["ZIYO MASKANI 2023 O\u2018z o\u2018rnida barcha talabalarimiz homiylik va hamkorlik qilgan \u201cUNDP\u201d tashkilotiga o\u2018z minnatdorchiliklarini bildirib o\u2018tdilar. 2022-yil 30-avgust sanasida afg\u2018onistonlik ilk tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi huzuridagi Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 3 oylik kurslarining \u201cTikuvchilik\u201d, \u201cAvtomobil transporti\u201d hamda \u201cInformatika va axborot texnologiyalari\u201d (Web-dasturchi) yo\u2018nalishlarida tahsil olgan 37 nafar tinglovchiga ilk sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. 2022-yil 4-sentabrda Markaz jamoasi salomatlik turizm maskanida bo\u2018lishdi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi jamoasi uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan berilgan qisqa muddatli ta\u2019til davomida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Xo\u02bbjaikon tabiiy tuz g\u02bbori salomatlik maskanida sayohat tashkil etildi. 101","ZIYO MASKANI 2023 2022-yil 5-sentabr kuni Termiz shahar 19-sonli umumta\u2019lim maktabida \u201cYangi O\u2018zbekistonda el aziz, inson aziz\u201d shiori ostida tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. 2022-yil 12-sentabr kuni Yangi O\u2018zbekistonda el aziz, inson aziz! \u201cMadaniyat karvoni\u201dning konsert dasturlari Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida bo\u2018ldi. Poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh olim va shoirlar, qo\u2018shiqchi san\u2019atkorlar, teatr va kino arboblaridan iborat \u201cMadaniyat karvoni\u201d Termiz tumanining Sharof Rashidov mahallasida joylashgan Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida o\u2018zining madaniy-ma\u2019rifiy konsert dasturlarini namoyish etdi. Respublikamiz bo\u2018ylab ko\u2018tarinki ruhda nishonlanayotgan 1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni Afgoniston fuqarolarini oqitish ta\u2019lim markazida ham katta tantanalar bilan yuqori kayfiyatda bo\u2018lib o\u2018tdi. 102","ZIYO MASKANI 2023 Bayram tantanalarida ta\u2019lim sohasida uzoq yillar xizmat qilgan faxriy ustozlar bilan bir qatorda barcha professor-o\u2018qituvchilar va xodimlar ishtirok etishdi. 2022-yil 5-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Anor festivali bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda mamlakatimiz anor yetishtiruvchilari va soha mutaxassislari, Turkiya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Afg\u2018oniston, Ukraina, Tojikiston davlatlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu festivalda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi rahbariyati va talabalar faol ishtirok etdilar. 2022-yil 18-19 oktabr kunlari O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yosh iste\u2019dod egalarini kashf qilish, ularning badiiy qobiliyatini yanada rivojlantirish, ustoz- shogird an\u2019analarini yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari Forumi o\u2018tkazildi. Mazkur Forumni o\u2018tkazish qardosh va qo\u2018shni xalqlar yosh ijodkorlari va bizning yosh iste\u2019dod sohiblarini adabiy do\u2018stlik rishtalari bilan bog\u2018lashi tabiiy. Unda Qozog\u2018iston, Tojikiston, Afg\u2018oniston, Turkmaniston, Qirg\u2018iziston Respublikalaridan yosh ijodkorlar ishtirok etdi. Forumda Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 30 nafar hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 nafar yosh ijodkorlar qatnashdi. Forum qatnashchilari Adiblar xiyobonida kutib olindi va Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo\u2018yishdi. Unda Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bugungi adabiy islohotlar, yosh ijodkorlarga qaratilayotgan e\u2019tibor haqida so\u2018zladi. Yoshlarga Alisher Navoiy g\u2018azallaridan o\u2018qib berdi. Ijodkor yoshlar Adiblar xiyoboni va O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyini sayohat qilishdi. Ushbu forumda o\u2018zbek tili va adabiyot yo\u2018nalishi talabasi Shekibo Samadiy 103","ZIYO MASKANI 2023 ham o\u2018z ijod namunalari bilan ishtirok etib, sertifikat hamda esdalik sovg\u2018alar bilan taqdirlandi. Qadring baland bo\u2018lsin, ona tilim! Surxondaryo viloyatida 21 oktabr \u2013 O\u2018zbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tadbiri Termiz shahridagi Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo\u2018yish bilan boshlandi. Maydonda erta tongdan davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi hamda boshqa oliy, o\u2018rta maxsus ta\u2019lim va umumta\u2019lim maktabi professor-o\u2018qituvchilari, talaba-yoshlar, o\u2018quvchilar jamuljam bo\u2018ldi. 104","ZIYO MASKANI 2023 2022-yil 27-oktabr sanasida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi hamda Termiz tuman 17-umumiy o\u2018rta talim maktabi hamkorligida \u201cIqtidorli yoshlar bilan uchrashuv\u201d mavzusida davra suhbati o\u2018tkazildi. Sohibqiron Amir Temurning \u201cIshbilarmon, mardlik va shijoat sohibi bo\u2018lgan, azmi qat\u2019iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan afzaldir\u201d degan hikmatli so\u2018zlaridan kelib chiqib, shuni ayta olamizki, hech shubhasiz Markazda ta\u2019lim va tabiya olgan talabalar kelajakda ming-minglab afg\u2018onistonlik yoshlarga ta\u2019lim berish va tarbiyalashda o\u2018z iqtidorini amalda ko\u2018rsata oladi. Ezgu niyat asosida tashkil etilgan ushbu Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga Afg\u2018onistonning ijtimoiy - iqtisodiy, ta\u2019lim, sport, san\u2019at va boshqa sohalarini rivojlantirish maqsadida minglab fuqarolari kelib O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy ta\u2019lim muassasalaridagi yetakchi professor-o\u2018qituvchilarning bilimlaridan bahramand bo\u2018lish orqali Afg\u2018onistonning taraqqiyotiga o\u2018z hissalarini qo\u2018shishiga ishonch bildiramiz. Buning uchun esa mamlakatimizda va markazda barcha sharoitlar yaratilgan. 105","ZIYO MASKANI 2023 31.08.2022 Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 3 oylik kurslarining \u201cTikuvchilik\u201d, \u201cAvtomobil transporti\u201d hamda \u201cInformatika va axborot texnologiyalari\u201d (Web-dasturchi) yo\u2018nalishlarida tahsil olgan 37 nafar tinglovchiga ilk sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. 1.09.2022.Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi jamoasi uchun O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan berilgan qisqa muddatli ta'til davomida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Xo\u02bbjaikon tabiiy tuz g\u02bbori salomatlik maskanida sayohat tashkil etildi. 05.09.2022.Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida yangi o\u2018quv yili boshlanishiga bag\u2018ishlangan \u201c\u0178angi O\u2018zbekistonda el aziz aziz, inson aziz!\u201d shiori ostida tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu tadbir davomida markaz rahbariyati tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bag\u2018ishlangan mustaqillik darslari o\u2018tildi. 106","ZIYO MASKANI 2023 O\u2018z o\u2018rnida, afg\u2018onistonlik talaba va tinglovchilar ham so\u02bbzga chiqishib, O\u2018zbekistonda tahsil olishidan baxtiyor ekanliklarini ta\u02bckidlashdi. Yangi O\u2018zbekistonda el aziz, inson aziz! | \u201cMadaniyat karvoni\u201dning konsert dasturlari Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida bo\u2018lib o\u2018tdi Poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh olim va shoirlar, qo\u2018shiqchi san\u2019atkorlar, teatr va kino arboblaridan iborat \u201cMadaniyat karvoni\u201d Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida o\u2018zining madaniy-ma\u2019rifiy konsert dasturlarini namoyish etdi. 12.09.2022 Shoirlar o\u2018zlarining she\u2019rlari bilan, san\u2019atkorlar esa jonli ijrolari bilan, so\u2018z ustalari esa hazillarga boy hangomalari bilan tadbir ishtirokchilariga ko\u2018tarinki kayfiyat va quvonchli lahzalarni ulashishdi. Estardamizning umidli xonandalari tomonidan ijro etilgan sho\u2018x kuy-qo\u2018shiqlar o\u2018yin-kulgularga va raqslarga ulandi. 5.09.2022.Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vaziri Abduqodir Toshqulov Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida bo\u2018ldi Uchrashuv avvalida, vazir A.Toshqulov markaz talabalari bilan ko\u2018rishib, ular bilan samimiy suhbat qurdi. Uchrashuv davomida afg\u2018onistonlik talaba-yoshlar mamlakatimizda tahsil olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklari va kelgusida ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yetuk mutaxassislar bo\u2018lib, o\u2018z vatanlari Afg\u2018onistonning istiqboli uchun xizmat qilishdek burchni maqsad qilganliklarini ta\u2019kidladilar. 107","ZIYO MASKANI 2023 Uchrashuv davomida vazir markazning o\u2018quv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo\u2018yicha mas\u2019ullarga tegishli ko\u2018rsatmalar berdi. 22.09.2022.Ishchi guruhning navbatdagi manzili Termiz tumanidagi Afg\u2018on fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi bo\u2018ldi. Unda ta\u2019lim olayotgan Afg\u2018on xotin- qishlarining ta\u2019lim olish shart-sharoitlari hamda ularning darsdan keyingi bo\u2018sh vaqtlarida kasb-hunarga o\u2018rgatilish holatlari ta\u2019lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. 25.09.2022.Markazimiz direktori O.Ro\u2018ziyev, o\u2018qituvchilar S.To'rayeva va D.Niyozovalarning \\\"Tashabbuskor islohotchi\u201d Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2018stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko\u2018rik tanloviga taqdim etilgan ilmiy ishlari ilmiy kengash tomonidan ko\u2018rib chiqilib, bir ovozdan ma\u2019qullandi. Bugun yer yuzining sayqali bo'lgan Samarqand shahrida ushbu hamkasblarimizga \u201cTashabbuskor islohotchi\u201d esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma (electron holatda) hamda qimmatbaho sovg\u2018alar tantanali ravishda topshirildi. 108","ZIYO MASKANI 2023 30.09.2022. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta'lim markaziga Germaniyaning \u201cGIZ\u201d tashkilotidan Dr.Helen Prytherch, Farida Nurmabetova hamda Viloyat sog\u2018liqni saqlash boshqarmasi vakillari tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Surxondaryo viloyatida simulyatsion markaz qurilishi bo\u02bbyicha muzokaralarning 2-bosqichi olib borishdir. Mehmonlar dastlab markaz faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, tashrif davomida markaz bazasida \\\"GIZ\\\" tashkiloti homiyligida qisqa muddatli o\u2018quv kurslarini tashkil etish va markaz moddiy texnik bazasini yaxshilash borasida muzokaralar olib borildi. 05.10.2022. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi \\\"Agrobiznes\\\" va \\\"Turizm\\\" yo\u00b4nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar Sherobod tumanida joylashgan 109","ZIYO MASKANI 2023 Abu Iso at-Termiziy yodgorlik majmualarini ziyorat qilishdi.Afg\u2018onistonlik yoshlar ushbu ziyorat davomida dinimiz, tariximiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz mushtarakligiga yana bir bor amin bo\u2018lib, ushbu ziyoratdan juda ijobiy ta\u2019surot hamda ma\u2019naviy ozuqa olganliklarini ta\u2019kidlab o\u2018tdilar. 5 TA MUHIM TAShABBUS 06.10.2022. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta\u2019minlash maqsadida, Termiz tuman hokimligi bilan hamkorlikda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida sportning voleybol, shaxmat shashka turlari bo\u2018yicha \\\"Direktor kubogi\\\" musobaqalari o\u2018tkazildi. Ushbu musobaqalarda tuman MFYlaridan uyushmagan ayol-qizlar ishtirok etishdi. O\u2018tkazilgan musobaqalar davomida faol ishtirok etgan hamda g\u2018olib bo\u2018lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining faxriy yorliq va esdalik sovg\u2018alari topshirildi. 110","ZIYO MASKANI 2023 17.10.2022.O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy va o\u02bbrta maxsus ta\u02bclim vazirligi tomonidan tashkil etilgan \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d fanidan o\u2018tkazilgan Xalqaro fan olimpiadasida yakuniy xulosaga ko\u2018ra ekspertlar guruhi bir ovozdan Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazining O\u2018zbek tili va adabiyoti yo\u2018nalishi talabasi Shekiba Samadini faxrli 1-o\u2018ringa munosib deb topdilar. Shogirdimiz Shekiba Samadini ushbu g\u2018alaba bilan tabriklab, kelgusi o\u2018qishlariga ulkan zafarlar tilaymiz! 21 oktabr \u2013 O\u2018zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan Afgoniston fuqarolarini o'qitish talim markazida o\u2018tkazilgan \u201cTil-millat ko\u2018zgusi\u201d mavzusidagi onlayn insholar tanlovida faxrli o'rinlarni egallagan talabalarni tabriklaymiz. \u201cO\u2018zbek-tilim-iftixorim!\\\"\u201d Afgoniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi o\u2018qituvchilari Respublika filologlari kanalida 21 oktyabr \u2013 O\u2018zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan \u201cO\u2018zbek tilim \u2013 iftixorim\u201d mavzusidagi maqolalar tanlovida qatnashib Oliy darajali diplom bilan taqdirlandilar. 111","ZIYO MASKANI 2023 SUD-HUQUQ ISLOHOTLARINING YANGI BOSQICHI 24.10.2022. Jamiyat taraqqiyoti qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining mustaqilligi bilan chambarchas bog\u2018liqdir. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Termiz shahar iqtisodiy sudi raisi D. Jumayev hamda huquqshunos A. Qilichev ishtirokida davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tdi. Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi o'zbek tili va adabiyot fani o'qituvchisi Xadicha Eshpulatovaning O\u2018zbek tili bayramining 33 yilligiga bag\u2018ishlangan \u201cBebaho boylik\u201d nomli maqolasi O\u2018zbekiston adabiyoti va san\u2019ati gazetasining 39-sonida hamda \u201cAfg\u2018onistonda o\u2018zbek tiliga e\u2019tibor\u201d nomli maqolasi Ma\u2019rifat gazetasininng 41-sonida e\u2019lon qilindi. 27.10.2022. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi hamda Termiz tuman 17-umumiy o\u2018rta talim maktabi hamkorligida \u201cIqtidorli yoshlar bilan uchrashuv\u201d mavzusida davra suhbati o\u2018tkazildi. Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mehmonlardan javob olindi hamda faol o\u2018quvchilarga Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi rahbariyati tomonidan esdalik sovg\u2018alar topshirildi. Ikki hamkor tashkilot bunday davra suhbatlarini yanada kehg jamoatchilikda yuksak saviyada o\u2018tkazishga kelishib olishdi. 112","ZIYO MASKANI 2023 11 NOYABR \u2013 KASABA UYUSHMALARI KUNI Ushbu sana oldidan Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida viloyat kasaba uyushmasi rahbariyati bilan hamkorlikda uchrashuv bo\u2018lib o\u2018tdi. Uchrashuv davomida: kasaba uyushmasi \u2013 fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o\u2018qish turi bo\u2018yicha umumiy manfaatlar bog\u2018lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi \u2013 o\u2018z a\u2019zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish. Prezident tashabbusi amalda: Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi davom etmoqda Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11 oktabr kuni mahallalarni obod qilish va aholini o\u2018ylantirayotgan masalalarni hal etish bo\u2018yicha o\u2018tkazilgan videoselektor yig\u2018ilishida hududlarni ko\u2018kalamzorlashtirish 113","ZIYO MASKANI 2023 masalasiga ham alohida e\u2019tibor qaratildi. \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida bu yil yakunigacha markazda 300 dona, kelgusi yil bahor oylarida yana 250 dona mevali va manzarali ko\u2018chatlar ekish vazifasi qo\u2018yildi. O\u2018tgan yilgi tajribadan kelib chiqib ta\u2019lim markazida 20 oktabrdan 1 dekabrgacha ko\u2018chat ekish bo\u2018yicha \u201cDolzarb 40 kunlik\u201d e\u2019lon qilindi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi davom etmoqda. Markazning Agrobiznes yo\u2018nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun markaz hududidan \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida maxsus yer uchastkasi ajratildi. Ushbu maydonda tinglovchilarimiz yangi ko\u2018chat va ekin turlarini ekish va amaliy tajribalar o\u2018tkazish maqsadida foydalanadilar. MUZEYLAR - TARIXIMIZ KO\u2018ZGUSI 04.10.2022.Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida \u201cSurxondaryo viloyatining zamonaviy turizm faoliyatida Termiz arxeologiya muzeyining o\u2018rni\u201d mavzusiga bag\u2018ishlangan fotoko\u2018rgazma bo\u2018lib o\u2018tdi. Muzey rahbariyati va ilmiy xodimlari ishtirokida \u201cZamonaviy turizm faoliyatida muzeyning o\u2018rni\u201d (Termiz arxeologiya muzeyi misolida); - mavzu bo'yicha taqdimot \u201cSurxondaryo viloyatining tarixiy madaniy merosi\u201d; - fotogalereyani taqdim etish; 114","ZIYO MASKANI 2023 - \u201cBu biz haqimizda\u201d video taqdimoti kabi tarqatma va video materiallar asosida talabalar bilan madaniy amaliy tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. Fotoko\u2018rgazma davomida faol ishtirok etgan tinglovchilarga faxriy yorliqlar topshirildi. O\u2018z navbatida muzey xodimlariga ham markaz direktori tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. 07.11.2022 Afg\u2018oniston chegarasida Termiz xalqaro savdo markazi ochildi. Hududga press-tur tashkil etildi. 08 .11.2022 Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi davom etmoqda. Markazning barcha yo\u2018nalishlarida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun markaz hududidan \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida maxsus yer uchastkasi ajratildi. 115","ZIYO MASKANI 2023 Ushbu maydonda tinglovchilarimiz tomonidan yangi ko\u2018chat va ekin turlarini ekish va amaliy tajribalar o\u2018tkazish davom etmoqda. 5 TA MUHIM TAShABBUS 09.11.2022.Shiyori ostida markaz hodimlari o\u2018rtasida sport musobaqalari o\u2018tkazildi tadbir ishtirokchilari serifikat va sovg\u2018alar bilan taqdirlandi. 09.11.2022. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta'lim markazi ma'muriyati tashabbusi bilan 13-noyabr \\\"Markaz tashkil etilganligining 5-yilligi\\\" munosabati bilan \\\"DIREKTOR KUBOGI\\\" musobaqalari e\u2019lon qilinadi. Afg\u02bconiston fuqarolarini o\u02bcqitish ta\u02bclim markazida 13-noyabr markaz tashkil etilganligining 5 yilligiga 116","ZIYO MASKANI 2023 bag'ishlangan \u201cZakovat\\\" intellektual bellashuvi o'tkazildi. Ushbu bahslarda \u201cTuron\u201d, \u201cBalx\u201d, \u201cTo\u02bcmaris\u201d, \u201cRegiston\u201d hamda \u201cNavoiy izdoshlari\u201d jamoalari ishtirok etdi. Bellashuvda afg\u02bconistonlik yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etib, o\u02bcz iqtidorlarini namoyon etdi va yakuniy natijalarga ko'ra barcha jamoalar 2- baldan jamlab durang natija qayd etildi.Faol lshtirok etgan zukko talabalarga badiiy kitoblar.topshirildi. 2.11.2022.O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi huzuridagi Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi tashkil etilganligining 5 yilligi munosabati bilan markaz sportning voleybol, shaxmat, shashka va arqon tortish turlari bo\u2018yicha \\\"Direktor kubogi\\\" musobaqalari o\u2018tkazildi. Ushbu musobaqalarda markaz professor-o\u2018qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. O\u2018tkazilgan musobaqalar davomida faol ishtirok etgan hamda g\u2018olib bo\u2018lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining faxriy yorliq va esdalik sovg\u2018alari topshirildi. 13.11.2022.Muhtaram Prezidentimizning tashabbus va takliflariga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 noyabrdagi 911-sonli qaroriga asosan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi huzurida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi tashkil etilganligiga 5 yil bo\u2018ldi. \u201cYagi nafas\u201d yugurish marafoni. 14.11.2022. 117","ZIYO MASKANI 2023 Tinchlik va hamjihatlik \u2013 bebaho boylik 16.11.2022.\u201cYuksalish\u201d umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo\u2018linmasi tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi huzurida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida afg\u2018on talaba-yoshlar bilan \u201cTinchlik va hamjihatlik \u2013 bebaho boylik\u201d mavzusida seminar tashkil etildi. . 18.11.2022.Yagi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo\u2018lsin! 18 noyabr - O\u2018zbekiston Respublikasi davlat bayrog\u2018i qabul qilingan kun Bayrog\u2018imiz o\u2018zida butun O\u2018zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g\u2018ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo\u2018stlikni mujassam etgan. Bayroq \u2013 hurlik, ezgulik, tinchlik, millatning buyuklik timsolidir. Shu sabab ham har yurtning o\u2018g\u2018il - qizlari, dunyo xalqlari o\u2018z bayroqlarini muqaddas ramz sifatida qadrlaydi va uni asrab avaylaydi. 118","ZIYO MASKANI 2023 O\u2018zbekiston bayrog\u2018i - barchamiz uchun qadri baland, yuksak hurmat va e\u2019zozga munosib davlatimiz ramzidir. Yurtning har bir fuqarosi Xalqaro yutuqlarni qo\u2018lga kiritganda, bayroqni boshi uzra ko\u2018tarib, o\u2018z mehr muhabbatini izhor etadi. Bayrog\u2018imiz qabul qilingan kunga bugun 31 yil bo\u2018ldi 23.11.2022. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida O\u2018zbekiston Respublikasi Yashil makon umummilliy loyihasiga asosan O\u2018zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo\u2018mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Qochqinlar bo\u2018yicha oliy komissarligi qo\u2018shma loyihasi doirasida 2022 yilning noyabr\u2013dekabr oylarida daraxt va buta ko\u2018chatlarini ekish ishlari o\u2018tkazilmoqda. Bu aksiya Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Termiz va Jarqo'rg\u2018on tumanlarida amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati xududida vaqtincha istiqomat qilayotgan Afg\u2018oniston fuqarolarini daraxt va buta ko\u2018chatlarini ekish ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti mutaxassislari ishtirokida navbatdagi amaliy seminar bo\u2018lib o\u2018tdi. 2022 yil 23 noyabr kuni Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga, BMT Qochqinlar bo\u2018yicha Oliy komissarligining Toshkentdagi bosh maslahatchisi F.Remus, ushbu boshqarmaning Termizdagi vakili Anatoliy Shcherbyna \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi \u201cYashil Makon\u201d tashabbusini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar\u201d loyihasi Surxondaryo viloyatdagi kardinatorlari B.Ro\u2018ziyev, Zulfuqor Jumayev va loyihada 119","ZIYO MASKANI 2023 ishtirok etuvchi Surxondaryoda yashovchi Afg\u2018on fuqarolari tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o\u2018tkazdilar. - Surxondaryo viloyatining qum va chang bo\u2018ronlariga chidamliligini oshirish; - Quyi va O\u2018rta Surxon zonalarida 4 ta tumanlar hududida eroziyaga qarshi plantatsiyalar va o\u2018rmon hosil qiluvchi turlardan foydalangan holda jami 100 gektar maydonda 250 ming tup daraxt ekiladi; - 1000 dan ortiq benefitsiarlar daraxtlar ekish, sug\u2018orish, parvarishlash bilan shug\u2018ullanadi, jumladan, O\u2018zbekistondagi Afg\u2018oniston fuqarolari, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari; - loyiha doirasida o\u2018quv amallarini belgilash bilan benefitsiarlarda daraxtlar ekish, sug\u2018orish, parvarishlash ko\u2018nikmalarini hosil qilinadi. O\u2018z navbatida delegatsiya rahbari, Afg\u2018oniston fuqarolarini ko\u2018chat ekish ishlariga faol ishtirok etishlarini ta\u2019kidlab, ushba jarayonlar ular tomonidan loyihani amalga oshirishda ulkan hissa qo\u2018shishlari va moliyaviy holatlarini yaxshilashlariga zamin yaratishini aytib o\u2018tdi. Uchrashuv so\u2018ngida, F.Remus yig\u2018ilish qatnishchilari bilan birgalikada, mutaxassislar ko\u2018magida Markaz hududida ko\u2018chat ekish bo\u2018yicha master 120","ZIYO MASKANI 2023 klassda. ishtirok etdi 2022 yil 23 noyabr kuni BMT Qochqinlar bo\u2018yicha Oliy komissarligining Toshkentdagi bosh maslahatchisi F.Remus, ushbu boshqarmaning Termizdagi vakili Anatoliy Shcherbyna \u201cO'zbekiston Respublikasi\u201cYashil Makon\u201dumummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar\u201d loyihasi Surxondaryo viloyatdagi kardinatorlari B.Ro\u2018ziyev, Z. Jumayevlar Termiz tumani \\\"Yagi xayot\\\" mahallasi hududida jami 1800 tup daraxt ko\u2018chatlari ekish uchun ajratilgan maydonda olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib o\u2018tdi. 2022 yil 23 noyabr kuni BMT Qochqinlar bo\u2018yicha Oliy komissarligining Toshkentdagi bosh maslahatchisi F.Remus, ushbu boshqarmaning Termizdagi vakili Anatoliy Shcherbyna \u201cO'zbekiston Respublikasi \u201cYashil Makon\u201d umummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash bo\u2018yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar\u201d loyihasi Surxondaryo viloyatdagi kardinatorlari B.Ro\u2018ziyev, Z. Jumayevlar Jarqurg\u2018on tumani \\\"Qora yantoq\\\" mahallasi hududida jami 290 ming tup saksovul va daraxt ko\u2018chatlari ekish uchun ajratilgan yer maydonida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib o\u2018tdi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida ota-onalar yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Dastlab, ota-onalar markaz faoliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so\u2018ng, ota-onalar va markaz ma\u2019muriyati bilan yig\u2018ilish bo\u2018lib o\u2018tdi. Yig\u2018ilish davomida mehmonlar o\u2018z fikrlarini bildirar ekanlar,\\\" O\u2018zbekiston asrlar davomida mamlakatimizning eng yaqin qo\u2018shnilaridan biri, do\u2018stlik va yaxshi qo\u2018shnichilik rishtalari, diniy e\u2019tiqod, urf- odatlar bog\u2018lab turadigan o\u2018lka bo\u2018lib kelgan. O\u2018zbek va afg\u2018on xalqlari o\u2018zaro birodardir hamda bu uzoq tarixdan buyon o\u2018z isbotini topib kelmoqda. Samarali hamkorlikni amalga oshirishda madaniy-gumanitar soha ham muhim rol o\u2018ynaydi. Xalqlarimiz o\u2018rtasidagi asrlarga tatiydigan aloqalar madaniyatlararo rishtalarda ham o\u2018z ifodasini topgan. Afg\u2018oniston hududida bugun o\u2018zbek millatiga mansub 4 milliondan ko\u2018proq aholi istiqomat qilayotgani o\u2018zaro hamkorlikka ijobiy ta\u2019sir o\u2018tkazmoqda. Ayniqsa ta\u2019lim sohasi o\u2018zaro hamkorlikning ustuvor jihatidan bo\u2018lib qolmoqda. 2018 yil yanvar oyida Termiz shahrida sizu-biz guvohi bo\u2018lib turgan afg\u2018on fuqarolarini o\u2018qitishga ixtisoslashtirilgan ta\u2019lim markazining ochilishi buning yorqin ifodasidir. U Afg\u2018oniston uchun o\u2018zbek tili, temir yo\u2018l hamda qisqa muddatli kurslar tashkil etilganligini, quvonarlisi ushbu talaba va tinglovchilar orasida farzandlarimiz tahsil olyotganligini quvonch bilan ta\u2019kidlashimiz lozim. 121","ZIYO MASKANI 2023 O\u2018zbekiston hamisha do\u2018st afg\u2018on xalqiga yordam qo\u2018lini cho\u2018zadi va biz bundan juda mamnunmiz. Shuning uchun ham barchamiz O\u2018zbekistonni ikkinchi vatanimiz deb bilamiz\\\" deya ta\u2019kidlab o\u2018tdilar. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga Surxondaryo viloyati mahalla va nuroniylarni qo\u2018llab- quvvatlash boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari, senator Orziqul Soatov boshchiligida viloyat faollaridan iborat mehmonlar tashrif buyurib, markaz faoliyati va bu yerda yaratilgan shart- sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 25.11.2022. YASHIL-MAKON 2022 BMTTD, UNICEF va Birlashgan Millatlar Tashkilotining QBOK boshqarmasi (UNHCR) hamkorlikda \u201cYashil Makon\u201d umummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar\u201d loyihasi ijrosini ta'minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Termiz tumani \\\"Yangi hayot\\\" mahallasi hududida markaz jamoasi hamda Afg\u2018onistonlik va O\u2018zbekistonlik ko\u2018ngilli-xasharchilar ishtirokida jami 1800 tup daraxt ko\u2018chatlarini ekish ishlariga start berildi. 122","ZIYO MASKANI 2023 28.11.2022.O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy va o\u02bbrta maxsus ta\u02bclim vazirligi tomonidan tashkil etilgan \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d fanidan o\u2018tkazilgan Xalqaro fan olimpiadasida yakuniy xulosaga ko\u2018ra ekspertlar guruhi bir ovozdan Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazining \\\"O\u2018zbek tili va adabiyoti\\\" yo\u2018nalishi talabasi Shekibo Samadini faxrli 1-o\u2018ringa munosib deb topdilar. 29.11.2022.Xotin-qizlar masalalarini o\u2018rganish bo\u2018yicha Senat ishchi guruhi tomonidan Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida seminar-trenning o\u2018tkazilmoqda Joriy yilning 21 sentabrida Xotin- qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o\u2018qitish, bandligini ta\u2019minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o\u2018rganish maqsadida Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi Surxondaryo viloyati Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida bo\u2018lgan edi. Ushbu tashrif davomida markaz rahbariyati tomonidan afg\u2018onistonlik ayol-qizlar hamda ishchi xodimlar uchun bir xaftalik seminar-trenning o\u2018tkazib berishda, va ushbu seminar trenningda faol ishtirok etgan ayol-qizlar kelgusida o\u2018zlarini band qilish hamda qo\u2018shimcha daromadga ega bo\u2018lishlari masalalari yuzasidan taklif bilan murojaat qilgan edi. Yuqorida bildirilgan takliflarni ijrosini ta\u2019minlash maqsadida, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga Oliy Majlis Senatining Oila va xotin- qizlarni qo\u2018llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo\u2018limi mudiri, Nodira Shotursunova boshchiligida ishchi guruh va malakali trenerlar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlar dastlab, markaz faoliyati bilan tanishib o\u2018tdilar. 123","ZIYO MASKANI 2023 Shundan so\u2018ng markaz negizida xotin-qizlar bandligini ta\u2019minlash, ularni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash, hunarmandchilik klasterlarida xotin-qizlarni band qilish maqsadida, \\\"Tikuvchilik\\\",\\\"Gilamdo\u2018zlik\\\",\\\"Kashtachilik\\\", \\\"Oshpazlik\\\" va \\\"Zargarlik\\\" kabi yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha 1 xaftalik kurslarga start berildi. Ushbu kurslarda 7 nafar afg\u2018onistonlik hamda 8 nafar o\u2018zbekistonlik xotin-qizlar ishtirok etmoqdalar. BMTTD, UNECE, Birlashgan Millatlar Tashkilotining QBOK boshqarmasi (UNHCR) hamda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi bilan hamkorlikda \u201c\u0178shil Makon\u201dumummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirish maqsadida, viloyatning Termiz shahri, Termiz, Jarqo\u2018rg\u2018on va Sherobod tumani hududlarini ko\u2018kalamzorlashtirish uchun barcha kerarli uskunalar, ish qurollari, ko\u2018chat va o\u2018g\u2018itlar etkazib berish ishlari davom etmoqda. Eslatib o\u2018tamiz, ushbu loyiha davomida markaz xodimlari hamda afg\u2018onistonlik va o\u2018zbekistonlik ko\u2018ngilli-xasharchilar ishtirokida jami 290 ming tup saksovul va daraxt ko\u2018chatlari ekish rejalashtirilgan. 30.11.2022.O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg\u2018oniston bo\u2018yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, BMTning Afg\u2018oniston bo\u2018yicha maxsus vakili va Afg\u2018onistonga yordam ko\u2018rsatish missiyasi rahbari Roza Otunbaeva hamda BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Munir Mamedzade boshchiligidagi delegatsiya Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga tashrif buyurdi. 124","ZIYO MASKANI 2023 Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, afg\u2018onistonlik tinglovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi hamda Afg\u2018oniston hukumati va vazirlik idoralari bilan hamkorlikda, ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, afg\u2018onistonlik yoshlarni tibbiyot, transport- logistika va ijtimoiy-gumanitar yo\u2018nalishlarda markazga o\u2018qishga jalb qilish ishlariga ko\u2018maklashishlikda amaliy yordam berishlari ta\u2019kidlab o\u2018tildi. 125","ZIYO MASKANI 2023 Shuningdek, mehmonlar yaqinda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d fanidan o\u2018tkazilgan Xalqaro fan olimpiadasida markazning \\\"O\u2018zbek tili va adabiyoti\\\" yo\u2018nalishi 4-bosqich talabasi Shekibo Samadi fahrli 1-o\u2018rinni egallaganligi bilan tabriklab, kelgusi o\u2018qishlariga zafarlar tabriklab o\u2018tdilar. \u201cYashil makon\u201d \u2013 Ona tabiatimizni asrashga o\u2018z hissangizni qo\u2018shing! BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, BMT qochqinlar bo\u2018yicha Oliy komissarligi, Ekologiya davlat qo\u2018mitasi hamda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi bilan hamkorlikda \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Termiz, Jarqo\u2018rg\u2018on, Sherobod tumanlari hududlarida jami 100 gektar maydonda \u201cYashil makon\u201d - Ona tabiatimizni asrashga o\u2018z hissangizni qo\u2018shing!\u201d shiori ostida 290 ming tup saksovul hamda turli manzarali va mevali daraxt ko\u2018chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi xodimlari hamda afg\u2018onistonlik ko\u2018ngillilar ishtirok etishdi. Termiz texnologiya-muxandislik institutda \\\"Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida muhandislik-texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari\\\" mavzusida xalqaro talabalar anjumani bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu anjumanda markaz professor-o\u2018qituvchilari hamda afg\u2018onistonlik talaba yoshlar o\u2018zlarining ilmiy ma\u2019ruzalari bilan faol ishtirok etdilar. 126","ZIYO MASKANI 2023 Bugun BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, Ekologiya davlat qo\u2018mitasi, O\u2018rmon xujaligi davlat kumitasi xuzuridagi Yashil xudud davlat unitar korxonasi ekspertlari, hamda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi bilan hamkorlikda \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida Termiz shahri \\\"Pattakesar\\\" mahallasida ajratilgan hududda jami 780 tup turli manzarali va mevali daraxt ko\u2018chatlarini ekish tadbirlari davom ettirildi. Tadbirda shahardagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi xodimlari hamda afg\u2018onistonlik ko\u2018ngillilar ishtirok etishdi. 04.12.2022 Toshkent shahrining UzExpoCenter 3-pavilonida \u00abCRAFT FAIR UZBEKISTAN\u00bb xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo\u2018lib o\u2018tmoqda Tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan 150 nafarga yaqin mahalliy hamda Tojikiston, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Rossiya, Afg\u2018oniston, Pokiston, Hindiston kabi 10 ga yaqin xorijiy mamlakatlardan hunarmandlar ishtirok etmoqda. Seminar ishtirokchilari rag\u2018batlantirildi Joriy yilning 28-noyabr 2-dekabr kunlari Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ishsiz xotin-qizlarni kasb- hunarga o\u2018qitish, bandligini ta\u2019minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida \\\"Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish\\\" shiori ostida trening o\u2018tkazildi. \u2747\ufe0fOliy Majlis Senatining Oila va xotin-qizlarni qo\u2018llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo\u2018limi mudiri, Nodira Shotursunova boshchiligida malakali trenerlar ishtirokida o\u2018tkazilgan treningda \\\"Tikuvchilik\\\", \\\"Gilamdo\u2018zlik\\\", \\\"Kashtachilik\\\", \\\"Oshpazlik\\\" va \\\"Zargarlik\\\" kabi yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha o\u2018tkazilgan kurslarda 7 nafar afg\u2018onistonlik hamda 8 nafar o\u2018zbekistonlik xotin-qizlar ishtirok etdilar. 127","ZIYO MASKANI 2023 \u2705Trening yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. 05.12.2022 Afg\u2018onistonlik talabalar kutib olindi. O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligining Termiz tumanidagi Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida tahsil olayotgan yigit-qizlar \u201cXayraton\u201d chegara- bojxona postida kutib olindi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. O\u2018zbekiston qo\u2018shni davlatdagi vaziyatni siyosiy yo\u2018l bilan hal etish, tinchlikni ta\u2019minlash, barqarorlikni tiklash, iqtisodiyot, fan, madaniyat va boshqa sohalarni tiklash tarafdori bo\u2018lib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining afg\u2018on xalqi o\u2018z taqdirini mustaqil, tinch yo\u2018l bilan hal etish masalasini xalqaro miqyosda ko\u2018tarib kelayotgani ham bunga yaqqol dalildir. Mamlakatimiz ko\u2018magi bilan Afg\u2018onistonni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo\u2018yicha sezilarli ishlar amalga oshirilayotir. Prezidentimiz g\u2018oyasi asosida Termiz tumanida tashkil etilgan Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi qisqa vaqtda dunyoda muqobili yo\u2018q ma\u2019rifat muassasasiga aylandi. Zamonaviy usulda jihozlangan o\u2018quv maskanida afg\u2018onistonlik yoshlar 19 ta oliy va 20 ga yaqin o\u2018rta maxsus ta\u2019lim yo\u2018nalishi bo\u2018yicha yetuk mutaxassis bo\u2018lib ulg\u2018ayishi mumkin. 128","ZIYO MASKANI 2023 Ayni paytda o\u2018quv dargohida yaqin qo\u2018shni davlatning 20 ta viloyatidan 111 nafar afg\u2018on yigit-qizlari temir yo\u2018l transporti hamda o\u2018zbek tili va adabiyoti kabi yo\u2018nalishlarda ta\u2019lim olib, fan sirlarini chuqur o\u2018zlashtirmoqda. Shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi va \\\"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi\\\" (UNDP) hamda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarda afg\u2018onistonlik yoshlar tahsil olmoqdalar. Chegarada kutib olingan talabalar markaz talabalar turar joylariga joylashtirildi. Ta\u2019lim markazi binolari o\u2018quv mashg\u2018ulotlarini boshlash uchun taxt qilib qo\u2018yildi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida 8-dekabr O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan \u201cKonstitutsiya \u2013 baxtimiz qomusi\u201d mavzusida davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda markaz professor-o\u2018qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, O\u2018zbekiston xalqining xohish istagi orzu intilishlari to\u2018liq qaror topganligi, qomusimizning xalqchilligi, inson huquqlari va erkinliklari va xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma\u2019lumot berib o\u2018tdilar. Tadbir davomida talabalar ham o\u2018z fikr- mulohazalarini bildirdilar.07.12.2022 Tadbir so\u2018ngida faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg\u2018a qilindi. 129","ZIYO MASKANI 2023 10.12.2022 Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida 10-dekabr O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan \u201cMadhiya - istiqlol va milliy g\u2018urur timsoli\u201d mavzusida ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda markaz direktori, professor-o\u2018qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Davlatimiz madhiyasi qudratli kuchga ega. Ona Vatanini sevgan, o\u2018zi tug\u2018ilib o\u2018sgan yurtga daxldor deb bilgan har bir kishi uning qudratini his qilishi shubhasiz. Xalqaro maydonlarda yurt sha\u2019ni uchun maydonga chiqqan har bir insonning hayolida Ona Vatan bayrog\u2018ini baland ko\u2018tarish, madhiyasini baralla yangratish orzusi bo'lishi tabiiy. Barchangizga yurt bayrog'larini yuksaklarga ko'tarish va har doim madhiyalar yangrashini eshitish nasib qilishligini tilab qolaman, deb ta\u2019kidlab o\u2018tdi. Shuningdek, tadbirda markaz professor-o\u2018qituvchilari so\u2018zga chiqib, madhiyamizning yaratilish tarixi haqida atroflicha ma\u2019lumot berib o\u2018tdilar. 11.12.2022 Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta'lim markazi o\u2018zbek tili va adabiyoti fani o\u2018qituvchisi Eshpulatova Xadicha Muradovna \u201cTA'LIM SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN\u201d xalqaro ilmiy-amaliy ko\u2018rik tanlovida taqdim etilgan ilmiy ishlari Ilmiy Kengash tomonidan ko\u2018rib chiqilib, bir ovozdan ma\u2019qullandi. Bugun ushbu hamkasbimizga \u201cTA'LIM SOHASIDAGI XIZMATLARI UchUN\u201d esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma (electron holatda) hamda qimmatbaho sovg\u2018alar tantanali ravishda topshirildi. 130","ZIYO MASKANI 2023 \u201cYashil makon\u201d\u20132022 aksiyasining navbatdagi manzili Sherobod tumani bo\u2018ldi. Bugun BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, Ekologiya davlat qo\u2018mitasi hamda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi bilan hamkorlikda \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida Sherabod tumanida ajratilgan hududda jami 3250 tup turli manzarali va mevali daraxt ko\u2018chatlarini ekish tadbirlari davom ettirilmoqda.Tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi talaba va xodimlari, maxalliy hamda afg\u2018onistonlik ko\u2018ngilli-hasharchilar ishtirok etmoqdalar. Hasharchilar uchun doshqozonda osh damlandi.11.12.2022 17.12.2022 Namunali Xotin-qizlar faollarining tajribalari ommalashtiriladi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi majlislar zalida \u201cEng yaxshi xotin- qizlar faoli\u201d ko\u2018rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan xotin-qizlar faollarining faoliyatlari, tajriba va erishgan yutuqlarini ommalashtirish maqsadida seminar tashkil etildi. 131","ZIYO MASKANI 2023 \u201cYashil makon\u201d\u20132022 aksiyasining navbatdagi manzili Jarqurg\u2018on tumani bo\u2018ldi Bugun BMTning taraqqiyot dasturi, UNHCR, UNECE, Ekologiya davlat qo\u2018mitasi hamda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi bilan hamkorlikda \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida Jarqurg\u2018on tumanida ajratilgan hududda 710 tup tut, 1060 tup qayrag\u2018och, 1060 tup sosna eldarseaya ko\u2018chatlari hamda 420 kg (280000) saksovul urug\u2018larini maxsus texnikalar yordamida ekish tadbirlari qizg\u2018in davom etmoqda. Shuningdek, tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi xodimlari hamda afg\u2018onistonlik ko\u2018ngilli- hasharchilar ishtirok etmoqdalar. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta'lim markazining katta o\u2018qituvchisi S.To\u2018raeva, markazda tahsil olayotgan ijodkor talabamiz Sh. Samadiy hamda Termiz tumani 16 132","ZIYO MASKANI 2023 sonli umumiy o\u2018rta ta'lim maktabining iqtidorli o\u2018quvchilari o\u2018rtasida davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tdi.27.12.2022 Markazda Yangi yil shukuhi Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu kunlarda Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ham ana shu bayram shukuhi hukmron. Korxona, tashkilot, ta\u2019lim va tibbiyot muassasalari bayramona bezatilgan. Shu jumladan, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida ham rango-rang panno va chiroqlar bilan bezatilgan bu esa afg\u2018onistonlik talaba-yoshlarga bir olam zavq-shavq, ko\u2018tarinki kayfiyat ulashmoqda. Barchaning qalbida farahbaxsh kunlar uchun shukronalik hissini oshirib, ezgu niyatlarni uyg\u2018otmoqda. Shuningdek, markazda yil davomida sitqi dildan mehnat qilgan professor-o\u2018qituvchi va ishchi xodimlar munosib rag\u2018batlantirildi.31.12.2022 11.01.2023. Surxondaryo viloyat hokimi Ulug\u2018bek Qosimov Termiz tumanidagi Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi faoliyati bilan tanishildi. Viloyat hokimi Ulug\u2018bek Qosimov anomal sovuq paytida ijtimoiy soha ob\u2019ektlari, xususan ta\u2019lim muassasalarida isitish tizimlarining ishlash holati hamda ushbu ob\u2019ektlarda yaratilgan sharoitlarning tashkil etilganligini o\u2018rganish maqsadida Termiz tumanida bo\u2018ldi.Viloyat rahbari Termiz tumani hududida joylashgan Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda tahsil olayotgan afg\u2018onistonlik talabalar bilan suhbatlashib, ularga ta\u2019lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi.Shuningdek, ta\u2019lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, o\u2018quv xonalarining jihozlanishi, o\u2018quv adabiyotlari bilan ta\u2019minlanganlik holatlarini o\u2018rganib, mas\u2019ullarga afg\u2018onistonlik o\u2018quvchilarga taxsil olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, o\u2018quv markazi imkoniyatlaridan aholini kasb-hunarga o\u2018qitishda ham samarali foydalanish bo\u2018yicha chora-tadbirlarni belgilab berdi. 133","ZIYO MASKANI 2023 12.01.2023. Markazda \u201cBiz yoshlar giyohvanlikka qarshimiz \u201d mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Termiz tumani tibbiyot birlashmasi hamda markaz shifokorlari ishtirokida o\u2018tkazilgan tadbirda giyohvandlik insoniyat va jamiyati uchun eng xafvli omillardan biriga aylanib ulgurganligi, u insoniyatning ming yillar davomida yaratgan madaniy yashash tarzini, jamiyatda qaror topgan ma\u2019naviy me\u2019yorlarni izdan chiqarishi ta\u2019kidlandi.Tadbir davomida talabalar ham mazkur illat to\u2018g\u2018risida o\u2018z fikrlarini bayon etishdi. Giyohvandlikning millat, insoniyat genofondiga jiddiy xavf tug\u2018dirishini ta\u2019kidlab o\u2018tdilar. 14.01.2023 . Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida 14 yanvar - \\\"Vatan himoyachilari kuni\\\" bayrami munosabati bilan \\\"Mardlar qo\u2018riqlaydi vatanni\\\" shiori ostida ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talaba-yoshlar va fahriy mehmonlardan IIV Surhondaryo viloyati maxsus otryad boshlig\u2018i zaxiradagi mayor B.Shodiyev hamda urush veteranlari jamiyati rahbari podpolkovnik B.Safarovlar ishtirok etishdi.Mehmonlar tomonidan Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat g\u2018oyalarini aks etgan ma\u2019ruzalar qilindi.Tadbir nafaqat yaxshi fikrlar, tilaklardan balki, quvnoq va sho\u2018x kuy-qo\u2018shiqlarga boy o\u2018tdi. Avvalo harbiycha sadolar ostida yangragan qo\u2018shiqlarga hamohang tarzda davom etgan taronalar ishtirokchilarga ko\u2018tarinki kayfiyat bag\u2018ishladi.Tadbirda Vatanimiz posbonlari, milliy armiyamiz shijoati va matonati aks etgan videoroliklar namoyish etildi.Tadbir yakunida markaz rahbariyati tomonidan tadbirda ishtirok etgan faxriy mehmonlar, tashkilotchilar hamda 134","ZIYO MASKANI 2023 talabalarga faol ishtiroki uchun tashakkurnoma va esdalik sovg\u2018alar topshirib, minnatdorchilik bildirdi. 26.01.2023. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga, Yevropa Ittifoqining O\u2018zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari, Surxondaryo viloyati xokimining xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosari Z.Xidirova hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Termizdagi konsullik rahbari R.Nazarovlar tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o\u2018tkazdilar. Tashrif davomida, horijiy mehmonlar Markaz bazasida tashkil etilgan \u201cYevropa ittifoqi xonasi\u201d va \u201cKovorking markazi\u201dning rasmiy ochilishi hamda 3 oylik kurslarni tamomlagan 30 nafar (51 nafardan) tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirish marosimida ishtirok etdilar. Tashrif yakunida grant doirasida markaz uchun 28 o\u2018rinli zamonaviy rusmdagi avtobus tantanali ravishda topshirildi. 28.01.2023.Toshkent shahrining muhtasham yoshlar markazi tadbirlar zalida Toshkent shahar ilg\u2018or tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy forumda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida tahsil olayotgan 16 nafar 135","ZIYO MASKANI 2023 iqtidorli talabalar hamda markazimiz katta o\u2018qituvchisi S.To\u2018raevaga \\\"Ilm-fan iftixori\\\" ko\u2018krak nishoni va esdalik sovg\u2018alar topshirildi. Barcha ustoz va talabalarimizni ushbu e\u2019tirof bilan samimiy muborakbod etamiz. 30.01.2023. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Islom Karimov xotirasiga bag\u2018ishlangan tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga asosan Mustaqil O\u2018zbekistonning asoschisi, buyuk davlat arbobi, O\u2018zbekiston Qahramoni O\u2018zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi huzuridagi Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida \\\"Islom Karimov - mustaqil O\u2018zbekistonning asoschisi\\\" mavzusida ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi.Tadbirda Afg\u2018onistonning Termiz shahridagi bosh konsuli M.I.Zarshuy mehmon sifatida ishtirok etdi. 30.01.2023. O\u2018zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko\u2018maklashuvchi \u00abVatanparvar\u00bb tashkiloti Surxondaryo viloyati Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2018lim markazida 46 nafar afg\u2018onistonlik fuqaro \u00abB\u00bb toifasi bo\u2018yicha o\u2018qitildi. Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo\u2018shma loyihasi asosida o\u2018qigan xorijliklarga haydovchilik guvohnomalarini topshirish marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbirda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining O\u2018zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari ushbu amaliyot Afg\u2018onistondagi qayta tiklashishlariga ko\u2018rsatilayotgan yordamlardan biri ekanligini, O\u2018zbekistonda yana ko\u2018plab afg\u2018onistonliklarni turli kasblarga tayyorlashishlari davom ettirilishini bildirdilar. Shu o\u2018rinda Sharlotta Adrian o\u2018zbekistonlik mutasaddilarga kelgusida afg\u2018onistonlik ayollarni hamshiralik ishi bo\u2018yicha o\u2018qitish taklifini bildirdi. 01.02.2023. Aholi muammolari \u201cxonadonbay\u201d o\u2018rganilib, yordam ko\u2018rsatish tizimi yo\u2018lga qo\u2018yiladi 136","ZIYO MASKANI 2023 Termiz tumanida 30 ta mahallada, 82 ming 164 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi muammolarini \u201cxonadonbay\u201d o\u2018rganish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo\u2018yicha har bir mahallaning chora-tadbirlar rejasi va yo\u2018l xaritalarini ishlab chiqish, aholi bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo\u2018yicha ishlar olib borilmoqda.Bugun Termiz tumani hududida joylashgan Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida tuman sektor mas\u2019ullari, aloqador tashkilotlar rahbarlari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan \u201cbeshlik\u201d vakillari ishtirokida ushbu tizimni joriy etish bo\u2018yicha seminar o\u2018tkazildi. Seminarda Prezident Administratsiyasi bosh inspektori Farxod Azizov, Administratsiya mutaxassisi Ilhom Mavlonov, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmurodov va tuman hokimining birinchi o\u2018rinbosari Muhiddin Tog\u2018aev ishtirok etishdi. Seminarda aholi muammolarini xonadonma-xonadon yurib o\u2018rganish bo\u2018yicha tuman shtabini tuzgan holda, har bir fuqaro bilan suhbatlashib, uning mavjud muammo va kamchiliklarini o\u2018rganish, aniqlangan masalalarni tahlil qilish bo\u2018yicha mahallalarning rivojlanish dasturlari va yo\u2018l xaritalarini ishlab chiqish hamda ijrosini ta\u2019minlash bo\u2018yicha tushuntirishlar berildi.Mahalla mas\u2019ullariga hududdagi umumiy muammolarni tumandagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini ko\u2018rish bo\u2018yicha vazifalar belgilandi. Jumladan, elektr energiya, gaz, ichimlik suvi ta\u2019minoti va boshqa mas\u2019ul tashkilotlarning vakillarini har bir mahallaga biriktirgan holda, aniqlangan muammolarni tizimli hal etish topshirig\u2018i berildi. 02.02.2023. Surxondaryo viloyatida Yevropa ittifoqi ko\u2018magida bolalar masalalari komissiyalari faoliyati rivojlantiriladi.Bugun Termiz tumani hududida joylashgan Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Surxandaryo viloyatida Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan hamkorlik loyihasi doirasida viloyat, shahar va tumanlardagi Bolalar masalalari komissiyalari va Bolalarni himoya qilish sho\u2018balari faoliyatlari salohiyatini o\u2018sishiga hissa qo\u2018shish maqsadida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida seminar-trening bo\u2018lib o\u2018tdi.Unda YuNICEF vakili Antonia Lyudeke, Bolalar 137","ZIYO MASKANI 2023 Ombudsmani vakili Diana Isaeva, Bolalar masalalari bo\u2018yicha Milliy Komissiyaning Bolalarni himoya qilish masalalari sho\u2018basi vakillari Gulchexra Nigmadjanova, Xurshid Asrorov, Sattor Raxmatov, shuningdek, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Shaxodat Ibragimova, tuman hokimining o\u2018rinbosari Sanjar Nuriev hamda tuman Bolalar masalalari komissiyasi a\u2019zolari ishtirok etishdi.Seminar-treningda mutaxassislar tomonidan Bolalar masalalari komissiyalari a\u2019zolarining o\u2018zaro hamkorlikdagi faoliyati, bu borada amalga oshirilishi lozim bo\u2018lgan vazifalar, shuningdek, bolalarni himoya qilish sho\u2018basi faoliyatini rivojlantirish bo\u2018yicha tavsiyalar berildi.Bundan tashqari Yevropa ittifoqi ko\u2018magida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning maqsadlari, kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida ham axborotlar berildi. 07..02.2023. Navoiyga ehtirom. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi professor-o\u2018qituvchilari, afg\u2018onistonlik talaba-yoshlar, Respublika Ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat markazi Termiz tuman bo\u2018limi boshlig\u2018i Y. Mustanov, TerDu filologiya fanlari nomzodi M. Xamraeva hamda Termiz shahar 13- umumiy o\u2018rta ta\u2019lim maktabi o\u2018qituvchi va o\u2018quvchilari ishtirok etgan tadbirda Alisher Navoiyning hayoti, ijodi, serqirra faoliyati haqida atroflicha so\u2018z yuritildi. Daho shoir yaratgan o\u2018lmas asarlar dunyo xalqlarining noyob ma\u2019naviy boyligiga aylangani alohida ta\u2019kidlandi. 09.02.2023. Navoiyga ehtirom Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda g\u2018azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan \\\"Navoiy yodi ila yashaymiz mudom\\\" mavzusida ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbir o\u2018tkazildi. Ushbu tadbirda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019 lim markazi rahbariyati hamda o\u2018zbek tili va adabiyoti yo\u2018 nalishi talabalari shoirning ruboiy va g\u2018azallaridan o\u2018qib, parchalar namoyish etib tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi.Tadbir so\u2018ngida ishtirokchiariga tashakkurnomalar topshirildi. 138","ZIYO MASKANI 2023 14.02.2023. Buyuk sarkarda shoh va shoir, Zahiriddin Muhammad boburning 540 yillik tavallud kuni munosabati bilan ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy kecha o\u02bctkazildi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida bo\u2018lib o\u2018tgan tadbirda markaz ma\u02bcmuriyati, professor- o`qituvchilar, tuman madaniyat bo\u2018limi xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. O\u02bctkazilgan kecha davomida shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma\u02bcnaviy merosi, davlat jamoatchiligining yirik namoyondasi sifatida O\u2018rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she\u02bcriyatida o\u02bcziga xos o\u02bcrin egallagan adib, shoir, olim bo\u02bclishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo\u02bclsa, serjilo o\u02bczbek tilida yozilgan \u00abBoburnoma\u00bb asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olganligi; Uning nafis g\u02bcazal va ruboiylari turkiy she\u02bcriyatining eng nodir durdonalari bo\u02bclib, \u00abMubayyin\u00bb (\u00abBayon etilgan\u00bb), \u00abXatgi Boburiy\u00bb, \u00abHarb ishi\u00bb, Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she\u02bcriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo\u02bclib qo\u02bcshganligi e\u02bctirof etildi. Shuningdek, afg\u02bconistonlik talaba-yoshlar shoirning ruboyilari hamda hayoti va ijodini aks etgan videorolik namoyishetildi, sahna ko\u02bcrinishlari ijro etildi.Tadbirda ijro etilgan g\u2018azal, kuy va qo\u2018shiqlar ishtirokchilarga ko\u2018tarinki ruh bag\u2018ishladi.Tadbir so\u02bcngida kuni kecha xalqaro ilmiy konferensiyalarda o\u2018zlarining ilmiy maqolalari bilan istirok etgan hamda ushbu tadbirda faol ishtirok etgan bir guruhtalabalarimizga sertifikat va markaz fahriy yorliqlari topshirildi. 23.02.2023. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga AQShning O\u2018zbekistondagi elchixonasi vakillari Devid Kiriskiy va Sh.Saidkarimovalar tashrif buyurdi. 139","ZIYO MASKANI 2023 Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, afg\u02bconistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv davomida mehmonlar iqtidorli talabalarimiz tomonidan AQShning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalari to\u2018g\u2018risidagi sertifikatlar topshirildi.Shuningdek, markaz rahbariyati bilan o\u2018tkazilgan muzokaralarda markazimiz ta\u02bclim tizimini rivojlantirish bo\u02bbyicha hozirgi holat va istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi. 23.01.2023. Afg\u2018oniston fuqorolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi tinglovchilari Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida tinglovchilar institutda yaratilgan shart sharoitlar, dars jarayonlari, o\u2018quv laboratoriyalari, institutda amalga oshirilayotgan drayver loyihalarning ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar ushbu turdagi uchrashuvlarni davomli tashkil etishga kelishib oldilar. 140","ZIYO MASKANI 2023 28.02.2023. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi Ozbek tili va adabiyot fani katta o\u2018qituvchisi Eshpulatova Xadicha Muradovna 28-fevral kuni \\\"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo\u2018jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti\\\" milliy tadqiqot universiteti katta majlislar zalida bo\u2018lib o\u2018tadigan \\\"Ta\u2019lim sohasidagi xizmatlari uchun\\\" xalqaro tanlovining taqdirlash marosimida ishtirok etib, \u201cIntellektual izlanuvchi\u201d esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, tashakkurnoma (elektron holatda) bilan taqdirlandi. 01.03.2023 BAHOR KUYCHISIGA EHTIROM. Xalqimiz bahor faslini shoira Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni bilan boshlashni ezgu an\u02bcanaga aylantirgan. Zulfiya Isroilovaning tavalludi yurtimiz bo\u02bcylab katta adabiyot bayrami sifatida keng nishonlanishi sir emas.O\u02bczbekiston Respublikasi Oliy va o\u02bcrta maxsus ta\u02bclim vazirligi huzuridagi Afg\u02bconiston fuqarolarini o\u02bcqitish ta\u02bclim markazi hamda Termiz tumani 17-sonli umumiy o\u02bcrta ta\u02bclim maktabi ma\u02bcmuriyati va iqtidorli o\u02bcquvchilari va yosh ijodkorlar bilan hamkorlikda buyuk o\u02bczbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag\u02bcishlangan \u201cZULFIYA-O\u2018ZBEK AYOLINING YORQIN TIMSOLI\u201d nomli adabiy-badiiy kecha bo\u02bclib o\u02bctdi. Tadbirda markaz jamoasi, Xalqaro migratsiya tashkilotining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery Macc Bro hamda O\u2018zbekisto Respublikasi Oliy Majlisi Senati Senatori Gulnora Mahmudovna, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureyatlari, mahalliy gazeta muhbirlari hamda targ\u02bcibotchi yetakchi yoshlari ishtirok etishdi.Shuni alohida ta\u02bckidlash joizki, Zulfiya Isroilova jahon minbarlarini ko\u02bcrgan shoira, shu bilan birga, go\u02bczal tarjimon ham edi. U o\u02bczining boy adabiy merosi, faol ijodkor sifatidagi faoliyatida o\u02bczbek ayollarining salohiyati naqadar yuksak ekanini ko\u02bcrsatib berdi. Tadbir so\u02bcngida mehmonlar faol ishtirok etgan talaba 141","ZIYO MASKANI 2023 va hamkor mutasaddilarga markaz rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlari hamda talabalarimiz tomonidan nufuzli xalqaro nashriyotlarda chop etilgan ilmiy maqolalari to\u2018g\u2018risidagi sertifikatlar . 01.03.2023. Seminar ishtirokchilari rag\u2018batlantirildi 2022 yilning 28-noyabr 3-dekabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz tumani \u201cAfgoniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi\u201dda Xalqaro migratsiya tashkilotining \u201cTermizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish\u201d dasturi doirasida 16 nafar xotin-qizlar (shundan 7 nafari afg\u2018on, 9 nafar o\u2018zbek) uchun tadbirkorlik yo\u2018nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etilgan edi. Ushbu seminar-treningda ishlab chiqilgan va Gender Komissiya tomonidan maqullangan biznes-rejalarni beg\u2018araz moliyalashtirish va seminar-trening ishtirokchilarini taqdirlash maqsadida Joriy yilning 1-mart kuni \u201cAfgoniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi\u201d da tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalqaro migratsiya tashkilotining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery Macc Bro hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Senatori Gulnora Mahmudovna ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning har biriga Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan qiymati 22 700 000 so\u2018mlik VAUCHER lar hamda planshetlar topshirildi. 07.03.2023. AYOLLAR OILA VA JAMIYAT USTUNI. Barchamiz orziqib kutgan so\u2018lim bahor kirib kelishi bilan tabiat ochilib, ko\u2018ngillarimiz yorug\u2018 tuyg\u2018ularga to\u2018lib boradi. Biz bugun yaratganning buyuk mo\u2018jizasi bo\u2018lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o\u2018zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarni ulug\u2018lar ekanmiz, beixtiyor mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning \\\"Jannat onalarning oyog\u2018i ostidadir\u201d degan mazmundagi so\u2018zlarini eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta\u2019zim qilamiz. 8 mart - \u201cXalqaro xotin-qizlar kuni\u201d bayrami Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida keng miqyosda nishonlandi. Barcha yo\u2018nalishlarda \u201cOnalarga ta\u2019zim\u201d, \u201cSen baribir muqaddassan, muqaddas ayol\u201d, \u201cAyol borki, olam munavvar\u201d nomli bayram tadbirlari o\u2018tkazildi. O\u2018tkazilgan tadbirlarda markaz iqtidorli talabalari va san\u2019atkorlar tomonidan she\u2019r, kuy-qo\u2018shiqlar ijro etildi. 09.03.2023. Afg\u2018oniston muvaqqat hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi Afg\u2018oniston TIV xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligi Shuayb Baryalay, boshqarma boshlig\u2018i Naser Axmad Axmadi hamda Afg\u2018onistonning Termiz shahridagi bosh konsuli Muhammad Idris Zarshuylar Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoyitlar bilan 142","ZIYO MASKANI 2023 yaqindan tanishib, yuksak baxo berildi.Shuningdek, markaz professor o\u2018qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Fikr va mulahazalar bildirildi. Jumladan, mehmonlar o\u2018z fikrlarini davom etib, \u00abBizning niyatimiz - Afg\u2018onistonda tinchlik va barqarorlik hukm surishini ta\u2019minlash. Bu iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga albatta ushbu markaz talabalari ya\u2019ni siz aziz yoshlar xizmat qilasiz. O\u2018zbekiston Afg\u2018onistonni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini hal etish, afg\u2018on xalqiga yordam ko\u2018rsatish yo\u2018llariga katta e\u2019tibor qaratilayotganini qayd etish lozim deya ta\u2019kidlab o\u2018tdilar. 09.03.2023 Amaliyot-2023 Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi \\\"Turizm\\\" va \\\"Agrobiznes\\\" yo\u2018nalishi tinglovchilari ishlab chiqarish hamda xizmat ko\u2018rsatish sohalariga aloqador tashkilot va korxonalarda amaliyot o\u2018tamoqdalar. 10.03.2023. Xitoy hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi Xitoy Xalq Respublikasi TIVning bildirildi. Afg\u2018oniston bo\u2018yicha maxsus vakili Yue Syaoyun, TIV birinchi sekretari Sun Yuyfen va Sun Penchjou Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoyitlar bilan yaqindan tanishib, yuksak baxo berildi. Shuningdek, markaz professor o\u2018qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Fikr va mulahazalar 143","ZIYO MASKANI 2023 11.03.2023. NAVRUZ-2023 Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida \u201cSumalak sayli\u201dga start berildi.\u201cSumalak sayli\u201dda bayram dasturxoni yozilib, markaz ustoz va xodimlari hamda talabalar o\u2018zlari tayyorlagan turli xildagi milliy taomlarimizdan somsalar, ko\u2018k somsa, chuchvara, halim, chalpak va boshqa milliy taom va pishiriqlar bilan bayram dasturxonini bezatishdi. 11.03.2023. NAVRUZ-2023. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Navro\u2018z umumxalq bayrami munosabati bilan markaz yo\u2018nalish va guruhlari o\u2018rtasida sportning futzal turi bo\u2018yicha \u201cDirektor kubogi\u201d musobaqasi o\u2018tkazildi. 12.03.2023. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi rahbariyati Oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vazirining o\u2018rinbosari S.Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Tashrif davomida markaz faoliyati, moddiy texnik bazasi, markaz hududida olib borilayotgan obodonchilik ishlari ko\u2018zdan kechirildi. 144","ZIYO MASKANI 2023 Shuningdek, vazir o\u2018rinbosari tomonidan o\u2018quv binolari hamda TTJdagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o\u2018rganilib, ularni yaxshilashga qaratilgan istiqboldagi rejalar bilan tanishildi. 14.03.2023. Amaliyot-2023 Afgoniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi 401 guruh talabalari guruh rahbari S.To\u2018rayeva boshchiligida Termiz tumanida joylashgan 16 umumiy o\u2018rta ta\u2019lim maktabida malakaviy amaliyotda maktab va maktab ma\u2019muriyati bilan tanishishdan boshladilar. 15.03.2023. Surxondaryo viloyati hokimligi \\\"Viloyat hokimining kubogi\\\" uchun boshqarma, idora va tashkilotlar o\u2018rtasida mini futbol sport turi bo\u2018yicha musobaqasida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi xodimlari faol ishtirok etdilar. 16.03.2023 Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo\u2018yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O\u2018zbekiston Respublikasi tabiyat resurslari vazirligining vakillari tashrif buyurdi.Tashrif davomida markaz rahbariyati tomonidan Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining qo\u2018shma loyihasi asosida tashkil etilgan 1 yillik va 3 oylik kurslaring natijalari hamda \\\"Yashil makon\\\" loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar va ushbu loyihalarning ijrosi bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.Shuningdek, kelgusi istiqboldagi reja va loyihalar bo\u2018yicha takliflar bildirildi. O\u2018z navbatida, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska hamda BMTQOK Markaziy Osiyo bo\u2018yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder ham hamkorlik qilishdan mamnunligini va Afg\u2018oniston fuqarolariga doimiy ravishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. 145","ZIYO MASKANI 2023 16.03.2023. \\\"Yashil makon\\\" \u20132023 BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo\u2018yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O\u2018zbekiston Respublikasi tabiyat resurslari vazirligi vakillari Jarqo\u2018rg\u2018on tumani tashrif buyurdi. BMTning taraqqiyot dasturi, UNHCR, UNECE, Ekologiya davlat qo\u02bcmitasi hamda Afg\u02bconiston fuqarolarini o\u02bcqitish ta\u02bclim markazi bilan hamkorlikda \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida Jarqo\u2018rg\u2018on tumani \\\"Yangi O\u2018zbekiston\\\" massivi hududida jami 290 ming tup saksovul va daraxt ko\u2018chatlari ekish uchun ajratilgan yer maydonida olib borilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib, ushbu bog\u2018ni ochilish marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg\u02bconiston fuqarolarini o\u02bcqitish ta\u02bclim markazi xodimlari hamda afg\u02bconiston fuqarolari ishtirok etdilar. 17.03.2023.Navro\u2018z sayli dillarga quvonch baxsh etmoqda. Viloyatimizning barcha hududlarida milliy qadriyat, an\u2019ana va urf- odatlarimizni o\u2018zida aks ettirgan,yangilanish va yasharish ayyomi - Navro\u2018z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda.Bu yilgi asosiy Navro\u2018z sayllari Termiz shahridagi \u2018\u2018San\u2019at Saroyi\u201d hududida bo\u2018lib o\u2018tmoqda. Bog\u2018 hududida shahar va tumanlarning ramziy qo\u2018rg\u2018onlari bunyod etilib, unda har bir hududning o\u2018ziga xos milliy taomlari, xalq hunarmandchiligi va amaliy san\u2019ati, folklor jamoalarining rang-barang dasturlari namoyish etildi. Ushbu bayram sayllarida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi jamosi hamda talabalari faol lshtirok etdi. 146","ZIYO MASKANI 2023 23.03.2023. Afg\u02bconiston fuqarolarini o\u02bcqitish ta\u02bclim markazida \u201cJURNALISTIKAGA ILK QADAM\u201d maxsus o\u02bcquv kurslarida lavlalar. O\u02bczbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo\u02bclimi mutaxassisi, mediatrener Mastura Xamraeva boshchiligida 8 kunlik tasdiqlangan dastur asosida afg\u02bconistonlik talaba-yoshlar uchun maqola tayyorlash, mediasavodxonlik, internetda blogerlik faoliyati, video lavha tayyorlash, mobiljurnalistika hamda \\\"Surxon tongi va Zarya Surxana\\\" gazetalari bosmaxonasida tanishuv amaliyoti kabi yo\u02bcnalishlarda tahsil olishlari rejalashtirilgan. Kurslarni tamomlagan talabalarga maxsus sertifikatlar topshiriladi. 24.03.2023. Yangi Konstitutsiya yurt taraqqiyotiga xizmat qiladi Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputatlar guruhi tomonidan O\u2018zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasining loyihasini aholi o\u2018rtasida keng targ\u2018ib qilish, uning mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirishga bag\u2018ishlangan seminarlar o\u2018tkazildi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida ta\u2019lim tizimi va mahalla fuqarolar yig\u2018inlari xodimlari jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida bo\u2018lib o\u2018tgan seminarda ishtirokchilarga O\u2018zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o\u2018zgartishlar haqida batafsil ma\u2019lumot berildi. Seminar so\u2018ngida ishtirokchilar o\u2018zlarini qiziqtirgan mavzuga oid savollarga batafsil javob olishdi. 147","ZIYO MASKANI 2023 25.03.2023. Amaliyot-2023 Afgoniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida tahsil olayotgan kurs tinglovchilari o\u2018quv ishlari bo\u2018yicha direktor o\u2018rinbosari B.Oralov boshchiligida Qumqurg\u2018on Agrotexnologiyalari texnikumida amaliyot o\u2018tdilar. 29.03.2023. \u201cJURNALISTIKAGA ILK QADAM\u201d mediamaktabi doirasida kurs ishtirokchilari uchun \u201cSurxon tongi\u201d va \u201cZarya surxana\u201d gazetalari birlashgan tahririyatiga media-tur tashkil qilindi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi rahbariyati va O\u2018zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo\u2018limi mutaxassisi Mastura Xamroeva boshchiligida kurs ishtirokchilari tahririyatda jurnalistlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga gazetalarni tayyorlash jarayoni, saxifalash dizayni va tahririyatda mavjud bo\u2018lgan bosmaxona ish faoliyatini kuzatishdi. 30.03.2023. \u201cJurnalistikaga ilk qadam\u201d kursi ishtirokchilari bir kunda ikkita nashriyot faoliyati bilan tanishdi. Dastlab Termiz shahridagi \u201cSurxon-nashr\u201d mas\u2019uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurishdi. Nashriyotda amalga oshirilayotgan ishlar, chet davlatdan olib kelingan uskunalar ishlashi, xodimlar faoliyati, aynan nashriyotda chop qilingan kitoblar bilan tanishishdi. Shundan so\u2018ng kurs ishtirokchilari \u201cIlm-21\u201d MJCH bosmaxonasi faoliyatini va chop qilish jarayonlarini kuzatishdi. 148","ZIYO MASKANI 2023 31.03.2023.\u201cJurnalistikaga ilk qadam\u201d kursi ishtirokchilari uchun Termiz tumanida joylashgan \u00abTermez National Carpets\u00bb mas\u2019uliyati cheklangan jamiyatiga media- tur tashkil etildi. Unda talabalar korxona faoliyati bilan tanishdi. Aytish kerakki korxona yiliga 2,2 million kvadrat metr gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun Germaniya, Belgiya, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o\u2018rnatilgan. 150 ta yangi ish o\u2018rni yaratilgan. Mahsulotlarning qariyb yarmini eksport qilish rejalashtirilgan. Xomashyoning 80 foizi mahalliylashtirilgan. Korxona ishga tushirilgan qisqa vaqtda Ozarbayjon va Qirg\u2018iziston davlatlariga 255 ming dollarlik gilam va gilam mahsulotlari eksport qilindi. Joriy yilda 4 million dollarlik mahsulotni xorijlik buyurtmachilariga yetkazib berish mo\u2018ljallamoqda. Kurs ishtirokchilari ushbu katta ishlab chiqarish jarayoni va gilamlar tayyorlanishi bilan yaqindan tanishdi. 03.04.2023. Bitiruvchi-2023 149","ZIYO MASKANI 2023 Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 1-yillik kurs tinglovchilari yakuniy davlat attestasiyasidan o\u2018tish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar. \u201cTikuvchilik\u201d, \u201cKompyuter tizimlari va majmualari\u201d, \u201cAgrobiznes va marketing agenti\u201d hamda \u201cTurizm\u201d yo\u2018nalishlarida tahsil olib kelgan tinglovchilar soha mutaxassislari ishtirokida imtihonlarni topshirib, kelgusida OTMga hujjat topshirish hamda o\u2018z yo\u2018nalishlarining etuk mutaxassi bo\u2018lib o\u2018zlarini ish bilan ta\u2019minlashni o\u2018z oldilariga maqsad qilib qo\u2018yishgan. 04.04.2023Amaliyot-2023 Afgoniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi 401-guruh talabalari Termiz tumanidagi 16-sonli umumiy o\u2018rta ta\u2019lim maktabida tashkil etilgan to\u2018garaklar faoliyati bilan tanishishdi. Markazimiz talabalarida maktab o\u2018quvchilarining to\u2018garaklardagi faoliyati katta qiziqish uyg\u2018otdi. 06.04.2023. Mart oyida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida jurnalistikaga qiziquvchi yoshlar uchun tashkil qilingan \u201cJurnalistikaga ilk qadam\u201d mediamaktabining 36 nafar bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi rahbariyati va\u201cBarqaror hayot\u201d xalqaro ijtimoiy-ma\u2019rifat markazi xodimi Shaxlo Farmonova, O\u2018zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo\u2018limi mutaxassisi Mastura Xamraeva talaba yoshlarning o\u2018rgangan bilimlari asosida tayyorlagan ijodiy ishlari haqida to\u2018xtalib o\u2018tib, bu 150"]
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104
- 105
- 106
- 107
- 108
- 109
- 110
- 111
- 112
- 113
- 114
- 115
- 116
- 117
- 118
- 119
- 120
- 121
- 122
- 123
- 124
- 125
- 126
- 127
- 128
- 129
- 130
- 131
- 132
- 133
- 134
- 135
- 136
- 137
- 138
- 139
- 140
- 141
- 142
- 143
- 144
- 145
- 146
- 147
- 148
- 149
- 150
- 151
- 152
- 153
- 154
- 155
- 156
- 157
- 158
- 159
- 160
- 161
- 162
- 163
- 164
- 165
- 166
- 167
- 168
- 169
- 170
- 171
- 172
- 173
- 174
- 175