Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Published by Guset User, 2022-03-02 05:53:52

Description: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Search

Read the Text Version

№5, 2022 y. 2-mart Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi DAYJEST O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi Тoshkent - 2022 y.

\"Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat albatta ilmga e’tibor berishi kerak. Sizlarning tilingizda aytganda, biz ham mamlakatimizni progressiv va innovatsion rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun olimlar, tadqiqotchilar Vatanga xizmat qilishi, ilmiy-texnologik ishlanmalarini barcha sohalarda, ayniqsa, viloyatlarda joriy etishi kerak\" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Dayjest “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi”. - T.: 2022. 16 b. Dayjest “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan tayyorlangan. Mualliflar jamoasi: Texnik muharrir: Abduraxmonov I.Y. Rayimjonov X.G’. Turdikulova Sh.O‘. Abduvaliyev A.A. Musayeva R.A. © O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi , 2022 y. 2

Mundarija Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar 4 akademiyasi tarixi 7 8 O’zbekiston Respublikasi Fanlar 12 akademiyasining maqsad va vazifalari 13 15 Fundamental tadqiqotlar asosida erishilgan asosiy yutuqlar Amaliy tadqiqotlar asosida erishilgan asosiy yutuqlar Ilmiy kadrlarni tayyorlash Xalqaro aloqalar 3

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarixi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasini tashkil etish yoʻlidagi birinchi muhim qadam 1932-yil 4-oktyabrda, Oʻzbekistonda oʻsha davrda allaqachon tashkil etilgan keng koʻlamli ilmiy- tadqiqot muassasalari tarmogʻini boshqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Respublika Fanlar qoʻmitasining tashkil etilishi boʻldi. 1940-yil 9-yanvarda Respublika Fanlar qoʻmitasi bevosita Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi hisoblangan SSSR Fanlar akademiyasining Toshkentdagi Oʻzbekiston boʻlimiga (Oʻz FAN) aylantirildi. Keng koʻlamli tashkiliy ishlar natijasida 1943-yil 27-sentyabrda SSSR Xalq Komissarlari Sovetining “SSSR Fanlar akademiyasining Toshkentdagi Oʻzbekiston boʻlimini Fanlar akademiyasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Koʻp oʻtmay, 1943-yil 4-noyabrda Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining tantanali tashkil etilishi va ochilishi boʻlib oʻtdi. Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi, uning shakllanishi va keyingi muvaffaqiyatli faoliyati respublikaning intellektual, ilmiy, taʼlim va madaniy hayotining butun taraqqiyot yoʻli, uning insoniy ilmiy salohiyatining yuksalishi bilan bogʻlikdir. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining dastlabki shaxsiy tarkibiga respublikaning 29 nafar yetakchi olimlari kiritilgan boʻlib, ulardan 21 nafari tabiiy fanlar va sakkiz nafari gumanitar fanlar vakillaridir. Uning ilk tashkilotchilaridan biri, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Qori-Niyozov Toshmuhamed Niyozovich Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti etib saylandi. 4

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarixi 1943-1944-yillarda Fanlar akademiyasi tarkibiga matematika va mexanika, geologiya, fizika- texnika, botanika va zoologiya, tuproqshunoslik va geobotanika, energetika, kimyo, iqtisodiyot, tarix va arxeologiya, til va adabiyot, shuningdek, Kitob stansiyasi bilan Toshkent Astronomiya rasadxonasi, Botanika bogʻi, Tarix muzeyi, Fundamental kutubxona va ilmiy adabiyotlar nashriyoti kabi 10 ta ilmiy- tadqiqot institutlari kiritildi. Ushbu ilmiy muassasalarda 210 nafar ilmiy xodim, jumladan, 28 nafar fan doktori va 57 nafar fan nomzodi faoliyat yuritdi. Oʻzbekistonda sharqshunoslikni yanada rivojlantirish maqsadida 1944-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Sharq qoʻlyozmalari instituti tashkil etildi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning tashabbuslari bilan 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2789-son qarori bilan Fanlar akademiyasi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Ayni qarorning ijrosini taʼminlash barobarida butun tuzilmaning faoliyati qayta koʻrib chiqildi. Davlatimiz tomonidan ilm-fanni rivojlantirish, olimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ilmiy ishlanmalar natijalarini amaliyotga joriy qilish borasida misli koʻrinmagan islohotlar olib borildi va aytish joiz boʻlsa, milliy ilm-fan yangi bosqichga qadam qoʻydi. Soʻnggi besh yil kesimida Fanlar akademiyasi faoliyatiga tegishli Uzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi. Yangi O’zbekistonning Fanlar akademiyasi tuzilmasi ham takomillashtirilib, uni rivojlantirish boʻyicha chora- tadbirlar belgilandi, qator ilmiy-tadqiqot muassasalarining qaytadan tiklanishi va yangidan tashkil etilishi munosabati bilan tizimdagi ilmiy muassasalari soni qariyb 1,5 barobar oshdi. 5

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarixi Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari, eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intelektual va ilmiy- texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bogʻliq ekanini taʼkidlagan davlatimiz rahbari yangilanayotgan ilm-fanni ham jahon maydonida raqobatga dosh bera oladigan zamonaviy darajada koʻrishni istayotgani va shu yoʻlda tinimsiz harakat qilayotgani quvonarli, albatta. Bu borada olib borilayotgan islohotlarning avvalida Yadro fizikasi instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Matematika instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Immunologiya va inson genomikasi instituti, O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Sharqshunoslik instituti, Tarix institutining faoliyati qayta tiklanganligini taʼkidlashdan boshlamoqchiman. Shuningdek, avval tugatilgan “Akademasbob” ilmiy-texnik birlashmaning negizida Konstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarish Ilmiy-texnik markazining qayta tiklanishi Akademiya ilmiy muassasalarining innovatsion mahsulotlarini sinovdan oʻtkazish, shuningdek, mamlakat xavfsizligi va mudofaasini taʼminlash maqsadida ilmiy-texnik va ishlab chiqarish ishlarini mahalliylashtirish imkonini berdi. Yana shuni taʼkidlash joizki, Fanlar akademiyasining Navoiy mintaqaviy boʻlimi, Davlat va huquq instituti, Milliy arxeologiya markazi, O’zbekistonning eng yangi tarixi muvofikdashtiruvchi-metodik markazi, O’zbekiston tarixi davlat muzeyi negizida Toshkent muzeylari yangidan tashkil qilindi. 6

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining maqsad va vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning fan, texnika, madaniyat va maʼrifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi yetakchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi. Fanlar akademiyasi oʻz tizimida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni samarali boshqarishni va muvofiqlashtirishni hamda davlatning intellektual, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan fan yutuqlari va ilmiy hajmdor texnologiyalarning joriy etish uchun taqdim etilishini taʼminlaydi. Quyidagilar Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: − tabiiy, texnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish; − fanning taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish; − iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va texnologiya rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari, davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; − jahon va mamlakatimizda ilm-fan yutukdarini oʻrganish va tahlil qilish, ulardan Uzbekiston Respublikasi manfaatlari yoʻlida foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish; − mamlakatimiz fani, ilmiy salohiyati, fan-texnika sohasida erishilgan yutuqlarni targʻib va tashviq qilish; − Fanlar akademiyalari, chet davlatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va fondlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro ilmiy forum va anjumanlarni tashkil etish va oʻtkazishda qatnashish; − Fanlar akademiyasi tashkilotlarining ilmiy salohiyati va moddiy- texnika bazasidan foydalanib yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ishtirok etish 7

Fundamental tadqiqotlar asosida erishilgan asosiy yutuqlar Ilk bor bir nuklonga 3.37 GeV birlamchi energiyali 12S+12S- toʻqnashuvlarida r+r+l+ tizimida sakkiz kvarkdan iborat massasi 2117.8 ± 1.2 MeV/s2 va massa taqsimoti kengligi 4.1 ± 1.1 MeV/s2 ga teng yangi qisqa yashovchi rezonans zarracha topildi. Issiqlik elektrostansiyalarida energiya tejamkorligi va uskunalarning ishlash muddatlarini uzaytirish imkonini beruvchi matematik model ishlab chiqildi. Katta Ayiq yulduzlar turkumida oʻta yangi yulduz roʻyhatga olindi. Kuchli zilzilalarda bevosita ehtimoliy talofatni tezkor baholash imkonini beruvchi “ZexzppsVtzkAzzezztep!” kompyuter dasturi ishlab chiqildi. Matematika instituti tarkibida “Matematika taʼlimi boʻyicha oʻquv- uslubiy materiallarni muvofiqlashtirish” laboratoriyasi tashkil etildi. Matematika yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalar va tadqiqotchilar uchun akademik T.A.Sarimsoqov nomidagi stipendiya taʼsis etildi. “Matematika fani oʻqituvchilarining malakasini oshirish kurslari tajribaviy oʻquv dasturi” ishlab chiqildi. 8

Fundamental tadqiqotlar asosida erishilgan asosiy yutuqlar  “Oʻzbekiston florasi” yangi taxrirda 1-3 jildlari chop etildi.  Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlari oʻsimliklar xilma-xilligining davlat kadastrlari nashr etildi.  40 dan ortiq yangi oʻsimlik turlari kashf etildi.  Oʻzbekiston respublikasi qizil kitobining 5-nashri chop etildi.  Dorivor oʻsimliklarning interaktiv atlasi yaratildi.  Noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻsimlik turlari uchun DNK-shtrix-kodlash texnologiyasi joriy etildi.  Oʻzbekiston milliy gerbariysining virtual koʻrinishi yaratildi.  Hasharotlarga oid Orthopterainfo maʼlumotlar bazasi yaratildi.  “Zoologiya kolleksiyasi”ning toʻliq elektron katalogi yaratildi. “Oʻzbekiston tarixi” (1917-1991 yy.), “Zamonaviy tadqiqotlarda Xorazm tarixi”, “Aleksandr Makedonskiy Transoksianada: yurishlar, tarixiy geografiya, madaniyat”, “Qadimgi Xorazmda sopol buyumlardagi belgilar, Islomgacha Markaziy Osiyo tamgʻalari” kitoblari chop etildi. Oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” (2018 va 2020-yilgi nashrlar) “Qadimgi Sharq tarixi”, “Arxivshunoslik”, “Lazerlar texnikasi: laboratoriya mashgʻulotlari uchun koʻrsatmalar”, “Biokimyo” va boshqalar. Oliy oʻquv yurtlar uchun “Muzeyshunoslik” oʻquv qoʻllanmasi, 10-sinf umumtaʼlim muassasalari va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari uchun 11-sinf “Jahon tarixi”, “Oʻzbekiston tarixi” (1991-2018-yillar) darsliklari nashr etildi. 9

Fundamental tadqiqotlar asosida erishilgan asosiy yutuqlar “Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga qoʻshgan hissasi”, “Oʻzbekistonning amaliy sanʼat durdonalari” kitob-albomi, 5 jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”, “Xalqaro atama elementlarning izohli-illyustrativ lugʻati”, “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasi nashr qilindi. Germaniyada nemis tilida «Oʻzbekiston tarixi. Amir Temur va temuriylar davri”, “Germaniya - Oʻzbekiston” ilmiy hamjamiyati tomonidan tayyorlangan 2 jildli “Oʻzbek sehrli ertaklari katalogi”, “Oʻzbek xalq sehrli ertaklari” turkumining 2 ta kitobi, “Oʻzbek musiqa madaniyati tarixi” kitobi chop etildi. Bu borada olib borilayotgan islohotlarning avvalida Yadro fizikasi instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Matematika instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Immunologiya va inson genomikasi instituti, O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Sharqshunoslik instituti, Tarix institutining faoliyati qayta tiklanganligini taʼkidlashdan boshlamoqchiman. “Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga qoʻshgan hissasi”, “Oʻzbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida”,“Oʻzbekistonning amaliy sanʼat durdonalari” kitob-albomlari, 5 jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”, “Xalqaro atama elementlarning izohli-illyustrativ lugʻati”, “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasi nashr qilindi. “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi doirasida “Rishton kulolchiligi” kitob-albomi oʻzbek va rus tillarida , “Oʻzbekiston sanʼat durdonalari” turkumidan “Badiiy metall”, “Badiiy toʻqimachilik”, “Tasviriy sanʼat” nomli Kitob-albomlar chop qilindi. 10

Fundamental tadqiqotlar asosida erishilgan asosiy yutuqlar Ichan Qalʼada “Dorul hikmat val maorif” muzey ekspozitsiyasi tashkil etildi. Oʻzbekiston madaniy yodgorliklari ruknida Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalari asosida 5 ta mavzuli katalog-albom va YUNESKO hamkorligida 3 ta tarixiy manba chop etildi. Abu Rayhon Beruniy asarlarining 8-jildi nashr qilindi. 15 dan ziyod manba tarjima va tabdil qilinib, nashrga tayyorlandi. Institut fondida saqlanayotgan turli darajada taʼmirga muhtoj boʻlgan 617 ta tarixiy hujjatlar taʼmirlandi; 800 ta devon ilmiy tavsif qilindi. Institutning asosiy fond qoʻlyozmalarining 72 tasidan 25200 ta kadr elektron nusxasi tayyorlandi 11

Amaliy tadqiqotlar asosida erishilgan asosiy yutuqlar  OMR-texnologiyasi asosida tuzilma yadro fizikasi instituti qoshidagi Radiopreparat davlat korxonasida tashkil etildi.  Kremniy dioksidi nanozarrachalari asosida chang va nam qoʻnmas qatlamlar olish texnologiyasi yaratildi.  Monosilan va polikristall kremniy olishning yangi texnologiyasi yaratildi.  Mahalliy oʻsimliklar asosida yaratilgan 50 ga yaqin original dori vositalarining 10 dan ortigʻi tibbiyot amaliyotida qoʻllanilmoqda.  Qishloq xoʻjaligi uchun 8 ta biopreparatlar amaliyotga joriy qilindi. Gʻoʻzaning Porloq-7, Porloq-8, Ravnak-1, Ravnak-2, Baraka, Saxovat, Tafakkur, Bardosh va Zakovat, kartoshkaning Bisyor, soyaning Sochilmas hamda bugʻdoyning Barkamol navlari yaratilib tijoralashtirishga yoʻnaltirildi. Uzum va anor navlarining TPUYTO sharoitida viruslardan holi va sogʻlomlashtirilgan koʻchatlarini koʻpaytirish texnologiyasi yoʻlga qoʻyildi. Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida markaziy osiyoda yagona boʻlgan SgMR- texnologiyasi asosida faoliyat yuritadigan dori vositalari substansiyalarini ishlab chiqaruvchi korxona qurib bitkazildi va ishga tushirildi. Kardio-metabolik oʻzgarishlarda autoimmun yalligʻlanish xolatlarini immuntashxislash usullari amaliyotga tadbiq etildi. Rutan dori vositasi oʻrtacha ogʻirlikdagi SOUGO-19 shakli uchun samarali dori vositalari davolash standaritga kiritildi. Ohaktosh-ammiak selitrasi, oddiy superfosfat, “OʻzDEF” defolianti, ammoniy sulfatfosfat ishlab chiqarish texnologiyalari tadbiq qilindi.. 12

Ilmiy kadrlarni tayyorlash “El-yurt umidi” jamgʻarmasining dasturlari va Innovatsion rivojlanish vazirligi jamgʻarmasi hamda boshqa manbaalar hisobidan Fanlar akademiyasining rejalashtirilgan 120 xodimining oʻqish va qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni tashkil etildi. Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarga 2018-2021-yillarda jami 527 nafar tayanch doktorant, 77 nafar doktorant hamda 300 nafar stajer-tadqiqotchilar oʻqishga qabul qilingan.Bugungi kunda Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy tashkilotlarda jami 610 nafar doktorant (551 ta tayanch doktorant, 59 ta doktorant), 100 ta stajer- tadqikotchi hamda 130 ta mustaqil izlanuvchi tahsil olmoqda 2018-2021-yillar mobaynida ilmiy tashkilotlar tayanch doktoranturalarini jami 305 nafar tayanch doktorant bitirib, shulardan 148 (49%) nafari dissertatsiyasini muddatida muvaffaqiyatli himoya qilgan boʻlsa, doktoranturada jami 58 nafar doktorant oʻqishni yakunlab, 21 (36%) nafari oʻz ilmiy ishini muddatida himoya qilgan. 2018-2021-yillarda akademik fan va oliy taʼlim integratsiyasi doirasida Fanlar akademiyasining 281 ilmiy xodimi oliy oʻquv yurtlarida taʼlim bergan, 218 nafar oʻqituvchi va 224 talaba O’zbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda faol ishtirok etdi, bunda 159 nafar fan doktori, 193 nafar magistr va 298 nafar bakalavr tayyorlanib, 200 dan ortiq bitiruvchi ish bilan taʼminlandi. Fanlar akademiyasi ITMlari qoshida oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda respublika uchun ustuvor mutaxassisliklar boʻyicha magistr va bakalavrlar tayyorlaydigan 52 ta ilmiy-tadqiqot va oʻquv markazi hamda qoʻshma kafedralar tashkil etildi. 13

Ilmiy kadrlarni tayyorlash 2018-2021-yillar davomida yangi saylangan akademiklar oʻzlarining ilmiy-tashkiliy faoliyati va tasdiqlangan “Yoʻl xaritalari” doirasida oliy taʼlim muassasalari talabalari va oʻqituvchilari, shuningdek, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida talabalar va ularning oʻqituvchilari bilan mamlakatimizning barcha hududlarida muntazam tashrif buyurib, uchrashuv va maʼruzalar oʻtkazdilar. Fanlar akademiyasi xodimlari atom elektr stansiyalari uchun, xususan, Moskva muhandislik fizikasi institutining filiali orqali kadrlar tayyorlash boʻyicha O’zbekistonda atom elektr stansiyalarini qurish dasturida faol ishtirok etmokda. 14

Xalqaro aloqalar 2017-yil aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Rossiya Fanlar akademiyasi bilan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bitim imzoladi. 2018-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi oʻrtasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 2018-yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yadro energetikasini rivojlantirish agentligi va “Rosatom” Davlat atom energetikasi korporatsiyasi (RF) oʻrtasida taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi. 2018-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xitoy Fanlar akademiyasi oʻrtasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bitim imzolandi. 2019-yilning aprel oyida Fanlar akademiyasi Koreya Respublikasining madaniy meros jamgʻarmasi bilan Buyuk Ipak yoʻli merosini oʻrganish va asrash boʻyicha qoʻshma markaz tashkil etish toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Koreya bilan hamkorlik doirasida Maydanak observatoriyasida tarqoq yulduz gʻujlari va yaqin galaktikalardagi faol jarayonlarni kuzatish uchun 50 dan ortiq oqshom fotometrik kuzatuvlar olib borildi. Xamkorlikning muhim yutugʻi shundaki, 2017- yilning may oyida yangi yulduz topilib, 8X 2017esh deb nomlandi, Maydanakdagi ushbu yangi yulduz kuzatuvi dunyodagi birinchi boʻldi. 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti bilan Ummon Sultonligining Milliy qoʻlyozmalar arxivi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Oʻzbekiston 2020-yilda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (YATBI, Dubna, RF) aʼzoligini qayta tikladi. Yadro sinovlarini har tomonlama taqikdash toʻgʻrisidagi shartnoma tashkiloti (STVTO), Xalqaro Fanlar Akademiyalari Uyushmasi (MAAN), Nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi (IYUPAK), Botanika bogʻlari oʻsimliklarni muhofaza qilish xalqaro kengashi bilan hamkorlikda tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. 15

*Ushbu dayjest Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra tayyorlangan. 16

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi Тoshkent - 2022 y.


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook