https://t.me/TurfaXilVideo_Bot ✨Shu Bot Orqali Ismingizga Video Yasab Oling❤️
bu safar ovoz chiqarmay yig'lay boshladi. #Ruza #DILKUSHO Tizzalarini quchib turgan o'ng qo'lini kaftlari orasidagi oppoq bir narsaga qarar ekan. Kaftini maxkam g'ijimladi. Alam bilan yana bir bor qo'lidagi narsaga qarar ekan undagi ikkita chiziqchalarni ko'rib bu safar ovoz chiqarmay yig'lay boshladi. 15 daqiqacha shu holda turdi. Eshikning uch martta taqqillashidan o'ziga kelgan qiz nigohlarini eshikka qaratdi. Ko'z yoshlari qo'llari bilan artib tashladi va bo'g'iq ovozda \"kiring\" dedi. Eshikning qulfi shilq etilganidan sergaklangan qiz nigohlarini yana qayta derazaga qaratdi. Ichkariga kirib kelgan xizmatchi salom berib qiz uchun tayyorlagan nonushtani stol ustiga qo'ydi. Qizga achingan nigohlari bilan raqab jimgina xonani tark etdi. Eshikning qulflanganini eshitgan qiz nigohini eshik tarafga qaratdi. -- Ustimdan qulflab ketishar ekan nega eshikni taqqillatishadi aaa.....men bu yerda jinni bo'lib qolaman.....jinni.....-- qiz yana tizzalarini quchib oldi. Mana bu uyga kelganiga ham 2 oydan oshgan bo'lsa ham biror martta shu xonadan tashqariga qadam ranjida qilmagan edi. To'g'rirog'i uning chiqishiga ruxsat berishmas edi. Bu buyruqni uning suyukli \"Eri\" agarda eri deb tan olsa! U bu buyruqni qizning uyga kelin bo'lib kelgan kuniyoq bergan edi. Qiz bechora ham og'ziga talpon solgandek jimgina \"hop\" deb quya qoldi. Qiz urnidan turar ekan stol oldidagi kursiga omonatgina joylashdi. Endi u ko'proq ovqatlanishi kerak. Sabibi vujudidagi bu mitti loviyachasini avaylab extiyot qilib parvarishlashi kerak. Qo'llarini qorni ustiga olib borib sekinlik bilan uni silay boshladi. -- Meni kechir bolam.....kechirgin meni....seni dunyoga keltirishni juda ham istayman....lekin sening otang \"U\" ekanligini o'ylasam sendan va o'zimdan nafratlanib ketayapman. Qani edi ushanda onamning aytganlarini qilib uyda o'tirganimda edi.....balkim bu ishlar bo'lmasmidi? Hammasiga u aybdor....meni badnom qildi....mendan butun boyligimni tortib oldi....undan nafratlanaman.....xazar qilaman undan..... Qizning ko'z oldida 2 oy oldingi voqea davdalandi. 2oy oldin..... Erta tongdan uyg'ongan qiz ko'zlarini xohlamaygina ochdi. Erinibgina o'rnidan turar ekan derazaga nigohlarini olib bordi. Qishning oxirgi oyi yani yanvar! Tez orada u sevgan fasl Bahor kirib keladi. Ohh bunchalar ajoyib bo'lmasayaa dedi qiz ichida va tezda o'rnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Yuvinish xonasidan chiqar ekan garderob tomon yo'l oldi. Javonni ochar ekan ichidan bugun kun uchun nima kiysam ekan deb o'ylay boshladi. -- Bugun nima kiysam ekanaa....hm....bu bo'lmaydi....yo'q bu ham bo'lmaydi....bu yaxshi menimcha...-- kiyimlari ichidan qop qora tanada yopishib turadigan qalin matodan tikilgan ko'ylagini oldi...Tizzadan sal yuqorida turadigan ko'ylagini oldi. Tezda kiyimlarini kiydi va pardoz qilish uchun stolning oldiga bordi. O'rindiqqa joylashib eng birinchi pardoz qilishdan boshladi. Sal o'tkirroq buyandi. Keyingi navbat sochlariga yetib keldi. Ularni ham turmaklab shunchaki yozib oldi. Oyog'iga kiyimiga monand tizzagacha yetadigan kabluk sifat etigini kiydi. Qo'liga havo rang paltosini va unga monand havo rangli sharfini oldi. Ko'guga bir nazar solar ekan unda aks etgan suluvga qaradi. Uzun sariq sifat sochlar. Kamon qoshlar...nayzasimon uzun kipriklar..g'uncha misol lablar...va huddi sutga chayilgandek oppoq yuz. O'z aksiga mayin jilmayaib qo'ydi. Stulda turgan so'mkasini ham
oldida pastgi qavatga qarab yo'l oldi. Eshigini endi ochgan edi hamki xona eshigini endigina taqillatmoqchi bo'lgan xizmatchisi chuchib tushdi. -- Voyy Farodisa xonim uyg'ondingizmi....Men endigina sizni uyg'otgani chiqayotgan edim..-- dedi xizmatchi jilmayib -- Rahmat Narimon opa...buguncha bir yangilik qilay deb o'zim uyg'ondim...-- dedi Farodisa kulib qiqirlab kulib. -- Ehh qizimaa qachon katta bo'lasizaa...-- dedi Narimon opa Farodisaning uzun sochlaridan silab. -- Hech qachon opa...hech qachon...-- deb yana qiqirlab kulib pastki qavatga tushib ketdi. Pastga tushar ekan dasturxon atrofida o'tirgan ota onasiga salom berdi. Va stulga o'tirib tez tez ovqatlana boshladi. -- Hay hayy qizim buncha shoshilmasang. Sekinroq yegin tiqilib qolasanku bolam..-- Nilufar xonim qizini tergay boshladi. -- Onang tog'ri aytayapti qizim sekinroq yegin...-- otasi Majid Mirzayev ham gapirdi. -- Dadajonim Oyijonim...shoshilmasam bo'lmaydida...bugun qoldirgan darslarimni qayta topshirishim kerak. O'qituvchimiz juda ham qattiq qo'l bilasizku. Bizga erta tongdan kelishimizni buyirgan. Bormasam terimga somon tiqadi...-- og'ziga quymoqdan katta bo'lagini solar ekan. -- Qizim negadir ko'nglim g'ash...bugun bormasangchi shu o'qishinga...-- Nilufar xonim xavotir olganidan qizini borishini xohlamay dedi. -- Voy oyijon bu nima deganingiz....agarda bugun bormasam bu ustoz menga bahoyimni qo'yib bermaydida...bo'lmasa men ham yakshanba kuni darsga borarmidim? -- Qizing to'g'ri aytayapti uni yo'ldan qoldirmasangchi. Boraqol qizim qani tezlash. Ustozingni xurmatini joyiga qo'ygin. Sen kimning qizi ekanligingni unutma. Va doim hammani xurmat qilgin. Otam katta kishi deb birovlarni mensimaganingni ko'rmay -- dedi Majid aka -- Hop bo'ladi dadajonim. Endi menga ruxsat tezroq boray. Bir duo qiling...-- dedi otasi ham tezda fotixa o'qidida qiziga oq yo'l tilab qoldi. Onasi Nilufar xonim qizini uzundan uzoq duo qildi. Lekin ko'nglidagi bu g'ashlik uni tark etmadi. Bekorga aytishmaydiku onaning ko'ngli har narsani oldindan sezadi deb..... Farodisa o'rnidan turib paltosini kiydi va sharfini bo'yniga o'rab qo'liga sumkasini oldi va tezda uydan chiqib ketdi. Bugun u taksi to'xtatishga majbur. Sababi haydovchisi yakshanba kunlari dam oladi. Afsuslar bo'lsinkim qizning ham ishlari aynan bugunga to'g'ri keldi. Taksi to'xtatib turar ekan oldida qop qora Jentra rusimidagi mashina kelib to'xtadi. Qiz manzilni aytganida haydovchi ham borishini aytdi. Qiz bir oz shubxalandi lekin tavakkal qilib mashinaga mindi. Uning hozirda fikri hayoli tezroq ustoziga unga berilgan topshiriqlarni yakunlash edi. Shu sababli ham bu shubxali mashinaga minmadi. Essiz agarda bu mashinaga minmaganida edi balkim hayoti ag'darilib ketmas edimi?.... Erta tongdan o'g'riqlab bilan ung'ongan qiz. Inqillab joyidan qo'zg'aldi. O'rnidan turmoqchi bo'lganida qizning bellaridan maxkam quchib olgan baquvvat qo'llarni ko'rib alam bilan yig'lay boshladi. Ham tanasidagi og'riqdan ham qizligidan ayrilganidan...ichida faqatgina bir so'zni takrorlar edi.... -- Men endi bokira emasman....men it tegkan oshman.....meni kechiringlar oyijon dadajon....kechiringlar....men o'zimni ximoya qila olmadim.....qila olmadim....yalong'och tanasini urab turgan choyshabni bir uchini olib og'zini yopib yig'lay boshladi.... #Ruza #DILKUSHO Shunaqangi o'ksib yig'lar ediki o'zini o'ldirishgacha tayyor edi. Oldida yotgan yigitga nafrat ila boqdi va jimgina o'rnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketdi. Ustiga o'ralgan choyshab bilan suvni yoqdi va shu holicha uni tagida turdi.
Suv bilan birga uning ko'zlari ham o'zidan marjon misol yoshlarni chiqorar edi. O'z tanasidan shunaqangi nafratlanar edi tirnoari bilan qo'llarini tirnay boshladi. Hamma yoqini tirnab qonatib tashladi. Faqatgina o'kirib yig'lar hayoti barbod bo'lganidan nafratlanar edi...... Tanasidagi og'riqlar emas aksincha qalbidagi og'rig'i endi u qiz bola emasligi...butun boyligini tortib olishgani alam qilar edi..hammasiga sababchi faqatgina u....u sababchi! Uyiga kirar ekan uni eshikdan kutib olgan xizmatchi qo'rquv bilan uning oldiga yugurib bordi. Qizning titilgan sochlari...bo'ynidagi so'rilgan izlar. Bilaklaridagi tish izlari oyog'larining qaltirashlaridan unga nima bo'lganini sezgan xizmatni og'zini qo'llari bilan yoqib yig'lab yubordi. Eshikning jiringlashidan pastga xavotir bilan tushib kelgan Nilufar xonim qizining bu xolatini ko'rib turgan joyida qotib qoldi. Qizining oldiga yugurib borib yoshlanishga ulgurgan ko'zlari bilan qiziga savol berdi. -- Bu.u.n.n.ii ki.m qi.i.l.lld.dd.ii...-- bo'g'ziga tiqilgan narsa sababli gapirishga qiynaldi. Qizi esa bir joyga jim qarab turar hech narsa demas edi. -- SENGA GAPIRYAPMAN U KIM EDI!...-- onasining baqirig'idan o'ziga kekgan qiz yoshli ko'zlari bilan qarab yigit aytgan so'zlarni aytdi. -- Onanga mendan salom ayt!..Leyla Hayrarovna..-- qiz shu so'zlarni takrorlab gurs etib yerga quladi. O'tmishidagi bu ismini eshitgan Nilufar xonim hattoki qizining hushidan ketganini ham sezmay qoldi. Xizmatchilar tezda Forodisaga qaray boshlashdi. Nilufar xonim esa faqat bir so'zni takror edi... -- Yo'q...yo'q...Bo'lishi mumkin emas. Ular meni tanib qolishi mumkin emas! #DILKUSHO Tez yordam mashinasi katta qo'rg'on tomon yeldek uchib kelar edi. Agarda sekinlashsa huddiki kimningdir bu hayotdan ko'z yumishiga sababchi bo'ladigandek edi..... Nilufar opa uyiga kekgan tez yordam mashinasining ovozidan o'ziga keldi. Eshikning tagida boshining tagida yostiq va tagiga narsa to'shab qo'yilgan qiziga qarab ichidan bir narsa chirs etib uzulgandek bo'ldi. Jon holatida qizining oldiga bordi. Oldiga cho'kkalab oppoq ammo ko'karib qolgan qo'llaridan ushladi. Ular juda ham sovuq edi...Qo'llaridagi izlar shunaqangi ko'kargan ediki hattoki it tishlasa ham bu darajada yetmas edi. Oqarib qolgan yuzlaridan silar ekan bo'ynidagi izlarni ko'rib oxiri chiday olmay bor ovozida dod solib yig'lay boshladi.... Tez yordam mashinasidan tushib kelgan hamshiralar tezda qizni ko'tarib kushetkaga yotqizishdi va mashinaga extiyotlab solib kasalxona tomon ketishdi.... Kutish zalida o'tirgan Nilufar xonim huddi karaxtdek edi. Bitta joyda jimgina kuzatib o'tirar edi. Oldida uning qo'llaridan silab taskin berayotgan xizmatchisining gaplari quloqlariga kirmas edi. Faqatgina qizining abgor axvoli va unga aytgan gaplari miyasida aylanar edi. Eshiklar ochilib ichkaridan genekolog ayol chiqib keldi. Nilufar xonimga qizining axvoli yaxshiligini aytib uni xonasiga kirishini va gaplashib olishi kerak ekanligini aytdi. Xonaga ikki ayol kirishar ekan shifokor ayol kursisiga joylashib yig'layverganidan ko'zlari shishib abgor axvolga kelib qolgan Nilufar xonimga suv tutqazdi. Va chuqur xursinib gapini boshladi. -- Bilasizmi Nilufarxon....hullas..Sizga hammasini ochiq oydin ayta qolay. Qizingiz zo'rlangan! Tana a'zolariga qattiq shikas yetgan. Menimcha qizingiz ikki soatdan ortiq ixm ixm...nima desam bo'ladi....shuncha vaqtgacha qo'yib yuborilmagan. Natijada jinsiy organiga qattiq shikast yetgan. Biz hozir uni davoladik. Yaqin orada o'ziga kekib qolsa kerak. Faqat extiyot bo'linglar o'ziga biror bir ziyon yetkazib qo'ymasin. Doimo nazoratda tutinglar. Iloji bo'lsa psixolog ham yo'llar. Har holda bu ishlardan keyin miyaga psixik ta'sir ko'rsatmay qolmaydi.....-- Nilufar xonim ko'zlarini yumib hop dedi va xonadan tezda chiqib ketdi. Yo'lak bo'ylab yurib kasalxona bog'iga chiqib o'rindiqlardan biriga suyanib qoldi. --Ey Xudo...boshimda shunaqa tashvishlar ham bor edimi? Nega qizimga bu azoblarni ravo ko'rding. Bu azoblarni menga bersang bo'lmasmidi? Bolajonimda nima ayb edi.....axir u juda kichkina ediku....-
- qo'llari bilan og'zini yopib o'ksib yig'ladi. -- Voy qizimmm.....sening o'rningda men bo'lsam bo'lmasmidi.....Kechir bolam....men qilgan gunoxlar sening boshinga yetdi....kechir bolam....-- ko'ksiga urib yig'ladi.... #Ruza Bir ayolning yig'lab turganini shifoxonadagilar jim kuzatishar edi. Ayol shu darajada yig'lar ediki uning oldidan o'tib qaytayotgan odamlar achinish bilan qarab qo'yishar edi. Ba'zilari oldiga o'tirib u ayolga suv tutqazishar yoki tasalli berib ketishar edi. Ularning birorta ham so'zi ayolning quloqlariga kirmas faqatgina o'ziga o'zi \"Men aybdorman hammasiga men!\" deb bot bot takrorlar edi. Shifoxona panjaralar ortidan ayolni bir yigit lablarida tabassum ila kuzatib turar edi. Unda bu ayolga nisbatan hech qanday achinish xissi yo'q edi. Mashinasiga suyangan ko'yi uni maroq ila kuzatib turar hiddiki bu ishidan rohatlanayotgandek edi. Egnidagi kostyumini yechib mashinasining old o'rindig'iga otib yubordi va mashinasiga mindi. Mashina suyanchig'iga boshini orqaga tashladi. Ko'zlarini oxista yumib chuqur nafas olib chiqardi. -- Men uddaladim.... O'chimni oldim....-- miyig'ida jilmayib boshini ko'tardi va mashinasini o't oldirib kompaniyasi tomon haydadi. Kompaniyaga kelib mashinasini xizmatchiga avta turargohga qo'yishini aytdi va old o'rindiqdagi kostyumini olib kiydi. Kompani ichiga kirib borar ekan hamma hodim qizlarning ko'zi unda edi. Mushakdor tana...egnida kiygan kiyimidan mushaklari haddan ortiq sezilib turar. Huddiki hozir bo'rtim kiyimidan chiqib ketadigandek edi. Kashtan rangli qoshigacha tushib turadigan sochlar. Sochiga monand qoshlar...ko'zlarni himoyalovchi uzunn kipriklar. Terisi sutga chayilgandek oq edi. Eng muhimi hammani aqldan ozdiruvchi kulrang ko'zlar.... Yigit qovoqlarini o'yib liftga kirib ketdi. Hodimlari uning o'ta darajada jiddiy va qattiqqo'l qo'pol ekanligini bilishsa ham negadir shu yigitga oshiq bo'laverishar edi. Yigit liftdan chiqgan zaxoti o'zini xonasiga urdi. O'zini kursisiga tashlab ko'zlarini yumdi va boshini suyanchig'iga tashladi. Endigina chuqur nafas olib chiqar edi eshikdan otilib kirgan otasini ko'rib o'rnidan turib ketdi. -- Tinchlikmi dada?..-- otasining g'azablanib kirib kelganiga hayron bo'lgan yigit savol berdi. -- Buni sendan so'rash kerak aslida!...-- qo'lidagi hujjatlarni stol ustiga otar ekan. -- Nimani mendan so'rashingiz kerak tushunmadim...--otasining gapiga tushunmay stol ustidagi hujjatlarga qarab qo'ydi. -- Sen bola axmoqmisan? Nimalar qilib qo'yding! Nega u oilaga ziyon yetkazding ablax!...-- otasining nimaga shama qilganini tushungan yigit miyig'ida jilmayib kulrang ko'zlari bilan otasiga boqdi. Unga huddi o'zinikidek ko'zlar bilan boqar ekan barmoqlarini chalishtirdi. -- Men onam uchun o'chimni oldim ota! -- Meni ota dema...men sendek o'g'il tarbiyalamagan edim. Senga shunaqa tarbiya berdimmi aaa..-- otasi asabiylashganidan bo'ynidagi galstugini ozriq bo'shatdi. -- Yo'q albatta...menga juda ajoyib tarbiya berdingiz eee yo'q berdinglar onam ikkingiz!...-- stoldan nari ketib yuzini ko'cha manzarasi ko'rinib turgan katta oynaga qarab oldi. -- Shoxjahon onang u qiznikiga sovchilikka ketdi. Hozir uning uyida. Ikki haftadan keyin to'ying tayyorgarligingni ko'raver!...-- otasidan bu gapni kutmagan yigit keskin tarzda ortiga o'girildi. --Bu nima deganingiz. Men hech qachon u qizga uylanmayman. Biz u oila bilan quda bo'lmaymiz! --Buni siz hal qilmaysiz Shohjahon Mahmudov!..-- otasi eshik tomon yo'naldi -- Bu mening hayotim Mahmud Asadov! #DILKUSHO Yor yor sadolari ostida to'yxonaga kelin va kuyov kirib kelishar ekan kelgan hamma mexmonlarning ko'zi ularda edi. Kelin kuyov uchun ajratilgan stol tomon borib joylashishdi. Kelin oxista egilib hamma kekgan
mexmonlarga salom soldi. Bir biriga muhabbat ila tikilib turgan bu sevishganlarga qarab yuragi og'rigan qiz ularni ko'zlarida yosh ila boqib turar edi. Ichida esa ularga chin dildan baxt tilardi. Onasining chaqirishidan hayollarini yig'gan qiz nigohini unga qaratdi. -- Labbay oyi..-- ko'zlaridagi yoshni sezdirmaslik uchun ularni tezda artib tashladi. -- Qizimmm....nega yig'lading....iltimos meni qiynama bolam....kel shu to'yga rad javobini beraylik...-- onasining kuyib gapirishidan joni achigan qiz ich ichidan unga achindi. Lekin endi bu to'yga rad javobini bera olmaydi. Sababi endi u it tegkan osh. \"U\" dan boshqa hech kim unga uylana olmaydi. Endi qiz oilasini obro'si shani uchun ham bu to'yga rozilik berishi va oilasini sharmandalikdan asrashi kerak. Otasini yuzini yerga qaratgani shundoq ham yetib ortadi. Ko'z oldida yana usha kun keldi. Usha kungi \"Kechadan\" so'ng qiz abgor axvolda uyiga keldi. Onasining havotir ila boqib turgan ko'zlariga qarab nima deyishni bilmay qoldi. Oxirida onasining ko'zlarida mavflangan yoshlar va qiziga achinib qarashidan oxiri chiday olmay butkul o'zini yo'qotib qo'ydi va yerda to'shalgan oppoq gilamga o'zini topshirdi. Ko'zlarini oppoq xonada ochganida avvaliga qayerda ekanligini bilmadi. Burnida anqib kelayotgan turli xil dorilarning isidan bildiki u hozir shifoxonada. Kechagi voqealarni eslashga harakat qildi va shaxd bilan o'rnidan turib kravatga suyanib oldi. Qo'llari va bo'yinlarida usha \"Kechadagi\" izlarni ko'rib og'zini qo'li yopib yig'lab yubordi. Esladi....yigitning unga azob berib o'ziniki qilganini....uch soat o'tsa ham qizni qo'yib yubormaganini....tanasida huddiki jazolagandek iz qoldiraverdi. Qiz unga qancha qarshilik qilishga harakat qildi. Lekin hech biri foyda bermadi. Qaytanga yigit uni battarroq qiynar tanasiga yanada kuchli azob berar edi. Oxiri qiz holsizlikdan hushidan ketdi. Ertalab uyg'onganida o'zini yerda yopinchiqda o'ralgan holda ko'rdi. Yon atrofiga boqar ekan katta yotoqda mushaklari burtib chiqgan yigit bel qismigacha yopinchig'ni yopib uxlab yotar edi. Qiz o'kirib yig'lab yubordi. Ustida yopib qo'yilgan choyshabdi g'ijimlab yig'lar edi. Qizning ovozidan uyg'ongan yigit o'rnidan turdi. Qizga hafsalasiz qarab to'g'ri yuvinish xonasiga kirib ketdi. Hattoki qizga bir bora bo'lsa ham qiyo boqmadi. Yigitning ortidan ko'z yoshlar bilan qarab qolgan qiz tezda o'rnidan turib yerda sochilib yotgan kiyimlarini oldi va kiya boshladi. Qo'llari va tanasidagi og'riqlardan holsizlangan qiz qaltiragan holda kiyina boshladi. Ustidan choyshabni olar ekan tanasidagi har bir qismida \"U\"dan qolgan tamg'alar sonining sanog'i yo'q edi. O'ziga jirkaniah ila boqgan qiz ko'z yoshlarini artib tezda kiyinib oldi. Endi ustiga paltosini kiyib ketaman deganida yuvinish xonasidan yigit chiqib keldi. Ustida oppoq xalat bilan chiqib qizga g'ijinim qaradi va unga e'tibor bermay kresloga o'tirdi. Yigitga savol va nafrat nigohlari ila ko'zlarida yosh bilan qiz boqib turar edi. Buni sezgan yigit o'zi sekin astalik bilan gap boshladi. -- Ho'shhhh salom berdik Farodisa Majidovna..-- qizga qarab jilmayib gapirdi. Lekin qizdan hech qanday sado chiqmas edi faqatgina birgina so'zni ayta olar edi. -- Nima uchun?....Men sizga nima qildim?...-- ko'zlaridan shoshqaton bo'lib oqayotgan marjonlarni qo'llari bilan sidirib yigitga qarab turardi. Qizning bu savolidan jahli chiqgan yigit nafrat ila qizga boqdi. -- Sening onang sababli! Sening bu axvolga tushishingda u aybdor. Sen ona deb aytayotgan bu ayol aslida niqobdagi bir shayton! Uning gunohlariga sen javob berding. Men o'chimni oldim. Undan o'chimni oldim sen orqali...--qizga boqib miyig'ida jilmaydi. -- Leyla Hayrarovnaga mendan salom ayt...--qiz uning gaplariga karaxt axvolda tushib qoldi. Hech narsa demay unga qotib qarab turar edi. Yigit o'rnidan shaxd bilan turib Farodisani oldiga bordi va bilagidan sindirgudek ushlab xonadan tashqariga chiqarib yubordi. Qiz yerda yotgan sumkasini uning yuziga otib -- Agarda meni militsiyaga bermoqchi bo'lsang be'malol. Meni ulardan qo'rqadigan yerim yo'q. Har holda sening dadangdan ham katta odamman. Qamoqqa kirsam ham ikki soat o'tmay u yerdan chiqaman. Sen ham yetti yot maxallada sharmanda bo'lishni istamasang og'zinga mum tishlada
onanga mening salomimni yetkaz! Qizning yuziga eshikni tars etib yopdi. Farodisa hozirda eshitgan gaplarini tahlil qilar. Nimalar bo'layotganini hech tushuna olmas edi. Yerda yotgan sumkasini olib mexmonxonadan chiqib ketdi. Uyiga qanday yetib bordi buni o'zi ham bilmaydi. Shularni eslar ekan qo'llarida ulangan ignalarni sug'orib tashlar hattoki bilaklarining qonab ketganiga ham axamiyat bermas faqatgina bor ovozida baqirib yig'lar edi. Xonada kirib kelgan hamshiralar qizning axvolini ko'rib tezda bosh shifokorni chaqirtirishdi. Shifokor kelib tezda qizga tinchlantiruvchi ukol qildi. Qizning ovozini eshitgan Nilufar xonim ham tezda xonaga kirib keldi. Qizining bu axvolini ko'rib baqirib yig'lab yubordi.Chap ko'ksining achishishidan bir qo'li bilan chap tarafdagi ko'kragini g'ijimladi. Eshikni dastagina ushlab unga suyanib qoldi. Yuragi achishgani sari ko'z oldi qorong'ulashib muvozanatni yo'qota boshladi. Oxiri eslagani Majid akaning uning ismini chaqirgani bo'ldi.... Shifoxonadagi shiftga o'ychan tikilib yotgan qiz hozirgi hayoti chappasiga aylanib ketganidan hayron qolar. Nomusi toptalganidan. Endi u it tegkan osh ekanligidan jirkanar edi. Ko'zlarida mavjlangan yoshlarni qo'llari bilan sidirib tashladi. Xonaning uch martta taqillashidan sergaklangan qiz. Ko'zlarini eshik tomon yo'naltirdi.... Eshik ochilib ichkariga yuzlari nurga to'lgan. Yoshi 40 lar atrofidagi bir ayol kirib keldi. Farodisa u ayolga qarar ekan uning yuzlarida hali hamon ajin yo'qligi. Yoshiga nisbatan anchagina yosh ekanligini u bilan birga qurgan suhbatidan bilib oldi. Farodisa ozod yuzasidan sal o'rnidan siljib kravatiga suyanib oldi. Ayolning hay haylashiga qaramay joni og'rib tursa ham hurmat yuzasidan o'rnidan siljidi. --O'zingizni urintirmang qizim..-- ayol Farodisaning oldiga kelib uning oppoq sutdek chayilgan qo'llaridan tutdi. -- Yaxshi bo'lib qoldingizmi bolam. Men...men...siz..ni zo'r.la.bb qo'ygan yi..git.ning onasiman..--Ayol ko'zlaridagi mavjlangan yoshlarni bo'sh qo'li bilan artib tashladi. Nigohini pastga qaratib gapini davom ettirdi. -- Qizim iltimos o'g'limni kechiring. U axmoqlik qildi. Sizdek bir gulni tomiridan uzib tashladi. Men uning qilmishini oqlamoqchi emasman. Oqlamayman ham. U shunchaki sizning onagizni menga qilgan ishi tufayli o'ch olishni o'ylagan...-- bu safar ayol ko'zlarini qizga qaratdi. -- Oyim.ni.ng qi.ll.mmish.sh.ii -- Farodisa hozirgi eshitgan gaplaridan karaxt axvolga tushib qoldi. Eng avvalo bu ayol uning onasi ekanligidan hayratda qoldi. O'ziga yarasha klassik uslubda tikilgan kostyum shim. Qop qora yelkasidan kelib turadigan sochlar. O'ziga yarashib turgan makiyaji ham ajoyib edi. Qiz bu ayolga qarab turar ekan ichida \" Nahot shunday yuzlari nurli ayolning o'g'li bunaqa pastkash bo'lsa\" dedi ichida. -- Ha onangiz. Biz o'tmishda onangiz bilan tanish edik. Ayrim sabablarga ko'ra biz onangiz bilan kelisha olmay qolganmiz..-- haqiqatni to'liq aytishni istamagn ayol ko'zlarini olib qochdi va tomog'ini bir ikki qirib ko'ydi. -- Onam bilan nega kelisha olmagansizlar?..-- ayoldan eshitgan gaplarini taxlil qilar ekan tezroq bu savollarga javob izlar edi. -- Qolganini bizning uyimizga oppoq libosda kelin bo'lib kelganingizda bilib olasiz kelinposhsha!..-- o'zi bilan birga olib kelgan oppoq lolalarni qizga tutqazib uning peshonasidan o'pib qizga tabassum hadya etdi. -- Yana ko'rishamiz go'zal kelinim meni...-- degancha xonadan boyaki ayol chiqib ketdi. Uning ortidan hattoki bir so'z ayta olmagan Farodisa ko'zlarida yosh bilan qarab qoldi.Ko'zlarini oxista yumib yana qayta joyiga yotib oldi. Bu to'yga rozilik bermasa ota onasining shani va g'ururini yer isti qiladi. Yaxshi hamki bu habar haqida dadasi tomondagi qarindoshlari bilmaydi. Bilganida hozir Farodisani ayblab uni buzuqqa chiqarib tashlashgan bo'lar edi. Oyisi tomondagilar Farodisa uchun mavhum. Ular haqida onasidan so'rasa hech narsa demas. Mendan ular haqida so'rama deb aytib qo'yar edi. Farodisa faqat bir narsa bilar u ham bo'lsa onasining o'tmishidagi ismi edi.
\"Leyla Ahrarovna\" To'yxanadagi sevishgan oq kabutarlarga qarar ekan ko'z oldidan kino tasmasidek aylangan voqealar bir zumda o'tib ketdi. Ikki hafta oldin shifoxonada o'tqazgan vaqtlarini...onasining mazasi bo'lmay qolganligini...\"U\" ning onasini kelganligini...otasining ko'zlarida yosh bilan bot bot uzrlar so'raganlari....hamma hammasi esiga kela boshladi. Farodisaga eng qizig'i \"U\" ning to'yga rozi ekanligi va shaxsan o'zi kelib qizning qo'liga uzukni taqib ketgani edi. Chap qo'lidagi unashtiruv uzugiga boqar ekan alam bilan jilmaydi. -- Bu to'y men uchun yaxshilik keltirmas...lekin oilam uchun rozi bo'lmaslikning iloji yo'q..-- dedi qiz ichida pichirlab. Qani edi bilganida bu to'y qiz uchun umri mobaynida unitalmas iz qoldirishini. Nigohlarini yana qayta kelin kuyov bo'lmish Ali va Aziza qaratdi. Ular bilan sur'atlarga tushayotgan dadasining hamkori bo'lmish Mustafo va uning rafiqasi Maftunaga havas ila boqib turar edi.... **** Xonada qizning kelin ko'ylagini yechib unga qulayroq bo'lgan oppoq uzun ko'ylak va uning ustidan huddi ko'ylagi kabi oppoq bo'lgan nimchani kiydirishdi. Boshiga do'ppilaridan birini kiydirib oppoq yopinchiqni tashlab qo'yishdi. Qizga bot bot bu tungi bo'ladigan narsalarni o'rgatib kuyov kelganligini eshitib qizning yangalari xonani tark etishdi. Yotoq ustida dir-dir titrayotgan qiz tezda o'rnidan turib qarshisidagi yigitga salom sola boshladi. Uning oldiga ozista yaqinlashib kekgan yigit qizning yuzidagi yopinchiqni ochib tashladi. Bundan qo'rqgan qiz ko'zlarini chirt etib yumib oldi. Uning bu holatini ko'rib yigit miyig'ida kulib yubordi va qizning iyagidan tutib uning kulrang va yashil aralash ko'zlariga boqdi. Iyagidan barmog'i bilan oxista silar ekan sekin astalik bilan qizga yaqinlashib kela boshladi. Yigitning yaqinlashgani sari qizning hayajoni ortib borar. Ko'kragi bir ko'tarilib tushar. Nafas olishi qiyinlashar edi. Oxiri yigit to'xtab qizning quloqlari ostida shirali ovozda shivirladi. -- Bugun juda ham go'zal bo'lib ketding. Seni tanlaganimga hech qachon pushaymon emasman. Seni sevaman Azizam! -- Men ham sizni sevaman Ali aka!...-- qiz nigohlarini yigitga qaratdi. O'ziga yaqinlashib bellaridan quchgan qo'llar va lablaridagi qaynoq taftdan ko'zlarini yumib oldi. Yigit qizni dast ko'tarib uni yotoq ustiga irg'itib yubordi.....Erta tongdan uyg'ongan qiz Yonida suyuklisining yo'qligidan hayron qoldi. Atrofga alanglab qarar ekan xonada uning yo'qligiga amin bo'ldi. O'rnidan turib \"U\" ning har doim kiradigam xonasi tomon yo'l old. Yigit ko'zlarini yumgan holda pioninaning oktavalariga oppoq barmoqlarini qo'ydi. Chuqur uhh tortib ko'zlarini ochdi va sekin astalik bilan chala boshladi. Musiqani shu darajada sokinlik bilan chalar ediki uni tinglagan kishi yanada u musiqani tinglagisi kelar edi... Bo'ynidan o'tkan mayin va oppoq qo'llar sababli yigitning yuzida kulgi paydo bo'ldi va chalishdan to'xtan bo'ynidagi qo'llardan ushlab ulardan oxista bo'sa oldi. -- Sizni sevaman Mustafo!...qizning javobini eshitib uni bag'riga bosdi va uning qulog'iga sokinlik ila -- Men ham!...Maftunam #DILKUSHO Shaharning eng mashxur va o'zining obro e'tiboriga ega bo'lgan oilalarning biri. Bugun shahardagi dagillama to'yxonalaridan birida to'y qilishmoqda. To'yxonaning to'ridan joy olgan kelin kuyovning yuzida aks etgan bu xomushlik hammaning e'tiborini tortdi. Buni sezgan ota onalar ozroq bo'lsada ularning kayfiyatini ko'tarish uchun valsga tushishlarini aytib sahnaga taklif etishdi. To'yxonaning o'rtasida kelgan kelin va kuyov bir biriga nafrat nigohlar ila boqishardi. Qizning bellaridan g'ijimlagudek ushlagan yigit qizni o'zining tumshug'i tagiga olib keldi. Yigitdan bu taqlidda javob olgan qiz noiloj qizning keng va zabardast yelkalariga o'zining nozik va uzun qo'llarini qo'ydi.
Sekin astalik bilan musiqaga mos ravishda tebranishar ekan yigit qizning quloqlari tomonga egilib pichirlay boshladi. --Sendan nafratlanaman! Bu dunyoda tug'ilganingdan ko'ra o'lganing yaxshi edi!--qizga mamnun qarab jilmayib qo'ydi. --Qiz esa ko'zlarida yosh bilan yigitning kulrang ko'zlariga boqdi va unga hech bir so'z demay nigohlarini yerga qaratdi. Bellaridan o'tgan baquvvat qo'llar sabab yigitga qarayman deganida yerdan oyoqlari uzulib o'zini ko'tarib olgan yigitga hayron va hijolatlik qaradi. Yigit unga hech bur so'z demay qizni aylantirdi.Aylantirishdan to'xtab ikkisi ham chuqur chuqur nafas olishar edi. Yigit qizning bellaridan yana qo'llarini o'tqazib qizning peshonasini o'zinikiga tiradi. Ko'zlarini yumgan holda shu turishda turdi. Qiz ham bir so'z demay jim turar edi. Ko'zlarini ochmagan holda yigit qizning oppoq peshonasidan bo'sa oldi va qizni maxkam bag'riga bosdi..... Ularga quvonch ko'zlari ila boqib turgan ota onalar ichida Allohga shukr deb qo'yishdi va qo'llarini duoga ochib uzundan uzoq duolar qilishdi. Boshida ularni kelisha olmaydi deb o'ylagan ota onalar hozirda ularning bu holatini ko'rib juda quvonishdi va ko'zlarida yosh bilan ularga jilmayib qarab turishdi. **** Ro'mol ichida dir dir titrar ekanman. Eshikning ochilib ichkarida kimnidir kirganini sezdim. Sekin astalik bilan oldimga kelib hattoki yuzimdagi rumolim ochilmasidan yuzimga tarsaki kelib tushdi. Iyagimdan ushlangan baquvvat qo'llar sabab yuzimda og'riq sezdim... -- Sendan nafratlanaman Foxisha! Hayotimni barbod qilding!.. Yana bitta tarsaki va boshimdagi do'ppim ham yerga tushib dumalab ketdi.... Bir necha soat oldingi voqeadan ozgina bo'lsa ham ko'nglim yorishgan edi. Lekin hozir undan bu taqliddagi javoblar meni adashganimni isbotladi. Yuzimga kelib tushgan zarba tufayli bir oz gangib qoldim. Qo'lim bilan yuzimni ushlab unga yoshli ko'zlarim bilan boqdim. Uning keyingi achchiq gaplarini tinglash uchun o'rnimdan turdim. --Sening o'lim ketganing yaxshi edi. La'nati! Sendek itdan tarqagan bilan men endi qanday yashayman! Xaromi....seni deb hayotim barbod bo'ldi. Manjalaqi onang sabab sen shu axvoldasan. Endi sening hayotingni do'zaxga aylantiraman..-- shu gaplarni aytib meni oldimga shaxd bilan keldi. Bitta qilib o'rilgan sochimdan changallab ushladi. Shunaqangi qattiq ushlar ediki jonim bo'g'zimga kelar edi. --Sen maraz...iflosni hali boshinga shunday kunlarni solayki. Joningdan to'yib ketganingdan o'zingni o'ldirishgacha borgin. Bu xonadonga kelganing uchun mingdan ming pushaymon bo'lmasang Shoxjahon ismimni boshqa qo'yaman. Ko'zimdan yo'qol va boshqa xonaga chiqib ket manjalaqi!-- yerga irg'itib yubordi va hech bir so'z demay yuvinish xonasiga kirib ketdi. Xona qo'llarim bilan og'zimni yopib yelkalarimni silkib silkib yig'lar edim.Yerda yotgan sariyim va do'ppimni oldim. Holsizgina o'rnimdan turib bu la'nati xonani tark etdim. Tashqariga chiqar ekanman meni hech qanday yangalaru qarindoshlarim yo'qligiga amin bo'ldim. Albattada axir suyukli ammam tufayli mening nomim qoraga chiqdi.Garcha ularga hammasini ro'yi rost aytib bergan bo'lsakda baribir meni yomon otliq qildilar. Avvaldan onamni yoqtirmagan bu ammajonim meni ham azaldan yoqtirmas edi. Oilamni shani uchungina bu to'yga rozi bo'ldim. Bu qarorni o'zim qabul qildimmi endi hammasiga chidab jimgina yashayman! Eshikni sekinlik bilan yopar ekanman orqa tarafimdan ismimni aytishgani sababli cho'chib tushdim. -- Qo'rqmang qizim. Bu menman--bo'lgusi qaynonam menga mexr ila boqib turar edilar. --Qizim...bilaman hozir qanaqa axvolda ekanligingizni.....ozroq sabr qiling bolam. Hammasi yaxshi bo'ladi. Shoxjahon unchalik ham yomon bola emas. Bir oz jizzakiroq va..--keyingi gaplarini eshitmay ularni qattiq quchib oldim va ovozimni chiqarib yig'lay boshladim. Oyijon esa bir so'z demasdilar. Bilardilar o'g'illarining bu ishi menga juda og'ir botganini va meni butkul sindirganini. Bizning xonamiz 3 qavatda joylashgani sababli xonalardan biriga meni oyojinim olib kirdilar. Xonaga
bir nigoh tashladim va oyijon meni ikki kishilik yotoqni ustiga o'tirg'izdilar. Xonaning qanaqa dizayinda yoki qanaqa jihozlanganiga e'tibor bermay qaynonamning pinjiga kirib oldim. O'rilgan va erginamning sharofati bilan to'zg'igan sochlarimni qaynonam avaylab yecha boshladilar. Qo'limda g'ijimlab ushlab o'tirgan sariyim va do'ppimni sekin oldilar. Kaftlarimda sariyimdagi toshlar bilan bezatilgan bezaklar qo'llarimga botib ketgan edi. Shunaqangi qattiq g'ijimlagan ekanmanki hattoki qo'llarimni ayrim joylari qonashga ham ulguribdi. Javon ichidan tungi kiyimni olib meni oldimga qo'ydilar. Sochlarimdan silab yana qayta bag'rilariga bosdilar. Peshonamdan o'pib hech narsa demay xonani tark etdilar. Qaynonam ham sezgan edilar hozirda menga hech qanday dalda yoki biror bir tasalli so'zlar umuman ta'sir qilmasligini. Men boshqalardan doimo shu xislarim bilan ajralib turar edim. Hech qanday tasillarsiz o'zimga kelardim. Menni faqatgina yolg'iz qoldirishsa shuning o'zi kifoya edi. Yotoq ustidagi tungi kiyimni oldim va kiyim oldim. O'zining go'zalligi bilan xonamni yoritib turgan oyga o'ychan termuldim. Deraza yoniga borib uni ochib yubordim. Tashqarida esayotgan mashin shamolni to'yib hidladim. Chuquqr nafas olib chiqarib yana qayta yotog'imga borib oldim. Ustimni yopmasdan boshimni yostiqga qo'ydimu shu turishda uxlab qoldim.... Yam yashil maysazor. Atrofida birgala qip qizil lolaqizg'aldoqlar ochilgan edi. Men esa faqatgina yugurardim. Sochlarim shamoldan huddi bayroqdek hilpirar edi. Men yuzlarimda tabassum ila lolaqizg'aldoqlar ichida yugurar edim. Ismimning aytib chaqirilgani sababli ortimga qaradim va behosdan qoqilib lolalar ustiga yiqilib tushdim. O'rnimdan turmoqchi bo'lganimda kimdir menga qo'lini uzatdi. Qo'llar egasiga qara ekanman negadir uning yuzi ko'rinmas edi. Faqatgina egnidagi zulmatdek qop qora kostyum shim kiygan edi. Uzining qo'llaridan tutdim u esa buni kutib turgandek bir deb meni tumshug'i tagiga keltirib oldi. Kutilmaganda meni maxkam bag'riga bosdi va quloqlarimga bir nimalar deb gapirdi. -- Seni sevaman Farodisam!... Qo'rqinchilik tushdan seskanib uyg'onib ketdim. Yuzlarim va tanamni ter qoplab olgan edi. Chuqur chuqur nafas olib yon atrofga boqdim. Hech kim yo'q. Kechasi qanaqa holatda uxlagan bo'lsam huddi shu holatda edim. Sekingina yotog'im oldidagi shkafchani ustidagi soatga boqdim. Tungi ikkini ko'rsatib turardi. O'rnimdan turib oynalarni yopib qo'ydim. Shamollab qolmay yana har holda men haqimda qayg'uradigan hech kimim yo'q bo'lsa. Qaynonam bor. Hozircha! Balkim u ham mendan jirkanar. Huddi o'g'lidek mendan nafratlanar. Bunisini bilmadim. Bila olmadim.... Erta tongdan turib kelinlik liboslarimdan birini kiydim. Qaynonam men uchun aloxida xona tayyorlatgan ekan. U ham sezgan bo'lsa kerak o'g'lining menga nisbatan nafratini. Hafsalasiz kiyimlarimni kiyib oldim. Kelin libosi menga yarashdimi yo'qmi bu bilan hattoki qiziqmadim ham. Yuzimga hech qanaqa bo'yoq surtmasdan boshimga do'ppimni kiydim va sariyimni qo'limga olib sekin xonadan chiqdim. Zina tomonga yaqinlashib borar ekanman yo'l yo'lakay biror kishi chiqib qolsa salom berishga shoshilib qolmay deb sariyimni boshimga tashlayotgan vaqtim qanaqadir qattiq ammo qaynoq narsaga urulib ketdim. Endigina zinadan yumalab tushaman deganimda bellarimdan baquvvat qo'llar tutib qoldi. Ko'zlarimni chirt yumib olib meni tutib olgan kishini bo'ynidan qo'llarimni o'tkazib oldim. Uning kim ekanligi bilan hattoki qiziqmadim ham. U ham bellarimdan quchib o'ziga yanada yaqinroq tortdi. Chuqur chuqur nafas olar ekanman, yiqilib tushishim haqida qo'rqganim uchun yuragim dukurlab urar edi. Sekin o'zimga kelib begonadan uzoqlashmoqchi edim. Lekin u meni hech qo'yib yuborgisi kelmas edi. Aksincha meni qattiqroq quchib turar bo'ynim va sochim aralash boshini olib borib meni hidlar edi. Bu holatdan hijolat bo'lib tipirchilay boshladim. Har holda men erlik ayolman. Nomaxramlardan uzoqda bo'lishim hattoki ular bilan bitta joyda bo'lmasligim kerak. Bu esa meni quchib turibdi!
--Meni qo'yib yuboring. Bu nima qilganingiz!--mendan sado chiqganligi sababli bu buqasimon gavda meni sekin bo'shatdi. Shunaqa ham baquvvat bo'ladimi nafas ololmay qoldim. --Qoching mendan. Uyalmaysizmi erlikayolga qo'l tekkizgani!--undan yuliqib chiqdim. Boya yiqilaman deganimda manabu buqasifat gavda meni tutib qolganida boshimdagi sariyim yerga tushib ketgan edi. Buqasifatni yuziga ham qaramay yerdagi sariyimni oldim. Bu buqasifat gavda esa hali ham tepamda turar edi. Jahl bilan uning yoqimsiz yuziga qarash uchun nigohimni qaratdim. Qaradimu damim ichimga tushib ketdi. Bu ablax mening erginam SHOXJAHON edi! --Pastgi qavatga tushasanda hammaga salomingni solasan. Keyin esa oyim va dadamlarini aeroportga jo'natib kelamiz. Uch oyga ish bilan chet elga ketishmoqda. Sen esa aqlli xotin rolini o'ynaysan va uningni chiqarmay meni aytganlarimni qilasan-- hattoki menga gapirishga ham qo'ymadiya bu buqasifat gavda. Buyruqlariga ensalarim qotib ketdi. --Tushundingmi?--kulrang ko'zlari bilan menga qahr ila qaradi. Ablax meni qo'rqitishni juda yaxshi biladi! --Ha tushundim....bitta savolim bor edi--yana qayta nigohimni yerga qaratib oldim. Uning ko'zlariga qarab gapirishga juda ham qo'rqaman. Yana meni haqoratlasachi yana ursachi? Har holda u mendan nafratlanadi. Undan har narsani kutsa bo'ladi. -- Gapir faqat tezroq. Hattoki sening ovozingni eshitishni ham oldingda turishga ham nafratlanaman...jirkanaman Uning bu gaplari yuragimning tub tubiga yetib bordi. Bechora yuragim chilparchin bo'ldi. Ko'zimda mavjlangan yoshlarni ko'rsatmaslikka harakat qildim --Nega meni quchib oldingiz....hattoki o'zimdan itarsam ham meni qo'yib yubormadingiz?--sekingina nigohimni yerdan ko'tarib uning kulrang ko'zlariga qo'rqibgina boqdim. U esa menga nafrat ila boqim turar biror bir so'z demas edi. --Senga hisobot berishga majbur emasman. Sendaqa foxishalarga men hisob bermayman. Ovozingni o'chirda tezda pastga tush. Iloji bo'lsa ko'zimga ham ko'rinma! Shu gaplarni aytib zinalardan pastga tushib ketdi. Yuzimni yuvayotgan yoshlarimni artib boshimga sariyimni tashladim va men ham pastki qavatga tusha boshladim. Zinadan tushayotgan vaqtim negadir boshim aylanar edi. --Menimcha kecha yaxshi ovqatlanmadim shunga bo'lsa kerak--o'zimga o'zim gapirib stol atorfida joylashgan \"Oilamga\" ga kelin salom qila boshladim. Hattoki boshimning aylanishiga ham qaramay salom qilaverdim. Ko'zlarimni yumib oldimda salom beraverdim. Qoyil foyda berdi!.. Hammaga salom berib endi boshimdan sariyimni olgan edim oshxona tarafdan bir go'zal qiz chiqib keldi. Ko'rinishidan huddi Shoxjahonga o'xshab ketar edi. Faqatgina u qiz ko'proq qaynonamga o'xshab ketar ekan. Buqasifat gavda esa ko'proq qaynotamga o'xshar edi. Lekin tan olaman qaynotamdan ham rossa kelishgan bu buqasifat gavda. Eyyy nimalar deyapman. Uff negadir miyam ayniyapti meni. Hayollarimni boyagi qizning ovozi tarqatib yubordi. -- Assalomu alaykum hammaga hayrli tong!-- bir qo'lini beliga qo'yib sekin yurib kelar edi. Ha endi tushundim bu qiz homilador ekan! Homiladorlik juda ham yarashgan ekan. Qiziq bu qiz kim bo'ldi? Yana qizga qarab qolganimdan oldimga buqasifat keldi va tishini orasidan menga gapira boshladi. --Anqayib turmasdan tazim qil befarosat--jerkib gapirganimdan ko'nglim ozroq og'ridi lekin unga buni sezdirmay hech narsa demadim va boshimga yana sariyimni tashlab qaynonam bilan quchoqlashib ko'rishayotgan qizga salom bera boshladim. -- Ko'p yashang....baxtli bo'ling....akam bilan qo'sha qarib chirib yuringlar--shu gapni aytib qiqirlab kulib yubordi. Mem ham anqayib sariyim ichidan unga anqayib qarab qolibman. Ha mening ishlamagan bu miyamga endi yetib keldi. Axir bu erjonimning singlisiku. Uning singlisi borligi haqida eshitgan edim. Lekin uning oilasi bilan unchalik qiziqmagan edim. Sababi men bu yerga faqatgin oilamning shani va obro'si uchun kelin bo'lib kelganman. --Qani oyjamolingizni bir ko'raychi--oppoq va nozik barmoqlari bilan yuzimdagi sariyimni ko'tardi.
Menga qaradiyu ko'zlaridan hayratlanish va qo'rquv aks etdi. Shu holida menga hech narsa demay faqat tikilib turdi va hech bir so'zsiz meni maxkam bag'riga bosdi. --Akaaaa--meni bag'ridan chiqarib yuzlarimdan silagan holda erginamni chaqirdi. Men hammaga birma bir qarab chiqar ekanman hamma oldimdagi qizga ko'zlarida yosh ila boqib turishar faqatgina oyijonim o'ksib o'ksib yig'lar edilar. Men hech narsaga tushunmay erimga qarab turar edim. --Soliha! Stulga o'tir!--erginam singlisiga qattiq tikilib buyruq berdi. Soliha! Huddi ismi jismiga mosdek malakdek suqsur qiz ekan. Yuzlaridan nur yog'ilib turadiya bu qizning. Mening bu mening qayniopam bo'lsalar kerak. Erginamning yoshi 26da bo'lsa demak singlisining yoshi 24da! Ohho lekin hech ham 24 yoshga o'xshamaydi. Erginam ham 26 yoshlik yigitga o'xshamaydi. Nima balo bu oilada qarishmaydimi yoki yosharib yurish ular uchun shiormi? --Qani qizim bir erizga egilib egilib salom solingchi--vayy oyijon nima dedilar hozir. Men bu buqasifat gavdaga salom beramanmi? Bundan ko'ra o'zimni to'rtinchi qavatdan tashlasam yaxshiku! --Sening salominga zor emasman. Hattoki sening salom berishing ham jirkanchlikdek. Tezda salomingni berda ko'zimdan yo'qol!--erim qulog'im oldiga kelin shu so'zlarni aytdi va to'g'rimda turib menga buyruq berdi. --Salomingni ber tezroq. Men nonushta qilmoqchiman. Bu imillashingda ertaga salom berasan shekilli--qoyil tasanno...yana ko'nglimni og'ritishni epladi. Ha to'g'ri qiladi. Axir men shu narsalarni bila turib bu yerga keldimku. Endi hammasiga chidayman. Hech bo'lmaganda bu hayotdan to'yib o'zimni o'ldirib qo'ymagunimgacha! Ko'zlarimda paydo bo'lgan yoshlarni sariyim ichiga berkitdim. Lablarimni pastki qismini qattiq tishlab sekin salom bera boshladim. Oldimdagi qayniopam negadir mendan uzoqlashishni xohlamaygina stol atrofiga borib joylashdi. Men esa salom solishni davom etaverdim. Erimga salom berayotganimda boshim yana aylanishni boshladi. Ko'nglim ham ayniy boshladi. Hech bunaqa bo'lmagan edim. Balkim bu....yo'q o'ylashga ham qo'rqaman. Yo'q boshqa chiday olmayman. O'zimni erginamni bag'riga tashlab yubordim. Oxirgi eslaganim erjonim yuzimga o'ralib qolgan uzun sariyimni olayotgani edi... ******** Yuzlarimga sepilayotgan muzdek mayda narsachalar sababli ko'zlarimni xohlamaygina ochdim. Yon atrofga boqar ekanman o'zimni xonamizda ko'rdim. To'g'rirog'i uning xonasida. O'ng tarafga qarar ekanman menga nafrat ila boqib turgan erimni ko'rdim. Xonada faqatgina ikkimiz bor edik xolos. -- Sen nega ovqatlanmasdan yuribsan? Yoki uyda men senga ovqat bermay itni kunidek boqayapmanmi? Nima endi sening ovqatlanishingni ham men nazorat qilib turishim kerakmi. Shu darajada yosh bolamisan o'zing ovqatlana olmaydigan?-- qo'lidagi idishdagi suvni yuzimga sepib yubordi. -- Bu nima aqldan ozganmi? O'zicha nimalar deyib tashlayapti. Yana qanaqa ovqat bermaslik. Qanaqa yosh bolalalik. Buni nima yoshi o'tgani sayin aqli kaltakashib borayaptimi? --Nega jimsan. Senga gapiryapman--iyagimdan shunaqangi qattiq ushladiki. Yuzimni yulib olay dediya. --Kech.i.ri.ng--og'riqdanmi yoki holsizlikdanmi bilmayman zo'rg'a shu so'zni ayta oldim. Yuzimni siltab qo'yib yubordi va eshigi oynadan bo'lmish tashqi tarafida yam yashil bog' tasvirlangan ko'chaga qaradi. Qo'llarini cho'ntagiga solib yana usha qahrli ovozda gapira boshladi. --Shifokor seni tekshirdi. Kamqonlik va holsizlik senda oldindan bor ekan. Ko'proq ovqatlanishing va dam olishing va vitaminlar ichishingni aytib ketdi. Hozir esa o'rningdan tur va xonamdan yo'qol. Sening xaromga botgan tanang mening xonamni rasvo qilmoqda. Dorilaringni xizmatchilar xonanga olib borib berishadi. Hoziroq yo'qol!--yuzimni yuvib bo'lgan ko'z yoshlarimni artib sekin o'rnimdan turishga harakat qildim. Yo'q nega bo'lmayapti. Iltimos tanam menga quloq solinglar. Hozir bu xonadan chiqmasam u meni yana haqoratlab mengaozor beradi. Yo'q yo'q men bu narsalarni
xohlamayman. Men boshqa chiday olmayman. Bu xonadan chiqishim kerak lekin qanday? Shu darajada abgor axvolga kelaman deb hech ham o'ylamagan edim. Hozir esa faqatgina o'zimga va taqdirimga achinib yig'layapman. Sekin kravatning bir uchidan ushlab turishga harakat qildim. Holsizlikdanmi nimadan bilmayman ovoz chiqarib yig'lab yubordim. Shundagina erginam men tarafga boqdi. Yana ko'z oldim qorong'ulashib yiqilishimga oz qolganida u meni yana takror tutib oldi. O'zimni tashlab yuborar ekanman bor og'irligimni unga tashladim. Hattoki uni quchishga ham qo'llaridan ushlashga ham...o'zimdan itarishga ham kuchim qolmadi. U mening belimdan maxkam ushlab oldi. Bo'ynimda uning qaynoq lablarini his qildim. Menimcha u meni tutaman deb bo'ynimda yuzi tegib qolgan bo'lsa kerak. Belimdan yanada maxkamroq quchib bo'ynimga qaynoq lablarini bosdi. Yo'q menga teginmasin....menga yaqinlashmasin....yana o'sha tun yodimga kelaveradi. Azoblanganim ko'z oldimda gavdalanaveradi.. --Iltimoss....menga...teginmang.....yolvoraman....teginmang--o'zimdan itarishga qancha harakat qilmay qo'llarim menga bo'ysinmas edi. Ikki tomonga yoyilib yotar edi. Hech narsani sezmas edim. Faqatgina eshitaman va ko'ra olaman... Erginamga yana bir bor yalina boshladim. O'sha tundagi ishlari mening ongimga o'rnashib qolgan edi va undan yanada battarroq qo'rqishimga sababchi bo'lar edi. Ha men undan juda ham qo'rqaman. U tun men uchun rostmanasiga daxshatli kun edi. Har eslaganimda menda qo'rquv va titroqlik....qulog'imda esa uning gaplari aylanar edi... --Akaa....Farodisaga nima qildi?--eshikdan kirib kelgan qayniopam biz tomon shoshilib keldi. --Holsizligi sabab o'rnidan tura olmayapti. Tursa ham halicha holsizlik tarqalmaganligi sababli yura olmayapti. Bu safar erginam meni qo'llarida dast ko'tarib oldi. Uning kulrang ko'zlariga qarab turar ekanman yana atrofni zumlat qoplay boshladi. --Akaaa.....Farodisa \"U\"nga juda o'xshab ketar ekan. Farodisaga qarab uni ko'rgandek bo'ldim. Huddiki uni avvalgidek yana oldimda tasavvur qildim-- yo'q bo'ldi boshqa hech narsa eshita olmayman. Singlisi gapirsa ham mendan nigohini uzmagan erginamga qarab turar edim. Oxiri ko'zim yumila boshladi va boshimni shilq etib ortga tashlab yubordim. Menimcha yana do'ppim yerga yumalab ketdi. Oxirgi eshitganim aka singilning mening ismimni baqirib aytishgani edi..... Yoshligimda dadam oyim uchun doim bir qo'shiqni xirgoyi qilib aytar edilar. Dadamning ovozlari shunaqangi yoqimli ediki oyim tugul men ham bu ovozga maftun bo'lar edim. Kichkina bo'lishimga qaramay hali hamon bu qo'shiq esimda edi. Dadam meni tizzalariga o'tirg'izib sochlarimdan silab menga qarab usha musiqani hirgoyi qilar edilar. Oyim esa bizni chekkada yuzlarida tabassum bilan kuzatib turardilar Qaro tunning bag'rida Yorug' hayol qanday hush Bu dunyoda bir qiz bor Yostig'ining yarmi bo'sh Qora sochi...jamalak Qaro zulfi qayrilgan Uning guldek hayol Shabnamlarga chayilgan... Dadam sochlarimni silagan holda shu musiqani doim aytar edilar. Hozir ham kimdir sochlarimga barmoqlarini yurgazmoqda. Lekin bu kim ekan? Hozirda men tush ko'rayotganimni bilsamda hech uyg'onishni istamas edim. Bolalikdagi xotiralarim shu qadar ajoyib ediki. Bu ta'riflab bera olmayman. Ayniqsa oyim va dadamning bir biriga bo'lgan sevgisi meni doim lol qoldirib kelgan. Men ham katta bo'lganimda huddi ulardek baxtli bo'laman deb o'ylagan edim.
Ehhh qani edi bu shunchaki hom hayol ekanligini bilganimda. Balkim bunaqa orzu havaslar qilmas edimmi? Dadam va oyimning munosabatlari hech qachon yomon bo'lmagan. Aqlimni tanibmanki dadamning onamga qattiq gapirganlarini eshitmaganman. Faqat ularning bir-biriga sevgi to'la muhabbat ko'zlari bilan bir biriga boqishlarini ko'rar edim. Lekin hozirchi....onam haqida aytilgan bu gaplarchi....men bu so'zlarga aslo ishonmayman....mening onam yomon ayol bo'lmagan....bo'la olmaydi ham... Sekin asta ko'zimni ochar ekanman xonaning yorug'ligidan ko'zlarim qamashib ketdi. Yorug'likdan ko'zlarimni chirt etib yumib oldim. Va yana sekinlik bilan ochdim. Tepamda sochlarimda qo'llarini bir maromda yurg'izayotgan qayniopamni ko'rdim. Mening ko'zlarimni ochganimni ko'rib xursand bo'lib ketdi. Nahot meni bu uyda yaxshi ko'radigan insonlarim bo'lsa. Faqatgina mening erjonimdan boshqa hamma yaxshi ko'rsa kerak. Sekin yon atrofga qarar ekanman xonada ikkimizdan boshqa hech bir zot yo'qligiga guvoh bo'ldim. Sekin astalik bilan o'rnimdan tura boshladim --O'rningizdan turib yotmang....yotavering--qayniopajonim buncha menga mehribon bo'lmasa. Boshimni silkib\" hop\" ishorasini qildim --Ancha yaxshimisiz? Hech qayeringiz og'rimayaptimi? Biror nima kerakmi? Bilaman juda ko'p savol berib yubordim--qayniopam qo'llarimdan maxkam tutib oldilar. Ularning issiq tafti mening muzdek qo'llarimga hush yoqar edi. --Men....uzr...bu shunchaki --Bilaman Farodisa....bunda sizning hech qanday aybingiz yo'q. Siz hech ham tashvishlanmang hopmi?-- vooo ajab. Buncha yaxshi bo'lmasa bu qiz? --Yuring ovqatlanib olishingiz zarur. Sizga kuch kerak aks holda kasal bo'lib qolasiz. -- Hech narsa yegim kelmayapti opa--qornini ushlab o'rnidan qiyinchiliklar bilan turgan qayniopamga gapira boshladim. Kasal bo'lib o'lganim yaxshiroq menimcha. Ota onamni yuzini yerga qaratib yashagandan ko'ra o'lib ketganim yaxshiroq edi. Har holda erjonim ham buni jon jon deb istasa kerak...yo'q kerak emas istaydi desak to'g'riroq bo'ladi. -- Bu nima deganingiz....qani tez o'rningizdan turingchi--qayniopamning bu gaplariga yo'q deya olmadim. Har holda homilador ayol bo'lsa. Agar pastga tushishni istamasam shaxsan o'zlari ovqatni bu yerga olib kelib menga yedirishlarini aytdilar. Noiloj ko'ndim. Har holda og'ir oyoq ayolga ish qildiradigan darajada befarosat emasman. Xonaga ko'z yugirtirar ekanman. Qayniopam kimni qidarayotganimni bilib menga tabussim ila boqdilar. -- Akam dadam va oyimni aeroportga junatgani ketdilar--dedi. O'ziga yarashgan tabassum bilan. --Voy xudoyim! Oyijon va dadajonni bugun kuzatib qo'yishimiz kerak ediku. Qanaqa axmoq qizmana. Axir aytgan edilarku birga kuzatamiz deb...men esa bu yerda yalpayib yotibmana!-- o'rnimdan turib uvossolib yig'lay boshladim. Qayniopam esa qiqirlab kula boshladi. Tovbaaa bu qizga kulish buncha yarashmasayaa. --Voy soddagina kelinimdanaaa. Akam shaxsan o'zlari sizni dam olsin...ularni o'zim kuzatib kelaman deb ketdilar!--menga faxr bilan akasining gapini aytar ekan. Ko'z oldimda uning bugun menga xaqoratlik so'zlarini aytishini keltirdim. Singilisiga bunaqa gaplarni aytgani bilan baribir aksini qiladiganlar hilidan u. Demakki kechga haqoratlar va kamsitilishlarga tayyor turishim kerak ekan. Hursingancha ko'z yoshlarimni artib tashladim va Soliha opamga o'zimga qarab keyin chiqishimni aytdim. Soliha opa ham ko'p kuttirmasdan xonadan inqillab chiqib ketdilar. Qornilarining kattaligiga qaraganda...menimcha bolakay 8 yoki 9 oylik bo'lsa kerak. Hayollarimni tarqatib tezda uning xonasidan chiqib ketdim. O'zimning xonamga borib tezlikda shkafim tomon bordim va ichini ochib kiyim tanlay boshladim. Ichidan qon kabi qip qizil uzun adras ko'ylagimni oldim. Unga monanad qip qizil toshlar bilan bezatilgan do'ppimni va sariyimni oldim.
Tezda yuvinish xonasiga kirib yuz qo'llarimni yuvdim va o'zimga makiyaj qilishga tushdim. Meyorida qilingan pardozimdan so'ng tezda kiyimlarimni kiyib oldim. Orqamdan tushib turadigan uzun sochlarimni esa bitta qilib pastdan o'rib oldim. Boshimga do'ppimni taqib oldim. Labimga esa kiyimimga monanad qizil lab bo'yog'idan surtdim. Va tezda xonadan o'q misoli uchib chiqdim. Zinalardan pastlab oshxona tarafga o'tdim. Soliha opa menga o'tirishimni aytidilar. Qayniopa va kelin birgalikda ovqatlandik. Soliha opa menga kam yeyishimni huddi chumchuqqa o'xshab cho'qalashimni aytib rossa ustimdan kuldilar. O'zlarini esa ikkita portsiya idish to'la ovqatni bo'shatsalar ham hech to'ymasliklarini aytib rossa kuldilar. --Bilasizmi Farodisa...ba'zida qornimdagi bolamni egizak deb o'ylayman--dedilar menga quvonch to'la nigohlar bilan. --Voy...unda qornigizdagi egizaklarmi opajon?--egizaklar qanchalik ajoyib --Yo'q...egizaklar emasda....lekin egizak bo'lishini juda ham xohlardim--deya qiqirlab kula boshladilar. -- Nasib egizakchalar ham olib kelarsiz--qaynoq qo'llariga o'zimning muzdek uzun barmoqlarimni bosdim. --Nasib qilsa albataa....--ikkinchi qo'llari bilan barmoqlarim ustiga bosdilar. Kech tushdi hamki erjonimdan darak yo'q edi. Soliha opani esa erlari uyga olib ketdi. Menga bir o'zingiz qo'rqmaysizmi deb qancha so'radilaraaa. Sanab sanog'iga yeta olmadim chamasi. Qo'rqmasligimni...uyda qo'riqchi va xizmatchilar borligini aytib junatib yubordim. Darvoza tagida ularni kuzatar ekanman...endigina uyga kiraman deganimda buqasifat gavdam o'zining qop qora BMW rusimidagi mashinasida keldi. Olifta o'zicha chet elning moshinasida yurishiga o'laymi. Mashinadan tushib kalitni xizmatchiga berdi va mening bilagimdan qattiq ushlab uy tomon yetaklay boshladi. Xonamiz...to'g'rirog'i xonasi tomon ketar ekanmiz yuragimni g'ul g'ula bosa boshladi. Menimcha tushdagi o'ylagan hayollarimga tayyor turishim kerak. Xonaga kirishimiz bilan meni siltab yubordi va eshikni dars etib yopdi. Yuzimdan g'ijimlab ushlab oldi. Kaftlari orasida mening ingichka va kichkina yuzim ko'rinmay ham qolgan bo'lsa hech gap emas! --Sen manjalaqiga men nima degan edim....dadam va oyimni bugun kuzatamiz deganmidim....sen esa o'zingni kasalga solib yolg'ondakam rol o'ynadingmi?--yuzimga qattiq tarsaki tushirdi. Uning bu tarsakisidan yuz tuban yerga yiqildim. Qo'llarimni sekin yuzimga olib borib qo'yar ekanman. Barmoqlarim nogoh qanaqadir suyuklikka tegib ketdi. Menimcha labimni cheti yorildi. --Bugundan bu xonadan umuman chiqmaysan....ESHITDINGMI MENI. SENING BU TURQINGNI UMUMAN KO'RISHNI XOHLAMAYMAN. TEZROQ O'LIB KETSANGU MEN SENDAN QUTILSAM. MING LA'BAT BO'LSIN SENGA. SENI DUNYOGA KELTIRGAN ONANGA LA'NATLAR BO'LSIN!!! Yo'q bo'ldi bu so'zlari ortiqchalik qildi. Bilmayman qayerdan menga bu kuch keldi shart turib yuziga tarsaki tushirib yubordim. --Aslo.....aslo mening onam haqida bunaqa gaplarni gapira ko'rmang!--ko'zlariga qarar ekanman menga huddi o'ldirib qo'ygudek boqar edi. Yuzimga yana bir tarsaki kelib tushdi. Bu safar hattoki atrofga qarashga ham ulgurmadim. To'xtovsiz tarsakilar va tepkilar sabab hattoki nafas ham ololmay qoldim. --SEN KIM BO'LIMSANKI MENGA TARSAKI TUSHIRASAN AAAAAA. FOXISHANING FARZANDI.....HAMMASI SENING ONANGNI DEN BO'LDI.....SENING ONANG SABAB U O'Z JONIGA QASD QILDI.....MENI MALAGIM MENI BUTUNLAYGA TASHLAB KETDIIIII Yana bitta oyog'imga tepilgani sababli hattoki qimirlay ham olmadim. Og'zimdan otilib chiqgan qon yerga to'kila boshladi. --Bugundan bu xonadan aslo chiqmaysan...tushundingmi meni!--shu so'zlarni aytib xonadan chiqib ketdi. Birozdan so'ng xizmatchimiz Sora opa ko'zlarida yosh bilan menga yordam berdilar. O'rnimdan turg'azib kravatim tomon yetaklay boshladilar.
Yotog'imda yotar ekanman shiftga hissiz termulib yotar edim. O'z-o'zimdan kula boshladim. Nima dedi mening Malagim dedimi? Onang sabab dedimi? O'z joniga qasd qilgan dedimi? Uning gaplarini eslab faqat telbalardek kular edim. To'xtovsiz kulaverib oxiri og'zimni qo'llarim bilan yopib oldim. Ko'zlarim yoshlanib yon atrofga qo'rqib nazar tashladim. Va endi yig'lay boshladim. Faqatgina og'zimdan qo'llarimni olmasdan yig'lar edim. Sora opa ham sezdimi meni sekin ushlamoqchi bo'ldi. Menimcha taskin bermoqchi bo'ldilar. Qo'rqqanimdan yotog'imdan teparoqqa chiqib oldim. Huddiki hozir meni uradigandek tuyilaverar edi. --Men Shoxjahon emasman Farodisa xonim. Men Soraman...mendan qo'rqmang iltimos..--Sora opa ko'zlarida yosh bilan menga achinib qarar edilar. Shundagina Sora opani qattiq quchib oldim va baqirib yig'lab yubordim. Menimcha men telbaga aylanib borayapman. Ha huddi shunday. Meni aynan u telba qildi... Hozirgi kun... Tizzalarini quchib turgan o'ng qo'lini kaftlari orasidagi oppoq bir narsaga qarar ekan. Kaftini maxkam g'ijimladi. Alam bilan yana bir bor qo'lidagi narsaga qarar ekan undagi ikkita chiziqchalarni ko'rib bu safar ovoz chiqarmay yig'lay boshladi. 15 daqiqacha shu holda turdi. Eshikning uch martta taqqillashidan o'ziga kelgan qiz nigohlarini eshikka qaratdi. Ko'z yoshlari qo'llari bilan artib tashladi va bo'g'iq ovozda \"kiring\" dedi. Eshikning qulfi shilq etilganidan sergaklangan qiz nigohlarini yana qayta derazaga qaratdi. Ichkariga kirib kelgan xizmatchi salom berib qiz uchun tayyorlagan nonushtani stol ustiga qo'ydi. Qizga achingan nigohlari bilan raqab jimgina xonani tark etdi. Eshikning qulflanganini eshitgan qiz nigohini eshik tarafga qaratdi. -- Ustimdan qulflab ketishar ekan nega eshikni taqqillatishadi aaa.....men bu yerda jinni bo'lib qolaman.....jinni.....-- qiz yana tizzalarini quchib oldi. Mana bu uyga kelganiga ham 2 oydan oshgan bo'lsa ham biror martta shu xonadan tashqariga qadam ranjida qilmagan edi. To'g'rirog'i uning chiqishiga ruxsat berishmas edi. Bu buyruqni uning suyukli \"Eri\" agarda eri deb tan olsa! U bu buyruqni qizning uyga kelin bo'lib kelgan kuniyoq bergan edi. Qiz bechora ham og'ziga talpon solgandek jimgina \"hop\" deb quya qoldi. Qiz urnidan turar ekan stol oldidagi kursiga omonatgina joylashdi. Endi u ko'proq ovqatlanishi kerak. Sabibi vujudidagi bu mitti loviyachasini avaylab extiyot qilib parvarishlashi kerak. Qo'llarini qorni ustiga olib borib sekinlik bilan uni silay boshladi. -- Meni kechir bolam.....kechirgin meni....seni dunyoga keltirishni juda ham istayman....lekin sening otang \"U\" ekanligini o'ylasam sendan va o'zimdan nafratlanib ketayapman. Qani edi ushanda onamning aytganlarini qilib uyda o'tirganimda edi.....balkim bu ishlar bo'lmasmidi? Hammasiga u aybdor....meni badnom qildi....mendan butun boyligimni tortib oldi....undan nafratlanaman.....xazar qilaman undan.... Ko'cha tarafga oynadan boqar ekanman. Bu xonadan chiqmaganimga ham ikki oy bo'lib qolganini sezmapman ham. Qo'llarimni qornimga olib borib sekin ustiga qo'ydim. Ajoboo bu ne mo'jiza bo'ldiki men uni hozirdan his qilmoqdaman. Allohimning yaratgan bir mo'jizasi shu bo'lsa qolganlariga nima der ekanmana. Ancha vaqtgacha ko'nglim aynib boshim aylanib yurar edi. Bu shunchaki siqilish va holsizlikdan deb o'ylar edim. Lekin bilmasdimki homilador ekanligimni. Hattoki qornimdagi bolam ham bir oylik bo'lgan ekan. Nahot shu vaqtgacha men buni sezmadim? Agarda shifokor kelib meni tekshirmaganida balkim uning borligini ham bilmasmidim? Hozirda eng qizig'i Shoxjahonning bu habarni eshitib qanday qaror chiqarishiga bog'liq....
Uni ham ko'rmaganimga ikki oy bo'ldi. Oxirgi martta uni meni kaltaklab xonadan chiqib ketganida ko'rgan edim. Hattoki xizmatchilardan ham u haqida biror martta bo'lsa ham so'ramadim. So'rashni istamadim. U endi men uchun hech kim. Shunchaki qog'ozdagi erim. Mening hayotimning barbod bo'lishiga sababchi bo'lgan ablax! Chuqur chuqur nafas olib chiqardim va qo'limni qornimdan oldim. Bir oyligi sababli uncha sezilmaydi ham. Lablarimda tabassum yugirdi. Men endi faqat bolajonim uchun yashayman. Faqat uni deyman... Ota onamni ham ko'rmaganimga ikki oy bo'lib qoldi. Ularni shnaqangi sog'indimki buni ta'riflab bera olmayman. Dadam to'yim kuni qulog'imga aytgan gaplari hali hamon esimda. --Meni kechir qizim....lekin endi men seni ko'rgani hech qachon bormayman. Agarda meni aytganimni qilib unga turmushga chiqmasang edi....qani edi bizni o'ylab...--dadam boshqa gapira olmadilar. Ko'zlarida yoshlari mening oppoq libosimga kelib tushdi. --Sendan aslo voz kechmayman....sen uchun eshigim doim ochiq qizalog'im--peshonamdan o'pib menga oq fotixa bergan edilar. Dadamning bu so'zlaridan shuni bildimki ular bu xonadonga aslo qadam ranjida etishmaydi. Meni ko'rishmoqchi bo'lishsa faqatgina men o'z ota uyimga borib ko'rishishim mumkin. Ularni juda ham sog'indim.... Hayol surib o'tirar ekanman eshigim sharaq etib qattiq ochildi. Cho'chib ketganimdan bir uchib turdim. Eshikdan vajoxat bilan Shoxjahon kirib keldi va bilagimdan qattiq siqib oldi. --Aslo!....Aslo menga bu bola sendan deb ayta ko'rma! Eshitayapsanmi....aslo menga bu xaromingni tiqishtira ko'rma. Men sendan bo'lgan bolani aslo tan olmayman....xohlasang jni oldirib tashla yoki o'zing boqib ol. Men sen bilan tez orada ajrashaman. Sen bilan birga yashash men uchun isnod. Sening yuzing tugil bitta uyda nafas olishga ham jirkanaman!--nechi oy deganda endi ko'rib turganimgami yoki hozirgi gaplarigami bilmayman karaxt axvolga tushib qoldim. Ko'zlarimdan marjon yoshlar oqib uning bilagimni siqib turgan qo'llariga kelib tushdi. Uning kulrang aralash ko'zlariga boqar ekanman hech bir so'z demas edim. Deya olmas edim ham. Negadir hozir jimlik rejimida kirib qolgandekman. Nahot inson shu darajada berahim bo'lsa? Axir bu murg'ak hattoki bu dunyo yuzini ko'rmagan bolajonimni u tan olmasa? Nahot o'zidan bo'lgan bolani xaromi desa? Ko'zlariga qarab so'z so'z ko'z yosh to'kar ekanman bilagimni siqib turgan qo'li bo'shashdi. Bo'sh qo'li bilan yuzim tomon harakatlantirar ekan u yana menga tarsaki tushiradi deb seskanib bir qo'lim bilan yuzimni ikkinchisi bilan esa qornimni to'sib oldim. Ko'zlarimda esa faqatgina qo'rquv bor edi. Bilmadim negadir hozir u meni yana kaltaklaydi degan o'y hayollar keldi. Mening bu harakatimdan u hayron qoldi va sababini o'zi ham tushundimi qo'llarini pastga tushirib musht qilib oldi. Menga so'zsiz tikilib turdi. Uning bu qarashlarida biror nimani anglash mushkul edi. Huddi shu holatda xonadan so'zsiz chiqib ketdi. Uning ketidan esa Sora opa kirib keldilar. Ikki oy ichida u kishi bilan opa singildek bo'lib ketgan edik. Sora opamni tezda quchib yig'lay boshladim. --U...u....bolani tan olmadi......menga xaromingni tiqishtirma dedi.......bolamni xaromi dedi...... -- Tinchlan.....tinchlan....senga asabiylashish mumkin emas--u meni ovutmoqchi bo'ldi lek hech qo'lidan kelmas edi. Borgan sari holsizlanib borar edim. Qornimda ham qanaqadir og'riqlar paydo bo'la boshladi.... --MENING BOLAM XAROMI EMAS!!!!.....shu so'zni aytdimu og'zimdan otilib chiqgan qon sabab huddi jinni kabi baqirib kula boshladim... Bu endi nima bo'ldi? Nega aynan menga bu azoblar atalgan. Nega hamma yomonliklar faqat men uchun. Nega...nega? Sora opa tezda meni yuvinish xonasiga olib kirdilar. Yuzim va qo'llarimni yuva boshladilar. Og'zimdagi qonning izlarini endi yuvaman degandilar yana qon kela boshladi. Sora opa esa menga qo'rqib qaradilar va tezda yuvinish xonasidan uchib chiqib ketdilar. Qayerga ketdilar bilmayman
lekin men yana xolsizlana boshladim. Qo'limni qornimga olib borib yig'lay boshladim. --Iltimos bolajonim....meni tashlab ketma....yolvoraman meni yolg'iz qoldirma...iltimos...Yo Alloh nega meni buncha sinamasang. Nima gunoh qildimki menga buncha azoblar bermoqdasan. Yolvoraman allohim meni farzandimdan ayirma.... Yerga cho'kkalab o'tirib qoldim. Xonada havotir bilan Shoxjahon uchib kirdi. Menga qo'rquv ila boqib shartta ko'tarib oldi. Uning ko'ksiga yuzim tegar ekan faqatgina yig'lab yolvorar edim. --Iltimos Shoxjahon aka....bolam tirik qolsin....Unga hech narsa qilasin...iltimos--Sora opa tezda bizning oldimizga kelib mening og'zimdagi qonlarni arta boshladilar. Shoxjahonning oppoq kiyimi alvon rangga bo'yalgan edi. Uning bo'ynidan qattiq quchib yolvora boshladim. -- Jon Shoxjahon aka..yolvoraman bolam tirik qolsin. Nima desangiz hammasini bajaraman. Hattoki bu uydan ham ketaman meni umuman qaytib ko'rmaysiz. Iltimos faqat bolam o'lmasin. Unga hech narsa qilmasin-- u menga tikilib qoldi va ko'targan holida qattiq quchdi. --Havotir olma. Bolamizga hech narsa qilmaydi. Men bunga aslo yo'l qo'ymayman--uning bu so'zlarini tinglab bir ko'nglim xotirjam bo'lsa yana uning boyagina aytgan gaplaridan ikkilanar edim. U huddi bahor havosidek o'zgaruvchan. Zinalardan yurib emas sakrab tushgan erim meni tezda mashinaning orqa tarafiga joylashtirdi. O'zi esa meni qo'yniga olib quchib oldi. Haydovchiga tezroq shifoxonaga haydashini aytib menga havotirli boqdi. --Sen havotir olma. Bizning bolamizga hech narsa qilmaydi. U albatta tirik qoladi--sochlarim ustiga labini bosib meni qattiq quchib oldi. Qo'limni qornimga olib bordim. Va uning ko'ksiga sekin boshimni qo'ydim. Uning bag'ri shu darajada qaynoq ediki. Moydek erib ketish hech gap emas. Men ham hech narsaga e'tibor qilmay uni quchib oldim..... Mashinaning keskin tormoz berib to'xtaganiga bir qalqib ketdim. Yaxshi ham erginam belimdan maxkam ushlab olgan ekan. Aks holda bilmadim mashinaning saloniga koptok misol yumalardimmi? Erginamning nafas olishi shundoqqina qulog'imning ostidan eshitilib turar edi. U hammaga o'xshab bir tekisda nafas olmas aksincha juda tez olar edi. Mashinadan tushib meni qo'lida dast ko'tarib oldi. Va shifoxona taraf kirib bordik...... --Singlim havotir olmang buning hech qanday yomon joyi yo'q. Tekshiruvlar natijasiga qaraganda sizning burningiz qonagan. Va siz bilmay uni ichingizga yutavergansiz. Meningcha yo asabiylashib buni sezmagansiz yoki shunchaki burnimdan suv kelmoqda deb e'tibor qilmagansiz-- shifokorning so'zlarini tinglar ekan sekingina Allohga shukr deb qo'ydim. -- Lekin qon juda ko'p miqdorda keldiku? -- Ha burningiz ancha vaqtgacha qonagan lekin buni siz sezmagansiz Farodisa xonim. Turmush o'rtog'ingiz bilan ham ko'rishishim kerak sizga ba'zi dorilar kerak. Juda holsiz va nimjonsiz. Bu bolaga ta'sir qilishi mumkin--ko'zoynagini yechib stulga joylashib oldi. --Erimga aytishingiz shart emas. Nima dorilar kerak bo'lsa menga aytavering!-- o'rindiqdan sekinlik bilan turib shifokor ayolga qaradim. Uning menga hayratla boqishi kulgimni qistadi. Nima qilay erimni men bilan hattoki qornimdagi bola bilan ham ishi yo'qku! Bir necha sekundlar oldin paydo bo'lgan jilmayish tezda yo'qoldi va yana usha mungli nigohlarim paydo bo'lgan bo'lsa ajab emas!! -- Erimni ovora qilishni istamayman. Shunga shunaqa degandim--yolg'ondakim jilmayib qo'ydim. --Ha unda mayli. Men o'ylabmanki eringizni siz bilan ishi yo'qmi deb. Aksincha sizdek ayollarga medal bersa arziydi. Erini ovora qilishni istamaydiganlar hozirgi vaqtda kamdan kam uchraydi... Shifokor ayolning so'zlariga shunchaki jilmayib qo'ydim. O'rnimdan turaman deganimda ichkariga erginam kirib keldi. Va shifokordan mening axvolim haqida so'radi. Meni olib kelgunicha telefoniga qo'ng'iroq bo'lgani sababli men bilan kirishi shart emas deb aytgan edim. Gaplashib bo'lgan bo'lsa
kerak mana qaytibdi... Erginamga ham huddi menga aytgan gaplarni takrorlagan shifokorga rahmat aytib endigina o'rnimdan turib yurganimni bilaman boshim negadir aylanib ketdi. Tezda oldimdagi stullardan birini ushlab oldim. --Yaxshimisan?...Shoxjahon oldimga havotir bilan keldi. -- Nega uning boshi aylanyapti?-- voy mengina ulayyy u hozir men haqimda so'rayaptimi? Adashmadimmi? Laqatir quloqlarim anniq eshitdimi bu gaplarni? Ko'zlarim nihol katta katta ochilib erginamga qarab qoldi. --Aytdim-ku. Rafiqangiz juda nimjon va holsiz deb. Shuning ta'sirida bosh aylanishi yuz beradi. Unga tezroq vitaminlar va shunga boy taomlar istemol qilishi kerak! Shoxjahonninh nigohi hiyol men tarafga boqildi. Uning ko'zlarida aks etgan havotirli nigohlarni ko'rib bir oz dovdirab qoldim. E'tibor bermagan ekanman unga qaraganimda hali ham shu holatda ekanligimni endi angladim va tezda ko'zlarimni undan olib qochdim. O'rilgan sochlarimni ortga tashlab uzun ko'ylagimni etagini ko'tarib endi yurishimni bilaman yana qayta uning bag'rida paydo bo'lib qolganimdan bir oz uchib tushdim. --Qo'rqmasangchi!....uning bu gapidan ham qo'rqib qoldim. O'zi uning har bir nigohi va qarashlari. Og'zidan chiqgan har bir gapidan juda qattiq qo'rqaman! Shifoxonadan chiqar ekanmiz hammaning ko'zi menda edi. Hech kimga e'tibor bermay ketayotgan buqasifat gavdaga qarar ekanman. Huddiki patni ko'tarib ketayotgandek meni ko'tarib yurar edi. Uning ham ko'zlarini menga qadalganini ko'rib yuzlarimda qizillik yugurdi. Ko'zlarimni pastga qaratib oldim. Bo'ynidan qo'llarimni tezda tortib oldim. Sharmanda boyadan beri bo'ynidan quchib olganimnichi? Nega o'zi ham indamadi bunga? Qo'llarimni qornimga olib borib uni quchib oldim. Hayriyat bolajonim men bilan. U meni tashlab ketmadi! Hayollar og'ushida yurar ekanman Shoxjahonninh bir silkinishidan qanday qilib bo'ynidan quchib olganimni bilmay qoldim. --Maxkamroq ushlab ol-- nega u miyig'ida kulayapti? Yoki birorta kulgulik ish bo'ldiyu men ko'rmay qoldimmi? Uyga kelishimiz bilan men tezda xonamga yugurib chiqdim. Menga uning yana ko'tarib chiqaymi deb ensa qotirishlari rosti ko'nglimni og'ritdi. Nima men unga meni ko'tarib yur deb yalindimmi? O'ziku meni hech nima demay dast ko'tarib olgan. Xizmatchining eshikni taqillatishidan hayollarimni bir yerga yig'dim va ko'zlarimdagi mavjlanishga ulgurgan ko'z yoshlarimni artib tashladim. --Farodisa qizimm --Voy... Assalomu alaykum oyijon. Yaxshimisiz-- eshikdan qaynonamning kirib kelishi meni bir oz dovdiratib qo'ydi. Qanday qilib oldilariga borib quchib olganimniyu salom alik qilganimni bilmay qoldim. --Eshitdim qizim. Men yaqinda buvi bo'lar ekanman. Tabriklayman qizim--qaynonam qo'llarimdan ushlab yuzimdan o'pib qo'ydilar. Uyalganimdan yer yorilmadiyu men uning ostiga kirib ketmadimaaaa --Rahmat oyijon-- uyalib o'lib qolay deyapmaneee --Endi ko'proq baquvvat ovqatlanishizgiz kerak. Siz bir kishi uchun emas ikki kishi uchun ham yeyishingiz shart! Nima kerak bo'lsa yokida ko'nglingiz nimani tusasa menga ayting hopmi qizim. Hech ham uyalmang biz ham kelinlik vaqtimiz shunaqa uyalib yeyadigan narsamizni ayta olmay qiynalib ketardik! Qaynonamga hop deb qo'ydim. Tinmay kulib meni erkalashlariga qaraganda keladigan mexmondan oyijon juda xursandlar. Menga bot bot rahmat aytib ovqatlanishga chiqishimni tayinlab ketdilar... Men ham tezda yuvinish xonasiga kirib dush qabul qildim. Egnimda kaltaroq halatni ildirib uzun sochlarimni oddiygina ortga tashlab qo'ydim. Bo'ynim va yuzimga krem surayotgan vaqtim nogoh ko'zim oldimdagi katta ko'zguga va unda meni maroq bilan kuzatayotgan erimga tushdi.
Qanday qilib o'rnimdan turganimni bilmay qoldim. Endi e'tibor beribman egnimdagi bu qaymoqrang halat bahor fasliga moslashganligi sababli bir oz yupqaroq va anchagina kalta edi. Hattoki tizzlarimdan ham yuqorida edi. -- Men.n.n --endigina gapirganimni bilanman u menga yaqinlashib keldi va bo'ynimdan maxkam ushlab lablarimdan yutoqinib o'pa boshladi. Lablarimdan to'xtab bo'ynimda o'pdi. Yuzlarimni kaftlari orasiga olib yana qayta labimga kishan bosdi. Uning bu harakatlaridan men nafas olomay qoldim. Qo'llari nogoh soninga tegishidan ko'zlarim kosasidan chiqib ketay dedi. --Sendan hech ham to'ymayapman.....meni o'zinga magnitdek tortayapsan.... Huddiki cho'lda yurib buloqsiz qolgan odamdek mendan yutoqinib bo'sa olishni boshladi. Uning bu harakatlariga men karaxt bo'lib qoldim. Hozir uni o'zimdan itarishda na kuchim va na xohishim bor edi. Aksincha bu ishlari menga ham yoqayotgan edi. Lekin unga javob qaytarmay shunchaki jim turar edim. Keskin to'xtab meni o'zidan uzoqlashtirgan erginamga qaradim. Ko'zlari eshik tarafda edi. --Oyim ketdilar. Xissiyotlarga berilma bu shunchaki o'yin edi. Senga aytganman hammaning oldida rol o'ynaymiz deb. Tezda kiyimingni alishtir va pastga tush. Eshikdan chiqib ketgan Shoxjahonga qarar ekanman hozir nimalar bo'lganini miyam anglamas edi. Nima dedi rol dedimi? Rol o'ynasa shunaqa o'padimi odamni? Bo'ynimda iz qoldirishga ulguribdiku bu ablax. Yana rol o'ynadim deyishiga ulaymi buni. Molfaxm endi uni deb bo'yni yopiq narsa kiyishim kerak..... Kechki taomdan so'ng xonasida kitob mutoalaa qilib o'tirgan Guli xonim. Grafinda suv qolmaganligini ko'rib oshxona tomon yo'l oldi. Sekin ichkariga kirar ekan. O'g'lining qo'lida kola va chipslarni ko'rib hayron qoldi. --Tinchlikmi Shoxjahon? Yarim kechasi oshxonada nima qilayapsan? Onasining ovozidan uchib tushgan yigit bir oz dovdirab qoldi. --Men...men...shunchaki suv ichgani chiqgan edim! --Suv ichmoqchi bo'lsang unda qo'lingdagilar nima? Senga chipslar yoqmas ediku?--o'g'lining nega bularni olganini bilsa ham hech sezdirmas edi. --Shunchaki yegim keldi oyi--o'zini dadil ko'rsatishga kirishdi bu safar. --Senaa??? Sen bunaqa narsalar yemas edingku? Qayerdan o't chiqdiki sening yeging keldi?..-- Gulining kulgisi kelsa ham labini tishlab jim turdi. --Ufff oyiyeeee men ketdim. Charchaganman. Buncha ko'p savol berasiz!-- tepa qavatga chiqib ketgan o'g'liga qarar ekan oxiri bor ovozda kulib yubordi. --Befarq emas ekanligingni bilar edim o'g'iltoyim! Guli xonim grafindagi suvni olib tepa qavatga chiqib ketdi. Xonaga kirishi bilan o'ziga tanish bo'lgan qaynoq quchoqda o'zini ko'rdi. -- Ha Mahmud tinchlikmi?--qo'lidagi grafinni eri olishi bilan hayron so'radi. --Tinchlik Gulim. Shunchaki seni juda sog'indim--quchgan holatda tebranib raqs tushishni boshladi. Unga hamona Guli ham. --Tovba tovbayeee. Axir boyagina xonadan chiqdimku. Hattoki o'n daqiqa ham bo'lmadi! --Bilaman....lekin men sensiz uch sekund ham tura olmayman. Sen mening nafasimsan. Mening hayotim...borlig'im....yagona muhabbatim....farzandlarimning onasisan! Gulini quchish barobarida qo'lida aylantirib yana qayta quchib oldi. Bu safar orqa tarafidan emas oldi tomonidan quchdi. --Ohhooo buncha sevgi izhorlar nima uchun? Tinchlikkka bo'lsinda ishqilib! --Bu nima deganing Gulim. Albatta tinchlik. Nima endi men rafiqamni erkalashim unga shirin so'zlar aytishim uchun biror bahona yoki biror nima bo'lishi kerakmi? Mahmudning qalin qoshlari chimirila boshladi. Gulini yanada qattiq quchib oldi. --Vay...vayeyyy hazillashdim Mahmudbey. Buncha g'azab qayerdanaaa. Shunchaki qarib hali ham meni sevishingizdan hayron qolamanda.... Balkim yoshiz o'tib meni sevmay qo'yarsiz deb qo'rqib wolaman ba'zida!
Guli erining bo'ynidan qo'llarini kishanlab oldi. --Men seni hech qachon sevishdan to'xtamay. Nafas olayotgan ekanman...toki shu nafas olishim to'xtamaguniga qadar seni sevaveraman Gulim! Ha yana meni aslo qari dema Guli! Bu menga umuman yoqmaydi-- oxirgi gaplaridan xotining ko'zlarida mavjlanishga tayyor bo'lgan yoshlarni ko'rgan Mahmud. Tezda gapini hazilga yoya boshladi. Zerokim o'zining hayotini ko'zlaridan yoshlar oqishini aslo istaman! --Voy voyeyyy qari dema emish!--enasasini qotirib ko'zlarini o'ynatdi. --Mahmud naqd qirq sakkizga kirayapsiz. Qirq sakkiz! Yana meni qari dema deysizaa. --Jonim menga yoshni umuman farqi yo'q bilasanku. Nima bo'lganda ham menda ko'ngil yosh! Tirjayib rafiqasining yuzlaridan o'pib qo'ydi. --Shu tishlarizni o'pirib olaymi aaa. Ko'nglizga o't tushsin sizni! Agarda bu ko'nglingiz oldinlari jim yurganida edi. Balki....balki...u... Xotining ko'zlaridan tomishni boshlagan yoshlarni ko'rib tezda uni bag'riga bosdi. Boshida o'ralgan rumolini sekin yechib sochlaridan o'pdi va sekin astalik bilan ular orasiga qo'lini yugurtirdi. --Hammasi yaxshi bo'ladi....sen uni eslab qiynama iltimos. Mening ham bitmagan yaramni yangilama....yolvoraman Gulim! Mahmudning ham ko'zlarida yoshlar mavjlandi. Ikkisi bir birini quchgan holda uyqu saltanatiga ravona bo'lishdi. Tebranma kursida bo'yi tengi derazadan ko'chani yoritib turgan oyga boqib turgan qiz eshikning uch martta taqillashidan nigohlarini erinib eshik tomon yo'naltirdi. Hafsalasiz o'rnidan turib eshik tomon bordi. Eshikni ochdiyu u yerdagi odamni ko'rib hayratlandi..... Eshikni ochdiyu u yerdagi odamni ko'rib hayratlandi... --Sora opa? Tinchlikmi? Yarim kechasi yo'qlamas edingizku?--yarim kechasi tungi ko'ylakda oldimga kelgan Sora opani ko'rib hayratlandim. --Tinchlik qizim. Shunchaki sizga biror nima kerakmi yo'qmi shuni bilmoqchi edim! Har holda homiladorsiz. Taksikoz deganlaridek!--Sora opa miyig'ida kulib qo'ydilar. Men esa uyalganimdan yuzlarim qizorgan bo'lsa kerak. Yer yorilmadiyu men kirib ketmadim vohhh. Anchadan beri xohlayotgan narsamni aytishga iymanibgina turar edim. Qani edi ayta olsam? Lekin bu narsani aytishga juda ham uyalyapmanda. Nima qilay axir? Bu menda birinchi martta bo'lsa. Oldinlari ham farzandlik bo'lgan bo'lsam ediki bemalol istaklarimni ayta olsam. Lekin menda bu birinchisi va bu juda ham uyatlik. Albatta men uchun! --Halig.i.ii men.g.a bi.r nar.ss.aa ker.a.aa.kk. e.dii-- ichkariga kirishimiz bilan oxiri dardimni ayta boshladim. --Hop so'rang qizim? Nimani istayapti bu farishtacha?--qo'llarini qornimga qo'yishlari bilan dik etib turdim. Albattada axir menga biror kishi teginmagan. Hattoki yaqin ham yo'lamagan edi! Endi edi degan so'zni ishlatishim kerak. Ota onam meni kamdan kam erkalar va quchushar edi. Shu-shu men ham biror kishini menga qo'li tegsa yoki bilmay turtsa ham dik etib turaman. Aslini olganda menga ruxsatimsiz teginganlarni yomon ko'raman. Lekin Sora opaga buni ayta olmayman. Har holda mendan yoshlari ancha katta va men uchun opadek gaplar. Garchi yoshlari katta bo'lib onam trngi bo'lsalar ham men u kishini opamdek ko'raman! -- Menga... chips va kola kerak edi. Oshxonada qaraganimda qolmagan ekan. Yarin kechasi bo'lganligi sababli hech kimga ayta olmadim-- negadir shu vaqti ko'zlarim namlandi. Bilmadim bu nima holat bo'ldi lekin meni yig'lagim keldi. Piqqillab yig'lay boshladim. Yo'q men chiday olmayapman. U narsalarni juda ham xohlayapman. Yana anchadan buyon bitta ishni qilishni xohlayman. Garchi bu axmoqona ish bo'lsada men buni juda ham
istayapman! --Yig'lamang qizim. Men yana bir qarab kelaychi. Balkim yaxshiroq izlamagandirsiz? Men hozir kelaman. --Yo'q yo'q shart emas. Sizni ovora qilishni istamayman-- yotoq ustidan turib ketishga shaylangan Sora opani to'xtatishga urundim. Axir bu uyatku. Onam tengi ayolga yarimkechasi ish buyirtirish. --Ovorasi bor ekanmi qizim. Nimaki qilayotgan bo'lsam bu oilaning bo'lajak mexmoniga qilayapmanda. Mendan nima ketdi. Hozir men qidirib kelaychi. --Agar topa olmasangiz oldimga kelishingiz shart emas. Men to'g'ri tushunaman. Iltimos opa yana o'ziz yoki birorta kishiga olib kelishni aytmang hopmi? Meni qizim desangiz bu ishni qilmaysiz! Bilardim uyda qolmaganligini. Lekin men yarim kechasi bu narsalalrni olib kelishni buyura olmayman. Bu uyni kelini bo'lganim bilaman baribir o'z o'rnimni va haddimni bilishim kerak. Huddi Shoxjahon aytganidek! Ancha vaqtgacha xonamda umid bilan Sora opani kutib o'tirdim. Bilardim uyda chipslar qolmaganini. Lekin bu umid qurg'ur hozir keladi deb meni ishontirmoqda. Ko'zlarimdan oqishni boshlagan yoshlarni ko'rib battar yig'lay boshladim. Qornimga qo'limni qo'yib bolajonim bilan suhbatlasha boshladim. --Meni kechir bolajonim. Sen istayotgan narsa hozir bera olmayman. Ozroq sabr qilsang tong otadi va men albatta istagingni amalga oshiraman hopmi? Sen hozir oyijoningni qiynama iltimos. Meni ham tushun. Menga ham osson emasda... Qornimni silagan holda tepranma kursidan sekin turdim. Soatga qarasam soat endigina o'n ikki bo'lgan ekan. Ey xudo! Hali tong otishiga yetti soat vaqt borku? O'zing sabr ver tangrim! Yana qayta kursimga o'tiraman deganimda boshim aylanib ketdi. Yelkamdan quchib olingani sababli yiqilmadim. Bir qo'lim bilan boshimni ushladim. Ikkinchisi bilan esa yelkamni ushlab turgan qo'llarni ushlab oldim. -- Yaxshimisan? Ohhh bu axir men anchadan buyon istayotgan iforku! Qanday qilib meni quchib turgan kishini quchib olganimni ham bilmayman. Bilganim faqatgina uni to'yib hidlayotganim edi! --Iltimosss....ozroq shu holda turing--ming qiyinchilik bilan oxiri ichimdagi dardimni aytdim. Nima qilay chiday olmadimda. Homiladorlik juda yomon ekan. Nima deb aytoyotganingizni yokida nimani xohlayotganingizni uyalmasdan yoki lop etib aytar ekansiz. Mana hozir ham o'zimning buqasifat gavdamga shu so'zlarni aytib o'tiribman. Hozir menga hech narsa muhim emas. Faqatgina uning ifori menga kerak. Ha...ha faqatgina uning ifori! Bilmayman qayerdan bu erginamga insof kirdi jimgina quchib turishimga indamadi. Yelkamdagi qo'llarini sekin oldi. Uning bundan jim turishidan huddiki stalbani quchoqlab turgandek his qildim o'zimni. U meni quchmadi shunchaki jimgina tik turdi. Eyy mallades senga. Umringda birinchi martta menga yaxshilik qildingee. Shunaqa jimgina g'uncha qilib yursang bo'lmasmidiyee. Tiling bir anakondaga o'xshab zaharee. Hullas men bilmaymaneee. Lekin hozirgi vaqtda mazza qilayapman. Uhhh mazza! --Xonamga yur!-- ufff bekor aytdimda bu gaplarni. Darrov ko'z tegdi uying kuygur! Qayerdan ham aytdim o'zi. Ichimda aytsam ham ko'z tegar ekan. Endi faqat hayolimda o'ylayman! Vay stop! Bu meni nega sudragudek qilib xonasi tomon olib ketayapti?
Ustimdagi tungi ko'ylagimni ham oldi ochiq va anchagina kalta! Ustidan kiyiladigan narsasini ham olmadimku. Sharmanda endi nima qilaman. Xonamga qaytaman desam uning xonasi kelib bo'ldik. Kelib bo'lish ham gapmi xonasining o'rtasigacha kirib kelibmiz. Qoyileee mening bu hayol parastligimdan anchagina vaqt o'tib ketadiyee. Yaqinda bolam tug'ilib katta bo'lsa ham tentakka o'xshab hayol surib yurursam kerak! --Mana bularni ol va yeb ol! Voy dodddddd bu men yemoqchi bo'lgan narsalarku! Urraaaaaa biram xursandmanki! Qanday qilib kravatning ustiga o'tirib chipslarni ochib yeyayotganimni bilmay qoldim. Buncha mazali bo'lmasa. Har hilidan bor ekan. Mayonez va piyozlik. Ikralik....sirlik....va h.k. Hammasini ochib birma huddi yosh boladek birma bir yeya boshladim. Miyamga bir narsa kelib bir tepdi. Ustimga qaradim. Hali ham shu holatda ekanman. Tezda yotoqdagi choyshabni o'rab oldim va unga e'tibor bermay chipslarni paqqos tushira boshladim! Endigina uchinchi pachkaga o'taman deganimda undan sado chiqdi. --Buncha ko'p yema. Yana mazang qochib qolmasin?--yotoqning bir chetiga joylashib meni tomosha qila boshladi. Uning bu qarashlariga e'tibor qilmay dalshe yeya boshladim. Mayli sazi o'lmasin deb unga ham berdim. --Menga hech narsa qilmaydi!--og'zimga uchta dumaloq shakldagisidan soldim --Yeysizmi?--unga kulib savol berdim. U esa menga qarab kulib turardi. --Yo'q. Men bunaqa narsalarni yemayman. Bularning hammasi ximikatku? Qanday yeyapsan bularni? --Ber desangiz ham bermas edi!--yana uchtasini og'zimga soldim. -- Qanday yeyishimga kelsak bilmayman. Shunchaki juda ham yegim kelayapti. Bilaman bu ximikat lekin ichkaridan shunaqa buyruq kelsa nima qilay? --unga e'tibor bermay yana iktasini og'zimga soldim. Endigina chaynab yutganimni bilaman ko'nglim aynib ketdi. Buni sezgan erginam esa meni yuvinish xonasi tomon o'zi olib bordi. Kirishim bilan qayd qila boshladim. Sochlarimni yig'ib meni yuzlarimni yuvib qo'ygan erim sochiq bilan yuzlarimni sekinlik bilan arta boshladi. Boynimdan pastigacha ancha ochiq bo'lgan tungi ko'ylagimga ozroq suv tegdi. Etib jimirlab ketdi. Buni u sezdi va sochiqni usha tarafimga olib ho'l bo'lgan yerimni arta boshladi. Uning bu ishidan uyalib ketdim. --Rahmat!--tezda undan uzoqlashib yuvinish xonasidan chiqganimni bilaman yana boshim aylanib orqaga qarab yiqilishimga oz qoldi. Har doimgidek huddi hind kinolari kabi meni u yana ushlab qoldi. --Kel menga--meni o'ziga suyab yotiq tomon odimlay boshladi. --Senga aytgandima ko'p yema deb! Uning birorta gapi men uchun axamiyatga ega emas edi. Hozirda faqatgina uxlashni xohlayman. Va yana uning iforini tuyishni ham. Uning gaplariga e'tibor qilmay yana qayta quchib oldim. Oyoqlarimda mador qolmadi. Qayd qilib anchagina holsizlanib qoldim shekilli. Tezda undan uzoqlashdim va uyalmasdan unga ichimdagi dardimni aytdim. --Bir narsa iltimos qilsam bo'ladimi?--qo'rqibgina so'radim --So'ra nima kerak? --Kiyimingiz! U menga jinniga qaragandek qarab turdi va bor ovozda kulib yubordi.
--Nima...nima kerak senga--yana kuldi. --Kulmang rostini aytayapman menga kiyimingiz kerak. Iloji bo'lsa bugun kiyganingizni. Hullas kiyilgan kiyimingiz kerak. Uffff qanaqa bo'lsa ham farqi yo'q kirmi... tozami.. eskimi? Menga kiyimingiz kerak! Uning kulishini birinchi martta ko'rishim. Kulgichlari bor ekan. Viyyyy buncha ajoyib bo'lmasa! --Bu taksikozmi? --oxiri qo'y kallasiga tepdi buni. Qoyil! --Haa juda ham kerak menga--holsizlikdan ko'zlarim yumilishni boshladi. Yotoqda yotib oldim. Yana yig'lashni boshladim. --Menga kiyim bering.....Kiyimingiz kerak--arillab yig'lay boshladim. U mening bu qilig'imdan tentakka qaragandek qarab turdi va hech nima demay meni quchib o'zi ham yotoqdan joy oldi. Meni o'ziga yaqinroq tortib belimdan quchib oldi va sochlarimdan qo'llarini o'tkazib oldi. --Mana bo'ladimi? Ko'ngling joyiga tushdimi? Unga hech narsa demay fudbolkasini o'zimga tortib hidlay boshladim. U esa meni kulib tomosha qilar edi. Uni yanada pinjiga kirib bo'yni tomondagi fudbolkasini hidlay boshladim. Essiz bo'yim pastlik qilayaptida. Bo'yin sohasiga yeta olmayapman. Yana bu ham juda gavdalikda ufff. U meni tushundi shekilli belimdan ko'tarib teparoqqa olib chiqdi va iyagini boshimni ustiga tirab oldi. Bu bilan bo'ynini mening yuzimga tekkiztirdi. Anabu boshqa gap! Ana endi mazza qilib hidlab yotsam ham bo'ladi! Bo'ynidan quchib men ham uyquga ketdim. Oxirgi eslaganim uning sochimdan silab turgani va meni qattiq quchib olgani edi.... Qaro tunning bag'rida Yorug' hayol qanday hush Bu dunyoda bir qiz bor Yostig'ining yarmi bo'sh.... Dadamning oyim uchun aytgan bu qo'shiqlari hali hamon esimda. Juda ham baxtli damlar edi. Mening baxtli onlarim. Agarda iloji bo'lganida edi usha vaqtga qaytib hech ham katta bo'lmas edim. Kichiklik holimda butun umr qolib. Ota onamning bag'rilarida, mehrlari ila yashar edim. Hozirgi holatimdan ham nolimayman, lekin bir kamchilik bor, u meni tobora qiynab kelmoqda. Men yiqilmoqdaman, yelgilmoqdaman. Bu shavqatsiz dunyo meni yeb bitirmoqda. Men juda ham charchadim....siz-sizlik meni qiynamoqda! Mendek axmoq qizingizni kechiring otajon....yolvoraman kechiring! Oz qoldi tez orada birga ko'rishamiz va siz menga huddi onamga aytib bergan musiqangizni aytib berasiz. Sochlarimdan silab peshonamdan o'pib qo'yasiz. Bag'ringizda olib alla aytib uxlatasiz..... Juda oz qoldi....men yoningizda albtta boraman... Boshidagi ro'molini to'g'irlab o'rnidan turgan qiz qabr toshini ustidan silab qo'ydi. O'zi bilan olib kelgan paxtadek oppoq atirgullariga yana bir azar soldi. Ko'zlaridagi yig'ilgan yoshlarni artib qabr oldidagi o'rindiqdan turdi va bu yerni tark etdi. Mashinasiga chiqishidan oldin boshidagi qop qora ro'molini yechib tashladi va orqa tarafga uloqtirib yubordi. Old o'rindiqda turgan shisha idishni oldi va shu holicha ko'tarib icha boshladi. Bir ikki xo'plagandan keyin chuqur nafas oldi. Boshini mashinaning ro'liga qo'yib ko'zlarini yumdi. Yana qayta o'tmishi ko'z oldidan kino tasmasidek o'tdi. Ko'zlaridan sizib chiqmoqqa shay turgan marjonlarga erkinlik berdi. --Men qanday odam bo'ldim? Nahot mening o'zgarishimga sen sababchi bo'lding?
Sen tufayli bir piyonista va yelgiltaksifat qiz bo'ldimmi? Nega hammasi seni deb bo'ldi? Nega?....Nega? Savollarim ko'p! Lekin ularga javobim yo'q. Savollarimga javobni faqat sendan olishim mumkin... Lekin buning iloji yo'q! Endi iloji bo'lmasa ham kerak? Chunki sendan nafratlanaman. Hayotimni ostun ustun qilganing uchun nafratlanaman! Bolamning o'limida sen sababchiliging uchunafratlanaman! Otamning bevaqt o'limi uchun sendan nafratlanaman! HA MEN SENDAN NAFRATLANAMAN SHOXJAHON MAHMUDOV! Bir-biriga muhabbat ila tikilib turgan bu juftliklarni fotosuratchi har tomonidan rasmga olar va ularga har xil imo ishoralar bilan qanaqa harakat qilishni o'rgatib turar edi. --Menga bunaqa qarama! Aks holda sevib qolaman--yigit bir qo'lini qizning yelkasidan o'tqazib oldi. --Sevib qolsang yaxshi emasmi? Mendek qiz seni sevganing bo'ladi!--qiz uning bo'ynidan bir qo'lini o'tkazib oldi va ikkinchi qo'li bilan yigitning yuzidan ushladi. Bunga javoban yigit ham qizning belidan ikkinchi qo'lini o'tqazib qizni tumshig'i oldiga keltirdi. Fotosuratchi ham ularni obdon sur'atga ola boshladi. Ikki juftlik esa bir-biriga har xil qiliqlar qilib rasmga tushishdan charchashmasa fotosuratchi esa ularni sur'atga olishdan hech ham charchamas edi. Oxir bu mashaqqatlik va zerikarli ish o'z nihoyasiga yetdi. --Ajoyib! Bravo azizlarim. Qarsaklar sizga. Rasmlar juda ajoyib chiqdi.--fotosuratchi o'riqda bir-biriga o'rnidan turishga yordam berayotgan juftliklarga qarab ularga gapira boshladi. --Rahmat Salim. Bunda sizning xissangiz ancha katta albatta. Biz shunchaki rasmga tushib berdik holos--yigit sherigining turishiga yordamlashib uning belidan qo'lini o'tqazib oldi. --Eng avvalo Farodisa xonim sizga katta rahmat! Agarda model qizimizning o'rnida tushib bermaganingizda men anniq ishimdan ayrilgan bo'lar edim. Yana bir bor sizga rahmat. Salimning so'zlariga qiz shunchaki jilmayib qo'ydi va ulardan ushoqlashib yordamchisi tayyorlab qo'ygan ichimlikni olib icha boshladi. --Bas qil Farodisa! Bunaqa alkashdan ham farqing qolmaydi-ku! Nega buncha ko'p ichmasang sen qiz? Bas qil dedim senga!--qizning qo'lidan ichimlikni tortib oldi. --Menga qarshilik qilma. Hattoki ovozingni ham chiqarma. Hamma bizga qarayapti. Jimgina men bilan birga ketasan tushundingmi?--qizning javobini ham kutmasdan qo'lidan ushlab olib ketdi. Mashinaga minishlari bilan qiz unga baqira ketdi. -- Bu nima qilganing axmoq! Seni nima haqqing borki mendan ichimligimni olib qo'yasan? Palakat!-- qiz uni so'ka boshladi. --Og'zingni yum va jim ket. Hozir bu gaplaring ortiqcha--yigitning nigohlaridan uning axvoli hozir yaxshi emasligini sezdi va jimgina mashinadan atrofni tomosha qila boshladi. Ko'chada yo'lning narigi tomonida shirin paxta sotib o'tirgan qariroq erkakga ko'zi tushdi. Yana qayta o'tmishi ko'z o'ngidan o'tdi. O'tmish... Kechki piyoda sayridan qaytayotgan Farodisa ko'chada paxta qand sotib yurgan ayolga qarab qoldi. To'g'rirog'i ayolning qo'llaridagi shirin paxtalarga qaradi. --Anaqa...Shoxjahon akaaa--qiz qo'rqibgina yigitga qaradi. --Gapir yana nima ko'rib qolding va nima yeging kelayapti?--uning holatini tushungan yigit qizga qaramasdan savolini berdi. --Shirin paxta!--uyalganidan ko'zlarini yerga qaratib oldi. Hozir urushib beradi deya qo'rqib ko'zlarini yerdan uzmadi. --Mana bo'lar ekan-ku normroq narsa so'rasang. Mendan umrimda chiqmagan metroda sayr qilishni so'raysan! Xudo haqqi hech ham tushunmadim senga metroda sayr qilish nega kerak bo'ldi ekan?--
yigit qizga savol nazari ila qarab turdi. Farodisa esa aytaymi yo'qmi deb o'ylanib turdi. --Hop sababini aytaman...faqat ustimdan kulmaslikka va'da bering! --Hop va'da beraman. Endi aytchi meni metroda yurishimga sabab bo'lgan narsa nima ekan? --Metrodan keladigan zah hidni hidlashni juda ham istadim!--sekin Shoxjahonga qarar ekan yigit unga jinniga qaragandek qarab turar edi. Oxiri yigit boshini ikki yonga chalib shirin paxta sotadigan sotuvchining oldiga ketdi. Uni ortidan qiz ham kulgancha bordi. O'tmishga sayr qilib kelar ekan qo'lini qornining ustiga qo'ydi. Tep tekkis qornini silab alamli jilmaydi. Ko'zida mavjlangan yoshni tezda artib tashladi. Oldidagi sherigining keldik degan so'zini eshitib atrofga boqdi. Yuzini tezda mayuslik qoplab oldi. Yigitning orqasidan ergashib u ham mashinadan tushdi. Qashqadaryo sohiliga boqar ekan ayrim o'rindiqlarda bir birini quchib o'tirgan juftliklarga ko'zi tushdi va tezda oldidagi yigitga qaradi. Yigit esa shunchaki ularni jimgina hissizlik bilan tomosha qilar edi. Farodisa nigohlarini shildirab oqayotgan suvga qaratdi. Ancha bo'ldi bu yerda yashayotganiga. Toshkentdan butunlayga ko'chib kelganiga hech ham afsuslanmadi. Aksincha anchagina ko'ngli hotirjamlandi. Agarda u yerda yashaganida \"U\" ni ko'rib qolgiduk bo'lsa qiynalishini bildi va shu sababli otasi tug'ilib o'sgan shaharga ko'chib keldi. Ortidan quchgan qo'llar sabab qizning hayollari bo'lindi. Yigit uni qattiq quchib oldi va qizning bo'yniga iyagini qo'yib oldi. Farodisa esa buncha javoban yigitning oppoq va baquvvat qo'llarini ustidan o'zining qo'llarini qo'ydi va mayin jilmayib qo'ydi. --Alihan.....hali ham kech emas. Balki qaroringni yana o'ylab ko'rarsan. Keyin afsuslanishing mumkin! --Farodisa men qarorimdan aslo kechmayman. Mendan boshqa buni so'rama! --Lekin sen afsuslanishing mumkin yana men...--qizning gapini yigit ilib ketdi. --Men hech ham qarorimdan afsuslanmayman Farodisam. Meni qarorimdan qaytarishga aslo urunma!--Alihan qizni yanada mahkamroq quchib oldi. Farodisa esa yana nigohlarini shildirab oqayotgan suvga qaratdi.... Mashina ichida ikki juftlik jim va hech bir so'z demay ketishar edi. Ba'zi-ba'zida yigit qizga qarab qo'yar, unda qizning mayus ko'zlarida bilinar bilinmas yoshlar mavjlanib turar edi. Huddiki hozir qattiq gapirib yuborsa-yu qiz uvillab yig'lab yuboraman degan axvolda edi. Alihan o'ng qo'lini bilan qizning bo'sh qo'lidan ushladi. Iyagida qo'lini qo'yib ko'chani tomosha qilib ketayotgan qiz, qo'llaridan ushlab olinganligi sabab nigohlarini usha tarafga qaratdi. Qo'lining ustidan siqib turgan baquvvat qo'llarga qarab mayin jilmaydi. Iyagida turgan qo'llarini uning ustidan qo'ydi. Yigit ham qizga jilmayib uning qo'llari ustidan oxista o'pib qo'ydi.... Mashinadan tushib o'zining mashinasi tomon odimlayotgan Farodisani ortidan Alihan ham bordi. Rulga otirgan qizga qarargan mashinaning old o'rindig'ida turgan qora ro'molga ko'zi tushdi. --Mana nega bugun kayfiyatsiz yurgan ekan? Demak bugun u yerga borgan!....--ichida hayol qilar ekan unga qarab gapirayotgan qizning gaplarini eshita olmadi. --Alihan....hoy...meni eshityapsanmi? --Ha....yo'q uzr Farodisa bir oz hayolga berilibman. Nima deyotgan eding? --Hayollaring qursin seni! Nega ortimdan kelding dedim?--mashinani yoqish borabarida Alihanga savol berdi. --O'zim shunchaki--yelkasini siqib qizga jilmayib qo'ydi.
--Telba!--uning bu qilig'iga Farodisa kuldi. --Hayr!--mashinani endigina yurg'izaman deganida yigitning so'zlari sabab to'xtadi. --Farodisa iltimos sendan. Menga hech qachon hayr deb ayta ko'rma. Hayr deb faqatgina ortga qaytmaydigan aytadi. Sen esa ortga qaytadiganlardansan. Iltimos qaytib bu so'zni tilinga olma, yolvoraman!--Alihan nimani nazarda tutganini tushungan Farodisa uning ko'zlarida hozirlangan qayg'ulikni ko'rib ichidan bir nima zil ketdi. Biladi yigitga hayr so'zi hech qachon yoqmasligini. Nega bu so'zlarni unga aytganini ham juda yaxshi biladi. Alihanga bitta ikta voqealarni eslatib yuborganligi uchun ichida o'zini so'kdi. Alihanga hop deb mashinasini uyi tomon haydab ketdi. Mashina katta bir koshonaga tomon to'xtadi. Mashinaning signalidan uy ichidagi xizmatchi katta darvozani ochdi va qiz mashinasini uy ichiga haydadi. Darvozaxonaga mashinasini olib kirib havfsizlik kamarini yechdi va old o'rindiqdagi qora yelim xaltani oldi. Yonida turgan qora ro'molini ham oldi va mashinadan tushib uy ichiga kirib ketdi. Poshnasini taqillatib uyga kirar ekan eshik oldida uni xizmatchi ayol kutib oldi. --Hush kelibsiz Farodisa xonim-- yuzlari yorug' bir ayol kutib oldi. --Rahmat Narimon opa!--shunchaki jilmayib ikkinchi qavat tomon odimladi. --Ovqatlanmaysizmi? --Qornim to'q! Meni bugun hech kim bezovta qilmasin!--shu so'zlarni aytib zinalardan chiqar ekan esiga bir nima tushgandek tezda to'xtadi. --Oyim ovqatlandilarmi opa? --Ha...birga ovqatlandik. Bilasizku mensiz hech ham ovqatlanmaydilar--Narimon xonim hijolatomuz qarab ko'zlarini pastga qaratdi. --Ovqatlangan bo'lsalar xursandman. Mayli opa meni bezovta qilmanglar! Zinalardan tezda tepaga ko'tarilib xonasiga kirib eshikni qulflab oldi. Oyogidagi poshnali tuflilarini yechmagan holda har yoqqa uloqtirib yubordi. --Men bilan ovqatlanmaysiz....lekin boshqalar bilan ovqatlanasiz? Naqadar oliyjanobsiz oyi? Mayli nima bo'lsa ham roziman. Muhimi siz ovqatlandingiz-ku! Qo'lidagi yelib xaltani esa yotog'i oldidagi tumbaning ustiga qo'ydi va ichidan shisha idishdagi viskiy ichimligini olib shu holicha ko'tarib icha boshladi. Ichimlikni bir ikki xo'plab stol ustiga taraqlatib qo'ydi. Yuvinish xonasi tomon borib vanna ichiga kirdi va shu holicha ustidan suvni yoqdi. Muzdek suv uning tanasiga hush yoqar huddiki unga kuch beradigandek edi. Ustidan kiygan koftasi va shimining jiqqa ho'l bo'lishiga qaramay suvni yanada ko'proq ochdi va ichida ancha vaqt turdi. Yigirma daqiqa shu holatda turganidan keyin suvni o'chirib vanna ichidan chiqdi. Xo'l bo'lgan kiyimlarini yechib banniy xalatini kiydi. Tumba ustida turgan ichimligidan yana bir xo'pladi va telefonini yoqib ijtimoiy tarmoqqa kirdi. Fecebookdan kelgan habarlarni ochib ko'rar ekan bugungi kunda ancha mashxur bo'lishga ulgurgan modelyerlik kompaniyasi egasini ko'rdi. Suratdagi yigitni ko'rib Farodisa lablarini qimtib oldi. Rasmda o'zining kelishganligi va ko'rkamligi bilan har bir odamni maftun aylagan buqasifat gavdasi turar edi. Uning oldida esa eng yaqin o'rtog'i Muhammad Ali ham bor edi. Shoxjahonning suratiga qarar ekan ichida bir narsa qimirlab turar edi. Ko'zlaridan yuzigacha oqib kelgan ko'zyoshlarini qo'lini bilan artib tashladi. --Hali ham ko'rkam va kibrlisiz. Hattoki suratingizda ham bildirib turasiz. Nega sizdan bunchalar nafratlanaman Shoxjahon? Ayting nega?--barmoqlari bilan yigitning suratini siladi. --Sizni sevib qolgan kunimga la'natlar bo'lsin. Hozir ham sizni sevaman! Bunga ham la'nat bo'lsin!
O'ng qo'lidagi uzukka qarab olti oy oldingi voqealarni esladi. O'tmishni eslash qanchalar og'riqli bo'lmasin baribir eslayverdi.... Esida usha tun, ilk bora unga uyalmasdan dardini aytganlari, hech qanday ikkilanishsiz uning bo'ynidan quchib uxlagani, yuzlari lovullab yonsada undan kiyimini so'raganlari...hammasi esida. O'tmishini eslar ekan, lablarida tabassum yugurdi. Mana oradan 6 oy o'tsada hamon ushal damlar esida.... 8 oy avval.... Erta tongdan turar ekanman, kimningdir qaynoq bag'rida yotganimni sezdim. Buqasifat gavdamni quchog'i biram keng ediki! Meni quchib olgani sabab quchog'ida bormanmi yoki yo'qman umuman bilib bo'lmas edi! Odam degan shunaqa ham baquvvat bo'ladimi? Tovbaaa Sekingina unga uyg'otmasdan turishga harakat qildim. Qoyil qotib uxlaganmi bu turganimni ham sezmadi. Yotoqdan turdimda sekin yuvinish xonasiga bormoqchi edim, miyamga bir nima urilgandek xonaga qaradim. #Davomi_keyinroq.... Yotoqdan turdimda sekin yuvinish xonasiga bormoqchi edim, miyamga bir nima urilgandek xonaga qaradim. Qaradimu tosh qotdim! Birinchidan bu Shoxjahonning xonasi. Ikkinchidan esa men tungi ko'ylakdaman! Qanday qilib bu axvolda o'z xonamga yetib vboraman, endi nima qildim uffff. Sekin yotoq tomon qaradim. U hali ham pishillab uxlab yotgan ekan. Asta-sekin kiyimlar javoni yoniga bordim va ichini ochdim. Ichini ochishim bilan ichkari tomondan ya'ni uning kiyimlaridan shunaqangi ajoyib hid taralib turardiki. Oxxx men bu yerdan ketishni xohlamasdim, iloji bo'lsa shu javonning ichida bir umr qolib ketsam ham roziman. Faqatgina manashu kiyimlardan kelib turgan hidni hidlab yotsam bo'ldi edi. Uning xashamdor va brend kiyimlari orasidan bir chekkada turgan kulrang spartivkasini oldim. Faqatgina ustki qismini olib ustimga kiyim oldim. Buqasifat gavdam juda ham gavdalikda! Hattoki spartivkasi ham menga huddi ko'ylakdek turibdi. Tizzamdan pastga tushib turibdi-ya! Qoyilee odam ham shunaqa gavdalik bo'ladimi? Tovbaaa Javonning eshigini sekin yopib yana yotoq tarafga qaradim. Hali ham uxlab yotgan ekan. Sekin unga sezdirmasdan eshik dastagini ushladim. Ochdimu yon atrofga qaradim. Hayriyat hech kim yo'q ekan. Tezda xonam tomon minga qo'yib yugurib ketdim.... Bilmasdimki mening bu qilig'imdan kimlardir ortimdan kulganini! Qizning yugurib ketganini sezgan yigit yotgan joyida jilmayib qo'ydi. Oshxonaga tushib birinchi qilgan ishim olmalik sok sharbat ichish bo'ldi. Katta muzlatkich ichidan suvlar turadigan qatorini ochdim. Sharbatlar orasidan olmalik suyuk variantini topib shu turishida ko'tarib yuboribman. Shu darajada ichgim kelganidan hattoki menga uning sovuq ekanligi ham qiziq emas edi. Qaynonam kelib hoy-hoylamaganda hali ham to'xtamay ichishda davom etaverardim. --Voy qizimmm nega sovuq narsa ichayapsiz?--tezda meni tergay ketdilar. Men esa javob o'rnida yerga qarab xijolat chekib o'tirardim. --Mayli qizim qaytib bu ishni takrorlamang. Axir siz sog'lom bo'lishingiz kerak. Nabiram va siz men uchun juda muxim ahamiyatga egasizlar!--qaynonam meni bag'rilariga bosib qo'ydilar --Qani yuring nonushta qilib olishingiz kerak. Haya eringizni ham chaqirib chiqa olasizmi?
--Hop oyijon- uning oldiga borishga juda ham uylasamda hop deb qo'ydim. Birorta yordamchilarga aytarman uyg'otib chiqishar. Kechagi holat tufayli uning ko'ziga qarashga ham uyalyapman o'zi. --Bu mening eng sevimli kiyimim edi! Hayol surib turganimda orqa tarafimdan kelgan tanish ovoz sabab bir uchib turdim. Qo'rqganimdanmi yoki hayajondan bilmadim birdan qornimda og'riq turdi va bukchayib qoldim. --Yaxshimisan? Nima bo'ldi senga?-- Shoxjahon tezda oldimga kelib bir qo'limdan ushladi. Ikkinchi qo'li bilan esa belimdan ushladi. --Ha yaxshiman, biroz qornimda sanchiq paydo bo'ldi va tezda o'tib ketdi. O'zimdan uni halos etib biroz chetroqga o'tdim. -- Yaxshi bo'lsang, unda ovqatlangani pastga tushsak! U mendan uzoqlashib oshxonadan chiqib ketdi. Boyagina menga aytgan gaplarini taxlil qilarkanman egnimda uning spartivkasi borligi esimga tushib ketdi. Kiyimlarimni alishtirayotgan vaqtim hayol bilan uning kiyimini ustimga kiyib olibman. Albatta ustimda fudbolka va shalvar borligi sabab uni ustimdan tashlab olgandim. Spartivkasi monand bir xil edi.... Nonushtadan so'ng Guli xonim o'g'liga qarab so'z otdi. --Bugun Farodisani aylantirib kelasan. Dam olish kun shu sababli menga baxona to'qima gap tamom! Hammaning nigohi oyijonga qaratildi. Men esa og'zimni hayron bo'lib oyijonga qarab turardim. Hamma oyijonning bunaqangi tez gapirib va jiddiy axvolda ko'rmaganligi sabab bir oz dovdirab qolishdi. Dadajon bo'lganlarida anniq hayron qolgan bo'lardilar. Afsus chet elda ishlari sabab ketganliklari sabab bunday voqeadan quruq qoldilar! Men endi nigohimni Shoxjahonga qaratarkanman u hech bir so'z demay mening chap qo'limdan ushlab oldi. --Albatta oyijon. O'zi bugun uni aylantirib kelish rejamda bor edi. Farodisa ovqatlanib bo'lgan bo'lsang kiyinib chiq, bugun seni aylantirib kelaman.-- nima balo bu aqldan ozib qoldimi? Uning bu harakatlari meni doim qo'rtirib kelgan. Ey xudoyim bu ishi yaxshilikka bo'lsinda! Bilaman rol o'ynayapti lekin bu darajada ishonchli qilib o'ynashi shart emas-da! Nonushtadan so'ng xonamga kirib kiyindim. Albatta pardoz qilish esimdan chiqmadi. Har doimgidek oddiygina pardoz qildim va yopiqroq fudbolka va shim kiydim, albatta ustidan erginamni spartivkasini ham kiyish esimdan chiqmadi. Bilmadim nega lekin uning hidi kelib turadigan kiyim kiymasam ko'nglim aynishni boshlaydi. Bu esa menga juda qattiq og'riq beradi. Qayt qilganda yuragimda sanchish paydo bo'ladi! Sochim uzunligi sabab oddiygina o'rib oldim va tezda pastga tushdim. Anchadan buyon telefon ishlatmay qo'ygandim, hattoki o'qishimga ham bormay qo'ydim. Qaynotam va erginam sababli o'qishga bormasdan ham diplom oladigan bo'ldim, ba'zi-ba'zida o'qishga tekshiruvchilar sabab bormasam atak bormayapman ham. Huddi masofaviy ta'limda o'qib yurgandekman! Mashinasini ko'chaga olib chiqayotgan Shoxjahon meni ko'rishi bilan kulib yubordi. Unga hayron qarab orqa oldimga boqdim. Birorta joyimga nimadir qilibdimi deb. --Farodisa sen mashinaga o'tiraver men hozir kelaman. Nima balo bunga nimalar bo'layapti! Nega menga bunaqa yaxshi muomilada bo'layapti. Telba bo'lib qolaman hozir. Shoxjahon xonasiga kirib kiyim javonining tepa qismida turgan karobkani oldi va ichini ochdi. Ichidan huddi Farodisa kiyib olgan spartivkasini oldi. Internet magazingan buyurtma qilgandi, afsuski o'ziga juda ham kichik kelgan edi. Sport mashg'ulotlari sabab yanada baquvvatlashganligi sabab usha vaqtda o'lchovi anchagina kattargan edi. Shu sababli buyurtmadagi kiyimi ancha kichik edi. Hozir shularni eslar ekan karobkadan huddi shunaqa spartivkasini ustki qismini oldi.
Atirlari turadigan tumba oldiga bordi va hozirda foydalanadigan atirlaridan biri olib kiyimiga septi. Yuzida jilmayish paydo bo'ldi. Yotoq ustiga kiyimni tashlab javonidan Farodisa kiygan spartivkani kiydi. Hayoliga bir narsa kelib spartivkaga qo'shib 2ta kepka oldi. Yotoqdagi kiyimni olib xonadan chiqib ketdi. Farodisa mashina ichida o'tirar ekan uzoqdan sport uslibida kiyinib olgan boshida esa kepka qo'lida bir nimalar ko'tarib kelayotgan erginasiga ko'zi tushdi. Shunaqangi kelishgan va gavdali ediki ustidagi kiyimi unga juda ham yarashgan edi. Yana boshidagi kepkasiniku umuman aytmasa ham bo'ladi. Mashinaga kelib minishi bilan Farodisa qarab --Ustingdagini yechda menga ber--uning bu gapini so'z-siz bajardim va tezda yechib berdim. Albatta jahli chiqgan bo'lsa kerak axir eng sevimli kiyimim degan ediku menga. Hafsalasiz yechib unga uzatdim. Ustimga boshqa narsa olish uchun endi mashinadan tushaman degandim u tezda boshimni ushlab o'ziga qaratdi. --Shoshma menga qara!--boshimga huddi o'zinikidek kulrang kepkani kiydirdi va oldimga juda yaqin keldi. Kepkaning orqa tomonini biroz kichraytirmoq ilinjida menga yaqin kelgani sabab mening kichkinagina iyagim uning baquvvat yelkasiga tegdi. Kepkani kichraytirib huddi boya egnimda kiyib olgan spartivkani kichikroq variantini menga berdi hattoki kiydirib qo'ydi. Unga hayron qarab turarkanman menga qiyo boqmasdan ustiga menikidek spartivkani kiyib oldi. Shimimning rangi huddi shu spartivkaning rangidek bo'lganligi sabab men va Shoxjahon bir xil kiyinib olgan edik. Boyagina u boshqa kiyimda edi. Ya'ni shim va yoqalik ko'ylakda edi, hozir esa sport uslubida kiyinib olgan. Sabab nima ekan? Jimgina yo'lda ketar ekanmiz uydan chiqganimizda bor yo'g'i o'n daqiqa bo'lgan edi. Bir payt u gapira boshladi. --Nonushtada aytgan gaplarim shunchaki....men...--gapi oxirida yetmasdan men gapira boshladim. --Bilaman bu shunchaki rol o'ynash edi, havotir olamang men bu so'zlarga ishonmadim va umidlanmadim ham. Hammasi esimda....havotirlanishingiz shart emas! Agarda men bilan majburlikda chiqgan bo'lsangiz meni biror bir sokinroq joyda tashlab ketsangiz ham roziman! O'zingiz esa xohlagan joyingizga boring yoki xohlagan ishingizni qiling. Men sizga halaqit berishni yokida asabingizni buzib nafratingizga duchor bo'lishni istamayman. Bilaman mendan hali ham nafratlanasiz, bularni esa onangiz sabab qilayapsiz....ozroq sabr qilsangiz men tez orada ketaman va mendan butunlay qutulasiz... Haya oyijonning oldida ham rol o'ynashingiz shart emas! Ular shundoq ham hammasini bilar ekanlar. Shu sababli o'zingizni majburlab menga yaxshi gapirishingiz shart emas. Mashinani mana shu atrofda to'xtatib yuborsangiz men tushib qolaman, siz esa ketavering men o'zim uyga yetib olaman!-- ko'zlarimdan oqishga ulgurgan yoshlarni artib tashladim va nigohimni Shoxjahonga qaratdim. Unga menga qandaydir boshqacha nigohlar ila boqib turardi. Bu nimani anglatishini hech ham tushunmas edim. --Hech qayerga tushmaysan. Jim ket!--faqatgina shu so'zlarni aytib nigohini yana yo'lga qaratib oldi. Ko'zlarida esa cheksiz bir tuyg'u bor edi go'yo... Shoxjahon qizga aytmoqchi bo'lgan so'zlarni o'ylab endigina gap boshlagan edi. Lekin qizning so'zlari uni gung qilib qo'ydi go'yo. Hozir shularni o'ylar ekan mashina ro'lini qattiq siqib oldi. Shoxjahon Farodisani butun shahar bo'ylab aylantirdi. U nimani istada hammasini so'z-siz bajardi. Albatta bundan qiz anchagina hayratlanmasdan qolmadi. Kechki piyoda sayridan qaytayotgan Farodisa ko'chada paxta qand sotib yurgan ayolga qarab qoldi.
To'g'rirog'i ayolning qo'llaridagi shirin paxtalarga qaradi. --Anaqa...Shoxjahon akaaa--qiz qo'rqibgina yigitga qaradi. --Gapir yana nima ko'rib qolding va nima yeging kelayapti?--uning holatini tushungan yigit qizga qaramasdan savolini berdi. --Shirin paxta!--uyalganidan ko'zlarini yerga qaratib oldi. Hozir urushib beradi deya qo'rqib ko'zlarini yerdan uzmadi. --Mana bo'lar ekan-ku normroq narsa so'rasang. Mendan umrimda chiqmagan metroda sayr qilishni so'raysan! Xudo haqqi hech ham tushunmadim senga metroda sayr qilish nega kerak bo'ldi ekan?-- yigit qizga savol nazari ila qarab turdi. Farodisa esa aytaymi yo'qmi deb o'ylanib turdi. --Hop sababini aytaman...faqat ustimdan kulmaslikka va'da bering! --Hop va'da beraman. Endi aytchi meni metroda yurishimga sabab bo'lgan narsa nima ekan? --Metrodan keladigan zah hidni hidlashni juda ham istadim!--sekin Shoxjahonga qarar ekan yigit unga jinniga qaragandek qarab turar edi. Oxiri yigit boshini ikki yonga chalib shirin paxta sotadigan sotuvchining oldiga ketdi. Uni ortidan qiz ham kulgancha bordi. Sotuvchining oldiga borganimizda u mendan qanaqa rangligidan olishimni so'radi. Men ham o'ylab o'tirmay ikkitasidan oldim. Faqatgina pushti va havo rangligidan borligi sabab ikkisidan ham oldim. Menga hayron qaragan sotuvchi va Shoxjahonga qarab uyalib ketdim va tezda yuzimni erginamning yelkasiga yashirib oldim. Mening bu qilig'imdan sotuvchi kulib yubordi. Shoxjahon shirin paxtalarning pulini to'lab mening bilagimdan ushlab mashina tomon yetaklay boshladi. Men esa unga e'tibor bermay qo'limdagi shirin paxtalarni har ikkalasidan ham yeb ketar edim. --Farodisa huddi yosh bolani o'zisan! To'satdan aytilgan bu so'zlar sabab paxta yeyishni to'xtatib unga yuzlandim. --Nega unaqa deyapsiz?-- mashinaning oldi o'rindig'ini eshigini ochib berarakan unga o'tirishdan oldin Shoxjahondan javob olishni istadim. --Shunchaki... Bo'ldi bosh bir so'z demadi. Menga mashinaga o'tirishimga ishora qilgani sabab jimgina uning aytganini qildim. Shirin paxtalarimni yeb bo'ldim ham negadir yana bir nimalar yegim keldi. Barmoqlarim shira bo'lib ketdi. O'zim bilan rumolcha olmaganim esimga tushdi. Endi nima qilishni o'ylab o'tirganimda Shoxjahonga qo'ng'iroq bo'la boshladi. --Eshitaman -- --Ha albatta! Faqat qaysi kunligini senga keyinroq aytaman! Mashina to'xtaganligi sabab jimgina atrofni tomosha qilib o'tirardim. Erginam o'zining havfsizlik kamarini yecha boshladi va men o'tirgan o'rindiqning to'g'risidagi bardachokni ochdi va ichidan nam sochiqchalarni oldi. Meni hayron qoldirgani ikkala qo'llarimni ham ushlab barmoqlarimni arta boshlagani edi. Unga ko'zlarimni katta ochib qarab turarkanman u hatto menga qaramas edi. Telefonda yordamchisi bilan bir nimalar haqida gaplashardi. Qo'llarimni artib bo'lganidan so'ng yana qayta kamarini taqdi va mashinani yurg'iza boshladi. Qo'ng'iroqni yakunlab nigohini menga qaratdi. --Yaxshimisan? Ko'ngling aynimayaptimi? Og'zimni ochib unga qarab qoldim. Boshim bilan yo'q ishorasini qilib nigohimni yana mashina oynasiga qaratdim.... Kechki ovqatdan so'ng uyga qaytdik. Sababi mening boshim aylanib ko'nglim ayniy boshladi. Buni sezgan erginam esa tezda uyga ketishimizni aytdi. Kechki taom esa oddiygina hech bir so'zlarsiz o'tdi desam bo'ladi. Faqatgina mendan nima yeyishimni so'raganini hisobga olmasa hammasi oddiy kechdi. Mana xonamga ko'tarilar ekanman Shoxjahon va oyijonnining suhbatini behosdan eshitib qoldim.
Gap poylash odatim yo'q edi-ku lekin bu suhbat men haqimda ketganligi sabab be'tibor ketishni xohlamadim va sekin zinalardan pastlay boshladim. Oshxona taraf yaqin bo'lgani sababli zinada o'tirib ularni suhbatiga quloq soldim. --Bu nima deganing sen bolani aqling joyidami? --To'g'risini aytayapman. Men charchadim hammasidan! Men uni sevmayman va hattoki seva olmayman. Nega shuni tushunishni xohlamaysizlar! Uning bu so'zlarini eshitib ichimdan zil ketdim. Ko'zlarimdan oqishni boshlagan yoshlarni qo'llarim bilan sidirib tashladim. --Men u bilan ajrashaman! Agarda ajrashishga rozi bo'lmasa onasining o'tmishdagi qilgan ishlarini yuzaga chiqarib qamatib yuborishimni xohlamasa bunga ko'noshga majbur bo'ladi! --Sen bola nimalar deyapsan. Yana qanaqa ajrashish valdirama. Hech qanday Farodisa bilan ajrashmaysan. Gap tamom! --Siz meni tushunmayapsiz oyiii. Men singlimning qotilini qizi bilan ortiq bir uyda yashay olmayman tushunsangizchi axir! Singlimni qotili dedimi? Tushunmay qoldim. Nima Shoxjahonni yana bitta singlisi bor edimi? --Mening Malagimni chet elda davolaniahiga va komada yotishiga sababchi bo'lgan qotilning qizi bilan bir uyda yashashni istamayman! Tarsaki ovozi butun xonaga aks sado bo'lib chalindi. --O'tgan ish o'tdi. Onasining qilmishini deb nega bolasi javob berishi kerak? Men senga shunaqa tarbiya berganmidim? Nahot meni bir og'iz tinglamasang? Nahot mening gaplarim yerda qolgan bo'lsa. Senga to'ydan oldin nima degandim? Esingdami? Farodisaga ozor berma, uning bunda hech qanday aybi yo'q deganmidim? Men ham Malak qizimni sog'inaman uni juda ham qumsayman, menga osson deysanmi to'qqiz oy qornimda ko'tarib yurgan bolamni abgor axvolda ko'rish? Uning komada huddi o'lik holatda ko'rish osson deb o'ylaysanmi? Dadang va menga ham osson emas. Hattoki Soliha ham uni eslaganida qanaqa axvolda tushushini sen qayerdan ham bilarding? Esingdami Farodisani birinchi bor ko'rganida uni huddi Malakga o'xshatgani? Mendan juda ko'p martta iltimos qildi \"Oyi iltimos akamga ayting unga ozor bermasinlar. Bu qiz huddi malaksifat ekan. Dilida kiri yo'q\" deb menga bot bot iltimos qilgan edi. Hattoki undan bolang bo'laturib sen uni xaromi deding! Nahot shu so'zlarni aytishga tiling bordi? Nahot sen shunchalar o'zgarib ketding Shoxjahon. Men seni taniy olmayapman... Shu gaplarni aytib oyijon ko'zlaridagi yoshlarni artib oshxonadan chiqib ketdilar. Men esa o'tirgan joyimda jim turar edim. Zinalardan chiqib kelayotgan Shohjaxonga yoshli ko'zlarim bilan boqdim. U esa ko'zlarini mendan olib qocha boshladi. --Nega? Nega Shoxjahon... Mening aybim nima edi? Bilagimdan ushlab meni o'rnimdan turg'azdi va xonasi tomon yetaklay boshladi. Xonaga kirishimiz bilan eshikni zarb bilan yopti va meni yelkalarimdan qattiq ushladi. Hozirda bu og'riqlar qalb o'grig'ini oldida hech narsa edi. --Nega deysanmi? Unda men senga sababini ayta qolay! Yigirma yil oldin sening onajoning mashinasida ketayotgan bo'ladi. Mashinani katta tezlikda boshqarib kelayotganligi sababli muvozanatni yo'qotib yo'l chetida ketayotgan bir qizni urib yuboradi. Chuqur chuqur nafas olib chiqara boshladi. Menga yaqin turganligi sababli uning nafasi meniki bilan tutashib turar edi. --Mening Malagim...jonimdan ortiq ko'rgan singlim sening onang tufayli qurbon bo'ldi. Mana nechi yildan buyon komada yotibdi.
Suyukli onajoning senga xomilador bo'lganligi va oy kuni yaqinlashgani sababli unga nisbatan jinoiy ish ochilmadi. Mehribon ota onam sababli onang qutulib qoldi. Lekin men o'ch olishni istab keldim....kichikligimdan o'ch olish miyamning har bir yerida bot bot takrorlanib keldi. Mana vaqti soati yetib uning qizidan o'chimni oldim. Ha Farodisa men seni zo'rladim va maqsadimga yetdim deb o'ylagan edim! Edim! Afsus seni sharmanda qilib onajoningni yuzini yerdan ko'tarmaydigan qilaman deganimda yana mehribon ota onam meni senga uylantirib qo'yishdi. Aslida maqsadim seni o'ldirib darvozang tagida tashlab ketish edi. Lekin men gunox ish qilib senlarning xarom qoninga qo'limni bulg'ashni istamadim. Zora zo'rlanishing sen uchun yengil jazo edi men uchun! Uning so'zlarini tinglar ekanman miyam karaxt axvolda keldi. Ichimda qandaydir og'riq turdi. Og'riqlarga e'tibor bermay uning yuziga tarsaki tushirdim. -- Qasos olishni istagan edingiz to'g'rimi? Unda ayta qolay siz buni a'lo darajada uddaladingiz! Otam va onamni boshini yerdan ko'tarmaydigan darajaga olib keldingiz. Hammasi uchun rahmat sizga. Faqat bir narsa uchun meni kechiring! Nozik va kichkina kaftlarim orasiga uning yuzini ushladim va undan so'ngi bo'samni oldim. U ham menga javob qaytara boshladi. Qornimdagi og'riq yanada kuchaya boshladi. Oxiri undan o'zimni oldim. --Hayotingizdan butunlayga ketaman. Hozirgi ish uchun meni kechiring. Xonadan ming bir azob ila chiqib ketarkanman oxirgi so'zimni aytishni istadim. Ortimga o'girilib yerda yoshli ko'zlari bilan qarab turgan kelishgan buqasifat gavdamga oxirgi bor qarab oldim. --Men sizni sevaman buqasifatgavdam! Mening bu so'zlarimdan u nigohini yerdan uzib menga hayron qarab turardi. Ortiq uni ko'rishni istamadim va xonam tomon o'qdek chopdim. Ichimda paydo bo'lgan og'riq sababli xonamga ming bir og'riqlar bilan yetib bordim. Endi men bu uyda ortiq yashay olmayman. Men ketishim kerak. To'g'ri onam aybdor bo'lsalarda lekin men bu ishlarga javob berishim kerak! Xonamga oxirgi bor qarab oldim. Bu yerda \"Shirin\" xotiralarim o'tmagan bo'lsada mening unutilmas lahzalarga boy bo'lgan xotiralarni eslatar edi. Ha men Shoxjahonni sevaman! Menga ozor bersada uning ozozr berishlari bilan birga sevaman. Menga nafrat ila boqgan nigohlarini sevaman. Uning borligini mendan nafratlanishini bilsam ham sevaman, sevaveraman! Qornimni silarkanman endi uning ichidagi farishtachamni yolg'iz o'zim katta qilishimni o'ylasan ichimdan zil ketardim. Boshqalardan otasiz katta qilish qanaqaligini eshitgandim, lekin bir kun kelib mening ham boshimda shu ishlar tushishini kutmagan edim..... Yarim kechasi eshik qo'ng'irog'ini eshitib ko'chaga chiqgan Nilufar xonim eshik tarida qonga bo'yalib yotgan qizini ko'rib boshidan kapalagi uchib ketdi. --Farodisaaa senga nima bo'ldi qizim!.... Shifoxonaning shiftiga hissizlik ila qarab turar ekanman. Yaqindagina bor yo'g'i ikki kun oldin mendan butunlayga voz kechib ketgan loviyachamni o'ylasam ko'zlarimda yana yoshlar paydo bo'laverar edi. Shifokorning aytishicha qattiq stres va siqilish sabab men boladan ayrilibman. Qizig'aa kechagina qornimda bilinmasada men sezadigandek qimirlab qo'yishini sezib turar edim. Mening aybim sabab bolajonimdan bir kunda ajraldim. Xomiladorligimni bilganimda unga aytgan
so'zlarimni eslasam pushaymon yeyman. Nega axirrr nega bu so'zlarni unga aytdim? Axir u mening jonimning bir parchasi edi-ku! Endi faqatgina yig'lab faryod qila olaman. Menda undan xotira bo'lmish hech narsa qolmadi....hech narsa! Shifoxonada tushgan kunimning o'zidayoq ota onamga sudga ariza berishlarini yalinib yolvordim. Onam bechora meni deb sen azoblanding deya takrorlab holi jonimga qo'ymadilar. Rosti endi menga hech narsani qizig'i yo'q edi. Devorlari zax bosib yotgan shifoxonaga qarar ekanman tezroq bu yerdan ketishni istardim. Sharoti yo'qligi sabab devorlardagi zax mening asablarim buzilishini yana yuqori darajada olib kelar edi. Qon ketgani sababli mendan havotir olgan oyim va dadam yo'lida uchragan birinchi shifoxonaga olib kelishibdi.... Bir necha kunlardan so'ng suddan chaqiruv keldi. Mana men kutgan do'zax kunlar keldi. Shoxjahon va Farodisa kitobini yopilishiga sababchi bo'lgan kun keldi! Kutish zalida o'tirar ekanman to'g'rimda menga bir bir qarab qo'yayotgan buqasifat gavdamga bir bor bo'lsa ham qarab qo'ymadim. Bilardimki hozir unga qasam bag'riga o'zimni otishimni va meni maftun aylagan iforini to'yib hidlashimni istardim. Lekin bularning bari endi men uchun sarob! Bizni chaqirishgani sababli ichkariga birinma ketin kira boshladik. Sudya janoblari menga savol bera boshladi. Bilardimki agarda men afrashishga rozi bo'lmasam Shoxjahon onamni nima qilib bo'lsa ham qamatib yuborishini. Sud zalida ikkisi ham sassadosiz bir-biriga boqar ekan. Bir nima deb aytishga til ojiz edi. Sudya qizga savol bera boshladi. --Ajrashishingizning sababi nimadan? --Men erimga xiyonat qildim! Yigit agarda qiz ajrashishni xohlamasa chora sifatida bitta ikkita hujjatlar tayyorlab kelgan edi. O'ylagandiki qiz u bilan ajralishni xohlamaydi deb. Lekin hozir adashganini va qizning javobidan hayratda qoldi. Hattoki sud zalidagi yaqinlari ham uning bu so'zlaridan joyida tosh qotishdi. Qizning ko'zlaridan bir tomchi yosh sizib chiqdi. --Ha janob sudiya.....men erimga xiyonat qildim!.... Ko'zlaridagi yoshlar sabab atrofni to'g'ri ko'ra olmayotgan qiz qo'li bilan yoshlarini sidirib tashladi. Lekin bir necha daqiqa o'tmasidan qarshi tarafdan mo'jizaviy sado keldi. --Men xotinim bilan ajrashmayman! Shoxjahonning bu so'zlari hammani yana bir martta hayratda soldi. Farodisa unga qarar ekan, uning ko'zlarida hozir bo'lgan xislarni tushuna olmadi. O'ylagandiki hozir Shoxjahon unga hech qanday e'tiroz bildirmay jimgina afrashadi deb. Aksincha u ajralishni istamadi va rad javobini berdi. Lekin qizning xiyonat haqidagi so'zi zaldagi hammani har xil vaziyatlarga tushishiga sabab bo'ldi. Afsuski bilganida edi qizning bu so'zlari kimningdir hayoti bilan vidolashuviga sababchi bo'lganini va kimningdir butun umr qarg'ishlariga sababchi bo'lishini..... #Hozirgi_kun --Hali hamon esimda! Sud zalidan dadamning jasadlari chiqgani. Birgina mening xiyonat qildim degan so'zim dadamni mendan butun umr ayirishga sababchi bo'ldi. Mening axmoqligim sabab oyim beva men esa yetib qoldim! Qo'lidagi suratga shu so'zlarni aytdi va telefonini o'chirib qo'ydi. O'tmishni xotiralash qanchalik og'riqli bo'lmasin baribir eslayverdi!...... Yam-yashil rangda
burkangan dala. Atrofida birorta ham gul yo'q. Lekin uning yam-yashilligi gullar bo'lmasa ham o'zgacha ko'rk bag'ishlab turar edi. Men esa atrofga boqardim. Lablarimda kulgu. Qo'llarimni ikki yonga yoyib o'z o'qi atrofimda aylanayapman. Egnimda qanaqadir tushunarsiz libos. Lekin orqa tomoni juda ham uzun edi. Nimadir bo'ldiki men aylanishdan to'xtab qoldim. Oyog'im ostida paydo bo'lgan kichkinagina oppoq mushukchani ko'rdim. Axir bu...bu....usha mushukchaku! Ha ha huddi o'zi! Uni juda ham sog'ingan ekanmanmi tezda qo'limga olib erkalay boshladim. Hali ham juda kichkinagina. Nega katta bo'lmadi ekan? Kaftlarim orasidagi mittigina oppoqginamga qarar ekanman, kimdir kaftlarim ustidan o'zining kaftlarini qo'ydi. Nigohlarimni to'g'riga qaratdim, lekin ortimga qaramadim shunchaki ko'zlarimni yumdim. Kaftlarim ostidagi qo'l esa sekin asta mendan uzoqlashdi. Men esa sekin ko'zlarimni ochdim..... Yon atrofimga qarakanman \"U\" yo'q edi, hattoki qo'limdagi mushukcha ham g'oyib bo'lgandi. Ko'ylagimning etagini ko'tarib yugura boshladim. Yuguraverdim toki jarlikka yetib kelmagunimga qadar. Jarlikka sekin qarar ekanman uning pastligini oxiri yo'q edi. Lablarimda tabassum paydo bo'ldi. Sekin oyog'imni jarlik tomon olib bordim. Endigina sakrayman deganimda ortimdan kimdir chaqirdi va meni belimdan maxkam quchib oldi. Sochlarim va bo'ynim uzra uning qaynoq taftini xis qildim....... Ko'zimni tezda ochib chuqur nafas olib chiqardim. Yana shu tushni qayta qayta ko'rayapman. Juda ham charchadim bu tushlardan. Endigina jarlikka o'zimni tashlayman deganimda faqat ortimdan kimdir quchib oladi. Yotog'im oldidagi soatga qarasam tungi soat ikki! Endi ko'zlarimga uyqu kelmasa kerak. Yaxshisi ertalab ketishga tayyorgarlik ko'raman. O'rnimdan turib jamadonimni tayyorladim. O'zimga kerakli kiyimlar va narsalarimni soldim. Tumbaning ustida turgan rasmni ham olishni unutmadim. Ungadi ikki shaxsni ko'rib ko'zlarimda yoshlar mavjlandi. Sekin asra suratni siladim. --Dadajonim! Mendek axmoq qizingizni kechiring. Sizning o'limingizga sababchi bo'lgan men axmoqni kechiring! Sizni juda ham sog'indim, sochlarimni o'rib qo'yishingizni, peshonamdan o'pib meni erkalashingizni sog'indim. Qani edi iloji bo'lganida siz bilan birga bo'lib qolsam! Uni sevganim uchun kechiring, hali hamon uni sevaman! Bu uchun ham kechiring! Kechiring! Suratni oxista kiyimlarim orasiga qo'ydim. Jamadonimni yopib kiyinishga kirib ketdim. Tezda kiyinib bo'lib jamadonimni oldim va xonamga huddiki oxirgi martta ko'rayotgandek sezdim o'zimni. Xonam oldida joylashgan yana bir xonaga kirdim. Noz uyquda ketgan onajonimning yuzlaridan sekingina o'pdim. Qo'llari bilan bag'rilariga bosib olgan dadamning suratlarini ko'rib yig'lab yubordim. Tezda qo'llarim bilan og'zim yopdim. Boshqa chiday olmay bu xonadan tezda chiqib ketdim. Yana qayta xonamga kirib men uchun eng muxim bo'lgan narsamni oldim va butunlay bu uydan ketayotgandek sezdim o'zimni. Mashinamga o'tirib uyimga xorg'in boqdim. Qop qorong'uda oyning shulasi tushib turgan uyim shunaqangi go'zal ediki. Buni ta'riflash uchun til ojizlik qiladi. Ko'zlarimdagi yoshlarni sekin sidirib tashladim. Orqa o'rindiqqa qarab qo'yib maahinani o't oldirdim va olti soatlik yo'lga chiqdim..... Toshkent! Men uchun unutilmas voqealarga sababchi bo'lgan
shahar! Mening ona shahrim. Tug'ilgan shahrim! Lekinnegadir bu shaharga kelishga qo'rqaman. Huddiki yana qayta usha voqealar \"azobli\" desa to'g'ri bo'ladi. Huddi shu voqealar qaytalanilagandek tuyilmoqda menga. Qashqadaryodan Toshkentgacha olti soatlik yo'lni tezda kezdim, balkim mashinani tez haydaganim sabablimi men o'ylaganimdan ancha tez keldim. O'ylagandimki yo'l bo'yi to'xtab kelaman deb aksincha adashibman. Mashinani kerakli manzil tomon haydadim. Shaharga kirib kelishim bilan birinchi qiladigan ishim shifoxonaga borish bo'ldi. Yo'lda charchashimga qaramay tezda shifoxonaga bordim.... Shifoxona ichiga kirib borar ekanman men uchun yod bo'lib ketgan palata tomon odimladim. Qo'limdagi noz uyqudagi farishtachamga qarab jilmayib qo'ydim. Ha bu mening farzandim! O'z jonimdan bo'lgan yarimim! Shoxjahon va mening farzandim! Sekin ichkariga kirdim. Yotoq ustida huddi o'lik odamdek oppoq rangda burkangan, men uchun yaqin bo'lishga ulgurgan insonim yotar edi. Sekin uning oldiga yaqinlashdim. Stullardan birini olib uning oldiga yaqinroq o'tirib oldim. Qo'limdagi jajji bolajonimni esa uning quchog'iga qo'ydim. --Salom Malak opa. Yaxshimisiz?--ko'zlarimda mavjlangan yoshlarni sekin artdim. --Mana bugun sizning oldingizga jiyaningizni olib keldim. Sizni u bilan tanishtirishni juda ham xohlagan edim va endi tanishtirsam. --Tanishinglar o'g'lim Isfandiyor! Shoxjahonning va mening o'g'lim. Albatta agar Shoxjahon tan olsa uning ham o'g'li-- og'riqli jilmaydim. Shoxjahon oldidan ketganimdan keyin qornimda ayrim og'riqlar turdi. Ota uyimga borganimda esa...rosti bilmayman nima bo'lganini. Ko'zlarimni ochganimda shifoxonada yotar edim. Yuragim sezib turardi bolamni yo'qotganimni! Bu rost bo'lsa ham o'zimni aldardim. Shifokorlarning tasdiqlashidan bildim men rostdan ham farzandimdan ayrilgan edim. Ha men rostdan ham farzandimdan ayrildim! Faqat birinchi bolam bu olamni ko'rmay ko'z yumdi. Isfandiyorning opasi bu shavqatsiz dunyoni ko'rmay meni tashlab ketdi. Yotoqda pishillab uxlab yotgan o'g'limga qarab jilmaydim. To'g'ri shifokorlar bolani olib tashlashgan edi. Lekin ular faqatgina bittasini olishgan edi. Bolalarim juda kichikligi uchun ularni apparatdan uncha yaxshi ko'rib bo'lmas edi. Shifoxonada tushganimda oddiyroq joyga olib borishgan ekan. Albatta bunda ota onamning ayblari yo'q. Ular mendan havotir olib yo'llarida birinchi uchragan shifoxonaga olib borishgan. Tajribasiz shifokorlar abort qilishganida ichimda yana bir jon borligini bilishmagan va bolani olib tashlashgan. Ha men qizimdan ajraldim. Uning jajjigina yurakchasi to'xtab qolganligi sabab u o'ldi. Qanday qilib shifokorlar egizak farzandlarim borligini bilishmagan bunisi bilmayman? Balki bu mo'jizadir? Allohim menga yordam bergandi? To'g'ri ishonish qiyin qanday qilib homilaning egizak ekanligini bilishmagan. Hattoki bolalarim ikki oylik edi! Men ham ko'p o'yladim...va Allohning bir mo'jizasi mening hayotga yashashim uchun sabab dedim va farishtamni asray boshladim. Uning mavjudligini dadamning vafotlaridan ikki hafta o'tib sezganman. Boshqa viloyatga ko'chib ketayotganligimiz sababli meni eng yaqin dugonam Toshkentdagi \"Akusher Genikologiya universiteti\" da o'qir edi. Amaliyot o'tash uchun borgan ekan, men bilan uchrashmoqchiligini aytib chaqirgan edi, ishlari ko'pligi sabab o'zim borgan edim. Borsam mening qo'limga taklifnoma tutqazdi! Bildimki yaqinda uning to'yi. Lekin ko'zlarida quvonchni ko'rmadim? Nega ekanligini so'raganimda aytmadi? Meni yanglishyapsan dedi? Balki shunaqa deb tushungandirman? U bilan suhbatlashib o'tirganimda boshim aylana boshladi. Buni unga sezdirmay savol bera boshladim.
--Dilshoda axir sen uni sevasanku?-- Dilshoda boshqa yigitni sevishini juda yaxshi bilardim. Axir u meni eng yaqin dugonam surdoshim edi. Taklifnomada boshqa yigitning ismini o'qib bildimki u o'z sevganiga emas balki boshqasiga turmushga chiqayotgan edi. Mening so'zlarimdan keyin u menga mayus jilmaydi va pastga qarab oldi. --Sen sevsangu u sevmasa buni sevgi deb bo'ladimi?--ko'z oldimda Shoxjahon keldi. Ha u meni emas men uni sevardim. --Men uni sevdim u meni emas boshqasini sevdi va unga uylandi. Endi u haqida gapirishni ham istamayman! Uning boshqa so'zlarini eshita olmadim ko'z oldim qorong'ulashib ketdi. Dilshoda tezda meni oldimga shifokorlarni chaqirdi va ular meni tekshira boshlashdi. Tekshiruvlar natijasida shuni bildimki men homilador edim. Qornimda hali ham mening farishtam bor edi. Bu habarni eshitib rosti shokka tushib qoldim. Boshida ishonmadim lekin apparatdan uning yurak urushini eshitib ko'zlarimdan o'z o'zidan yosh kela boshladi. Bu yoshlar quvonch ko'z yoshlari edi Malak opa-- pishillab uxlab yotgan bolamga qarab qo'ydim. So'rg'ichi og'zidan chiqib ketganligi sababli labchasini qimirlatib uni axtarar edi. Sekin og'ziga solib qo'ydim va gapimni davom etdim. Dilshoda bu habarni eshitib rossa xursand bo'ldi. Menda bo'lib o'tgan ishlar sabab bu men uchun mukofot ekanligini ayti. Shundan so'ng men Qashqadaryoga ketdim. Otam tug'ilib o'sgan viloyatga. Sekin asta vaqtlar o'ta boshladi. Farishtacham ham katta bo'la boshladi. Men baxtli edim....faqat otamga bo'lgan sog'inchim meni yeb bitirardi. Otamning vafoti onamga juda qattiq ta'sir qildi. Uning o'limida meni aybladi. Chidab bo'lmas so'zlar bilan meni haqoratladi. Usha vaqti men uchun suyana oladigan yelka kerak edi...juda ham muxtoj edim... Bu ham bir sinov deb chidadim. Lekin onam menga gapirmay qo'ydilar. Ko'rganlarida esa otamning o'limida doim men sababchiligimni aytardilar.... Bir kuni....internet sahifasida bir narsaga ko'zim tushdi. Bildimki sizni O'zbekistonga olib kelishgan ekan. Rosti bu habarni eshitib juda ham xursand bo'ldim. Alihandan sizning qaysi shifoxonada ekanligingizni surishtirib bildim. Oldingizga shu zahotiyoq borgim keldi....lekin uni ko'rishdan juda qo'rqdim. Uni juda ham sog'ingan edim.... Biz qonunan ajrashmagan bo'lsakda u men bilan biror martta ham habar olmadi axvolimdan demoqchi emasman....ajrashish masalasi bo'yicha! Men bir narsaga qaror qildim. Qachonki uning o'zi ajrashish haqida og'iz ochmas ekan, men ham ochmayman deb. Mana oradan oylar o'tdi lekin undan biror bir habar kelmadi? Nega sudda ajrashmayman deganini rosti o'zim ham tushunmadim? Sizni ko'rgani kelganimda u yoq vaqtlar kelardim. Qo'rqdim agarda meni ko'rib qolsa ajrashish haqida eslab qoladi deya. Lekin hozir men bu yerga bir emas ikki savobli ish uchun keldim. Biri Shoxjahon bilan ajrashish bo'lsa, Ikkinchisi sizga donor bo'lish. Ha opa men sizga donor bo'lmoqchiman. Sizning yashashingiz uchun o'z jonimdan kechishga ham tayyorman. Zora bu ishim bilan onamning qilmishini va Shoxjahonning qasosi badalini to'lasam? Faqat sizdan bitta iltimos opajon. Men o'lganimdan keyin bolamni nima qilib bo'lsa ham Shoxjahonga otalik qilishiga ko'ndiring. Bolamning onasi bo'lmasa ham otasi yonida bo'lsin. Mayli birorta yaxshiroq qizga uylansin. Hattoki bolam uni o'z onasi deb tan olsin, men haqimda hech narsa demasanglar ham roziman. Faqatgina bolamga otalik qilishiga ko'ndiring iltimosss--oxiri chiday olmay o'ksib o'ksib yig'lay boshladim. Hattoki hiqqillab qoldim ham. Sizni ham gapiraverib bezor qilib yubordima?? Tez orada bu hayotga qaytasiz. Men shu yo'l bilan aybimni yuvmoqchiman. Meni bu dunyoda ushlab turadigan hech kimim qolmadi. Otamdan ayrildim....onam...onam esa meni ko'rishni istamaydi.
Hattoki tirikligimning ham qizig'i yo'q. Har kuni otamning o'limiga sababchi ekanligimni eshitaverib rosti juda ham charchadim. Bolanga achinmaysanmi demoqchidirsiz?? Achinaman juda ham.....unga o'zim onalik qilish, katta qilishni juda ham xohlayman. Uning birinchi so'zini, ilk bor bosgan qadamlarini, birinchi bor bog'chaga borishini, maktabga qadam ranjida etishini o'z ko'zlarim bilan ko'rishni va doim oldida bo'lib uning yaxshi yomon kunida turishni juda ham istayman.... Lekin unga menga nisbatan otasi bilan yashash juda ham yaxshi deb o'ylayman. Men bilaman va sezmoqdaman u bolamizga juda yaxshi ota bo'ladi. Hattoki mening o'rnimni ham sezdirmaydi. Men buni sezayapman opa. Faqat siz ham bunga harakat qiling iltimos opajon.... Yotoqdagi bolamni qo'limga olib uni to'yib to'yib hidladim. Ko'z yoshlarim uning oppoq kiyimchalariga tushar edi. --Meni kechir bolajonim....kechir...Seni tashlab ketayotganim uchun kechir....kechir o'g'lim! Bag'rimdagi bolamni quchib o'ksib yig'lay boshladim. Ming la'nat bo'lsin bu chirkin dunyoga! Ming la'nat bo'lsin bu beshavqat hayotga. --Sen bilan tushlaringda ko'rishamiz bolam. Ishonamanki men bilan o'tqazayotgan besh kuning unutilmas bo'ladi. Sen uchun va men uchun-- bolamni yana qayta bag'rimga bosdim va uning jannatmisol iforidan to'yib hidladim. --Men axmoq onangni kechir bolam!.....kechir meni....kechir! Qarshi Uyining balkonidan ko'chani tomosha qilayotgan Nilufar xonim, xonasiga kelgan xizmatchining gapini eshitsa ham javob bermadi. Tebranma kursisida jimgina tebranib o'tiraverdi. Uning bu qiliqlariga ko'nib qolgan xizmatchi qiz, chuqur xo'rsinib qo'ydi va xonadan chiqib ketdi. Xizmatchi qizdan xonaga kirishini eshitgan Alihan qizga rahmat aytib ketishini aytdi. Xurmat yuzasidan xonani uch martta taqillatib sekin eshikni ochdi. Balkonda tepranma kursida xissizlarcha o'tirgan ayolni ko'rib g'azabi qo'zidi va sekin asta u tomon yaqinlashdi. --Assalomu alaykum Nilufar xola!-- ataylab ovozini balandlatib salom berdi. Uning istehzoli ovozini eshitgan Nilufar xonim sekin ortiga qaradi. Lablarida bilinar bilinmas kulgi paydo bo'ldi. --Va alaykum assalom. Yaxshimisan o'g'lim? Uydagilar yaxshimi? Opam yaxshi ekanlarmi? -- Hamma yaxshi hola. Lekin siz yaxshimisiz? Eshitishimcha qizingiz Toshkentga ketibdi?-- xolasining be'etibor turganini ko'rib g'azabi qo'zisa ham jim turishni afzal bildi. -- Meni u bilan bir tiyinlik ishim yo'q. U men uchun otasi o'lgan kuni o'lib bo'lgan. Menga u haqida gapirma!-- yana qayta nigohini ko'cha tarafga qaratib oldi. -- Bu nima deganingiz xola? Axir u ham sizning farzandingiz-ku? Nahot tirik bo'lgan farzandingizni o'lganga chiqarsangiz?-- Xolasining bu gaplarini juda ko'p eshitgani uchun hattoki hayratlanmay qo'ydi. Lekin men uchun o'lgan degan so'zi ortiqcha bo'ldi va endi bor haqiqatni aytish vaqti kelganini sezdi. --Menga u haqida gapirib ovora bo'lma. Meni u bilan ishim yo'q. O'likmi tirikmi farqi yo'q! -- Aha unda yaxshilab eshiting! Usha sizga o'ligi ham tirigi ham qizig'i yo'q qizingiz nega poytaxtga ketdi bilasizmi?-- ayolni nega ketgani qiziqtirgan bo'lsa ham o'zini e'tiborsiz tutaverdi. -- Bir qizga donorlik qilish uchun! O'z hayotidan kechib, boshqa bir insonga hayot berish uchun ketdi! Nega?...nega? bu ishni qilmoqda buni ham bilasizmi? Sizning aybingizni yuvish uchun! O'sha siz urib ketgan qiz ya'ni Mahmud akaning qizi Malak tirik ekan. Chet elda davolanib yotgan ekan. Komada bo'lganligi sababli uni bu yerga olib kelishmagan. Yaqinda unda bitta ikkita o'zrarishlar sezilibdi. Tez orada o'ziga kelar ekan lekin...lekin uning yuragi necha yildan buyon komada davolanganligi sababli sustlashib qolibdi. Shu sababli unga donor qidirishayotgan ekan. Bu gaplarni eshitib Nilufar xonimni yuragi zir etdi. Hayolida kelgan o'ylardan cho'chib tezda Alihanga qaradi.
--Ha siz o'ylagan odam qizingiz! O'SJA AXMOQ QIZ SIZNING QILGAN ISHIMGIZ UCHUN U QIZGA DONOR BO'LMOQCHI ESHITAYAPSIZMI? SHOXJAHONNING ZULIMLARIGA CHIDAB, UNING TAXQIRLASHLARI, YERGA URUSHLARIGA CHIDAB U BILAN BIRGA YASHADI? NIMA UCHUN...AYTAYMI? SIZNING QILGAN ISHINGIZ UCHUN! MAHMUD AMAKINING KOTIBASI BO'LIB GULI XOLANI QATTIQ YIG'LATGANINGIZ UVOLI QIZINGIZGA URDI. SIZNI DEB ORTIG'I BILAN TOVON TO'LADI....HATTOKI TO'LAMOQDA!!! Xolasining jimligini ko'rib xunobi oshib oxiri o'shqirib yubordi. -- Nega sudda xiyonat qildim deb aytganini bilasizmi? Hattoki buni ham bilmasangiz kerak? Asabiy jilmaya boshladi. --Unda buni ham ayta qolay sizga! Buni ham siz uchun qildi! Agarda sud ularni ajrata olmay ularga muxlat bersa yoki Farodisa ajrashmayman deb turib olsa. Shoxjahon sizni qamoqda chiritishini aytgan ekan. Siz haqizda unda kerakli dalillar borligini Guli xolaga aytganini Farodisa eshitib qolibdi. Sizga zarar yetmasligi uchun sudda Xiyonat qildim deb tezroq ajrashishni istabdi. Xolasining bir nuqtaga qarab unsiz ko'z yosh to'kayotganini ko'rgan Alihan yerga sekin cho'kkalab o'tirib oldi. Tizzalariga qo'llarini tiradi. --U Shoxjahonni sevib qolgan. Hali ham sevadi! Qiz bilan bo'lgan suhbatini esladi.. \"--Odamlar bir biridan nafratlanib turmush quradi va bir necha oylar yoki yillardan keyin bir birini sevib qoladi deb eshitganimda men bu narsalarga ishonmas edim. Lekin bilasanmi Alihan men boshidan undan juda ham qo'rqardim...hattoki nafratlanganman ham! Juda ko'p kitoblarda o'qiganman boshida bir biridan nafratlanib keyin esa sevib qolishadi deb. Rosti bu narsaga ishonmaganman. Axir qanday qilib bir biridan nafratlanib keyin sevib qolish mumkin deb? Taqdir hazili bilan men ham huddi shu narsagag duch keldim. Lekin bilasanmi haqiqiy sevgi nafratdan keyin boshlanar ekan? Uni har kuni ko'rib turishing. Har bir so'zlarini tinglashing...haqorat bo'lsa ham. Uning iforini tuyishing. Kiyimlarini ko'rishing...hullas har kuni har daqiqa har soniya uni his qilib turishing bu sevgi demakdir! Boshqalar uchun bu nafrat yoki boshqa narsadir...lekin bu men uchun sevgi...bu muhabbat! Men juda boshqacha sevar ekanman?--qo'lini qorniga qo'yib anchagina qappaygan qornini silab qo'ydi\" Oxirida qo'lini qorniga qo'yib silab turardi. Bilardim u ko'z yosh to'kardi lekin menga bildirmaslikka harakat qilardi. Xola u pochchamning o'limida o'zini ayblayverib keladi. Hali hamon sizga ko'zi tushsa yoki eslasa otasining o'limida o'zini ayblab keldi. Menga doim yoshligida otasi bilan o'tgan voqealarni aytib berardi. Albatta ko'zlarida yosh bilan! Uning aybi nima edi xola? Bu dunyoda tug'ilganimi? Nahot siz uni bir bora bo'lsa ham tinglashni istamadingiz? Yuziga otasining o'limida uning sababchi ekanligini aytaverdingiz! Axir u bu ishni bilib qilmadi-ku. Siqilganidan ichkilikka ro'jo qo'ydi Homilador bo'lsa ham ichaverdi! Hattoki bolasi tug'ilsa ham tashlamadi. Nahot siz bu narsalarga e'tibor bermadingiz? Bir bor bo'lsada bolamning holi ne kechdi deb so'radingizmi? Hattoki nevarangizni ham qo'lingizga olishni hazar qildingiz! Axir u bola sizning qo'ningizdan bo'lgan go'dak- ku! Rosti boshqadan kutsam ham sizdan bunaqa ishlarni kutmagandim xola! Alihan o'rnidan turib stol ustida turgan idishdan stakanga suv qo'yib xolasiga uzatdi. --Xulosa chiqarib olarsiz degan umiddaman. Menimcha endi hammasi kech. Farodisani fikridan qaytmasligini siz ham men ham juda yaxshi bilamiz. Men uning gapini qo'llab quvvatlab kelganman. Menimcha u tanlagan yo'l yaxshi. Baribir uni bu dunyoda ushlab turadigan hech narsa qolmadi. Farzandi demoqchidirsiz?-- xolasining umid ila qaraganiga nima savol bermoqchiligini bildi va javob berdi. --Farzandini otasiga qoldirar ekan. Endi u bilan faqatgina unitilmas kunlar o'tqazish uchun ortidan ketayapman. Zora men u bilan har bir o'tqazgan soniyalarimni qadrlayman. Axir aka degan nomim bor. Singlim mening jon jigarimdir!
Mening boshqa aytar gapim qolmadi. Hayr yaxshi qoling xola! Xolasiga e'tibor bermasdan xonadan chiqib ketdi. Jiyanining so'zlarini tinglagan Nilufar qo'lidagi suv solingan stakanni yerga tashlab yubordi. Gilamga to'kilgan suvga qarar ekan sakkiz oy ichida bo'lib o'tgan voqealar kino tasmasidek ko'z oldidan o'tdi. Qizining onasini oldiga kelib kechirim so'raganida homiladorligiga qaramay unga tarsakilar tushirganlari, har kuni har daqiqa unga haqoratlar yog'dirgani. Otasining o'limida uning sababchi ekanligini aytganlari, to'lg'oq boshlanib chinqirib yordam chaqirganida eshitib tursa ham oldiga eshitmaganlikka olganlari hamma hammasi ko'z oldidan o'tdi. --Nahot men shunday ishlar qilgan bo'lsam? Men qanday ona bo'ldim? Men onalik nomiga loyiqmanmi o'zi? Kechir meni qizim....kechir jon bolam! Oxiri chiday olmay o'kirib yig'lab yubordi.... Uydan chiqgan Alihan ko'zlaridan oqishga shay bo'lib turgan yoshlarga oxiri erkinlik berdi. Havfsalasiz ortidagi uyga qarab qo'yib, mashinasiga o'tirdi va Toshkent tomon yo'l oldi.... Qoro tunning bag'rida Yorug' hayol qanday hush Bu dunyoda bir qiz bor Yostig'ining yarmi bo'sh Qora sochi jamalak Qaro zulfi qayrilgan Uning guldek hayol Shabnamlarga chayilgan... Qo'limda pishillab uxlab yotgan o'g'limga qo'shiq aytar ekanman atrofimda odam borligiga e'tibor bermabman. Sekingina rektorandagilarga qarar ekanman hamma menga ajoyib kuylaganimni aytar edi. Shunchaki jilmayib hammaga rahmat aytdim. Hayol bilan bolamni uxlatish uchun qo'shiq aytib o'tirganimda restoranda ekanligim yodimdan ko'tarilibdi. O'g'lim ham atay qilgandek alla aytsam uxlamas edi. Qachongi shu qo'shiqni aytsam tezda uxlab qolardi. Bilmasdiki bu qo'shiqni onasi aytganida doimo yuragi nimtalanishini, eski va og'riqli sog'inch atalmish azoblarni berishini! Hisobni olib kelishlarini aytib qo'limdagi bolamni bolalar uchun maxsus o'rindiqqa joyladim. Ofitsiant olib kelgan hisobni to'lab endi o'rnimdan turaman deganimni bilaman kimdir mening bilagimdan qattiq ushladi. Oldimdagi stulda o'rindiqda yotgan o'g'limni ham ko'tarib hech bir so'zsiz restorandan tashqariga chiqa boshladi. Men esa karaxt axvolda edim. Hech nima demay uning ortidan boraverardim. Men sog'ingan ifor. Men uchun tanish bo'lishga ulgurgan baquvvat qo'llar. Men sevgan qahrlik va hissiz nigohlar. Hamma hammasi menga tanish va sevgan inson oldimda! Necha oylardan buyon men intizor bo'lib kutgan inson va nihoyat mening oldimda qarshimda! Menga hissizlarcha va tushunarsiz nigohlar ila boqib turmoqda! -- Sen o'lsang o'lmasang bola men bilan qoladi. Tez orada ajrashamiz va bolani menga berasan. Endi unga men otalik qilaman. Operatsiya o'tib ajrashgunimizga qadar sen men bilan yashaysan. Meni yaxshilab eshitib olding degan umiddaman. Bilasan men takror qaytarishni yoqtirmayman Farodisa! Uning har bir so'zlari yuragimni tilka pora qilgan bo'lsada unga hech narsa demay boshimni hop deb qimirlatib qo'ydim. Menga mashinaga chiqishimni aytib o'g'limni qo'limga berdi. O'zi esa o'rindiqni egallab mashinani o't oldirdi. Ortiga o'girilib menga qaradi. --Nima?-- uning bu qarashiga tushuna olmay qoldim. -- Mashinangning kaliti ber menga!
So'zsir kalitni unga topshirdim va g'inshiy boshlagan bolamni qo'limga oldim. Sekin asta orqasiga urib qo'limda qimirlata boshladim. Sezardimki u menga bir bir o'g'rincha qarab qo'yar edi. Men esa unga e'tibor bermay ishimni davom etardim. Men uchun anchagina tanish bo'lgan uyga kelar ekanmiz benihol lablarimda tabassum paydo bo'ldi. Bu axmoqlik yoki telbalikdir lekin men oxirgi bor shu xonadonga kelishni juda xohlagan edim. Shoxjahonga qarar ekanman u menga hech nima demay mashinadan Isfandiyorni olib uyga kirib ketdi. Men esa uning ortidan kulib unga ergashdim. Hali ham o'zgarmabti. Hali hamon o'sha o'sha qo'rs va qo'pol buqasifat gavdam. Oylar o'tsaki unga hech ham ta'sir etmabti. Oldin qanday bo'lsa hali ham usha usha. Men telbalarcha oshiq bo'lgan buqasifat gavda. Uyga kirar ekanman hali hamon o'zining fayzini yo'qotmagan edi. Yon atrofga boqib men uchun qadrli bo'lishga ulgurgan insonlarimni qidirar ekanman bu sezib Shoxjahon gapira ketdi. --Oyim va dadam haj safariga ketishgan. Xizmatchilar esa shu yerda. O'z ishlari bilan bandlar! Ikkinchi qavatga chiqa boshladi men ham uning ortidan chiqdim. O'zining xonasi tomon odimlay boshladi. Men esa joyimda tosh qotdim. Buni u sezib ortidan kirishimni menga aytdi. So'zsiz men ham uning ortidan kirdim. Isfandiyorni yotoq ustiga qo'yar ekan sekin uni o'rindiqchadan avaylabgina oldi. O'g'lim esa noz uyquda pishillab uxlab yotar ba'zi ba'zida qoshlarini chimirib qo'yardi. Uning qilig'idan Shoxjahon kuldi va asta quchog'iga olib uni iforidan tuydi. Ularga qarar ekanman ko'zlarimda yoshlar mavjlandi. Unga sezdirmay tezda artib tashladim va men ham huddi undek hissiz boqa boshladim. Yig'lashni boshlagan Isfandiyorni tezda qo'limga oldim. Bolani qo'lidan yuliqib olganimni ko'rib uni qoshlari chimirildi. Men esa unga e'tibor bermay bolamni qo'limda tebrata boshladim. --Meni qo'limdan bolani yuliqib olishga qanday hadding sig'di! Oldimga kelib bilagimdan qattiq siqdi. Garchi qo'lim og'risada unga sezdirmadim. Qo'limni tezda undan tortib oldim. --O'zingiz emasmi uni xaromi degan? Yoki men usha vaqti noto'g'ri eshitganmidim? Mendan va bolamdan hazar qilaman degan odam bugun nega uyiga bizni olib keldi? Axir siz mendan nafratlanardingiz-ku Gapim oxirida yetmasidan u oldimga o'qdek uchib keldi. --Sendan hali ham nafratlanaman!-- uning kelganidan cho'chiganim sababli chuqur nafas olib chiqara boshladim. O'g'limni uxlab qolganini ko'rib uni qo'limdan oldi va sekin yotoq untiga qo'ydi. Yiqilib ketmasligi uchun atrofida yostiqchalardan qo'yib chiqdi. Garchi u hali yumalab yoki emaklash vaqtiga yetmagan bo'lsa ham u extiyot shart ularni atrofiga qo'ydi. Balki u hozirdan bolalar yumalaydi deb o'ylar? Hullas bilmadim. Uning xonasida boshqa xonaga o'tish uchun yana bitta eshik bor edi. Faqat u xonaga undan boshqa hech kkim kirmas edi. Hattoki xizmatchilar ham. Usha xona tomon qarab turar ekanman meni bilagimdan qattiq siqib eshikdan chiqa boshladi va men uchun tanish bo'lgan ya'ni avvallari men turadigan xonaga keta boshladi. Ichkariga kirishimiz bilan meni bilagimdan itarib yubordi. Uning kuchidanmi yoki holsizlikdanmi yerga yuztuban yiqilib tushdim. Unga g'azab bilan qaray boshladim. --Menga undan qarama. Sening axvolingni so'ramayman. Bilinib turibdi bir necha oy mazza qilib yashaganing. Foxishalik qilib yayragandirsanaaa? Bu o'zidan o'zi nimalar deyapti. Qanaqa mazza qilib yashash, yana qanaqa foxisha? Tushuna olmayapman. Savol nazari bilan unga qarab turarkanman u yana gapira boshladi. --Ha nima? Albomlarda chiqgan rasmlaringni ko'madi deb o'ylaysanmi? Oldingdagi yigit bilan huddiki bir biringni yutib yuborgudek rasmga tushgansanlar-ku? Foxishaliging shundoq bilinadida. Rostdan ham foxishaning qizi nima bo'lardi? Uning oxirgi gapidan qanday qilib o'rnimdan turib yuziga tarsaki tushirganimni bilmay qoldim.
--Aslo eshitayapsanmi....aslo mening onamni foxisha deya ko'rma maraz. Jonimga tegib ketding-ku. Nima istaysan mendan...nima....shuncha azob berganing yetmadimi? Xo'rlaganlaring yetmadimi? Qasos olib bo'lding-ku. Yana nima kerak senga. Ayt....ayt...nima kerak. Bajaraman...hamma hammasini bajaraman....faqat meni xo'rlashni bas qil. Men ham odamman axir. Menda ham qalb bor. Meni taxqirlashni bas qilinglar iltimosss. Men ham odamman....charchadim....hamma hammasidan charchadim....to'yib ketdimmm... Yerga holsiz yiqilib o'tirib yig'lay boshladim. Men tengi o'tirib endigina yuzimdan ushlayman degan Shoxjahonninh qo'lini siltab tashladim. -- Mendan nafratlanasan to'g'rimi....oz qoldi....ozgina sabr qilsang mendan butunlayga qutilasan. Qasosing ham o'z nihoyasiga yetadi. Usha sen jondan ortiq ko'radigan singlinga men donor bo'layapman. Nima uchun bilasanmi? Mana shu oyim qilgan ishlarini aybini yuvish uchun! Sening taxqirlashlaringdan qutulish uchun! Hozir ham aytarsan sening yuragingdan ham jirkanaman hazar qilaman deb! Singlinga donor qilmasligimni xohlasang bilganingni qil. Menga desa yuragim boshqasiga donorlik qilmaydimi? Endi menga baribir, men ketaman va sen mendan qutilasan....qu.t.t.uula.a.as.ss.aannn--oxirgi gaplarim juda sekin chiqa boshladi. Negadir yana oldingidek menga nafas yetishmay boshladi. Boshimda esa chidab bo'lmas og'riq turdi. Oynani ochish uchun o'rnimdan turmoqchi bo'lganimda boshim aylana boshladi. Bunga e'tibor bermay yana qayta turdim. Bir ikki qadam yurganimni bilaman ko'z oldim qorong'ulashib orqaga qarab ketib qoldim. Oldimdagi stullardan birini tezda ushlab qolishga erishdim. Boshimni orqasida qandaydir yelgillikni his qildim. Sezdimki sochlarim yoyilib ketibdi. Meni itarib yuborganida boshimda omonat turgan to'g'nog'ichim yechilib ketibdi. Nafasim siqa boshlagach yana oyna tomon bormoqchiligimdan bir qadam tashladimmi yo'qmi bilmayman kimninngdir gavdasiga suyanib qoldim. Sezdimki bu buqasifat gavda edi. Mening yelkalarimdan ushlab sekin asta qo'llari yelkam uzra belimga ko'chdi. Uning menga aytgan so'zlarini eslab undan yulqinib chiqdim. U esa menga hech nima demay xonadan o'qdek chiqib ketdi. Uning ortidan qarab qolarkanman bo'ynimdagi koftamni uchta tugmasini bo'shatib tashladim. Garchi oldim ko'rinib qolsa ham bu meni qiziqtias edi. Chuqur chuqur nafas olib chiqararkanman har ham nafas ololmas edim. Boyadan beri meni o'zining zulmatga burkangan quchoq tezda o'z bag'riga tortdi. Oxirgi eslaganim yerga gurs etib yiqilganim edi Shoxjahon xonaga qo'lida suv bilan qaytib kirar ekan yerda behush yotgan qizni ko'rib oldiga yugurdi. Qo'lidagi suvni yotoq oldidagi stolga qo'ydi va yerga cho'kkalab qizni boshidan ko'tardi. Yuzidan bir ikki urib ko'rdi lek bari besamar ketdi. Keyinesa miyasiga kelgan fikrdan tezda nigohini stol ustidagi suvga qaratdi. Qizni boshini extiyotlab yerga qo'ydida suvni oldi va qizni ustidan bir bakal suvchi to'kib yubordi. Yana qayta qizni boshini ko'tarib oyoqlari ustiga qo'ydi. Sekin astalik bilan ko'zlarini pirpiratib ochgan qizga qarab hafsalasiz unga gapirdi. --O'zinga keldingmi? Meni eshitayapsanmi Farodisa? Qiz esa tasdiq ma'nosida boshini qimirlatib qo'ydi. Shoxjahon \"yaxshi\" deb qo'ydi. Qizning yuziga ho'lligidan yopishib qolgan sochlarini sekin asta quloqlarini orqasiga o'tkazib qo'ydi. --Insof bormi sizda? --Tushunmadim? Bu nima deganing Farodisa? Qizning gaplaridan hayron qolgan yigit unga qoshlarini chimirib qaradi. --Hech narsasi yo'q polda yotibman! Yotoqqa ko'tarib qo'ysangiz nima qilardi? \"Жмот\"siz bilasizmi shuni? Qizning bu so'zlaridan yigitning lablarida kulgu paydo bo'ldi. --Hozir meni nima deding? Yana bir martta qaytarib yubor-- oxiri bo'lmadi ovozi boricha kulib yubordi. --Yaaa...buni kulishimi qaranglar! Buqasifat gavda.
Vayy sizning oldizda yana bitta Shoxjahon paydo bo'ldi. Viyyy buncha ajoyib bo'lmasa! Qiz yigitning tozzasidan turib qo'llari yordamida chapak chaldi. --Farodisa mobodo boshingni qattiq urib olmadingmi? Yana qanaqa Shoxjahon? Men oldingdaman- ku?-- qizning so'zlarini tinglab asablari buzilgan Shoxjahon uni so'roqlay boshladi. --Eeee \"жмот\" insof yest? Hali ham yerda yotibmaneee. Undan ko'ra oldizdagi buqasifat gavdamdan so'rayman meni ko'tarib yotoqqa yotqizib qo'yishiniiiii. Farodisa qo'llarini kech yoyib Shoxjahonning oldidagi ikkinchi qiyofadoshini quchmoqchi bo'ldi, afsuski qo'llari samoda qolib ketdi. --Yaaaaa. Nimaga mendan buqasifat gavdamni olib qo'yasiz! U faqat meniki, faqatgina meni buqasifatim, mening buqasifatim...meniki tushundingizmi? U faqat meniki. Qani uuuuu topib bering uni!-- oxiri qiz baqirib yig'lashga tushdi. --Menimcha yiqilganingda boshing lat yegan ko'rinadi. Kel o'zimga seni yotoqqa yotqizaman. Sekin qizni.oldiga egilib ko'taraman deganida Farodisa uni siltab tashladi. -- Tegmang menga. Menga buqasifatim kerak. Siz kerak emassiz menga!-- yana qayta yig'lashni davom ettirdi. --Senga mendan boshqasi yaqinlashmaydi. Shuni hech qachon unutma! Tushundingmi meni! Farodisa unga qarab turib qiqirlab kulishni boshladi. --Mana bu mening buqasifat gavdam. Jonim meniyeeeee. Viyyy biram yoqimtoysiz? Bilasizmi shuni. Sizga hech aytishganmi bu haqida? Vayy stoppp nega sizga aytishlari kerak ekan aaaa. Qaysi yalmog'iz ajina bu gaplarni aytgan sizga. Ayting sochlarini bittalab yulib kelaman. Nega meni erimga bu gaplarni aytadi ular. O'ldiraman...o'ldiraman. Hammasini bitta qolmay qorib tashlayman! Shoxjahon jinniga qaragandek qizga qarab turar edi. Oxiri sabr kosasi to'lib qizni ko'tarib yotoq ustiga uloqtirib yubordi. --Vay parazit! Buqa...xaltani otgandek otib yubordiya meni. Palakat turqing qursin sen buqani. Seni sevmay men o'lay. Pashol ana endi mendan yaxshi gap kutma hopmi? Borib toshchalaringni terib kel.Senga o'zi yoqimtoyligingni bot-bot aytadiganlar yoqadi. Bor ket ushalaring oldiga..yo'qoleeee. Qizning gapi oxiriga yetmasdan ustida bir tonna shag'il to'kilgandek bo'ldi. --Voy doddd...ustimdan tush palakat parazitvachcha! --Ovozingni o'chir va meni yaxshilab tingla! Meni hech qachon senlama. Aks holda bilasan o'zimga javob bera olmay qolaman va yana meni yoqimtoyligimga kelsak bu gapni sen ikkinchi bo'lib aytding. --Birinchi kim aytgan. Qaysi o'ynoshiz?-- bilaklaridan maxkam ushlaganligi sababli Shoxjahonning yuzidan ushlay olmadi. Yuzini yigitning yuziga sekin yaqinlashtirdi..... Qizga javoban yigit ham unga yaqinlashdi. --Birinchi bu so'zni oyim aytganlar. Sen esa ikkinchilardan hisoblanasan. Balkim boshqalar ham aytgandir lekin men faqat sening oyimnikini muhim deb hisoblayman! Farodisa erining javobini eshitib unga kulib qaradi va tezda erining yuzidan o'pib oldi. --Bilasizmi sizni qanchalar yaxshi ko'raman? Farodisani o'pganidan hayratda tushgan yigit qizga tushunqiramay qaradi. --Iltimos meni seving....meni ham baxtli bo'lishga haqqim bor-ku? Nega faqat men sevishim kerak? Nega faqat men azoblanishim kerak? Nega meni seva olmaysiz? Hammasi qasos uchunmi? Aybim onam singlingizni urib yuborganimi? Mana aybimni yuvish uchun unga donorlik qilayapman-ku! Nahot shunda ham meni seva olmasangiz? Qo'llari bo'shaganini sezgan qiz yigitning yuzlarini kaftlari orasiga oldi. --Nahot men sevilishga loyiq emasman? Nega axir...negaaaa Yigitning yuzidan qo'llarini olib oldidagi yostiqni mushtlab yig'lay boshladi. Yigitning unga hech bir so'z demay jim turishini qizning xo'rligini keltirdi. Endigina orqa o'girib yotaman deganida keskin obelidan qattiq ushlanib yana ortiga o'girilgani sabab qo'rqib ketdi. --Sen menga keraksan....seni his etishni xohlayman!
Qizning boshidan ushlab undan bo'sa olishni boshladi. Qiz ham bunga javoban yigitning bo'ynidan qo'llarini o'tkazib oldi. Ikkisi ham to'xtab bir biriga qarab qolishdi. --Meni yolg'iz qoldirmang....meni tashlab ketmang Shoxjahon. Men ketishni xohlamayman. Siz va o'g'limiz bilan birga baxtli yashashni istayman. Men sizni sevaman! Shoxjahon uning ko'z yoshlarini artib bag'riga oldi. Sochlaridan sekin asta silashni boshladi.. Qizga hech narsa demay shunchaki hissiz uni quchib turaverdi. -- Shohjaxonnnnnnnn-- qiz zorlanib gapirishni boshladi. Quchog'idagi qizga qarar ekan o'ziga mo'ltillab qaraganiga hayron qaradi. --Nima deysan? --Bitta narsa iltimos qilsam maylimi?-- qizning unga tirjayib qaradi. --Hmm nima ekan usha sen so'ramoqchi bo'lgan narsa? Qiz xursand bo'lib yigitni quchog'idan chiqdi va bu safar uning qo'yniga ya'ni tizzalarining ustiga o'tirib oldi. Yigitning bo'ynidan nozik qo'llarini o'tkazib oldi. --Meni jonim deb chaqiring-- yigitni yuzidan avaylabgina o'pib oldi. Qizning so'zlarini eshitgan yigit unga hissizlik bilan javob berdi. --Bundan nima naf? Qizning bellaridan maxkam quchib oldi. Qo'ynida tipirchilayverganidan asablari buzilgan yigit oxiri uni quchib olishga majbur bo'ldi. --Eee quchoqlamang meniyeee. Undan ko'ra menga jonim deb ayting!-- qiz yana huddi boyagidek qiqirlab kulishda davom etdi. --Boya menga bir gapni aytganding eslaysanmi? Farodisa qiziqsinib nima degandek ishora qildi. --Eslay olmayapsanmi? -- Sizni oldingizda bo'lsam hamma narsam esimdan chiqib ketsa nima qilay? Viyyy biram chiroylisizeee. Sevaman sizni, jonim meni, muax-- yigitning yuzidan o'paman deganida Shoxjahon uni iyagidan ushlab o'ziga yaqin olib keldi. --Lablaring ta'mini tatib ko'rishni xohlab qoldim negadir. Farodisa unga qarab turar ekan ko'zlaridan yoshlar quyilib keldi. Shoxjahon quchog'idan yulqinib chiqgan qizga hayron qolgan holda qarab turar ekan. --Mayli eslay olmayotgan bo'lsang men eslatay. Borib toshingni ter. Men seni jonim deb chaqirmayman!-- qizni mazaxlagandek yigit baralla kulishni boshladi. Farodisa unga shunchaki bir nazar tashladi va tashqariga o'qdek chiqib ketdi.... Farodisani o'ziga kelganini sezgan yigit yana avvalgidek hissizlik holiga qaytdi. Hozirgina lablarida paydo bo'lgan tabassum tezda so'ldi...... Yarim kechasi uyqisi qochgan Shoxjahon bog'da hovuz oldiga bormoqlik uchun sekin zinalardan pastlar ekan. Mexmonxona tarafdagi o'rindiqda jingina o'tirgan qizga ko'zi tushdi. Sekinasta uning oldiga borar ekan chap qo'lida kimningdir sur'atla bor edi. O'ng qo'lida esa qizil vino edi. U ham mayli ichimlik idishga solinmagan aksincha shu holicha qizning qo'lida turar edi. .ichimlikga yaxshilab nazar solar ekan uning anchagina kamayip qolganidan bilsa bo'ladiki qiz uning shu holicha ichgan. Farodisani oldiga kelib o'tirganida qiz unga bir nazar soldi lekin hech bir so'z demay yana to'g'riga qarab oldi. Bundan hayratlangan yigit qizning o'tirgan o'rindig'idan turib qizning oldiga o'tirdi. Ochoqlarini chalishtirib olgan qizning oppoq oyoqlariga qarar ekan qiz oldi ochiq va kalta tungi ko'ylakda ekanligini ko'rdi. Og'ir yutunib ko'zlarini ulardan ayirdi. --Yarim kechasi nima qilayapsan? Nega buncha ko'p ichmasang. Sen nima axmoq bo'lganmisan. Yana usha jimlik. Farodisa hattoki qilt ham etgani yo'q. --Isfandiyorni emizishing kerakligi hayolingdan ko'tarilgan menimcha?-- qizning chap qo'lidagi
rasmga qarar ekan unda o'g'li va otasining rasmlari bor edi. --Isfandiyor maxsus bolalar uchun tayyorlangan ovqatdan yeydi.--oxiri yigitning gaplariga javob qaytara boshladi. Albatta suhbat o'g'li haqida ketganligi uchun gapirishni afzal bildi. --Nima deding hozir? Nima sening suting yo'qmi? Qiz unga jinniga qaragandek qaradi. --Siz bu narsalarni qayerdan bilasiz? --Singillarimga bolaligidan men qaraganman. Oyim qiynalib qolmasliklari uchun! --Yaxshi-- bo'ldi qiz bundan ortiq hech bir so'z demadi. Bundan jazavaga tusha boshlagan yigit oxiri qizni qaytib ichmaslikka ko'rdirdi, majbur qildi desa ham bo'ladi. --Ertadan Isfandiyor o'z ona sutidan ichishni boshlaydi. Hech qanaqa tayyor mahsulotlarni qaytib tanavvul qilmaydi! Menimcha sen ham ichmasang kerak. Har holda bolaga ichkilik ona sutidan ham yetib boradi deb eshitganman! Shoxjahon unga g'olibona jil.ayib qarab qo'ydi. --Menga desa bilganingizni qilimh. Lekin men ichishni tashlamayman! Otib o'ldiraman desangiz ham- - qiz qo'lidagi vinodan yana ho'pladi. Shoxjahon tezda uni oldiga kelib qo'lidagi ichimlikni oldi va o'zi ham undan ho'pladi. --Imm tanloving ajoyib-ku. Menga yoqdi-- qizga tirjayib ochiq turgan oyoqlaridan silay boshladi. -- Oyoqlaring juda mayin va yoqimli....shuni bilasanmi?--qizning qulog'iga kelib shu so'zlarni extiros bilan aytdi. Farodisa esa hech bir so'z demay chuqur nafas olib chiqara boshladi. --Menga boyagi Farodisa yoqgan edi. U shunchalar extirosga boy edi-ki buni tasvirlab bera olmayman. Farodisa unga yoshli ko'zlari bilan qarab turarkan Shoxjahon qizning lablaridan nomiga o'pib olti. --Agarda bolani och qolishini istamasang ichishni yig'ishtirasan! --O'g'lim hech ham ochqolmaydi uning maxsu...--gapi oxiriga yetmasdan yana qayta lablari to'siqqa uchradi. --Ertadan mening uyimda unaqa himikat narsalar bo'lmaydi. Endi bolani faqat o'zing ko'kragingdagi sut bilan ovqatlantirasan! Agarda bolani och qolishini istasang be'malol ichishda davom etaver \"Jonim!\" Ilojsiz qolgan qiz undan hozirni o'zida nafratlanib ketdi. Boshqa tarafga qarab turganida yigit uni dart ko'tarib oldi. --Seni xonanga olib boraman. Mening so'zlarimni yana bir bor o'ylab ko'r, har holda bolani och qolishini istamassan? Shoxjahon unga g'olibona jilmayib qaradi. -- Siz sevgan kunimga la'natlar bo'lsin! --Ha ha la'natlar bo'lsin azizam... Shoxjahon qo'lida jimgina ketayotgan qizga bir-bir qarab qo'yar, qizdan hech bir so'z tugul harakat ham kutilmas edi. Shunchaki qo'lida jimgina ketar edi. Hattoki yigitning bo'ynidan ham quchib olmagan edi. Qizning xonasiga yaqinlashganlarida yigit keskin boshqa xona tomon ketganini ko'rgan qiz unga savolomuz nigohlar bilan qaradi. --Meni qayerga olib ketayapsiz? Mening xonam boshqa tomonda-ku?-- o'tirgan joyidan tipirchilay boshladi. --Qo'yib yuboring meni, men o'z xonamda yotmoqchiman! --Shundoq ham o'z xonangda yotasan, albatta Isfandiyor bilan birga? Ha nima hayron qolasan? Mening xonamga ketayapmiz deb o'ylagan edingmi?--Shoxjahon qah qah otib kula boshladi. --Biram soddasanee Farodisa. Shuni bilasanmi? Nima bitta o'pganiga meni sevib qoldi yokida sevishni boshladi deb o'yladingmi? Adashasan jonginam! Men hech qachon seni sevib qolmayman,
aksincha sendan.... --Nafratlanasiz! Buni bilaman--yigitning so'zi oxiriga yetmasdan Farodisani o'zini ilib ketdi. --Buni takrorlayverishingiz shart emas Shoxjahon! Qiz uning qo'lidan sirg'alib tushib ketdi va o'g'lining xonasi tomon sekin yurib bordi. --Ertadan bolani sen emizishni boshlaysan. Qaytib ichganingni ko'rmay aks holda mendan yaxshilik kutma Farodisa!-- tahdidli gaplaridan qiz kulib ortiga o'girildi. --Bu gaplarni sakkiz oy oldin hali tug'ilishga ulgurmay bolamni \"Xaromi\" deb atagan odam aytayaptimi?-- Farodisa kulib ortiga o'girildi. --Ha nima? Yoki gaplarim yolg'onmi Shoxjahon? Ayting qani aytaqoling? Shoxjahon shunchaki qizga jim qarab turar edi. Farodisa chuqur uf tortib qo'ydi. -- Mayli hayrli tun bolamning otasi! Farodisa xonaga kirib ketgunicha uning ortidan ko'zlarini uzmay qarab turaverdi..... Telefoniga qo'ng'iroq bo'lganligi sababli tanish raqamni ko'rib tezda javob berdi. Narigi tarafdan kelgan ovozning so'zlarini tinglar ekan tezdan uydan o'q misoli uchib chiqib ketdi. Shu bilan uyga ikki kun kelmadi. Bu orada Farodisa anchayin havotir oldi, negaki u hech qachon aytmasdan biror joyga ketmas edi. Mana hattoki xizmatchilaridan qo'ng'iroq qilib surushtirib ko'rganida ham u telefonini ko'tarmadi. Qo'ng'iroqlari javobsiz qoldi. Uchinchi kun erta tongdan Shoxjahon uyga kirib keldi. Bir axvolda xo'rg'in holda turar, bir necha kun uxlamagnligi bilinib turar edi... Erta tongdan hamma nonushtaga stol atrofida o'tirar ekan Shoxjahon hech nima yemay uxlab qolgan bolani qo'lida tebratib o'tirgan qizga gapira boshladi. --Sen nega ovqatlanmayapsan? --Men bugun qon topshirgani borishim kerak, nonushta qilmasligim kerak ekan shu sababli hech narsa yemayapman.--Shoxjahonga qaramay qo'lidagi bolasini yuzchasidan sekingina o'pib qo'ydi. --Nega qon topshiryapsan? Kasalmisan? --Yaqinda operatsiya, shu sababli bitta ikkita tekshiruvlardan o'tishim kerak ekan. Albatta bu sizning singlingizning sog'lig'i uchun foyda. Mening yuragim operatsiyadam oldin sog'lom bo'lsa bu Malakning keyingi hayotiga ancha yordam berar ekan. Sizdan bir iltimos bu oxirgisi desa ham bo'ladi-- nigohlarini yigitga qaratdi. Shoxjahon esa unga shunchaki tikilib turaverdi. --Isfandiyorni ona mehridan yiroq qilmang, birorta bir qizga uylaning va bolamga o'gay onalik qilishiga yo'l qo'ymang-- ko'zlaridan oqishga ulgurgan yoahlarni sekin artib tashladi. -- Bolamdan mehringizni ayamang iltimos, axir u ham sizning pir parchangiz-ku? Uning aybi onasi men bo'lganim uchun mehringizni ayamang iltimos. Mana aybimni yuvosh uchun qo'limdan nima kelgan bo'lsa hammasini qildim, yaqinda singlingiz qaytadi va zizlar baxtli yashaysizlar-- Shoxjahon boshini quyi egib oldi. Barmoqlarini stol ustiga chalishtirib jim turaverdi. --Vada bering uni hech qachon ranjitmayman deb, hattoki boshqa bolalaringiz tug'ilsa ham uni ajratmaymna deb so'z bering....yolvoraman sizdan! --Senga so'z beraman! Hech qachon uni ajratmayman ota va ona mehrini ko'rib katta bo'ladi. Mehrimni o'z o'g'limdan hech qachon ayamayman!-- Shoxjahonning so'zlaridan ko'zlari quvonchga to'lgan qiz qo'lidagi bolasini quchib oldi, va uni to'yib hidladi. Ko'zlaridan yoshlar oqsa ham lablarida tabassum bor edi. --Mana bolajonim...men ketganimdan so'ng senga otang qaraydi. Hattoki meni eslab qumsashinga ham hojat qolmaydi men bunga ishonaman! Shoxjahonga kulib qaradi. Yigit esa ko'zlarida paydo bo'lgan yoshlarni kulish orqali yashirdi Farodisaga kulib qarab turaverdi. --Qani menga berchi o'g'limni....menga u haqoda ma'lumot berishing shart emas iloncham. Men bolam haqida hamma ma'lumotga egaman. Qara mening polvonim o'zimga bir tomchi suvdek
o'xshaydi! Pishillab uxlab yotgan o'g'lini quchog'iga olganida Farodisa piqillab kulib yubordi. --Ha nega kulasan? --Shunchaki o'zim-- deb yana kulishda davom etdi. --Kulishingiz sababi ne zahar xonim?-- Shoxjahon ham qizga javoban shunchaki tabassum qildi. --Isfandiyorni quchog'ingizga olganingiz sabab hattoki ko'rinmay qoldiyee. Shunaqa ham gavdalik bo'lasizmi? Huddi men ta'riflagandek b....--gapi oziriga yetmay Shoxjahon ilib ketdi. --Buqasifat gavdami?-- endi ikkisi ham kulishda davom etishdi.... Yam-yashil rangda burkangan dala. Ha bu usha men doim tushlarimda ko'radigan dala! Huddi oldingidek atrofda birorta ham gullar yo'q. Faqatgina tizzamgacha keladigan maysalar bilan to'la edi. Egnimda ham usha ko'ylak, men bu safar na aylanardim na biror ish qilardim. Shhnchaki jimgina atrofni tomosha qildim. O'n daqiqa shu holatda turib tezda ortimga o'girilib yugurishni boshladim. Yana huddi usha jarlikni oldiga keldim. Jarlik tomon yaqinlashib pastga qaradim, negadir bu safar yugurib o'zimni jarlikdan tashlamoqchi bo'ldim. Ha....ha men ortimga qaytdim va ko'ylagimni etagini ko'tarib yugurishni boshladim. Endigina jarlikka yaqinlashganimni bilaman yana usha ovoz meni o'ziga chorladi va belimdan maxkam quchib oldi. Yana avvalgidek sochlarim va bo'ynim uzra uning qaynoq taftini xis qildim.... Keskin meni o'ziga qaratdi va yuzimni kaftlari orasiga oldi. Bu mening buqasifatim, hayotimning bir bo'lagiga aylangan erim edi. Yuzimdan ushlagan kaftlari ustiga men ham qo'lim olib bordim. Unga uzoq termuldim, huddiki hozir u bilan oxirgi bor ko'rishishimdek tuyulardi. -- Ketma! -- Ketish bir bahoda edi, afsus bu ish bermadi -- Ketma! Men xohlamayman! -- Ketadigan odam ketadi. Olib qolishga harakat qilsak ham befoyda. -- Seni sevaman! -- Endi kech....Alvido! Ko'zlariga qarar ekanman oldin menga bo'lgan nafrat, hissizlik va befarqlik yo'q edi! Aksincha unda mehr muhabbat ufurib turardi. Sekin uning qo'llarini yuzimdan oldim va ortimga qarab yana usha jarlik tomon ketdim. U bilan oxirgi bor vidolashib olganimdan juda ham xursand bo'ldim. Unga oxirgi bor qarab jarlikka o'zimni tashlash uchun bir qadam tashlaganimni bilaman ortimdan yana usha mushukchaning ingrashi va bu safar umuman kutilmagan ovoz ya'ni chaqaloqning pishillab uxlayotgan ovozi eshitilardi. Tushunmay ortimga qaraganimda Shoxjahonning bir qo'lida usha mittigina mushukcha bo'lsa ikkinchisida Isfandiyorim uxlab yotar edi. Lablarimda tabassum paydo bo'lib qanday qilib ularning oldiga borganimni bilmay qoldim. Tezda Shoxjahon va uning qo'lidagilarni quchib oldim. Ularga to'yib qarab oldim. Ko'zimdagi yoshlarni artib boshimdagi qanaqadir to'g'nog'ichni o'g'limni ustiga qo'ydim. Sochlarim yoyilib shamolda xilpirashni boshladi. Bilardim tez orada bu hayotni tark etishimni! Balkim shuning uchun ular bilan vidolashgandirman? Menga tushunarsiz nigohlar bilan qarab turgan Shoxjahonga shunchaki tabassum qildim va jarlik tomon yurub emas aksincha yugurib bordim. Labiga yaqinlashganimda yana bir bor ortimga qaradim. Bu safar uning kulrang ko'zlarida yoshlar paydo bo'lgan edi. Qo'lida uxlab yotgan o'g'limga yana bir bor qarab o'zimni jarlikdan tashladim! Ortimdan chaqaloqning chinqirab yig'lagani va uning nimadir ismimni aytgani eshitildi.... Ko'zlarimni og'ir ochdim. Yon atrofimga qarar ekanman menga havotir bilan qarab turgan Shoxjahonni ko'rdim. Qo'lida esa Isfandiyor g'ingshinib qo'yardi. --Yaxshimisan? Yomon tush ko'rdingmi deyman, shuncha chaqirganimga qaramay uyg'onmading!
Search