Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore O'rmon

O'rmon

Published by Timur Azamov, 2023-08-11 12:23:25

Description: O'rmon

Search

Read the Text Version

O‘RMON Biz bugun o‘rmon nima ekanligi bilan tanishamiz. Bu ko‘p sonli daraxtlar o‘sadigan joyning nomi. Ularning barchasi bir-biriga juda yaqin joylashgan holda o‘sadi. O‘rmon juda katta yer maydonini egallaydi. O‘rmonda quyidagi daraxtlarni uchratish mumkin.

Daraxtlar Oq qayin Eman (dub) Jo‘ka Shum tol (shung) Zarang (chinor) Tol Tilog‘och Qarag‘ay Qorarag‘ay Ryabina Kedr Pixta

Janubiy tropik o‘rmonlarda boshqa daraxtlarni ham uchratish mumkin. Yilning qaysi fasli bo‘lishidan qat’i nazar, o‘rmon har doim ajoyib darajada chiroyli! Unda asta-sekin sayr qilish esa, juda yoqimli. O‘rmonda nimalar yashaydi? Eng muhimi, hayvonlar, hasharot va qushlarning va soni va turlari o‘rmonlarda turlicha.

Hayvonlar Bo‘ri Tulki Ayiq Olmaxon Yovvoyi quyon Silovsin Yovvoyi cho‘chqa Los Kiyik Suvsar Qunduz Yenot Burunduq Tipratikon Ko‘r kalamush

Hashoratlar Asalari Ari Kapalak Chumoli Qo‘ng‘iz Qushlar синичка Qizil ishton клест Qarg‘a снегирь Hakka

Ukki Kakku зяблик

O‘rmon ahlining ba’zilar teshiklarda yoki uyalarda, daraxtlardagi kavaklarda, boshqalari esa, butalar ostida yoki eng chuqur chakalakzorlarda yashaydilar. Albatta, barcha hayvonlarni har bir o‘rmonda uchratish mumkin emas. Qanday bo‘lmasin, o‘rmonda har doim ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Shunda na biz hayvonlarn, na ular bizni bezovta qilmaydi. O‘rmonda hamma birga yashaydi. Barcha qushlar, hayvonlar, hasharotlar va o‘simliklar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, shuning uchun o‘rmon tabiiy jamoa deb ham ataladi. O‘rmon haqida aql bovar qilmaydigan qiziqarli faktlar 1. Agar yer sayyorasida o‘rmon bo‘lmaganida, odamlar uchun kislorod yetarli bo‘lmasdi, ya’ni yerda hayot imkonsiz bo‘lar edi. O‘rmonlar sayyoramizning o‘pkasi bo‘lib, ular biz chiqaradigan karbonat angidridni qayta ishlaydi 2. Barcha quruqlikdagi hayvonlarning yarmi o‘rmonlarda yashaydi. 3. O‘rmonlar butun yerning uchdan bir qismini egallaydi. 4. Barcha o‘rmonlarning taxminan to‘rtdan bir qismini tayga egallaydi. U asosan ignabargli daraxtlardan iborat. Tayga butun sayyora uchun muhim bo‘lgan o‘rmon.

5. Daraxtlar soni odamlar sonidan 60 baravar ko‘p. 6. Butun yer yuzidagi ignabargli daraxtlarning taxminan yarmi Rossiyada o‘sadi. 7. Oq qayin eng keng tarqalgan bargli daraxt hisoblanadi. 8. Daraxt butun umri davomida o‘sadi. 9. Daraxt haddan tashqari issiqlikdan himoya qiladi. Shuning uchun issiq yozda daraxtlar soyasida har doim salqinroq bo‘ladi. 10. Eng baland daraxt doimiy yashil sekvoya hisoblanadi. Balandligi 115 metrga yetishi mumkin. Amerikada o‘sgan.

Mustahkamlash Amazonka o‘rmoni Savol Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar O‘rmon haqida so‘zlab bering? O‘rmonga borishni istaysizmi va nima uchun? Yozing Gaplarni to‘ldiring 1. Daraxt __baland _. 2. O‘rmonda ________ _________. 3. __________ kislorod manbayi.

4. O‘zbekistonda o‘rmon __________ . Kalit baland, uzun hayvonlar yashaydi, o‘rmon, hashorat, ko‘p, so‘zlar daraxt, bor, uchadi. O‘yin. Toping To‘rtinchisi ortiqcha Toping O‘rmonni toping


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook