Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

123

Published by Guset User, 2023-08-03 06:50:21

Description: 123

Search

Read the Text Version

TALABALAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR

IQTIDORLI TALABALAR UNIVERSITET E’TIBORIDA

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING TALABALARI PREZIDENT VA DAVLAT STIPENDIYALARI SOVRINDORI BO‘LDI

FILOLOGIYA FAKULTETI MARHABO MAHKAMTOSHEVA “YOSH KITOBXON” RESPUBLIKA TANLOVIDA G‘OLIB BO‘LIB, PREZIDENT SOVG‘ASI – “SPARK” AVTOMOBILINI QO‘LGA KIRITDI.

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI, “YOSH KITOBXON” TANLOVI G‘OLIBI MARHABO MAHKAMTOSHEVAGA VILOYAT HOKIMINING MAXSUS SOVG‘ALARI TOPSHIRILDI.

“YOSHLAR OYLIGI” DOIRASIDA “CHOY FESTIVALI” TASHKIL ETILDI

“Yoshlar oyligi” doirasidagi “Choy festivali” har o‘quv yili oxirida, Samarqand shahridagi Konfusiy maydonida tashkil etiladi. Bu kunda festival tashkilotchisi hisoblanmish Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti jamoasi bir necha yuzlab mahalliy va xorijiy mehmonlarni mamnuniyat bilan kutib oladi. O‘zlarining milliy liboslarida kiyingan yoshlarni ko‘rgan xorijiy mehmonlarning ko‘zida o‘zgacha zavq, betakror taassurotlar gavdalanadi. Bu galgi festivalda ham xuddi shunday bo‘ldi. Ko‘rkam universitet xiyoboni, hashamatli Konfusiy maydoni “Choy festivali”da ishtirok etish va uni kuzatish uchun kelgan mehmonlar bilan to‘ldi. Tadbirni ochib berish uchun so‘z olgan Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshev hamda festivalga mezbonlik qilgan Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov O‘zbekiston yoshlar yurti ekanligini ta’kidlab, barchani bayram bilan muborak etdi. Bir piyola choy ustida qadrdonlar bilan diydorlashganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirishdi. - Bu kabi festivallar talaba va o‘qituvchini bir maqsadda birlashtiradi, - deydi SamDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shahzoda Negmatova. – Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida ifodalovchi festivalda o‘nga yaqin davlatlarning qadriyatlarini ham ko‘rsatishga harakat qildik. Shu bilan birga oylik doirasida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov va musobaqa g‘oliblari hamda universitetga biriktirilgan mahalla yoshlari ham taqdirlandi. Bu tadbir bitiruvchi talabalarni kuzatish marosimi ham bo‘ldi.

“Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida Respublika o‘quv seminari o‘tkazildi. Yoshlar masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi Qahramon Quranbayev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevlar tomonidan ochiq osmon ostida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. Samarqand davlat universiteti prorektori, professor Shahzoda Negmatova so'zga chiqib, samarqandlik prorektorlar viloyat Yoshlar ishlar agentligi hamda ma'naviyat-ma'rifat boshqarma bilan hamkorlikda OTM dagi dekan o'rinbosarlari va yoshlar yetakchilariga ushbu o'quv-seminarning mohiyati va ustuvor vazifalar bo'yicha mahorat darslari tashkil qilishini bildirdi.

“OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA YOSHLAR MASALALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA USTUVOR VAZIFALAR” MAVZUSIDAGI O‘QUV SEMINARIDA O‘TKAZILGAN “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINIDA SAMDU YOSHLAR MASALALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA BIRINCHI PROREKTORI, PROFESSOR SHAHZODA NEGMATOVA BOSHCHILIGIDAGI SAMARQAND VILOYATI OTMLARI PROREKTORLARIDAN IBORAT “MAROQAND” JAMOASI 2-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI.

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI TALABALARIDAN IBORAT “BEHBUDIY IZDOSHLARI” TEATR JAMOASI “MA’RIFAT MAYDONI” RESPUBLIKA KO‘RIK- TANLOVIDA FAXRLI 2-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI. Talaba-yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida har yili an’anaviy ravishda “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Ushbu tanlovda Samarqand davlat universitetining iqtidorli talaba-yoshlaridan iborat “Behbudiy izdoshlari” teatr jamoasi ham ishtirok etib, o‘zining iste’dodini namoyon qilib kelmoqda. Joriy yilda universitetimiz jamoasi “Ma’rifat maydoni” tanlovining Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI “BEHBUDIY IZDOSHLARI” TEATR JAMOASI FAOLIYATIDAN FOTOLAVHALAR


Share
Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook