Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Webster University in Tashkent

Webster University in Tashkent

Published by khudoyberdiyevbozorbek, 2023-02-24 11:26:18

Description: Webster University in Tashkent

Search

Read the Text Version

OLIY TA’LIM MUASSALARIDA MUQOBIL ENERGETIKANI JORIY ETISH DAYJEST Toshkent - 2023

KIRISH Shiddat bilan oʻzgarib borayotgan hozirgi zamonda dunyo miqyosida elektr energiyaga boʻlgan ehtiyoj soat sayin oshib bormoqda. Qazilma boyliklari mavjud va energetik potensiali yuqori davlatlarning energiya zaxiralaridan foydalanish uchun raqobat ketmoqda. Oʻzbekistonda aholi soni tobora oshib borishi hamda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, turmush darajasi yaxshilangani sari elektr energiyaga boʻlgan talab ham oshib bormoqda. Soʻnggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi isteʼmoli 20 foizga, jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu koʻrsatkich yiliga 6 foizdan oʻsib bormoqda. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida kuzatilayotgan rivojlanish surʼatlari, eng avvalo, elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojning ham oʻsishiga olib kelmoqda. 2

KIRISH Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy taʼlim muassasalariga 2023/2024-oʻquv yilida muqobil energetikadan foydalanish choralarini koʻrish topshirigʻi berildi. Tegishli topshiriqqa muvofiq, OTMlar tomonidan muqobil energiya manbalarini oʻrnatish boʻyicha mavjud imkoniyatlarni oʻrganish maqsadida quyidagi vazifalar qoʻyilgan: - elektr energiya bilan taʼminlaydigan quyosh panellarini oʻrnatish ishlariga alohida eʼtibor qaratish; − OTMlarning mavjud oʻquv, laboratoriya, yordamchi va yotoqxona binolarining tom qismini mutaxassis jalb qilgan holda texnik jihatdan quyosh panellarini oʻrnatish imkoniyatini aniqlash; − qancha kVt quvvatga ega boʻlgan panellarni joylashtirish mumkinligini aniqlash; − oʻrnatilishi mumkin boʻlgan quyosh panellari orqali mavjud ehtiyojning qancha qismini qoplash mumkinligini aniqlash. 3

Toshkent shahridagi Vebster Universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish Markazida amalga oshirilgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar Universitetning talabalar turar joyi, sport zal binolaridagi umumiy 61 ta yuvunish xonalari hamda oshxonani issiq suv bilan ta’minlash uchun jami hajmi 5000 litr ga teng boʻlgan quyosh suv isitish kollektorlari 160 million soʻm mablagʻ hisobiga xarid qilindi. Buning natijasida 1 oyda 3000 m3 tabiiy gaz va 3690 kvt.soat elektr energiyasi tejalmoqda. Quyosh suv isitish kollektorlari 1 yilda 8 oy to’liq samarodlik bilan ishlaydi deb xisoblaganda 1 yilda 24 000 m3 tabiiy gaz va 31680 kvt.soat elektr energiya tejab qolinadi, shunda elektr energiyadan 14 256 000 so’mlik, tabiiy gazdan esa 15 840 00 soʻm, umumiy hisobda 30 096 000 so’m mablagʻ tejab qolinishi reja qilingan. 4

Toshkent shahridagi Vebster Universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish Markazida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar Toshkent shahridagi Vebster universitetining yil davomida chegaralangan elektr energiya miqdori 1200 ming kVt/soatga teng. Shundan 1 yilda 860 ming kVt/soat ishlatib kelinmoqda. 2023-yil uchun ushbu ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qolmoqda. Talabni qondirish uchun toʻliq 100% qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish maqsadida oʻrnatilishi lozim boʻlgan quvvat 1 kVt quyosh panellarining 1 yilllik ishlab chiqarish quvvati 2000 kVt/soat hisobidan kelib chiqib, 430 kVt li quyosh panellarini oʻrnatish talab qilinadi. Universitet bino tom qismiga 960 m2 li oʻrnatilishi mumkin bo‘lgan, texnik shartlariga ko‘ra maxsimal 120 kVtli quyosh panellarini oʻrnatilishi reja qilingan. Universitet hududida 120 kVtli quyosh elektr stansiyasi o’rnatilganda: - 1 kunda 960 kvt/soat; - 1 oyda 28800 kv/soat; - 1 yilda quyosh panellarini ish faoliyati 8 oy deb hisoblanganda 230400 kvt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarish mumkin. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga asoslanib rejalashtirilayotgan 120kvt/soat quyosh elektrostansiyasidan yillik 108,288,000 so’m mablag‘ tejalishi kutilmoqda. 5

2023 – Yildagi rejalar Binolar nomi O‘rnatiladigan panel Talab etiladigan Amalga oshirish quvvati (kVT) mablagʻ(million. soʻmda) muddati Asosiy o‘quv 60 750 2023-yil, 3-chorak binosi 30 2023-yil, 3-chorak 30 375 2023-yil, 2-chorak Ikkinchi o‘quv va TTJ binosi 120 375 0 Oshxona va 1500 sport zal binosi Jami 6

2023 – YILDAGI REJALAR Quyosh panellarini oʻrnatish uchun quyidagi oʻquv binolari va talabalar turar joylari tanlab olindi. Binolar Tomning Quyosh paneli O‘rnatilgan O‘rnatiladigan nomi umumiy o‘rnatish uchun panel quvvati panel quvvati maydoni talab etiladigan (kVT) (kVT) (m2) maydon (m2) Asosiy 2386 480 0 60 o‘quv 1172 240 0 30 binosi 700 240 0 30 Ikkinchi 960 0 120 o‘quv va TTJ binosi Oshxona va sport zal binosi Jami 4258 7

Toshkent - 2023


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook