MUNDARIJA 1 Texnopark haqida 2 Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha 3 Dasturiy va texnologik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati 4 Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar 5 Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar faoliyati 6 Texnopark rezidentlari tomonidan shakllantirilgan startap loyihalar 1
TEXNOPARK HAQIDA Texnopark haqida “Sirdaryo Yoshlar texnoparki” 2022-yilning sentabr oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan ushbu texnopark yoshlar, talabalar, olimlar hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z loyihalarini va gʻoyalarini amalga oshirish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga ega, zamon talablariga javob beruvchi eng soʻngi rusumdagi jihozlangan o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi. “Sirdaryo Yoshlar texnoparki” yiliga 350 nafar axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohaga qiziquvchi yoshlarni 5 ta “Web-dasturlash”, “Robototexnika”, “3D modellashtirish”, Grafik dizayn va Web-dizayn yo‘nalishlarida o‘qitish imkoniga ega. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarni axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakalari oshiriladi. O‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bepul internet zamonaviy kompyuter to‘plamlari, 3D printerlar, arduino va lego qurilmalari mavjud. 2
TEXNOPARK HAQIDA O‘quv kurslar davomida yo‘nalishlar kesimida tinglovchilar talablari asosida yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar, master-klasslar va ilmiy-texnik konferensiyalar tashkil etib boriladi, hamda iqtidorli tinglovchilar turli respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, Yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirishda amaliy ko‘maklashadi. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilib boriladigan loyihalar tanlovlariga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, texnopark binosida xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish maydoni mavjud bo‘lib lazerli kesish, universal frezerlash va dastgohlar orqali viloyatda faoliyat yuritayotgan korxonalar hamda sanoat zonalari uchun qattiq jismlarga qayta ishlov berish va ishlab chiqarishda zaruriy bo‘lgan mahsulotlar tayyorlash orqali xizmat ko‘rsatiladi. Hozirgi kunda Texnoparkning ishlab chiqarish hududida 5 ta zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari mavjud bo‘lib, ularda Texnopark mutaxassislari tomonidan 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida 10 dan ortiq xizmat turlari ko‘rsatilib 200 mln so‘mlik daromad qilindi. Texnopark tomonidan yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida iqtidorli yoshlar va talabalarning ijodiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “InnoX” biznes-inkubator faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida 37 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida 5 mingdan ortiq yoshlar qamrab olindi. 3
YOSHLARNI INNOVATSION FAOLIYATGA KENG JALB QILISH BO‘YICHA Texnopark oliy ta’lim muassasalarining talabalari hamda yosh olimlarning ilmiy, innovatsion hamda startap loyihalarini amaliyotga joriy etish, yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida mahalliy kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar, master-klasslar va konferensiyalarni tashkil etish yo‘nalishlarida faoliyat yuritmoqda. “TechnoWays” biznes inkubator dasturi asosida 200 dan ortiq yoshlarning innovatsion startap loyihalari ko‘rib chiqilib eng yaxshi loyihalar tanlab olindi va ushbu dastur doirasida o‘qitildi. 4
Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha 60 ta 3 ta Startap loyihalar shakillantirildi Startap loyihalar moliyalashtirildi 25 ta 700 mln so‘m Startap loyihalar Innovatsion Moliyalashtirilgan startap rivojlanish agentligi tomonidan e’lon loyihalarning umumiy qiymati qilingan tanlovlarga yo‘naltirildi «InnoX» biznes-inkubator dasturini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan Nizomga muvofiq Sirdaryo Yoshlar Texnoparkida «InnoX» biznes-inkubator dasturi ishga tushirildi. Bugungi kunga qadar ushbu loyiha biznes inkubator dasturi sifatida Texnopark tomonidan 3 bor tashkil etilgan. «InnoX» biznes inkubatsiya dasturi ham joriy etilib bu bo‘yicha 250 dan oshiq iqtidorli yoshlar innovatsion startap loyihalarini amaliyotga joriy etish uchun qatnashdilar shulardan 50 dan oshiq yoshlarni tanlab olinib, 3 oylik dastur asosida o‘qitildi. Dars jarayonlari amaliy va nazariy bilim va ko‘nikmalar berildi. Xususan innovatsion loyihalar tanlovida ishtirokchilar faol qatnashib, ishtirokchilar loyihalari moliyalashtirildi. Hozirgi kunda amaliyotga joriy qilingan. Bundan tashqari, moliyaviy ekspertizadan o‘tgan yoshlar loyihasi umumiy hisobda 10 ga yaqin yoshlarni tashkil etdi. 5
Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing Zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Sirdaryo yoshlar texnoparki tomonidan “Grant kurslar” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida dasturlash, grafik dizayn, 3D modellashtirish, mobil dasturlash, SMM (social media marketing), robototexnika va IT yo‘nalishlarida 3 oylik bepul o‘quv kurslari tashkil etilgan. Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning farzandlarini kelajak kasblariga o‘qitish uchun kurslar tashkil etilgan. 6
Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha Ushbu loyiha bitiruvchi yoshlar bandligini taʼminlash bilan birga, ularga mustaqil daromad topish va zamonaviy kasblarni o‘rganishga ham birdek yordam beradi. Ushbu talabalar egallagan mutaxassisliklari bilan ulardan bir nechtasi texnoparkda frilanserlik faoliyati va o‘z startaplarini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqdalar. 3 marta “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi tashkil etildI 250 nafar yoshlar “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasiga jalb qilindi 1 200 nafar yoshlar “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihaga qamrab olindi 325,6 mln so‘m Qiymatidagi o‘quv kurslari bepul o‘qitildi 7
Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha Shuningdek, startap loyiha egalarini o‘z g‘oyalarining prototiplarini tayyorlashlariga ko‘maklashish maqsadida Sirdaryo Yoshlar Texnoparkining ishlab chiqarish maydoni tarkibida tashkil etilgan “FabLab” (fabrication labaratory) prototiplash laboratoriyasidan foydalanish imkoniyati berildi. “Business Management G‘oyadan startapgacha. Innovatorlar kuni. School” Haftada 2 marotaba oliy ta’lim Haftaning shanba Yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni muassasalari talabalari hamda kunlari soat 15:00 dan shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar boshqa iqtidorli yoshlarni jalb 17:00 gacha o‘zining g‘oyalariga ega bo‘lgan bilan innovatsion-korporativ etgan holda g‘oyalarni yoshlarga yo‘nalishlar aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida rivojlantirish, mahsulotning va maslahatlar berish har oyda 1 marotaba muvaffaqiyatli bozor va marketing tahlili, startap egalari, yetakchi kompaniyalar biznes reja tuzish hamda yo‘lga qo‘yildi. moliyalashtirishga tayyorlash vakillari hamda malakali bo‘yicha seminar treninglar mutaxassislar ishtirokida trening mashg‘ulotlari tashkil etilishi yo‘lga tashkil etilmoqda. qo‘yildi. 8
Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha “InnoX” biznes inkubatori faoliyati bo‘yicha DASTUR NATIJALARIGA KO'RA: 1 25 TA STARTAP LOYIHA SHAKLLANTIRILADI 346,5 mln so‘m 75 ta 2 TEXNOPARK REZIDENTLIGIGA Dasturga ajratilgan mablag‘ QABUL QILINADI Loyiha qabul qiymati qilinadi va o‘qitiladi 3 VENCHUR FONDLAR VA GRANT TANLOVLARGA YO‘NALTIRILADI Ro‘yxatdan о‘tish 3 oylik o‘quv kursi Inkubatsiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar Startapni texnik va moliyaviy shakllantirish, mahalliy va xorijiy www.yoshlartexnoparki.uz sayti orqali qabul qilinadi. investitsiya hamda grantlar jalb etishga tayyorlash. Dastlabki texnik ekspertiza Demo day Akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun kelib tushgan loyihalar Inkubatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan istiqbolli loyihalarga texnik ekpertizadan o‘tkaziladi va saralab olinadi. investitsiyalar jalb qilish maqsadida investorlarga taqdimot o‘tkazish. Mentorlarni biriktirish Seed funding Akseleratsiya jarayoniga o‘tgan loyihalarga malakali mutaxassislar Ekspertlar tomonidan demo kunida saralanib olingan loyihalarni jalb qilinadi. moliyalashtirish uchun Agentlikka taqdim etish. 9
Dasturiy va texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati Robotatexnika kurslari bo‘yicha 40 ga yaqin yoshlar grand kurslarga qamrab olindi. IT kurslari bo‘yicha 180 ta yoshlar kelajak kasblariga yo‘naltirildi. 3D printerni ishlatish bo‘yicha 20 nafar shogird tayorlandi. Universal lazer dastgohini ishlatish bo‘yicha 30 nafar yoshlarga interaktiv darslar berildi. 10
Dasturiy va texnologik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati Mycompany platformasi Sirdaryo viloyati hokimligiga boshqaruv va fuqarolar murojaatini onlayn qabul qilish platformasi www.mycompany.uz mysompany platformasi ishga tushirilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar Sirdaryo yoshlar texnoparki ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydonida loyihalarni prototiplashga ko‘maklashish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu maydon zamonaviy dastgohlar bilan taʼminlangan. Ishlab chiqarish maydonchasida import o‘rinini bosuvchi qoliplarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 11
Dasturiy va texnologik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati Bugungi kunda mashina ehtiyot qismlarini tuzatish va ularga ishlov berish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda jami 12 turdagi tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba sinov ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari hozirgi kunga qadar ichki bozorga metall va taxtaga ishlov berish xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Mavjud uskunalar CNC xk7113 c Universal CNC 210 Tokar dastgohi frezerlash dastgohi CNC temir egish dastgohi Universal burg‘ulash mashinasi WC67Y-30/1320 Z755CW 12
Dasturiy va texnologik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati Lazer bilan kesish dastgohi 3D printerlar 3D printerda shakli murakkab bo‘lgan uskunalarning ehtiyot qismlari tayyorlab berish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Universal lazer qurilmasida plastik kartalarga familiya ism va karta raqamini yozib berish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Karta egasining qo‘shimcha maʼlumotlarini universal lazer qurilmasida yozib berish imkoniyati mavjud. 13
Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar faoliyati ▪ Biznes inkubator ▪ Trening ▪ Web-dasturlash ▪ Seminar ▪ Grafik dizayn ▪ Master klass ▪ Robototexnika ▪ CSS batl (musobaqa) ▪ 3D modellashtirish ▪ Mahorat darsi ▪ Web dizayn 53 ta O‘tkazilgan tadbirlar soni 3 691 nafar Qamrab olingan yoshlar soni 14
Texnopark rezidentlari tomonidan shakllantirilgan startap loyihalar “Bilimol” Aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha “Bilimol” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Ilovada elektron kitob, podkastlar va ilmiy jurnallar o‘qish va tinglash; foydalanuvchilar qiziqishlarini o‘rganish; kitob o‘qish davomida ilova yorug‘ligi, shrift turi, uning katta-kichikligi va yozuv turlarini boshqara olish imkoniyati mavjud. Milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilib dasturga yuklab borish imkoniyati mavjud. Bu orqali Respublikaning chekka hududlarida yoshga doir kitobxonlik madaniyati rivojlantiriladi va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rganib boriladi. Ishchi o‘rinlar Yillik xizmat ko‘rsatish Loyiha qiymati Yaratilgan: 10 Hajmi: 1,87 mlrd so‘m Hajmi: 798 mln so‘m 15
Xalqaro memorandum shartnomalari Sirdaryo Texnoparkida Xalqaro Innovatsion Forum o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqish bo‘yicha kelishuv tuzildi. Xalqaro IASP tashkilotiga aʼzolik bo‘yicha amaliy ko‘mak olinishi rejalashtirildi. 16
Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar faoliyati “InnoWeek-2022” “InnoWeek” innovatsion ishlanmalar hududiy koʻrgazmasi Sirdaryo viloyati bosqichi Sirdaryo yoshlar texnoparkida 150 nafar innovator yoshlar orasida bo‘lib o‘tdi. Sirdaryo viloyatidagi barcha ishbilarmon va tadbirkorlarlar tadbirga tashrif buyurib yosh ixtirochi yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. “InnoWeek” davomida investorlar tomonidan eng yaxshi loyihalar amalda joriy qilinishi kelishib olindi. Texnologik marafon yakunida barcha ishtirokchilar vazirlik tomonidan esdalik sovg‘a va sertifikat bilan taqdirlandi. Eng yaxshi uchta loyiha vazirlik tomonidan moliyalashtrishga yo‘naltirildi. 17
Texnopark rezidentlari tomonidan shakllantirilgan startap loyihalar “Injection molding machine” Injestion molding machine “Plastmassa va qoliplar bilan ishlovchi mashina” – Uskuna asosan plastik idishlarning qopqoqlari, mebel ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan mayda plastik detallar kabi mahsulotlar 3d holatda tayyorlanadi. Shuningdek, avtomobillarning nozik qismlari, tibbiy, oziq-ovqat qadoqlash va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan tayyor mahsulotlarni yuqori aniqlik va sifatda ishlab chiqariladi. “Plastmassa va qoliplar bilan ishlovchi mashina” uskunasi tezligi yuqori samarali aniqlikdagi gidravlik inyeksion markasi bo‘lib, model siqish kuchi 500kg-1t ni o‘z ichiga oladi. Uskunani ishlab chiqishda qo‘llanilgan yangi texnologiyalar tufayli siqish moslamasi yuqori tezlikni ochish va yopish qolipini yanada barqaror qiladi. Siqish kuchi to‘g‘ridan to‘g‘ri qolipga tasir qiladi va bo‘shliqning o‘lchovli deformatsiyasi kamayadi. Ishchi o‘rinlar Yillik ishlab chiqarish Loytiha qiymati Yaratilgan: 10 Hajmi: 1,16 mlrd so‘m Hajmi: 950 mln so‘m 18
Texnopark rezidentlari tomonidan shakllantirilgan startap loyihalar Quyosh havo isitish kollektori Quyosh havo isitish kollektorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yishda 12 ta doimiy ish o‘rni va 34 ta mavsumiy ish o‘rni yaratildi. Bu kollektorlarda bir yilda bitta xonadon uchun 3 mln so‘m elektr energiyasini tejash imkonini berdi. Loyiha bir yil davomida sof foyda 94 mln so‘m olinishi ko‘zda tutilgan. Ishchi o‘rinlar Yillik xizmat ko‘rsatish Loytiha qiymati Yaratilgan: 8 Hajmi: 120 mln so‘m Hajmi: 245 mln so‘m 19
Texnopark rezidentlari tomonidan shakllantirilgan startap loyihalar “Innagro” Yer unumdorligini oshirish va tuproq tahlilini nazorat qilish Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish platformasi. 100 gektar Tuproq tarkibini raqamli texnologiyalar asosida tahlil qilindi. Bu loyiha faoliyat boshlashi bilan 8 ta doimiy ish o‘rni yaratildi. Tuproq tahlili yiliga 130 ta yer egasiga xizmat ko‘rsatildi. Natijada 187,5 mln so‘m daromad olinadi. Ishchi o‘rinlar Yillik ishlab chiqarish Loytiha qiymati Yaratilgan: 8 Hajmi: 356 mln so‘m Hajmi: 365,75 mln so‘m 20
Texnopark rezidentlari tomonidan shakllantirilgan startap loyihalar Sahro choy – sog‘lom hayot garovi Mahsulotning bozorda bo‘lgan talabgorligi, aholi orasida qon bosimi yuqori bo‘lganlar uchun doimiy isteʼmol mahsuloti bo‘ladi. Yoz faslida issiqdan himoyalanishda ko‘pchilik aholi vakillari uchun isteʼmol vositasi bo‘ladi. Sahro choyi kompaniyasi qadoqlangan quruq damlama ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, u yozda aholi uchun mijozlar uchun quyosh o‘tish taʼsirini muammolarini hal qiladi. Bir qancha kasalliklar oldini olishda yordam beradi. Ishchi o‘rinlar Yillik xizmat ko‘rsatish Loytiha qiymati Yaratilgan: 60 Hajmi: 200 mln so‘m Hajmi: 300 mln so‘m 21
Sirdaryo yoshlar texnopark manzili Sirdaryo viloyati Guliston shahri 4-mavze Guliston ko'chasi 1-uy Bizning ijtimoiy tarmoqlar Telegram https://t.me/sirdaryotexnopark Instagram https://www.instagram.com/sirdaryo_texnopark/ Facebook https://www.facebook.com/Sirdaryotexnopark Web-sayt http://sirdaryotexnopark.uz/ Elektron manzilimiz [email protected] Biznin telefon raqamlar +998 99 796 77 21 +998 91 178 23 78
Search
Read the Text Version
- 1 - 23
Pages: