Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Даволаш иши

Даволаш иши

Published by muzonoff.net, 2020-06-25 02:37:24

Description: Даволаш иши

Search

Read the Text Version

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING ANDIJON VILOYAT SOG‘LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI BILAN HAMKORLIKDA OLIB BORGAN ISHLAR O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 noyabrdagi PQ-2650-sonli “2016-2020 yillarda O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 25 dekabrdagi PQ-3440-sonli “2018-2022 yillar davrida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorlari va O‘zbekiston Respublika Sog‘liqni saqlash vazirining 2018 yil 11 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida ayollar, bolalar va o‘smirlarga samarali akusher-ginekologik xizmatni tashkillashtirish xamda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish to‘grisida”gi №386-sonli buyrug‘i, 2018 yil 15 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining “Aholini maqsadli patronaj bilan qamrab olish, ularda tibbiy madaniyatni shakllantirish xamda oila va ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha birlamchi tibbiyot sanitariya yordami ko‘rsatish muassasalari kesimida olib borilayotgan ishlar nazorati kuchaytirildi. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifat va samaradorligini yaxshilash, xamda tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot institutining 625 nafar professor-o‘qituvchilari 387 nafar magistratura, 518 nafar klinik ordinatura va 545 nafar bitiruvchi kurs bakalavriatura talabalari bilan birgalikda 2019 yil va 2020 yilning yanvar, fevral oylari davomida Andijon viloyatining barcha shaxar va tumanlarida 86 marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Xar bir chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda 12 turdagi mutaxassisliklardan iborat (jami 2064 nafar xodim) ishchi guruh faoliyat olib borishdi.



KTMPLARDA O‘TKAZILGAN TIBBIY KO‘RIK NATIJALARI № Tumanlar Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 18 yoshgacha bolalar Uylardagi ko‘ruv Nogironlar YAkka yolg‘iz EKG UTT Ambulator Shifoxonada davolanish 1 Paxtaobod 14624 4210 78 175 315 815 1026 13599 1025 2 Qo‘rg‘ontepa 12345 3891 94 214 245 1021 1054 11700 645 3 Bo‘z 13648 5421 124 201 136 1325 1562 12833 815 4 Ulug‘nor 9864 4265 165 164 154 1038 1246 9249 615 5 Baliqchi 18134 6894 184 394 364 1942 1654 16789 1345 6 Marxamat 12645 5314 124 169 164 1341 1084 11997 648 7 Izboskan 9648 4367 94 154 94 986 1025 9334 314 8 Andijon tuman 12465 5648 85 92 64 1002 954 12311 154 9 Oltinko‘l 8457 3659 238 139 164 894 964 8223 234 10 Asaka 7894 3546 159 123 68 874 968 7785 109 11 Xo‘jaobod 9468 3648 125 68 98 1136 956 9374 94 12 Buloqboshi 7954 3024 84 124 136 1024 964 7832 122 13 Shaxrixon 10364 4261 121 164 68 794 1024 10266 98 14 Jalaquduq 6984 2984 132 95 68 1029 1321 6753 231 15 Andijon shaxar 18956 7621 864 261 326 2164 2284 18338 618 16 Xonobod 2034 897 234 94 67 564 489 1900 134 17 Qorasuv 1645 564 84 169 38 364 264 1559 86 JAMI 177129 70214 2989 2830 2569 18313 18839 169842 7287 Tibbiy ko‘riklarda Andijon viloyati axolisining 177129 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasalligi aniqlangan 7287 nafar bemorlar ADTI klinikasi, viloyat va tuman DPMlarda davolanildi.



Viloyatda onalar va bolalar o‘limi holatlarini oldini olish bo‘yicha ADTI va VSSB bilan hamkorlikda manzilli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Akusherlik va ginekologiya, onkologiya hamda neonatologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari shahar va tuman tug‘ruq komplekslarida faoliyat ko‘rsatuvchi kadrlar salohiyatini oshirish, kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, yangi texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha Shaxrixon, Asaka, Andijon shaxar DPMlarida shuningdek viloyat perinatal markazi, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi. ADTI akusherlik va ginekologiya kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan viloyatning barcha tumanlari tibbiyot birlashmalarida faoliyat ko‘rsatayotgan akusher- ginekolog va doyalar uchun kontratsepsiya vositalaridan samarali foydalanish to‘g‘risida 64 marotaba o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib berishdi. 2019 yilning 23 fevral kuni Andijon viloyati DPMlarida faoliyat olib boruvchi akusher-ginekolog, pediatr, neonatolog mutaxassislariga “Onalik va bolalikni muxofaza qilishning dolzarb vazifalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilish rezalyutsiyasi qabul qilinib barcha mutaxassislarga yetkazildi.

Fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish maqsadida ADTI klinik kafedralari va VSSB qarashli 17 shahar va tuman DPMlarida 25 ta va davlat xususiy sherikchiligidagi 52 ta DPMlar bilan shartnomalar tuzilib talabalar amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.





Institut professor o‘qituvchilari tomonidan viloyat tumanlarida 158 ta ma’ruza, 162 marotaba davra suhbatlari 17836 nafar bemorlar o‘rtasida o‘tkazildi. Shu jumladan, QVP larda 512 marotaba, maxallalarda 67 marotaba, umumta’lim maktablarida 78 marotaba, kollejlarda 36 marotaba tadbirlar o‘tkazildi.

Tumanlarda institutning yetakchi professorlari tomonidan xar bir xududdagi muammoli kasalliklarning zamonaviy tekshirish va davolashga usullariga qaratilgan 36 ta ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tkazildi. Institut professor-o‘qituvchilari Y.S.Egamov, K.K.Mirzaev, X.T.Musashayxov, F.N.Nishanovlar tomonidan viloyatning Paxtaobod, Asaka, Jalaquduq, Marxamat tumanlarida 18 ta qorin bo‘shlig‘ining murakkab operatsiyalar o‘tkazildi.

Birlamchi bo’g‘im DPMlari xodimlari bilan aloqani yanada mustaxkamlash, xamda ularni muntazam ravishda tibbiyot yangiliklari bilan tanishtirib borish maqsadida Andijon viloyatining Izboskan, Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Marxamat, Ulug‘nor tumanlari bilan telemeditsina yo‘lga solindi, xamda institut etakchi mutaxassislari tomonidan 12 marotaba ma’ruza va seminarlar, shu bilan birgalikda muammoli bemorlarga maslaxatlar o‘tkazilib kelinmoqda.



Aholi tibbiy madaniyatini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha televideniya orqali 84 marotaba, radio orqali 26 marotaba chiqishlar amalga oshirildi.

Mamlakatimizda aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Bu, o‘z navbatida, sohadagi islohotlarni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga ko‘tarish, aholining barcha qatlamlarini tibbiy xizmat bilan qamrab olish imkoniyatlarini yanada

kengaytirmoqda. Shuningdek, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ularni patronaj xizmat va profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olishda bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Farg‘ona viloyatining chegara hududi hisoblangan So‘x tumani aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining yetakchi mutaxassis olimlari t.f.d., professor D.B.Asrankulova, t.f.d., dotsent B.R.Abdullajonov, t.f.n., dotsentlar U.T.Abduqodirov, D.N.Xolmatov, R.SH.Sayfuddinova, B.M.Vaxobovlar

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining ko‘rsatma xatiga asosan 2020 yil 11 iyun kunida safarbar etildilar. Institutning yetakchi mutaxassislari tomonidan tuman markaziy shifoxonasi, 2 ta QOP va 5 ta QVPlar hududidagi aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda. Ular tomonidan tumanda ilk marotaba 2 ta murakkab ginekologik jarroxlik amaliyoti o‘tkazildi, shuningdek 1200 dan ziyod D-nazoratdagi bemorlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aholi himoyaga muhtoj qatlamining nogironligi bo‘lgan 102 nafari va 26 ta kam ta’minlangan oila, a’zolari uylarida ko‘riklar o‘tkazilib kerakli tibbiy xizmat ko‘rsatildi.


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook