Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore MUQOBIL ENERGIYA 18

MUQOBIL ENERGIYA 18

Published by trey_gold, 2023-07-25 09:13:10

Description: MUQOBIL ENERGIYA 18

Search

Read the Text Version

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI №18 OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA MUQOBIL ENERGETIKANI JORIY ETISH DAYJEST Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023

Namangan muhandislik-qurilish institutini elektr energiyasiga boʼlgan ehtiyojini muqobil energiya hisobiga qoplash imkoniyatiga ega boʼldi Namangan muhandislik-qurilish institutining 7 ta binosiga jami 537,5 kVt quvvatdagi quyosh panellari oʼrnatilib, ishga tushirildi. Ushbu quyosh panellari “Yashil energiya” platformasiga kiritilgan. Shuningdek, viloyat “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ bilan elektr energiyasini sotish toʼgʼrisidagi shartnoma imzolandi. Institutning elektr energiyasiga boʼlgan yillik ehtiyoji 1 100 000 kVtni tashkil etadi. Institutda ishga tushirilgan foto-elektr stantsiyalari hozirda kuniga oʼrtacha 2500 kVtga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.Bu yil davomida 900 000 kVtni tashkil etadi va institutning elektr energiyasiga boʼlgan ehtiyojini 85- 90 foizi muqobil energiya yordamida qoplanadi. Natijada yiliga 900 mln. soʼmdan ortiq byudjet mablagʼlari tejalishiga erishiladi. 2

Namangan muhandislik-texnologiya institutida yana bitta quvvati 40 kVt bo‘lgan 80 ta quyosh penelidan iborat elektr stansiyasi ishga tushirildi Namangan muhandislik-texnologiya institutida Energiya tejamkor texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish borasida navbatdagi ish jarayonlari yakunlandi. Gap shundaki, institutning 7-o‘quv binosi tom qismida quvvati 40 kVt bo‘lgan 80 ta quyosh penelidan iborat quyosh elektr stansiyasi barpo etildi. Mazkur yo'nalish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida umimiy hisobda instutdagi mavjud jami quyosh elektr stansiyalarining quvvati 217 kVt miqdoriga yetkazildi.Endilikda elektr energiyasiga sarflanadigan mablag'lar tejab qolinadi va ushbu mablag'lar institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, o‘quv-auditoriyalari hamda laboratoriya xonalarini jixozlashga yo‘naltirilishi belgilangan. 3

Farg‘ona davlat universitetida qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan unumli foydalanilmoqda Joriy yilda universitetga 1 408 kVt li quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kunda 613 kVt li muqobil energiya manbalari o‘rnatildi. Natijada jami 177 720 kVt elektr energiyasi ishlab chiqildi. Bu orqali oliygohning elektr energiya to‘lovidan 142 mln 176 ming so‘m mablag‘i iqtisod qilindi. 4

Manbalar 1. https://t.me/NamMQI_rasmiy 2. https://t.me/nammtiuz 3. https://t.me/FarDUATM 5

Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook