Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore SEN BILAN UCHRASHGUNCHA-21

SEN BILAN UCHRASHGUNCHA-21

Published by Eldor Bozorov, 2023-08-03 18:05:46

Description: SEN BILAN UCHRASHGUNCHA-21

Search

Read the Text Version

Davomi… SEN BILAN UCHRASHGUNCHA *** May oyining uchinchi shanbasida Trina bilan Tomas kelishdi. Tomas o‘zgarib, jiddiylashgan, mitti erkakkka aylanib qolgandi. Trina esa sochlarini qirqibdi, endi undan qandaydir notanish nafislik ufurib turardi. Uning egnidagi men bilmagan pidjakni, oyog‘idagi tasmali ochiq poyabzalni ko‘rib, beixtiyor bularni xarid qilishga qaerdan pul oldiykan, degan xayol keldi. – Qalay endi? – deb so‘radim men onam Tomas bilan bog‘da sayr qilisharkan. Otam bobom bilan futbol ko‘rishardi. – Hammasi joyida. Faqat Tomasga qaraydigan odam bo‘lmagani sal qiyinroq, albatta. Bog‘cha ham unga avval yoqmadi. – Trina oldinga egildi. – Faqat onamga aytma. Ularga hammasi yaxshi deganman. — Ammo o‘qish senga yoqayapti. — Bu barcha qiyinchiliklarga arziydi, – kuldi Trina. – Yana kallamni ishlatayotganimdan qanchalik baxtiyor ekanimni ifoda etish qiyin. Shu yillar ichida o‘zimni yo‘qotgandek his qilardim.. endi yana topdim. Gaplarim g‘alati tuyulyaptimi? Men yo‘q deb, boshimni qimirlatdim. Men ham uning uchun chin dildan xursand edim. Biz eski soyabonimiz ostida choy ichib o‘tirardik. Uning qo‘llaridagi qizarish yo‘qolib, sog‘lom holatga kelganiga e’tibor berdim. – Oyim rosa sizlarni sog‘inayapti. – Endi har hafta dam olish kunlari kelamiz. Qiziq, atigi uch hafta uydan yiroqda bo‘lish ham odamni anchayin o‘zgartirib yuborishi mumkin ekan. Singlim umuman boshqacha, yangi hayotga qadam qo‘yib, va negadir, meni tashlab ketgandek tuyuldi menga. — Oyim sening nogiron do‘sting mehmonga kelganini aytdi. – U mening «nogiron do‘stim» emas. Uning ismi Uill. – Kechirasan. Uill. Demak, hayot lazzatlari ro‘yxati ish beribdi-da? — Qisman. Ayrimlari o‘xshadi, ayrimlari yo‘q. – Men ot poygasi olib borib sharmanda bo‘lganimni, ammo kutilmaganda simfonik orketsr konsertida maza qilganimizni, sayrlarimizni, Uillni biznikida qanday o‘zini tutganini aytib berdim. – Nima deb o‘ylaysan?.. – U ehtiyot bo‘ib so‘rayotgani ko‘rinib turardi. – Sen g‘olib bo‘larmikansan? Xuddi bu musobaqadek. Men daraxtdan kichikroq shox sindirib olib, asta bargalarini uza boshladim.

– Bilmasam. Tezroq harakat qilishim kerak. – Unga Treynor xonimning xorijga safar haqida gap ochganini gapirib berdim. — Ammo sening simfonik orkestr konsertiga borganingni tasavvur qila olmayapman. Sen-a? — Menga yoqdi Trina qoshlarini yuqoriga ko‘tardi. — Haqiqatan ham yoqdi. Bu.. hayajonli ekan. U menga tikilib qaradi: — Oyim u juda yaxshi yigit ekan dedilar. — Rostanam yaxshi yigit. — Ham kelishgan emish. — Umurtqasining jarohatlanishi uni badbashara bukriga aylantirib qo‘ymagani rost «Faqat bu fojeaviy yo‘qotish demagin», — dedim hayolan unga. Ammo singlim men o‘ylaganimdan esliroq edi. — Nima bo‘lganida ham oyim rosa hayron qolibdi. U rostanam badbashara bukrini ko‘raman, deb o‘ylagan, shekilli. Kechki ovqatga oyim Trinaning sevimli ovqati lazanya tayyorladi. Tomasga esa kechroq yotishga ruxsat tegdi. Onam yuz marta singlimdan qiynalmayapsanmi, Tomasni eplayapsanmi, biror yordam kerak emasmi deb so‘radi, xuddi ortiqcha puli bor odamdek. Men Trinani oyim bilan dadam hozir bir tiyinsiz o‘tirishganini aytib, ogohlantirib qo‘yganimdan xursand bo‘ldim. U qat’iy va ishonch bilan hech qanday yordam kerakmasligiga oyimni ishontirishga muvaffaq bo‘ldi. Undan rostan ham qiynalmayapsanmi, deb so‘rash keyinroq hayolimga keldi. Kechasi Tomasning yig‘laganidan uyg‘onib ketdim. Ular mening tor hujramda yotishardi. Trina uni amallab uxlatdi. Soat ikkilarda yana bir yig‘ladi. Bu safar onamning shippakda yo‘lakdan o‘tganini ham payqadim. Nihoyat Tomas jim bo‘ldi. Soat to‘rtlarda esa yotoqxonamning eshigi ochilib Tomas kirib keldi. Ustida keng pijama, adyolini ham sudrab chiqibdi. U xuddi nima qilishini bilmay turardi. — Kela qol, Tomas, — deb shivirladim men. U uyqusirab kelib ko‘rpamning ichiga kirdi. Oldimdagi ikkinchi yostiqqa boshini qo‘yib, g‘ujanak bo‘lib yotgancha uxlab qoldi. Uning bunday tez uxlab qolishini kutmagandim. – Yaxshi dam ol, shirinim, – deb peshonasidan o‘pdim. U do‘mboq qo‘lchalari bilan futbolkamdan ushlab olgandi. *** — Qaer sizga ko‘proq yoqqan? Biz qal’aning chekkasida yomg‘irdan berkinib o‘tirardik. Qal’aning bu qismida sayyohlar yurmagani bois Uill bu yerlarda aylanishni yoqtirardi.

– Qaysi ma’noda? Mayli, o‘ylab ko‘raychi, – dedi u ko‘zini qisib, uzoqlarga qararkan. – o‘ttizga kirganimda Kilimanjaro tog‘iga chiqqandim. Juda zo‘r bo‘lgandi. – Juda balandmi? – Uxuru cho‘qqisi olti besh min sakkiz metr balandlikda. Oxirgi kilometrni to‘g‘risi, sudralib, o‘rmalab o‘tgandim. Balandlik – katta sinov. — Sovuqmidi? — Yo‘q… — jilmaydi u. — Everest emasku. Har holda yilning o‘sha paytida. — Uill xotiralariga ko‘milib, uzoqlarga qarardi. — U yerlar juda chiroyli. Tepadan go‘yo dunyoning chekkasini ko‘rgandek bo‘lasan. Uill jim bo‘lib qoldi. — Yana qaerlar yoqqandi? – Mavrikiyning go‘zal sohillari, kulib turadigan odamlari... Keniyadagi sabo milliy parki... qizil tuproq va yovvoyi hayvonlar. Kaliforniyadagi Yosemit vodiysi. Uill tog‘da o‘tkazgan tunini aytib berdi. Kechasi qimirlasa, tushib ketmasligi uchun uxlaydigan qopini qoyaga maqkamlab bog‘lab qo‘ygan ekan. – Eng mudhish tushimni aytib bergandek bo‘ldingiz. – Shaharlar ham yoqadi. Sidney. Shimoliy Islandiya. Aeroportdan sal nariroqdagi vulqonli buloqlarda cho‘milish mumkin. Markaziy Xitoy bo‘ylab sayohat ham yoqqandi — Bormagan joyingiz ham bormi? Uill menga qaradi. — Shimoliy Koreya? — dedi o‘ylanib. — Ha, biror marta ham Disneylendda bo‘lmaganman. Bu hisobmas-a? Hatto Parijdagisida ham. – Men esa bir marta Avstraliyaga chipta sotib olgandim. Ammo ketmagandim. – (u hayratlanib men tomonga o‘girildi.) – nimadir xalaqit bergandi. Balki bir kunmas-bir kun borarman. — «Balki» deganingiz nimasi? Siz bu yerdan ketishingiz kerak, Klark. Butun umringizni shu yerda o‘tkazmaslikka so‘z bering. — So‘z beray? Nega? — Men xotirjam gapirishga harakat qilardim. — Biror joyga ketyapsizmi? — Shunchaki...bu yerda butun umrga qolib ketishingiz mumkinligini o‘ylab siqilaman. Siz haddan tashqari yorqin, boshqacha qizsiz. – U o‘girildi. – Hayot esa bir marta beriladi. Sizning burchingiz – uni imkon qadar to‘laroq yashab o‘tish. — Xo‘p, — dedim men ehtiyotkorlik bilan. — Qaerga boray? Agar istagan joyingizga borish imkoniyatingiz bo‘lganida qaysi manzillarni istardingiz? — Shu tobdami? — Ha, hozirning o‘zida. «Kilimandjaro» degan javob ketmaydi. U men borishim mumkin bo‘lgan joy bo‘lishi kerak.

O‘zini bo‘sh qo‘yganida Uill umuman o‘zgarib ketardi. Yuzida tabassum paydo bo‘lib, ko‘zini huzurlanib qisardi. — Parijga. Maredagi qahvaxonada o‘tirib, qahva ichib, saryog‘li va qulupnay murabboli kruassan yeb o‘tirgan bo‘lardim. — Mare? — Bu Parijning qoq o‘rtasidagi kichkinagina mavze. Tosh yo‘llar, egri-bugri uylar... Parijning yuragi. – Birga borsak ham bo‘larkan, – dedim uning qarshisiga o‘tib past ovozda. Buning qiyin joyi yo‘q. Natan ham kerak emas bizga. Men umrimda Parijda bo‘lmaganman, ammo borishni rosa istayman. Rost. Ayniqsa, uni besh qo‘lidek biladigan odam bilan borsam... Uill, nima deysiz? Men qahvaxonada o‘tirganimni tasavvur qildim. Oyog‘imda yangi yaltiroq tufli, qo‘limda qip-qizil lak.... — Yo‘q. — Nima? — shirin xayollardan chiqishim qiyin bo‘ldi. — Yo‘q. — Ammo hozirgina o‘zingiz... — Siz tushunmaysiz, Klark. Men u yerga... mana bunda borolmayman. – Uill ko‘zi bilan aravani ko‘rsatdi. – Men Parijda avvalgidek yurishni istayman. Kursiga yaslanib, o‘zimni tashlab o‘tirgim, har qanday boshqa yigitga qaragandek menga qarab-qarab qo‘yadigan fransuz qizlariga gap otgim keladi. Ular endi meni ko‘rishlari bilan ko‘zlarini olib qochishadi. – Ammo urinib ko‘rsakchi? – dedim men yurak yutib. – Shart emas... – Yo‘q. Buning iloji yo‘q. Siz bilan borgan kunim mening Parij haqidagi xotiralarim yo‘qqa chiqadi, o‘chib ketadi. Shunchaki stol atrofiga joylashib olishimiz uchun ham qancha urinishimizga to‘g‘ri keladi, tor Parij ko‘chalaridan o‘tolmay qiynalamiz. Taksilar to‘xtamaydi, aravani esa zaryad qildiraman deb halak bo‘lamiz. Tushundingizmi? – Uning ovozi dag‘al chiqdi. Yuzimni ko‘rmasligi uchun tuflimning gulini tomosha qila boshladim. – Tushundim, – dedim sekin. Uill mening ko‘nglim tushganini tushundi shekilli sekin men tomon egildi. – Xo‘sh, Klark. Yomg‘ir ham tugadi. Qaerga boramiz? Labirintgami? – dedi u muloyimlik bilan. – Yo‘q! – dedim shoshib ammo ovozimdagi qo‘rquvni Uill payqab bo‘lgandi. — Qo‘rqasizmi? — Shunday desa ham bo‘ladi. — Narsalarimzni yig‘ishga tushdim. — Uyga bora qolaylik, yaxshisi. ***

Rostini aytaymi? Qo‘limdan hech ish kelmadi. Hatto Parijga borishga ham ko‘ndirolmadim. U bilan bahslashish befoyda. U men bilan uzoqroq safarga bormaslik uchun yuz mingta bahona topardi. Nima uchun albatta u bilan borishim kerakligini tushuntirolmaganimdan keyin, unga ta’sir ham ko‘rsatolmasdim. Shularni o‘ylab uyqum qochib kechasi pastga suv ichgani tushdim. Mehmonxona eshigi oldidan o‘tayotganimda yo‘tal eshitildi. To‘xtab, orqamga qaytib, sekin eshikni ochdim. Polga divan ustiga yostiqlarni tashlab, oyim bilan dadam mehmonlar yopinadigan adyolga o‘ranib yotishardi. – Nima qilyapsizlar bu yerda? — Tss! — Oyim boshini ko‘tardi. — Sekinroq gapir. Biz… — U otamga qaradi.. — joyimizni almashtirdik. — Nima? — Joyimizni almashtirdik. — Onam otamdan yordam so‘ragandek unga qaradi. — Trinaga karavotimizni berib turdik, – tushuntirdi otam. – Ular Tomas bilan sening hujrangga sig‘ishmadi. Shunga bizning yotog‘imizda uxlay qolishsin, dedik. — Ammo bu yer noqulayku! — Qulay, bolam, — dedi otam. — Rostan, qulay. — Uning gaplarini hazm qilugnimcha u davom etdi. – Bora qol joyingga... – u yo‘taldi. – Ertalab erta turishing kerak. Ichimizda ishlaydiganimiz yolg‘iz sensan. – Otam ko‘zini mendan olib qochdi. – Lu, uxlay qol. Biz yaxshi yotibmiz. – Onam meni haydab chiqardi. *** Kalendarimda yetmish to‘qqiz kun qolgandi. Yana bezovtalana boshladim. Bezovtalanayotgan faqat men emasdim. Bir kuni tushlik payti Treynor xonim Natan Uillga qarayotganida meni o‘zlariini mehmonxonalariga chaqirib ketdi. O‘tirg‘izib, hol-ahvol so‘radi. – Avvalgidan ko‘ra ko‘proq tashqariga chiqib turibmiz, – deb gap boshladim men. – Uill ko‘proq gaplashyapti. – Balki siz bilan gaplashayotgandir, – dedi u hazin jilmayib. – u bilan horijga ketish to‘g‘risida suhbatlashdingizmi? Biz qarshi emasmiz. To‘g‘ri avval, bu fikringiz unchalik yoqmagandi, ammo endi maslahatlashib ikkimiz ham rozimiz... U jim bo‘lib qoldi. Keyin qahva uzatdi. Qahvani tizzamga yaqin olib o‘tirarkanman, o‘zimni xuddi oltmish yasharlik kampirdek his qilardim. — Aytgancha… Uill sizlarnikiga borganini aytdi... — Ha, tug‘ilgan kunimga chaqirgandim. — O‘zini yaxshi tutdimi?

— Juda yaxshi. Onamning rosa ko‘ngli ko‘tarildi. — men eslab beixtiyor jilmaydim. — Singlim o‘g‘ilchasi bilan ko‘chib ketishganidan beri o‘ziga kelolmay yurgandi. Uill ancha kayfiyatini ko‘tardi. — Juda… juda yaxshi, — Treynor xonim hayratini yashirmadi. — Oyim ham yaxshi yigit ekan dedi. U qahvasini aralashtirdi. — Uill biz bilan oxirgi marta qachon ovqatlanganini eslolmayman ham. Treynor xonim yana bir-ikkita savollar berdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri emas albatta. Bu unga xos emasdi. Ammo aslida men nimani ham bilardim? Uillning qalbida u hatto men ko‘z qirimni tashlashimga ham yo‘l qo‘ymaydigan katta-katta hududlar bor edi. Oxirgi haftalarda shu hududlar tobora kattalashib borayotgani meni havotirga solayotgandi. Treynor xonim sevimli bog‘iga qarab o‘ylanib: – Atigi ikki yarim oy vaqtimiz qoldi, – dedi menga qaramay. Qo‘limdagi finjonni asta stol ustiga qo‘ydim. – Qo‘limdan kelganini qilyapman, Treynor xonim. – Bilaman, Luiza, – deb boshini qimirlatdi — Men xonadan chiqdim. *** Leo Makinerni yigirma ikkinchi may kuni Shveysariya kasalxonlaridan birida o‘ldi. Ota-onasi ham oldida bo‘lgan. Ukasi kelishni istamagan bo‘lsa-da, akasiga hamma yaxshi munosabatda bo‘lganini aytgan. Soat o‘n beshu qirq yettida Leo katta miqdorda barbiturat solingan sutli koteyl ichgan, va ota-onasining aytishlaricha, bir necha daqiqadan so‘ng uxlab qolgan. Soat o‘n oltilardan o‘tib, qonunbuzarlikdagi ayblovlarning oldini olish uchun jarayonni videosuratga tushirayotgan kuzatuvchi biologik o‘lim sodir bo‘lganini tasdiqlagan. DAVOMI BOR.


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook