Isajon Sulton ABU RAYHON BERUNIY tarixiy-biografik roman Toshkent – 2022
O‘N UCHINCHI QISM DAVOMI ABU RAYHONNING IBODATDAGI SIYMOSI Bir kuni hindlarning sanamlari haqida so‘z borar ekan, men “siymo” so‘zini qo‘lladim. Shunda Abu Rayhon dedi: – Buning o‘rniga “qiyofa” yoki “shamoyil” so‘ziniqo‘llaganing yaxshiroq bo‘lardi. – Nima uchun? – Ey Abu Fazl! Sajdasiz siymo bo‘larmidi? Siymo sajdadagina mavjud bo‘la oladi. Shu so‘zining o‘ziyoq uning e’tiqodida qanchalar sobitekanini ko‘rsatib turibdi. Yoqtirgan duosi – “Tangri muyassar aylasin”, deyish edi. Kim bilsin, Alloh taolo unga qay sirlarini ochdi ekan? Gohida tunlari, ayniqsa Bomiyonda, yulduzlarga uzoq termilganlariga guvohman. Uvalanib, qumga aylana boshlagan tosh kukunini qo‘liga olib, o‘ychan boqqanida nimalarni o‘yladi ekan? Yer yuzining yaratilish onlaridan boshlab Alloh taolo tanzimiila bir xilda ro‘y berib turgan dunyo hodisalari-yu, yer yuzining beruniylari – Tangri dargohlaridan olamga puflanib, Iso kabi paydo bo‘lgan va bir kuni kelib yanamangulik olamlariga jo‘nab ketadigan musofirlarning qilmishlarini afsus va nadomat bilan esladimikan? “Ey Abu Fazl, – degan edi bir kuni. – Tangri mehribon-dir. Shu sababli, har bir yaratiq o‘zining yaralish shakli-dan rozidir. Dunyo esa odam bolasining xizmatkoridir. Qaysi xojani ko‘rdingki, xizmatkoriga xizmat qilsin?” Bir kuni bir befarosat kishi “Insonga e’tiqod ilmidan boshqasining keragi yo‘q”, deb unga qarshi chiqdi. Abu Rayhon dedi: – O‘z zamonamda odamlarga qarab ko‘rdimki, ular nodonlik siymosida bo‘lib, fazilat sohiblarini dushman deb biladilar. Har kimki bilim ziynati bilanyasangan bo‘lsa unga ozor beradilar, u bechoraga har xil sitamlar qiladilar. 2
Yulduzlar ilmini o‘rganuvchi olimlarning yulduzlaraylanishi va ular ta’siri to‘g‘risida aytgan gaplariga hamda jahon gardishining ishlarini yulduzlardan deb bilishlariga shohidman! Odamlar, bir so‘z bilan aytganda, gumroh emaslar, zero, ular yomon qiliq va odatlarni hech ham yaxshi sanamaydilar. Kishilar orasida bo‘lsang, ularning manman va xudbin kimsalarni yomonlayotganini ko‘rasan. Bu borada ular nihoyat-da bilimdon va yaxshi- yomonni ajratishga usta, lekin bu kaslar ilm-fanga qiziqmaydilar, ilmga xizmat qilayotganlarni ham jinlari suymaydi. Hatto shunday kimsalar borki, ilm-fanni mutlaqo yomon ko‘radi, o‘zlarining nodonligiga ilmni dushman deb biladi. O‘shalar fanning har turiga va bilim eshiklarini qoquvchilarga dinsizlik toshini otadilar. Ular yomon xulq egalari bo‘lib, yana o‘zlariga insofli-diyonatli degan laqabni qo‘yib olganlar. Bu ham yetmaganday, ilm-fan to‘g‘risidagichiroyli gaplarni eshitadilar-u, orqangdan baqirib: “Bundan nima foyda?!” deydilar. Sababi shuki, ular odamning boshqa jonivorlardan farqini bilmaydi, axir bu farq ilm va bilim sababidan bo‘lib, bundanboshqa narsa tufayli bo‘lishi mumkin emas. Chunki ilm bekorchilikdan o‘rganadigan ortiqcha ish emas, zero, qaysi narsa undan ham foydaliroq, undan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin? Din va dunyoda yaxshilik tomon to‘g‘ri yo‘l topish va yomonlikdan uzoq bo‘lish uchun ilmdan boshqa yo‘l yo‘q. Agar ilmsizlar bir narsaga qo‘l ursalar xato bo‘lishi yoki biror narsadan o‘zlaricha yomon deb, undan uzoqlashsalar, yaxshilik bo‘lib chiqishi tayin. Agar foyda to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, maqsad faqat dunyoda yaxshi yashashdangina iborat bo‘lsa, bu faqat dehqonchilik, chorvachilik va savdogarchilik yoki mulklarni ijaraga berish bilangina emas. Bunaqa “foyda” firibgarlik, birovlarning molini talash, o‘g‘irlik yoki odamlarga xiyonat qilish bilan ham olinishi mumkin. Ba’zilar o‘z manfaatini ko‘zlab,hatto qarindoshlariga yordam berishdan qochadi va har xil bahonalar topadi. Bunday foyda ortidan yuguradigan kimsalarning u dunyoda qiynalishiga gumonim yo‘q. Bu ranjni o‘ziga olganiga sabab – oddiy ibodat, ya’ni ma’rifatdan, haq bilan botilni ajratishdan qochganidir. Ibodat yaxshilik moyasi, jahon farovonligidir, zero 3
haqiqiy odamlargina sidqidildan shunday ibodat qiladilar. Haq bilan botilni ajrata oladigan ma’rifatli kimsalar dunyo to‘g‘risida ko‘proq o‘ylaydilar, bu dunyo azaldan bor edimi yoki keyinchalik paydo bo‘ldimi, deya fikr qiladilar. Bu narsa to‘g‘risida ixtilof qilmasa- lar ham, tabiatning har xilligi, undagi oddiy narsa- larning-da ajoyib ekanligi to‘g‘risida muloxaza qilib,shu yo‘l bilan jahonning tadbirini boshqarib turgan Zotni, uning sifatlarini taniydi. Gumroh bandalarga Ul Zotni tanitish yo‘lida payg‘ambarlar o‘tishgan. Haqiqiy payg‘ambarlar buyukdirlar, lekin yolg‘ondan payg‘ambarman deb da’vo qiladigan kishilar odamlarni gumrohlikka chorlaydilar. Sen bunday kishilardan faqat soxta payg‘ambarman deganlarini yolg‘onchi deb o‘ylaysanmi? O‘zini bilimli qilib ko‘rsatadigan, kishilarni chalg‘itib, yolg‘on manzillarga yetaklaydigan qancha kishi bor dunyoda! Inson shu narsalar to‘g‘risida, albatta, tafakkur qiladi. Bunday tafakkur va izlanishlarning sababi shuki, Xudoyi Taolo o‘zining aqlli bandalaridan talab qilgan: “Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar va yerning yaralishi haqida tafakkur qilib deydilar: “Poko Parvardigoro, bu borliqni behuda yaratganing yo‘q!” Bu oyati sharifa bayonqilingan fikrlarning hammasini o‘z ichiga oladi. Agar odamzod bunga yaxshi amal qilsa, barcha bilimlarbilan do‘st tutinadi. Bu do‘stlik taqlid va birovlardaneshitgan narsasini gapirish yoki ma’rifat ichiga kiribketish bilan bo‘ladi. Demak, bilim sohibi bilan taqlidqiluvchining orasidagi tafovut juda kattadirki, sharhi ushbudir: “Ayting: biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi? Darxaqiqat, faqat aql-zakovat egalarigina pand-nasihat olurlar”. 4
XOTIMA Ushbuni o‘qiguvchilarni Alloh taolo muborak qilsin va orzulariga yetkazsin! Baraka topgur, sening ne orzung bor, deguvchilarga aytamanki, Abu Rayhondan so‘ng, muhlat tugab, yorug‘ olamdan ketar muddatimyaqinlashar ekan, mahshar kunida Tangrim meni afv qilishini-yu jannat go‘shalarida azizxojam bilan Parvardigor san’ati va sirlari haqida so‘zlashish yana nasib qilishini orzu qilaman. Zero, u aytgani kabi, jannatda ham, jahannamda ham insonlar faqat Alloh haqida so‘zlashgaydirlar. Umr nihoyasiga yetayotgani kabi, mening asarim ham poyoniga yetdi. Qalam tugab, siyoh quridi. Kamina, Allohning haqiru faqir quli, ushbuni o‘qiguvchi barcha kishilarga “Tangrim sizdan rozi bo‘lsin”, deyman va uning nomi ila o‘tinaman: Alloh barchamizning gunohlarimizni mag‘firat etsin, xatolarimizni kechirsin va ayblarimizni berkitsin! Ushbu kitobdan bir ozgina bo‘lsin, bahra olgan kishilar men faqirni ham duolariga qo‘shsinlarki, shoyad xatolarim va ayblarim afv etilib, Olamlar Parvardigorining marhamatiga erishsam... Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin! (tamom) 2021-2022
Search
Read the Text Version
- 1 - 5
Pages: