Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Katalog Nukus

Katalog Nukus

Published by Guset User, 2023-07-29 11:34:13

Description: Katalog Nukus

Search

Read the Text Version

Mundarija 1. Texnopark haqida 2. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar 3. Mavjud uskunalar 4. Yoshlar texnoparki natijalari 5. Yosh innovatorlar 6. Yoshlar texnoparki a’zolari tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar 7. Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar faoliyati 1

Texnopark haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-son qaroriga muvofiq “Nukus Yoshlar Texnoparki” MChJ tashkil etilib, 2022-yilning avgust oyidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda. Yoshlar texnoparkining umumiy yer maydoni 1260 kv metr va shundan qurilish maydoni 864 kv metrni tashkil etadi. Bugungi kunda Nukus yoshlar texnoparki tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni rivojlantirish va ularni prototiplarini yaratish hamda ishlab chiqarishda foydalanishga mo‘ljallangan zamonaviy asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlangan. 2

Texnopark haqida • Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida joylashgan ushbu texnopark yoshlar, talabalar, olimlar hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z loyihalarini va g‘oyalarini amalga oshirish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlarga ega, zamon talablariga javob beruvchi eng so‘ngi rusumdagi jihozlangan o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki hisoblanadi. • Nukus yoshlar texnoparkida IT yo‘nalishlarida o‘qtishga mo‘ljallangan uchta xona mavjud va ushbu xonalarda robototexnika, 3D modellashtirish, “Python” kabi yo‘nalishlarda yiliga 600 nafardan ortiq yoshlarni o‘qitish imkoniyatiga ega. • O‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bepul internet zamonaviy kompyuter to‘plamlari, 3D printerlar, Arduino va lego qurilmalari mavjud. • Bundan tashqari yoshlar bo‘sh vaqtlarida erkin muloqot qilish va o‘z loyihalari ustida ishlash imkoniyatiga ega zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan “Coworking” hududi mavjud. • Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi innovator yoshlarining startap loyihalarini rivojlantirishda amaliy ko‘maklashadi hamda Innovatsion rivojlanish agentligining grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga va xalqaro tanlovlarga loyihalarini yo‘naltiriladi. • Bundan tashqari, texnopark binosida xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish maydoni mavjud bo‘lib lazerli kesish, universal frezerlash, qattiq jisimlarni qayta ishlash, presslash hamda universal burg‘ulash uskunalari bilan jihozlangan. Ushbu dastgohlar orqali Respublikada faoliyat yuritayotgan korxonalar hamda sanoat zonalari uchun qattiq jismlarga qayta ishlov berish va ishlab chiqarishda zaruriy bo‘lgan mahsulotlar tayyorlash orqali xizmat ko‘rsatiladi. • Hozirgi kunda Texnoparkning ishlab chiqarish hududida 5 ta zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari mavjud bo'lib, ularda Texnopark mutaxassislari tomonidan 12 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida 3 dan ortiq xizmat turlari ko‘rsatilib 800 mln so'mlik daromad qilindi. • Texnopark tomonidan yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida iqtidorli yoshlar va talabalarning ijodiy-innovatsion salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “InnoX” biznes-inkubator faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Respublika oliy ta’lim muassasalarida 10 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida 3234 nafar yoshlar qamrab olindi. 3

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri 2022-yil 9-dekabrdagi 412-son qaroriga muvofiq Nukus yoshlar texnoparki da “InnoX” biznes-inkubator dasturi tashkil etildi. “InnoX” biznes-inkubator dasturi 1-choragida umumiy 170 nafar yoshlardan arizalar kelib tushgan bo‘lib shundan 25 ta loyiha saralab olinib 4-oy davomida loyihani shakillantirish va loyihalari prototiplarni ishlab chiqishga amaliy yordam berib kelinmoqda. IICAS va UNCEF tomonidan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning loyihalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida “Imkonlab” tanlovi tashkil etilgan. Tanlov yakunida g‘olib deb topilgan jamoalar loyihalari prototiplarini ishlab chiqishda 12 ta loyihaga amaliy yordam ko‘rsatildi. 4

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar Yoshlar texnoparkida o‘qitilgan yoshlar Yoshlar texnoparki tomonidan tashkil etilgan kurslar orqali umumiy 320 nafar o‘g‘il qizlar bepul o‘qitildi. 43 nafar Ish bilan ta’minlanganlar soni 3 234 nafar 320 nafar Qamrab olingan yoshlar soni Bepul o’qitilgan 5

Yoshlarni Yqoos‘lhlalabr-qteuxvnvoaptlaarskhignaatqijaarlaatriilgan dasturlar 30 ta 839 nafar talabalar o‘rinli bepul “coworking” uchun amaliyot darslari zonasi yo‘lga qo‘yildi о‘tkazildi 170 nafar yoshlar “InnoX” 3234 nafar yoshlar biznes-inkubator dasturiga Texnoparkda tashkil etilgan o‘quv jalb qilindi kurslari va seminarlar orqali qamrab olindi 50 nafar yoshlar tomonidan startap loyihalar 87 nafar ish bilan shakllantirildi ta’minlanganlar Texnoparkda amalga oshirilayotgan loyihalar va tashkil etilgan kurslar orqali 6

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar, “InnoX” biznes inkubatori dasturi • Ro‘yxatdan о‘tish • 4 oylik o‘quv kursi • Biznes-inkubator dasturida ishtirok etish • Startapni texnik va moliyaviy uchun arizalar shakillantirish, mahalliy va xorijiy https://docs.google.com/forms/d/1sVwd investitsiya hamda grantlar jalb etishga j6_iBPKLZcJevIp9q1E1s3Fdru1Nl5Bhqe_ tayyorlash. jRDo/edit linki orqali qabul qilinadi. • Dastlabki texnik ekspertiza • Demo day • Akseleratsiya dasturida ishtirok etish • Akseleratsiya jarayonidan muvaffaqiyatli uchun kelib tushgan loyihalar texnik o‘tgan istiqbolli loyihalarga investitsiyalar ekpertizadan o‘tkaziladi va saralab jalb qilish maqsadida investorlarga olinadi. taqdimot o‘tkazish. • Mentorlarni biriktirish • Seed funding • Akseleratsiya jarayoniga o‘tgan loyihalarga • Ekspertlar tomonidan demo kunida malakali mutaxassislar jalb qilinadi. saralanib olingan loyihalarni moliyalashtirish uchun agentlikka taqdim etish. DASTUR NATIJALARIGA KO‘RA: I-chorak 25 ta loyiha “Start4region” tanloviga arizalar topshirildi 7

Mavjud uskunalar CNC Universal frezerlash Tokar dastgohi CS6266C/8000 01 dastgohi VMC-850 02 CNC Universal frezerlash Universal burg'ulash mashinasi 03 dastgohi VMC-850 Z5140B 04 05 Lazer bilan kesish dastgohi 8

Yoshlar texnoparki natijalari Nukus yoshlar texnoparkida 1 yil davomida umumiy 3 234 nafar yoshlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha qamrab olindi. Shundan ayollar va temir daftardan umumiy 120 nafar yoshlar tashkil etilgan kurslarda bepul o‘qitildi. Kompyuter savodxonligi, robototexnika, 3D modellashtirish kabi yo‘nalishlarni muvaffaqiyatli bitirgan o‘quvchilardan 156 nafari davlat va xususiy korxonalariga ishga joylashtirildi. Biznes inkubator va akselerator jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan yoshlardan 62 nafar yoshlar kichik turdagi xalqaro grant sohibi bo‘lishdi . 83 ta loyiha 28 ta Shakllantirilgan loyihalar Amalga oshirilayotgan loyihalar 9

Yosh innovatorlar Yoshlar texnoparki a’zosi Dosxodjaev Timur Amangeldievich tomonidan ishlab chiqilgan “Raqamli bosma savdo avtomatini yaratish” nomli loyihasi bugungi kunda Nukus yoshlar texnoparkida ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu turdagi uskuna odam gavjun bo‘lgan joylarda foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib qog‘oz chiqarish jarayonida paydo bo‘layotgan navbatlarni kamaytiradi. 10

Yoshlar texnoparki a’zolari tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar Naslli qoramollarni sun’iy urug‘lantirish uskunasi Iqtisodiy ko‘rsatkichlari Mahsulot narxi: 800 ming so‘m/dona Analoglari narxi : analogi yo‘q Ishlab chiqarish hajmi : 15 000 dona/yiliga Vazifasi : Naslli va mahalliy qora mollarni sun’iy urug‘lantirish. Hozirgi paytta O’zbekiston Respublikasi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi” bilan 1000 dona ga shartnoma imzolandi. Tuzilgan shartnomalar Daromad 800,0 mln so‘m 2 ta Ishlab chiqarilgan soni 1000 ta 11

Yoshlar texnoparki a’zolari tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar “Raqamli bosma savdo avtomatini yaratish” onlayn platformasi Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatadigan raqamli bosmaxona savdo avtomati loyiha ishga tushirilishining dastlabki bosqichlarida oliy taʼlim muassasalari, talabalar shaharchasi va yotoqxonalarda oʻrnatiladi. Loyihaning asosiy maqsadli auditoriyasi universitet va kollejlar, texnikumlar talabalari, shuningdek, o‘qituvchilardir. Loyihaning asosiy afzalligi shundaki, vaqtni tejaydi. 12

Yoshlar texnoparki a’zolari tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar Uy joylarni isitishga mo‘ljallangan kichik turdagi energiya tejamkor innovatsion isitish qozoni. 120 kv metr maydonni 6 daqiqada qizdirish imkoniyatiga ega va ushbu isitish qozoni gaz bilan ishlovchi anologlariga qaraganda 40% ga gaz tejash imkoniyatiga ega. Agrolotok Iqtisodiy ko‘rsatkichlari Mahsulot narxi: 41 ming so‘m/dona Analoglari narxi : Analogi yo‘q Ishlab chiqarish hajmi : 54 000 dona/yiliga Vazifasi : Agrolotok yangi innovatsion mahsulot. Bu birinchi navbatda, suvni tejash maqsadlariga xizmat qiladi. Bundan tashqari, uning yordami bilan bug‘ namlikni olish va sug‘orish uchun ham ishlatilishi mumkin. Mahsulot ixcham, foydalanish uchun qulay. Plastmassadan (polipropilen) tayyorlangan. Shuningdek, tomchilatib sug‘orishda ham qo‘llaniladi. 13

Yoshlar texnoparki a’zolari tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar Turar-joy binolari uchun iqtisodiy va xavfsiz isitish qozonlarini ishlab chiqarish Iqtisodiy ko‘rsatkichlari Mahsulot narxi: 5,2 mln so‘m/dona Analoglari narxi : analogi yo‘q Ishlab chiqarish hajmi : 60 dona/yiliga Vazifasi : Loyiha doirasida aholini hamyonbop narxdagi, innovatsion, energiyatejamkor, xavfsiz, sifatli va qulay isitish manbasi bilan ta’minlash natijasida aholining salomatligi, xavfsizligi, issiqlik ta’minotiga boʻlgan sarf-xarajatlarining kamayishi, hududlarning energiya resurslari sarfining kamayishi ta’minlanadi. Hozirgi kunda 80 dona sotilgan. Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan suv isitgich uskunasi Iqtisodiy ko‘rsatkichlari Mahsulot narxi: 8-25 mln so‘m/dona Analoglari narxi : analogi yo‘q Ishlab chiqarish hajmi : 3 600 dona/yiliga Vazifasi : Gaz va elektr energiyasini ishlatmastan aholi uchun quyosh energiyasi bilan ishlaydigan innovatsion suv isitgich uskunasini ishlab chiqarishni yoʻlga qo‘yish. Ushbu uskuna yordamida aholining suvni isitishga ketadigan elektr energiyasi va gaz xarajatlari tejaladi. 14

Yoshlar texnoparki a’zolari tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar Quyoshda quritilgan organik pomidor ishlab chiqarish Iqtisodiy ko‘rsatkichlari Mahsulot narxi: 5 dollar/kg Analoglari narxi : analogi yo‘q Ishlab chiqarish hajmi : 100 tonna/yiliga Vazifasi : Markaziy Osiyodagi eng yirik organik quritilgan pomidor ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lib, Yevropa mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega. Xalqaro serfikitlarga ega(ECO CERT, Hozirgi paytta yiliga 100 tonna Italiya, Fransiya, Germaniya, San Marino davlatlariga export qilinmoqda. 15

Yoshlar texnoparki a’zolari tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar “Chlorella vulgaris” loyihasi Vazifasi: Ifloslangan oqova suvlarni tozalashda, qishloq xo‘jaligida sho‘rlangan yerlarni tozalshda va dexqonchilikda organik o‘g‘it o‘rnida foydalanish mumkun. Iqtisodiy ko‘rsatkichlari Mahsulot narxi: 12,5 ming so‘m /1L Analoglari narxi : analogi yo‘q Ishlab chiqarish hajmi : 100 tonna/yiliga 16

Yoshlar uchun maxsus tadbir va seminarlar faoliyati ▪ Robototexnika ▪ Trening ▪ Dasturlash (Python) ▪ Seminar ▪ Dasturlash (Android) ▪ Master klass ▪ Dasturlash (C#) ▪ CSS batl (musobaqa) ▪ 3D modellashtirish ▪ Mahorat darsi ▪ Mobilografiya 53 ta O‘tkazilgan tadbirlar soni 17


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook