OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI №15 OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA MUQOBIL ENERGETIKANI JORIY ETISH DAYJEST Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Joriy yilning 27 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalarida quyosh panellarini joriy etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingan edi. Mamlakatimizda energetik barqarorlikka erishishning eng samarali yo‘li, deya ta’rif etilayogan bu islohotlar bosqichma - bosqich, avvalo ijtimoiy soha ob’yektlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Sherzod Jumanov boshchiligidagi vazirlik ishchi guruhi bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, ta’lim maskanining 2 - son Talabalar turarjoyi 2 ta geokollektor yordamida 400 litr issuq suv bilan ta’minlanmoqda. Yillik rejaga asosan, yil yakuniga qadar hududda 430 kVtlik quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan (Davlat dasturiga asosan, kapital ta’mirlanayotgan binolar hisobiga). 2
TDAU Samarqand filialida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari boshlandi Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali joriy yilda mavjud laboratoriya va taʼlim jarayonida foydalaniladigan jihozlarni uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlash maqsadida 120 (kVt) quyosh fotoelektr stansiyasi oʻrnatish uchun tashabbusli byudjet loyihasida gʻolib boʻlgandi. Ayni paytda filial binosiga quyosh panellarini oʻrnatish ishlari boshlandi. Rejaga koʻra, loyiha ishi 3 chorak boshi bilan tugatilib, hududiy elektr tarmoqlari bilan shartnoma imzolangach, ishga tushiriladi. Hozircha 630 mln soʻmga shartnoma imzolangan, qolgan yana 60 kVtga shartnoma imzolanib oʻrnatilishi koʻzda tutilmoqda. Filialda 120 (kVt) quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushgach, mavjud 5 ta laboratoriya va taʼlim jarayonida foydalaniladigan barcha texnik jihozlar uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlanadi va elektr energiyasiga boʻlgan talab toʻliq qoplanadi. Shuningdek, ortib qolgan elektr energiyasi davlatga sotilib, foydasi filialning daromadlariga qoʻshiladi. O‘quv binolari 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 2013-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Birinchi o‘quv binosi 750 nafar, ikkinchi o‘quv binosi 550 nafar va uchunchi o‘quv binosi 550 nafar, jami 1850 nafar o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan. Jami yer maydoni 3.6 gektar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16- fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-fevraldagi 8-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat pedagogika institutining ikkinchi va uchinchi o‘quv binolari tom qismiga quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan edi va bugungi kunda reja o‘z vaqtida to‘liq bajarildi. 3
Urganch davlat pedagogika instituti Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023-yilda quyosh panellarini o‘rnatish dasturiga asosan institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 100 kVt/soat quyosh panellarini 2023-yilning 2-choragida o‘rnatish belgilangan. Quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari “Mega energo loyiha” MChJ tomonidan tayyorlandi hamda “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm hududiy bo‘limi tamonidan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olindi. 4
Urganch davlat pedagogika instituti Ushbu texnik shart asosida loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tartibda quvvati 100 kVt/soat bo‘lgan, har biri 0.55 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 182 dona quyosh panellari hamda quyosh panellari uchun 2 dona “SOLIS” S5-GC50K markali 550 kVt kuchlanishga mo‘ljallangan invertor qurilmalari “XORAZM MUHANDISLARI” xususiy korxonasi tomonidan o‘rnatilib ishchi holatga keltirildi hamda o‘rnatilgan quyosh panellari Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritildi. Urganch davlat pedagogika institutida joriy yilning 29-may holatiga jami reja bo‘yicha 100 kVt/s quyosh panellari to‘liq o‘rnatildi. O‘rnatilgan 100 kVt/s quyosh panellari institutga zarur bo‘lgan elektr energiyasini 100 foizga qoplagan holda ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlatga sotish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi. Ushbu qurilma hozirgi kunda Xorazm viloyati hududiy elektr tarmoqlari elektr liniyasi tizimiga ulangan. Institutning uchta o‘quv binosiga 1 kunda o‘rtacha 384 kVt, bir oyda 384x30=11520 kVt, bir yilda eng yuqori 140 000 kVt elektr energiyasi sarf qilinadi. 5
Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023
Search
Read the Text Version
- 1 - 6
Pages: