qaydan bino bo‘lardi? Biri qilich edi, ikkinchisi qalam. Yoxud, biri dorul-hukm, ikkinchisi madrasa edi. Dorul- hukmda aybdorlarga jazo beriladi, madrasa esa oliy bilimlarning xazinasidir. Bunday ta’riflarni keltiraversak, so‘z uzayadi. Abu Rayhonni o‘ylasam, o‘z ahvolimga qarab “E voh!” der edim. Bunday demaslikka choram bormidi? AbuRayhon ham men singari, quyosh ayovsiz harorat ufurgan sahro bag‘rida, turmush qattiqliklarini ko‘ra-ko‘ra ulg‘aygan bir o‘smir edi. Qismat unga turli hodisalarniro‘para qildi. Boshiga qanday kunlar kelsa kelsin, umr bo‘yi qalbi rohat oladigan, o‘zi sevgan shu yumushi bilan mashg‘ul bo‘ldi. Tengi yo‘q bilimlarni jamlagan bir yuzu eliikta kitob! Men esa, uning ibratli umri va aytgan so‘zlarini jamlab, o‘z holimcha bir kichik tarix yarataman, deb necha yildan buyon urinaman va o‘z hayotimni o‘ylab qolaman. Axir, men ham tabiat sirlariga, tevarakda sodir bo‘layotgan voqealarning mohiyatiga, bilimlarga qiziqar edim-ku? E voh, umrimni behuda sarfladimmi, degan o‘y tinchlik bermaydi. Shahrazuriy degan bir alloma dediki, “Abu Rayhon o‘ziga eng kerak narsalar bilan kifoyalandi. Molu sarvatlarni nazariga ilmas, kundalik tashvishlarga vaqt sarflamasdan, tamomila bilim dengiziga sho‘ng‘igan, qachon qaramang, yozayotgan asarlari ustida bukchayib o‘tirganini ko‘rardingiz. U oliy bilimlar darvozalarini ochib, muammolarning yechimlarini topib, boshqalar tushunishi uchun oson qilib qo‘ydi. Uning qo‘li qalamdan sira uzilmadi, nigohi doimo kuzatdi, qalbi esa tafakkur bilan band bo‘ldi. Faqat ikki kun – Navro‘z va Mehrjon bayramida tirikchilik ishlariga e’tibor qilib, xizmatkori bilan libos va yegulik g‘amlashga chiqardi. Yilning boshqa kunlaridaesa, bunday ikir- chikirlarni xayoliga ham keltirmasdi”. 7

Bu gapga mag‘rurlanmay iloj yo‘q, chunki, o‘sha kunlardaAbu Rayhonga kerakli anjom-asboblarni olib kelishga yordamlashuvchi xizmatkori – men edim.


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook