Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore ADU kitob (o'zbek)

ADU kitob (o'zbek)

Published by Shuhratbek Usmanov, 2023-08-09 12:04:16

Description: ADU kitob (o'zbek)

Search

Read the Text Version

["ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI IZBOSKAN AGROSANOAT TEXNIKUMI \t Izboskan agrosanoat texnikumi 2004-yilda tashkil topgan bo\u2018lib, Izboskan tumani Tinchlik MFY A.Navoiy ko\u2018cha 1-uyda joylashgan. \t Hozirgi kunda texnikum direktori Mirzayev Akrambek Tolibjonovich. Texnikumda 2004-yildan buyon qariyb 16 xildagi kasb va 100 dan ortiq ixtisosliklar bo\u2018yicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda. Jumladan, \u201cAvtomobillarga texnik xizmat ko\u2018rsatish bo\u2018yicha texnik-mexanik\u201d, \u201cAvtomobillarni yig\u2018ish va sinash bo\u2018yicha texnik-mexanik\u201d, \u201cQishloq xo\u2018jaligi mexanizatsiyasi\u201d, \u201cAmaliy grafika rassomi\u201d, \u201cTikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi\u201d, \u201cBino inshootlari arxitektori\u201d, \u201cMaktabgacha ta\u2019lim muassasalari tarbiyachisi\u201d kabi yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha o\u2018quvchilar o\u2018qitib kelinmoqda. Ta\u2019lim muassasasida professional salohiyatga ega rahbar va pedagog kadrlar shakllantirilgan. Pedagogik jamoa 25 dan ortiq oliy ma\u2019lumotli pedagog-xodimlardan iborat bo\u2018lib, 2 nafar professor, 1 nafar dotsent, 6 nafar yetakchi o\u2018qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. \t Texnikumda o\u2018quvchilar uchun jahon standartlariga mos 65 ta maxsus fan auditoriyalari hamda 3 ta ustaxona mavjud. Mahalliy byudjet mablag\u2018lari hisobidan: 1. Chilangarlik ustaxonasi. 2. Tikuvchilik ustaxonasi. 3. Avtomobillarga texnik xizmat ko\u2018rsatish ustaxonasi ta\u2019minlangan. \t Shuningdek, sport zal, oshxona, tashqi futbol, voleybol, basketbol, tennis maydonlari, faollar zali va kollej kutubxonasi 1 to\u2018plam zamonaviy orgtexnika vositalari bilan jihozlangan. Telefon liniyasi orqali \u201cZiyoNET\u201d tarmog\u2018iga ulangan. 1443 nusxa umumkasbiy va maxsus fan darsliklari, 555 dan ortiq elektron darslik va yetarli darajada badiiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar mavjud. \t Hozirda texnikumda 9 ta yo\u2018nalishda talabarga kasbga o\u2018rgatish sirlari o\u2018rgatib kelinmoqda, jumladan: 5510501 - Avtomobil transportiga texnik xizmat ko\u2018rsatish va ta\u2019mirlash; 5320601 - Kompyuter injiniringi; 5520101 - Veterinariya meditsinasi; 5310201 - Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish; 5830101 - Bino va inshootlar qurilishi; 5531001 - Kutubxonashunoslik; 5540201 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi; 5630101 - Buxgalteriya hisobi va audit; 5620101 - Qishloq xo\u2018jaligini mexanizatsiyalash va servisi texnik-texnologi. 151","Andijon davlat universiteti (informatsion-statistik-illyustrativ prospekt). Andijon. 2021. \t Qo\u2018lingizdagi ushbu kitobcha bugungi kunda salobatli, yuqori nufuzga ega bo\u2018lgan, mamlakatimiz oliy ta\u2019lim universitetlari ichida o\u2018z mavqeiga ega bo\u2018lgan Andijon davlat universitetiga tamal toshi qo\u2018yilganining 90 yilligiga bag\u2018ishlangan muxtasar informatsion-statistik-illyustrativ prospekt bo\u2018lib, undan oliy dargohimizning keyingi yillardagi barcha sohalar bo\u2018yicha faoliyati, takomili, yangiliklari haqida ma\u2019lumotlar olishingiz mumkin. MAS\u2019UL MUHARRIR: YULDASHYEV AKRAMJON SULTANMURADOVICH Andijon davlat universiteti rektori, biologiya fanlari doktori, professor KOORDINATOR: MAHKAMOV MADAMINJON KOMILOVICH Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari bo\u2018yicha prorektor, texnika fanlari nomzodi, dotsent MUHARRIR: SAIDXONOV MA\u2019MURJON MUHAMMEDOVICH Andijon davlat universiteti o\u2018zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti SAHIFALOVCHI-DIZAYNER DJO\u2018RABOYEV MAQSUDBEK KARIMBEK O\u2018G\u2018LI Andijon davlat universiteti kompyuter injiniringi kafedrasi o\u2018qituvchisi"]


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook