ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 1931- YILDA TASHKIL ETILGAN UNIVERSITET NAFAQAT TA’LIM MUASSASASI, BALKI FAN, MADANIYAT, SPORT VA SAN’AT SOHASIDAGI YETAKCHI MARKAZLARDAN BIRI SIFATIDA ANDIJON VILOYATINING TARAQQIYOTIGA SALMOQLI HISSA QO‘SHIB KELADI. ANDIJON-O‘ZBEKISTONNING TARIXIY SHAHARLARIDAN BIRI BO‘LIB, UNING YOSHI 2500 YILDAN ORTIQ EKANINI ARXEOLOG OLIMLAR ISBOTLAB BERGAN. ANDIJON BUYUK SARKARDA, SHOIR ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR VATANIDIR.
Prezidentimiz ta’lim tizimini isloh qilish masalasiga alohida to‘xtalib, “...agar biz ta’limni o‘zgartirsak, ta’lim insonni o‘zgartiradi. Inson o‘zgarsa – butun jamiyatimiz o‘zgaradi”, – deya fikr bildirdi. Darhaqiqat, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlarning bosh ijrochisi ham biz o‘zimiz - O‘zbekiston fuqarolari. Islohotlar natijasi ham bevosita fuqarolarimiz hayotini farov on etish uchun xizmat qiladi. Bu jarayonda yuksak bilim va salohiyatga ega kadrlar hal qiluvchi kuch sifatida maydonga chiqadi. Uzluksiz, sifatli ta’lim tizimigina aynan shunday kadrlarni yetkazib bera oladi. So‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlari, jumladan, oliy ta’lim tizimini uyg‘otish, mustaqil fikrlovchi, bilimli kadrlarni tayyorlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. A.S.Yuldashev, Andijon davlat universiteti rektori
SO‘Z BOSHI Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetiga 1931-yilda asos solingan. Shunda bu oliygoh Farg‘ona pedagogika institutining Andijon filiali sifatida tashkil etilib, 1939-yilga qadar kechki pedagogika instituti maqomida faoliyat ko‘rsatdi. 1939-yilning 23-iyunidan kunduzgi o‘qituvchilar tayyorlash institutiga aylantirildi. 1991-yildan Andijon davlat pedagogika instituti Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan atab kelinmoqda. Istiqlol sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 1992- yil 28-fevraldagi farmoniga asosan 15-martdan Andijon davlat pedagogika instituti Andijon davlat universiteti maqomiga ega bo‘ldi. Institutning bag‘ridan Namangan o‘qituvchilar instituti (1942-1944), Andijon tibbiyot instituti (1955), Andijon paxtachilik (hozirgi qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar) instituti (1964), Andijon tillar pedagogika instituti (1966), Toshkent xalq xo‘jaligi instituti Andijon filiali (1976) o‘sib chiqqan. Institutga turli yillarda rahbarlik qilgan direktor va rektorlar Abdulla Xarisov (1934-1937), Jalil Baratov (1937), Marg‘uba Mirzajonovna Is’hoqova (1937-1938), Siddiq Muhammadjonovich Sattorov (1938-1939), Maxonchenko (1939), Azarapet Ayrapetovich Sagatelyan (1939), Natan Moiseyevich Avezov ( 1938-1941), Mukarrama Soliyeva (1941-1943), Soli Sagatovich Sagatov (1943-1945), Rahim Zohidovich Bobodjonov (1945-1947), Isaq Po‘latovich Po‘latov (1947-1951), Amina Abdullayevna Abdullayeva(1951-1952), Karim Hamroyev(1952-1953), Kozim Fozilbekovich Qosimbekov(19531956), Abdumannob Egamberdiyev (1956-1958), G‘ani Xolmatovich Abdullayev (1958-1975), Akmal Qosimovich Qosimov (1976-1992, 1993-1995), Qodirjon Parpiyev (1992-1993 v.b.) Bahrom Jalilov (1995-1996 v.b.), Sirojiddin Zaynobiddinov (1996-2006), Tolibjon Madumarov (2006-2015)lar oliygohni har tomonlama rivojlantirishga munosib hissa qo‘shganlar. 2015-yildan buyon Andijon davlat universitetida biologiya fanlari doktori, professor Akramjon Sultanmuradovich Yuldashev rektor vazifasida faoliyat olib bormoqda. Universitetimizning shakllanishi va rivojlanish tarixi (1931-2014) keng va mukammal holda tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsutdinovning “Andijon davlat universiteti” (Toshkent, “Sharq”, 2014. 544 sahifa) tarixiy-statistik-illyustrativ kitobida o‘z aksini topgan. Ushbu kitobchaning yaratilishida ma’lumotlar tayyorlab bergan prorektorlar,fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim va bo‘linma boshliqlari hamda prospektning yaratilishida o‘z hissalarini qo‘shgan barchaga tahririyat guruhi o‘z minnatdorligini bildiradi. Shu bilan birga, kitobchadagi materiallarning faktik va statistik tomonlariga yuqoridagi mas’ullarning mas’ul ekanini bildirib o‘tadi.
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA FAOLIYAT YURITGAN REKTORLAR (1958-2015-YILLAR) G‘ani Xolmatovich Akmal Qosimovich Qodirjon G‘ofurovich Abdullayev Qosimov Parpiyev (1958-1975) (1976-1992, (1992-1993) 1993-1995) Bahrom Jalilovich Sirojiddin Zaynobiddinovich Tolibjon Abdumalikovich Jalilov Zaynobiddinov Madumarov (1996-2006) (2006-2015) (1995-1996)
AKRAMJON YULDASHEV, Andijon davlat universiteti rektori, biologiya fanlari doktori, professor OLIY TA’LIM TIZIMI-YANGI O‘ZBEKISTONNING CHINAKAM TAMAL TOSHI Bugun Yangi O‘zbekistonning ta’lim sohasi tubdan isloh qilinib, takomillashib bormoqda. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, nafaqat ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar, qolaversa, oliy ta’lim tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida yangi normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 2020-yil 23-sentabr kuni qabul qilingan bo‘lib, mazkur qonun 75 moddadan iborat qilib belgilanib, uning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Mazkur qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari, professional ta’lim, inklyuziv ta’lim, shuningdek, ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi aniq belgilab qo‘yildi, unda belgilangan masofaviy ta’lim haqidagi qoidalar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Shu bilan birgalikda, Qonunning 11 va 12- moddasida Oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limning huquqiy maqomi ham belgilab berildi. Mamlakat Oliy ta’lim tizimida so‘nggi yillardagi me’yoriy-huquqiy o‘zgarishlarni sarhisob qilar ekanmiz, 2017-yilning 20-aprelida Prezidentimizning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yilning 27-iyulida “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3151-sonli Qarori, 2018-yilning 5-iyunida “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3775-sonli qarorlari qabul qilinib, oliy ta’lim tizimi rivojiga tatbiq etildi. Shuningdek, mazkur soha rivoji maqsadlari va kelajagini aniq natijalar asosida belgilab beruvchi yangi Konsepsiya yaratilib, yangi renessans poydevorini yaratish yo‘nalishlarini ochib berdi. Mazkur konsepsiya 2019-yilning 8-oktabrida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli farmoni bilan belgilab berildi. Ushbu meyoriy hujjatlar asosida barcha oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan bo‘lim va dekanatlardan tortib, kafedralargacha o‘zining reja va yo‘l xaritalari asosida o‘z istiqbollarini belgilagan holda malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni
qondirishga xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan tahlikali vaziyatda dunyo davlatlaridagi global muammolarning yechimini faqatgina yetuk kadrlar ilmiy innovatsion yondashuv asosida hal etishi masalasi kundan kunga oydinlashib bormoqda. Bu esa Oliy ta’lim tizimi standartlarini mutlaqo yangi bosqich asosida xalqaro hamjamiyat talablari asosidan kelib chiqib, mehnat bozorini zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan to‘ldirishni taqozo etmoqda. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish, ma’rifiy jamiyatni, ma’rifatli, bilimli, intellektual salohiyatli kadrlar orqali amalga oshirish mexanizmlari takomillashib borayotgan bir paytda fan, ta’lim va ishlab chiqarish formulasi generatorini ishga tushirish har qachongidan ham bugun kun tartibiga chiqmoqda. 2021-yilning 16-iyunida muhtaram yurtboshimiz raisligida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, yana bir karra sohaning rivojiga qaratilgan aniq rejalar belgilab berildi. Mazkur yig‘ilishda dastlab oliy ta’lim tizimidagi islohotlar va amaliy natijalardan biri, avvalo, qamrov masalasi, uning yildan yilga oshirilganligi, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilanganligi, professor-o‘qituvchilarning moddiy qo‘llab-quvvatlanganligiga qaratildi. Shuningdek, Prezidentimizning shaxsan tashabbuslari bilan oxirgi 3 yilda oliy ta’lim muassasalari soni 65 tadan 130 taga yetgani, qabul o‘rinlari 66 mingtadan 181 mingtaga oshganligi, ularning moddiytexnik bazasi mustahkamlanib, xorijiy mamlakatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida 64 ta yangi kasb bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani, professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha 3,5 baravarga oshirilganligi yana bir karra e’tirof etildi. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati masalasiga alohida e’tibor qaratilib, kelgusi yildan doktoranturaga kvotalar sonini 2 baravar ko‘paytirish, keyingi yillardan har yili 50 foizga oshirib borishga ko‘rsatma berildi va mazkur faoliyat uchun har yili byudjetdan qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Bundan tashqari, har bir tarmoq o‘z sohasiga tegishli oliygohlarga doktorantlar kvotalari uchun yana 10 milliard so‘mdan ajratishi ta’kidlandi. Ko‘rinib turibdiki, mamlakatning taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy intellektual kuchni yetishtirib beruvchi oliy ta’lim muassasalari oldiga Prezidentimiz “kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta qurish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash” masalasini qo‘yadi. Yangi O‘zbekistonning tamal toshini qo‘yishda oliy ta’lim tizimi barcha imkoniyatlarni ishga solishiga ishonch bildirib qolamiz.
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI PROREKTORLARI Mullajonov Rustamjon Vahobjonovich Hamraqulov A’zamjon Shermuhammadovich (O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor) (Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor) Sobirov Shoyadbek Qurbonaliyevich Mahkamov Madaminjon Komilovich (Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor) (Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor) Karimjanov Iqboljon Abdulazizovich (Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor)
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI RAVNAQI RAQAMLARDA TALABALAR KONTINGENTINING O‘ZGARISH DINAMIKASI MAGISTRLAR KONTINGENTINING O‘ZGARISH DINAMIKASI
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR TARKIBINING O‘ZGARISH DINAMIKASI
TA’LIM YO‘NALISHLARI VA MUTAXASSISLIKLARINING O‘ZGARISH DINAMIKASI QO‘SHMA TA’LIM DASTURINING TASHKIL ETILISHI
ILMIY TADQIQOT ISHLARI Universitet tuzilmasida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot va yuqori malakali pedagog xodimlarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qilish ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar zimmasidagi muhim vazifalardan biridir. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tasarrufida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Tahririy nashriyot bo‘limi, Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish bo‘limi va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limlari mavjud. Har bir bo‘limda jami 20 ta xodim faoliyat ko‘rsatadi. 12
ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH ILMIY-TADQIQOT ISHLARI Universitetda faoliyat yuritayotgan 37 ta kafedra ilmiy-uslubiy xarakterdagi ilmiy tadqiqot ishlarini viloyat ta’lim muassasalari – OTM, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Ularning negizida uslubiy xarakterdagi ilmiy tadqiqot ishlari bevosita ishlab chiqarishga, ta’limga joriy asnosida olib boriladi. Universitetda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tashkiliy ishlarni samarali tashkil etishi natijasida 2018-2020-yillarda davlat ilmiy-texnikaviy dasturlar orqali mablag‘lar va xalqaro grantlarni jalb etish avvalgi yillarga nisbatan 3 barobar oshirilishiga erishildi. 2020-yilda loyiha qiymati 6 mlrd. so‘mlik “Tarjimashunoslik va lug‘atshunoslik innovatsion markazi va sun’iy ong uchun matn tarjimoni maqsadli amaliy loyihasi, loyiha qiymati 1 mlrd. so‘mlik “Pottery Lab - badiiy kulolchilik san’atini rivojlantirish innovatsion laboratoriyasi” startap loyihasi bajarilmoqda. Ayni vaqtda universitetda 4 ta xalqaro grant va boshqa dasturlar orqali 245,7 ming AQSh dollaridagi investitsiya jalb qilingan. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida tuzilgan shartnomalar salmog‘i 2018-2020-yillarda o‘tgan yillarga nisbatan 2 barobarga ortdi. 13
ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH FUNDAMENTAL VA AMALIY LOYIHALAR Universitetda kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda hamkor korxonalar: O‘zRFA Botanika instituti, O‘zRFA Genetika va O‘EB instituti O‘zQXIIChM Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, O‘zR FA QSXV va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi, Viloyat SES, Xo‘jaobod tumani Anor fermer xo‘jaligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zMU, O‘zbekiston Respublikasi FA Mikrobiologiya instituti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O‘zbekiston Respublikasi FA Genomika va bioinformatika markazi, O‘zbekiston Respublikasi FA Zoologiya institutlari o‘rtasidagi 2019-2023- yillarga mo‘ljallangan o‘zaro tadqiqot ishlari davom etmoqda. Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar bilan ishlash borasida AndDUning viloyat hududiy innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi markazi bilan “Innovatsion-korporativ hamkorlik” to‘g‘risidagi shartnoma asosida olib borayotgan uzviy hamkorligini alohida ta’kidlash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi PQ-3682-son “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi hamda 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, 2019-yil 28-oktabr-1-noyabr kunlari Innovatsion g‘oyalar haftaligi – “InnoWeek.UZ” doirasida “Xalqaro interaktiv innovatsiyalar yarmarkasi”, “Xalqaro innovatsion-investitsion forum va “Markaziy Osiyo robototexnika tanlovi” da Andijon davlat universiteti “Arximed spirali” ko‘rinishidagi suvni xarajatsiz (energiyasiz yoki yoqilg‘isiz) yuqoriga ko‘tarish qurilmasi”, Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish markazi bilan hamkorlikda “Amarant shifobaxsh o‘simligi O‘zbekistonda” hamda “Amarant O‘simligidan xalq xo‘jaligida foydalanish texnologiyasi” kabi loyihalar bilan faol ishtirok etib, shartnomalar imzolashga erishildi. Universitetda hozirda jami 2366,796 mln. so‘mlik 3 ta amaliy hamda 2350,0 mln. so‘mlik 5 ta innovatsion grant loyihalari amalga oshirilmoqda. 46 ta tashkilotlar bilan tuzilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy tadqiqotlar umumiy qiymati – 367,1 mln.so‘m bo‘lib, jami 2020-yilda ilmiy tadqiqot ishlariga institutda 397,4 mln.so‘m miqdordagi byudjetdan tashqari mablag‘ jalb etilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2019-yilga nisbatan 22 foizga oshgan. Universitetda The World bank Jahon banki - grant beruvchi xorijiy tashkilot tomonidan bajarilish muddati 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan AIF-2/7 raqamli “Усовершенствование магистрской про- граммy по физике возобновляемих источников энергии и устойчивой окружающей среды, стиму- лирующей креативную и инновационную деятельност студентов” mavzusida, umumiy summasi 14
НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ, ИННОВАЦИИ И ПОДГОТОВКА НАУЧНО-ПЕДАГО- ГИЧЕСКИХ КАДРОВ 140,0 AQSh dollari, 2020-yil uchun moliyalashtirish hajmi 46,0 AQSh dollarni tashkil etdi. Loyihaning maqsadi ushbu sohada O‘zbekistonda magistratura bosqichidagi ta’limni rivojlantirish va bu borada malaka almashish imkoniyatini yaratib berishdan iborat. Universitetda bajarilishi 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan 4 ta fundamental hamda 2018-2020- yillarga mo‘ljallangan 1 ta amaliy tadqiqotlar dasturlari doirasidagi ITI loyihalari amalga oshirilgan. ILMIY KENGASHLAR FAOLIYATI 15
ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH ILMIY SALOHIYAT Hozirgi kunda universitetda 9 ta fakultet, 30 ta kafedra, 5 ta o‘quv laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. 47 ta bakalavriatura, 24 ta magistratura, oliy ta’limdan keyingi ta’limda 37 ixtisoslik bo‘yicha ta’lim beriladi. Universitetda 21419 nafar talaba-magistrantlar va 134 nafar doktorant va stajyor-tadqiqotchilar tahsil oladi. Ayni paytda universitetda jami 947 nafar professor-o‘qituvchi bo‘lib, undan 43 nafari fan doktori, 226 nafari fan nomzodi, fanlar bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD) hisoblanadi. ILMIY SALOHIYAT YILLAR KESIMIDA 16
ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASHv OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTI ILMIY NASHRLAR 17
ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH TAHRIRIY-NASHRIYOT BO‘LIMI FAOLIYATI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tasarrufida 2016-yildan buyon Tahririy-nashriyot bo‘limi faoliyat olib boradi. Bo‘limda 3 ta shtat birligi mavjud bo‘lib, H.Abdullayeva bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlari bilan tasdiqlanadigan “O‘zbekiston Respublikasida xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida universitetda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarning o‘tkazilishini nazorat qiladi hamda ularning hisobotlarini vazirlikka taqdim etib boradi. 2016-yildan universitetda “INNOVATSIYA: fan, ta’lim, texnologiya” davriy ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plamini chop etish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ilmiy to‘plam yilda ikki marta 2 seriyada: “Ijtimoiy-gumanitar fanlarda innovatsiyalar” va “Aniq va tabiiy fanlarda innovatsiyalar” nomida 4 ta to‘plam holida nashr etiladi. 2018-yildan boshlab mazkur bo‘limda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan adabiyotlarni talab darajasida tayyorlab, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga taqdim etib, Kengashning guvohnomalarini olish yo‘lga qo‘yildi. 18
ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH LABORATORIYALAR VA MARKAZLAR Andijon davlat universitetida 2 ta ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etilgan, jumladan, 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-sonli Qarorga binoan Andijon davlat universitetida “Ekologiya va eksperimental biologiya” ilmiy laboratoriyasi (ADU rektorining 2020-yil 11-noyabrdagi 04-101-sonli buyrug’i), 2021yil 19-martdagi PQ-5032-son Qarori bilan Andijon davlat universitetida “Fizika ilmiy-o’quv markazi” tashkil etildi (Universitet rektorining 2021-yil 2-apreldagi 04-40-sonli buyrug’i). Andijon davlat universitetida Ilmiy-eksperemental innovatsion tadqiqotlar fiziologiyasi laboratoriyasi, Tovarlar kimyosi ilmiy laboratoriyasi, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy laboratoriyalari – qayta tiklanuvchi energiya manbalari “RENES LAB” laboratoriyasi, Yarimo‘tkazgichli Fotovoltaika ilmiy laboratoriyasi, Fizika ilmiy laboratoriyalari hamda “Biotexnologiya, genomika, molekulyar biologiya” va “O‘simliklar fiziologiyasi” o‘quv laboratoriyalari mavjud. Unda faoliyat olib borayotgan Tovarlar kimyosi ilmiy va o‘quv laboratoriyalari polyarimetr, konduktometr, kalorimetr, rotorli bug‘latgich, sirkulyatsion suv hammomi, avtomatik titrator, raqamli refraktometr, elektron tarozi, universal quritish shkafi, elektr o‘tkazuvchanlik datchigi, mufel pech, atom-adsorbsion spektrofotometr, analitik tarozi, quritish shkafi, suyuqlanish haroratini aniqlaydigan uskuna kabi moddiy-texnik bazalar bilan ta’minlangan. 19
ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH DISSERTATSIYA HIMOYASI KO‘RSATKICHI 20
“QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI
“QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 936-sonli qarori asosida 2017-yil 28-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 869-sonli buyrug‘i bilan Andijon davlat universiteti tuzilmasida 2018-yil 15-avgust kuni «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi ochildi. Muzey 9 bo‘limdan iborat: 1.Rossiya imperiyasi bosqini va mustamlaka istibdodiga qarshi kurash (1865-1917). 2.Andijonda mustamlaka boshqaruvining joriy etilishi, Jadidchilik harakati. 3.Tergov xonasi. Gulag dahshatlari. 4.Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi milliy ozodlik harakati (1917-1935). 5.Kollektivlashtirish, quloqqa tortish, surgun va ularning fojiali oqibatlari. 6.“Katta terror” va uning Andijondagi fojialari (1937-1938 ). 7.“Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi”da qatag‘on qilinganlar. 8.Qatag‘on va reabilitatsiya: huquqiy hujjatlar. qatag‘on qilingan 1727 nafar andijonliklar ro‘yxati. 9.Andijon mustaqillik yillarida, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, buyuk bunyodkorlik zafarlari. 22
“QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI Faqat 2021-yil 4-yanvardan 7-noyabrga qadar muzeyga 5786 nafar kishi, shundan 3573 nafari maktab o‘quvchilari, 1792 nafari talabalar, 421 nafar boshqa tashkilot va aholi vakillari tashrif buyurdi. Shu davrda muzey stendlari, eksponatlari yangilandi, ma’lumotlar boyitildi, ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi, qo‘shimcha kompyuter, printer, elektr jihozlari bilan ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 8-oktabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5598-sonli Farmoyishiga muvofiq 2020-yil 29-oktabrda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abdurahmonov raisligida 26 a’zodan iborat qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tuzildi. Farmoyishga muvofiq 2021-yilda R.T.Shamsutdinov, J.M.Xasanov, E.A.Tajimirzayev, J.T.Iminov, D.I.Xomidovlar muallifligida 94,08 bosma taboqli, ikki qismdan iborat “Qatag‘on qurbonlari xotira kitobi. Andijon viloyati (1865-1991-yillar)” nashr etildi. Qatag‘on qilingan andijonliklardan Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon, Yoqubjon Isaqulov, Xolbotir duma va uning to‘rt o‘g‘li qatag‘on qurboni, Usmonxon Eshonxo‘jayev, Akbar O‘rozaliyev, aka-uka Hasanxon va Husanxon Niyoziylar, Haqqul Husanboyev, Zokir Nusratiy, Amirlashkar Alimqul, Abdurahim Yusufzodalar faoliyati va taqdiri haqida maktab o‘quvchilari uchun kichik hajmda risolalar Toshkentdagi “Akademnashr” nashriyotida chop etildi. O‘zbekiston milliy axborot agentligining rasmiy veb-saytiga R.T. Shamsutdinovning quyidagi maqola va videointervyulari (uza.uz)ga joylashtirildi: 1.Usmon Yusupovni qatag‘ondan saqlab qolgan xatni kim yozgan edi? (Saytga joylangan sana 25.08.2021) 2.Davlat va jamoat arbobi nega krematoriyda kuydirilgan edi? (Saytga joylangan sana 30.08.2021) 3. Qatag‘on – mustabid tuzum siyosatining eng ayanchli davri bo‘lgan (+ video) (Saytga joylangan sana 31.08.2021) Respublika va Andijon viloyat televideniyesida rektor A.S. Yuldashev, muzey direktori R.T. Shamsutdinov va muzey xodimlaridan J.Xasanov, J.Iminov, D.Xomidovlarning Toshkentda “O‘zbekiston 24” kanalida Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi rukni ostida “Qatag‘on siyosati va uning fojiali oqibatlari Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida aks ettirilishi” mavzuidagi 28 minutlik teleko‘rsatuv 2021-yil 24-avgust va takroran 26-avgust kunlari efirda berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov va Davlat maslahatchisi o‘rinbosari D.Kenjayevlar Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifida muzey va uning fondlari xususida qator ijobiy fikrlar bildirdilar. 24
“QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI Andijon viloyat faollari yig‘inida muzeydan olgan taassurotlarini X.Sultonov anjuman ahliga izhor etdi va muzey tashkilotchilari, rahbar va xodimlariga universitet rektori nomiga tahsinga sazovor fikrlar bildirdi. Andijondagi bu muzeydan respublikaning barcha viloyatlaridagi Qatag‘on qurbonlari muzey xodimlari kelib o‘rnak olishlari zarurligini ta’kidladi. Prezident Administratsiyasi 2021-yil N02-PA 1/1-281-sonli topshirig‘iga asosan Andijon davlat universitetida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyini namunali tashkil etish bo‘yicha 2021-yil 30-aprel – 1-may kunlari respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Anjuman ishi Respublika, Andijon viloyat televideniyasida yoritildi. ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TUZILMASIDAGI QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI XODIMLARI TARKIBI Xasanov J.M Shamsutdinov R.T Homidov D.I (Katta ilmiy xodim) (Muzey direktori) (Kichik ilmiy xodim) Mahkamov A.K Mirzayeva G.I (Kichik ilmiy xodim) (Fond saqlovchi) 25
PROFESSOR RUSTAMBEK SHAMSUTDINOV
TARIX FAKULTETI
TARIX FAKULTETI Tarix fakulteti alohida fakultet sifatida 1932-yili Shamsitdinov Ravshanbek Andijon kechki pedagogika instituti tarkibida tashkil topgan. Rustambekovich Dastlab fakultetda 20 nafar talaba tahsil olgan. Ko‘p o‘tmay (fakultet dekani) uning tarkibida ijtimoiy-adabiyot va tarix-iqtisod guruhlari tashkil etilgan. 1934-yildan fuqarolik tarixini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. 1937-yilga kelib esa tarix hamda filologiya fakultetlari birgalikda faoliyat yurita boshlagan. 1957-yilda fakultet tarkibida boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakulteti ochilgan. 1959-yildan esa tarix mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi bo‘limga ham talabalar qabul qilina boshlagan. 1976-yilda tarix-filologiya fakulteti qayta tashkillangan. 28
1992-yil 28-aprelda Andijon davlat universiteti rektorining 02-92-sonli buyrug‘i bilan tarix fakulteti alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. Yangi fakultetning birinchi dekani vazifasiga tarix fanlari nomzodi, dots. M.Sultonov tayinlanadi. Fakultet tarkibiga 5 ta kafedra biriktiriladi. Bu kafedralarda 4 ta fan doktori, professor, 14 ta fan nomzodi, dotsent, 11 ta katta o‘qituvchi, 7 ta o‘qituvchi, 5 ta texnik xodim, jami 41 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar faoliyat ko‘rsata boshladi. Fakultet dekani vazifasida t.f.n., dotsent M.Meliqo‘ziyeva (1993), t.f.n., dotsent A.X.Anorboyev (1993-1996, 1998- 1999), t.f.d., professor R.T.Shamsutdinov (1996-1998), t.f.n., dotsent Sh.M.Asqarov (1999-2001), t.f.d. Z.A.Qutiboyev (2001-2002), t.f.n., dotsent Q.M.Nasritdinov (2002-2005), t.f.n., dotsent S.A.Hoshimov (2005-2008), t.f.n., dotsent A.Mamajonov (2008-2011), t.f.n., dotsent B.M.Rasulov (2011-2015), t.f.n., dotsent M.G‘.Abdullayev (2015-2017)lar ishlaganlar. 2017-yil sentyabrdan fakultet dekani lavozimiga t.f.n., dotsent R.R.Shamsitdinov tayinlandi. 29
BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI: MAGISTRATURA 5A120302 – Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) Dars mashg‘ulotlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM 07.00.01. - O‘zbekiston tarixi; 07.00.07. - Etnologiya, etnografiya va antropologiya. BAJARILAYOTGAN XORIJIY VA RESPUBLIKA ILMIY LOYIHALARI “O‘zbekistonda sovet hukumatining qatag‘on siyosati va uning oqibatlari (1937-1938-yillar)” – (ilmiy rahbar prof.R.Shamsutdinov). 30
XALQARO HAMKORLIK 31
NAZARIYA VA AMALIYOT Tarix fakultetida tahsil oluvchi talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini malakaviy amaliyotlarda mustahkamlaydilar. O‘quv rejasida ko‘rsatilgan arxeologik, etnografik, muzeyshunoslik, arxivshunoslik, O‘zbekiston tarixidan o‘tkaziladigan malakaviy amaliyotlarda talabalar viloyatimiz va Farg‘ona vodiysining boshqa hududlarida olib borilayotgan arxeologik qazishmalarda qatnashadilar, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari – Qo‘qon, Namangan, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlariga malakaviy amaliyot doirasida tashkil etilgan ekskursiyalarda ishtirok etadi, viloyatimizda joylashgan muzey va davlat arxivlarida belgilangan tartibda malakaviy amaliyotni o‘tkazadilar. Fakultet Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlik o‘rnatgan. Maktab, kollej va litsey o‘qituvchilari bilan nazariy, amaliy hamda metodika bo‘yicha tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv jarayonida nazariy ta’lim bilan birgalikda amaliyotga katta e’tibor qaratilmoqda. Talabalarning malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida haftada bir kun amaliy mashg‘ulotlarni bevosita maktablarda o‘tkazish belgilangan. 32
ISTIQBOLLI REJALAR • Xorijiy OTM lar bilan qo‘shma ta’lim dasturi asosida yangi yo‘nalishlarni ochish; • Fakultetning izlanuvchan va talabchan pedagog kadrlarini xorijiy ta’lim muassasalariga malaka oshirish va tajriba orttirish uchun yuborish; • Fakultetning ilmiy salohiyatini dinamik ravishda oshirish; • Ta’lim jarayoniga xorijiy grant loyihalarini jalb etish. FOND 2001-yil 21-sentabrda “Meros” xalqaro ilmiy –amaliy ekspeditsiya jamoat fondiga asos solingan. Fond rahbari tarix fanlari doktori, professor R.T.Shamsutdinov. ILMIY SEMINAR Tarix fakulteti huzurida “Istiqlol va milliy tarix” ilmiy seminari muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatib, mazkur seminarga O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori v.b, t.f.d., M.G‘.Abdullayev rahbarlik qilmoqda. TO‘GARAKLAR FAOLIYATI Tarix fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh tarixchi”, “Arxivshunos”, “Numizmat”, “Yosh siyosatchi” fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib, ularga malakali professor- o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 150 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Ilmiy xabarnoma – Научный вестник”, “Vodiynoma” (Tarixiy meros) ijtimoiy-tarixiy, ilmiy va ommabop jurnallarida, “Andijon yoshlari” gazetasi va turli to‘plamlarda chop etilmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiya sohiblari va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda. 33
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR Fakultetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ijrosini ta’minlash va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan kelib chiqib amalga oshirib kelinmoqda. Fakultet dekani t.f.n. R.Shamsitdinov va professor-o‘qituvchilarning tashabbusi bilan respublika va viloyat televideniyelari orqali 100 dan ortiq turkum ko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar tayyorlandi. Talabalar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida “Eng faol kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruhlar”, “Zakovat”, “Talabalar teatr-studiyasi” tanlovlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.Talabalar orasida sport, musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida fakultet pedagog- xodimlari va talabalari ishtirokida viloyatdagi “Qariyalar uyi”, “Mehribonlik uylari”ga moddiy va ma’naviy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 34
ILMIY JURNAL FAOLIYATI Professor R.T.Shamsutdinov tashabbusi bilan 2016-yildan boshlab “Vodiynoma” (Tarixiy meros) ijtimoiy-tarixiy, ilmiy va ommabop jurnali chop etila boshlandi. Mazkur jurnal bir necha ruknlardan iborat bo‘lib, unda Farg‘ona vodiysining eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotiga oid yangi ilmiy ma’lumotlar jurnalxonlarga taqdim etiladi. Shuningdek, jurnal tarix fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar e’lon qilinishi lozim bo‘lgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. 35
O‘zbekiston tarixi kafedrasi a’zolari Jahon tarixi kafedrasi a’zolari
YUTUQ VA G‘ALABALAR Andijon viloyati hokimi Abdurahmonov Shuhratbek Jahon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Smesova Yekaterinani taqdirlamoqda • Shamsutdinov Rustambek Temirovich - tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat Yilning eng yahshi pedagog- Navoiy nomidagi Davlat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” tadqiqotchisi stipendiyasi sohibi ordeni sohibi; Sobirov Doniyorbek Mo‘minov Xusanboy • Alimov Ibrohimjon Abdug‘afforovich – “Shavkatli mehnati uchun” medali sohibi; Islom Karimov nomidagi stipendiya «Shuhrat» medali sohibasi sohibi Xodjiyev Shahboz Mirzahalilova Oydinoy • Tarix fakulteti IV bosqich talabasi Mirzaxalilova Oydin – “Shuhrat” medali 37 sohibasi; • Smesova Yekaterina Aleksandrovna - “O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan; • Jahon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirzayev Avazbek – “O‘z kasbining mohir egasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘olibi; • Tarix fakulteti Sharqshunoslik yo‘nalishi bitiruvchisi Asqarov Nodirbek – Prezident stipendiyasi sovrindori; • Mo‘minov Xusanboy «Yilning eng yahshi pedagog tadqiqotchi» nominatsiyasi g‘olibi; • Tarix fakulteti bitiruvchisi Abdullayeva Dilrabo – «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti sovrindori; • Tarix fakulteti IV bosqich talabasi Sobirov Doniyorbek – Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi; • Tarix fakulteti bitiruvchilari Sattiboev Firdavs va Rahimov Doniyorlar Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohiblari; • Tarix fakulteti bitiruvchisi Xodjiyev Shaxboz – O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov nomidagi stipendiya sovrindori.
O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI O‘zbekiston tarixi kafedrasi Andijon davlat pedagogika instituti rektorining 1991-yil 12-iyundagi 112 «P» - buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan. Dastlab kafedraning tarkibi 1 ta fan doktori, professor - kafedra asoschisi va birinchi mudiri R.T.Shamsutdinov, 2 ta fan nomzodi (E.Yusupov, T.Аvvalov), 2 ta katta oʼqituvchi (А.Mamajonov, V.P.Dolgov) va katta laborant (X.Matisayev)lardan iborat edi. O‘zbekiston tarixi kafedrasini 1991-1998, 2008-2012-yillarda t.f.d., professor R.T.Shamsutdinov boshqargan. Uning davrida kafedra har jihatdan ravnaq topdi. Yildan-yilga kafedra kengayib, o‘quv-ilmiy va ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati sifat jihatdan yaxshilanib bordi. Kafedraga 1998-1999-yillarda t.f.d., professor I.A.Alimov, 1999-2001-yillarda t.f.n., dotsent N.Y.Qodirova, 2001-2005, 2015-2019-yillarda t.f.n., Alixojiyev Muhammadjon dotsent S.A.Xoshimov, 2005-2007, 2012-2015 yillarda t.f.n., dotsent Odiljon o‘g‘li M.G.Abdullayevlar mudirlik qilgan. 2019-yildan boshlab kafedraga t.f.n., (O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri) dotsent Alixojiyev Muhammadjon Odiljon o‘g‘li rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedraning bosh ilmiy yo‘nalishi “O‘zbekistonning Rossiya imperiyasi va sovet mustamlakachiligi davri tarixi”, “O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari”, “Andijon tarixi (eng qadimgi davrdan bugungi kungacha)” deb nomlanadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixini o‘qitish va tadqiq etish borasida kafedrada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Kafedra ilmiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekistonda sovetlar tomonidan amalga oshirilgan quloqlashtirish, qatag‘on siyosati tarixi, jadidchilik harakati tarixi, milliy istiqlolchilik harakati tarixi va uning tarixshunosligi masalalarini tadqiq etish jarayonida Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huzuridagi arxiv, O‘z MA, milliy xavfsizlik xizmati arxivida saqlanayotgan hujjat va materiallarni o‘rganish va qator ilmiy ekspeditsiyalar natijalari asosida R.T.Shamsutdinov rahbarligida ko‘plab monografik tadqiqotlar, hujjat va materiallar to‘plamlari, respublika va xorijda ilmiy maqolalar e’lon qildi. Mustaqillik yillarida 07.00.01-O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha aspirantura, 5A120301- O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochildi. 1993-1995, 1995-1998, 2005-2006 -yillarda Andijon davlat universiteti huzurida 07.00.01-O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi beruvchi Ixtisoslashgan kengash faoliyat ko‘rsatdi. 2019-yildan boshlab, Andijon davlat universiteti huzurida DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01. raqamli ilmiy kengash o‘z ishini boshladi va mazkur Kengashga t.f.d., professor R.T.Shamsutdinov raislik qilib kelmoqda. 38
JAHON TARIXI KAFEDRASI Tarix kafedrasi 1961-yilda tashkil etilgan. Dastlabki davrda uning aʼzolari sifatida O.X.Valiyev, K.F. Qosimbekov, Sh.Sohibov, O.Niyozov, А.Аnorboyev, B.Turdiyev, R.Rafiqovalar faoliyat ko‘rsatishdi. O‘sha o‘qituvchilar orasida yagona fan nomzodi – Obidjon Valiyev edi. U Ulug‘ vatan urushining ishtirokchisi, tajribali pedagog sifatida 1974-yilga qadar kafedrani boshqardi. Dotsent I.P.Po‘latov 1974-yildan boshlab kafedraga mudirlik qildi. Natijada tarix kafedrasining barcha sohalardagi faoliyatida jiddiy o‘zgarish ro‘y berdi. Аyni vaqtda kafedraning tarkibi kengaydi. 1971-yildan boshlab kafedrada tarix fanlari nomzodi Z.А.Qutiboyev ishlay boshladi. 1983-yilda kafedra mudiri tarix fanlari doktori, professor I.Po‘latov vafotidan so‘ng kafedraga dotsent Z.А.Qutiboyev rahbarlik qildi. 1991-yilda asosan jahon mamlakatlari tarixi o‘qitiladigan ushbu kafedraga “Umumiy tarix” kafedrasi nomi berildi. Dotsent Z.A.Qutiboyev Xamrayeva Tanzilya Ravilevna 1991-2010-yillarda kafedra mudiri lavozimida keyinchalik t.f.d., professor) (Jahon tarixi kafedrasi mudiri) ishladi. 2008-2009-o‘quv yilida kafedra tarkibiga tarix fanlari doktori, professor I.A.Alimov qo‘shildi. Kafedrada ilmiy-tadqiqot olib borayotgan yoshlar ustozining ishga kelishi ilmiy muhitni boyitdi. Ustozning rahbarligida viloyatimiz va respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan ko‘plab mutaxassislar fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajalariga ega bo‘ldilar. Professor I.A.Alimov va t.f.d. Z.A.Qutiboyevlar Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi K.067.02.12 raqamli O‘zbekiston tarixi bo‘yicha ixtisoslashgan kengash a’zosi sifatida qator yillar faoliyat ko‘rsatdilar. Professor Z.A.Qutiboyevning vafotidan so‘ng 2011-yili yanvar oyidan boshlab kafedra mudiri v.b lavozimida katta o‘qituvchi B.Z.To‘xtaboyev faoliyat olib bordi. 2011-yil noyabrdan boshlab “Umumiy tarix” kafedrasi mudiri lavozimida t.f.n., dotsent T.R.Xamrayeva ishlab kelmoqda. Andijon davlat universiteti Kengashining 2015-yil 2-sentabrdagi qaroriga muvofiq ushbu kafedraga “Jahon tarixi” nomi berildi. Hozirda кafedrada 13 ta professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan uchta dotsent, bitta PhD, beshta katta o‘qituvchi va to‘rtta o‘qituvchi. Hozirgi kunda dots. А.Mamajonov, katta o‘qituvchilar D.Musayev, А.Mirzayev, А.Turgunovlar Аndijon viloyatidagi qishloqlar, mahallalar, mavzelar tarixini o‘rganish, tarixini yaratish bo‘yicha grant loyihasi ustida ish olib bormoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘p ilmiy maqolalar nashr etildi. Kafedrada 3 yil davomida 6 ta o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Kafedra mudiri, dots.T.R.Xamrayeva, dots. Y.Smesova, dots.A.Mamajonovlar tomonidan o‘quv qo‘llanmalar va kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi hamda pedagogik amaliyotlarni o‘tash yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan. 39
FUQAROLIK JAMIYATI NAZARIYASI KAFEDRASI Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi 2018-yilda universitet rektorining №256-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi negizida tashkil etilgan. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1995- yil 20-noyabrdagi 254-sonli «Yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasini tashkil etish to‘g‘risida» gi buyrug‘iga binoan Farg‘ona vodiysi oliy ta’lim muassasalarining tayanch kafedrasi sifatida Andijon davlat universiteti rektorining 1996-yil 2-yanvardagi 02-1-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Kafedraga dastlab tarix fanlari nomzodi, dotsent N.Ulug‘jonov mudir etib tayinlangan. 1997-2000-yillarda t.f.n Sh.M.Asqarov, 2000-2008-yillarda s.f.d K.Yunusov, 2008-2012 Xaydarov G‘ayratbek yillarda s.f.n, dotsent M.P.Yunusova, 2008-2015-yillarda t.f.n, dotsent Mirzapo‘latovich O‘.Ubaydullayev, 2015-2017-yillarda t.f.n O.Ahmadjonov rahbarlik qilgan. 2017-yildan hozirgacha kafedrani t.f.n, dotsent G‘.Haydarov boshqarib (Fuqarolik jamiyati nazariyasi kelmoqda. Hozirda kafedrada 3 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi, kafedrasi mudiri) dotsent, 2 nafar falsafa doktori, 7 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv jarayonida foydalanish uchun ko‘plab darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratildi, shuningdek, kafedrada grant, turli loyihalar va konferensiyalar tashkil qilib kelinmoqda. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilaridan s.f.d, professor Muqimjon Qirg‘izboyev tomonidan “Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar” (2007), “Fuqarolik jamiyati nazariyasi va xorijiy tajriba” (2008), “Fuqarolik jamiyati genezisi, shakllanishi va rivojlanishi” (2011), “Siyosatshunoslik” (2013), “Sotsiologiya” (2017), “Fuqarolik jamiyati” (A.Otamurotov bilan hammualliflikda, 2019), O.Komilovning “O’zbekistonda yer-suv munosabatlari tarixi”. - Toshkent: “Muharrir” nashriyoti, (2020), G‘.Xaydarovning O’zbekistonda milliy hunarmandchilikning rivojlanish tarixi (2020), X.Xodjamberdiyevning O’zbekistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi (1970-1991) kabi o‘quv qo‘llanmalari, K.Yunusovning “Sotsiologiyadan praktikum”, “Sotsiologiya” kabi o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari; Manzura Yunusovaning “Politologiya”, O‘zbekistonda geosiyosat va geosiyosiy vaziyat asoslari”, Z.Xayitmatovning “Ekstremizm va terrorchilik - insoniyatga tahdid” kabi uslubiy qo‘llanmalari, kafedra a’zolari muallifligida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” (M.Qirg‘izboyev umumiy tahriri ostida, K.Yunusov, O.Komilov, O.Ahmadjonov, O‘.Ubaydullayev, X.Xodjamberdiyev, A.Badalov, Yu.Jahongirov, Z.Hayitmatov, F.Nurdinovalar muallifligida) (2014) o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Kafedra bosh ilmiy-tadqiqot mavzusi “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy muammolari” deb nomlanadi. 40
TABIIY FANLAR FAKULTETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI Tabiiy fanlar fakulteti uzoq yillik tarixga ega. U 1931-yildayoq To‘xtaboyev Nozimjon Farg‘ona pedagogika institutining Andijon kechki bo‘limi tarkibida Hoshimjonovich shakllangan va kimyo-biologiya fakulteti deb yuritilgan. (fakultet dekani) 1931-yilda fakultet kimyo-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha birinchi guruhni qabul qilgan. 1931-1932-o‘quv yilida rus va o‘zbek tillarida o‘qitish uchun talabalar qabul qilinadi. O‘zbek tilidagi guruh Eski shaharda Anisiy ko‘chasidagi o‘quv binosida, rus tilidagi guruhlarga esa Yangi shaharda o‘quv binolarida mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. 1934-yilda fakultetni kimyo-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha birinchi o‘qituvchilar bitirib chiqishgan. 25 nafar bitiruvchiga diplomlar topshirilgan. Ular orasida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi A.X.Muzaffarov, respublikada xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchilar Y.P.Myasnisyan va A.Makeyevalar bor edi. 1930-yillarda fakultetda S.V.Averinsev, S.N.Deynekeva, A.M.Muhammadiyev, Axmadulin, G.Sh.Ilyosov, Shtepker, Shvarsbuxlar ishlagan. 42
1936-yilda kimyo-biologiya fakulteti negizida geografiya va biologiya bo‘limi ochiladi. 1939-1957-yillar mobaynida faoliyat yuritgan tabiatshunoslik fakulteti 1958-yildan boshlab biologiya fakulteti deb yuritila boshlanadi. 1939-yilda tabiatshunoslik va geografiya fanlari fakultetining geografiya bo‘limi ochilgan. Bu yerda professor N.I.Lonov faoliyat yuritadi. 1939-yilning sentyabr oyidan boshlab biologiya fanlari nomzodi S.Sahobiddinov tabiiy fanlar kafedrasini boshqaradi. U uzoq vaqt davomida institutdagi yagona dotsent hisoblangan. 1939-yilda tabiatshunoslik va geografiya fakultetining geografiya bo‘limiga o‘zbek tili bo‘yicha ikkita guruhga, rus tili bo‘yicha bitta guruhga talabalar qabul qilinadi. 1940-yilda biologiya bo‘limini 12 nafar talaba bitirgan, ular orasida R.M.Qaziyev, N.K.Chekusheva, shahar partiya qo‘mitasining kotibi bo‘lib ishlagan Oysha Yoqubovalar bor edi. Urush yillarida fakultetda bu yerga ko‘chirilgan biologiya fanlari doktori, professor A.V.Anuchin, kimyo fanlari doktori, professor P.Z.Fisher, mahalliy kadrlardan S.Sahobiddinov, K.T.Oxotnikov, N.M.Avezov, Sodiqov, I.Sattiboyev, I.Chekusheva, A.Samatov, T.Abdullayevlar dars bergan. 1960-1967-yillarda yana tabiatshunoslik fakulteti deb yuritilib, bu yerda biologiya va kimyo, biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari, biologiya va geografiya o‘qituvchilari tayyorlangan. 1968-yildan boshlab u biologiya fakulteti deb atala boshladi va bu yerda biologiya va kimyo (kunduzgi), geografiya (sirtqi), biologiya mutaxassisligi qo‘shilgan holdagi kimyo (kunduzgi), biologiya (sirtqi) o‘qituvchilari tayyorlangan. 1970-1975-yillarda biologiya fakulteti deb nomlanib, b.f.n., dots. M.Ibragimov, 1976-1985 yillarda b.f.n., dots. I.Badalxo‘jaev, 1981-1989-yillarda b.f.n., dots. S.X.Xoliqov boshqargan. 1992-yilda Andijon davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, biologiya fakulteti Andijon davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti deb nomlangan va bu fakultetga k.f.d., prof. I.R.Asqarov dekanlik qilgan, 1993-yili fakultet tarkibida kimyo va biologiya fakultetlari tashkil qilindi. 1993-2000-yillarda Kimyo fakultetiga k.f.n., dots. T.Y.Nasriddinov, biologiya fakultetiga b.f.n., dots. T.A.Madumarov dekanlik qilgan. Biologiya fakultetiga 2001-2002-yillarda b.f.n., dots. A.Dadamirzayev 2003-2004-yillarda dots. U.Hafizov, 2004-2005-yillarda b.f.n., dotsent G‘.N.Jo‘raqulov, kimyo fakultetiga esa 2000-2004-yillarda k.f.n., dots. M.J.Xojimatov, 2004-2005-yillarda k.f.n., dotsent Sh.Isroilov dekanlik qilgan. 2005-yildan kimyo, biologiya, geografiya, ekologiya va tabiatdan foydalanish yo‘nalishlari qo‘shilib, kimyo-biologiya fakulteti tashkil qilingan. 2011-yildan fakultet Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti deb nomlangan. 2015-yildan fakultet Tabiiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlandi. 2017-yildan hozirga qadar fakultetni texn.f.n., dots. N.X.To‘xtaboyev boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda fakultetda to‘rtta kafedra mavjud boʻlib: Kimyo kafedrasi, Zoologiya va biokimyo kafedrasi, Geografiya kafedrasi, Ekologiya va botanika kafedralari faoliyat yuritmoqda. 43
BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI: MAGISTRATURA 5A140101-Biologiya (fan yo‘nalishlari bo‘yicha), 5A140501-Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha), 5A140602-Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha), 5A630102-Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5A140101-Biologiya qoʻshma dasturi (Mordoviya davlat universiteti, Rossiya) OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM (PhD): 02.00.09-Tovarlar kimyosi; 03.00.01-Biokimyo; 03.00.05-Botanika; 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi; 03.00.10-Ekologiya; 11.00.02-Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. ILMIY DARAJA BERADIGAN ILMIY KENGASHLAR O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021-yil 30-oktabrdagi 510-sonli qarori bilan Andijon davlat universiteti huzurida kimyo fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/29.2021.K.60.05 raqamli ilmiy kengash tuzildi. Hozirgi kunda ilmiy kengashda 02.00.09 - “Tovarlar kimyosi” (kimyo fanlari) va 14.00.41 - “Xalq tabobati” (kimyo fanlari) ixtisosliklaridan himoyalar o‘tkazilmoqda. 44
BAJARILAYOTGAN XORIJIY VA RESPUBLIKA ILMIY LOYIHALARI F-5-19 “Alohida ahamiyatga ega botanik hududlarni tanlash - O‘zbekistonda biologik xilma- xillikni o‘rganish va saqlab qolishning yangi yo‘nalishi (Farg‘ona vodiysi misolida); A-7-21 “Farg‘ona vodiysi shimoliy qismi o‘simliklar qoplamining antropogen transformatsiyasini baholash”. XALQARO HAMKORLIK 45
NAZARIYA VA AMALIYOT Tabiiy fanlar fakultetida tahsil oluvchi talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini malakaviy amaliyotlarda mustahkamlaydilar. O‘quv rejasida ko‘rsatilgan o‘quv dala amaliyoti, ishlab chiqarish amaliyoti ekologiya, biologiya va geografiyadan o‘tkaziladigan malakaviy amaliyotlarda talabalar viloyatimiz va Farg‘ona vodiysining boshqa hududlariga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda qatnashadilar, O‘zbekistonning tabiiy hududlari – Imomota, Pop, Chust, Yozyovon va Shohimardonga amaliyot doirasida tashkil etilgan ekskursiyalarda ishtirok etadi. Viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi hamda O‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida o‘quv rejaga asosan malakaviy amaliyotni o‘tkazadilar. Fakultet Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi hamda Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davlat boshqarmasi bilan hamkorlik o‘rnatgan. O‘quv jarayonida nazariy ta’lim bilan birgalikda amaliyot darslarini talabalarning malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida yuqoridagi tashkilotlarda o‘tkazish belgilangan. 46
TO‘GARAKLAR FAOLIYATI Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh entomolog”, “Kimyogar”,“Kimyogar olimpiyadachi”, “Yosh geograf” va “Biosfera” fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib, ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 140 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Ilmiy xabarnoma – Научный вестник”, ilmiy va ommabop jurnallarida, “Andijon yoshlari” gazetasi, turli to‘plamlarda, Respublika hamda xalqaro konferensiyalarda chop etilmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiya sohiblari va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda. 47
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR Fakultetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ijrosini ta’minlash va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan kelib chiqib amalga oshirib kelinmoqda. Fakultet dekani t.f.n. N.H.To‘xtaboyev va professor-o‘qituvchilarning tashabbusi bilan respublika va viloyat televideniyelari orqali 100 dan ortiq turkum ko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar tayyorlandi. Talabalar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida “Eng faol kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruhlar”, “Zakovat”, “Talabalar teatr-studiyasi” tanlovlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.Talabalar orasida sport, musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida fakultet pedagog- xodimlari va talabalari ishtirokida viloyatdagi “Qariyalar uyi”, “Mehribonlik uylari”ga moddiy va ma’naviy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. 48
ISTIQBOLLI REJALAR • 2022-2023-o‘quv yilida 60722500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura ochish kafedra rejasiga kiritilgan; • Ekologiya va geografiya (tarmoqlar bo‘yicha) yangi bakalavr yo‘nalishini ochish; • Magistratura va doktoranturada tadqiqotchilar sonini oshirish. • 03.00.10 - Ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy kengash tashkil etish. • Kafedradagi professor-o‘qituvchilarni ilg‘or davlatlar oliy o‘quv yurtlarida malakasini oshirish. • Fakultetning izlanuvchan va talabchan iqtidorli yosh pedagog xodimlarini Rossiya Federatsiyasida joylashgan va jahonning kuchli 1000 talik reytingiga kirgan OTMlarida (MDU, BDU) malaka va tajriba oshirishga, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga yuborish rejalashtirilgan. 49
PROFESSOR IBROHIMJON ASQAROV
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150