QUYOSH ENERGIYASIDAN ELEKTR ENERGIYASI OLISH DAYJEST Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023
KIRISH Yer yuzida taraqqiyotning rivojlanishi foydalanilayotgan energiya turi va hajmi bilan har doim chambarchas bogʻliq boʻlib kelgan. Bugungi kunda energiyadan foydalanish hajmi shunchalik ortmoqdaki, uning kelgusida yanada koʻpayishi biosfera, demakki, kelajakda insoniyatning rivojlanishi uchun ham katta xavf tugʻdiradi. Shu sababli butun dunyoda oʻtgan asrning oxirgi oʻn yilidan boshlab, energiyaning qayta tiklanadigan ekologik toza manbalaridan biri hisoblanuvchi quyosh, suv, shamol, biomassa va geotermal energiya manbalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratila boshlandi. Masalan, hozirgi kunda dunyoda shamol energiyasini oʻzlashtirish surʼatlari faqat axborot texnologiyalaridan biroz ortda qolmoqda. 2
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanish darajasi anʼanaviy energiyaga qaraganda ancha yuqori. Respublikada quyosh, shamol va kichik gidroenergetika sohasida sezilarli rivojlanish kuzatilmoqda. Umuman, 2022– 2024-yillarda jami quvvati 3000 MWli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkichlarni yildan-yilga oshirish davom etmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining istiqboli borasida juda ko‘p gapirildi. Masalan, quyoshdan kelayotgan radiatsiyaning sayyoramizga tushadigan energiya miqdori o‘rtacha 1.3-1.4 kW/m2 ni tashkil qiladi. Atmosferadan qaytib ketadigan radiatsiya miqdorini hisobga olmasak, yer yuzasiga o‘rtacha 1 kW/m2 energiya to‘g‘ri keladi. Bu energiya sayyoramizning ayni damdagi energiya ehtiyojidan 9000 marotaba ko‘pdir. Shu sababli yangi qo‘shilayotgan energiya quvvati anʼanaviy energiya emas, balki qayta tiklanuvchi manbalar hisobidan amalga oshirsh to‘g‘ri bo‘ladi. O‘zbekistonda 2025-yilgacha amalga oshirilayotgan loyihalar 3
Qishloq xo‘jaligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yo‘llari Energiya turlari Foydalanish Quyosh: elektr va issiqlik - barcha elektr isteʼmollarni ishlatish; energiyasi olishda - suvni isitish yoki tozalash; - suv xo‘jaligida sug‘orish nasoslarini ishlatish; Suv: elektr - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash; energiyasi olishda - meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini quritish; - qishloq xo‘jaligi binolari, issiqxonalar va xonadonlarni Shamol: elektr isitish va boshqalarda foydalanish. energiyasi olishda - barcha elektr jihozlarini ishlatish; - suvni ko‘tarish va sug‘orish nasoslarini ishlatish; Biomassa: - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash hamda qayta issiqlik energiyasi ishlash va boshqalarda foydalanish. olishda - barcha elektr jihozlarini ishlatish; Geotermal: - suvni ko‘tarish va sug‘orish nasoslarini ishlatish; issiqlik energiyasi - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash hamda qayta olishda ishlash va boshqalarda foydalanish. - qishloq xo‘jaligi binolari, issiqxonalar va xonadonlarni isitish; - qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash; - suvni isitish va zararsizlantirish; - ovqat tayyorlashda va boshqalarda foydalanish. - qishloq xo‘jaligi binolari, issiqxonalar hamda xonadonlarni isitish va boshqalarda foydalanish. 4
Quyosh energiyasidan elektr energiyasi olish Quyosh panellari quyoshdan kelayotgan radiatsiyani elektr energiyasiga aylantirar ekan, maksimal energiya olish uchun quyosh radiatsiyasi panel yuzasiga maksimal darajada tik tushishi lozim. Avtonom elektr taʼminoti tizimi 1-quyosh paneli; 2-invertor; 3-akkumulyator; 4-isteʼmolchi Panellar yuzasidan yutilmay qaytgan yorug‘lik energiyasi generatsiyasida ishlamaydi. Shu bois, xo‘jalikka quyosh panellarini o‘rnatishda professional loyihaga tayanish lozim. Zero, qo‘shningizga to‘g‘ri kelgan loyiha sizning uyingiz uchun to‘g‘ri kelmaydi. Buning uchun uyingizda quyosh panellari o‘rnatiladigan joy kun davomida quyoshdan kelayotgan energiya (radiatsiya)ni maksimal darajada tik holatda (mavsumga qarab) qabul qilishi uchun sharoit bo‘lishi kerak. Bunda panellarni o‘rnatish burchagi va panellar konfiguratsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Panellarni o‘rnatish burchagi joylashgan lokatsiyada quyoshga nisbatan joylashuvi hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarni amalga oshirishda maxsus qurilmalar va sputnik maʼlumotlaridan foydalanilsa, shuningdek, o‘lchov o‘ta aniq olinsa, yakuniy natija haqiqiy qiymatga yaqinlashadi. 5
Quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan sug‘orish tizimi Elektr taʼminotidan uzoq masofada joylashgan qishloq xo‘jaligi yerlari va bog‘lariga suv chiqarish uchun nasos stansiyasi o‘rnatish yaxshi variant hisoblanadi. Biroq o‘rnatilgan nasos stansiyasiga markaziy elektr uzatish tarmoqlarini tortib borish juda qimmatga tushishi mumkin. Shu sababli, yangi uzatish elektr tarmoqlarini tortish o‘rniga quyosh panellaridan foydalanib avtonom tizim yaratish afzal hisoblanadi. Quyosh energiyasidan sug‘orish tizimida foydalanish 6
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida quyosh energiyasi foydalanish ko‘rsatkichlari Bugungi kunda universitetda umumiy quvvati 145 kW bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi o‘rnatilgan. Ushbu elektr stansiyasini alohida jihati shundaki, O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari ichida birinchi marta quyosh energiyasini akkumulyatsiyalash tizimi universitetga o‘rnatildi. Ishlab chiqarilgan elektr energiya kutubxona va laboratoriya jihozlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun foydalaniladi. Bu tizimning afzalligi, elektr taʼminotida uzilishlar sodir bo‘lganda isteʼmolchilarni ikki soatgacha uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoni bo‘ladi. 7
Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent -2023
Search
Read the Text Version
- 1 - 8
Pages: