Zamonaviy ilm poydevori ! +998 88 934-55-05 www.samytp.uz Manzil: Samarqand shahar Universitet xiyoboni, 15-uy
MUNDARIJA 01 0012 03 042 0035 06 04 07 05
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 22 - maydagi 313-son qaroriga muvofiq “Samarqand viloyati Yoshlar Texnoparki” MChJ tashkil etilib, 2022 - yilning aprel oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsin rivojlanish agentligi muassisligidagi yuridik shaxs hisoblanadi; Jamiyat faoliyati Oʻzbekiston, Innovatsion infratuzilmalar va texnoparklarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtiriladi; Ushbu jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining \"Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida\"gi Qonuni va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlar asosida ish olib boradi. Jamiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. MA`LUMOT UCHUN +998 88 934-55-05 www.samytp.uz Manzil: Samarqand shahar Universitet xiyoboni, 15-uy
TEXNOPARK FAOLIYATI HAQIDA Zamonaviy ta`lim Xizmat ko`rsatish Startap loyihalar bilan ishlash
BIZ HAQIMIZDA Bugungi kunda, Yoshlar texnoparkining shtat jadvalida 10 nafar asosiy va 4 nafar yordamchi xodimlari mavjud. Bugungi kunda 120 dan ortiq 7-yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Yoshlar texnoparkida tashkil etilgan 10 turdagi o‘quv kurslarida (robototexnika, kompyuter savodxonligi, web dasturlash, 3D modellashtirish va h.k.) zamonaviy kasblar bo‘yicha tahsil olib kelmoqdalar. UMUMIY MAYDONI Yoshlar texnoparki ikki qavatdan iborat bo‘lib, uzunligi 16,2 metr, eni 21,6 metrni tashkil etadi, umumiy maydoni yerto‘la bilan qo‘shib hisoblaganda 1049,76 kv metrni tashkil etadi.
ASOSIY O‘QUV XONALAR ASOSIY XONALAR Dizaynerlar xonasi Fizika va kimyo labaratoriyasi Robototexnika xonasi Marketing xonasi Mexatronika Ishlab chiqarish hududi Biznes inkubator Coworking xonasi Web dasturlash xonasi
MAQSADIMIZ Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlaridagi loyihalarning transferini Yoshlar texnoparki orqali amalga oshirish; Texnoparkda viloyatimizdagi innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi yetakchi tadbirkorlik subyektlari vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o'quv kurslari va treninglar tashkil etish; Viloyatimizdagi iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo'nalishlar bo'yicha loyihalarni saralash hamda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e'lon qilib boriladigan tanlovlarga yo'naltirish.
Samarqand viloyatining innovatsion salohiyatini yanada oshirish Aqliy mehnat samaradorligini 50 % dan oshirish Innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, viloyatimizni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta'minlash maqsadida ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish.
• TRENING • Seminar • Master klass • CSS batl (musobaqa) • Mahorat darsi O‘tkazilgan tadbirlar soni Qamrab olingan yoshlar soni
• Shahar markazi , comfort yorug` xonalar. • Kuchli Texnik baza va ajoyib atmosfera. • Qulay narxlar va ajoyib chegirmalar. • Amaliy darslar, sifatli ta`lim olish. • Bu o`quv markazi emas, haqiqiy texnopark. • Har juma kunlari kompyuterdan bepul foydalanish imkoniyati. • Imkoniyati cheklanganlar uchun to`lovsiz ta`lim.
HAR OYNING BIRINCHI DUSHANBASI 9:00—15:00 GA QADAR OCHIQ ESHIKLAR KUNI !
MKAUVRJSULDAR
TEXNOPARK REZIDENTLARI TOMONIDAN SHAKLLANTIRILGAN STARTAP LOYIHALAR Ushbu loyiha oliy va o`rta maxsus ta’lim uchun mo’ljallangan. Bunda о’rganuvchi virtual. Simulyator orqali tokarlik dastgohini boshqarishni o`rganadi. Loyihaning qiymati 450 mln so`m, har bir uskunaning sotuvdagi qiymati 20-30 mln so` m atrofida bo’ladi. “Ipakyo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim olayotgan 5 nafar talabalar “ Dneagle” loyihasida ish boshlashdi. Bustart-up Dneagle loyihaning asosiy maqsad ekologik jihatdan toza, elektr quvvatida harakatlanuvchi avtomobil ishlab chiqarish. Ushbu loyiha maqsadi shifokor “ROW MED” loyihasi mutaxassislar tizimini reytinglashni yo‘lga qo‘yish. Online navbatni tizimlashtirish. Bemorlar web-sayt orqali osongina navbatga qo’shilish imkoniyatini beradi. Loyihaning qiymati 800 mln so’m.
KO‘CHMA SLESARKA -LOYIHASI Buzilgan texnikalarga xizmat ko‘rsatish. Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda transport eksplutatsiyasiga ketgan vaqtni tejash maqsadida klasterlarga ishlab turgan joyiga borib xizmat ko‘rsatish Ishchi xodimlar soni: 8 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanadi. O‘quv markazlariga joriy qilinadi. CRM platformasi orqali tizimlashtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ishchi xodimlar soni: 4 ta “ Smart Trifte Water\" loyihasi \"
Texnoparkda mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun keng qulayliklar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, “coworking” markazi, innovatsion laboratoriya va ta’lim olish o‘quv xonalari, biznes inkubator, media markaz hamda oshxonasi tashkil etilgan. Samarqand yoshlar texnoparki yoshlarni ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini, ilmiy-texnik, innovatsion va startap- loyihalarni amaliyotga yo'naltiradi.
O`z robotingizni qo`lingiz bilan yasang va o`zingiz bilan olib keting! ROBOTOTEXNIKA KURSLARIDA • Elektronika • Mikroprotsessorli dasturlash (Arduino kids) • Dasturlash (Algoritmlash) • Injenerlik (Loyihalash) • Bloklar yordamida dasturlashni o`rganishingiz mumkin.
MAVJUD XIZMATLARIMIZ Samarqand Yoshlar texnoparkida, Maket yasash Hozirgi kunda 6 ta zamonaviy xizmati xizmat ko‘rsatish, texnopark mutaxassislari tomonidan yo’lga Dizaynerlar qo‘yilgan va kelajakda, mahalliy xizmati tadbirlar bilan hamkorlikda xizmat ko‘rsatish sohasini yanada Gravirovkalash rivojlantirish maqsad qilib qo‘yildi. xizmati Dasturiy ta`minot (CRM) 3D printer xizmati Reklama
Bino inshootlarni modellashtirish xizmati Siz uyingizda katta va shinam mehmonxona, barcha qulayliklarga ega oshxona va boshqa xonalar bo`lishini istaysiz! Lekin ularning dizaynini bilmayotgan bo`lsangiz! Bizning interyer va exteryer dizayn ( bino inshootlarni modellashtirish) xizmatimiz aynan siz uchun. Siz endilikda istalgan turdagi uy binolaringizni chizmasini oldindan ko`ra olasiz. Lazer orqali kesish va ishlov berish xizmati Vazifasi: Buyurtmachining talablariga asosan 10 mm gacha bo‘lgan qalinlikdagi plastik va taxta mahsulotlarini turli o‘lchamda kesib berish xizmati. 3D printer xizmati Vazifasi: Polimer mahsulotlarni eritib qo‘yish orqali istalgan jismlarni tayyorlash va prototiplashtirish. Maket yasash xizmati Me’moriy va zamonaviy maketlar. Maktab va avtomaktablar maketlari yangi shaharlar, bino-inshootlar, zavod va fabrika maketlari uy va hovli joylar maketlari va boshqa turdagi maketlar yasash xizmati mavjud.
TEXNIK USKUNALAR
Iqtidorli yoshlarning innovatsion loyiha va ishlanmalarini amalga oshirish uchun texnopark resurslaridan foydalangan holda birlamchi prototiplarini yaratishda amaliy yordam ko’rsatish. Iqtidorli yoshlarni bilim va malakalarini oshirish yo’li bilan texnopark rezidentlariga aylantirish. Texnoparkda ta`lim olgan va malaka oshirgan yoshlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlariga qarab yo’naltirish. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yoshlar o’rtasida biznes inkubator loyihasini tashkil qilish. Mahallalar bilan hamkorlikda uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirishni o`z ichiga oladi.
XALQARO MEHMONLARIMIZ Texnoparkda UzVC Venture Fund “Startup Growth” dasturi bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi. Amerikaning Silikon vohasidan tashrif buyurgan global tajribaga ega eksport investor Diaspora Ventures hamkori Marvin Liao uchrashuvdagi maxsus ma'ruzachi bo'ldi. 11-iyul Samarqand viloyati Yoshlar Texnoparkiga Italiyalik Gianmarco Volpe va Innovatsion rivojlanish agentligidan Xojiakbar Karimovlar tashrif buyurishdi. 9-iyun Turkiyaning “Ostim Teknopark” general manageri Dr. Derya Çağlar Samarqand viloyati Yoshlar Texnoparkiga tashrif buyurdi.
Yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar Ushbu dasturda ishtirok etish uchun o‘z g‘oyalari bilan murojaat qilgan 50 nafar yoshlar orasida 18 nafari saralab olinib ularga barcha bilim va ko‘nikmalar berildi va ko‘pkina tanlovlarda o‘z g‘oyalari bilan ishtirok etib g‘olib bo‘ldi. Samarqand viloyati yoshlar texnoparkida “InnoX” biznes inkubator dasturida ishtirok etgan Dinora Xudoyberdiyeva “Resin art” loyihasi va Temurbekning “Smart Trifte Water ” loyihasi bilan Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan tanlovda qatnashdilar. Hakamlar tomonidan ularning loyihasiga ijobiy fikr berildi va moliyalashtirishga taqdim etildi. Dasturda nimalar o`rgatiladi? 1. Dasturga kirish 5. Biznes plan 9. Sotuv rejasi 2. G`oya rejalashtirish 6. Jamoa shakllantirish 10. Taqdimot qilish 3. Start-up nima ? 7. Innovatsion yondashuv 11. Investorlar bilan 4. Talab va taklif 8. Marketing rejasi suhbat
TEXNOLOGIYALAR Bundan tashqari texnopark o‘z rezidentlari va viloyatdagi yosh olim va innovatorlar bilan birgalikda ilmiy va startap loyihalar ustida ish olib borish bilan bir qatorda, ishlab chiqaruvchilar hamda boshqa turdagi mijozlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.
ʼ
Search
Read the Text Version
- 1 - 26
Pages: