Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Шаблон «Дивиденд» для ИТ-бизнеса

Шаблон «Дивиденд» для ИТ-бизнеса

Published by Guset User, 2023-08-02 15:00:44

Description: Шаблон «Дивиденд» для ИТ-бизнеса

Search

Read the Text Version

TALABALAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR

IQTIDORLI TALABALAR UNIVERSITET E’TIBORIDA

FILOLOGIYA FAKULTETI MARHABO MAHKAMTOSHEVA “YOSH KITOBXON” RESPUBLIKA TANLOVIDA G‘OLIB BO‘LIB, PREZIDENT SOVG‘ASI – “SPARK” AVTOMOBILINI QO‘LGA KIRITDI.

“YOSHLAR OYLIGI” DOIRASIDA “CHOY FESTIVALI” TASHKIL ETILDI

“Yoshlar oyligi” doirasidagi “Choy festivali” har o‘quv yili oxirida, Samarqand shahridagi Konfusiy maydonida tashkil etiladi. Bu kunda festival tashkilotchisi hisoblanmish Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti jamoasi bir necha yuzlab mahalliy va xorijiy mehmonlarni mamnuniyat bilan kutib oladi. O‘zlarining milliy liboslarida kiyingan yoshlarni ko‘rgan xorijiy mehmonlarning ko‘zida o‘zgacha zavq, betakror taassurotlar gavdalanadi. Bu galgi festivalda ham xuddi shunday bo‘ldi. Ko‘rkam universitet xiyoboni, hashamatli Konfusiy maydoni “Choy festivali”da ishtirok etish va uni kuzatish uchun kelgan mehmonlar bilan to‘ldi. Tadbirni ochib berish uchun so‘z olgan Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev hamda festivalga mezbonlik qilgan Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov O‘zbekiston yoshlar yurti ekanligini ta’kidlab, barchani bayram bilan muborak etdi. Bir piyola choy ustida qadrdonlar bilan diydorlashganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirishdi. - Bu kabi festivallar talaba va o‘qituvchini bir maqsadda birlashtiradi, - deydi SamDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shahzoda Negmatova. – Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida ifodalovchi festivalda o‘nga yaqin davlatlarning qadriyatlarini ham ko‘rsatishga harakat qildik. Shu bilan birga oylik doirasida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov va musobaqa g‘oliblari hamda universitetga biriktirilgan mahalla yoshlari ham taqdirlandi. Bu tadbir bitiruvchi talabalarni kuzatish marosimi ham bo‘ldi.

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING TALABALARI PREZIDENT VA DAVLAT STIPENDIYALARI SOVRINDORI BO‘LDI


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook