№3, 2022 y. 10-fevral Germaniya Fanlar akademiyasi DAYJEST O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi Тoshkent - 2022 y.
\"Ertangi kunini tasavvur qilgan, raqobatbardosh bo‘laman degan davlat albatta ilmga e’tibor berishi kerak. Sizlarning tilingizda aytganda, biz ham mamlakatimizni progressiv va innovatsion rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun olimlar, tadqiqotchilar Vatanga xizmat qilishi, ilmiy-texnologik ishlanmalarini barcha sohalarda, ayniqsa, viloyatlarda joriy etishi kerak\" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Germaniya Fanlar akademiyasi”. Dayjest. - T.: 2022. 18-b. “Germaniya Fanlar akademiyasi”. Dayjest O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan tayyorlangan. Mualliflar jamoasi: Texnik muharrir: Abduraxmonov I.Y. Rayimjonov X.G’. Turdikulova Sh.O‘. Abduvaliyev A.A. Musayeva R.A. Barbu G.F. © O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi , 2022 y. 2
Mundarija Germaniya Fanlar akademiyasi 4 5 \"Leopoldina\" Milliy 8 fanlar akademiyasi 11 Tuzilmasi \"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi arxivi Ilmiy diplomatiya 12 Xalqaro hamkorlik 13 Mukofotlar 16 Manbalar 18 3
Germaniya Fanlar akademiyasi 2008 yilgacha Germaniyada boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, davlatning federal tuzilishi tamoyiliga ko‘ra, yagona Fanlar Akademiyasi mavjud emas edi. Umuman olganda, mamlakatda bosh qarorgohi Maynsda joylashgan Germaniya Fanlar akademiyalari ittifoqiga birlashtirilgan yettita turli akademiyalar faoliyat yuritmoqda (nemischa - Union der deutschenAkademien der Wissenschaften). Haqiqiy a’zolar va muxbir a’zolar soni 1400 kishini tashkil etadi [1]. Germaniya Fanlar akademiyalari ittifoqining asosiy vazifasi ilm-fan rivojiga g‘amxo‘rlik qilishdir. Germaniya Fanlar akademiyalari ittifoqi tarmoqlararo ilmiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor beradi. Germaniya Fanlar akademiyalari ittifoqiga quyidagilar kiradi: Myunxendagi Bavariya fanlar Berlin-Brandenburgskaya Dyusseldorfdagi Shimoliy- akademiyasi (1759 yilda akademiya nauk (1992 yilda Reyn-Vestfaliya fanlar tashkil etilgan); tashkil etilgan); akademiyasi (1970 yilda tashkil etilgan); Geydelbergdagi fanlar Gyottingendagi fanlar Leypsigdagi Sakson fanlar akademiyasi (1763-1803, akademiyasi (1751 yilda akademiyasi (1846 yilda 1909 yilda takroran tashkil tashkil etilgan); tashkil etilgan); etilgan); 4
\"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi Maynsdagi fanlar va adabiyot Gamburgdagi fanlar Fanlar akademiyasi akademiyasi (1949 yilda akademiyasi (2005 yilda «Leopoldina» (2008 yilda tashkil etilgan); tashkil etilgan) tashkil etilgan); 2008 yilda \"Leopoldina\" Galle shahridagi Milliy fanlar akademiyasi roliga saylandi – bungacha \"Leopoldina\" Tabiatshunoslar akademiyasi nomi bilan atalib kelgan edi. \"Leopoldina\" xususiy tashabbus tartibda 1652 yilda to‘rtta nemis shifokori va tabiatshunoslari tomonidan tashkil etilgan. Keyin ularning jamoasiga ularning o‘rnagiga ergashgan boshqa hamkasblar qo‘shilishdi. 17-asrning oxirida kayzer Leopold Birinchi akademiya maqomini maxsus farmon bilan mustahkamlab qo‘ydi, shundan beri u \"Leopoldina\" deb nom oldi. Keyingi uch asr davomida \"Leopoldina\" nemis tabiatshunoslarining yetakchi birlashmasi edi. 2020 yildan beri \"Leopoldina\"ning amaldagi prezidenti – Gerald Xaug. \"Leopoldina\" asrlar davomida milliy ilmiy tafakkur taqdirini belgilashda asosiy rol o‘ynagan. Akademiklar orasida 166 nafar Nobel mukofoti laureatlari bor edi – bunda eng nufuzli mukofotni qabul qilib olishdan oldin ularning hammasi \"Leopoldina\" a’zolari sifatida tanlab olingan bo‘lgan. Bugungi kunda Akademiyaga asosan tabiiy fanlar va tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 1300 nafar olim a’zo hisoblanadi, ulardan 32 nafari Nobel mukofoti laureatlaridir (masalan, Gerxard Erlt, kimyo sohasida Nobel mukofoti laureati) [2]. 5
\"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi Eng taniqli stipendiatlar: − Kristian Lyudvig Brem; − Manfred Eygen; − Iogann Volfgang fon Gete; − Otto Gan; − Vilgelm Ostvald; − Maks Plank. Otto Gan Maks Plank 6
\"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi Shunday qilib, \"Leopoldina\" Germaniyada hukumatga turli xil ilmiy masalalar, masalan, iqlim o‘zgarishi va kasalliklar bilan kurashish bo‘yicha maslahat beradigan birinchi va asosiy akademik jamiyatdir. Shuningdek \"Leopoldina\" konferensiyalar va ma’ruzalarni o‘tkazadi, medallar va mukofotlar beradi, grantlar va stipendiyalarni taklif qiladi va o‘ziga yangi a’zolarni saylaydi. Akademiya shuningdek kutubxona va arxivni yuritadi, shuningdek o‘z tarixini o‘rganadi va ActaHistoricaLeopoldina jurnalini nashr etadi [3]. ActaHistoricaLeopoldina jurnali dunyodagi birinchi tibbiy ilmiy jurnalning davomi hisoblanadi (1670 y.) [4]. 7
Tuzilmasi Akademiya Direktorlar kengashi tomonidan boshqariladi. Ijroiya qo‘mita odatda oyiga bir marotaba yig‘iladi va Akademiyaning muhim vazifalarini tayyorlaydi. Boshqaruvning barcha jihatlari Ustav, Ijroiya qo‘mitasining tartib- taomil qoidalari va saylov kodeksi bilan tartibga solinadi. Ijroiya qo‘mita a’zolari Senat tomonidan saylanadi, ularning vakolat muddati besh yilni tashkil etadi, bir marotaba qayta saylanish mumkin. Direktorlar kengashi prezident va to‘rtta vitse-prezidentdan iborat. Prezidiumga to‘rtta sinf kotiblari va boshqa uchta a’zo qo‘shiladi. 2020 yilning 1 martidan boshlab prezident lavozimini prof. doktor Gerald Xaug egallab kelmoqda. U XXVII \"Leopoldina\" prezidenti [5]. Akademiyaning ilmiy asosini sinflar va seksiyalar tashkil etadi. Akademiyaning barcha a’zolari o‘z tadqiqotlari sohasiga ko‘ra 28 ta ixtisoslashgan seksiyalarga bo‘lingan bo‘lib, ular o‘z navbatida to‘rtta sinf bo‘yicha taqsimlanadi. Har bir seksiyani Akademiya a’zolari tomonidan saylangan senator boshqaradi. 2009 yilda joriy etilgan ushbu sinflarni guruhlash fanlararo muhokama qilish va a’zolarning akademiya ishida ishtirok etishiga yordam beradi [6]. I sinf: Matematika, tabiiy va texnika fanlari Seksiya Belgilanishi 1 matematika 2 informatsiyaviy fanlar 3 fizika 4 kimyo 5 Er haqidagi fanlar 27 muhandislik fanlari 8
Tuzilmasi II sinf: Hayot haqidagi fanlar Seksiya Belgilanishi 6 qishloq xo‘jaligi va parhezshunoslik 8 organik va evolyusiyaviy biologiya 9 genetika/molekulyar biologiya va hujayra biologiyasi 10 biokimyo va biofizika 13 mikrobiologiya va immunologiya 14 inson genetikasi va molekulyar tibbiyot 15 fiziologiya va farmakologiya / toksikologiya III sinf: Tibbiyot Seksiya Belgilanishi 7 global salomatlik 11 anatomiya va antropologiya 12 patologiya va sud tibbiyoti 16 terapiya va dermatologiya 17 xirurgiya, ortopediya va anesteziologiya 18 pediatriya 19 nevrologiya 20 oftalmologiya, otorinolaringologiya va stomatologiya 21 radiologiya 22 veterinariya IV sinf: Gumanitar, ijtimoiy va xulq-atvor fanlari Seksiya Belgilanishi 23 fan va tibbiyot tarixi 24 fan falasafasi 25 iqtisodiyot va empirik ijtimoiy fanlar 26 psixologiya va kognitiv fan 28 madaniyatshunoslik 9
Tuzilmasi Akademiya tuzilmasiga Ilmiy tadqiqotlar markazi ham kiradi. Markaz \"Leopoldina\"da mustaqil ilmiy loyihalarni boshlaydi va tashkil qiladi va zarur infratuzilmani ta’minlaydi. U Akademiyani joriy vazifalar nuqtai nazaridan tadqiqot platformasi sifatida qo‘llab-quvvatlaydi [7]. Tadqiqotning erishilgan natijalari maqolalar chop etish, simpoziumlar va ma’ruzalar vositasida taqdim etiladi, bu esa jamiyatning ilmiy munozaralarda ishtirok etishiga imkon beradi. Shu bilan birga, Ilmiy tadqiqotlar markazi akademiya ichida va tashqarisida, shuningdek milliy va xalqaro akademiyalar bilan tadqiqotchilarning erkin almashinuvi uchun joyni taklif etadi. Markaz Akademiya arxivi va kutubxonasining bevosita yaqinida joylashgan. 10
\"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi arxivi Dunyodagi eng qadimgi akademik arxivlardan birida \"Leopoldina\" Akademiyaning 360 yildan ortiq tarixiga oid hujjatlarni saqlaydi. U \"Leopoldina\" an’analarini saqlab qoladi va uning tarixi, shuningdek ma’muriy faoliyatini hujjatlashtiradi. Asosiy ro‘yxat ro‘yxatga olish va jurnal kitoblari, shuningdek, rezyume, chop etilgan maqolalar ko‘rsatkichlari va Akademiya a’zolarining portretlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bu yerda bir qator yozishmalar va keng ma’muriy yozuvlar saqlanadi. Asosiy inventarga qo‘shimcha tarzda taniqli olimlarning 70 ga yaqin shaxsiy yer- mulklari saqlanadi. Fondlar akademiya va ilm-fan tarixi, san’at buyumlari (kartinalar, gravyuralar, rasmlar va medallar), kassetalar, video- va DVD-disklar bilan to‘ldiriladi. Umumiy ombor hozirda taxminan 1700 pogon metrni tashkil etadi. \"Leopoldina\" tarixi va uning biografik materiallarini saqlab qolish tufayli arxiv tarixchilarga tadqiqot uchun ajoyib imkoniyatlarni taklif etadi [8]. \"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasining kutubxonasi Kutubxona 1731 yilda Nyurnbergda tashkil etilgan. Tabiiy fanlar va tibbiyotga oid 260000 dan ortiq jildlar, monografiyalar va jurnallarga ega kutubxona bir vaqtning o‘zida boy tarixiy fond va bilimlarning mahsuldor manbai hisoblanadi. Kolleksiya asosini fan tarixi, xususan tabiiy fanlar va tibbiyotga oid chop etilgan maqolalar, shuningdek ilmiy jamiyatlar va birlashmalarning asarlari tashkil etadi. Ilmiy va tibbiy asarlarning keng kolleksiyasi asosan Akademiya chop etgan maqolalarni butun dunyo bo‘ylab sheriklar bilan almashish va Akademiya a’zolarining xayr- ehsonlari hisobiga paydo bo‘ldi [9]. 11
Ilmiy diplomatiya Ilmiy diplomatiya – bu ham nazariy asosni, ham o‘ziga xos amaliy elementlarni o‘z ichiga olgan murakkab va noaniq fenomen. Dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bu sohada zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashni talab qiladi [10]. \"Leopoldina\" turli shakllardagi ilmiy diplomatiya bilan faol tarzda shug‘ullanadi: Inson huquqlari G‘arb-Bolqon Xalqaro bo‘yicha qo‘mita jarayoni / Berlin konsultativ jarayoni organlar O‘z ilmiy ishi sababli EIga bolqon Science Advisors repressiyalarga mamlakatlarining Forum, United Nations qo‘shilishi va Janubiy- uchrayotgan butun Sharqiy Yevropada Secretary-General's dunyodagi olimlarni mintaqaviy hamkorlikni Scientific Advisory qo‘llab-quvvatlash. mustahkamlash munosabati bilan ta’lim Board (UNSAB) va fan tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha davlatlar va hukumatlar rahbarlariga tavsiyalar 12
Xalqaro hamkorlik \"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi Germaniya va chet elda ko‘plab hamkorlik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlab keladi. Siyosat va jamiyatning birgalikdagi maslahatlashuvi ilm-fan, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik o‘rtasidagi muloqotga ko‘maklashish kabi ana shunday maqsad hisoblanadi [11]. Akademiya hamkorlari: Germaniyada Gumanitar va tabiiy fanlar rivojlanishiga ko‘maklashuvchi donorlar assotsiatsiyasi (Stifterverbandfürdie Deutsche Wissenschaft) – bu ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi tadqiqotlarga maslahat beruvchi, birlashtiruvchi va ilgari suruvchi kompaniyalar va jamg‘armalarning birgalikdagi tashabbusi. 2009 yildan beri Assotsiatsiya \"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi bilan birgalikda Karl Fridrix fon Vayszekker mukofotini berib kelmoqda. 2015 yildan beri Assotsiatsiya Akademiya, Volkswagen jamg‘armasi va Tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha ekspert komissiyasi (EFI) bilan birgalikda tadqiqot sammitini tashkil etib kelmoqda. Fanlararo forum sifatida tadqiqot sammiti muloqot qilish va tarmoqlarni yaratishga xizmat qiladi. Har yili u fan, biznes, fuqarolik jamiyati va siyosatdan manfaatdor tomonlarni to‘plab, tadqiqotlar va innovatsion siyosat sohasidagi joriy masalalar va muammolarga javoblarni birgalikda muhokama qiladi [12]. Galle iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Leibniz- InstitutfürWirtschaftsforschungHalle) notijorat tashkilot va Germaniyaning yetakchi iqtisodiy tadqiqot institutlaridan biri hisoblanadi [13]. 2015 yildan boshlab Institut va Akademiya hamkorligida fan, siyosat va fuqarolik jamiyati vakillari tomonidan dolzarb masalalar muhokama qilinadigan tadbirlar tashkil etilmoqda. 13
Xalqaro hamkorlik 2019 yilda ishga tushirilgan “Evropa munozaralari” seriyasi ijtimoiy-siyosiy qiziqishni namoyon etuvchi bayonotlar va bahsli munozaralar uchun forumni taklif etadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy rivojlanish jarayonlari va ishlab chiqarish omillarini (qayta) taqsimlashda hamda mahsuldorlik va innovatsiyalarni rag‘batlantirishda moliya tizimining roliga qaratiladi [14]. Germaniya ilmiy media markazi (ScienceMediaCenterGermany) fan bilan bog‘liq dolzarb mavzular bo‘yicha jurnalistlar uchun ma’lumot to‘playdi. Markaz olimlarni ham o‘ziga jalb etib, ommaviy axborot vositalarini ekspert xulosasi bilan ta’minlaydi. \"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi 2016 yilda tashkil etilganidan beri Germaniya ilmiy media markazining hamkori hisoblanadi. Olimlar markazda mutaxassis sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shunday qilib, \"Leopoldina\" ommaviy axborot vositalarini zamonaviy ilmiy ma’lumotlar bilan ta’minlash va ushbu ma’lumotlarni lozim tarzda tayyorlashda markazni qo‘llab- quvvatlaydi. \"Leopoldina\" kelajakning dolzarb mavzulari bo‘yicha mustaqil ilmiy asoslangan bayonotlarni ishlab chiqadi va ularni siyosat va jamiyat uchun taqdim etadi. Germaniya ilmiy media markazi ilmiy mavzularni tanlashda ushbu fikr- mulohazalarni hisobga oladi va fan va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi [15]. \"Yosh akademiya\" (DieJungeAkademie) 2000 yilda \"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi va Berlin-Brandenburg fanlar akademiyasi (BBAW) tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning vazifasi taniqli yosh olimlarni ilgari surish hisoblanadi. \"Yosh akademiya\" fanlar o‘rtasidagi ilmiy diskurs va hamkorlikni qo‘llab-quvatlash, katta ilmiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish va ilm-fan va jamiyatning tutash joyida tashabbuslarni ilgari surish bilan shug‘ullanadi. Uning a’zolari soni cheklangan bo‘lib, 50 nafarni tashkil etadi. Ular har besh yilda bir marotaba saylanadi [16]. 14
Xalqaro hamkorlik \"Muloqotdagi fan\" (\"WissenschaftimDialog\"WiD) - yetakchi nemis ilmiy tashkilotlarining tashabbusi. 1999 yildan beri WiD munozarali tadbirlar, ko‘rgazmalar va tanlovlar doirasida ilm-fan va tadqiqotlar bilan jamoatchilik muloqotiga xizmat qilmoqda. \"Leopoldina\" Milliy fanlar akademiyasi 2014 yildan beri \"Muloqotdagi fan\" loyihasining hamkori va homiysi bo‘lib kelmoqda. 2011 yildan beri WiD va \"Leopoldina\" HausderWissenschaftBraunschweig bilan birgalikda \"Bahsli fan\" seriyasidagi munozarali tadbirlarni o‘tkazib kelmoqdalar. Shu bilan birga, ular manfaatdor fuqarolar bilan fan va ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida aloqa o‘rnatishni maqsad qilishadi [17]. 15
Mukofotlar \"Leopoldina\" taniqli olimlarni medallar va sovrinlar bilan taqdirlaydi. Ushbu mukofotlar, masalan, hayotiy yutuqlar, muhim ilmiy kashfiyotlar yoki tadqiqot yutuqlari, shuningdek \"Leopoldina\"ga qo‘shgan hissasi uchun beriladi [18]. Akademiya mukofotlari: − CotheniusMedal (ilk bor 1792 yilda berilgan); − CarusMedal (1896); − SchleidenMedal (1955); − MendelMedal (1965, Gregor Mendel sharafiga); − DarwinBadge (1959 yilda bir marotaba — “Turlarning kelib chiqishi” kitobi chop etilishining 100 yilligi sharafiga berilgan); − Leopoldina Prize for Junior Scientists; − Georg Uschmann Prize for History of Science; − Leopoldina Research Prize (2001, Commerzbank Foundation tomonidan homiylik qilinadi); − Thieme Prize of the Leopoldina for Medicine; − MedalofMerit (Alohida hodisalar bo‘yicha Akademiya Prezidiumi tomonidan beriladi) [19]. 1997 yildan beri \"Leopoldina\" Germaniya, Avstriya va Shveysariyaning taniqli yosh olimlarini stipendiyalar bilan ta’minlab kelmoqda. Akademiyaning dasturi ularga ikki yilgacha chet elda (yoki Germaniyada) taniqli ilmiy muassasada mustaqil tadqiqot olib borishga imkon beradi. Chet eldan qaytib kelganidan so‘ng, \"Leopoldina\" nemis akademik muhitiga qo‘shilishni osonlashtirish uchun besh yilgacha moliyalashtirish va murabbiylik dasturlari orqali o‘z safdoshlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 16
Manbalar 1. Союз немецких академий наук // https://clck.ru/arh87 2. В Германии появилась академия наук // https://clck.ru/aroQM 3. Немецкая национальная академия наук Леопольдина - German National Academy of Sciences Leopoldina // https://wikisla.ru/wiki/german_national_academy_of_sciences_leopoldina#Activities 4. Leopoldina // https://www.leopoldina.org/uploads/tx_leopublication/2021_Leo- Infobroschuere_EN_web_01.pdf 5. Präsidium // https://www.leopoldina.org/ueber-uns/ueber-die-leopoldina/praesidium-und- gremien/praesidium/ 6. Klassen // https://www.leopoldina.org/ueber-uns/ueber-die-leopoldina/praesidium-und- gremien/klassen/ 7. Zentrum für Wissenschaftsforschung // https://www.leopoldina.org/ueber-uns/zentrum-fuer- wissenschaftsforschung/ueber-das-zentrum-fuer-wissenschaftsforschung/ 8. Archiv // https://www.leopoldina.org/ueber-uns/archiv/ 9. Bibliothek // https://www.leopoldina.org/ueber-uns/bibliothek/ 10. Wissenschaftsdiplomatie // https://www.leopoldina.org/international/wissenschaftsdiplomatie/ 11. Kooperationen // https://www.leopoldina.org/ueber-uns/kooperationen/ 12. Stifterverband für die Deutsche Wissenschaft // https://www.leopoldina.org/ueber- uns/kooperationen/stifterverband/ 13. Институт экономических исследований Галле // https://www.hmong.press/wiki/Halle_Institute_for_Economic_Research 14. Leibniz-Institut für Wirtschaftsforschung Halle // https://www.leopoldina.org/ueber- uns/kooperationen/leibniz-institut-fuer-wirtschaftsforschung-halle/ 15. Science Media Center Germany // https://www.leopoldina.org/ueber-uns/kooperationen/science- media-center/ 16. Die Junge Akademie // https://www.leopoldina.org/ueber-uns/kooperationen/die-junge- akademie/ 17. Wissenschaft im Dialog // https://www.leopoldina.org/ueber-uns/kooperationen/wissenschaft-im- dialog/ 18. Leopoldina // https://www.leopoldina.org/uploads/tx_leopublication/2021_Leo- Infobroschuere_EN_web_01.pdf 19. Леопольдина // https://dic.academic.ru/dic.nsf/ruwiki/1371429#.D0.9D.D0.B0.D0.B3.D1.80.D0.B0.D0.B4.D1.8B 17
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi Тoshkent - 2022 y.
Search
Read the Text Version
- 1 - 18
Pages: