Mundarija 1. Navoiy Yoshlar texnoparki haqida 2. Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha 3. Navoiy Yoshlar Texnoparkidagi uskunlar haqida 4. Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar 5. Yosh tashabbuskor tadbirkorlar ustaxonasi.
Navoiy Yoshlar Texnoparki haqida Navoiy viloyati Yoshlar texnoparki 2023 yilning iyun oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Navoiy viloyatining Navoiy shahrida joylashgan ushbu texnopark yoshlar, talabalar, olimlar hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z loyihalarini va g'oyalarini amalga oshirish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga ega, zamon talablariga javob beruvchi eng so'ngi rusumdagi jihozlangan o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi. “Navoiy Yoshlar texnoparki” yiliga 500 nafar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohaga qiziquvchi yoshlarni 8 ta “Web-dasturlash”, “Robototexnika”, “Elektronika”, “Grafik dizayn’’, ‘‘Fashion-dizayn”, “Mobilografiya”, “SMM”, “Target” yo‘nalishlarida o‘qitish imkoniga ega. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarni axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakalari oshiriladi. O‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bepul internet zamonaviy kompyuter to‘plamlari, 3D printerlar, Arduino va lego qurilmalari mavjud. 2
O‘quv kurslar davomida yo‘nalishlar kesimida tinglovchilar talablari asosida yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar, master-klasslar va ilmiy-texnik konferensiyalar tashkil etib boriladi hamda iqtidorli tinglovchilar turli respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, Yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirishda amaliy ko‘maklashadi. hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligining grantlar berish yuzasidan eʼlon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, texnopark binosida xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish maydoni mavjud bo‘lib Lazerli kesish, Gidravlik press, Hs Vertikal mashina markazi, presslash, Tokarlik dastgohi, Frezerli ishlov berish kabi uskunalari bilan jihozlangan. Ushbu dastgohlar orqali viloyatda faoliyat yuritayotgan korxonalar hamda sanoat zonalari uchun qattiq jismlarga qayta ishlov berish va ishlab chiqarishda zaruriy bo‘lgan Mahsulotlar tayyorlash orqali xizmat ko‘rsatiladi. Hozirgi kunda Texnoparkning ishlab chiqarish hududida 5 ta zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari mavjud bo‘lib, ularda Texnopark mutaxassislari tomonidan 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida 10 dan ortiq xizmat turlari ko‘rsatilib 1mlrd so‘mlik daromad ko‘zda tutilmoqda. Texnopark tomonidan yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida iqtidorli yoshlar va talabalarning ijodiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan «INNOX» biznes-inkubator faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida 50 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida 5000 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi. 3
Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha Zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Navoiy Yoshlar Texnoparki tomonidan “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida Dasturlash, Grafik dizayn, Robotatexnika, Mobilografiya, SMM va Target yo‘nalishlarida 3 oylik bepul o‘quv kurslari tashkil etilgan. 4
Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing (Kelajak kasblari) 4 marta 2 000 nafar yoshlar “Zamonaviy kasblarni “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi bepul o‘rganing” loyihaga tashkil etildi qamrab olindi 325 nafar yoshlar 552,6 mln so‘m “Zamonaviy kasblarni Qiymatidagi o‘quv kurslari bepul o‘rganing” yil so’ngiga qadar bepul loyihasiga jalb qilindi o‘qitilishi rejalashtirilgan Ushbu loyiha bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash bilan birga, ularga mustaqil daromad topish va AT kasblarini o‘rganishiga ham birdek yordam beradi. Ushbu talabalar egallagan mutaxassislar bilan ulardan bir nechtasi texnoparkda frilanserlik faoliyati va o‘z startaplarini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqdalar. 5
“AB creative” Elektron Led doska “AB Creative” xususiy korxonasi hamda “Navoiy Yoshlar Texnoparki” MChJ oʼrtasida tuzilgan shartnomaga asosan LED DOSKА ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyildi. Ushbu dasturiy qurilma video darslik yaratish, masofaviy taʼlimni vebinar va konferensiyalarni sifatli tashkil etish uchun innovatsion yechim hisoblanadi. Ushbu startap loyiha doirasida 5 ta yangi ish oʼrni yaratildi. Navoiy Yoshlar Texnoparkida kutubxona tashkil etildi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan mablagʼ hisobiga Navoiy viloyati \"Saodat sari\" ijtimoiy koʼmak markazi jamoat birlashmasining \"Milliy kutubxona milliy qadriyatlar maskani\" nomli loyihasi doirasida Navoiy shahridagi \"Maʼrifat\" mahallasida joylashgan Yoshlar texnoparkida zamonaviy kutubxona tashkil etildi. Yosh ixtirochilar Navoiy Yoshlar Texnoparki hamda NDKTU ixtirochi talabalari bilan hamkorlikda “Yosh ixtirochilar – iqtisodiyot tayanchi” mavzusida seminar tashkil etildi. Shuningdek, startap loiyiha egalarini o‘z g‘oyalarining prototiplarini tayyorlashlariga ko‘maklashish maqsadida Navoiy Yoshlar Texnoparkining ishlab chiqarish maydoni tarkibida tashkil etilgan “FabLab” (fabrication labaratory) prototiplash labaratoriyasidan foydalanish imkoniyati berildi. 6
“InnoX” biznes-inkubatori faoliyati bo‘yicha 635,5 mln so‘m 75 ta Dasturga ajratilgan Loyiha qabul mablag‘ qiymati qilinadi va o‘qitiladi Ro'yxatdan о‘tish Dastlabki texnik Mentorlarni biriktirish ekspertiza Inkubatsiya Akseleratsiya dasturida ishtirok Akseleratsiya jarayoniga o'tgan etish uchun arizalar dasturida ishtirok loyihalarga malakali https://forms.gle/Ks etish uchun kelib mutaxassislar jalb z2no78Pssy36xb7 tushgan loyihalar sayti orqali qabul texnik ekspertizadan qilinadi. qilinadi. o‘tkaziladi va saralab olinadi. 7
3 oylik o'quv kursi Demo day Seed funding Startapni texnik va Inkubatsiya Ekspertlar moliyaviy jarayonidan tomonidan demo muvaffaqiyatli kunida saralanib shakillantirish, o'tgan istiqbolli olingan loyihalarni mahalliy va xorijiy loyihalarga moliyalashtirish investitsiya hamda investitsiyalar jalb uchun vazirlikka grantlar jalb etishga qilish maqsadida investorlarga taqdim etish. tayyorlash. taqdimot o'tkazish. DASTUR NATIJALARIGA KO'RA: 1 25 ta startap loyiha shakllantiriladi 2 Texnopark rezidentligiga qabul qilinadi 3 Venchur fondlar va grant tanlovlarga yo‘naltiriladi 8
“InnoX” biznes-inkubator dasturini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan nizomga muvofiq Navoiy Yoshlar Texnoparkida “InnoX” biznes-inkubator dasturi ishga tushirildi. Bugungi kunga qadar ushbu loyiha biznes inkubator dasturi sifatida texnopark tomonidan bir necha marta tashkil etildi. 15 ta 3 ta Startap loyihalar Startap loyihalar shakllantirildi moliyalashtirildi 23 ta Startap loyihalar Innovatsion rivojlanish agentligining grant tanlovlariga yo‘naltirildi 9
Yosh tashabbuskor tadbirkorlar ustaxonasi. Pudratchi tashkilot hamda Dalian DRS Mechiner kompaniyalari oʼrtasida 2022-yilning 15-sentabr kuni tuzilgan shartnomaga asosan yana 5 turdagi zamonaviy CHPU uskunalar olib kelib oʼrnatilishi kerak edi 19-mart kuni shartnomadagi uskunalarni 2 tasi texnopark ustaxonasiga olib keltirildi, hozirgi vaqtda barcha uskunalar oʼrnatilib ishga tushirildi. Navoiy viloyat hokimi N.Tursunov Navoiy Yoshlar Texnoparkida boʼlib bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, hamda “Gidro stanko servis” MChJ rahbari Baxtiyor Xamrayev koʼmagida Xitoy Xalq Respublikasidan Texnopark ustaxonasiga keltirilgan uskunalarni oʼrnatish, ishga tushirish hamda yoshlarimiz orasida injenerlik mahoratlarini oshirish boʼyicha kelishib olindi. 10
Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar Navoiy Yoshlar Texnoparki binosining pastgi qismida “AB Creative” xususiy korxonasi hamda “Navoiy Yoshlar Texnoparki” MChJ oʼrtasida tuzilgan shartnomaga asosan LED DOSKА ishlab chiqarilishi yoʼlga qoʼyildi. Ushbu dasturiy qurilma video darslik yaratish, masofaviy taʼlimni vebinar va konferensiyalarni sifatli tashkil etish uchun innovatsion yechim hisoblanadi. Ushbu startap loyiha doirasida 5 ta yangi ish oʼrni yaratildi. 11
Mavjud uskunalar Gidravlik press uskunasi Lazer bilan kesish dastgohi (30150) CNC Universal frezerlash dastgohi Frezerli ishlob berish dastgohi VMC-850 CK6150X1000 Tokarlik dastgohi Kompressor 12
Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar faoliyati InnoX biznes inkubator Trening Web dasturlash Seminar Grafik dizayn Master klass Robototexnika CSS batl (musobaqa) SMM, Targget Mahorat darsi Mobilografiya 2 500 nafar 40 ta Qamrab olingan yoshlar soni O‘tkazilgan tadbirlar soni 13
Navoiy viloyati “Qizlar ovozi” klubi tuman-shahar koordinatorlari va klub faoliyatiga qiziquvchi qizlar uchun o’quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida klubning maqsad va vazifalari ishtirokchilarga tushuntirildi. Koordinatorlar uchun faoliyat yo’riqnomasi va ish rejasi taqdim etildi “Yoshlar daftari” va “Yoshlar balansi”, “Kelajak kasblari” to’g’risida taqdimot qilindi. Mahallalar bilan mahallabay ishlash tartibi tushuntirildi. Seminar so’nggida esa ishtirokchilarga sertifikat, ishonch yorliqlari hamda klub ko’krak nishonlari taqdim etildi. 14
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida texnologik startap egalari uchun “TechnoWayst” texnologik rivojlanish marafoniga start berildi Bundan ko’zlangan asosiy maqsad ilm-fan va ishlab chiqarishni o’zaro bir- biriga bog’lash va bu orqali ishlab chiqarish jarayoniga innovatsiyalarni keng tatbiq qilishdir. 15
Joriy yilning 25-aprel kuni INNOPROM – xalqaro sanoat ko’rgazmasi doirasida Navoiy Yoshlar Texnoparki va Rossiya Federatsiyasining Oʻquv uskunalari, o’quv jihozlari va taʼlim tashkilotlariga yetkazib beruvchi sanoat korxonalari Milliy uyushmasi (Национальный союз предприятий индустрии учебного оборудования, средств обучения и поставщиков образовательных организаций) o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 16
Jamiyatda yoshlarning siyosiy, huquqiy o‘rni Konstitutsiya bilan kafolatlanadi. Navoiy viloyati yoshlar texnoparkida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi tashviqotiga bag‘ishlangan “Jamiyatda yoshlarning siyosiy, huquqiy o‘rni Konstitutsiya bilan kafolatlanadi!” shiori bilan kasb-hunar o‘rganayotgan faol yoshlar bilan muloqot tashkil etildi. 17
X/R: 20208000705561962001 @navoiy_yoshlar_texnoparki MFO: 00401 @yoshlar_texnoparki INN: 309110569 +99894 010 02 20 ATIB: “Aloqabank” Navoiy shahar Navoiy sh. G‘alaba shox ko‘chasi 11 uy
Search
Read the Text Version
- 1 - 19
Pages: