Behbudiyning “Padarkush” asari haqida “Kitobxon fikri” turkumidan Elanora Maratova
“Padarkush” asari haqida Padarkush - ota qotili. Nega Behbudiy bu asarni shunday nomladi? Toshmurod otasini o‘ldirmadiku, birinchi marta o‘qiganimda shunday savollar paydo bo‘lgan. Keyinchalik bu asar haqida boshqacha xulosalar chiqarganman. Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” dramasi millatning eng chirkin davrlaridan biri yoritib bera olgan asar hisoblanadi. Inson hurmati boylik, mol-dunyo bilan o‘lchanadigan zamon voqealari yorqin bo‘yoqlarda aks ettirilgan. Yozuvchi bu asariga jadidona qarashlarini singdirgan holda yondashadi. O‘sha davr boylarining, nafaqat boy butun musulmon xalqining ko‘zini shu sahna asari orqali ochmoqni niyat qiladi. Chunki, teatr bu - ibratxona. Na dunyoviy, na diniy bilimga ega bo‘lmagan yoshlardan odam o‘ldirishdan boshqa yaxshi xulqni kutish, noto‘g‘ri bo‘ladi albatta. Asarni o‘qib,eng to‘g‘ri sarmoya - ilm yo‘lida qilingan sarmoya degan xulosaga kelamiz. Toshmurod hali g‘o‘r, xat-savodi yo‘q, tuzuk tarbiya ko‘rmagan bola bo‘lgani uchun ham, atrofida o‘zidek tarbiyasiz va bekorchi “do‘stlari” o‘ralashib qoladi. U bilan otasining mol-dunyosi, boyligi uchungina do‘st bo‘lganini afsuski nodon bola tushunmaydi. Oxir oqibat taqdiri barbod bo‘lishiga yon atrofidagi “do‘stlari” sabababchi bo‘lishadi. Asar qahramonlarining achinarli qismati kishini o‘yga toldiradi. Bir yaqinini qora tuproqqa, dilbandini Sibirga jo‘natgan onaizor faryodi, bolasiga vaqtida kerakli bilimni, tarbiyani bermaganidan pushaymonlik so‘zlari o‘quvchining ko‘zini ochishga , e’tiborli bo‘lishga undaydi. Boyning bolasini o‘qitish uchun imkoniyati yetarli edi. Ammo pul topib, aql topmagani sababli bu xatosi o‘z boshiga yetdi. Domla ham, ziyoli ham boyga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, o‘z bo‘ynidagi vazifani ado etishdi. Vaholangki, boy 1
esa o‘z bilganidan qolmadi. Bu asar bugungi kun uchun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Hozirgi paytda ham teatr sahnalarida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinmoqda. Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, boyning qotili Tangriqul emas, jaholat, ilimsizlik bo‘ldi. O‘qimagan millat - jaholatga mahkum! (Elanora Maratova) 2
Search
Read the Text Version
- 1 - 3
Pages: