Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Beruniy-12-2

Beruniy-12-2

Published by Eldor Bozorov, 2023-06-09 08:46:51

Description: Beruniy-12-2

Search

Read the Text Version

Isajon Sulton ABU RAYHON BERUNIY tarixiy-biografik roman Toshkent – 2022

O‘N IKKINCHI QISM DAVOMI XALIFA ELCHISI Xalifa Al-Qodir billoh elchisi sulton Mahmud vafoti tufayli Xuroson tomon yo‘lga chiqqani haqida xabar kelganida, Amir Mas’ud Hirotda edi. Elchini Nishopurda kutib olishlarini tayinlab, bir guruh kishilarni o‘sha yoqqa jo‘natdi. Oradan bir necha hafta o‘tib, elchi Hirotga yetib kelganida, uning tashrifi uchunhamma narsa tayyor edi. Amir Mas’ud o‘zining qanday hukmdor ekanini va saltanat qudratini ko‘rsatish uchun shunday dabdabali marosim uyushtirdiki, unga guvoh bo‘lganlar hayrat barmog‘ini tishlab qolishdi. U tantanaga guvoh bo‘lgan Abu Fazl Bayhaqiy shularni aytib berdi: “Tong yorisha boshlagani zamon to‘rt ming saroy g‘ulomi amirlik saroyining ikki tarafidan bir necha qatorbo‘lib saf tortdi. Ulardan ikki ming nafari ikki uchlikuloh kiyib, popukli kamar taqib olishgan edi. Har birg‘ulom kumush gurzi tutib turardi. Qolgan ikki ming g‘ulom to‘rt parli kulohda, bellaridagi kamarga o‘qdon, qilich, kamon qayishi mahkamlangan, har bir g‘ulomningqo‘lida kamon va uchtadan o‘q. To‘rt ming g‘ulomning barchasi qimmatbaho nafis ipakdan tikilgan libos kiygan edilar. Xos g‘ulomlardan uch yuztasi amir Mas’ud o‘tirgan supa yaqinida tizilib turishardi. Ularning kiyimlari yanada ko‘rkam bo‘lib, boshlarida ikki uchli kuloh, kamarlari zardan, gurzilari ham zarrin. Oralaridan bir necha kishining kamarlari javohirlarbilan bezatilgan edi. Yana ellik-oltmish nafar g‘ulom nariroqda, Dilmon saroyi o‘rtasida qalqon bo‘lib turardilar. Dargoh ulug‘lari, viloyatlar voliylari, hojiblar – barchasi ikki uchli kulohda, zar kamarlar taqqan bo‘lib, martabadorlar saroy tashqarisida edilar. Fillarning soni ham ko‘p edi. Lashkar esa shay bo‘lib, qimmatbaho nafis ipak kiyimda, soyabonlar ostida, har bir qism o‘z qurol- yarog‘i, belgilari bilan bir-birlariga qarama-qarshi tomonlarga

saflangan bo‘lib, elchi ular orasidan o‘tishi kerak edi. Elchini boshlovchilar bezatilgan otlarni olib, ko‘pchilik hamrohligida tashqariga qarab yurishdi. U yerda elchini otga mindirishdi. So‘ng uni boshlab kelishdi. Shunda burg‘u va katta- kichik nog‘oralar ovozi yangrab ketdiki, go‘yo qiyomat kuni kelganday bo‘ldi. Elchini ana shunday ulug‘vor takalluf bilan kuzatib bordilar. Bunday qabul marosimini u umrida ko‘rmagan edi. G‘oyatda hayratga tushgan holda, u ko‘shkka qadam qo‘ydi. Amir Mas’ud supa oldidagi taxtda o‘tirardi. Xalifa elchisi salom berdi. U qora kiyimda edi. Alikniulug‘ xoja Ahmad Hasan oldi. Amir yonida hech kimsa yo‘q, barcha tik turardi. Hojib Abu Nasr elchining tirsagidan tutib, o‘tirishga undadi. Fotiha o‘qilgach, elchi o‘rnidan turib, supaga xalifaning nishoni va yorlig‘ini qo‘ydi. Amir Mas’ud Abu Sahl Zavzaniyga yuzlanib, nomani o‘qishni buyurdi. Abu Sahl Amirga unvon berilishi haqidagi arabcha yorliqni o‘qib, mazmunini tushuntirgach, sandiqlar ochilib,xalifaning qimmatbaho sovg‘alari olindi. Elchiularni ta’zim bilan taqdim qildi: bu – yetti duvoj to‘n bo‘lib, ulardan biri qora, qolganlari nihoyatda nafis, shohona Bag‘dod matosidan edi. Amir supadan tushib, joynamozini to‘shadi, xalifalik libosini kiyib, ikki rakaat namoz o‘qidi. Xalifa yuborgan toj, taqinchoqlar va juda ajoyib arab oti, Bag‘dod qilichi, xullas, u yoqda nimaiki bebaho hisoblansa, o‘shalarni keltirdilar. A’yonlar va aqrabolar supaga tilla tangalarni juda ko‘p sochishdi. Amir kambag‘allarga ikki yuz ming dirhamulashishni buyurdi. Shundan so‘ng mo‘l-ko‘l ziyofat bo‘ldi. Elchini sulton yoniga o‘tqazdilar. Ziyofat tugagach, elchiga qimmatbaho to‘n kiygizildi, o‘sha kuni, asr namozi vaqtida elchining xos kishilari uning sovg‘alarini keltirishdi, bu – oltin dirhamlar, tilla-egar jabduqli ot, ellik halqa kesilmagan mato va anvoyi mushklar edi. Sultonlik maqomini va unvonini qabul qilib olgach, Amir Mas’ud G‘aznida o‘zi uchun ko‘shk va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan tillakori taxt qurdirdi.U oltin va javohirlar bilan bezatilgan, og‘irligi yetmish man keladigan oltin tojni taxt ustiga osib qo‘yishlarini buyurdi. Chashni, ya’ni qutlov marosimi to‘rt yuz yigirma to‘qqizinchi

yil, sha’bon oyining yigirma birinchi kuniga mo‘ljallangan edi. Sulton Mas’ud Bog‘i Mahmudiydan yangi ko‘shkka o‘tdiva o‘z supasiga o‘tirdi. Toj uning kulohi ustida osilib turardi. Ikki tomonda soqchi g‘ulomlar isfahoniy va bag‘dodiy matolardan tikilgan to‘nlarda, ikki uchli kulohlarda, oltin kamar va qo‘llarida oltin gurzilar tutib turishardi. Supaning ikki yonida, chap va o‘ngda to‘rt uchli kuloh kiygan o‘nta g‘ulom, qimmatbaho toshlar qadalgan kamarlarda, yelkasida yoy, o‘q va sadog‘i, qo‘lida ziynatli qilichi bilan turardi. Saroy o‘rtasida yanaikki saf g‘ulomlar tizilgan bo‘lib, to‘rt uchli kuloh kiygan bir saf devor oldida, kumush kamarlar taqib, kumush gurzilar tutib olgan ikkinchi saf saroy o‘rtasidaedilar. Ularning barchasi qimmatbaho shustariy ipagidan libos kiyishgan edi. O‘nta ot dur-javohirlar,yana yigirmatasi sof oltin bilan bezatilgan, ularning yonida oltin qalqon ko‘targan daylamiylar turishardi. Martabadorlar tik oyoqda bo‘lib, boshqa a’yonlar saroparda tashqarisida edilar. Sulton taxtiga kelib o‘tirgach, saltanat ustunlarihisoblangan kiborlar, qavmu qarindosh va yaqinlar hukmdor qarshisiga kelib, had-hisobsiz tilla tangalarsochishdi. Amir bu supada to tonggacha, nadimlar kirgunga qadar o‘tirdi. Nadimlar kelib, ular ham tilla tangalarsochishgach, hukmdor supadan turib, oq otiga mindi va bog‘ tomonga yo‘l oldi. U liboslarini almashtirib, yana otda qaytib keldi va suhbat supasiga o‘tirdi. Saltanat a’yonlari taklif qilindi. Tashqariga ham sufralar tuzalib, unga sarhanglar, xayltoshlar, martabadorlar o‘tirishdi va ziyofat boshlandi. Mutriblar turli kuylarni chalishdi, may daryo bo‘lib toshdi. Nihoyat, amir mamnun bo‘lib o‘rnidan qo‘zg‘aldi, otiga minib, yana o‘z bog‘iga qaytdi. U yerda bundan ham anvoyi ziyofat muntazir edi. Nadimlar va yaqinlar qurshovida to asrgaqadar yeb-ichildi, so‘ng barcha tarqaldi... *** Bu orada ushbu dabdaba va tantanaga mos kelmaydigan boshqa ishlar ham sodir bo‘ldi. Ko‘htiz qal’asida sulton Mas’udning inisi mangu zulmat aro o‘z taqdiridan iztirob chekardi. Bir necha kun avval sulton

Mas’udning buyrug‘i bilan uning ko‘ziga mil tortilib, ko‘r qilindi. Unga ellikka yaqin xizmatchi va hojiblar tayinlandi, kerakli istirohat anjomlari berildi va qal’adan chiqishi man qilindi. Ishonchli bo‘lukboshilardan biri o‘z bo‘lugi bilan Amir Muhammadga soqchi qilib tayinlandi. Sulton Mas’ud otasining yaqin a’yonlarini ko‘shk- dan uzoqlashtirdi. Vazir Maymandiyni olislarga jo‘natib yubordi. Amir Muhammadni taxtga o‘tqazgan kishilarni jazoladi, ba’zilarini qatlga buyurdi. Bular orasida vazir Hasanakning taqdiri eng ayanch- lisi bo‘ldi. Vazir Hasanak Amir Muhammadning taxtgakelishi uchun eng ko‘p jon kuydirganlardan biri edi. Va-ziyat o‘zgargach, u sulton Mas’udga shunday maktub yubordi: “Agar Amir Mas’ud kelib taxtga o‘tirsa, Hasanakni dorga ossin!” Bunday so‘zlarni bitishga uni nima majbur qilganini koshki bilsam edi! Sulton Mas’ud esa, maktub qo‘liga yetib borgach va uni o‘qigach, g‘azab otiga mindi, chunki maktubda uzrdan nishona ham yo‘q edi. Chashni marosimidan avval u vazir Hasanakni shahar kiraverishiga dorga osishga va jasadga hech kim teginmasligiga buyruq berdi. Buyruq ado etildi, jasadyetti yilgacha osilib turdi, unga birov tegina olmadi. Yetti yildan so‘ng, yoz jaziramasi va qish izg‘irinlarida qotib-quruqshab, mumiyoga aylanib qolgach, uni dordan yechib, chetroq bir joyga ko‘mib yuborishdi. Chashni marosimidan so‘ng, ulamo va hukamo qutlovi bo‘ldi. Sulton Mas’ud Unsuriy, Farrux Seyistoniy, Asjadiyni va bir qancha shoirlarni izzatlab, munosib joylar belgiladi. Farrux Seyistoniy bundan avval Amir Muhammadga atab qasida bitgani uchun xavfda, jonini saqlashini so‘rab ibodatga berilgan edi. Qutlov chog‘ida u to‘lqinlanib, Sulton Mas’udning saxovatidanta’sirlanib shunday ajoyib madh aytdiki, sultonMas’ud unga yigirma ming dirham hadya qildi. Bu yig‘inning toji Abu Rayhonning “Qonuni Mas’udiy” asari bo‘ldi. Ming sahifalik “Qonuni Mas’udiy”ni ikki g‘ulom ko‘tarib kirdi. Bu – oddiy qog‘ozga yozilgan, muqovasi qo‘zi terisidan ishlangan ko‘rimsizgina kitob edi. Biroq, uning sahifalaridan o‘rin

olgan bilimlar dunyo xazinasida yo‘q edi. Endigina o‘ttiz ikki yoshga kirgan, vujudida g‘ayrat va shijoat barq urgan sulton Mas’ud G‘aznaviy bilan keksaygan, dard bukchaytirgan, soch-soqoli oppoq Abu Rayhon Beruniy ro‘para bo‘lishdi. Mas’ud G‘aznaviy supasidan tezda tushib kelib, bezakli taxta ustidagi kitobning muqovasini ochdi. Unda o‘z nomini ko‘rib, shoyon mamnun bo‘ldi va dedi: – Men Xuroson, Movarounnahr va Iroqdagi davlatlar yer yuzida yana qancha vaqt hukm surishini ayta olmayman,chunki hukmdorlarining iqtidoriga qarab, ular qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turadi. Lekin aminmanki, ushbu risola nomimizni Mashriqu Mag‘ribga mashhur qiladi va tarixga muhrlaydi. Bebaho bu asar uchun muhtaram xojamiz Abu Rayhon Beruniyga bir fil ko‘tara oladigan miqdorda kumush tanga hadya qildik! Yig‘ilganlar olqishlab yuborishdi. Saltanatning mol-mulk, sarvar va hasham ilinjidagi ba’zi a’yonlarining ko‘zlari dasht mushugining ko‘ziday yonib,sultonga qarab qolishdi. Biroq, Abu Rayhonning fe’lini barcha bilardi. Kamtar va oliyjanob bu kishi sultonga qulluqqilib, minnatdorlik bildirdi- da, uzr tilab,tangalarga ehtiyoji yo‘qligini va barchasini xazinaga qaytarishlarini iltimos qildi. Uning bu ishi yanada ko‘proq ovozalarga sabab bo‘ldi. Sulton Mas’ud bundan ta’sirlanib, Abu Rayhonning har qanday istagi o‘rin- latilishini ma’lum qildi va unga o‘z supasidan joy berdi. Men Abu Rayhonga bu ishi butun G‘aznida shov-shuv bo‘lganini aytdim. U esa dedi: – Sen Abu Jabal hikoyatini eshitganmiding? – Yo‘q, – deb javob qildim. – Ziyoriylardan Mardovij ibn Ziyor zamonasida Abu Jabal degan bir kishi xos majlisda shohga yoqadigan so‘zlarni aytib, uning ko‘nglini chog‘ qildi. Shunda shoh “Tila tilagingni” deganida, “Ziyorat tog‘ini menga berishingni so‘rayman”, dedi. Barcha hayron bo‘lib qoldi. Ziyorat tog‘i yaydoq, ayrim joylaridagina butava o‘t-o‘lan o‘sadigan unumsiz bir joy bo‘lib, Jurjondanyo‘lga chiqilsa, Nahorak degan qishloqdan u yog‘iga

yo‘l yo‘q, eshak yoki xachirga minib, ne mashaqqatlar bilan borilardi. Mardovij ibn Ziyor aqlli kishi edi, uning so‘zini eshitib, “Qani, qo‘yib beringlar-chi, nima qilar ekan?” degach, uni o‘z holiga qo‘ydilar. U kishi Abu Jabal laqabini o‘shanda oldi, bu “tog‘ning otasi” degan ma’nonianglatadi. Shohdan ruxsat bo‘lgach, Abu Jabal benihoya katta boylikka ega chiqdim, mening tog‘imning qiymatibir necha mamlakat xirojidan ham ortiq turadi, deb, kimni ko‘rsa, shundan gapirib, juda mag‘rurlanib yurardi. Nihoyat, o‘sha tog‘ etagida o‘lim topdi. Men uning so‘zining xulosasini kutib, sabr qilib tinglardim. – Tog‘-tog‘ oltin-kumushni bir joyga to‘plab, gerdayibyuruvchi kishining Abu Jabaldan qanchalar farqi bor? – deb so‘radi Abu Rayhon. – Hatto, agar sulton Mahmudday kishi to‘g‘rilik adolat va diyonat bayrog‘ini tik tutmaganida, o‘sha tog‘ egasi kabi bo‘lardi, xolos. Ko‘rib turganingdek, sultonning boyliklari sarflanibketdi, o‘zi esa, inshaalloh, boyliklari emas, diyonatisabab bo‘lib, Alloh marhamatiga qovushsa, ne ajab?


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook