Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore prez13

prez13

Published by Жахонгир Хакимов, 2022-11-12 20:11:22

Description: prez13

Search

Read the Text Version

INTENSIV MEVA YETISHTIRISH FABRIKASI Zamonaviy intensiv bogʻ barpo qiling va 25-40 yil davomida barqaror biznes egasi boʻling Yillik 90% sof foyda Sarmoya qaytish muddati (ROI) atigi 4-5 yil

Intensiv bogʻning 5 yillik taxminiy moliyaviy koʻrsatkichlari (10 ga hisobida) Bog‘ni tashkil Bog‘ 1 yoshda Bog‘ 2 yoshda Bog‘ 3 yoshda Bog‘ 4 yoshda Bog‘ 5 yoshda qilish yili Ilk nishona Ilk tijoriy hosil 3x ko‘proq hosil sarmoyani qoplanishi maksimal foyda 10 gektar maydonga Agrotexnika sotib olish: Sof foyda: Sof foyda: Sof foyda: Sof foyda: 6,600 dona ko’chat ekiladi Traktor, tirkama, chizel va dori $33,000 - $25,000 ≈ $8,000 $99,000 - $30,000 ≈ $69,000 $264,000 - $35,000 ≈ $229,000 $363,000 - $40,000 ≈ $323,000 Sarmoya: ~ $20,000 sepish uskunasi Sarmoya: ~ $35,000 Daromad: Daromad: Daromad: Daromad: Tomchilatib sug’orish tizimini 6,600 ko’chat x 5 kg ≈ 33,000 kg 6,600 ko’chat x 15 kg ≈ 99,000 kg 6,600 ko’chat x 40 kg ≈ 264,000 kg 6,600 ko’chat x 55 kg ≈ 363,000 kg o’rnatish Bog’ni parvarish qilish 33,000 kg x $1,0 ≈ $33,000 99,000 kg x $1,0 ≈ $99,000 264,000 kg x $1,0 ≈ $264,000 363,000 kg x $1,0 ≈ $363,000 Sarmoya: ~ $25,000 Yillik xarajat: ~ $20,000 Xarajat: Xarajat: Xarajat: Xarajat: Bog'ni parvarish qilish 10 gektar x $2,500 ≈ $25,000 10 gektar x $3,000 ≈ $30,000 10 gektar x $3,500 ≈ $35,000 10 gektar x $4,000 ≈ $40,000 Yillik xarajat: ~ $20,000 Yerni tayyorlash va boshqa ishlar Sarmoya: ~ $10,000 * Hosildorlik koʻrsatkichlari va narxlar jahondagi va Oʻzbekistondagi oʻrtacha raqamlar asosida hisoblangan; * Hisob-kitoblar asosan oʻrik, shaftoli, nektarin va olxoʻri bogʻlari uchun berilgan. Raqamlar ekilgan meva navi, bogʻda amalga oshirilgan ishlar sifati va ob-havo shartlaridan kelib chiqib farq qilishi mumkin. Ammo intensiv klon payvandtagli koʻchatlar fabrikangizning ushbu koʻrsatkichlarga chiqishida eng muhim omil sanaladi.

Intensiv bogʻning 10 yillik taxminiy moliyaviy jadvali (10 ga hisobida) Muddat Sarmoya Xarajat Daromad Foyda Sarmoya -$55,000 -$20,000 - -$75,000 qaytishi Bog’ tashkil -$35,000 -$20,000 - -$55,000 -$75,000 qilish yili -$25,000 $8,000 -$130,000 - -$30,000 $33,000 $69,000 -$122,000 1-yosh - -$35,000 $99,000 $229,000 -$53,000 2-yosh - -$40,000 $264,000 $323,000 $176,000 3-yosh - -$40,000 $363,000 $214,100 $499,000 4-yosh - -$40,000 $254,100 $214,100 $713,100 5-yosh - -$40,000 $254,100 $214,100 $927,200 6-yosh - -$40,000 $254,100 $214,100 $1,141,300 7-yosh - -$40,000 $254,100 $214,100 $1,355,400 8-yosh - -$370,000 $254,100 $1,659,500 $1,569,500 9-yosh -$90,000 $2,029,500 10-yosh $1,569,500 Jami:

Jadvalda berilgan ko‘rsatkichlarga erishish quyidagi omillarga bog‘liq: Intensiv bog‘dorchilik biznesiga “MEVA YETISHTIRISH FABRIKASI” prinsipida yondashing!!! Intensiv bog‘ ham boshqa har qanday zavod va ishlab chiqarish kabi bir fabrika bo‘lib, yagona farqi ochiq osmon ostida joylashganligidir. Bu fabrika ham, rejali, tizimli, jiddiy va mas‘uliyatli yondashuvni talab qiladi. Koʻchatlar - faqatgina intensiv klon payvandtagli koʻchatlarni eking, sababi daraxtlar fabrikaning asosiy uskunasi bo’lib, biznesingiz poydevori hisoblanadi. Har qanday fabrikada ishlab chiqarish uskunasi zamonaviy va yuqori mahsuldor boʻlmasa, samaraga erishish, hamda muvaffaqiyatli boʻlish imkonsizdir. Intensiv klon payvandtaglar, avvalo maxsus navlarining xususiyatlari, ularni ko‘paytirish texnologiyasi va juda ko‘p popuk ildizlari sababli: - 2-yoshidan tijoriy hosil beradi va daromad keltirishni boshlaydi; - 5-yoshidan har bir gektardan 30-33 tonna hosil beradi; - hosilning 80% dan ortiq qismi eksportbop va yuqori sifatli bo‘ladi; - daraxtlar 20 yildan ziyod tijoriy hosil beradi. Sugʻorish tizimi - daraxtlarni eski ariq usulida sugʻormang. Faqatgina sug’orish tizimlaridan foydalaning, sababi bu tizim, suv resurslarini tejashdan tashqari, eng muhimi fabrikangizning asosiy uskunasi bo’lgan daraxtlarning: - ortiqcha suv yoki aksincha suvsizlikdan stressga tushmasligini; - ildizlariga toʻgʻridan-toʻgʻri teng miqdorda suv va ozuqaning yetib borishini; - baland-past adirli yerlarda ham samarali sugʻorilishini ta’minlaydi. Traktor va boshqa agrotexnika - meva yetishtirish fabrikasi tashkil qilgan biznes egasi barcha boshqa bizneslarda bo‘lgani kabi faoliyat yuritishi uchun shart bo‘lgan barcha texnikalarni sotib olishi zarur. Bular, traktor va uning tirkamasi, chizel, dori sepish uskunasi va boshqalar. Meva yetishtirish fabrikasi faoliyatini boshqarish - bog‘ni parvarish qilish doirasidagi barcha texnologik jarayonlar faqatgina tajribali mutahassislar tarafidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi shart.

Zamonaviy intensiv meva yetishtirish fabrikasi. AQSH. Kaliforniya

Zamonaviy intensiv meva yetishtirish fabrikasi. Rossiya Federatsiyasi. Krasnodar.

Meva yetishtirish fabrikasi - ya‘ni intensiv bog‘ tashkil qilish bosqichlari: Biznes rejasini tuzish Bundagi asosiy maqsad, investitsiyaviy va operatsion faoliyat uchun mavjud moliyaviy imkoniyatlarni to‘g‘ri baholash va kelajakdagi pul harakatida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik. Meva turi va navini to‘g‘ri tanlash Yer maydoni joylashgan hududga agronomiya nuqtayi nazaridan mos keladigan va kelajakda moliyaviy foyda olib keladigan meva turi va navini toʻgʻri tanlash muhim boʻladi. Shuningdek, yer maydonidagi tuproq va suv manbasi tahlilini qildirish maqsadga muvofiq. Meva turi va navi, hamda payvandtag tanlashda biz sizga toʻliq koʻmak beramiz. Intensiv ko‘chat harid qilish Meva yetishtirish farikasining asosiy uskunasi boʻlgan intensiv klon payvandtagli koʻchatlarni ishonchli ishlab chiqaruvchidan xarid qilish muhim hisoblanadi. Koʻchatlarning deyarli 2 yillik muddat davomida yetishtirilishini inobatga olib, siz reja qilgan meva koʻchatlariga bir yil oldindan buyurtma berish zarur boʻladi. Aks holda ekish mavsumida aynan siz reja qilgan meva turi va navini kerakli miqdorda topish imkoni boʻlmaydi. Bu ish ham Mevali Group bilan birga juda oson. Biz sizga, muvofiqlik va karantin sertifikatlariga ega boʻlgan sifatli koʻchatlarni yetkazib beramiz. Tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish Ko‘chatlarni ekishdan oldin yerning do‘ngaklik va chuqurlik joylari tekislanib tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatiladi. Biz sizga bir qator tajribali injiniring kompaniyalarini tavsiya qilamiz va siz ularning xizmatidan bemalol foydalanishingiz mumkin bo’ladi. Bog‘ maydonini tayyorlash va ko‘chatlarni ekish Bog‘ maydoni 1 metrlik yer yoruvchi omoch bilan yoriladi. Bu agrotexnik tadbir kelajakda daraxtlarning ildizlari tez rivojlanishi va natijada daraxtlarning tez katta bo‘lishini ta‘minlaydi. Shundan so‘ng ko‘chat ekiladigan chuqurlar ochiladi va ko‘chatlar ekiladi.

Zamonaviy intensiv meva yetishtirish fabrikasida biznes jarayonlar. AQSH. Viskonsin

Meva yetishtirish fabrikasi - ya‘ni intensiv bog‘ biznesini boshqarish: 1 Yil davomida bajariladigan ishlar rejasini tuzish va yilllik byudjetni hisoblash; 2 Daraxtlarning tizimli va to‘g‘ri sug‘orilishini ta‘minlash; 3 Daraxtlarni o‘z vaqtida butash va to‘g‘ri shakl berish; 4 Turli xil kasalliklar va hasharotlarga qarshi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish; 5 Daraxtlarni zarur miqdorlarda ozuqa va o‘g‘itlar bilan ta‘minlash; 6 Berilgan ozuqani daraxtlar to‘liq olishi uchun yovvoyi o‘tlarga qarshi samarali kurashish; 7 Hosil olish boshlanganda me‘yoridan ortiq mevalarni uzib siyraklashtirish; 8 Har qanday biznesda bo‘lganidek: marketing, moliya, inson resurslarini boshqarish, ta‘minot va logistika kabi funksiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish. Yuqoridagi ishlarni to‘g‘ri tashkil etish va amalga oshirish uchun siz Mevali Group ning xalqaro toifadagi, malakali agronomlari xizmatidan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Biz bilan birga bu jarayonlar ham juda oson. MUHIM IZOH: Yuqorida keltirilgan texnologik tadbirlar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilmagan holda, hamda boshqa funksiyalar joriy etilmaganda, har qanday biznesda bo‘lganidek, meva yetishtirish biznesidan ham samara va foyda olish mushkul bo‘ladi. Texnologik tadbirlar kechiktirilgan har bir kun, bog‘ning unumdorligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Maqsad - daraxtlarning stressga tushmasligi, aks holda daraxt sizga meva berishni emas, balki o‘z jonini saqlashni birinchi vazifa qilib belgilaydi.

Mevali Group haqida Mevali Group kompaniyasiga Oʻzbekiston va Turkiya hamkorligida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 2017-yilda asos solingan. Bugungi kunda kompaniyamiz Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlaridagi tadbirkorlarga sifatli va ishonchli koʻchatlar yetkazib berish bilan bir qatorda, har bir bosqichda toʻliq koʻmak berib kelmoqda. Ayniqsa kompaniyamizning kafolat shartlari mijozlarimiz tarafidan doimo yuqori baholanadi. Buning natijasida Oʻzbekistonning turli viloyatlarida bizning koʻchatlarimiz yordamida tashkil etilgan bodom, oʻrik, olxoʻri, shaftoli, nektarin, anjir-shaftoli, gilos, olma, nok, behi va yongʻoq intensiv bogʻlari maydoni 1.000 gektardan oshdi va oʻz egalariga katta foyda keltirmoqda. Oliy Maqsadimiz O‘rta Osiyo va Kavkaz mintaqasida qishloq xo‘jaligi biznesini 1000 1.0mln rivojlantirish borasida istalgan hamkor bo‘lish donadan ortiq gektardan ortiq intensiv koʻchatlar Biznesimiz vazifasi intensiv bogʻlar Ko‘chatdan - eksportgacha tamoyilida, qishloq xo‘jaligi biznesini uzoq muddatli rivojlantirishda, hosildorlikning son va sifat ko‘rsatkichlarini dunyo o‘rtalamasidan yuqori tutish barobarida, tabiatga ma‘sul bo‘lish va moliyaviy samaradorlikni ta‘minlash. Kompaniyamiz faoliyat yo‘nalishlari: 1.5mln donadan ziyod - Agro biznes va agrotexnik konsultatsiya berish; intensiv klon - Intensiv klon payvandtaglar yetishtirish; payvandtaglar - Meva ko‘chatlari yetishtirish; - Hissadorlik jamiyati shaklida intensiv bog‘lar tashkil etish.

Mevali Group asoschilari Mansur Rahimov va İrfan Muzaffer Ay

Mevali Group ning Toshkent viloyatidagi payvantag ko’chatlar yetishtirish fabrikasi

Mevali Group mijozlarining fikrlari Mevali Group bilan 2018-yildan beri hamkorlik qilib kelamiz. Ilk bosqichda 6 gektar maydonda o'rik, shaftoli, olxo'ri, nok, gilos, anor va behi intensiv ko'chatlaridan bog' tashkil qildik. Ikkinchi bosqichda esa 2020-yilda 16 gektar maydonda Fransiyaning ferragnes navli bodom navidan bog' tashkil qildik. Bog'imizdagi daraxtlarning tez o'sishi va 2 yoshida mevaga kirgani hamda Mevali Group ning kafolat shartlarini to'liq bajargani bizni juda xursand qildi. Komiljon Mamadiyev, Gold Chandler Intensive MCHJ rahbari Andijon viloyati, Andijon tumani Biz 2019-yili 7 gektar maydonda o'rik olxo'ri va shaftoli ko'chatlaridan bog' barpo qildik. Mevali Group vakillari menga, intensiv klon payvandtagli ko'chatlar tez o'sadi, bir yoshda nishona ko'rsatib 2 yoshida xosil beradi va erta pishar navlar ekilsa juda yaxshi daromad keltirishni boshlaydi deganda unchalik ishonmagan edim. Ammo 2021-yili bog'ning 2 yoshida sifatli mevalar sotishni boshladik va juda yaxshi daromad qilyabmiz. Shundan so'ng viloyatimizdagi boshqa bog' tashkil qilmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga ham Mevali Group dileri sifatida xizmat ko'rsatishni boshladim. O'tgan 3 yil mobaynida 200 gektardan ziyod maydonda bog' tashkil qildik. Muzaffar Erjonov, Bozorboy Ne'mati FX rahbari, Xorazm viloyati, Shovot tumani Mevali Group bilan 2019-yildan beri ishlaymiz. O'tgan 3 yil davomida 5 gektar yong'oq, 5 gektar bodom va 1 gektar gilos bog'i tashkil qildik. Mevali Group tutmagan ko'chatlarni kafolat shartlari asosida yetarli miqdorda va o'z vaqtida yetkazib berishi biz uchun juda qulay. Bu yil esa 2020-yilda ekilgan ferragnes bodom ko'chatlaridan nishona oldik va keyingil yildan xosil olishni boshlaymiz. Rashidxon Xalimov, Soxibkor Tong Shulasi FX rahbari, Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumani Biz 2020-yilda 4 gektar maydonda ferragnes navli bodom ko'chatlaridan bog' tashkil qildik. Shundan so'ng 2022-yilda yana 10 gektar maydonga o'rik va olxo'ri intensiv ko'chatlari ekib bog'imizni 14 gektarga yetkazdik. Ko'chatlar haqiqatan juda tez bo'y oldi va tutmagan ko'chatlar tezlik bilan kafolat shartlari asosida bepul yetkazib berildi. Mevali Group kompaniyasi bilan hamkorlik qilishni barcha tadbirkorlarga tavsiya qilamiz. Ulug'bek Xolmatov, Fast Grow Export MCHJ, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani

Biz bilan bogʻlaning va uzoq muddatli, yillik oʻrtacha 90% sof foyda olib keluvchi, zamonaviy agrobisnezga sarmoya kiriting. Oʻzbekiston, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Ahmad Yassaviy MFY (AKIS roʻparasida) +998 97 444-11-01 [email protected] mevaligroup mevaligroup www.mevali.uz QR kod orqali saytimizga tashrif buyuring va batafsil ma’lumot oling!


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook