Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Charli va shokalad fabrikasi. Roald Danl

Charli va shokalad fabrikasi. Roald Danl

Published by gulnoratuxtaeva11, 2023-08-12 16:22:09

Description: Charli va shokalad fabrikasi. Roald Danl

Search

Read the Text Version

["Bolalar, saqlaning bundayin ishdan, Axlat idishidan joy olishdan. KATTA SHISHALI LIFT i l i \/ f en bunaqa quloqsiz bolalami ko\u2018rmaganman. Ular m J V L birma-bir yo\u2018qolib bormoqda. Mayli, hammasi yuvinib chiqishadi, \u2014dedi Villli Vonka. Villi Vonka kichkina guruhga qaradi. Bu yerda faqat ikki bola: Mayk Teavee va kichkintoy Charli qoldi. \u2014Biz yurishni davom etamizmi? \u2014Ha, \u2014deyishdi Charli va Jo bobo baravariga. \u2014Mening oyoqlarim charchadi, \u2014dedi Mayk. \u2014Men televizor ko\u2018rishni xohlayman. \u2014Agar charchagan bolsangiz, sayohatimizni liftda davom ettiramiz. U hozir yuqorida! Keling, biz chiqamiz! \u2014U sakrab, koridor bo\u2018ylab, juft eshik oldiga keldi, eshik ochildi va hammalari unga kirishdi. \u2014Hozir, qaysi tugmani birinchi bosishimizni siz tanlang, \u2014 dedi Charliga qarab. Charli hayratdan qotib qoldi va tugmachalarni ko\u2018zdan kechirdi. Devorlar, shiftlar qator-qator tugmalar bilan qoplangan. Har qaysi tugmaning tepasiga qaysi xonaga oHb borishi yaqqol yozib qo\u2018yilgan edi. Bu oddiygina, tepaga, pastga yuradigan lift emas. Bu lift keng va uzun yo\u2018llarda ham yura oladi. Hatto qiya yo\u2018llardan 100","ham. U fabrikaning xohlagan xonasiga bora oladi. Fabrikaning qaysi hududida bo\u2018lishidan qat\u2019i nazar. Siz tugmani oddiygina bosasiz... birozdan so\u2018ng... \u2014Ajoyib! \u2014pichirladi Jo bobo. Uning ko\u2018zlari hayratdan chaqnar va qator-qator tugmalarga qarardi. \u2014 Butun lift qalin, shaffof oynalar bilan qoplangan. Devorlar, eshiklar, siz ko\u2018rib turgan hamma narsalar oynadan tayyorlangan. \u2014Ammo bu yerda hech narsa ko\u2018rinmayapti, \u2014dedi Mayk. \u2014Tugmachani tanlang! \u2014buyurdi Villi Vonka. Charli tezda tugmachalarni o4qiy boshladi. CHANG4IDA UCHIB YEYILADIGAN QANDLAR. BO\u2018YINGIZ BAROBAR IRIS OLMA DARAXTI. HAYVONLAR KO\u2018RINISHIDAGI SHIRINLIKLAR TUNDA YOTIB YEYILADIGAN, YARQIRAYDIGAN XO\u2018ROZQANDLAR. KO\u2018P JAVRAYDI GAN OTA-ONALAR UCHUN JAG'NI YOPISHTIRADIGAN SHIRINLIKLAR. SINF XONASIDA YEYISH UCHUN KO'RINMAS SHIRINLIKLAR. CHO\u2018MILISH MAYDONIDA YEYISH UCHUN VISHILLAYDIGAN SHOKOLADLAR. SO'RISH UCHUN QALAM SHIRINLIKLAR. \u2014Shuncha tugmalar orasida televizor ko\u2018radigan xonaga olib boruvchi tugma yo'qmi? \u2014so\u2018radi Mayk. 101","\u2014Albata, bor! Bu tugma mana bu yerda. Villi Vonka tugmani ko\u2018rsatdi. Tugma ustiga \u201cTELEVIZOR SHOKOLAD\u201d deb yozilgandi. \u2014 Aynan men uchun! \u2014deb hayqirdi Mayk. U ruxsa kutmay, tugmani bosib yubordi. Zum o\u2018tmay g\u2018ayrioddiy vizillagan tovushlar eshitildi va eshik jaranglagan ovoz bilan yopildi. Lift qovogcarining vizillashiga o\u2018xshab yuqoriga ko\u2018tarildi. Ammo lift keng yo\u2018lda emasdi. U biroz toraydi va oyoqlar bir-biriga tirmashib ketdi. \u2014 Yordam bering! baqirdi Mayk Teavee. Vonka o\u2018zini kul- gidan to \u2018xtatol- masdi. U qo\u2018llari bilan yuqoridagi ilgaklardan ushlab oldi. Boshqalarga ham shuni bu- yurdi. Lift borgan sari oldinga siljir va ular battar vahimaga tushib borardilar. f Jo boboning oyoqlari qaltirardi. U ham tasmadan 102","ushlab oldi. Charlining bo\u2018yi tasmaga yetmagani bois u mahkam bobosining oyoqlaridan ushlab olgandi. Ularqiyalab- qiyalab ketishda davom etishdi. Ular xuddi tepalikdan ag\u2018darilib ketayotganga o^haidilar. Lift raketa tezligida uchardi. Keyin xuddi qoyatoshga urilgandek bo\u2018ldi. Charli o\u2018zining oshqozoni tomog\u2018iga chiqib olgandek his qildi. \u2014Biz avariya bo\u2018lamiz. \u20140 \u2018zingizni bosing! \u2014U yumalab harakatlanayotganga o\u2018xshaydi. Lift yo\u2018lda borar ekan ulaming ko'zlari to\u2018satdan ajoyib narsalarga tushib qolardi: \u201cKatta jo\u2018mrakdan jigarrang narsa sizib oqardi... katta qoyali tog4, butunlay shokoladdan tayyorlangan... Oppoq qorga ocxshagan tutun chiqaruvchi mashina... Bug\u00a3taratayotgan issiq karamel ko\u2018li... Umpa- Lumpalaming bolalari o4ynayotgan qishloq ko'chalari...\u201d .Hozir lift yana tekislangandek bo4ldi. Keyin yana tezroq yurib ketdi. Charlining qulog\u2018iga yana yowoyi baqiriqlar eshitildi: \u2014Men kasal bo4lib qoldim, - yig\u2018lardi Mayk. \u2014To'xtatishga harakat qiling, \u2014dedi onasi. \u2014Siz birozdan keyin yaxshi bolasiz, chunki qarshimizdan yana bir lift yaqinlashmoqda, - dedi Villi Vonka. \u2014Biz to'qnashib ketamiz, demoqchimisiz? \u2014Shunday bo\u2018lishi ham mumkin. \u2014U bizni o\u2018ldirmoqchi! 103","Keyin lift sekinlasha boshladi va to\u2018xtadi. \u2014 Xudoga shukr! \u2014dedi janob Teavee ro\u2018molchasi bilan yuzidagi terlarni artib. \u2014\u25a0Men hamma bu xonada ehtiyot bo\u2018lishini xohlayman, \u2014 buyurdi Villi Vonka. \u2014Bu yerda turli xavfli narsalar bor, ularga bumingizni suqmasligingiz kerak. TELEVIZOR SHOKOLAD XONA eaveelar oilasi, Charli va uning bobosi liftdan sakrab, xonaga kirishdi va ko\u2018zni qamashtiradigan oqlikdan og\u2018riq sezib, yurolmay qoldilar. Villi Vonka ularning har biriga ko\u2018zoynak tutqazdi va u ruxsat bermaguncha buni olmasliklarini aytdi. Ular qora rangda edir Charli tezda qora ko\u2018zoynakni taqib oldi. U atrofga qarash uchun qulaylikbetgan edi. Bu xona butunlay oq rang bilan bo\u2018yalgan edi. Hattoki, pol ham. Hech qayerda chang, g\u2018ubor yo\u2018q. U yerdagi Umpa- Lumpalar maxsus qizil kostum kiyib olishgan va o\u2018z ishlarini asta-asta yurib bajarishardi. Xonaning g\u2018ayrioddiyligi va sirliligini ularning harakatidanoq sezish mumkin edi. Bu yerda ular kulishmasdi, kuylashmasdi ham. Xonaning bir burchagida, o\u2018rnatilgan ulkan kamera qarshisida bitta Umpa-Lumpa katta ekranga tikilib o4tirardi. \u2014 Bu kashfiyot men uchun eng ajoyib va oxirgisi, - dedi Villi Vonka. - Bu TELEVIZOR SHOKOLAD.","Men televizomi yoqtirmayman. Chunki bolalar tinmay ekran qarshisida 0 \u2018tiraverishadi. Cheklasangiz ham xohlayverishadi....xohlayverishadi. \u2014Masalan, men, \u2014dedi Mayk. \u20140 \u2018chir, \u2014dedi janob Teavee. \u2014Men hozir sizga ushbu ajablanarli televizorim haqida gapirib beraman. Bu haqda gapirishdan avval oddiy televizoming qanday ishlashini bilish kerak. Oddiy televizorda tasvirlar bolaklarga bolinib, bo\u2018linib elektr toki yordamida jo\u2018natiladi va antennalar orqali yana yigib olinadi. Bizda ham shunday. Bir butun shokolad jo\u2018natiladi va ekranga borganda uni butunligicha olishingiz mumkin bo\u2018ladi. \u2014Bo\u2018lishi mumkin emas! \u2014dedi Mayk. \u2014Siz shunday o\u2018ylaysizmi? \u2014dedi Villi Vonka. \u2014Yaxshi, unda kuzating. Men hozirjo\u2018nataman, eng yaxshi shokoladdan. Darhol o\u2018nta Umpa-Lumpa yelkalarida Charlining tushiga ham kirmagan kattalikdagi shokoladni olib kirishdi. U choyshab uzunligicha edi. \u2014Tayyorturing shokoladni olishga! Mayk, sen kameradan uzoqroq tur!","U yer juda xavfli! Rentgen nurlari tezda ta\u2019sir qiladi. Nima uchun Umpa-Lumpalar boshqacha kiyim kiyishganini tushunmadingmi? Bu kiyimlar ularni himoyalaydi. \u2014Shokolad kelyapti, \u2014dedi Jo bobo. \u2014Hozir u kichkina bolaklarga bo\u2018linib, boshingizning ustida yurgan, keyin ekranda birlashadi. Hammaning ko\u2018zi ekranda edi. Shu payt ekran pirpiradi. Katta ekranda chindan ham shokolad tasviri ko\u2018rindi. \u2014Qanday qilib uni olish mumkin. U shunchaki bir tasvir, xolos, - dedi Mayk. \u2014Charli, ekranga qo\u2018lingni suq va shokoladni ol! \u2014buyurdi Villi Vonka. Charli u aytgandek qildi. Hamma hayratdan qotib qolgan edi. Shunda Mayk Teavee: \u2014Ekran orqali boshqa narsalami ham jo\u2018natsa bo\u2018ladimi? \u2014deb so\u2018radi \u2014Bo\u2018ladi. Ammo hozircha shokolad. Tasawur qilyapsizmi? Men bu kashfiyotimni e\u2019lon qilsam, siz uyda o\u2018tirib tocsatdan ekraningizda chaqnagan tovushni eshitasiz va aytiladi: VONKANING SHOKOLADLARIDAN YENG! ULAR DUNYODAGI ENG MASHHUR SHIRINLIKLAR! AGAR ISHONM ASANGIZ HOZIROQ SINAB K D \u2018X)SBmGJ2 \u041c \u0438 \u041c \u0425 \u0428 Keyin uni otesiz. Qanday ajoyib bo\u2018larkin-a! \u2014Ajoyib! \u2014dedi Jo bobo. 106","MAYK TEAVEE TELEVIZOR ORQALI JO'NATILDI ( \\\" \u0410 \u0434 ayk Teavee hatto Jo bobodan ko\u2018ra ham j J V L . zavqlanardi. \u2014 Villi Vonka, siz shokoladdan boshqa narsalami ham jo\u2018nata olasizmi? \u2014so\u2018radi u. \u2014Albatta, \u2014javob berdi u. \u2014Masalan, odamlarni, - so\u2018radi Mayk. \u2014Bolakay, men chindanam bilmayman... Men taxmin qilaman, shunday bo'lishi m umkin... ammo to \u2018liq ishonmayman. Ammo Mayk Teavi ulgurgan edi. U faqatg shunday bo'lishi i gaplarini eshitdi, xolos. U hech ik- kilanmasdan kamera yoniga keldi. \u2014Meng; qarang,- dedi: - Me dunyoda televizo orqali jo \u2018natilga birinchi odam bolaira \u2014Yo\u2018q...yo\u2018q...yo\u2018q. baqirdi Villi Vonka. 107","\u2014Mayk! \u2014baqirdi otasi ham. \u2014To\u2018xta. Orqangga qayt! Sen millionlab bo\u2018laklarga bo\u2018linib ketishing mumkin. Ammo Maykni bu vaziyatda to\u2018xtatib bolmasdi. Bu ahmoq yugurdi va haybatli kameraga kelganda Umpa-Lumpalar uni hech ikkilanmasdan itarib yuborishdi. \u2014Keyinroq ko\u2018rishamiz, - deb baqirdi u qolganlarga qo\u2018l silkib. Keyin xuddi uchqun chaqnagandek bo\u2018ldi, so\u2018ngrajimjitlik. Teavee xonim yugurib bordi, ammo bari befoyda. 0 \u2018g\u2018li ko\u2018rinmasdi. \u2014U boryapti, yo\u2018q! \u2014yig\u2018ladi xonim. \u2014Yo, xudoyim, bu yana nimasi? \u2014dedi otasi. Villi Vonka oldinga qadam qo\u2018ydi, xonimning yelkasiga qo\u2018l tashladi va: \u2014Hammasi yaxshi bo\u2018ladi, deb umid qilamiz, \u2014 dedi. \u2014Mayk! \u2014qichqirdi onasi boshini changallab. \u2014Qayerdasan? \u2014U hozir million bo\u2018laklarga bo\u2018linib ketgan bo\u2018Isa kerak, \u2014 dedi otasi kuyunib. \u2014Bu haqda eshitishni ham xohlamayman, \u2014dedi onasi. \u2014Biz televizorni kuzatishimiz kerak. U ayni vaqtda ko\u2018rinishi ham mumkin, \u2014dedi Villi Vonka. Maykning ota-onasi, Jo bobo va Charli, janob Villi Vonka \u2014 hammalari birgalikda ekranga tikilishdi.Ekran hali tinch edi. \u2014U uzoq vaqtda keladi, shekilli, \u2014dedi Maykning otasi. \u2014Oh, qadrdonim! Sizlar uning butun kelishini duo qilinglar! Yana birorta qismi orqada qolib ketmasin, \u2014dedi Villi Vonka. 108","\u2014Siz nimani nazarda tutyapsiz? \u2014so'radi ular baravariga. \u2014Sizlarni ogohlantiryapman, xolos, azizlarim. Gohida jo\u2018natilgan narsaning yarmi topiladi. 0 \u2018tgan hafta ham xuddi shunday bo\u2018ldi. Nima uchun bunday bo\u2018lganini bilmadim. Natijada jo\u2018natilgan shokoladning yarmi yetib keldi. \u2014 Siz aytmoqchisizki, bizga yarimta Mayk keladi, \u2014 qo\u2018rquvdan dag\u2018-dag\u2018 qaltirardi Teavee xonim. \u2014Keling, yaxshi niyat qilaylik, bizga uning yuqori qismi yetib kelsin! \u2014dedi Maykning otasi. \u2014Ekranga qarang! Nimadir sodir bo'lyapti, \u2014dedi Villi Vonka. Ekran to'satdan pirpiray boshladi. Keyin chiziq g\u2018oyib bo\u2018ldi. Vilii Vonka bir tugmachani bosdi va endi ekran yorisha boshladi. Judayam asta-sekinlik bilan yorishib, yorishib borardi. \u2014U keldi! Ana Mayk! \u2014baqirdi janob Teavee. \u2014Hammasimi yoki bir bo\u2018lagimi? \u2014so'radi xonim. Awal xira ko\u2018rinayotgan ekran har sekundda yorqinroq bo\u2018lib bordi va Maykning msmi ekranda ko\u2018rindi. Uning og\u2018zi qulog\u2018iga yetgudek xursand, hammaga qothni silkitardi. \u2014Ammo pak-pakana, \u2014dedi janob Teavee. \u2014Mayk! - qichqirdi onasi. \u2014Hamma a\u2019zolaringjoyidami? Biron yering qolib ketmadimi? \/ 109","Salom, oyi! Salom, dada! Men televizor orqali< * i 1\u00bb -----l \u2014 - LTAWAX I . V 1 V \u0423 I Z u V l U l U ail i\u2022\u2022 ^ a jo natilgan biriflchi odamman! \u2014sichqonnikidek ingichka tovush bilan qichqirdi Mayk. - Ushlang uni! Tezda, - buyurdi Villi Vonka. Teavee xonim ekranga qo\u2018limtiqdi va kichkinagina tasvirni \u2014 Maykni oldi. - Urre! \u2014dedi Villi Vonka. \u2014U bus-butun chiqibdi. Teavee xonim buzg\u2018unchi qurollarni silkitayotgan, xursandchilikdan yowoyilarcha baqirayotgan qo\u2018lidagi mitti 0\u2018g\u2018liga qaradi. U sakrar edi. ~ U judayam kiehkma-ku! \u2014Villi Vonkaga qaradi u. - Siz nimani kutgandingiz? Albatta qisqaradi-da! - javob berdi VilMVonka. Bu dahshat! \u2014 yig\u2018lay boshladi yana Teavee xonim. \u2014Endi nima qilamiz? Biz uni maktabga jo\u2018natolmaymiz bu holatda, \u2014dedi janob Teavee. \u2014Mayli \u2014men maktabga borish ishini televizor ko\u2018rishga alm ashtirishim mumkin, \u2014dedi mitti Mayk onasining qo\u2018lidajimitdek bo\u2018lib. ~ Hech qachon! \u2014dedi otasi. - Uyga qaytishimiz bilanoq men darhol tele- vizorni derazadan uloqtirib 110","tashlayman. Endi televizor haqida eshitishga ham toqat qilolmayman! Buni eshitgan Mayk umrida hech qachon qilmagan yangi dilxiraliklarini boshlab yubordi. Onasining barmoqlarini tishladi, kaftlariga tepdi, yig\u2018ladi. Mehribon onajonisi cho\u2018ntagidan ro4molchasini chiqarib, ko\u2018zyoshlarini artib qo\u2018ydi va: \u2014Otang bunday qilmaydilar, \u2014dedi. \u2014 Oh, Villi Vonka, biz uni qanday o \u2018stirsak bo\u2018lar ekan-a! \u2014Yaxshi,,\u2014dedi VilliVonka. \u2014Men qulay usulni qo\u2018Ilashim mumkin. Uni maxsus mashinaga solib ko\u2018ramiz. Bola o\u2018zgaruvchan. Uni shu mashinada kengaytirish mumkin. \u2014Rahmat! \u2014dedi onasi. \u2014Sizningcha u qanchalik kerisha oladi? \u2014so\u2018radi otasi. \u2014Bir necha mil bo\u2018lishi mumkin, \u2014dedi Villi Vonka. \u2014 Yana biron nima deyish qiyin. Ammo u judayam oriq bo\u2018lib ketishi ham mumkin, sizni ogohlantirishim kerak, hamma narsa kerishgandan keyin oriqlab ketadi. \u2014Saqichga o\u2018xshab demoqchimisiz? \u2014dedi onasi. \u2014Taxminan qanchalik oriqlab ketadi? \u2014so\u2018radijanob Teavee. \u2014Menga yana yaxshiroq fikr keldi, \u2014dedi Villi Vonka. \u2014 Men uni awalgidek qilish uchun supervitamin shirinliklardan foydalanaman. A,B,C,D,E,F,G,I,J,K,L,M,N,0,P,Q,R,T, V,V,W,X,Y va Z vitaminidan ham unga beraman. Faqatgina ikkita vitamin unga shart emas. S vitamin \u2014uni kasal qilib \u00ab 111","qo\u2018yishi mumkin. H vitamin \u2014undan ho\u2018kizga o\u2018xshagan shox chiqarishi mumkin. Buni qanday bajarmoqchisiz? \u2014Unda oyoqlarining barmoqlari awal o\u2018sa boshlaydi, \u2014javob berdi Villi Vonka. \u2014Yo\u2018q, yo\u2018q, aslo bo\u2018lishi mumkin emas, \u2014 dedi xonim. \u2014Ahmoq bo\u2018,lmang. Bu bir tarafdan foydali. U oyoqlarining barmoqlari'bilan pianinoni zo\u2018r chaladi, \u2014javob berdi Villi Vonka. Ammo janob Vonka... Villi Vonka ortiq eshitishni ham istamadi. U barmoqlarini uch marta qirsillatdi. Darhol Umpa-Lumpa uning yonida hozir bocldi. Bitta qog6oz to\u2018la nima qilish kerakligini yozib, ularga berdi. Va qolganlardan iltimos qildi: \u2014Iltimos, xavotir olmang! Umpa-Lumpalar allaqachon qo\u2018shiqlarini boshlab yuborishgandi: 112","Yana bir ahmoq bola, Ketib boryapti mana. Chumolidek u kichik, So\u2018rang, ahvoling nechuk? Televizorga u shaydo, Har on qoshida paydo. U buzg\u2018unchi, yaramas, Yaxshi so\u2018zga qaramas. Maktabga bormay, deydi, 0 \u2018yindan qolmay, deydi. Qarang, bocynida qator To\u2018pponchalar \u2014o\u2018qotar. Mashinaga solib biz, Uni cho\u2018zib o\u2018ynaymiz. Balki, bo\u2018yi cho\u2018zilar! Balki, og\u2018riqdan yig\u2018lar! Do4stim, qara holiga, Ayanchli ahvoUga. Mayli, kulib ol rasa, Lekin, chiqar xulosa! TV ga oshna bo\u2018lma! So\u2018kishga tashna bo\u2018lma! 113","FAQAT CHARLI QOLDI - \/ \/ aysi xona keyingisi? \u2014dedi Villi Vonka, liftga chiqar ekan. \u2014Kiring, shoshilamiz! Charli bobosiga, bobosi unga qaradi. \u2014 Ammo, Villi Vonka, bu yerda... bu yerda faqat Charli qoldi, - dedi Jo bobo unga. Villi Vonka atrofga qaradi va Charliga tikildi. U bobosining qo\u2018lidan mahkam ushlab turardi. Vonkaning yuzlarida tabassum porladi. \u2014 Qadrli bolajonim! Sening g\u2018olib lu -bolishingni bilardim. \u2014 U liftdan sakrab tushib uni tabrikladi. \u2014 Qanday ajoyib! Men boshidayoq bilgan edim, sen oxirigacha bora olishingni. Men chindan ham xursandman gcolib sen bo'lganingdan! Hozir yana-da ajoyiblari boshlanadi. Tayyorlangan rejada J114","hali borishimiz kerak bo\u2018lgan joylar ko\u2018p. Ammo bu yerda ancha vaqt yo\u2018qotdik. Biz endi boshqa odamlar yoniga qaytishimiz kerak. Charlijudayam xursand edi, Jo bobo ham. Villi Vonka liftdagi bir tugmani bosdi. Charli va bobosi tugmani o\u2018qishdi: \u201cYUQORIGA VA TASHQARIGA\u201d deb yozilgandi unga. Charli bu qanaqa xona ekan-a, deb o\u2018ylayboshladi. Lift eshiklari yopildi vaharakatlana boshladi. Lift raketaga o\u2018xshab uchib ketdi. Ancha yurgandan keyin lift harakatida o'zgarish sezildi. Villi Vonka aytdi: \u2014Yana-da ajoyibrog\u2018i deganda men shuni nazarda tutgandim. Bu liftni tomdan chiqishga ham moslashtirganman. Hozir biz ancha yuqorilab, fabrika sahniga chiqdik, endi yuqoriga ko\u2018tarilib, tomdan ochiq havoga chiqamiz. \u2014Ammo... ammo u shishadan tayyorlangan. U chil-chil sinib ketishi mumkin, \u2014dedi Jo bobo. \u2014To\u2018g\u2018ri, u oynadan tayyorlangan, lekin oddiy oynadan emas, \u2014dedi Villi Vonka. Lift uchishda davom etardi. To\u2018satdan to\u2018qnashuv yuz berdi. Dahshatli qasir-qusurlar, nimalarnidir singani eshitildi. \u2014Yordam bering! Hammasi tamom! baqirdi Jo bobo. \u2014Biz tashqariga chiqdik, \u2014dedi Vonka. Ishonish qiyin, ammo lift fabrika tomidan koctarilib, osmonga balandladi. Ular minglab odamlarrd yuqorida \u043a\u043e\u2018rib turishardi. \u2014Lift juda baland bo\u2018lib ketdi, \u2014dedi Jo bobo. 115","\u2014Xavotirga o\u2018rin yo\u2018q, \u2014dedi Villi Vonka boshqa tugmani bosib. Lift havoda muallaq tocxtab qoldi. U shaharcha tepasida turardi. Charli bu yerdan bemalol ko\u2018ra oldi kichkina ko\u2018chalarni, jajji uychalarni. Hammayoqni qor qoplagan edi. Shishaning osmonda turishijuda qo\u2018rqinchli va shu bilan birga ajoyib ham edi. \u2014Qanday qilib biz tepada turibmiz? \u2014dedi Jo bobo. \u2014Qand kukunlari yordamida, \u2014javob berdi Villi Vonka. \u2014 Qarang! Boshqabolalarham yig\u2018ilishibdi. Endi ular uyiga qaytadi. BOSHQA BOLALAR UYLARIGA QAYTADILAR pastga tushi'shimiz va do\u2018stlarimiz bilan xayrlashishimiz kerak, \u2014dedi Vili Vonka. U boshqa bir necha tugmalami bosdi va pastroqqa tushib yana muallaq qoldi. Charli pastga qarab darvozadan ichkarida 116","\u2014Men ulaming uchtasini ko\u2018ryapman. Kim yo\u2018q? \u2014dedi Charli. - \u2014Mayk Teavee yo\u2018q, \u2014javob berdi Villi Vonka. \u2014Ammo u tezda keladi. Sen anavi mashinalami ko\u2018ndingmi? \u2014so\u2018radiu yuk mashinalariniko\u00a3isatit). \u2014.Ha, \u2014dedi Charli. \u2014Ular nima uchun? \u2014Oltin biletda nima deyilganini unutdingmi? Hamma bolalar uylariga ketayotganda ularga yuk mashmalaridagi shiiinliklar sovg\u2018a qilinadi. Ko\u2018rdingizmi? Avgust Glop ham kelibdi.U ota-onasi bilan 1-yuk mashinasini oladi. \u2014U o'zgargan, \u2014dedi Jo bobo. \u2014Awal semizroq edi. Ozib qolibdi. \u2014Albatta, u o\u2018zgargan, \u2014dedi Vonka kulib. \u2014Violetni koTdingizmi? Undagi hamma suvlar siqib olingan shekilli! Men xursandman. U oldingidan ham soglom ko\u00a3iinadi. \u2014Ammo yuzi haliyam pushti-ku! \u2014dedi Charli. \u2014Ha, biroz. Bu haqda o'ylab ko'raman, \u2014dedi Villi Vonka. \u2014Qarang, Veruka! U axlatga tashlab yuborilgandi-ya! \u2014Ana, Mayk ham keldi. Uni ancha o'stirishibdi, ozib ham ketibdi. \u2014Unga g\u2018amxo\u2018rlik kerak. Judayam ozg'in boslib ketibdi, \u2014 dedi Charli. ~ U baxth bo\u2018lishi mumkin. Endi mamlakatdagi hamma basketbol komandalari uni talashishadi. Men senga ba\u2019zi muhim narsalami ham aytib berishim kerak, CharU, \u2014dedi Villi Vonka va lift yana osmonga ko\u2018tarildi. 117","CHARLINING SHOKOLAD FABRIKASI atta shisha lift yana shaharcha tepasida muallaq qoldi. J r V^Ichida Jo bobo, Charli va Villi Vonka turardi. \u2014Men shokolad fabrikamni shunchalaryaxshi ko\u2018ramanki! \u2014 dedi Villi Vonka pastga qarab - Sen-chi, Charli? - so\u2018tadi u jiddiy ohangda. \u2014Men ham. Dunyoda undan yaxshiroqjoy bo\u2018lmasa ke\u00ad rak, - javob berdi Charli. \u2014Men bu so\u2018zlaringni eshitib judayam xursand bo\u2018lib ketdim, \u2014Villi Vonka avvalgidan ham jiddiyroq ohangda aytdi bu gapni va Charliga tikilib turaverdi. \u2014Men uni senga butunligicha sovg\u2018a qilmoqchiman, \u2014 dedi Villi Vonka. Uning ko\u2018zlarida g\u2018alati quvonch o\u2018ynardi. Charli Villi Vonkaga tikilib qaradi. Jo bobo gapirish uchun og\u2018iz juftladi, ammo gapirolmadi. \u2014Chindan ham. Men uni senga berishni xohlayman. \u2014 Uni berasiz? \u2014 dedi Jo bobo ajablanib. \u2014 Siz hazillashyapsizmi? \u2014Hazillashmayapman! \u2014dedi u. \u2014Ammo... ammo., ammo... qanday qilib? Butun fabrikani shu kichkinagina bolaga? \u2014Eshiting! \u2014dedi Villi Vonka. \u2014Men bolalami yaxshi ko\u2018raman. Agarbirorta katta yoshli odamga topshirsam u ofczmi yo\u2018lidan ketaveradi. Ammo bolalar aytgankru^izm tez yodlab 118","olishadi. U barcha narsa o\u2018z yo'lidan ketishiga harakat qiladi. Shuning uchun men shunday qilishga majburman. Men Charlini yaxshi ko\u2018raman... Unga hamma maxfiy usullarimni aytaman. \u2014Unda nima uchun Oltin biletlarni jo\u2018natdingiz? \u2014dedi Charli. \u2014 Men qaror qildim, besh bolani bu yerga olib kelib, butun kunni ular bilan o\u2018tkazishga va ularning eng aqllisini tanlab olishga. \u2014 Janob Vonka, siz chindan ham fabrikangizni bermoqchimisiz? \u2014so\u2018radi Jo bobo. \u2014Hammangiz hozirdanoq fabrikada yashashingiz mumkin. Ota-onang ham. Sizlar Charliga katta bolguncha boshqaruvda yordam berib turasizlar. Qayerda yashaysan? Charli pastga qaradi va kichkina yog'ochli uylarini ko\u2018rsatdi. \u2014Uni ko'rdim, \u2014dedi Villi Vonka va boshqa tugmani bosdi. Lift Charlining uyi yoniga yaqinlashmoqda edi. \u2014 Men oyim bizni kutib olgani chiqmaydimi, deb qo\u2018rqaman, - dedi Charli. \u2014Nima uchun? \u2014Chunki u'qolgan buvim va bobomni yolg\u2018iz qoldirishni xohlamaydi. \u2014Ular ham chiqishsin! \u2014 Ular chiqisholmaydi. 20 yildan beri karavotdan turishmagan. 119","\u2014Unda ularni liftga karavotlari bilan yuklaymiz. \u2014Siz ularni uydan olib chiqolmaysiz, \u2014dedi Jo bobo. \u2014 Lift eshikka sig\u2018maydi. \u2014Bolishi mumkin bolmagan narsaning o\u2018zi yo\u2018q.Tomdan kiramiz. Lift Bakketlaming kichkina uyi tomida turardi. \u2014Siz nima qilmoqchisiz? \u2014 so\u2018radi Charli. \u2014 Ularni olib chiqmoqchiman, - * dedi u. ll \u2014Qanday qilib? \u2014Tomdan. ^ \u2014Yosq, \u2014dedi Charli. \u2014 To\u2018xtating! - dedi Jo bobo. Kuchli qasur- \u0426 qusurlar bilan lift \\\\\\\\ tomni yorib kirdi. Uydagilar hayot tugadi deb o\u2018ylash- di. Jozefinabuvi va Jorjina buvi yostiq ortiga berkindilar. Charli- 120","ning ota-onasi boshqa xonaga qochib kirib ketdilar. \u2014Bizni saqlab qoling, \u2014yig\u2018ladi Jozefma buvi. \u20140 \u2018zingni bos, qadrli rafiqam! Bu menman, \u2014dedi Jo bobo. \u2014Oyi! \u2014baqirdi Charli onasining qo'lidan tutib. \u2014Oyi, nima sodir bo\u2018lganini eshiting. Biz endi Villi Vonkaning fabrikasida yashaymiz. Sizlar menga uni boshqarishda yordam berasizlar! \u2014Nima haqda gapiryapsan? \u2014dedi onasi unga tushunmay. \u2014Uyimizga qara. U vayron bo\u2018ldi. \u2014Xavotirlanmang, \u2014deb Vili Vonka janob Bakketning qoMini ushladi. \u2014Siz uy haqida xavotirlanmasligingiz kerak. \u2014U jinni bo\u2018lganmi? Menimcha, bizlarni oldirmoqchi bo\u2018lsa kerak, \u2014dedi Joijina buvi. \u2014U janob Villi Vonka, \u2014dedi Jo bobo.Charli va Jo bobo butun kun qanday o\u00a3tganini tushuntirib berishdi. \u2014Hozir hayratdan \u043e\u2018lib qolishim mumkin, \u2014dedi Jozefina buvi. Keyin hammalari liftga chiqishdi. Charli karavotdagi qariyalarningyuzidagi qo\u2018rquvni yo6qotishga harakat qilardi. \u2014Biz dunyodagi eng go\u2018zal, eng ajoyib joyga ketyapmiz, - derdi u. \u2014Charli to\u2018g\u2018ri aytyapti, \u2014dedi Jo bobo. \u2014U yerda biron yegulik bormi? - dedi Jozefma buvi. - Men ochman! Oila ham! \u2014Yeyishga biror narsa? - dedi Charli kulib. - Siz kuting va ko\u2018ring! 121","MUNDARIJA Charli haqida.................................... ...............................3 Janob Villi Vonkaning fabrikasi....................................... 9 Janob Vonka va Hind qiroli.......... ..................... ........... 12 Sirli ishchilar............................... ...................................14 VONKANING FABRIKASI BESH OMADLI BOLALAR UCHUN OCHILADI!.............. .<..........18 Oltin biletlar............................................................. ......18 Kechqurungi e\u2019lon ................................... ......................18 Birinchi ikki g\u2018olib ......................... ............................ ...20 Charlining tug\u2018ilgan kuni..............................*................. 25 Ikkita Oltin bilet topildi..... ................. .......................... 27 Jo bobo tavakkal qildi.............................. ...................... 30 Oilada ochlik boshlandi.......... ......................................... 32 Mo\u2018jiz a ........ .................... ............................................. 37 Oltin biletda nima deyilgan?............................................41 Ulug\u2018 kun yetib keldi........................ ............................46 Janob Villi Vonka.......................................... ................. 49 Shokoladli xona.................................................... .........55 Umpa-Lumpalar...................................... ..................... 60 Avgust Glop quvurga tushib k etd i................................. 64 Shokolad daryosining pastida...... ............ ..................... 72 Kashfiyot xonasi - Abadiy gobstopperlar va soch iris qandlar...... .............. ............... ...................................77 122","Ulkan saqich mashinasi......... .................. . 81 Xayr, Violet.............................................. . ............ 82 Koridor bo\u2018ylab........................................... . 88 0 \u2018girilib qaraydigan kvadrat qandlar..... ......... .......... 92 Veruka yong\u2018oqli xonada.....................................Z \\\" \\\" \\\" \u201d 94 Katta shishali lift................................................ Iqq Televizor shokolad xona.......... ................................. 104 Mayk Teavee televizor orqali jo\u2018natildi........................\u0414\u041e7 *Faqat Charli qoldi........................... ....................... 224 Boshqa bolalar uylariga qaytadilar............................... . 1 1 6 Charlining shokolad fabrikasi............................. .......... \u0426 8","Adabiy-badiiy nashr ROALD DAHL CHARLI VA SHOKOLAD FABRIKASI Muharrir Ma\u2019suda Yo\u2018dosheva Musahhih Feruza Hamidova Rassom Shuhrat Odilov Texnik muharrir Dilmurod Jalilov Original maketdan bosishga ruxsat etildi 01.06.2010, Bichimi 70x84 \u2018\/ 16. Ofset bosma. Tayms gamiturasi. 5 bosma toboq. 1-raqamli buyurtma. Adadi 5000 (l-zav.1000) nusxa. Bahosi kelishilgan narxda. \u00abEXTREMUM PRESS\u00bb nashriyoti, , Toshkeht sh., J.Obidov ko'chasi, 160-uy. MCHJ'\u00abSHIDASP\u00bb matbaa korxonasida chop etildi. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sobir Rahimov ko\u2018chasi.","\u0443\u00a3\u0442\u0438 \u0428 oj f n d l f f o k r . i llv n s J l \u201cMen, Villi Vonka besh bolagafabrikamga kirishga ruxsat berishga qaror qildim,faqatgina beshta, undan ko\u2018p emas. Ular ushbuyilmenifabrikamga kirishadi. Besh omadli bola men bilan shaxsan uchrashadi, men ularga fabrikamdagi barcha sehrli va maxfiy narsalami ko\u2018rishlariga ruxsat beraman. Keyin, sayohatning oxirida, ularga maxsus sovg\u2018ji: umrlarining oxirigacha yetadigan shirinlik va shokoladlar hadya qilaman. Siz, oltin biletga e \u2019tiborli bo\u2018ling! Oltin qog\u2018ozlardan nashr qilingan va odatdagidek qadoqlangan beshta shirinlik orasiga beshta oltin bilet yashiringan. Bu biletlar dunyoning xohlagan mamlakatidagi xohlagan shaharchada, xohlagan ko\u2018chada, xohlagan magazinda Villi Vonka nomi bilan ataladigan shirinliklar orasida bo\u2018lishi mumkin. Oltin biletni topgan besh omadli bola fabrikaga kirish im koniyatiga ega b o \u2018ladi. \u0416 a f 11Barchangizga omad \u0443or bo\u2018lsin!\u201d . _v \u2022 iM ."]


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook