Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Oliy ta’lim muassasalarining dunyo universitetlari «TOP-1000» ro‘yxatidagi o‘rni va ko‘rsatkichlar tahlili

Oliy ta’lim muassasalarining dunyo universitetlari «TOP-1000» ro‘yxatidagi o‘rni va ko‘rsatkichlar tahlili

Published by Eldor Bozorov, 2023-03-23 11:16:24

Description: Oliy ta’lim muassasalarining dunyo universitetlari «TOP-1000» ro‘yxatidagi o‘rni va ko‘rsatkichlar tahlili

Search

Read the Text Version

ASIA2023 O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASI OLIYTA’LIM,FANVA INNOVATSIYALARVAZIRLIGI «TOOLPIYKD-OUT1A‘N0R’0LYS0OIAM»TURMKNOIUCI‘VAYHEXSLRASASTARIISTDTAEAALTGHALIRLAOIIRLN‘IIRINNGIVA

https://www.topuniversities.com/subject-rankings O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari yuksak marralar sari! 2022-yilda Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi tomonidan yuritiladigan dunyo universitetlarining «Fan sohalari reytingi»da («Subject Rankings») Respublikada faqat 1 ta oliy ta’lim muassasasi – O‘zMU «Matematika» sohasida o‘rin (451–500-o‘rin) egallagan bo‘lsa, 2023-yilga kelib mazkur ro‘yxatdan respublikamizning 2 ta oliy ta’lim muassasasi 4 ta fan sohalari bo‘yicha «TOP-500» universitetlar qatoridan o‘rin egalladi. T/r Oliy ta’lim Fan sohasi Yillar kesimida muassasasining nomi («Subject») 2022 2023 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Zamonaviy tillar 151-200 O‘zbekiston Milliy Matematika 1. Fizika va 451-500 351-400 universiteti astronomiya 501-550 «Toshkent irrigatsiya va 2. qishloq xo‘jaligini Atrof-muhit 351-400 to‘g‘risidagi fanlar mexanizatsiyalash muhandislari» Milliy tadqiqot universiteti Bundan tashqari, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari birinchi marta soha bo‘yicha reytingda ishtirok etishdi. «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari» Milliy tadqiqot universiteti «Muhandislik va texnologiya» sohasi bo‘yicha reytingda 451–500-o‘rin va «Tabiiy fanlar» bo‘yicha 501–520-o‘rin egalladi. Ma’lumot uchun: «QS World University Rankings by Subject» – dunyo universitetlarini 54 ta fan sohalari bo‘yicha, ish beruvchilar va xalqaro ilmiy jamiyat o‘rtasida o‘tkaziluvchi so‘rovnoma asosida mazkur fan sohalarida oliy ta’lim muassasasining nufuzi (reputatsiya), «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik ma’lumtlar bazasi asosida mazkur sohalar bo‘yicha nashr etilgan ilmiy maqolalarga iqtiboslar va «Xirsh» indeksi, shuningdek xalqaro hamkorlik ko‘rsatkichlarini International Research Network (IRN) ma’lumotlari asosida baholashni nazarda tutadi. Zamonaviy globallashuv davrida oliy ta’lim muassasalarining xalqaro nufuzini oshirish, ta’lim bozorida raqobatbardoshlik qobiliyatini mustahkamlashda xalqaro reyting baholash tizimi muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 47-maqsadida 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini Quacquarelli Symonds – QS va Times Higher Education – THE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, o‘tgan qisqa davrda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar natijasida bir qator yutuqlar qo‘lga kiritildi. https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings 2022-yil 12-oktabr kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi tomonidan e’lon qilingan «World University Rankings – 2023» reytingi ro‘yxatida Respublikamizning 18 ta oliy ta’lim muassasasi «Reportyor» maqomida qayd qilindi va o‘tgan ikki yilda «TOP-1000» reytingidan joy olish uchun da’vogar oliy ta’lim muassasalarimiz soni 2021-yilda 10 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda 28 taga yetdi. THE tashkilotining «THE Impact Rankings» reytingida 2021-yilda Respublikamizning 10 ta, 2022-yilda esa, 30 ta oliy ta’lim muassasalari o‘rin egalladi. Ma’lumot uchun: «Times Higher Education» («Times Higher Education World University Ranking – THE») – dastlab, «THE-QS» brendi bilan 2004-yilda e’lon qilingan bo‘lib, 2010-yildan boshlab THE WUR yangi ishlab chiqilgan metodologiya asosida mustaqil faoliyat yurita boshlagan va har yili «Times Higher Education magazine» jurnali bilan hamkorlikda e’lon qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunda dastlab, reytingni baholash «Thomson Reuters» kompaniyasi bilan, 2015–2016-yildan boshlab esa «Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda, o‘z navbatida «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalana boshlangan. Shuningdek, «Times Higher Education» reyting agentligi tomonidan quyidagi reytinglar ham yuritiladi:

«THE by Subject» (Fan sohalari bo‘yicha) reytingi quyidagi 11 ta fan sohalari bo‘yicha yuritiladi: 1. «Ijtimoiy fanlar» 2. «Tadbirkorlik va iqtisodiyot» 3. «Muhandislik fanlari va texnologiya» 4. «Kompyuter texnologiyalari (Informatika)» 5. «Fizika» 6. «Tibbiyot va salomatlikni saqlash fanlari» 7. «San’at va gumanitar fanlar» 8. «Hayot haqidagi fanlar» 9. «Ta’lim» 10. «Psixologiya» 11. «Huquqshunoslik» Fan sohalari bo‘yicha reyting baholash 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 13 ta indikator asosida amalga oshiriladi: I. Ta’lim (o‘qitish muhiti) 1. Ta’lim sohasidagi akademik nufuz (so‘rovnoma asosida) 2. Professor-o‘qituvchilar sonini talabalar soniga nisbati 3. Doktorantura (PhD) bitiruvchilar sonining bakalavr bitiruvchilar soniga nisbati 4. Ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar sonining oliy ta’lim muassasasi jami professor-o‘qituvchilar soniga nisbati 5. Oliy ta’lim muassasining jami daromadlari II. Ilmiy tadqiqotlar (hajmi, daromad ulushi va reputatsiya) 1. Ilmiy tadqiqot faoliyatiga oid nufuz (so‘rovnoma asosida) 2. Ilmiy tadqiqotlardan tushuvchi daromad xajmi 3. Ilmiy tadqiqotlar samaradorligi III. Iqtiboslar soni (ilmiy tadqiqot natijalarining ta’sir doirasi) IV. Halqaro hamkorlik 1. Xorijiy talabalar ulushi 2. Xorijiy professor-o‘qituvchilar ulushi 3. Halqaro hamkorlik (xorijiy hammualiflar bilan birgalikda nashr etilgan ilmiy nashrlar ulushi) V. Ilmiy tadqiqot natijalari, innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etilishi (bilimlar transferi). Bunda belgilangan indikatorlar uchun ajratilgan ball ulushi fan sohasi uchun o‘zaro farqlanadi. Shuningdek, fan sohalarini baholashda mazkur fan sohalari bo‘yicha nashr etilgan maqolalar soni, baholanayotgan oliy ta’lim

muassasasida mazkur fan sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar soni bo‘yicha farqlanuvchi talablar belgilangan. https://www.timeshighereducation.com/policy/brics-emerging-economies-university- rankings?page= «BRICS & Emerging Economies Rankings» reytingi FTSE (Financial Times Stock Exchange Index) klassifikatsiyasi bo‘yicha BRICS davlatlari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) bilan birgalikda 48 ta davlatni (2021-yilda 600 tadan ortiq oliy ta’lim muassasasi baholangan) o‘z ichiga oluvchi 3 ta guruhdagi («Advanced Emerging», «Secondary Emerging», «Frontier») iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha yuritiladi. Ma’lumot uchun: Mazkur reytingda ham oliy ta’lim muassasalarining faoliyati yuqorida keltirilgan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 13 ta indikator asosida baholanadi. Shuningdek, so‘nggi 5 yilda «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallarda nashr etilgan maqolalar soni 1 000 tadan kam bo‘lgan, yil davomida 150 tadan kam maqola nashr etgan, 80% dan ortiq maqolalar faqat bitta fan sohasiga tegishli bo‘lgan holatlarda oliy ta’lim muassasasi reyting baholashdan chiqarilishi belgilab qo‘yilgan.

https://www.topuniversities.com/university-rankings/asia-university-rankings/2023 2022-yil 8-noyabr kuni 23 ta davlatdan jami 760 ta universitet ishtirok etuvchi, QS «Asia University Rankings – 2023» («Osiyo universitetlar reytingi») reytingidan O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim muassasasi joy oldi: T/r OTM nomi Osiyodagi Markaziy o‘rni Osiyodagi o‘rni 1. «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti 301-350 14 2. Mirzo Ulug‘bek nomidagi 351-400 18 O‘zbekiston Milliy universiteti 551-600 29 551-600 29 3. Toshkent moliya instituti 4. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 5. Sharof Rashidov nomidagi 601-650 38 Samarqand davlat universiteti 601-650 38 701-750 41 6. Toshkent davlat agrar universiteti 7. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 8. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 701-750 41 pedagogika universiteti Reytingda «TIQXMMITI» Milliy tadqiqot universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti «TOP-500» universitetlar qatoriga kirdi. QS reyting tashkiloti bilan yaqindan olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 2021-yilda rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingida ilk bor, O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi, 2022-yilda mazkur reyting tashkilotining «Fan sohalari reytingi»da («Subject Rankings») Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti «Matematika» sohasida erishgan natijalari bo‘yicha dunyoning «TOP-500» universitetlar qatoridan (451–500-o‘rin) joy oldi. Shuningdek, «2026-yilga qadar 18 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasalarini QS va THE xalqaro reytinglariga kirishi bo‘yicha maqsadli Dastur» ishlab chiqildi. Mazkur Dasturda respublika oliy ta’lim muassasalarini QS va THE xalqaro reytinglariga kiritishga tayyorlash yuzasidan keng ko‘lamli aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, hozirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim muassasalari faoliyatini tahlil qilish boshqarmasi tomonidan xorijiy tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda, tanlab olingan oliy ta’lim

muassasalarining maqsadli dasturida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha doimiy seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda. Ma’lumot uchun: Mazkur yo‘nalishda bajarilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlar, istiqbolda belgilangan vazifalar ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respulikasi oliy ta’lim muassasalarining «World University Rankings – 2023» reyting natijalari 2022-yil 12-oktabr kuni «Xalq so‘zi» gazetasi, «O‘zbekiston 24» telekanali «Fakt-24» ko‘rsatuvi hamda 2022-yil 13-oktabr kuni «O‘zbekiston 24» telekanali «Axborot» informatsion dasturlarida yoritildi. «Quacquarelli Symond – QS World University Ranking» Quacquarelli Symond – QS kompaniyasi va «Times Higher Education Supplement» jurnali bilan hamkorlikda 2004-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2009-yildan boshlab, mustaqil reyting agentligi sifatida faoliyat boshlagan. «QS World University Ranking» (QS WUR) reyting agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashda to‘rt yo‘nalishga ajratilgan aniq mezonlar bo‘yicha 6 ta indikator asosida quyidagi natijalar inobatga olinadi: • ilmiy tadqiqotlarning sifati; • bitiruvchilarga nisbatan ish beruvchilar talab darajasi; Bunda, oliy ta’lim muassasasi nufuzini («reputatsiya») aniqlashda ish beruvchilar vakillari ishtirokida so‘rovnoma o‘tkaziladi. • ta’lim sifati; • xalqaro hamkorlik. QS WUR baholash indikatorlari: T/r Indikator Qiymati (%) 40 1. Akademik nufuz (reputatsiya) 10 2. Ish beruvchilar orasidagi nufuz (reputatsiya) 20 3. Professor-o‘qituvchilarning talabalar 5 soniga nisbati 5 4. Xorijiy professor-o‘qituvchilar ulushi 20 5. Xorijiy talabalar ulushi 6. Bir nafar professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar soni Akademik nufuz (40%) – 5 ta soha (sa’nat va gumanitar fanlar, yer haqidagi fanlar va biotibbiyot, ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, texnologiya) bo‘yicha xalqaro ilmiy jamoa o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijasi asosida baholanadi (har bir olim o‘ziga tegishli fan sohasida ilmiy-tadqiqotlarni o‘tkazish sifati, bitta professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar soni, professor- o‘qituvchilarning talabalar soniga nisbati, xorijiy professor-o‘qituvchilar va talabalar ulushi yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasasini belgilashi mumkin, bunda o‘zi faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasasi uchun ovoz bera olmaydi, shuningdek davlatlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq mintaqaviy koeffitsentlardan foydalaniladi). Reyting baholashda umumiy 100 ballik tizimda «mahalliy» (15%) va «xalqaro» (85%) ekspertlar baholari inobatga olinadi.

So‘rovnomada ishtirok etuvchi respondentlar tarkibida tabiiy va ijtimoiy fanlar sohalari bo‘yicha 180 000 tadan ortiq, gumanitar fanlar sohalari bo‘yicha 12 000 dan ortiq mutaxassislar qamroviga ega – «The World Scientific» va «Mardev» ma’lumotlar bazalaridan tanlab olinadi. Ish beruvchilar orasidagi nufuz (10%) – QS bazasi, hamkor kompaniyalar, shuningdek oliy ta’lim muassasalaridan olingan so‘rovnoma ma’lumotlari asosida so‘nggi 5 yilda oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarining raqobatbardoshligi, ularga bo‘lgan talab darajasiga muvofiq aniqlanadi (So‘rovnoma soniga bog‘liq tuzatish koeffitsentlari kiritilishi mumkin). Reyting baholashda umumiy 100 ballik tizimda «mahalliy» (50%) va «xalqaro» (50%) ekspertlar baholari inobatga olinadi. Professor-o‘qituvchilarning talabalar soniga nisbati (20%) – oliy ta’lim muassasasida asosiy shtatda faoliyat yurituvchi professor-o‘qituvchilar sonining ta’lim oluvchilar (talabalar va doktorantlar) soniga nisbatini («Full Time Equivalent») ifodalaydi. Xorijiy professor-o‘qituvchilar ulushi (5%) – oliy ta’lim muassasasida kamida oxirgi 3 oy davomida faoliyat yuritayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar sonining umumiy professor-o‘qituvchilar soniga nisbatini ifodalaydi. Xorijiy talabalar ulushi (5%) – xorijiy talabalar sonining umumiy talabalar soniga nisbatini («Full Time Equivalent») ifodalaydi. Bitta professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar soni (20%) – so‘nggi 5 yil davomida bitta professor-o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar sonini ifodalaydi (bunda, tahliliy ma’lumotlar «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan olinib, o‘z-o‘ziga iqtibos keltirish hisobga olinmaydi).

RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI PROFESSOR- O‘QITUVCHILARINING NASHR FAOLLIGI Xalqaro reyting tashkilotlarining oliy ta’lim muassasalari faoliyat samaradorligini baholash mezonlarida ilmiy-tadqiqot natijalarining nufuzi ilmiy jurnallarda nashr qilinganligiga katta e’tibor qaratiladi. https://www.scival.com/ «SciVal» xalqaro tahliliy platforma ma’lumotlari bo‘yicha 2022-yil yakuniga ko‘ra, «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnallarda respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan maqolalar tahlil qilinganda, respublika oliy ta’lim muassasalarini «TOP-10» ro‘yxatini quyidagilar tashkil etadi: T/r Oliy ta’lim muassasasining nomi «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalar soni (2022-yil) 1. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat 504 ta texnika universiteti 445 ta 371 ta 2. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini 3. mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti 4. Toshkent davlat transport universiteti 174 ta 5. «AKFA» universiteti 174 ta 6. Sharof Rashidov nomidagi 172 ta Samarqand davlat universiteti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 7. Toshkent axborot texnologiyalari 138 ta universiteti 8. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 128 ta 9. Toshkent davlat agrar universiteti 126 ta 10. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 97 ta

Shuningdek, mazkur yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnallarda nashr etib kelinayotgan ilmiy maqolalarning o‘sish dinamikasi 2018–2022-yillar kesimida tahlil qilinganda TDTU, «TIQXMMI» MTU, O‘zMU, TTrU, TDIU, BuxMTIda «bir ma’romdagi o‘sish dinamikasi»ga ega ekanligini ko‘rish mumkin, SamDU, TATU, TDAUda «to‘lqinsimon o‘sish dinamikasi» qayd qilingan: T/r Oliy ta’lim «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida muassasasining nomi indekslanuvchi ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalar soni 1. TDTU 2018 2019 2020 2021 2022 2. O‘zMU 85 180 410 3. «TIQXMMI» MTU 86 175 396 438 504 11 161 544 399 445 4. TTrU 7 36 84 539 371 5. «AKFA» universiteti 166 174 14 35 132 78 173 6. SamDU 48 295 295 95 172 2 31 44 360 138 7. TATU 4 37 79 99 128 18 69 225 126 8. TDIU 94 97 9. TDAU 10. BuxMTI Shuningdek, xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashda «Scopus» xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnallarda nashr etilgan ilmiy maqolalarning iqtiboslik ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘ziga xos uslubiyat asosida hisoblanuvchi «Xirsh» indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni 2023-yil mart oyi holatiga ko‘ra, 425 nafarni (mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalari – O‘zMU – 116 nafar, «TIQXMMI» MTU – 84 nafar, TDTU – 36 nafar) hamda «Xirsh» indeksi (h-indeks) 3 va undan yuqori bo‘lgan professor- o‘qituvchilar soni 1 064 nafarni (mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalari – O‘zMU – 234 nafar, «TIQXMMI» MTU – 193 nafar, TDTU – 243 nafar, SamDU – 76 nafar) tashkil etishi qayd qilindi.

https://www.wuri.world/2022-global-top-100 2022-yilda «World’s Universities with Real Impact» reytingida «Global TOP-100 Innovative Universities» yo‘nalishida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti – 100–200-o‘rin, Toshkent yuridik universiteti – 100–300-o‘rin, «Fourth Industrial Revolution» yo‘nalishida «TOP-50» ro‘yxatga kiritildi (TDYuU – 33-o‘rin; O‘zMU – 38-o‘rin). Ma’lumot uchun: «World’s Universities with Real Impact» (WURI) reytingida oliy ta’lim muassasalari 6 ta indikator (ilmiy tadqiqot natijalarining ishlab chiqarishda foydalanilish darajasi, startaplar va tadbirkorlik faoliyati, ijtimoiy-ma’naviy muhit, talabalarning akademik mobilligi, global inqirozlar sharoitida boshqaruv muhiti samaradorligi, texnika inqilobi davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi) asosida reytingi baholanadi.

https://www.webometrics.info/en The Ranking Web «Webometrics» reyting tizimi 2004-yildan boshlab yuritilib («Cybermetrics Lab – CSIC»; Ispaniya), hozirda 200 dan ortiq davlatlarda joylashgan 31 000 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyatini barcha ko‘rsatkichlari (veb- missiya) yuzasidan baholashni amalga oshiradi. Mazkur reytingda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini rasmiy veb-sayti ma’lumotlari (veb-saytda keltirilgan ma’lumotlarning ahamiyati, veb-saytga ilovalar soni va boshq.) uchun – 50%, «Google Scholar» va boshq. bazalar ma’lumotlari asosida TOP-310 talikka kiruvchi (jumladan dastlabki 30 talik) mualliflar ishlaridan iqtiboslar soni uchun – 10%, akademik nufuzi («Scimago» ma’lumotlari asosida 27 ta fan sohalari bo‘yicha eng yuqori iqtiboslikka ega maqolalar soni) uchun – 40% indikatorlarga muvofiq baholash amalga oshiriladi. Mazkur reytingda 2023-yil yanvar holatiga ko‘ra, dunyo oliy ta’lim muassasalari orasida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti 3 624-o‘rinni, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 3 641-o‘rinni egalladi. https://www.webometrics.info/en/world?page=36

https://www.scimagoir.com/rankings.php?sector=Higher%20educ «SCImago» (Scimago Lab) konsalting kompaniyasi tomonidan yuritiluvchi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy tadqiqot, innovatsion faoliyat va ijtimoiy nufuzi ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytingida 2023 yil mart holatiga ko‘ra, respublikaning 5 ta oliy ta’lim muassasasi («TIQXMMI» MTU – 330-o‘rin; TDAU – 3 601- o‘rin; TDTU – 4 101-o‘rin; TATU – 6 182-o‘rin; O‘zMU – 7 364-o‘rin) o‘rin egalladi. T/r Oliy ta’lim muassasasi nomi Egallagan o‘rni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini 330 1. mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot 3 601 4 101 universiteti 6 182 7 364 2. Toshkent davlat agrar universiteti 3. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 4. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot- texnologiyalari universiteti 5. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Ma’lumot uchun: «SCImago» (Scimago Lab) konsalting kompaniyasi Granada universiteti va Ispaniya milliy tadqiqot kengashi (University of Granada and the Spanish National Reseach Council) tadqiqot guruhlari sifatida tashkil qilingan bo‘lib, Google PageRank/SJR, «Scopus», «Clarivate» xalqaro ma’lumotlar bazalarida foydalanuvchi indikatorlar asosida baholashni amalga oshiradi.

«Otaxon» oliygohimiz – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti «Round University Ranking – RUR» reytingi TOP-1000 talik ro‘yxatiga kiritilib 754-o‘rinni egalladi. https://roundranking.com/universities/national-university-of-uzbekistan-named-after-mirzo- ulugbek.html?sort=O&year=2022&subject=SO Ma’lumot uchun: «Round University Ranking – RUR» – 2010 yildan boshlab, dunyoning 82 ta davlatida joylashgan 1 100 ta oliy ta’lim muassasalarining 4 ta yo‘nalishda (ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, moliyaviy barqarorlik) 20 ta indikator asosida reyting baholash tizimi bo‘lib, «Round University Ranking LLC» (Gruziya Respublikasi) tashkiloti tomonidan yuritiladi. RUR reyting baholash indikatorlari: I. TA’LIM 1. Talabalar soniga nisbatan professor o‘qituvchilar ulushi 2. Bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar soniga nisbatan professor- o‘qituvchilar ulushi 3. Professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan fan doktori ilmiy darajasini olgan talabgorlar ulushi 4. Bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar soniga nisbatan fan doktori ilmiy darajasini olgan talabgorlar ulushi 5. Ta’lim tizimining nufuzi II. ILMIY TADQIQOT tayanch 6. Professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan iqtiboslar ulushi 7. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olganlar sonining doktorantlar (PhD) soniga nisbatan ulushi

8. Iqtiboslar soni 9. Professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan nashr etilgan maqolalar ulushi 10.Ilmiy-tadqiqotlarning dunyo miqyosidagi nufuzi III. XALQARO HAMKORLIK 11. Xorijiy professor-o‘qituvchilar ulushi 12. Xorijiy talabalar ulushi 13. Xalqaro xammualliflar soni 14. Xalqaro nufuzi 15. Xalqaro egallagan o‘rni IV. MOLIYAVIY BARQARORLIK 16. Professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan daromadlar qiymati 17. Bitta talabaga to‘g‘ri keluvchi daromad qiymati 18. Ilmiy-tadqiqot loyihalari soniga nisbatan daromad qiymati 19. Professor-o‘qituvchilar soniga nisbatan ilmiy tadqiqotlardan tushuvchi daromad qiymati 20. Umumiy daromadga nisbatan ilmiy tadqiqolardan tushuvchi daromad ulushi


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook