Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Katalog Andijon full (2)(16-57) (2)

Katalog Andijon full (2)(16-57) (2)

Published by Guset User, 2023-07-29 11:33:13

Description: Katalog Andijon full (2)(16-57) (2)

Search

Read the Text Version

Mundarija 1. Texnopark haqida 2. Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish yo‘nalishi bo‘yicha 3. Dasturiy va texnologik maxsulotlari ishlab chiqarish faoliyati 4. Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar 5. Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar tashkil etish faoliyati 6. Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar 1

Texnopark haqida Andijon Yoshlar texnoparki 2021 yilning sentyabr oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Andijon viloyatining Andijon shahrida joylashgan ushbu texnopark yoshlar, talabalar, olimlar hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z loyihalarini va g'oyalarini amalga oshirish hamda rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga ega, zamon talablariga javob beruvchi eng so'ngi rusumdagi jihozlangan o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi. “Andijon Yoshlar texnoparki” yiliga 560 nafar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohaga qiziquvchi yoshlarni “Web-dasturlash”, “Robototexnika”, “3D modellashtirish”, Grafik dizayn va Web-dizayn kabi 5 ta yo‘nalishlarida o‘qitish imkoniga ega. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarni axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakalarini oshirish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilgan O‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bepul internet zamonaviy kompyuter to‘plamlari, 3D printerlar, Ardiuno va lego qurilmalari mavjud. 2

Texnopark haqida O‘quv kurslar davomida yo‘nalishlar kesimida tinglovchilar talablari asosida yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar, master-klasslar va ilmiy-texnik konferensiyalar tashkil etib boriladi hamda iqtidorli tinglovchilar turli respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, Yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirishda amaliy ko‘maklashadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining grantlar ajratish yuzasidan eʼlon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, texnopark binosida xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish maydoni mavjud bo‘lib Lazerli kesish, universal frezerlash, qattiq jismlarni qayta ishlash, presslash hamda universal burg‘ilash uskunalari bilan jihozlangan. Ushbu dastgohlar yordamida viloyatda faoliyat yuritayotgan korxonalar hamda sanoat zonalari uchun qattiq jismlarga qayta ishlov berish va ishlab chiqarishda zaruriy bo‘lgan mahsulotlar tayyorlash orqali xizmat ko‘rsatiladi. Hozirgi kunda Texnoparkning ishlab chiqarish hududida 5 ta zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari mavjud bo‘lib, ularda Texnopark mutaxassislari tomonidan 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida 10 dan ortiq xizmat turlari ko‘rsatilib 0.55 mlrd so‘mlik daromad olindi. Texnopark tomonidan yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida iqtidorli yoshlar va talabalarning ijodiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan «InnoX» biznes-inkubator faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida 50 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari doirasida 7000 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi. 3

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha Zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Andijon yoshlar texnoparki tomonidan “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida dasturlash, grafik dizayn, 3D modellashtirish, mobil dasturlash, SMM (social media marketing) va robototexnika yo‘nalishlarida 3 oylik bepul o‘quv kurslari tashkil etilgan. Hududdagi yoshlarning amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Business Management School”, G‘oyadan startapgacha va “Innovatorlar kuni” loyihalari amalga oshirilmoqda. 4

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing 1 500 nafar yoshlar 4 marta “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihaga qamrab olindi “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi tashkil etildi 325 nafar yoshlar 552,6 mln so‘m “Zamonaviy kasblarni bepul Qiymatidagi o‘quv kurslari bepul o‘rganing” loyihasiga jalb qilindi o‘qitildi Ushbu loyiha bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash bilan birga, ularga mustaqil daromad topish va AT kasblarini o‘rganishiga ham birdek yordam beradi. Ushbu talabalar egallagan mutaxassisliklari bilan ulardan bir nechtasi texnoaprkda frilanserlik faoliyati va o‘z startaplarini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqdalar. 5

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha “Business Management School” Yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion- korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida har oyda 1 marta muvaffaqiyatli startap egalari, yetakchi kompaniyalar vakillari hamda malakali mutaxassislar ishtirokida trening mashg‘ulotlari tashkil etilishi yo‘lga qo‘yildi. G‘oyadan startapgacha. Haftada 2 marotaba oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda boshqa iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda g‘oyalarni rivojlantirish, mahsulotning bozor va marketing tahlili, biznes reja tuzish hamda moliyalashtirishga tayyorlash bo‘yicha seminar treyninglar tashkil etilmoqda. Innovatorlar kuni. Hafianing shanba kunlari soat 15:00 dan 17:00 gacha o‘zining g‘oyalariga ega bo‘lgan yoshlarga yo‘nalishlar va maslahatlar berish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, startap loyiha egalarini o‘z g‘oyalarining prototiplarini tayyorlashlariga ko‘maklashish maqsadida Andijon Yoshlar Texnoparkining ishlab chiqarish maydoni tarkibida tashkil etilgan «FabLab» (fabrisation labaratory) prototiplash laboratoriyasidan foydalanish imkoniyati berildi. 6

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha “InnoX” biznes-inkubatori faoliyati bo‘yicha Ro'yxatdan о‘tish 3 oylik o'quv kursi Inkubatsiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar Startapni texnik va moliyaviy shakillantirish, mahalliy va xorijiy www.yoshlartexnoparki.uz sayti orqali qabul qilinadi. investitsiya hamda grantlar jalb etishga tayyorlash. Dastlabki texnik ekspertiza Demo day Akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun kelib tushgan Inkubatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o'tgan istiqbolli loyihalarga loyihalar texnik ekpertizadan o'tkaziladi va saralab olinadi. investitsiyalar jalb qilish maqsadida investorlarga taqdimot o'tkazish. Mentorlarni biriktirish Seed funding Akseleratsiya jarayoniga o'tgan loyihalarga malakali mutaxassislar jalb qilinadi. Ekspertlar tomonidan demo kunida saralanib olingan loyihalarni moliyalashtirish uchun vazirlikka taqdim etish. 1. DASTUR NATIJALARIGA KO'RA: 2. 25 TA STARTAP LOYIHA SHAKILLANTIRILADI 3. TEXNOPARK REZIDENTLIGIGA QABUL QILINADI 4. VENCHUR FONDLAR VA GRANT TANLOVLARGA YO‘NALTIRILADI 635,5 mln so‘m 75 ta Dasturga ajratilgan mablag‘ Loyiha qabul qilinadi va o‘qitiladi qiymati 7

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha “InnoX” biznes-inkubator dasturini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan nizomga muvofiq Andijon Yoshlar Texnoparkida “InnoX” biznes-inkubator dasturi ishga tushirildi. Bugungi kunga qadar ushbu loyiha biznes inkubator dasturi sifatida texnopark tomonidan 3 bor tashkil etilgan. 60 ta 4 ta Startap loyihalar shakillantirildi Startap loyihalar moliyalashtirildi 23 ta 2,9 mlrd so‘m Startap loyihalar Innovatsion Moliyalashtirilgan startap rivojlanish agentligining grant loyihalarning umumiy qiymati tanlovlariga yo‘naltirildi 14 ta Startap loyihalar xalqaro grant tanlovlariga yo‘naltirildi 8

Dasturiy va texnologik maxsulotlari ishlab chiqarish faoliyati “N-yordam” onlayn platformasi Viloyat tashkilotlarini sifatli dasturiy va texnologik mahsulotlarga ehtiyojlari o‘rganib borilmoqda va shu asosida “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlari rivojlantirish” boshqarmasi takliflari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan va nafaqa yoshidagi shaxslarga, uydan turib zarur bo‘lgan protez buyumlari hamda sog‘lomlashtirish sihatgohlarida dam olish uchun ariza qoldirish, navbatni onlayn kuzatib borish, korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida “N-yordam” onlayn platformasi ishga tushirildi. 9

Ishlab chiqarish sohaCRsMidpalagtfioarmmasai lga oshirilgan ishlar Viloyatdagi nodavlat ta’lim muassasalari hamda respublika Yoshlar texnoparklaridagi o‘quv tizimi faoliyatini avtomatlashtirish maqsadida www.yoshlartexnoparki.uz CRM platformasi ishga tushirilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Andijon yoshlar texnoparki ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydonida «FabLab» prototiplash laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, laboratoriya zamonaviy dastgohlar bilan taʼminlangan. Ishlab chiqarish maydonchasida import o‘rnini bosuvchi qoliplarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 10

Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar Bugungi kunda xorijdan olib kelinayotgan mayda detallarni mahalliylashtirish bo‘yicha Eron davlatidan olib kelinayotgan 2 xil turdagi detallarni texnopark ishlab chiqarish pavilonida tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda jami 8 turdagi tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba sinov ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari hozirgi kunga qadar ichki bozorga metall va taxtaga ishlov berish xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Mavjud uskunalar CNC Universal frezerlash Tokar dastgohi CS6266C/8000 dastgohi VMC-850 CNC Universal frezerlash Universal burg'ulash mashinasi dastgohi VMC-850 Z5140B 11

Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar Lazer bilan kesish dastgohi 3D printerlar “Yangi Andijon” shahrida ko‘p qavatli binolar hamda boshqa qurilish jarayonlarida ishtirok etayotgan Turkiyaning “Yeni Kazan Insaat” qurulish tashkiloti uchun zamonaviy yoritish ustunlarini o‘rnatishda foydalanadigan “Anker”larni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi. 12

Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar «O‘zAuto-Austem» AJning xorijdan olib kelinayotgan mayda detallarini mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan «Uz-SeMyung ko» qo‘shma korxonasining «Damas» va boshqa turdagi avtomobilining butlovchi detalini Andijon Yoshlar Texnoparki «FabLab» prototiplash laboratoriyasida ishlab chiqarish bo‘yicha takliflar olindi. 20 nafar yoshlar Andijon Yoshlar Texnoparkining “FabLab” prototiplash laboratoriyasida payvandlash, tokar ustasi, ChPU uskunasi operatorligi va injener konstruktorlik yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan 3 oylik kasb maktablariga ustoz-shogird shaklida qabul qilindi. kurs yakunida mutaxassislikni tasdiqlovchi sertifikatlar taqdim etiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishda eng ilg‘or raqamli ishlab chiqarish vositalari va zamonaviy dastgohlardan foydalanish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmaga ega bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash. Shuningdek, yoshlarni kasb o‘rganishga yo‘naltirish orqali kichik firmalariga pulli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish. “Muhandislar kasb maktabi” loyihasi bo‘yicha yil davomida 50 dan ortiq yoshlarni yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassis sifatida tayyorlash rejalashtirilgan. 13

Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar faoliyati ▪ Biznes inkubator ▪ Treyning ▪ Web dasturlash ▪ Seminar ▪ Grafik dizayn ▪ Master klass ▪ Robototexnika ▪ CSS batl (musobaqa) ▪ 3D modellashtirish ▪ Mahorat darsi ▪ Web dizayn 53 ta O‘tkazilgan tadbirlar soni 3 691 nafar Qamrab olingan yoshlar soni 14

Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar “Bilimol” Aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha «Bilimol» loyihasi Ilovada elektron kitob, podkastlar va ilmiy jurnallar o‘qish va tinglash; foydalanuvchilar qiziqishlarini o‘rganish; kitob o‘qish davomida ilova yorug‘ligi shrift turi, uning katta kichikligi va yozuv turlarini boshqara olish imkoniyati mavjud. Milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilib dasturga yuklab borish imkoniyati bor, bu orqali Respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyati rivojlantiriladi hamda axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rganib boriladi. Ishchi o‘rinlar Yillik xizmat ko‘rsatish Loytiha qiymati Yaratilgan: 10 Hajmi: 1,87 mlrd so‘m Hajmi: 798 mln so‘m 15

Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar “Injection molding machine” Injestion molding machine “Plasmassa va qoliplar bilan ishlovchi mashina” - Uskuna asosan plastik idishlarning qopqoqlari, mebel ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan mayda plastik detallar kabi mahsulotlar 3d holatda tayyorlanadi. Shuningdek, avtomobillarning nozik qismlari, tibbiy, oziq-ovqat qadoqlash va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan tayyor mahsulotlarni yuqori aniqlik va sifatda ishlab chiqariladi. “Plastmassa va qoliplar bilan ishlovchi mashina” uskunasi tezligi yuqori samarali aniqlikdagi gidravlik ineksion markasi bo‘lib, model siqish kuchi 500kg-1t ni o‘z ichiga oladi. Uskunani ishlab chiqishda qo‘llanilgan yangi texnologiyalar tufayli siqish moslamasi yuqori tezlikni ochish va yopish qolipini yana-da barqaror qiladi. Siqish kuchi to‘g‘ridan to‘g‘ri qolipga tasir qiladi va bo‘shliqning o‘lchovli deformatsiyasi kamayadi. Ishchi o‘rinlar Yillik ishlab chiqarish Loytiha qiymati Yaratilgan: 10 Hajmi: 1,16 mlrd so‘m Hajmi: 950 mln so‘m 16

Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar “Vote App” Bir turdagi biznes va tadbirkorlik obyektlarini eng yaxshisini tavsiya etib borish uchun “Vote APP” online platforma. “Vote APP” - aholini fikrini o‘rgangan holda turli tadbirkorlik subyektlari haqida aholi fikrini to‘g‘ridan to‘ri biznes egalariga yetkazish uchun maxsus platforma. Bu loyiha o‘z yo‘nalishida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlikning asosiy bo‘g‘ini sifatida maishiy xizmat ko‘rsatish tadbirkorlari hududdagi imidjini rivojlantirishda ko‘maklashuvchi birinchi innovatsion platforma hisoblanadi. “Vote APP” - loyihasining asosiy maqsadi ham, Respublika aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatishni barqarorlashtirish va uning darajasini oshirish, xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni rivojlantirish. Shu maqsadda o‘z ishining mohir ustalari loyiha atrofida bir jamoaga birlashadilar. Mutaxassislarning izlanishlari va takliflariga qo‘shimcha ravishda xalqaro ekspertlar bilan videomuloqotlar tashkil etilib, ularning fikr va mulohazalari o‘rganiladi. Ishchi o‘rinlar Yillik xizmat ko‘rsatish Loytiha qiymati Yaratilgan: 15 Hajmi: 380 mln so‘m Hajmi: 366 mln so‘m 17

Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar “Domlo” Axborot texnologiyalari va mobil jihozlardan foydalanish orqali interaktiv tarzda til o‘rganish bo‘yicha “Domlo” loyihasi • Foydalanuvchilar uchun istalgan vaqtda va joyda til o‘rganish imkoniyati • Qulay narxda chet tillarini o‘rganish • Noan’anaviy til o‘rganish metodikasi • Foydalanuvchilarni egallagan bilimlari asosida rag‘batlantirish • Foydalanuvchining til o‘rganish bo‘yicha bilimlarini nazorat qilish statistikasi mavjudligi • Chet tili o‘rganuvchilarini onlayn birlashtirish “Domlo” - Loyihasi chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantiradi. Loyihani tayyorlashda o‘zbek va ingliz tili bo‘yicha Yevropada o‘qib tajriba orttirgan pedagoglar, xalqaro amaliyotchi dasturchilar, dizaynerlar va chet el mutaxassislari jalb qilingan. Ishchi o‘rinlar Yillik xizmat ko‘rsatish Loytiha qiymati Yaratilgan: 12 Hajmi: 1,9 mlrd so‘m Hajmi: 798 mln so‘m 18

Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar “Tomchilatib sug‘orish” Tomchilatib sug’orish tizimini inson omilisiz boshqarishni amalga oshirishni joriy qilish texnologiyasi Sug‘orish texnologiyasi suvsiz adir zonalarida mevali daraxtlar va ekinlarni yetishtirish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, oziq ovqat mahsulotlarini arzonlashishiga xizmat qiladi. Suvsiz adir zonalarida mevali daraxtlar va ekinlarni sug‘orish texnologiyasi birinchi navbatda Marhamat tumanida joriy etiladi. Loyiha orqali quyidagi masalalarni yechish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan: • Suvsiz adir zonalarida suv tejamkor texnologiyani joriy qilish; • Ishsiz aholini o‘zini o‘zi band qilish orqali ish bilan ta’minlash; • Korxona tomonidan xizmatlarni sotish bo‘yicha strategiyasini tuzish. • Mustaqil ravishda xizmatlar ko‘rsatish bozori segmentini o‘rganish, uni o‘zlashtirish va kengaytirish. Ishchi o‘rinlar Yillik ishlab chiqarish Loytiha qiymati Yaratilgan: 14 Hajmi: 756 mln so‘m Hajmi: 600 mln so‘m 19

Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar “I Can Hear” Qurilma eshitishda nuqsoni bo‘lgan xar qanday odamga tovushlarni his qilishga va ularni tahlil qilishga yordam beradi. Soat kelayotgan ovozlarni qabul qilib uni elektr tokiga aylantirib beradi. Soatning ikkinchi qismi kelgan elektr tokini galvanik elektr tokiga aylantirib elektrodlar yordamida inson tanasiga yetkazib beradi. Natijada ovoz maxsus ritm orqali inson tanasiga sizilib ovozlarni his eta oladi. Hozirgi kunda koxlear operatsiyasini o‘tkazish o‘rta Osiyoda 10 000$ - 15 000$ mablag‘ talab etadi. Bu esa ko‘pchilikning bu operatsiya xarajatlarini qoplash va uni o‘tkazishga imkoniyat darajasi yetmasligini ko‘rsatadi. Biz ushbu operatsiyaga alternativ sifatida “Solibri” qurilmasini taklif etdik. Hech qanday operatsiyalarsiz va katta xarajatlarsiz tovushlarni his etish va ularni tahlil qila olish qobiliyati. Ishchi o‘rinlar Yillik ishlab chiqarish Loytiha qiymati Yaratilgan: 11 Hajmi: 5,7 mlrd so‘m Hajmi: 434 mln so‘m 20


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook