Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Beruniy-11-QISM-DAVOMI-7

Beruniy-11-QISM-DAVOMI-7

Published by Eldor Bozorov, 2023-06-04 17:09:12

Description: Beruniy-11-QISM-DAVOMI-7

Search

Read the Text Version

Isajon Sulton ABU RAYHON BERUNIY tarixiy-biografik roman Toshkent – 2022

O‘N BIRINCHI QISMI DAVOMI KO‘CHI BALUJNING HALOKATI Sulton Mahmud Iroq viloyatini zabt etganida, mamlakatni kezib yurib, bir kampirga duch keldi. Kampir unga dedi: – Adolati va diyonati bilan nom qozongan sultonMahmud senmisan? Sulton Mahmud javob qildi: – Ha, menman. Nima shikoyating bor? – O‘g‘rilar Kajin rabotida mening narsalarimni olib ketishdi. Mollarimni ulardan qaytarib olib ber,yo tovonini to‘la! Shoh va kampir orasidagi muloqotdan ayon bo‘ldiki, yo‘lto‘sarlar Ko‘chi Baluj qavmidan bo‘lib, ular qaror tutgan makon Kirmon viloyatiga yaqin ekan. KampirningKajin rabotida ikkita echkisi, bir sigiri bo‘lib,tirikchiligi shundan o‘tib turar ekan. Sulton Mahmud Kirmon viloyati olisda joylashgani, ularga farmoni o‘tmay qolishi mumkinligini aytib, kampirning dahmazasidan qutulmoqchi bo‘ldi. Ammo kampir dedi: – Sen qanday jahon podshohisan, o‘z martabangga yaramaysan? Sen qanday cho‘ponsan, qo‘yni bo‘ridan saqlolmaysan?! Kampirning so‘zlari sulton Mahmudning yuragiga o‘qday tegdi. – To‘g‘ri aytasan, narsalaringning tovonini beraman va qo‘limdan nima kelsa, bajaraman. Sulton Mahmud adolatni qaror toptirish, kampir istagini qondirish uchun Kirmon viloyatining amiri Abu Ali Ilyos nomiga maktub yubordi: “Menga ma’lum bo‘ldiki, Ko‘chi Baluj degan qavm DayriKajin rabotiga bostirib kirib, narsalarni olib ketmishlar. Sen ularni ushlab, narsalarni qaytarib olishingni yoki o‘zlarini arqonga

bog‘lab, o‘g‘irlagan mollari bilan shahrimizga yuborishingni istayman, toki hech kim bundan so‘ngra Kirmondan mening viloyatimgabostirib kirishni o‘ylamasin...” Sulton Mahmudning maktubini olgan Kirmon amiri jahongir sulton mahobatu siyosati qarshisida zir titradi. Elchiga marhamatlar ko‘rsatdi. Uni sovg‘a- salomlar bilan sulton Mahmud huzuriga qaytarar ekan,tang vaziyatni hech qanday bo‘yamasdan, qanday bo‘lsa, shundayligicha, ro‘y-rost oshkor qildi: “O‘zim ham ulardan bezor bo‘lganman, chunki ular o‘g‘ri va fasodchilardir, ikki yuz farsah masofada yo‘llarni to‘sib, qaroqchilik qilib yuradilar. Juda ham ko‘pchilik, men ularga bas kelolmayman” . Kirmon yo‘llarining xavfsizligini ta’minlashga qattiq ahd qilgan Mahmud G‘aznaviy Ko‘chi Baluj qaroqchilarini tor-mor qilish rejasini puxta o‘yladi va jar soldirdi: “Kirmon tarafga yo‘lga chiqayotgan savdogarlar tayyorgarlik ko‘rib, mollarini joylashtirsinlar. Men kafilbo‘lib,va’daberamanki, agar Ko‘chi Baluj o‘g‘rilari ularning mollarini tortib olishsa, xazinadan tovon to‘layman!” Har tarafdan ko‘plab savdogarlar yig‘ilgach, shoh ishonchli bir amirga bir yuz ellik askar bilan ularni kuzatib borishni topshirdi. Kirmon lashkari yengishga ojiz bo‘lgan qaroqchilar guruhini bir yuz ellik suvoriy qanday mahv qilsin? Sulton dedi: – Xotirjam bo‘linglar, men ortingizdan shunday lashkar yuboramanki, barcha qaroqchilarning kuli ko‘kka sovuriladi. Sulton Mahmud safar oldidan jamoaga yo‘lboshchi etib tayinlangan amirni huzuriga yashirincha chorlab, unga bir shishada o‘tkir zahar berib, buyurdi: – Bir paytlar huzurimga Nishopurdan sezdirmay yoki asta-sekin ta’sir qiladigan zahar tayyorlash usullarini biladigan bir tabib kelgan edi. Bu zaharning farqi shundaki, uni taomga qo‘shib bersang, ta’midan sira sezib bo‘lmaydi va bir-ikki soatdan so‘ngta’sir qilib, til tortmay o‘ldiradi. Sen Isfahonga yetganingdan so‘ng, o‘n kun o‘sha yerda manzil tut. Shu o‘n kun davomida o‘n xarvor Isfahon olmasidan sotib ol. Olmalarni tuyalarga yuklab, jo‘nash vaqtida savdogarlar karvoniga qo‘shilib boraver. O‘sha

manzilga yetib kelganingda, hamma olmalarni chaylaga olib borib to‘k. Har bir olmani bigiz bilan teshib zaharlab qo‘ygin-da, ertasiga savatlarni tuyalarga yuklab, karvon bilan yo‘lga chiq. O‘g‘rilar karvonga hujum qilishsa, sen ular bilan urushma, qurollangan hamma suvoriy va piyodalarni olib, orqaga qayt. Biror soat kutib turib, o‘g‘rilarga qaytadan hujum qil. Ishonamanki, ko‘plari olmani yeb, halok bo‘ladilar. Darhaqiqat, bu ish sulton aytganiday bo‘ldi. Karvonni qo‘qqisdan bosgan qaroqchilar dasht jaziramasida shirin va sersuv Isfahon olmalarini ko‘rib, o‘zlarini tuta olmadilar. O‘zlari yegani yetmaganday, sheriklariga ham tarqatib, hatto bir qanchasini olisda qolgan boshqa qaroqchilarga ham yubordilar. Shu tariqa, karvon yo‘linito‘sgan to‘rt ming qaroqchi til tortmay o‘ldi. Sultonningishonchli amiri, Kirmon hokimi Abu Ali Ilyos o‘z lashkari bilan o‘g‘rilar qarorgohi – Ko‘chi Balujdagi o‘n ming o‘g‘rini mahv etdi. Ular xalqdan zo‘ravonlik bilan tortib olgan boyliklarni qo‘lga kiritib, sulton Mahmudga yubordi. Sulton Mahmud farmoni bilan, Ko‘chi Balujdan jabr ko‘rganlarning mollari o‘zlariga qaytarildi. Aytadilarki, shundan so‘ng ellik yil davomida Ko‘chiBalujning biror kishisi xayolida qaroqchilik fikripaydo bo‘lmagan ekan. Shunday qilib, Ko‘chi Baluj Isfahon olmasidan halokbo‘ldi. So‘ngra sulton Mahmud hamma joyga sohibxabar va munhiylarni qo‘ydi. Shu bilan u biror kishi nohaqlik bilan birovning bir tovug‘ini tortib olsa yoki biror kishini bekorga xafa qilsa, G‘aznida turib xabardor bo‘lardi va uning jazosini berardi. QATAG‘ON XON VA UYG‘UR XON ELCHILARI Shu yili Qatag‘onxon va Uyg‘urxon elchilari G‘azniga kelishdi va orada qon-qarindoshlik rishtalaribog‘lanishini so‘rashdi. – Bizlar oramizda qarindoshlik bo‘lishini istaymiz. Sulton Mahmud dedi: – Bizlar musulmonmiz, siz esa dahriysiz. Sizga singlimiz yoki qizimizni berishimiz mumkin emas. Agar musulmon bo‘lsangiz, o‘shandagina bu haqda o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi.

XALIFA YoRLIG‘I To‘rt yuz o‘n yettinchi yilning shavvol oyida1 xalifa Al-Qodir billohdan nishon keldi. U sulton Mahmudga, uning o‘g‘illari va yaqinlariga unvonlar taqdim etgan edi. Sulton Mahmudga “yaminud-davlat va faxrul-millat”, uning to‘ng‘ich o‘g‘li amir Mas’udga “shihabud- davlat”, kichik o‘g‘li amir Muhammadga “sha’nud-davlat” va Sulton Mahmudning inisi amir Yusufga “azudud- davlat” unvonlari berilgan edi. Elchilar xalifaning nishonini ham sulton qo‘liga topshirishdi. Nishonda sulton Mahmud olib borgan fath urushlari uchun minnatdorlik va maqtov so‘zlari yozilgan bo‘lib, unda yana shunday so‘zlar bor edi: “Sen o‘z taxtingning vorisi etib istagan kishingni tayinlashing mumkin. Sening tanloving – bizning tas- dig‘imizdir”. Xalifa yorlig‘i va unvonlarni topshirish tantanasi Balxda bo‘lib o‘tdi. 1 1026-yilning dekabr oyi.


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook