O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI Rasulov SHavkat SHarof o‘g‘li IJTIMOIY MENEJMENT O‘QUV QO‘LLANMA Jizzax– 2022 1
UO‘К: 338.24 KBK: 65.290-2 Rasulov SH.SH. Ijtimoiy menejment: O‘quv qo‘llanma. - J.: JizPI, 2022. - 185 bet. Ushbu o‘quv qo‘llanma menejment yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – ijtimoiy menejment munosabatlar tizimi, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy resurslar va ularning zimmasiga tushadigan boshqaruv va tashkiliy munosabatlar, ularning qonuniyatlari va tamoyillarini o‘rganish kabi masalalarni qamrab olgan. Taqrizchilar: Asatullayev X. S. ― TMI ― Iqtisodiyot kafedrasi professori, iqtisod fanlari nomzodi; Ko‘chimov A. ― JizPI ― Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi. 2
ANNOTATSIYA Ushbu o‘quv qo‘llanmada “Ijtimoiy menejment” fanining rivojlanishi va uning ilmiy maktablarini, ijtimoiy menejmentning qonunlari va tamoyillarini, ijtimoiy menejment uslublarini, ijtimoiy menejment tizimlarini va ijtimoiy boshqaruvning fundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv xarajatlari bilan eng ko‘p ijtimoiy samara olishga intilish haqida bir qator nazariy va amaliy masalalari mohiyati ochib berilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasasining “5230200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari talabalari, shuningdek Ijtimoiy menejmentga qiziquvchilar ham foydalanishlari uchun tavsiya etiladi. ANNOTATION In this textbook, based on the development of the subject \"Social Management\" and its scientific schools, the laws and principles of social management, social management methods, social management systems and fundamental knowledge of social management, the most socially effective with minimal cost management, explains the essence of a number of theoretical and practical aspiration questions. The textbook is recommended for use by students of higher educational institutions in the direction \"5230200 - Management (by industries and sectors)\" and specialties, as well as those interested in social management. АННОТАЦИЯ В данном учебнике, на основе развития предмета «Социальный менеджмент» и его научных школ, законов и принципов социального управления, методов социального управления, систем социального управления и фундаментальных знаний социального управления, наиболее социально эффективные при минимальном управлении издержек, разъясняется сущность ряда теоретических и практических вопросов об аспирации. Учебник рекомендован для использования студентами высших учебных заведений по направлению «5230200 – Менеджмент (по отраслям и секторам)» и специальностей, а также интересующимся социальным управлением. 3
KIRISH O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asosan menejment yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarga yetarli bilim berish maqsadida o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash va ularni talabalarga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson taraqqiyoti konsepsiyasiga ko‘ra, jamiyatning rivojlanishi markazida faqat oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, balki, avvalo, inson turishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umum e`tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatli qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mamlakatimizda eng dolzarb masalalardan biri ijtimoiy siyosatdir. Ijtimoiy siyosat - ijtimoiy masalalarni yechish maqsadida butun aholini, barcha xo‘jalik va boshqaruv tuzilmalari subyektlari kuchini birlashtirishga qaratilgan davlatning ijtimoiy sohadagi faoliyatidir. U fuqarolarning yaxshi yashash sharoitlari, jamiyat hayotida erkin ishtirok etishda huquqlarini davlat nazorati orqali amalga oshiradi (qonunchilik, dasturiy - maqsadli, moddiy-moliyaviy va h.k.). Shuning uchun ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi integral hisoblanadi. U davlat mafkurasi, huquq, ijtimoiy standartlar, iqtisodiy vositalar, madaniyat, psixologiya, demografiyani o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy siyosatning maqsadi - barcha fuqarolar hayot sifatini oshirish va aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan mexanizmlar yordamida, turli ijtimoiy manfaatlar muvozanati asosida ijtimoiy muhit va ijtimoiy kelishuvni yaratishdir. Turli jamiyatlar, millat va xalqlarning dunyoqarashi, madaniyati, qadriyatlari turlicha bo‘lsa-da, barcha joyda - turmushning yuksak 8 darajasi deganda, qarashlar o‘xshash bo‘ladi. U oilaviy farovonlik, salomatlik, uzoq umr ko‘rish, moddiy farovonlik, ma’lumotning yuqori sifat darajasi, nafaqat salmoqli daromad, 4
balki mehnatdan ma’naviy qoniqish, jamoatchilik orasida obro‘ orttirish, xavfsizlik, madaniy hordiq kabi tushunchalarni qamrab oladi. Odamlar har doim shaxs va fuqaro sifatida o‘z dunyoqarashini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘lishni, jamiyat hayotida ishtirok etishni, huquq va erkinliklarining hurmat qilinishini, fikrlari e’tiborga olinishini har doim qadrlab kelishgan. “Ijtimoiy menejment” fanini o‘qitishdan maqsad, talabalarga ijtimoiy menejmentning rivojlanishi va uning ilmiy maktablarini, ijtimoiy menejmentning qonunlari va tamoyillarini, ijtimoiy menejment uslublarini, ijtimoiy menejment tizimlarini va ijtimoiy boshqaruvning fundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv xarajatlari bilan eng ko‘p ijtimoiy samara olishga intilish haqida nazariy-amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat. O‘quv qo‘llanmaning tayyorlanishida ayrim kamchiliklar bo‘lishi tabiiy holdir. SHu sababdan mualliflar o‘quv qo‘llanmani takomillashtirish yuzasidan beriladigan taklif va mulohazalar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildiradilar. Manzilimiz: Jizzax viloyati, Jizzax shaxri I.Karimov shoh ko'chasi 4 uy, Jizzax Politexnika instituti, 1-bino, “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi, 221-xona. 5
I BOB. “IJTIMOIY MENEJMENT” FANINING SHAKLLANISHI 1.1. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” loyihasi va loyiha maqsadlaridan kelib chiqqan holda fanning maqsadi va vazifasi. O‘zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi1. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi: Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam 1 SH.M.Mirziyoyev. “2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” loyihasi. 7 fevral 2017 yil. 6
mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish b o‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. 7
Farmon bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga Prezidentning o‘zi boshchilik qiladi. Hujjatda harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi hisoblanishi belgilangan. Mazkur loyiha uchun 40 mlrd. AQSH dollari ajratilgan va 649 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas ’ul davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni y o‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish topshirildi. Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini k o‘rib chiqishda byurokratik to‘siq va g‘ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta’minlash belgilangan. Hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga va buning uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida qaralmoqda. Chunki qanchalik davlatimiz iqtisodiyoti rivojlanib yuqori 8
cho‘qqilarga erishsa, ya’ni ko‘zlagan maqsadiga yetsa, mamlakatimiz aholisining turmush darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. 1.2. “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” Davlat loyihasidan o‘rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar. Inson taraqqiyoti kontseptsiyasiga ko‘ra, jamiyatning rivojlanishi markazida faqat oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, balki avvalo, inson turishi kerak. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umum e’tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatliroq qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir. Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz rahbari tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishining biri “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” Davlat loyihasidan o‘rin olgan ijtimoiy - iqtisodiy masalalar quyidagilardir. 1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish: ➢ aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish; ➢ budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda bosqichma- bosqich oshirish; ➢ yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish; ➢ mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini t o‘liq amalga uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga 9
joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish. 2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ➢ aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; ➢ sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning aholiga tibbiy va ijtimoiy - tibbiy xizmat ko‘rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo‘g‘inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash; ➢ oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada keng amalga oshirish; ➢ xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash; ➢ pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy -ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish; ➢ farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 10
➢ aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash. 3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: ➢ aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash; ➢ aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talab va ehtiyojini ta’minlashni tubdan yaxshilash; ➢ odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, chiqindini yo‘q qilish bo‘yicha zamonaviy obyektlar bilan ta’minlash; ➢ aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish; ➢ yo‘l infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash; ➢ yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni 11
kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash; ➢ teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. 4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: ➢ uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash; ➢ ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta ’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o‘quv- metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish; ➢ maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ushbu muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta ’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; ➢ umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; ➢ bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’atga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; ➢ kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish; ➢ ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini 12
oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘p aytirish; ➢ ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish. 5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: ➢ jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; ➢ o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish; ➢ yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; ➢ yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy -joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish; ➢ yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish. Aholining hayot darajasi va sifatini izchil oshirilishini ta’minlash ana shunday yo‘nalish va vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi. 1.3. Ijtimoiy menejment tushunchasi, ijtimoiy menejmentning shakllanishi va tarixi. Ilg‘or o‘zgarishlar davri Zamonaviy menejment nazariyasi va amaliyoti tez o‘zgaruvchan ijtimoiy makonda shakllangan. Fuqarolarning ijtimoiy joylashuvi, ularning ijtimoiy 13
ehtiyojlarini qondirish va aholining turmush sifatini doimiy ravishda yaxshilash uzoq vaqtdan beri davlatning asosiy maqsadlaridan biridir. Ijtimoiy boshqaruvda bir haqiqat mavjud bo‘lib: aholining yuqori turmush tarzi nafaqat ijtimoiy rivojlanish maqsadi, balki yuqori sifatli va ishonchli mahsulot olish, iqtisodiy muammolarni samarali hal etishning zamonaviy mexanizmini ishlab chiqishdan iboratdir. Hozirgi boshqaruv amaliyotida ijtimoiy ustuvorliklar belgilanib, ijtimoiy texnologiyalar (axborot, tashkiliy, boshqaruv, tartibga solish) ishlab chiqilmoqda. Boshqaruvning ijtimoiy sohasi nisbatan mustaqil, ko‘p tuzilmali bo‘lib bormoqda. Menejer-menejerning alohida turi mavjud - bu sohada mutaxassis. Ilmiy bilimlar tarmoqlari tarkibida ijtimoiy boshqaruv muhim o‘rinni egallaydi. Ijtimoiy menejment - bu bo‘lajak mutaxassislarga ijtimoiy jarayonlarga samarali ta’sir o‘tkazish, inson uchun qulay ijtimoiy muhitni yaratishga ta ’sir qilish, ijtimoiy tashkilotlarni loyihalash imkonini beradigan nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradigan menejment sohasi bo‘lib, bu o‘z navbatida insonlarni moliyaviy resurslardan va boshqa barcha resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Ijtimoiy boshqaruv hal qiladigan asosiy vazifa jamiyat a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy maqsad sari yo‘naltirishdir. Ular nazorat obyektiga ongli ta’sir ko‘rsatadigan subyektlardir. Menejment subyekti murakkab tizimlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ongli ravishda foydalanadi va maqsadlarga erishish uchun jamiyat faoliyatini tizimli ravishda tashkil qiladi. Ijtimoiy boshqaruv obyekti ijtimoiy munosabatlar va ularga mos keladigan jarayonlardir. Menejment obyekti haqida so‘z yuritganda, eng avvalo, obyekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shu ma’noda obyekt - bu: - bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot; - kishi-faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs; 14
- xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va b. Demak, obyekt tushunchasi mikro voqeilikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha b o‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, \"haydovchi o‘z mashinasini boshqara olmaganligi sababli u yo‘ldan chiqib ketgan\". Bu yerda boshqaruv obyekti bo‘lib mashina hisoblanadi. Yoki, “U kishi o‘zini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu yerda boshqaruv obyekti bo‘lib kishi, shaxs hisoblanadi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning subyekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-boshqaruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan obyekt va subyektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-jadval). 1-jadval. Menejment obyekti va subyekti Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi. Ijtimoiy boshqaruvning shakllanishi va rivojlanishining sababi, zamonaviy sharoitda insonni shaxs sifatida inobatga olinmasligi, uning jamiyat bilan aloqalari, ma’naviyati va madaniyatining qashshoqlashuviga tahdid soladigan tashvishli tendensiyalarning kuchayishi bilan bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi: 15
a) tabiiy muhitda davom etayotgan sayyoraviy o‘zgarishlar (biologik xilma - xillikning tez qisqarishi, kuchayib borayotgan \"issiqxona effekti\" va yaqinlashib kelayotgan iqlim o‘zgarishi, ozon qatlamining yemirilishi, o‘rmonlarning kesilishi va degradatsiyasi, tuproq, suv va inson faoliyati natijasida atmosferaning zaharli chiqindilar bilan ifloslanishining kuchayishi.); b) turli mamlakatlar o‘rtasida ham, alohida davlatlar ichida ham keskin o‘sib borayotgan ijtimoiy tabaqalanish, bu resurslar uchun kurash bilan birgalikda hozirgi mahalliy nizolarga olib keladi va global zarba xavfini oshiradi; c) sayyoramizning resurs salohiyatining qisqarishi bilan yer aholisining tez o‘sishi; d) qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni isrofgarchilik rejimi, zamondoshlar faoliyatida odamlarning kelajak avlodlari manfaatlarini hisobga olmaslik. Natijada, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayib bormoqda - bu dunyoning nomutanosibligining asosiy sabablaridan biri b o‘lib, ijtimoiy portlashlar va falokatlarning kuchayishi ehtimoli bilan t o‘la. Ushbu qarama- qarshilikning chuqurlashishi shaxsning tanazzulga uchrashiga, ma’naviy dunyoda soxta qadriyatlarning kuchayishiga olib keladi, bu esa pirovardida g‘ayri ijtimoiy xatti-harakatlarning, tajovuzkorlikning kuchayishiga va paydo b o‘ladigan harbiy mojarolarga sabab bo‘ladi. Ijtimoiy makon nomutanosibligining sabablari ham quyidagilardir: • shaxsni o‘rab turgan iqtisodiy tuzilmalarning rivojlanmaganligi; • ijtimoiy ustuvorliklarning buzilishi, aholini ijtimoiy himoya qilish vositalarining yetarli emasligi; • jamiyatning siyosiy tashkiloti, siyosiy rejimning ijtimoiy muammolarni hal etishning demokratik usullarini ta’minlay olmasligi; • ma’naviy salohiyatning pastligi, faoliyat subyektlarining boshqaruv madaniyatining yetarli emasligi, bu jamoa ongini, fanni jamiyat faoliyatining normal mexanizmidan o‘chiradi. 16
Keling, oxirgi savolni batafsil ko‘rib chiqaylik. Ijtimoiy boshqaruv ta ’sirida yangi boshqaruv madaniyati shakllanmoqda. Unda ratsional tamoyil, bilim, zamonaviy tushunchalar, ilmiy loyihalash va dasturlash, matematik va ijtimoiy modellashtirish alohida ahamiyatga ega. Ilmiy boshqaruvning bu usullari ijtimoiy resurslardan, “inson omili”dan to‘liqroq foydalanishga qaratilgan. Boshqaruv bilimlarini, boshqaruv kontseptsiyalarini, loyihalar va dasturlarni shakllantirish yetakchi markazning imtiyozi bo‘lishni to‘xtatadi va mahalliy jamoalar mulkiga aylanadi, munitsipal boshqaruv jadal rivojlanmoqda. Ikkinchisi, birinchi navbatda, mahalliy hokimiyatlarga, munitsipalitetlarga ta’sir qildi, bu erda hududlar aholisi, sanoat moliyaviy guruhlari va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasidagi munosabatlar sifatini tubdan o‘zgartirdi. Menejerlarni boshqarish madaniyatida sifat jihatidan o‘zgarishlar ro‘y berdi, ular ko‘pincha professional bo‘lib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga samarali ta’sir ko‘rsatishga qodir. Moliyaviy institutlar va tijorat tuzilmalarining sherik egalari soni ortib bormoqda. Shartnoma bo‘yicha ishga qabul qilingan va ish natijalariga ko‘ra boshqaruv faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan har bir munitsipal menejer, go‘yo menejment sohasidagi kichik tadbirkorga aylanadi. Tadbirkorlik madaniyatining yangi turi – boshqaruvchi shunday shakllanadi. Inqirozli vaziyatlarda, jamiyat va uning o‘tish davri holatini modellashtirish davrida inqirozdan chiqish, silliq yo‘nalishlarda yutuqni ta’minlash uchun strategik qidiruv harakatlarining roli muqarrar ravishda oshadi. Bu funksiyani strategik va taktik vazifalarning optimal nisbatini, ularga progressiv erishishni aniqlashga qodir bo‘lgan ijtimoiy dasturlar va loyihalar amalga oshiradi. Ijtimoiy loyiha - bu nafaqat joriy ko‘rsatmalar, umumiy vazifalarni aks ettiruvchi, balki kichik maqsadlarga erishish vaqtini aniqlaydigan, obyektning dastlabki rivojlanishini chuqur o‘rganish va ijtimoiy standartlardan foydalanish asosida ijrochilarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiruvchi dastur t uridir. Bir so‘z bilan aytganda, loyiha ijtimoiy vazifalarni chuqur o‘rganish bilan ajralib turadi va nafaqat ijtimoiy diagnostika, balki tashkiliy va boshqaruv (texnologik) q o‘llab- quvvatlash choralarini ham o‘z ichiga oladi. 17
Aytish kerakki, keyingi o‘n yilliklarda ijtimoiy qarorlar va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Buning sabablari ko‘p. Ulardan biri boshqaruv subyektlarining layoqatsizligi, ularning qabul qilingan ijtimoiy qarorlarni qabul qilishning barcha sikllarini - ishlab chiqishdan to amalga oshirishgacha bo‘lgan davrni ta’minlashni istamasligidir. Ikkinchisi, boshqaruvning tashkiliy jihatlariga ishonchsizlik bilan ifodalangan, hukmronlik qiladigan fikrlash stereotipi bo‘lib, u ma’muriy-byurokratik tizim sharoitida ko‘pincha shafqatsiz layoqatsiz qoidalar, ko‘rsatmalar, ko‘plab tekshiruvlar va hokazolar bilan qaynab ketadi. Marksistik g‘oya - hayot qadriyatlari ishlab chiqarish maqsadlaridan yuqori - rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy ijtimoiy boshqaruv nazar iyasi va amaliyotiga keng kirib keldi. Amerika va Yaponiya adabiyotida samaradorlikka asoslangan boshqaruv g‘oyasi muhokama qilinadi va maqsadlar (daromad, foyda, kapital) bo‘yicha Amerika boshqaruv tizimidan norozilik ifodalanadi. G‘arbda \"natija\" tushunchasi tobora ko‘proq inson omilini, rivojlangan tafakkurni, ijodiy imkoniyatlarni, tashkilotni rivojlantirishni, o‘zini o‘zi boshqarishni, shaxslar aro aloqalarni mustahkamlashni va eng muhimi, natijaning ushbu ijtimoiy qismini olish mexanizmini o‘z ichiga oladi. ishlab chiqilmoqda. Bu mexanizm odamlarni boshqarishni emas, balki shaxsning erkin rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, ijtimoiy tizimni tashkil etish darajasini oshirish, hayot sifatini yaxshilash, mehnatni farmonlar, ko‘rsatmalar bilan emas, balki mehnatning o‘zi, ijodiy rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi. mazmuni, moddiy va ma’naviy omillari. Bundan tashqari, umuminsoniy qadriyatlar ushbu tizimga juda moslashuvchan tarzda to‘qilgan, ma’lum darajada kapitalning ziddiyatlarini yumshatadi. G‘arbda amalga oshirilgan ijtimoiy boshqaruv tizimlari, shu jumladan natijalarga asoslangan (Fin tajribasi) nafaqat ijtimoiy natijaga erishishga qaratilgan, balki boshqaruv va tashkiliy vositalar yordamida unga erishishni ta ’minlaydigan texnologik jihatdan ishlab chiqilgan. xodimga ishonch, hamkorlikka tayyorlik, inson ijodiga hurmatni o‘z ichiga oladi. Shu sababli, ijtimoiy diagnostika mantiqiy 18
ravishda ijtimoiy zaxiralarni amaliy amalga oshirishni ta’minlaydigan ijtimoiy texnologiyalardan foydalanish zarurati bilan ta’qib qilinadi. Bu ijtimoiy boshqaruvning mohiyatidir. Shunday qilib, biz zamonaviy usullardan foydalangan holda ijtimoiy jarayonlarni, ijtimoiy sohani va ijtimoiy resurslarni yanada samarali boshqarish zarurligi haqida bormoqda. Hozirgi vaqtda ijtimoiy boshqaruv nazariyasi va amaliyoti ishlab chiqilmoqda. Yuqorida aytilganlarga muvofiq, menejmentning o‘zi tobora ijtimoiylashuv qonunlari va qonuniyatlari, ijtimoiy subyektlarni (shaxs, guruh, jamoa, xalq, davlat, millat) qadriyatlarga kiritish haqidagi fan bo‘lib ko‘rinadi. jahon madaniyati, shaxs va ijtimoiy intellektni rivojlantirish maqsadida turli faoliyatda ushbu qadriyatlarni rivojlantirish, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanat, ijtimoiy va tabiiy makon muvozanati sharoitida qulay yashash shar oitlarini yaratish. Ushbu konstruktiv, ijodiy, innovatsion boshqaruv ularning organik bog‘liqligida nazariy-kognitiv va ijodiy-o‘zgartiruvchi funksiyalarni bajaradi. Birinchi funksiya axborotlashtirish, ikkinchisi - ijtimoiy makonni texnologiyalashtirish yordamida amalga oshiriladi. Ushbu mantiqdan kelib chiqqan holda, ijtimoiy makonni texnologiyalashtirish ijtimoiy boshqaruvning asosiy funksiyasi va uning ijtimoiy voqelikni bilish va o‘zgartirishning asosiy usuli hisoblanadi. Ijtimoiy makonni texnologiyalashtirish, birinchi navbatda, mexanizmlari hayot talablaridan orqada qolgan ijtimoiy boshqaruv metodologiyasi va nazariyasiga asoslanadi. Mohiyatan, bugungi kunda zarur bo‘lgan narsa menejmentning hali mavjud bo‘lmagan zamonaviy nazariyasidir. Bu boradagi ilmiy munozaralar, ijtimoiy jarayonlarning, ayniqsa, ularni loyihalash va texnologiyalashtirish bosqichida nazorat qilishning past darajada ekanligi shundan dalolat beradi. Ijtimoiy modellar, dasturlar va ularga mos texnologiyalarni ishlab chiqish gumanitar fanlarning vakolati hisoblanadi, ammo ularning ijtimoiy makonni 19
axborotlashtirish va texnologiyalashtirishdagi roli kamaytiriladi. Ushbu turdagi ilmiy bilimlar hali o‘z vazifalarini bajarmaydi - analitik, axborot, texnologik, ekspert. Ijtimoiy fan haddan tashqari mafkuralashtirilgan va siyosiylashgan, bu esa ijtimoiy rivojlanish yo‘llarini tanlashga salbiy ta’sir qiladi. Jamiyat oldida juda muhim vazifa turibdi - ilmiy g‘oyalar yo‘lidagi barcha byurokratik filtrlarni olib tashlash, ularning erkin aylanishini ta’minlash, fanni mas’uliyatli qarorlar, siyosatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning sivilizatsiyalangan mexanizmiga kiritish, imkon qadar ko‘proq bartaraf etish. intellektual sohadagi siyosiy dikta va hokimiyat koridorlarida shakllangan stereotip, ilmiy tadqiqotlar kimga xizmat qilishi kerakligini ko‘rsatadi. Albatta, bu tezis ilm-fanni jamiyat, boshqaruv subyektlarining adolatli da’volaridan qutqarmaydi. Fanning o‘zida ma’lum g‘oyalarning mavjudligi va ularni amalga oshirishga tayyor emasligi, ijtimoiy boshqaruv amaliyotida ularni amalga oshirishni ta’minlaydigan aniq usullar va tartiblarni bilmaslik o‘rtasida sezilarli bo‘shliq paydo bo‘ldi. Ikkinchisi ko‘proq darajada ijtimoiy boshqaruv funksiyasidir. Shunday qilib, XXI asr muammolariga munosib javob berish uchun ijtimoiy makonni rivojlantirishning innovatsion usuli, nafaqat turli xil ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘rganish va bashorat qilish, balki amaliy hayotga faol ta ’sir ko‘rsatish, bashorat qilish mumkin bo‘lgan natijalarga erishish uchun vositalarni izlash kerak. ijtimoiy natija va murakkab ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga ta ’sir qiladi. 1.4. Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi Ijtimoiy kenglikning texnologiyalashuvi asosida mexanizmlari hayot talablaridan orqada qolgan ijtimoiy boshqaruvning nazariya va uslubi yotadi. Bugungi kunda, hozircha yo‘q bo‘lgan boshqaruvning zamonaviy nazariyasi zarur. Bu sohadagi ilmiy munozaralar, ijtimoiy resurslardan, ayniqsa, ularni loyihalash va texnologiyalash bosqichida boshqaruv darajasining pastligi bundan dalolat beradi. 20
Ijtimoiy modellar, dasturlar va texnologiyalarni ishlab chiqish gumanitar fanlarning vazifasi, lekin ijtimoiy kenglikni axborotlashtirish va texnologiyalashda ularning roli kamaytirilgan. Ilmiy bilimning bu shakli o‘z tahliliy, informatsion, texnologik, eksport funksiyalarini bajaryapti. «Jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri bu ilmiy g‘oyalar yo‘lidagi hamma byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, ularning erkin aylanishini ta’minlash, mas’uliyatli yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmiga ilmni kiritishdir»2. Albatta, bu tezis ilmni boshqaruv subyektlari, jamiyat tomonidan bildiriladigan o‘rinli e’tirozlardan xalos etmaydi. Inqiroz holatlarida, jamiyatning zamonaviylashuvi va uning o‘tish holatlarida bu inqirozdan chiqish strategik sayin-harakatlar roli ortib boradi. Bu funksiyani strategik va taktik masalalar maqbul munosabatini, ularning bosqichliligini aniqlashga qodir ijtimoiy dasturlar, loyihalar bajaradi. Ijtimoiy loyiha o‘zida dasturning shunday xilma-xilligini ko‘rsatadiki, unda nafaqat dolzarb yo‘nalishlar, umumiy masalalar, balki maqsadga erishish muddatlari, obyektning rivojlanishini chuqur o‘rganish asosida bajaruvchilar harakatlari va ijtimoiy normativlardan foydalanish aks ettirilishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda, loyiha ijtimoiy masalalarni chuqur ishlab chiqish bilan xarakterlanadi va nafaqat ijtimoiy tashxis, balki tashkiliy - boshqaruv (texnologik) ta’minotni ham o‘z ichiga oladi. Deformatsiyalangan ijtimoiy boshqaruv vositalari va maqsadlardan boshlash kerak. SHunisi qiziqki, rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy ijtimoiy boshqaruv nazariya va amaliyotiga - hayot ne’matlari ishlab chiqarish maqsadlaridan yuqori - degan marksistik g‘oya keng kirib keldi. Amerika va Yapon adabiyotlarida boshqaruv g‘oyasi natijalar bo‘yicha muhokama qilinadi va boshqaruvning amerikancha tizimi maqsadlar (foyda, daromad, kapital) bo‘yicha qoniqarsizligi aytiladi. 2 Иванов В.Н., Патрушев В.И. Инновационные социальные технологии государственного и муниципального управления. Москва, 2001. 21
G‘arbda natija tushunchasi deganda, inson omili, ijodiy imkoniyatlar, rivojlangan fikrlash, tashkilotning rivojlanishi, o‘z-o‘zini boshqarish, shaxslararo munosabatlarni mustahkamlash tushuniladi va ayniqsa natijaning ijtimoiy qismini olish mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu mexanizm odamlarni boshqarishga emas, balki, insonning aqliy va jismoniy kuchlarini erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratishga, yashash sifati, ijtimoiy tizimni tashkil etish darajasini oshirishga, mehnatni direktiva, ko‘rsatmalar bilan emas, balki, mehnatning o‘zi, uning ijodiy mazmuni, moddiy va ma’naviy omillar bilan rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. G‘arbda joriy qilinayotgan ijtimoiy boshqaruv tizimlari, shuningdek, natijalar bo`yicha (fan tajribasi) ham nafaqat ijtimoiy natijaga erishishga, balki, uning natijasini boshqaruv-tashkiliy tomondan ta’minlashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy menejmentning mohiyati shundan iborat bo‘lib, uning zamonaviy nazariya va amaliyoti shakllanmoqda. SHunday qilib, zamonaviy usullar yordamida ijtimoiy resurslar va ijtimoiy qobiq, ijtimoiy jarayonlarni samarali boshqarish zaruriyati haqida fikr yuritilmoqda. 1.5. SHaxs va jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar Ijtimoiy boshqaruv nazariyasining bugungi kundagi imkoniyatlari va uning moddiylashgan natijalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar qisqarmayapti, balki ortmoqda. Zamonaviy dunyoning global qarama-qarshiliklaridan biri bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot sur’atlarining ilmiy texnikadan ortda qolib ketishi hisoblanadi. Fan va texnika sohasidagi yutuqlar muvozanatlashtirilgan ijtimoiy kenglikni qurish uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy texnik vositalar, gen injeneriyasi usullari, meditsina yutuqlari insoniyatni kasalliklardan saqlashga, ochlarni to‘ydirishga qodir. Bu bir tomondan insonning tabiat ustidan cheksiz hukmronligi istiqbolini ochsa, ikkinchi tomondan insoniyatning yer yuzidagi hayot uchun ortib borayotgan mas’uliyatidan dalolat beradi. 22
Afsuski, insonning tabiatga texnik va biologik ta’sirining tezligi va chastotasi, uning resurslaridan ayovsiz foydalanishi, doimo o‘sib boruvchi energiya ishlab chiqarish sur’atlari oliy ne’matlar va insonning mavjudligi bilan hech mos kelmasligi va aksincha, borgan sayin ular bilan qarama-qarshilik ortib bormoqda va insoniyatga juda og‘ir oqibatlar xavfini solmoqda. Agar ijtimoiy boshqaruv subyektlari - Yerdagi barcha xalqlar, ularning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy institutlari texnik va biologik taraqqiyot o‘sish sur’atlarini quvib o‘tmasa, ochilayotgan imkoniyatlarga yetarlicha e’tibor bermasa, ijtimoiy rivojlanishni tabiiy va texnik muhitning o‘zgaruvchan tashqi sharoitlariga moslashtirmasa, yaqin kelajakda insoniyatning halokati ehtimoli bor. Bugungi kunda, dunyoning tirik qolishining asosiy sharti bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot sur’atlarini tezlashtirish, uning ijtimoiy yetukligini oshirish, zamonaviy fikrlashni, ijtimoiy kenglikda innovatsion resurslarini nazorat qilish shuningdek, ijtimoiy menejment vositalarini nazorat qilishga kiritish hisoblanadi. Zamonaviy dunyoda boshqaruvning asosiy subyektlari bo‘lib siyosiy institutlar, davlat hokimiyati, alohida siyosiy yetakchilar hisoblanadi. Sivilizatsiyaning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyotning yo‘nalishlari ko‘p tomondan ularning ijtimoiy madaniyati va siyosiy hulq-atvoriga bog‘liq. Bundan ko‘rinib turibdiki, ularning faoliyati va fikrlash qobiliyati bugungi kunda yangi madaniyatning to‘ldirilishi, texnologik, gumanitar, ekologik, siyosiy, boshqaruv tizimining barchasini tashkil etishning rivojlanishi nimaga asosan kechishi va boshqaruvchanlikni talab etmoqda. Sivilizatsiya bugungi kunda shunday yetuklik, aqliy tajriba boyligi darajasiga etdiki, u xavf solayotgan ijtimoiy falokatlarni oldindan ko‘rish, portlashlarni oldini olish, o‘tkir mojarolarni yumshatish, ularni o‘z vaqtida hal qilish uchun sharoit yaratish va albatta ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidan borishga qodir. Ijtimoiy kenglikni muvozanatdan chiqaruvchi asosiy sabablar qanday? Ular bir nechta: 1. insonni o‘rab turuvchi iqtisodiy tuzilmalarni rivojlanmaganligi; 2. ijtimoiy ustuvorlikning buzilishi; 23
3. jamiyat muammolarini yechishni demokratik usullarini ta’minlab bera olmaydigan siyosiy tuzumini shunday siyosiy tashkil qilish xarakteri; 4. past ma’naviyat, faoliyat yuritayotgan subyektlarning boshqaruv madaniyati pastligi. Oxirgisida batafsil to‘xtalamiz. Bu borada ijtimoiy kenglikni muvozanatdan chiqishga ikki omil ta’sir qiladi. Birinchidan, jamoaviy ongning shakllanmaganligi. Ilmiy bilimlarni jamiyatni ijtimoiy loyihalashning innovatsion usullariga ta’sirini ta’minlab beradi. Ikkinchidan, ilmiy mahsulotlarni ijtimoiy boshqaruv amaliyotiga joriy qilayotgan barcha boshqaruv subyektlari tomonidan mavjud innovatsion usullariga e’tibor berilmayotganligi. Bugunda bir-biri bilan bog‘liq bu ikki omil yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHunday deyish mumkinki, sotsiologiya yangilanishni talab qilyapti. U an’anaviy tashxis funksiyalaridan doimo o‘zgaruvchan ijtimoiy tizimni o‘rganishga o‘tishi kerak. XX asrning oxiri XXI asrning boshi tezlashgan ijtimoiy jarayonlar, dinamik ijtimoiy o‘zgarishlar davri. Boshqaruvning innovatsion usulisiz bizni biz bilmay milliy chegaralar talofati kutmoqda. SHuning uchun, XXI asr chaqirig‘iga munosib javob berish uchun ijtimoiy kenglikni o‘zlashtirishning innovatsion usuli, har xil ijtimoiy o‘zgarishlarni faqat o‘rganib va oldindan aytib beribgina qolmay, balki amaliy hayotga faol ta’sir qilish, bashorat qilingan ijtimoiy natijalarni olish, murakkab ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishga qodir vositalar izlash zarur. Jamiyat holatiga, ijtimoiy kasalliklarga tashhis qo‘yish emas, balki ijtimoiy jarayonlar va hodisalarga ta’sir qilish, ularni loyihalash tobora sotsiologiyaning predmetiga aylanib bormoqda. Nazorat uchun savollar: 1. Menejerlik inqilobining sabablari nima? 2. Menejerlik inqilobining o‘zi nima? 3. Menejerlik madaniyati, uning mazmuni va mohiyati. 4. Ijtimoiy menejment nima? 24
5.Ijtimoiy loyihaning mazmuni? 6. SHaxs va jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar nimalardan iborat? Tayanch iboralar: dinamik o‘zgarishlar, ijtimoiy loyiha, ijtimoiy farqlanish, ijtimoiy boshqaruv, ijtimoiy kenglik, innovatsion resurs, boshqaruv g‘oyasi, menejerlik inqilobi. 25
II BOB. IJTIMOIY MENEJMENTNING RIVOJLANISHI VA UNING ILMIY MAKTABLARI 2.1. Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi XX asr voqealari rivojini ko‘zdan kechirib, bir xarakterli xususiyatni ko‘rish mumkin: butun dunyoda menejment nazariya va amaliyotining tez rivojlanishi. Bunday cho‘qqiga ko‘tarilgunga qadar, menejment jamiyat rivojlanishining turli tarixiy bosqichlari doirasida ko‘p asrlik evolyutsiyani bosib o‘tdi. Qadimiy Misr, SHumer va Akkada yuqori kasta transformats iyasi kuzatilgan. Bu diniy tamoyillarni qayta shakllantirish evaziga sodir b o‘ldi: agar, avval xudolar inson qurbonlarini talab qilgan bo‘lsa, keyinroq, ularga ramziy qurbonlar kerak bo‘ldi: pul, hayvon, buyumlar va boshqa narsalarni berishi yetarli bo‘ladi. Gap inson jamiyati tarixidagi birinchi boshqaruv inqilobi haqida bormoqda. Uning natijasida, dunyoda ishbilarmon odamlarning yangi turi - tadbirkor emas, ammo din xodimi ham emas - paydo bo‘ldi. Ular tez orada boy va ta ’sirli sinfga aylanishdi. Ular nafaqat diniy marosimlar, balki soliqlarni yig‘ish davlat xazinasini boshqarish, davlat byudjetini nazorat qilish, mulk ishlarini bajarar edilar. Ular boshqaruv amaliyotiga oid ish hujjatlari, buxgalteriya hisob -kitoblari, yuridik yozuvlar, ta’minot, nazorat, rejalashtirish va boshqa funksiyalarni yuritar edilar. Ruhoniylarning boshqaruvchanlik faoliyati natijasida keyinchalik aholining boshqa qatlamlari bu ma’lumotlarga ega bo‘lishi uchun vazifalarni yozib borish vujudga kelgan. SHunday qilib, birinchi boshqaruv inqilobi natijasida, menejment ruhoniylarning tijorat va diniy faoliyati instrumenti sifatida shakllanadi. Vaqt o‘tishi bilan u ijtimoiy institut va kasbga aylandi. Ikkinchi boshqaruv inqilobi birinchisidan ming yil keyin sodir b o‘ldi va Vavilon hukmdori Xammurapi (er.av. 1792-1750) nomi bilan bog‘liq. U davlatni boshqarishning 285ta qonunchilik aktlaridan iborat to‘plam chiqargan. Xamurapi qonunlari qadimgi sharq qonunlarining qimmatli negizi va ijtimoiy boshqaruvning rivojlanishini keyingi bosqichi o‘zida aks ettirgan. Bu kodeksning ahamiyatli 26
tomoni shundan iborat bo‘lganki jamiyat bilan aholi ijtimoiy guruhlari aloqalarini turli xilligini boshqarib borgan sababi bu ma’muriyat uchun butun imperiyani boshqarish huquqini bergan. Undan tashqari, Xammurapi haqiqiy yetakchilik stilini ishlab chiqdi. Uning yordamida, u o‘zini xalqining boquvchisi va himoyachisi ijtimoiy obrazini doimo saqlab kelgan. O‘zidan oldingi hukmdorlar avlodini xarakterlovchi an’anaviy boshqaruv usuli uchun bu yangilik edi. Menejmentdagi ikkinchi inqilobning mohiyati shundan iboratki, u oliy boshqaruv xulqini vujudga keltirdi, inson munosabatlarini tashkil etish va nazorat qilish rasmiy tizimlari paydo bo‘ldi. Xammurapi o‘limidan ming yil o‘tgach, Vavilon o‘zining menejment amaliyotining rivojlanish markazi ekanligini yana esga soladi. Xukmdor Navuxodonosor II (er. av. 603-562) tekstil mahsulotlar va don omborlarida ishlab chiqarish nazorati tizimining muallifi bo‘ldi. U omborlarga har hafta keladigan mato va don sifatini aniqlash uchun ranglardan foydalandi. Navuxodonosor II ning yutuqlari uchinchi boshqaruv inqilobini xarakterlaydi. Agar birinchisi, diniy-tijorat, ikkinchisi oliy-ma’muriy bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi ishlab chiqarish-qurilish bo‘ldi. Ko‘p sonli boshqaruv yangilanishlarini Qadimgi Rimda, ayniqsa Diokletian (243-316y) hududiy boshqaruv tizimida, shuningdek, O‘rta asrlarda Rim katolik cherkovini tuzilishida ko‘rish mumkin. Uni hozirda ham g‘arb dunyosining eng mutlaq shakllangan tashkiloti deb hisoblashadi. Uning hissasi, menejmentning personalni boshqarish, hokimiyat va avtoritet tizimi, funksiyalarning maxsuslashuvi kabi sohalarida juda kattadir. To‘rtinchi boshqaruv inqilobi, XVII-XVIII asrlardagi sanoat inqilobi davriga deyarli mos keladi. U Yevropa kapitalizmi rivojlanishini rag‘batlantiradi va ijtimoiy boshqaruvning nazariya va amaliyotiga menejmentdagi avvalgi inqiloblardan ko‘ra kuchliroq ta’sir eta oladi. Sanoat fabrika tizimi chegaralaridan o‘sib ketayotganda zamonaviy aksiyadorlik kapitali tizimi shakllanayotgan edi. Kapital egalari iqtisodiy faoliyat sifatidagi biznes mashg‘ulotidan tobora uzoqlashib borar edilar, natijada yagona 27
boshqaruvchi-xo‘jayin o‘rniga bir necha yollanma menejerlar paydo bo‘ldi. Mulkning yangi tizimi sanoat rivojlanishini tezlashtirdi va boshqaruvni ishlab chiqarish va kapitaldan ajralishi boshqaruvning alohida usuliga olib keldi. Keyinchalik esa ma’muriyat va menejmentni mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy kuchga aylanishini to‘xtatib qo‘ydi. Ma’muriylashtirish - bu kompaniya siyosati va umumiy maqsadlarini shakllantirish, menejment esa - ularning amalga oshishini tashkil etish va nazorat qilish. Keyin menejment ko‘pgina funksiyalarga bo‘lindi - rejalashtirish, amalga oshirish, takror ishlab chiqarish ta’minot, sotish, tashkil etish, xo‘jalik faoliyati tahlili va boshqalar. SHunday qilib, har bir ishlab chiqish jarayoni menejmentning mustaqil funksiya va faoliyat sohasiga bo‘lindi. Lekin bunday funksiyalar sonining ko‘payishi ularning yangi asosda birlashtirish muammosini kuchaytirdi. Menejment va ma’muriyat inson faoliyatini muvofiqlashtirishning mahsus yo‘lini, qaror qabul qilishning shaxsiy tizimini komya siyosatining maqsadini boshqarish falsafasini ishlab chiqdi. Boshqaruvdagi to‘rtinchi inqilobning boshlanishi burjua inqilo bida bo‘ldi. U tarix saxnasiga yangi figura - kapitalistni, ma’lum vaqt o‘tgach esa - yollanma menejerni olib chiqdi. Boshqacha qilib aytganda, bu davrning boshlanishi- kapitalistni paydo bo‘lishi, oxiri - menejerning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Kapitalistlar sinfidan ajralgan mutaxassis menejerlar sinfi paydo bo‘lishi bilan, jamiyatda yangi radikal to‘ntarish haqida imkoniyat tug‘ildi. Buni beshinchi boshqaruv inqilobi deb hisoblash kerak. Aksionerlik kapitalining paydo bo‘lishi, ulkan korporatsiyalarning vujudga kelishi, banklar va transport tarmoqlarining markazlashuvi individual mulkdor figurasini kattalashtirdi. Uning o‘rnini - yollanma mansabdor byurokrat egallay boshladi. Ma’muriy ishchilar jamiyat hayotida yuqori boshqaruvchanlikni egallashdi va mustaqil qatlamga aylanishdi. Byuroda xo‘jayinchilik qiluvchi odam kommunikatsiya kanallari va boshqaruv texnikasini monopollashtirdi. Mansabdorlar bu birinchi navbatda, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va kasbiy faoliyat sifatida boshqaruv bilan shug‘ullanuvchilardir. 28
Menejmentning haqiqiy xronologik tarixi XIX asr oxiri XX asr boshida g‘arb injenerlari guruhi boshchiligidagi harakatdan boshlanadi. Ular F.Teylor, A.Fayol, G.Emerson va boshqalar. Ularning diqqat markazida mehnat unumdorligini oshirish va korxonada ijtimoiy munosabatlarni yangilash masalalari turgan. Vaqt o‘tishi bilan menejment siyosatning yuqori soxasiga aylanmoqda. Zamonaviy menejment nazariy fundamenti A.Maslou, E.Meeo, P.Droker mehnatlari bilan «mehnat gumanizatsiya» xududida boshqaruv fu nksiyalarining maxsus asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. 1941 yilda Dj.Branxeym «Menejer inqilobi» kitobini yozadi. Bu kitobda zamonaviy shart-sharoitda kapitalistlar sinfi boshqaruvchilar sinfi ekanligi amaliy ifodalangan. Bu fikr mavjudligi ko‘p tomonlama M.Veber fikriga o‘xshashib ketadi, lekin bitta farq shundaki, «mulkchilik - bu oddiy kapital yoki yaratilgan mehnat emas balki bularning nazoratidir» deb ta’kidlaydi Branxeym. Agar nazorat bo‘lmasa mulkchilik ham bo‘lmaydi, biroq nazorat ayni vaqtda menejerlar qo‘lida. Korporatsiyalarda boshqaruvning roli va menejmentning jamiyatdagi missiyasi haqidagi fikrlarini menejment nazariyotchilaridan biri P.Draker o‘zining «Korporatsiya tamoyillari» kitobida aytib o‘tgan. Bundan tashqari u menejmentning yuksalish davri haqida ham ko‘p fikrlar bildirgan. 1963 yil Sorokin kapitalistik sinfni boshqaruv sinfiga aylanayotganini aytib o‘tgan, ayni paytda T.Parsons esa ishlab chiqarishni nazorat qilish oilalardan korporatsiyalarga, boshqaruv va texnik personalga o‘tayotganligini ta’kidlagan. «Dj.Gelbreytning «Menejment - buma» alofeozani mashhur bestsellerga aylandi. «Y angi industrial jamiyat» a’zolarining fikriga ko‘ra katta korporatsiyalardagi menejment yengilmas kuchga aylanib borayotgan edi. Bu kuch bilan na hissadorlar na davlat tenglasha olardi3. Sobiq ittifoqning A.K.Gastev, P.M.Kerjensev, V.G.Afanasev, D.V.Gvishiani, S.E.Kamenitser, O.V.Kozlova, D.M.Kruk, A.M.Omarov, G.X.Popov kabi olimlari menejment nazariyasini rivojlantirishga o‘zlarining 3 Гэлбрейт Джон Кенне (1908) - американский экономист, социальный мыслитель, дипломат литератор. «Новое индустриальное общество» (М., 1969), «Экономические теории и цели общества». (М., 1979). 29
salmoqli hissalarini qo‘shganlar. Sobiq ittifoqda mehnatni ilmiy tashkil qilish va boshqarish sohasini ilmiy tadqiq qilish 1920 yillarda boshlangan. O‘sha yillari Markaziy mehnat instituti MMI tashkil etilib, mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha qator konferensiyalar o‘tkazildi. Maxsus jurnallar chop etilishi yo‘lga qo‘yildi. O‘quv yurtlarida «Mehnatni ilmiy tashkil qilish» fani o‘qitila boshlandi. A.K.Gastev (1882-1941) o‘zining «Qanday ishlash kerak?», «Mehnatni normalash va tashkil qilish» kabi qator asarlarini chop ettirdi. Markaziy mehnat instituti (MMI)ning tashkilotchisi ham Gastev bo‘lgan. MMI va Gastevning ilmiy ishlanmalari negizida mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish borasida qator muvaffaqiyatlarga erishilgan. CHunonchi, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish bo‘yicha o‘qitish va xodimlarning malakasini oshirish tizimi yaratilgan bo‘lib, bu ilg‘or tajriba chet davlatlarda ham ommalashgan. P.M.Kerjensev (1881-1940) ham boshqarish bo‘yicha qator asarlar chop ettirgan. Bular qatoriga «Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Boshq arishni tashkil qilish prinsiplari», «Vaqt uchun kurash» kabilar kiradi. Ular boshqarish b o‘yicha darsliklarni yozishda asos qilib olindi. 1920 yilning boshlarida Kerjensev tashabbusi bilan «Vaqt» ligasi tashkil etildi. Liga o‘z e’tiborini: • mehnatni tashkil qilishda tartibsizliklarning nihoyatda ko‘pligiga; • behuda ishlarga vaqtning ko‘p sarflanayotganligiga; • boshqaruv tizimida funksiyalarning nooqilona taqsimoti kabilarga qaratdi va ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqdi. 1950 yillarning oxiridan boshlab boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchaydi. SHu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish instituti, boshqarish va normativ bo‘yicha markaziy ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi. Mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida (MDU, MMI, KXXN, MXXN, TXXI va boshqalar) «Mehnatni ilmiy tashkil qilish», «Boshqarish» kafedralari, fakultetlari tashkil etilib, ular bo‘yicha maxsus fanlar o‘qitila boshlandi. Rossiyada hozircha yagona, Moskva boshqaruv instituti tashkil qilingan bo‘lib, u korxona yoki tarmoq faoliyatining boshqaruv tomonini takomillashtirish 30
masalalari bo‘yicha direktorlar maslahatchilari deb yuritiladigan boshqarishni tashkil qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy p rinsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘lgan. Ammo ular Amir Temur hukmronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, buncha Amir Temurning «Temur tuzuklari» asari yorqin misol bo‘la oladi. «Temur tuzuklari» jahonga mashhur asardir. Uning qo‘lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston, O‘zbekiston va boshqalar) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qism Amir Temurning o‘z davlatini barpo etish va uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli q o‘shin tuzish borasida tatbiq etgan «tuzuklari» va rejalaridan iborat bo‘lib, unda hatto qo‘shinning jangovar saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko‘rsatib berilgan. Asarning o‘n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo‘shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari o‘z ifodasini topgan. Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi bo‘lgan. U o‘zi tuzmoqchi bo‘lgan davlatning markaziy apparati va mahalliy hokimiyatning qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari hamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan. Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo‘yicha harakatlar Amir Temurning «Temur tuzuklari»da o‘z aksini topib, hozirgacha ham o‘zining qimmatini yo‘qotmagan. SHunday qilib, jahon menejmenti tarixi boshqaruv nazariyasi va amaliyotidagi tub berilishlarni ifodalovchi bir necha boshqaruv inqiloblaridan iborat. Birinchi boshqaruv inqilobi ishdagi aloqalar va kalkulyatsiya natijasida ruhoniylar hokimiyati va yozuvning paydo bo‘lishiga olib keldi. 31
Menejmentdagi ikkinchi inqilob Vavilon hukmdori Xammurapi nomi bilan bog‘lik bo‘lib, boshqaruvning oliy zodagonlik shaklini yaratdi. Navuxodonosor IIhukmdorligi davriga to‘g‘ri kelgan uchinchi boshqaruvning inqilobi davlat rejali nazorat usulining ishlab chiqarish faoliyati bilan birikishga olib keldi. To‘rtinchi inqilob kapitalizmning paydo bo‘lishi va Evropa sivilizatsiyasi industrial taraqqiyotining boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Sanoat inqilobi shuni isbotladiki, boshqaruv funksiyasi ham moliyaviy yoki texnikaviy kabi muhim ekan. Beshinchi boshqaruv inqilobi yangi ijtimoiy kuch-mutaxassis menejerlar, boshqaruvchilar sinfining kelishini ifodaladi. U davlatni, moddiy va ma ’naviy ishlab chiqarishni boshqarishda hukmron bo‘ldi. Turli zamonaviy nuqtai nazarlardan asosiy holatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular ijtimoiy menejmentning u yoki bu ilmiy maktablari asosida yotadi. Turli xil ilmlarni tizimga solish maqsadida ilg‘or xorijiy boshqaruv maktablarini ko‘rib chiqamiz. 2.2. Menejmentning ilmiy maktablari XX asrning birinchi yarmida boshqaruv bo`yicha 4 ta maktab rivojlandi. Ular quyidagilar: 1.Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Ilmiy boshqarish F.Teylor va Liliya Gilbert va Genri Gantta ishlari bilan chambarchas bog‘langandir. Bu ilmiy boshqarish maktabi asoschilari k uzatishlar, mantiq va tahlil orqali, qo‘l mehnati jarayonlarini takomillashtirish mumkin va bu orqali ularni samarali tarzda boshqarishga erishish mumkinligini qayd qiladilar. Ilmiy boshqaruv uslubining birinchi bosqichi shuning mazmunini tahlil qilish va uning asosiy bo‘laklarini aniqlashdir. Teylor, ishchi 1 belkurakda ko`tarishi mumkin bo‘lgan temir rudasi va ko`mir miqdorini aniqladi. Gilbert uskuna yaratdi va uni mikroxronometr deb nomladi. Uni ular kino kamera bilan birgalikda 32
ishlatishdi va unda ma’lum ishlar qanday harakat orqali bajarilishi va har biri qancha vaqt olishini aniq hisobladi. G‘isht teruvchining shogirdi bo‘lgan Gilbert, g‘isht terishni 3 ta asosiy harakat orqali bajarilishini kuzatdi. U bu harakatlarni puxta o‘rganib,eng asosiysini, samaralisini topishga harakat qildi,uslubiy jihatdan bu harakatlarni o‘rgandi, shu bilan birga foydalanadigan asbob-uskunalarni o‘rgandi. Natijada takomillashgan usul hosil bo‘ldi, ya’ni g`isht terishda harakatlar soni 18 tadan 4-5 taga kamaydi,buning samarasi sifatida unumdorlik 50 % ga ortdi. 1900 yillarda Frenk va uning rafikasi Liliyan ish usullarini o‘rganishda kino kamera va mikroxronometrdan foydalanishdi. Mikroxronometr soat b o‘lib, uni Frenk o‘ylab topgan edi. Uning yordamida juda qisqa oraliqlardagi harakatlarni ezish mumkin edi, ya’ni 1G‘2000 sekundgacha siton-kadr yordamida Gilbertlar qo‘l barmoqlarini 17 asosiy harakatini aniqlashdi va bu harakatlarni «trebliklar» deb atashdi. Bu so‘z Go‘lbert so‘zidan kelib chiqqan, teskarisiga o‘qilsa trebilk bo‘ladi. Olingan ma’lumotlar asosida ish usullarini boshqarishni o‘zgartirishdi, ortikcha samarasiz harakatlardan voz kechib, ish samarasini ortirishga erishdilar. Ish asboblarini ham eng qulay, samarali turlari va hajmlari to‘g‘risida ma’lumot berdilar. Ilmiy boshqarish inson omilini ham esdan chiqarmadi. Ishlab chiqarish xajmini va mehnat unumdorligini oshirishda ishchilarni qiziqtirish, rag‘batlantirishni muntazam o‘rganish bu maktabning katta xissasidir. Bundan tashqari qisqa dam olish va ishlab chiqarishda majburiy to`xtashlar ham hisobga olindi. Ma’lum ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt haqqoniy va real o‘rnatilganligini ham o‘rganildi. Bu rahbariyatga ishlab chiqarish me’yorlarini bajarsa qo‘shimcha haq berishga imkoniyat yaratdi. Bu yo‘nalishda asosiy narsa shu ediki kim ko‘p ishlasa, shuncha ko‘p rag‘batlantirilgan. Ilmiy boshqarish mualliflari fizik va intellektual jihatdan bajaradigan ishiga mos keluvchi kishini tanlashga va ta’limga katta ahamiyat beradilar. Ilmiy boshqarish va rejalash funksiyalarini asosiy ish bajarishda ajrashishdan ximoya qiladilar. 33
Teylor va uning zamondoshlari boshqarish ishi alohida kasb ekanligini va tashkilotning har bir guruh ishchisi o‘zi uchun samarali ishni bajarsa, bundan tashkilot faqat yutishni tan oldilar. Bu yo‘nalish bilan eski sistema o‘rtasida katta farq bo‘ldi, eski sistemada ishchilar o‘z ishlarini o‘zlari rejalashtirar edilar. Ilmiy boshqarish konsepsiyasi katta o‘zgarish yasadi. Boshqarish ilmiy tadqiqotni mustaqil bo‘limi sifatida tan olindi. Olimlar va rahbarlar fan va texnikadan foydalanilgan usul va yo‘nalishlarning tashkilot maqsadiga erishish yo‘lida samarali foydalanish mumkinligini ko‘rdilar. 2. Klassik boshqarish. (Boshqarishdagi ma’muriy maktab). Ilmiy boshqarish asoslari o‘z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarishni boshqarishga karatdilar.Ular boshqarishda quyi darajadagi samaradorlikni oshirish bilan shug‘ullandilar. Ma’muriy maktab yuzaga kelishi bilan mutaxassislar tashkilotlarni boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqara boshladilar. Teylor va Gilbert oddiy ishchidan yetishib chiq qan omillardir. Ular korxonani boshqarish to‘g‘risidagi tushunchalarga ta’sir etadi. Ma’muriy boshqaruv maktabi yaratuvchilari esa bulardan farqliroq, ya’ni katta biznesni boshqarish ishida tajribaga ega edilar. Anri Fayol ko‘mir qazib oluvchi yirik fransuz kompaniyasini boshqarar edi, uni menejmentni otasi deb atashardi. U bu maktabni yaratishdagi asoschilardandir. Lindal Urvik Angliyaning boshqarish masalalari bo`yicha konsultant edi. Jems D. Muni va A. Alfred Psloun birgalikda «General Motors» kompaniyasida ishlagan edilar.Ularning asosiy harakatlari butun tashkilotning samaradorligi bilan bog‘liq edi. Klassik maktab namoyandalari ham milliy boshqarish maktab namoyandalari kabi boshqaruvning sotsial tomonlariga e’tibor bermadilar.Bundan tashqari, ularning ishlari asosan shaxsiy kuzatishlar asosida yozildi, ilmiy asoslangan edi. «Klassiklar» tashkilotlarining qonuniyatlarini va xarakteristikasini aniqlashda kelajak nuqtai nazaridan yondashishdi, klassik maktabning maqsadi boshqarishning universal prinsiplarini yaratish edi. Bu prinsiplarga suyanish tashkilotni muvaffaqiyatiga olib boradi degan g‘oyadan kelib chiqdilar. 34
Bu prinsiplar ikki yo‘nalishni hisobga olar edi. Birinchi, tashkilotning boshqarishning ratsional sistemasini yaratish edi. Ikkinchi, ishchi-xizmatchilarni tashkil etishni boshqarish strukturasini tuzilishiga taalluqlidir, yakka hokimlik prinsipi bunga misol bo‘la oladi. 4-jadval Anri Fayolning boshqarish tamoyillari № Tamoyillar Izoh 1. Mehnat • Ixtisoslashuv natijasida ko‘p miqdorda va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e’tibor qaratilishi lozim taqsimoti bo‘lgan maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi. 2. Vakolat va • Vakolat - bu buyruq berish uchun berilgan huquq mas’uliyat Mas’uliyat esa buning aksi. Qayerda vakolat berilgan bo‘lsa, o‘sha yerda mas’uliyat vujudga keladi. 3. Intizom • Intizom rahbar bilan xodim o‘rtasida o‘zaro hurmatni, quloq solishni talab qiladi. SHartnomalarning so‘zsiz 4. Yakkaboshlik bajarilishini taqozo etadi. 5. Yo‘nalishning • Xodim bevosita boshlig‘idan buyruq olishi kerak. • Yagona maqsad doirasida faoliyat k o‘rsatayotgan har bir xilligi bir guruh, yagona reja asosida ishlashi va bitta rahbarga ega bo‘lishi kerak. 6. Shaxsiy • Alohida xodim yoki guruhning manfaatlari bir-biriga manfaatlarni zid kelmasligi kerak. umumiy manfaatga • Xodimlarning ishonchini qozonish va ularning bo‘ysundirish hamdardligini oshirish uchun ularga adolat yuzasidan barcha mehnatiga haq to‘lash lozim. 7. Xodimlarni • Hamma o‘z o‘rnida bo‘lishi va o‘z burchini ado etishi taqdirlash lozim. • Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va 8. Markazlashish yuqoriga bo‘ysunadi. • Hamma o‘z o‘rnida bo‘lishi va o‘z burchini ado etishi 9. Boshqaruvdagi lozim. ierarxiya • Tashkilotda adolatning hukm surishi - bu qonunning 10. Tartib 11. Adolat 35
12. Xodim uchun ustuvorligi bilan rahmdillikning uyg‘unlashuvi. ish joyining doimiyligi • Yuqori darajadagi qo‘nimsizlik tashkilot faoliyati samaradorligini pasaytiradi. O‘z ish joyini mustahkam 13. Tashabbus egasi bo‘lish harakatida bo‘lgan oddiy rahbar bir joyda muqim ishlashni istamaydigan iste’dodli rahbardan ming 14. Korporativ ruh chandon yaxshi. • Tashabbus - bu tom ma’noda rejani ishlab chiqish va uning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashdir. • Ittifoq - bu kuch. U esa xodimlar o‘rtasidagi hamjihatlikning va manfaatlarning hamohanglashuvi natijasi bo‘lishi mumkin. A. Fayol boshqarishni: • kelajakni ko‘ruvchi; • faoliyat tashkillashtiruvchi; • tashkilotni idora qiluvchi; • faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi; • qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol deb ataydi. 3.Kishilik aloqalari qobiliyat fanlari. (1930-1950). Ilmiy boshqarish va klassik maktab yuzaga kelganda, psixologiya endi tug‘ilayotgan davri edi. XX asr boshida psixologiyaga e’tibor berilmas edi. Bundan tashqari, psixologiya bilan shug‘ullanganlar boshqarishiga kirmas edilar. Mehnat faoliyati muammolari bilan bu yangi fan bog‘lanmagan edi. Milliy boshqarish va klassik maktab vakillari inson omilini tan olmasalar ham, ularni fikrini haqqoniy haq to‘lash, iqtisodiy rag‘batlantirish va funksional munosabatlarni o‘rnatish bilangina bog‘liq edi. Kishilar o‘rtasidagi munosabatlar uchun harakat, inson omilini samaradorlikning asosiy elementi hisoblay olmaydiganlarga javob tariqasida yuzaga keldi.Klassik usul kamchiliklariga qarshi chiqqani uchun bu maktabni ba’zan noklassik maktab deb ham ataydilar. 36
“Ilmiy menejment” va “mumtoz menejment” namoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko‘ra: •rahbarning xodimga bo‘ladigan munosabatlari alohidalashtirildi; •mehnatni rag‘batlantirish qat’iy normalashtirildi; •mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat’iylashtirildi; •mehnatni “jismonan majburlash” joriy qilindi; •yollanma ishchidan “fikrsiz robot” sifatida foydalanish usuli qat ’iy o‘rnatildi. Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usul sifatida k o‘p yillar davomida xizmat qilish. Ayniqsa, bu usul G. Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz - konveyer usulida tashkil etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin oshirishga erishdilar. 1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va uni boshqarishda qo‘llanilayotgan texnokratik usulning takomillashtirilishini taqozo etdi. Fan-texnika taraqqiyoti yangi texnologiyalarning kirib kelishini jadallashtiradi. Endi ishchi kuchiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgaradi. Shunday bir sharoitda 1820-1830 yillari AQShda ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil harakat sifatida “teylorizm”ga qandaydir darajada qarshi turuvchi yangi nazariya - “insoniy munosabatlar” maktabi paydo bo‘ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruhshunos E.Meyo (1880-1949) asos soldi. Bu maktab nuqtai nazaridan: •ishchi - bu fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborga, o‘z-o‘zini hurmat qilishga, o‘z qadr-qimmatini his etishga; •boshqa kishilar tomonidan ma’qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega b o‘lgan individdir. 37
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvning: •tashabbuskorlikdan; •ishchilar bilan hamkorlikdan; •kompaniyada “birdamlik ruhi” va “mushtaraklik tuyg‘usi”ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni rag‘batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi. Amerikalik olim D. Mak-Gregor (1906-1964) “inson munosabatlari” maktabining atoqli namoyandalaridan hisoblanadi. U inson xulq -atvorining ikki modeli, xodimning o‘z mehnatiga ikki xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini inobatga olib X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratadi. X (iks) nazariyasiga ko‘ra, namunaviy yollanma ishga - tabiatan yalqov bo‘lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, mas’uliyat sezish, fahm-farosat yetishmaydi. Bunday holatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur. Y (igrek) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o‘z maqsad va manfaatlariga g‘oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat bo‘lgan. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq -atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchini rag‘batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi. Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko‘rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o‘zida ham birinchi, ham ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi.Boshqarishning yuksak san’at ekanligi ham ana shu ikki jihatni uyg‘unlashtirishdir. Qobiliyat to‘g‘risidagi fanlarni rivojlantirish. Psixologiya, sotsialogiya fanlari rivoji, tadqiqot usullarini takomillashi ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so‘ng, ish joyidagi qobiliyatni o‘rganishini katta 38
darajada qattiq ilmiy bo‘lishiga olib keladi. Qobiliyatni o‘rganishni bioxevoiristik yo‘nalishining rivojini keyingi davrning yirik namoyandalari qatorida Kris Ardjrisni, Rensis Gertsbergning alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Bular va boshqa tadqiqotchilar sotsial hamkorlikni turli yo‘nalishlarini, motivatsiya, rag‘batlantirish, shaxsiy qobiliyat va hokimiyat xarakterini tashkiliy strukturani, tashkilotlardagi kommunikatsiyani, ilg`orlikni, mehnat sifatini va ish mazmunini o`zgartirishni o‘rganadilar. Qobiliyat fanlari maktabi kishilar munosabatlar maktabidan ancha o‘zib ketdi. Bular asosan shaxslararo munosabatlarni va y o‘lga qo‘yish usullariga e’tibor berdilar. Bu yangi yo‘nalish ishchiga qobiliyat qoidalaridan foydalanish asosida xodimga tashkilotni tuzilishi va boshqarishni o‘rganishda o‘z imkoniyatlarini bilishda yordam beradi. Umumiy qilib aytganda, bu maktabni asosiy maqsadi mehnat resurslaridan samarali foydalanish hisobiga tashkilotning samarasini oshirishdir.Qobiliyat shunchalik almashib ketdiki, boshqarishning turli jabhalarining qamrab oldi. O‘zidan avvalgi maktablar singari, bu yo‘nalish ham boshqaruv munosabatlarini yechishda «eng to‘g‘ri yo‘l» ekanligini himoya qildilar. Uning asosiy farazi; qobiliyat to‘g‘risidagi fanlarni to‘g‘ri qo‘llash xodimni ham, tashkilotni ham samarasini or ttirishga olib keladi. Ammo ish mazmunini o‘zgartirish va boshqaruv ishlarida xodimni qatnashishi faqat ba’zi xodimlarni va ba’zi xodimlardagina samara berishini biz keyingi bo‘limlarda o‘rganamiz. Shunday qilib bixevioristik yo‘nalishni qo‘llab ijodiy natijalar berishi bilan birga, ba’zi hollarda yaxshi natija bermasligi mumkin. 4. Boshqarish fani yoki miqdoriy yo‘nalish. (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Matematika, statistika, muhandislik va shu bilan bo g‘liq fanlar boshqarish nazariyasiga katta hissa qo`shdi. Ularni ta’sirini F.Teylor tomonidan q o‘llangan tahlil qilishdan jahon urushi vaqtigacha bo‘lgan davrda boshqarishda miqdoriy usullardan kam foydalanilgan. Inglizlar nemislarni ommaviy hujumlarini qaytarish uchun o‘zlarining jangavor samolyotlaridan va havo hujumiga qarshi vositalaridan samarali foydalanish usullarini topishga majbur edilar. Keyinchalik yevropadagi 39
itifoqchilar uchun harbiy yordam berish samarasini orttirishni aniqlash lozim bo‘ldi. Shu va shunga o‘xshash holatlarda miqdoriy usullardan ko‘proq foydalanilgan va bu usulni operatsiyani tadqiqot qilish usuli deb nomlangan. XX asrning 60-80-yillarida G‘arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlandi.G‘arb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida: • tizimli yondoshuv asoslarshi ishlab chiqishdi; • yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqishdi; • bir qancha o‘zgaruvchi omillarning boshqaruvga ta’sirini o‘rganishdi. Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch. Barnard, G. Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to‘rt yondoshuvni asoslab beradi (5-jadval). 5-jadval “Tizimli” yoki zamonaviy menejment Boshqarishga Izoh № yondoshuv turlari 12 3 1. Tizimli • Tizim - bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan yondoshuv qismlar majmuidir. Har bir qism yaxlit tizim ning o‘zgarishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Tashkilot - bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bokliq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy siyosiy), e’tibor beriladi. 2. Vaziyatli • Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot yondoshuv qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu o‘rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko‘ndalang turmaydi. Yaxlitning qaysi bir qismi o‘ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o‘zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog‘lab o‘rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni 40
talab qiladi. 3. Funktsional • Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng yondoshuv oqilona yo‘llarini ishlab chiqish imkonini bsradi Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funksiyalarni bajaradi: • rejalashtirish; • tashkillashtirish; • rahbarlik qilish; • muvofiqdashtirish ; • nazorat qilish va h.k. 4. Miqdorli • Bunday yondoshuvda asosan: yondoshuv • menejmentning operatsion printsipiga; • qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga; • matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’tibor qaratiladi. Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi. Ushbu 4 ta maktab o‘z yunalishlari bo‘yicha turli xissalarni boshqaruvning rivojlanishiga qo‘shdi. Ular quyidagilar: Turli yo‘nalish xissalari. 6-jadval 1 Ilmiy boshqarish maktabi 1. Masalalarni yechishda, yangi usullarni aniqlashda ilmiy tahlildan foydalanish. 2. Ishni yaxshi bajarishga loyiq xodimlarni topish va o‘qitish. 3. Ishni samarali bajarish uchun xodimlarni resurslar bilan ta’minlash. Unumdorlikni oshirish maqsadida moddiy rag‘batlantirishdan foydalanish. Rejalashtirishni ajratish. II Klassik maktab 1. Boshqarish printsiplari rivoji. 2. Boshqarish funksiyalarini aniqlash. 3. Tashkilotni boshqarishga umumiy sistemalashgan qarashi. III Kishilar munosabatlari va qobiliyat fanlari maktabi. 41
1. Unumdorlik va qondirish darajasini oshirishda kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqaruv usullaridan foydalanish. 2. Har bir xodimdan o‘z imkoniyatiga mos holda tulik foydalanish maqsadida boshqarishda kishilar qobiliyati to‘g‘risidagi fanlardan foydalanish va tashkilotni shakllantirish. IV Boshqaruv fani maktabi. 1. Modellarni tuzish va ulardan foydalanish orqali murakkab boshqaruv muammolarini tushunishni chuko‘rlashtirish. 2. Murakkab hollarda rahbarlarga qaror qabul qilishda yordam beradigan miqdoriy usullarni rivojlantirish. 2.3. Boshqaruvning turli yo‘nalishlari • Jarayon yo‘nalishi. Boshqaruv g‘oyalarini tarqatishda katta burilish bo‘lgan bu kontseptsiya hozirgi vaqtda keng qo‘llanilgan. Jarayon yo‘nalishi boshqarishning ma’muriy maktab namoyandalari tomonidan taklif etilgan. Ular menejmentning funksiyalarini yoritishga harakat qilishgan. Ammo, bu avtorlar funksiyalarni bir-biriga bog‘liq holda o‘rganmaganlar. Jarayon yo‘nalishi bu funksiyalarni bir-biriga bog‘liq holda o‘rganadi. Har biri alohida jarayon b o‘lgan bu harakatlar tashkilot muvaffaqqiyati uchun juda muhimdir. Ularni boshqaruv funksiyalari deb ataladi. Har bir boshqaruv funksiyasi alohida jarayondir, chunki ular bir-biriga bog‘liq harakatlar majmuasidir. Boshqaruv jarayoni 4 ta bir -biriga bog‘liq iborat: rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish va nazorat. Bu 4 funksiyani amalga oshirishda,asosan bog‘lovchi jarayonlar muhim rol o‘ynaydi. Ularga qaror qabul qilish va kommunikatsiya kiradi. Biz bu tushunchalarni keyingi bo‘limlarda o‘rganamiz. • Sistemali yo‘nalish.Sistemalar nazariyasi birinchi marta aniq fanlar va texnika sohasida qo‘llaniladi. 50-yillar oxirida boshqaruvda sistemalar nazariyasini qo‘llanilishi boshqaruv fanlar maktablari qo`shgan muhim hissa bo‘ldi. Sistemalashgan yo‘nalish bu boshqaruvchilar uchun qandaydir yo‘riqlar va qoidalar to‘plami emas, balki tashkil etish va boshqaruvga nisbatan fikr yuritish usulidir. Sistemali yo‘nalish rahbarga tashkilotni yaxshi tushunishni va 42
maqsadlarga samarali holda yetishga qanday yordam berishni bilish uchun sistemani nimaligini aniqlash darkor. Sistema bu bir-biriga bog‘liq bo‘limlardan iborat qandaydir bir butun narsadir. O‘z navbatida sistemalar ikkiga bo‘linadi: 1.Yopiq sistemalar-bu aniq belgilangan chegaralarga ega bo‘ladi. 2.Ochiq sistema-bu tashqi muhit bilan munosabatda bo‘ladi. Bunday sistema o‘ziga tashqaridan energiya, quvvat, informatsiya va material oladi. Bunday sistema tashqaridan olingan kuch hisobiga harakat qiladi, o‘zini-o‘zi ta’minlay olmaydi. Bundan tashqari ochiq sistemalar tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga moslashish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Rahbar asosan ochiq sistemalar bilan shug‘ullanadilar, chunki tashkilotlar ham ochiq sistemadir.Bundan tashqari mayda sistemalar mavjud. Mayda sistemalar-bu murakkab sistemalarni yirik tashkil etuvchilardir. • Holatiy yo‘nalish. 60-yillarda yaratilgan holatiy yo‘nalish boshqaruv fani maktablarini an`anaviy boshqaruv nazariyasini noto‘g‘ri deb hisoblaydi. Holatiy yo‘nalish bilan mustaxkam aloqada bo‘lgan sistemali yo‘nalish to‘g‘ri maxsus yo‘nalishlarda qo‘shimcha harakat qiladi. U boshqaruv funksiyalari o‘rtasidagi mustaxkam aloqani ta’minlaydi va ularni alohida ko‘rib chiqmaydi. Holatni ko‘rib chiqish boshqaruv nazariyasida yangilik emas. O‘z vaqtidan ancha ilgarilab ketgan Meri Parker Follett 20-chi yillardayoq «holatiy qonunlar»to‘g‘risida gapirgan edi. «Turli holatlar»turli bilimlarni talab qiladi deb ta’kidlagan edi.Oradan 20 yil o`tgandan so‘ng ya’ni, 1948 yili Ril f Standill rahbarlarning muhim sifatlarini tadqiqot qildi va rahbarlarga zarur bo‘lgan bilim va sifatlarni holat aniqlaydi deb xulosa qiladi. Ammo, faqatgina 60-yillardan so‘ngina boshqaruv va boshqa ijtimoiy fanlar ma’lum darajada ravojlandilar va turli holatlarda boshqaruv samarasiga va tashkilotga ta’sir etuvchi o‘zgaruvchilarni bilishga muvaffaq bo‘ldilar. Bunday bog‘liqlik turli madaniyatlardagi boshqaruvni o‘rganishga harakat qiladilar. 43
Sistemali yo‘nalish singari holatiy yo‘nalish ham rahbariyatga ham beriladigan yo‘l-yo‘riqlarning shunchaki to‘plami emas, balki tashkiliy muamollar va ularning yechimi to‘g‘risida fikrlardi. Unda barcha tashkilotlar uchun mos bo‘lgan boshqaruv jarayoni qoidalari saqlanib qolgandir. Holatiy yo‘nalish tashkilot maqsadiga samarali holda yetishish uchun m a’lum holatlariga ma’lum usullarni boshgashga harakat qiladi. Holatiy yo‘nalish tashkilotlar va ular ichidagi holatiy farqlarga e’tibor beradi. U holatiy o‘zgaruvchilarni ahamiyatini va ular tashkilot samarasiga qanday ta’sir qilishni aniqlashga harakat qiladi. Holatiy yo‘nalishlarni metologiyasi to‘rt qadamli jarayon sifatida tushuntirish mumkin: 1.Rahbar, samaradorlikni isbotlagan malakaviy boshqaruv vositalarini bilishi shart. Bu boshqaruv jarayonini tushunishni alohida kishilar va guruh qobiliyatini, sistemali tahlilini rejalash va nazorat usullarini va qaror qabul qilishni miqdoriy usullarini tushuntirishni nazoratda tutadi. 2. Har qanday boshqaruv usuli va qoidasi, ular aniq holat uchun foydalanganda o‘zlarini kuchli va kuchsiz tomonlariga egadirlar. Rahbar o‘zi foydalanayotgan usul yoki qoidani ijobiy va salbiy oqibatlarini avvaldan ko‘ra bo‘lishi kerak, oddiy misol keltiramiz: qo‘shimcha ish bajarganliklari uchun barcha xodimlarga beriladigan ish xaqini barobar oshirish to‘g‘risidagi taklif, ularni ishga bo‘lgan qiziqishlarini qandaydir vaqtgacha oshiradi. Ammo, xarajatlarini ortirishni olingan yutuqlar bilan solishtirisak, bu yo‘l tashkilotni sinishiga olib kelish mumkin. 3. Rahbar holatini to‘g‘ri aniqlashi lozim. Ushbu holatda qaysi omillar eng samarali ekanligini va biror-bir yoki bir necha o‘zgaruvchini qanday samaraga olib kelishi to‘g‘ri aniqlashi kerak. 4. Rahbar eng salbiy effekt beruvchi aniq usullarni bir -biriga bog‘lanishini bilishi lozim,shuorqali amaldagi holat sharoitida tashkilotni maqsadiga erishishini ta’minlash kerak. 44
2.4. Rossiya federatsiyasida menejment nazariya va amaliyotining rivojlanishi. Rossiya federatsiyasida boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Bu davrda mehnat va boshqaruv muammolariga bag‘ishlangan o‘nlab jurnallar, jumladan «boshqaruvni tashkil etish», «Mehnatni tashkil etish», «Boshqaruv texnikasi», «Xo‘jalik va boshqaruv» kabi oynomalar nashr qilindi, xorijiy ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqaruv bo‘yicha mutaxassilar asarlari rus tiliga tarjima qilindi. 1921 yilda Markaziy mehnat instituti tashkil etildi. Boshqaruv nazariya va amaliyotiga katta xissa qo‘shgan taniqli olim - Aleksey Kapitanovich Gastev (1882-1941) edi. Uning «Qanday ishlamoq kerak?», «Mehnat me’yorlash va tashkil etish», «Mehnat qo‘llanmalari», «Madaniyat qo‘zg‘oloni», «Ishlab chiqarishni MMI usullari bilan tartibga solish» kitoblari nashr etildi. A.K.Gastev rahbarligi ostida MMI da mehnatni tashkil etishning yangi usullarini o‘rganish, loyixalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni o‘qitish va malakasini oshirishning maqbul tizimini yaratish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. A.K.Gastev asarlari juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega, u tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar hozirgi davrda ham dolzarbdir. Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori - Platon Mixaylovich Korjentsev (1881-1940). P.M. Korjentsev 1923-1924 yillar davomida Butun Ittifoq mehnatni tashkil etish Kengashi prezidiumi a’zosi bo‘lgan va «Pravda» gazetasida ishlagan. Bu fil- davomida u «Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil etish tamoyillari», «Vaqt uchun kurash», «O‘zingni o‘zing tashkil et» singari asarlarini yozdi. P.M.Korjentsev to monidan tavsiya etilgan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni standartlash, mehnat sharoiti, moddiy vositalardan to‘g‘ri foydalanish haqidagi takliflar juda dolzarb edi. Mehnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasiga bu muammo b o‘yicha tadqiqot olib borgan P.A.Popov, O.A.Ermanskiy va boshqalar ham salmoqli xissa qo‘shganlar. 45
2.5. O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonda menejment nazariyasining shakllanishi. O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularni o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-X asrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XII asrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIY asrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XY asrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham q o‘llanma bo‘ladigan ko‘rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg‘i bilik”, “Temur tuziklari” va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 27 yil ichida bozor islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga qaratilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotini Birinchi Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o‘tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamla katlarda “O‘zbek modeli” deb e’tirof etildi. Ushbu model jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy printsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘lgan. Ammo ular Amir Temur hukumronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari yorqin misol bo‘la oladi. “Temur tuzuklari” jahonga mashhur asardir. Uning qo‘lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston, O‘zbekiston va boshqalar) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. 46
“Tuzuklar” muallifining fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim. Hazrat Amir Temur “Tuzuklar”da ma’lum qilishicha, o‘z faoliyatida quyidagi 12 ijtimoiy-siyosiy guruhga tayanib ish olib borgan: 1. Hazrat Payg‘abarimiz Muhammad Sallollohu Alayhissalomning aziz va mukarram avlodi bo‘lmish sayidlar, ulamo va shayxlar. 2. Hayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar. 3. Duogo‘y taqvodorlar. 4. Amirlar, sarhanglar, sipohsolorlar, ya’ni lashkar va qo‘shin boshliqlari. 5. Sipoh bilan raiyat, ya’ni qora xalq. 6. Saltanat ishlari, uning siru asrorini bilgan, kengashsa b o‘la-digan dono va ishonchli kishilar. 7. Vazirlar, sarkitob va devon bitiklari. 8. Hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar. 9. Hadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarix-shunoslar). 10.So‘fiy va oriflar. 11.Hunar va san’at ahli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar. 12.Har turli mamlakatlardan kelgan sayyoh va tijorat ahli. Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda o‘tirgan noiblarning roli benihoya katta bo‘lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo‘lishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga ko‘ra, masalan, vazirlar to‘rt sifatga ega bo‘lishlari shart: 1. Asillik, toza nasllik va ulug‘vorlik. 2. Aqlu farosatlik. 3. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo‘lish. 47
4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik. “Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Amir Temur o‘z davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom hududida bo‘lgan ulkan mamlakatni bor-yo‘g‘i yetti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular quyidagilar (7-jadval). 7-jadval Vazirlar va ularning vazifalari № Vazirlar Vazirlarning vazifasi 1. Mamlakat va • Bu vazir el-yurt muhim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat ahvolini, olingan hosil, raiyat vaziri daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat xarajatlari, zl- yurtning obodonchiligi va aholining farovonligi qay 2. Sipoh vaziri darajada ekanligadan oliy hukmdorni xabardor qilib turgan. 3. Mol-mulk, • Sipohiylarning maosh va tanholarini boshqargan, daromad, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining xarajatlar chora-tadbirlarini ko‘rgan, sipoh ahvolidan doimo vaziri podshohni ogoh etib turgan. • Turli sabablargi ko‘ra egasiz qolib ketgan yer -suv va 4. Sarkori hossa mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig‘imiga va saltanat mutasaddilik qilgan. ishlarini yurituvchi • Podshohga qarashli yer-suv va mol-mulk, shuningdek vazir davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan. 5. Qozikalon • Adliya muassasalarini boshqargan. 6. Jalol ul-islom • Podshohning favqulodda huquqlarga ega bo‘lgan nazoratchisi. 7. Vaziri devoni • Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar insho devonining boshlig‘i. El-yurtning obodonligi, saltanatning ustuvorliga ko‘p jihatdan mana shu vazirlarga bog‘liq bo‘lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negazida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga 48
ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo‘lishi bilan yakunlandi. Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat shu davlatdagina emas, balki boshqa o‘lkalarda ham davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida q o‘llanila boshlandi. Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo‘yicha harakatlar Amir Temurning “Temur tuzuklari”da o‘z aksini topib, hozirgacha ham o‘zining qimmatini y o‘qotmagan. Aksincha, bugungi mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda ham boshqarishni tashkil qilishda muhim dasturulamal sifatida qo‘llanilmoqda. 2.6. Menejment rivojlanishida yangi bosqich. 1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub islohatlar boshqaruvni jamiyatni damokratlashtirish, oshkarolik va pastdan yuqoriga xalq xokimiyatini o‘rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo‘llarini ifodalab berdi. Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga o‘tishga asos bo‘ldi. Jamiyatdagi tub o‘zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, mnejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirgi davrgacha mavjud bo‘lgan tajriba, jamiyat xayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarini boshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qo nun va xuquqiy xujjatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Menejment sohasida jaxon tajribasi, rivojlangan mamlakatlar va o‘zimizda to‘plangan tajribadan foydalaniladi. Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko‘p yillarga mo‘ljallangan strategik vazifadir.Mamlakatimiz «falaj qilib davolash» usulidan voz kechdi.Bu yerda bozor munosabatlariga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy mulk bilan bir vaqtning o‘zida kooperatsiya, tadbirkorlik, chet ellik 49
firmalar, banklar bilan hamkorlikka asoslangan holda turli xo‘jalik yuritish usullarini qo‘llash yo‘li bilan amal qilishi kerak. Menejment oldiga qo‘yilgan ko‘pchilitk vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda. Hozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o‘zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga o‘tishi amalga oshirilmoqda, boshqaruvning ixtisoslashuv chuqurlashuvi va kooperatsiya bo‘yicha aloqalar barqaror bo‘lishini ta’minlovchi yangi tashkiliy tizimlari vuudga kelmoqda. Islohatlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarini - asosiy bo‘g‘in (korxona)dan to boshqaruvning oliy bo‘g‘inlarigacha qamrab olgan. Korxonalar to‘g‘risidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari bo‘yicha iste’molchilar olddagi majburiyatlarini oshirdi. Nazorat uchun savollari 1. Boshqarishni rivojlanish tarixi haqida tushuncha bering? 2. «Ilmiy menejment» maktabining mazmuni va mohiyati nimalardan iborat? 3. Menejmentning «klassik» maktabi haqidagi tasavvuringizni ayting? 4. Insoniy munosabatlar maktabi haqidagi tasavvuringizni ayting? 5. Boshqaruv maktablarini bog‘liqligini tushuntiring? 6. Boshqarish ta’limotidagi yo‘nalishlar. 7. F.Teylor nazariyasining mohiyati nimada? 8. G.Emerson qanday ilmiy printsiplarini ishlab chiqqan? 9. O‘zbekistonda boshqaruv rivojlanishining asosiy ynalishlarini ayting? 10.Sobiq ittifoq bilan xozirgi boshqaruv farqi nimada deb o‘ylaysiz? 11.Sistema haqida tushuncha bering? 12.A.Fayol olg‘a so‘rgan tamoyillar nimalardan iborat? 13.X va Y nazariyasi nima? 14.«Tizimli» yoki zamonaviy menejment mohiyati nimalardan iborat? 15.O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari. 50
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175
- 176
- 177
- 178
- 179
- 180
- 181
- 182
- 183
- 184
- 185