Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Katalog Toshkent viloyati (2)

Katalog Toshkent viloyati (2)

Published by Guset User, 2023-07-29 11:35:32

Description: Katalog Toshkent viloyati (2)

Search

Read the Text Version

Mundarija : 1. Texnopark haqida 2. Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha 3. Dasturiy va texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyati 4. Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar 5. Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar faoliyati 6. Texnopark rezidentlari tomonidan shakllantirilgan startap loyihalar 1

Texnopark haqida Toshkent viloyati Yoshlar texnoparki 2021 yilning fevral oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joylashgan ushbu texnoparkda yoshlar, talabalar, olimlar hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z loyihalarini va g'oyalarini amalga oshirish hamda rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga ega, zamon talablariga javob beruvchi so'ngi rusumdagi jihozlangan o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi. “Toshkent viloyati Yoshlar texnoparki” yiliga 500 nafar axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarni 5 ta “Web- dasturlash”, “Robototexnika”, “3D modellashtirish”, Autocad va Kompyuter savodxonligi yo‘nalishlarida o‘qitish imkoniga ega. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarni axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha malakalari oshiriladi. O‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. “Coworking” zonasi, bepul internet bilan ta’minlangan zamonaviy kompyuter to‘plamlari, 3D printerlar, Arduino va lego qurilmalari mavjud. 2

Texnopark haqida O‘quv kurslar davomida yo‘nalishlar kesimida tinglovchilar talablari asosida yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar, master-klasslar va ilmiy-texnik konferensiyalar tashkil etib boriladi hamda iqtidorli tinglovchilar turli respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, Yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishda ko‘maklashadi hamda Innovatsion rivojlanish agentligining tomonidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, texnopark binosida xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish maydoni mavjud bo‘lib lazerli kesish, universal frezerlash, uskunalari bilan jihozlangan. Ushbu dastgohlar orqali viloyatda faoliyat yuritayotgan korxonalar hamda sanoat zonalari uchun qattiq jismlarga qayta ishlov berish va ishlab chiqarishda zaruriy bo‘lgan mahsulotlar tayyorlash orqali xizmat ko‘rsatiladi. Hozirgi kunda Texnoparkning ishlab chiqarish hududida 5 ta zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari mavjud bo'lib, ularda Texnopark mutaxassislari tomonidan 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Texnopark tomonidan yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida iqtidorli yoshlar va talabalarning ijodiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “InnoX” biznes-inkubator faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida 20 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida 2000 mingdan ziyod yoshlar qamrab olindi. 3

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha Zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent viloyati Yoshlar texnoparki tomonidan “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida dasturlash, kompyuter savodxonligi, 3D modellashtirish,kompyuter savodxonligi va robototexnika yo‘nalishlarida 3 oylik bepul o‘quv kurslari tashkil etilgan. Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning farzandlarini kelajak kasblariga o‘qitish uchun kurslar tashkil etilgan. 4

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing 800 nafar yoshlar 3 marta “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihaga qamrab olindi “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi tashkil etildi 325 nafar yoshlar 155,0 mln so‘m “Zamonaviy kasblarni bepul Qiymatidagi o‘quv kurslari bepul o‘rganing” loyihasiga jalb qilindi o‘qitildi Ushbu loyiha bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash bilan birga, ularga mustaqil daromad topish va AT kasblarini o‘rganishga ham birdek yordam beradi. Ushbu talabalar egallagan mutaxassisliklari bilan texnoaprkda frilanserlik faoliyati va o‘z startaplarini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqdalar. 5

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha “Biznes marafon” Yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida har oyda 1 marta muvaffaqiyatli startap egalari, yetakchi kompaniyalar vakillari hamda malakali mutaxassislar ishtirokida biznes marafon tashkil etilishi yo‘lga qo‘yildi. “G‘oyadan startapgacha” Haftada 2 marotaba oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda boshqa iqtidorli yoshlarni jalb etgan holda g‘oyalarni rivojlantirish, mahsulotning bozor va marketing tahlili, biznes reja tuzish hamda moliyalashtirishga tayyorlash bo‘yicha seminar treninglar tashkil etilmoqda. Innovatorlar kuni. Haftaning shanba kunlari soat 15:00 dan 17:00 gacha o‘zining g‘oyalariga ega bo‘lgan yoshlarga yo‘nalishlar va maslahatlar berish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, startap loiyiha egalarini o‘z g‘oyalarining prototiplarini tayyorlashlariga ko‘maklashish maqsadida Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparkining ishlab chiqarish maydoni tarkibida tashkil etilgan “FabLab” (fabrication labaratory) prototiplash labaratoriyasidan foydalanish imkoniyati berildi. 6

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha “InnoX” biznes-inkubatori faoliyati bo‘yicha Ro'yxatdan о‘tish 3 oylik o'quv kursi Inkubatsiya dasturida ishtirok etish uchun arizalar Startapni texnik va moliyaviy shakllantirish, mahalliy va xorijiy https://forms.gle/vPkUSv3FxCk67D5GA sayti orqali qabul qilinadi. investitsiya hamda grantlar jalb etishga tayyorlash. Dastlabki texnik ekspertiza Demo day InnoX dasturida ishtirok etish uchun kelib tushgan loyihalar texnik Inkubatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o'tgan istiqbolli loyihalarga ekpertizadan o'tkaziladi va saralab olinadi. investitsiyalar jalb qilish maqsadida investorlarga taqdimot o'tkazish. Mentorlarni biriktirish Seed funding Inkubatsiya jarayoniga o'tgan loyihalarga malakali mutaxassislar jalb Ekspertlar tomonidan demo kunida saralanib olingan loyihalarni qilinadi. moliyalashtirish uchun agentlikka taqdim etish. 1. DASTUR NATIJALARIGA KO'RA: 2. 30 TA STARTAP LOYIHA SHAKILLANTIRILADI 3. TEXNOPARK REZIDENTLIGIGA QABUL QILINADI 4. VENCHUR FONDLAR VA GRANT TANLOVLARGA YO‘NALTIRILADI 635,5 mln so‘m 30 ta Dasturga ajratilgan mablag‘ Loyiha qabul qilinadi va o‘qitiladi qiymati 7

Yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish bo‘yicha “InnoX” biznes-inkubator dasturini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan nizomga muvofiq Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparkida “InnoX” biznes- inkubator dasturi ishga tushirildi. “InnoX” biznes-inkubator dasturi doirasida loyihani to‘liq shakllantirish, moliyaviy barqarorlikka erishish, soliq imtiyozlari va loyihani to‘liq yuritish haqida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Dastur davomida taniqli tadbirkor “Mfaktor” va “Deli” kompaniyalari asoschisi Husan Mamasaidov bilan “Muvaffaqiyatli biznes qurish”, “Biznesda muvaffaqiyat va mag‘lubiyat omillari” mavzusida biznes uchrashuvlar tashkil etilib, loyiha ishtirokchilariga ko‘mak berildi. Bugungi kunga qadar ushbu loyiha biznes inkubator dasturi sifatida texnopark doirasida 3 bor tashkil etilgan. “InnoX” biznes inkubatsiya dasturiga bu bo‘yicha 250 dan ortiq iqtidorli yoshlar innovatsion startap loyihalarini amaliyotga joriy etish uchun qatnashdilar shulardan 30 dan ortiq yoshlarni tanlab olinib, 3 oylik dastur asosida o‘qitildi. 30 ta 20 ta Startap loyihalar shakllantirildi Startap loyihalar Innovatsion rivojlanish agentligining grant tanlovlariga yo‘naltirildi 8

Dasturiy va texnologik maxsulotlari ishlab chiqarish faoliyati “Elektron poliklinika” onlayn platformasi “Elektron poliklinika” har bir shahar va tumandagi tibbiyot birlashmalari va vrachlik punktlariga o‘rnatilib bemorlar va shifokorlarga bir qancha qulayliklar yaratadi. Bu platforma orqali fuqaro o‘z shaxsiy varaqasi yo‘qolishidan va to‘plangan navbatlardan aziyat chekmaydi. Mobil telefon orqali uyda turib o‘z navbatini va shifokor haqida maʼlumotni to‘liq bilib olish mumkin “Elektron poliklinika” ortiqcha ovoragarchiliklarga chek qo‘yish maqsadida ishga tushirildi. 9

Dasturiy va texnologik maxsulotlari ishlab chiqarish faoliyati “Elektron tez tibbiy yordam” onlayn platformasi “Elektron tez tibbiy yordam” platformasining afzalliklari shundaki endilikda fuqaro bu tizim orqali noqulay vaziyatda bemor haqida maʼlumot bermaydi va tez tibbiy yordam xodimlari uy manzilida adashib kechikishidan aziyat chekmaydi. Ularni kutib olish uchun chiqmasdan bemor yonida bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar Toshkent viloyati Yoshlar texnoparki ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maydonida “FabLab” prototiplash labaratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, labaratoriya zamonaviy dastgohlar bilan ta’minlangan. Ishlab chiqarish maydonchasida poyabzal qismlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 10

Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar Lazer bilan kesish dastgohi 3D printerlar Eron Islom Respublikasining “Amnpardor Soft Corparation” korxonasi va yurtimizning “Voltauto” MChJ korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 11

Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son farmoniga binoan “Аqlli taʼlim” yo‘nalishi bo‘yicha Ohangaron tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Interaktiv taʼlim VR” va “Supervisor” dastur loyihalari taqdim etildi va joriy qilindi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha “Kimyo fani labaratoriyasini virtual reallik asosida o‘rgatuvchi dastur” loyihasi tumandagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 250,0 mln so‘mga sotildi. Ohangaron shahridagi band bo‘lmagan aholini kasblarga o‘qitish maqsadida Ohangaron shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan 10 mln so‘mlik shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra 30 nafar ayollar va yoshlarga Kompyuter operatorligi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Ohangaron shahar hokimiyati va Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo‘linmasi tomonidan 50 mln so‘mlik memorandum imzolandi. Unga ko‘ra zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qish istagida bo‘lgan 19 nafar yoshlarning o‘qish xarajatlari qoplab berildi. “Toshkent viloyati Yoshlar texnoparki” va “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Innovatsion injenering tajriba xonasi tashkil etilib, Toshkent viloyati Yoshlar texnoparki Olmaliq filiali o‘z faoliyatini boshladi. Filial talabalari uchun kompyuter savodxonligi va 3D modellashtirish yo‘nalishlarida o‘quv kurslari tashkil etildi. 12

Ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilgan ishlar Yoshlar Texnoparki jamoasi aʼzolari Mirzo Ulug‘bek vorislari Respublika tanlovining Ohangaron shahar bosqichida Xotamqulov Ahliddin, Yulchiev Sarvar, Zabaydullina Karina, Xusniddinov Shahobiddin o‘z loyihasi bilan ishtirok etib g‘olib bo‘ldi va viloyat bosqichiga o‘tdi. Yulchiev Sarvar va Zabaydullina Karina Respublika bosqichida g‘olib bo‘lib sertifikat hamda Toshkent shahar INNO Texnoparkda 3 oy bepul foydalanish uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Andijon viloyatida tashkil yetilgan Andijon Yoshlar forumida robototexnika bo‘yicha g‘olib bo‘lib Norboyev Muhammadqodir Ohangaron shahar hokimligi tomonidan planshet bilan taqdirlandi. Yoshlar texnoparki jamoa aʼzosi Ixtiyor Rashidov Ixtirochilik qobiliyati bilan ko‘plarning nazariga tushayotgan Ixtiyor Rashidov respublika va xalqaro tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Yaqinda u Toshkent Davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tgan “Yil talabasi” tanlovida qatnashib, \"Yilning yeng faol ixtirochi-innovator talabasi\" nominatsiyasida g‘olib bo‘lib qaytdi. Yana bir yangilik shuki, Ixtiyor Rashidov shogirdi Shahobiddin Xusniddinov bilan birgalikda \"SUNʼIY INTELLEKTGA EGA ROBOT\" ixtiro qildi. 13

Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar faoliyati ▪ Biznes inkubator ▪ Trening ▪ Web dasturlash ▪ Seminar ▪ Robototexnika ▪ Master klass ▪ 3D modellashtirish ▪ Texno-Quiz (musobaqa) ▪ Kompyuter savodxonligi ▪ Mahorat darsi 15 ta O‘tkazilgan tadbirlar soni 1 800 nafar Qamrab olingan yoshlar soni 14

Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar “Kimyo fanini interaktiv multimedia hamda virtual reallik asosida oʼrgatuvchi dastur” Yoshlar dastur va VR ko‘zoynak orqali kimyoviy elementlar ustida virtual tajriba o‘tkazish imkonini beradi. Buning natijasida kimyoviy elementlarni virtual shaklda aralashtirib, qanday reaksiya hosil qilayotganini ko‘rish mumkin. Ishchi o‘rinlar Yillik xizmat ko‘rsatish Loytiha qiymati Yaratilgan: 15 ta Hajmi: 1,750 mln so‘m Hajmi: 792 mln so‘m 15

Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar “Ikkilamchi rezina(shina) maxsulotlaridan interer va eksterer dizayn sohasida ishlatiladigan rezina plitkalar ishlab chiqarish” Maktabgacha taʼlim muassasalari, bolalar maydonchalari, istirohat bog‘lari, fitnes klublari va oddiy uy sharoitida ham foydalanish mumkin bo‘lgan rezina plitkalar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu plitkalar ikkilamchi mahsulotdan ishlab chiqarilgan bo‘lib, asosiy maqsad chiqindi hisoblangan mahsulotdan foydali, qulay, elastik, va ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi.Bugungi kunda bozorda ushbu mahsulotga talab juda yuqori bo‘lganligi sababli ushbu talabni mahalliy xom-ashyolar asosida qoplash maqsadida ushbu loyiha ishlab chiqildi. Ishchi o‘rinlar Yillik xizmat ko‘rsatish Loytiha qiymati Yaratilgan: 7 ta Hajmi: 600 mln so‘m Hajmi: 800 mln so‘m 16

Texnopark rezidentlari tomonidan shakillantirilgan startap loyihalar “Uglegrafitli materiallar asosida yuqori haroratlarda agressiv hamda abraziv muhitlarda ishlatiladigan ishqorbardosh va kislotabardosh materiallar olishning yangi texnologik tamoyillarini ishlab chiqish Respublikamizda uglerodga boy bo‘lgan mahalliy xomashyolar asosida metallurgiya va elektrotexnika sohalari uchun yuqori haroratlarda, agressiv hamda abraziv muhitlarda ishlovchi Uglegrafitli materiallar asosida g‘ishtlar va elektr- cho‘tkalarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.OKMK AJ xorijdan yiliga 500 ming dona (1.5 ming kg) yuqori haroratga chidamli g‘isht sotib oladi. Mamlakatimiz bozorida ushbu mahsulotga yiliga 1.5 mln donadan ortiq talab mavjud. Ushbu talabni mahalliy xomashyolar asosida qoplash maqsadida ushbu loyiha ishlab chiqildi. Ishchi o‘rinlar Yillik xizmat ko‘rsatish Loytiha qiymati Yaratilgan: 12 ta Hajmi: 4,300 mln so‘m Hajmi: 1,098 mln so‘m 17


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook