Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Hisobot_markaz_2022_2023

Hisobot_markaz_2022_2023

Published by beck.pancher88, 2023-08-07 13:50:48

Description: Hisobot_markaz_2022_2023

Search

Read the Text Version

ZIYO MASKANI 2023 G6edjolyu O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O.A.RO‘ZIYEV OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI N.S.XO’JAMURODOV HUZURIDAGI AFG‘ONISTON FUQAROLARINI O‘QITISH TA’LIM MARKAZI ZIYO MASKANI Termiz-2023 1

ZIYO MASKANI 2023 Ushbu ommabop risolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan tashkil etilgan jahonda muqobili yo‘q Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazininng faoliyati yoritilgan. Barchaga ma’lumki mamlakatimiz rahbari rahnomoligida Afg‘oniston bilan ishtimoiy-iqtisodiy, gumanitar, sog‘lomlashtirish, qurilish, elektr-energiya, transport, turizm xizmatlari hamda milliy kadrlar tayyorlash sohalari bo‘yicha aniq maqsadli hamkorliklar amalga oshirilib kelinmoqda. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi 2017 yil ta-shkil etilgan bo‘lsada bugugngi kunpgacha 232 nafar “O‘zbek tili va adabiyot” va “Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi”(lokomotivlar) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr hamda 303 nafar afg‘on yoshlari kasb-hunar va qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlab davlat namunasidagi Diplom va sertifikatlarga ega bo‘lishdi. 2017-2022 o’quv yilida tamomlagan 121 nafar bakalavr ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarimzdan 12 nafari magistraturada handa 2 nafari doktoranturada o‘qishini davom ettirmoda. Talabalarga respublikadagi nufuzli Oliy ta’lim muassasalaridan professor- o‘qituvchilar ta’lim berishmoqda. Natijada shogirdlarimizdan 70 tasi jahonning 100 dan ortiq mamlakatlarning ilmiy-nazariy anjumanlarida o‘z maqolalari bilan qatnashib diplom va sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, 16 nafar iqtidorli talar “Ilm fan iftixori” ko‘krak nishoni, 5 nafar esa Surxondaryo viloyat Xokimi stipendiyati, 1 nafari Xorijiy talabalar o‘rtasida “O‘zbek ti li va adabiyoti” fanidan o‘tkazilgan xalqaro olimpiadasi g‘olibi bo‘lganligi markaz olgan bilimining natijasi hisoblanadi. Markazda ta’lim olish bilan bir vaqtda maqsadli talabalarning qiziqishlaridan kelib chiqib 21ta to‘garaklarda faol qatnashish orqali mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda faol qatnashishmoqda. G‘oya muallifi: Oybek Ro‘ziyev - Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi direktori Nashrga tayyorlovchi: N.Xo‘jamurodov - Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi xalqaro bo‘lim boshlig’i Ma‘sul muharrir: Xadicha Eshpo ‘latova - Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta ‘lim markazi katta o‘qituvchisi Nashr uchun ma‘sul: Muhammad Nusratov- “Kitob Nashr” nashriyoti direktori © O.Ro’ziyev, N.Xo‘jamurodov © Termiz, “KITOB NASHR” - 2023 2

ZIYO MASKANI 2023 Ommabop risola S.XO’JAMURODOV Яш Nashriyot muharriri: Iqroriddin Ayniddinov Texnik muharrir: Abbos Boltayev Sahifalovchi: Xadicha Esho‘latova Dizayner: Sirojiddin Omondavlatov “KITOB Nashr” nashriyoti. Termiz shahri Islom Karimov ko‘chasi 62-uy Tasdiqnoma № 5300 (10.05.2023) 07.06.2023 yil terishga berildi Bosishga 07.072023 yil ruxsat berildi. Bichim 60/84/1/16 Ofset bosma usuli 10625 shart b.t. Adadi 100 nusxa “ILM-21” MCH bosmaxonasida chop etildi Termiz shahar, Nodira ko‘chasi, 6 uy 3

ZIYO MASKANI 2023 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI AFG‘ONISTON FUQAROLARINI O‘QITISH TA’LIM MARKAZI O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo‘shmoqda va bundan keyin ham hissa qo‘shadi. Afg‘on zaminida Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining Abu Rayhon Beruniy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Bobur, 4

ZIYO MASKANI 2023 Boborahim Mashrab kabi buyuk namoyandalari va boshqa ko‘plab bizning ulug‘ ajdodlarimiz yashab ijod qilganlar. Sh. M. Mirziyoyev Muhtaram yurtboshimiz tashabbusi bilan ushbu markaz ochildi. Markaz hozirgi kundagi eng zamonaviy jihozlar va moddiy texnika bazasi bilan jihozlandi. Ushbu Markaz jamoasiga omad tilayman. Afg‘oniston va O‘zbekiston do‘stligini mustahkamlashda va Afg‘onistonga yetuk kadrlar yetishtirishda ushbu Markaz bizga katta yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. V.Mahmudov 5

ZIYO MASKANI 2023 Biz Afgʻoniston bilan asrlar davomida bir fazoda yashab kelgan, Amudaryoning ikki sohilida yashayotgan bir xalqmiz. Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish O‘zbekiston Tashqi siyosatining eng muhim yoʻnalishiga aylantirilgan. Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan afg‘on talabalari uchun o‘quv markazi haqida yetarli ma’lumotlarga egamiz va Afg‘onistonning amaldagi hukumatini ushbu o‘quv markazidan samarali foydalanishga taklif qilamiz. Afg‘onistonga hozirda shunday markaz kerak bo‘lgani uchun anjumanimizda bu masalalar ko‘rib chiqiladi. Umid qilamanki, do‘st O‘zbekistonning bu sa’y-harakatlari Afg‘oniston xalqiga birinchi qadamda yordam beradi va sharoitlar tezroq yaxshilanishi, xalq farovon yashashi uchun qulay sharoit yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev 6

ZIYO MASKANI 2023 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi haqida MA‘LUMOT O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 911-son qarori asosida tashkil etildi. Markaz binosi 2005-yilda qurilgan bo‘lib, 2017-yil qayta ta’mirlandi.750 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy 3 qavatdan iborat o‘quv binosi, 400 o‘ringa mo‘ljallangan barcha qulayliklarga ega bo‘lgan talabalar turar joyi foydalanishga topshirilgan. 2017-2019 o‘quv yillari 96 nafar 2019-2023 o‘quv yillar davomida 103 nafar Afg‘onistonlik talabalar O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida tahsil oldilar va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va abadiyot universitetining bakalavr diplomiga ega bo‘ldilar. 2018-2022 o‘quv yillari 25 nafar, 2019-2023 o‘quv yillari davomida 8 nafar Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi yo‘nalishida tahsil oldilar hamda Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplomiga ega bo‘ldilar. 2020-2021 o‘quv yilida Afg‘onistonlik 41 nafar yoshlar O‘zbek tili va adabiyoti maxsus 544 soatlik o‘quv kursida tahsil olib sertifikatga ega bo‘ldilar va o‘z qiziqishlari bo‘yicha O‘zbekistonning 7 ta universitetlariga bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Shuningdek, Markaz dunyoning qator xorijiy davlatlari va Xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi 14 nafar, Germaniyaning GIZ xalqaro tashkiloti 21 hamda AQSHning USAID xalqaro tashkilotlari bilan 42 nafar, jami 77 nafar afg‘on fuqarolari qisqa muddatli o‘quv kurs va seminarlarda o‘qib sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Markaz faoliyati davomida jami 535 nafar talaba va tinglovchilarni mutaxassis kadr qilib tayorlab berildi. Shu o‘rinda aytish joyizki bitiruvchilardan 13 nafari bakalavr ta’lim yo‘nalishini tugatgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga magistraturaning o‘z mutaxassislikari bo‘yicha o‘qishga kirishga muyassar bo‘ldi. Markazning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligida 1 mln. yevrolik loyiha yani “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi asosida 200 nafar afg‘on fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Bunda 1 yillik o‘quv kurslarda 100 nafar, 3 oylik qisqa muddatli kurslarda 100 nafar kurs tinglovchilari tahsil olib diplom va sertifikatlarga ega bo‘lishdi. 2019-yilning may oyida Markazning moddiy texnika bazasini rivojlantirish maqsadida, Slovakiya davlati 10 ming yevro qiymatida beg‘araz yordam tariqasida mablag‘ ajratdi. Ajratilgan mablag‘ hisobidan markazning o‘quv-uslubiy hamda adabiyot fondini doimiy ravishda boyitib borish maqsadida, markazda mini tipografiya tashkil etildi. 7

ZIYO MASKANI 2023 2021-yil 25-noyabr kuni markaz o‘quv laboratoriyalarini yanada rivojlantirish maqsadida (9700 ming yevro) miqdoridagi to‘liq jihozlarga ega bo‘lgan stomatologiya xonasiga zaruriy asbob-uskunalar yetkazib berildi. Shuningdek, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi “Yashil Makon’’ tashabbusini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi doirasida 500 ming AQSH $ lik ishlar amalga oshirildi. Markaz dunyoning ko‘plab davlatlar bilan xalqaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘yilganligi, jumladan, BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Xeleni Freyzer, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxanani BMTning Afg‘onistondagi doimiy koordinatori Roza Otunbayeva, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Eduard Stiprays, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakillari P.Burian, R.Kobia va M.Ramakers, AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum, Hindiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Santosh Jani, Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi G.Overfeld, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon, Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Bori Yan, Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat, Afg‘oniston Islom Respublikasining elchisi Ahmad Xalid Elmi, Germaniya Federativ Respublikasining elchisi T. Klinner, Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi elchisi Pyer fon Arkslarlar faoliyati bilan yaqindan tanishib o‘quv markazini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalari va takliflarini bildirgan. MARKAZNING XALQARO HAMKORLIGI Barchamizga ma’lumki, yaqin yillargacha jahonda afg‘on fuqarolari uchun maxsus oliy ta’lim muassasasi yo‘q edi. Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning tashabbuslari bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish uchun ta’lim markazining tashkil etilishi jahonning ko‘plab davlatlarining mamlakatimizdagi elchixonalar, oliy ta’lim muassasalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, jamg‘arma va fondlarining qiziqishi ortishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun turli tashkilotlar markaz bilan ilmiy-amaliy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari, ya’ni BMT, YEIHT hamda AQSH, Rossiya, Germaniya, Slovakiya, Xitoy XR, Janubiy Koreya, 8

ZIYO MASKANI 2023 Buyuk Britaniya, Shvetsiya qirolligi, Yaponiya, Hindiston kabi yirik davlatlar bilan aloqalar o‘rnatilmoqda. Markaz USAID, Konrad Adinauer va Fridrix Ebert, KOICA, JICA, GIZ tashkilot va fondlari bilan qo‘shma loyihalarda ishtirok etib, markazning moddiy texnika bazasini boyitish hamda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali ta’lim jarayonining sifatini yanada oshirish, davlatlar o‘rtasida jahon andozalariga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlashga qaratilgan loyihalarni tadbiq etish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalari bilan ishtirok etishmoqda. Jumladan, 2019-yil 16-sentabr kuni AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum boshchiligidagi delegatsiya markazga tashrifi buyurdilar. Delegatsiya tashrif davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari va jihozlari, talabalar yotoqxonasining imkoniyatlari, ovqatlanish hamda boshqa yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya markazda tahsil olayotgan talabalarning bilimini yanada oshirish hamda ta’lim muassasasi moddiy bazasini rivojlantirish yuzasidan hamkorlikda ishlar olib borish kerakligi to‘g‘risida fikr yuritdi. Tashrif doirasida, D.Rozemblyum rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Markaz kutubxonasi fondini boyitish maqsadida 20 ta ingliz tilidagi o‘quv qo‘llanmalarini taqdim etdilar. 2019-yilning 19-21-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “YUKSALISH” umummilliy harakati va Konrad Adinauer fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Raqamlashuv, iqtisodiyot, xavfsizlik va barqaror rivojlanish Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi uchun istiqbollar” mavzusidagi yoshlar kongressiga markaz direktori va 18 nafar iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar. 9

ZIYO MASKANI 2023 2019-yil 25-sentabr kuni Hindiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Santosh Jani boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi. Markaz rahbariyati tomonidan mehmonlar kutib olindi hamda ular markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Mehmonlar talaba yoshlar bilan suhbatda bo‘lib, ularga o‘qishlari, yaratilgan sharoitlardan xursand bo‘lib o‘z maslahatlarini berishdi. Markazda afg‘on yoshlari uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar mehmonlarimizda juda katta ijobiy taassurot uyg‘otdi. 2019-yil 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan kurash bo‘yicha an’anaviy XIV - Xalqaro turniriga Afg‘oniston kurash federatsiyasi Prezidenti S.Mahmud Zia Dashti Markazga tashrif buyurdi va tashrif davomida markaz faoliyati bilan tanishar ekan, talabalarga yaratilgan shart - sharoitlarni ko‘rib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va xalqiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 10

ZIYO MASKANI 2023 2019-yil 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining blogger muxbiri Ramziz Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi hamda afg‘on yoshlari uchun yaratilgan shart - sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif chog‘ida afg‘onistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi. Yaratilgan bunday imkoniyatlardan afg‘on yoshlarining mamnun ekanligini ta’kidladi. 2019-yil 5-noyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida transchegaraviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha Ishchi komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston tomonidan Ishchi komissiya raisi, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I. Ergashev, Afg‘oniston tomonidan Ishchi komissiya raisi, Balx viloyati hokimi Isxaq Raxguzar boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi. Majlis kun tartibidagi masala bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov yig‘ilishni ochib, ikki davlat o‘rtasida tuzilgan kelushuvga asosan amalga oshirgan ishlar bo‘yicha axborot berdi. Ikki davlat o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish bu borada vizalarni sodalashtirish, qo‘shma korxonalarni faoliyatini yanada kengaytirish, qo‘shimcha investitsiyalar olib kirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Afg‘onistonning Balx viloyati hokimi Isxaq Raxguzar tomonidan so‘nggi yillarda ikki qo‘shni davlat o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, birodarlik aloqalari, iqtisodiy-savdo va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi va ikkinchi yig‘ilishni Afg‘oniston diyorida o‘tkazish taklifini berdi. 2019-yil 18-noyabr kuni AQSHning narkotikka qarshi kurash boshqarmasi vakillari AQSHning Qozog‘istondagi elchixonasining narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi attashesi Mixail Karpenkopf, AQSHning Qozog‘istondagi elchixonasida Nazorat-tergov yordamchisi Sayagul Turlibayeva, AQSHning Qozog‘istondagi elchixonasining narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi agenti Mishel Reamer, AQSHning Afg‘onistondagi elchixonasining narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi agenti Mark Fovler, Vashington Davlat departamentining Narkotiklar va huquqni muhofaza qilish xalqaro byurosi vakili Jeyms Francis Ogara, AQSH davlat departamentining Toshkent shahridagi narkotiklarga qarshi kurashish va huquq- tartibotni muhofaza qilish bo‘yicha byurosi rahbari Rassel Singerlar markazga tashrif buyurdilar. Delegatsiya a’zolari o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi 11

ZIYO MASKANI 2023 imkoniyatlari bilan tanishishdan boshlashdi. Shuningdek, markazda tahsil olayotgan Afg‘oniston talabalari bilan qizg‘in suhbat o‘tkazildi. Bundan tashqari xorijiy mehmonlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida AQSHning “Giyohvandlikka qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish va axborot almashish” borasida zarur bo‘lgan Afg‘oniston tinglovchilarining qisqa muddatli (ikki, to‘rt va olti haftalik) o‘quv kurslarini tashkil etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, xorijiy mehmonlar tomonidan Markaz faoliyati, xususan o‘quv jarayonlarini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida, AQSH hukumati tomonidan o‘quv jihozlari va kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash xususida so‘z yuritildi. 2019-yil 21-noyabr kuni Afg‘onistonning Faryob viloyatida joylashgan Rishod xususiy universitet rektori Abdul Rashid Reshad Markazga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Markaz faoliyati haqida ijobiy xulosaga kelar ekan, Surxondaryoda xususiy oliygoh ochish niyatida ekanligini bildirdi. Suhbat davomida ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi. 2019-yil 3-dekabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy missiyasi Iqtisodiy aloqalar bo‘yicha ofisi direktori Rayder Rodjers, AQSH Savdo vazirligi Tijorat huquqini rivojlantirish xalqaro dasturi yuristkonsuli Joselin Stayner Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshlashdi. Shuningdek, markazda tahsil olayotgan afg‘on talabalari bilan 12

ZIYO MASKANI 2023 qizg‘in suhbat o‘tkazildi. Bundan tashqari xorijiy mehmonlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida markaz tomonidan tavsiya etilayotgan markazni rivojlantirish bo‘yicha taklif loyihalari bo‘yicha o‘z fikr - mulozahalarini bildirishdi. Taklif etilayotgan loyihalar ro‘yxati taqdim etildi. 2019 - yil 3 - 4 dekabr kuni Termiz shahrida “Savdo imkoniyatlari va transport- tranzit muammolari” mavzusida ikki kun davom etgan forumda mamlakatimiz hamda Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Eron va Ukraina singari davlatlardan vakillar hamda Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markaz rahbariyati va talabalari ishtirok etdilar. 2019-yil 4-dekabr kuni Markazga Afg‘oniston transport vazirligi huzuridagi temir yo‘llar agentligining rahbari Muhammad Yamo Shams hamda uning o‘rinbosari Ahmadshafiq Urfoni janoblari tashrif buyurdilar. Tashrif davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi: 1. Markazda Yer usti transporti tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yaratilgan shart - sharoitlar bilan yaqindan tanishish hamda ularning maxsus fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish. 2. Kelgusida markazga ta’lim olish uchun yuboriladigan talabalarning qabul kvotasini oshirish hamda temir yo‘l sohasiga oid yangi yo‘nalishlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. 3. Markazda Afg‘oniston transport vazirligi taklifiga muvofiq, transport yo‘llari va ko‘priklar qurilishi sohalari bo‘yicha yangi yo‘nalish va qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish. Uchrashuv davomida 2020 - yilning yanvar oyida 50 nafar, yil davomida esa 200 nafar afg‘onistonlik yoshlarni Yer usti transporti yo‘nalishida o‘qish uchun markazga yuborilishiga kelishib olindi. 13

ZIYO MASKANI 2023 2019-yil 10-dekabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Afg‘onistonning Termiz shahridagi Konsuli S. Sakandari janoblari hamda talaba- yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida Konsul tomonidan talaba-yoshlarga dars mashg‘ulotlarini yaxshi baholarga o‘zlashtirish hamda markazning ichki-tartib qoidalariga rioya qilish kabi masalalar aytib o‘tildi. Suhbat davomida talabalarimiz ham bu muqaddas dargohga faqat ilm olgani kelganliklarini hamda bu yerda yaratilgan shart-sharoitlardan har soniyada unumli foydalanishlarini aytib o‘tdilar. 2019-yil 11-dekabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi G. Overfeld hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Ch. Begimqulov tashrif buyurdi. Mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Jumladan, 300 o‘rinli talabalar turar joyining yangi binosi, o‘quv va laboratoriya xonalari, sportzal, oshxona, ARM, internet tizimi va kompyuter xonalari ko‘zdan kechirilib, bu yerda talabalar uchun ham yashashlari, ham o‘qishlari uchun barcha sharoitlar mavjudligi aytib o‘tildi. Overfeld janoblari talabalar uchun yaratilgan yashash va o‘qish sharoitlari a’lo darajada ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, G. Overfeld markazda tahsil olayotgan talabalar bilan suhbat o‘tkazdi. Elchi janoblari 2020 - yilning yanvar oyida GFRning xalqaro banki bo‘lgan KFW vakillarini ta’lim markaziga tashrifi hamda Afg‘onistonning turli soha vakillarini malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish masalasini ijobiy hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, G. Overfeld GIZ xalqaro tashkiloti ko‘magida markazda quyidagi 3 ta yo‘nalishni yanada rivojlantirish lozimligini alohida e’tirof etdi. Xususan; 1. Hunarmandchilik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash; 2. Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro toifadagi mutaxassislarni jalb qilish; 14

ZIYO MASKANI 2023 3. Markazda Germaniyaning tegishli OTMlari hamkorligida boshlang‘ich nemis tili darslarini tashkillashtirish. Shu bilan birga GFR elchisi, o‘quv kurslarini tashkillashtirishda Berlin shahridagi nufuzli OTM professor-o‘qituvchilarini jalb etishda amaliy yordam berishini ta’kidlab o‘tdi. 2020-yil 3-fevral Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar bilan Koreyaning mutasaddi tashkilotlari imkoniyatlari orqali kelgusida markazda turli sohalarda qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkillashtirish va moliyalashtirishda amaliy yordam berish; Markazda Akusherlik va hamshiralik ishi va Yer usti transport tizimlari va ularning eksplutatsiyasi, informatsion texnologiyalar xonasi, AT auditoriyalarini zaruriy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Yuqoridagi masalalarni inobatga olgan holda, markaz rahbariyati hamda mehmonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda markaz direktori tomonidan bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining yangi bosqichda rivojlanayotgani afg‘on yoshlarining O‘zbekistonda ta’lim olish istak va ishtiyoqini yanada oshib borishini inobatga olib, joriy o‘quv yilida O‘zbek tili va adabiyoti, yo‘nalishlariga 147 nafar yigit va qizlar ta’lim markazida o‘qish uchun qabul qilinganligini ta’kidlab o‘tdi. Markaz direktori mehmonlarni 300 o‘rinli talabalar turar joyining yangi binosida bir vaqtning o‘zida ham o‘qish, ham yashashlari uchun barcha sharoitlar mavjud talabalar uchun yaratilgan dam olish xonalari, ARM markazi, internet tizimi va kompyuter xonalari bilan tanishtirdi. Elchi janoblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining taklifiga binoan Surxondaryo viloyatida informatsion texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi sohasida yaqindan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanligini bildirdi. Shuningdek, Markazga zarur bo‘lgan o‘quv jihozlari va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil qilish uchun markaz rahbariyatidan taklif va fikrlar so‘radi. Markaz direktori ta’lim muassasasi faoliyatini yanada rivojlantirish, bunda xorijiy hamkorlar tomonidan ajratiladigan budjet mablag‘lari o‘ta muhimligini yana 15

ZIYO MASKANI 2023 takrorlagan holda, Kan Chje Kvondan quyida keltirilgan takliflarni ijobiy hal qilinishida amaliy yordam berishini so‘radi. - Informatsion texnologiyalar xonasi “IT” o‘quv xonalarini zaruriy o‘quv jihozlari bilan ta’minlash; - Tibbiyot xonasini ginekologiya hamda stomatologiya uskunalari bilan jihozlash; - Temir yo‘l va yengil avtomobil haydovchilarini tayyorlovchi o‘quv xonalarini avtosimulyator bilan ta’minlash; - Koreya tilini o‘rgatish bo‘yicha kurslar tashkil qilish va mutaxassislar bilan ta’minlash; - TTJda talabalar bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish uchun fitnes klubini tashkil etish. Berilgan takliflar yuzasidan elchi janoblari o‘z minnatdorligini bildirdi va Surxondaryo viloyati va Markazga kelishining asosiy maqsadi informatsion texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilish, markaz haqidagi taklif va fikrlarni inobatga olib, imkon darajasida yordam berishga harakat qilish ekanligini ma’lum qildi. 2020-yil 6-fevral kuni Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Bori Yan rasmiy tashrif bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Elchi o‘quv markazida Afg‘oniston talaba yoshlarini o‘qitish uchun davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan o‘quv auditoriyalari, laboratoriyalar, talabalar turar joylari, oshxonalar, darsdan tashqari to‘garaklar uchun yaratilgan sharoitlarini ko‘rib, yuqori baholadi. Shu o‘rinda markaz faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Slovakiya davlati tomonidan 10000 yevro miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatilganligi va bu mablag‘lar hisobidan markazga mini tipografiya, fotoapparat xarid qilinganligi hamda ikkita xona ajratilganligini e’tirof etib, bundan keyin ham Xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarni bildirdi. Bori Yan markazda ajratilgan hamkorlik xonasi ochilish marosimida ishtirok etdi. 16

ZIYO MASKANI 2023 Markazda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashib, ular tomonidan bildirgan savollarga javob berdi va talabalar tomonidan berilgan takliflarni inobatga olgan holda doimiy ravishda Slovakiya davlati qo‘llab- quvatlashini takidladi. Markaz rahbariyati ko‘rsatilgan beg‘araz yordam uchun o‘z minnatdorligini bildirdi va markazni rivojlantirish bo‘yicha doimiy hamkorlik qilish maqsadida o‘z taklif va mulohazalarni berdilar. 2020 - yil 29 - fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Termiz filiali hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi. Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Termiz filiali va Markaz o‘rtasida o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va talabalarga ta’lim berish, o‘qituvchi va talabalarini markazga yuborish kabi o‘zaro ma’naviy resurslardan foydalanish, Islom Karimov nomidagi Oliy ta’limda o‘qitish imkoniyatlarini oshirish bilan bog‘liq axborot va kadrlar almashinuvi, sifatli 17

ZIYO MASKANI 2023 o‘qish jarayonlarini tashkil etish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport va ommaviy tadbirlarda o‘zaro hamkorliklar bo‘yicha shartnomasi imzolandi. 2020-yilning 2-mart kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda Koreya Respublikasi xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandiumi imzolandi. Tadbir doirasida Koreya Respublikasi xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Son Song II dunyoda muqobili yo‘q mazkur ta’lim muassasasida bo‘lib afg‘onistonlik yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Zamonaviy markazda qo‘shni davlatdan kelib, ta’lim olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashib, suhbatlashdilar. Ikki tomonlama imzolangan anglashuv memorandiumi kasb-hunar ta’limi sohasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va o‘quvchilarga ta’lim berish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni joriy etadi. Ko‘ngillilarni yuborish orqali afg‘on yoshlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha koreys tilini o‘rgatish ko‘zda tutilmoqda. Markazning kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini oshirish bilan bog‘liq axborot va kadrlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi, “Koreya madaniy markaz”ini tashkil etish rejalashtirildi. 2020-yilning 3-mart kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Hindiston davlatining O‘zbekistondagi elchisining ikkinchi kotibi Aditi Valundj hamda O‘zbekistondagi Hindiston Madaniyati markazining direktori professor Chander Shekharlar tashrif buyurdilar. Dastlab, mehmonlar Markaz faoliyati bilan to‘liq tanishib chiqib, talabalar bilan suhbatlashdilar. Markaz kutubxonasiga Hindiston fotoalbomini tuhfa qildilar. Shundan so‘ng markaz rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida 18

ZIYO MASKANI 2023 muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Professor Chander Shekhar ushbu markazda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan mamnunligini ta’kidlab, kelgusida Hindiston davlati tomonidan markazning moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda o‘qitish tizimlari bo‘yicha doimiy hamkorlik aloqalarini kelishib olishdi. 2020-yilning 9-mart kuni markazga Germaniya Federativ Respublikasining Konrad Adinauer va Fridrix Ebert fondlarining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha rahbarlari tashrif buyurishdi. Germaniya Federativ Respublikasidan Ronni Xayne, Kristof Morlar markazda yaratilgan sharoitlar bilan to‘liq tanishib chiqdilar. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida afg‘on yoshlari uchun tahsil olish va yashash sharoitlari bilan tanishish, shuningdek Markazda Afg‘oniston Islom Respublikasida bojxona, tibbiyot, temir yo‘l va tadbirkorlik, turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan Afg‘oniston fuqarolari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha takliflari kelishib olindi. Kelgusida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonlarini sifatini oshirish maqsadida xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy hamkorliklar yo‘lga qo‘yilmoqdaki, bu borada AQSH, Hindiston, Koreya, Slovakiya davlatlarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda qator loyihalar ishlab chiqildi. Jumladan, Yevropa ittifoqi, Xitoy, Germaniya, Koreya va Hindiston davlatlari qisqa muddatli kurslar ochish va ularga talabalarni jalb qilish hamda o‘qitish bo‘yicha moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlarni o‘z zimmalariga olayotganligi, markaz tomonidan kurslarni sifatli o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xalqaro aloqalar bo‘limi va xorijiy taskilotlarga markaz tomonidan loyihalar ishlab chiqilib taqdim qilindi. 2020-yil 15- oktabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari bilan o‘zaro hamkorlik masalasi yuzasidan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Video AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligining tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi (FGI) boshlig‘i Filip Stoyanovich, loyiha boshqaruvchisi Azamjon Babaxodjayev, sherikchilik bo‘yicha mutaxassis Sanjarbek Toshtemirov, CTJ loyihasi boshqaruvchisi Alfiya Musina hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazidan markaz direktori, direktor o‘rinbosari M.Xalmuratov, bo‘lim boshliqlari T.Toshev va N.Xo‘jamurodovlar ishtirok etishdi. Videokonfenrensiya davomida AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi 19

ZIYO MASKANI 2023 (FGI) boshlig‘i Fillip Stoyanovich, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining taklifiga binoan Afg‘oniston fuqarolari, markaz xodim va talabalari, afg‘onistonlik yoshlar hamda ayol hunarmandlar uchun axborot texnologiyalari (IT),ingliz tili, yengil sanoat, hunarmandchilik, ichki turizm kabi yo‘nalishlarda qisqa muddatli kurslar tashkil etish haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatlashligini bildirib o‘tdi. CTJ loyihasi boshqaruvchisi Alfiya Musina o‘z ma’ruzasida USAID tomonidan markaz bilan hamkorlikda amaliy ishlar faoliyatini amalga oshirish yuzasidan bir nechta yo‘nalishda qisqa muddatli kurs va seminar treninglar loyihalari ishlab chiqish uchun tayyorligi haqida aytib o‘tdi. Jumladan, 1. Ingliz tili kurslari 2. Axborot texnologiyalari (Dasturlash) 3. Ichki turizm 4. Yengil sanoat 5. Hunarmandchilik kabi kurslar tashkil etishda amaliy yordam beramiz, deya ta’kidladi. Bundan tashqari, Afg‘oniston tadbirkorlari uchun markazda afg‘onistonlik ayol hunarmandlarining o‘z mahsulotlarini sotish bo‘yicha o‘zaro uchrashuvlar (vebinar) tashkil etish. Shuningdek, USAID tomonidan O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo iqtisodiy aloqalarini izchil rivojlantirish maqsadida, ikki davlat tadbirkorlari uchun markazda seminar-treninglar loyihalarini tashkil etishligi haqida ta’kidlab o‘tdi. 2020-yilning 23-oktabr kuni AQSH Xalqaro ta’lim kengashining O‘zbekistondagi direktori Villyam Oroark va AQSH Xalqaro ta’lim kengashining vakili 20

ZIYO MASKANI 2023 Shaxnoza Suyarovalar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyirishdi. Uchrashuv davomida Villyam Oroark Markazning O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni amalga oshirishda asosiy muassasalardan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, AQSH Xalqaro ta’lim kengashining bundan keyingi faoliyatida markaz bilan hamkorlikda yangi loyihalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Bildirgan takliflarda asosan, Afg‘onistondan tashrif buyurgan talabalarga iqtisodiy, turizm, kompyuter texnologiyalar va ingliz tili sohasidagi bilimlarni oshirish uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etilishi lozimligi ta’kidlandi. 2020-yil 1-noyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazida ta’lim olayotgan talabalar Hayraton chegara-bojxona postidan kutib olindi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘.Salomov, Surxondaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Ch.Begimqulov, Afg‘onistonning Termiz shahridagi konsullik vakili Muxtor Azimiy hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi ishtirok etdilar. 2020-yil 18-noyabr kuni AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligining tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis Sanjarbek Toshtemirov, AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligining vakili Oybek Boltayev Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyirishdi. Uchrashuv davomida AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligining sherikchilik bo‘yicha mutaxassis Sanjarbek Toshtemirov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining taklifiga binoan Afg‘oniston fuqarolari, markaz xodim va talabalari, afg‘onistonlik yoshlar hamda ayol hunarmandlar uchun axborot texnologiyalari (IT), ingliz tili, yengil sanoat kabi yo‘nalishlarda qisqa 2 hamda 4 oylik kurslar tashkil etish haqidagi taklifni qo‘llab- 21

ZIYO MASKANI 2023 quvvatlashligini bildirib o‘tdi. AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligining vakili Oybek Boltayev USAID tomonidan markaz bilan hamkorlikda amaliy ishlar faoliyatini amalga oshirish yuzasidan bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa 2-4 oylik qisqa muddatli kurs va seminar treninglar o‘tkazish uchun tayyorligi haqida, jumladan Axborot texnologiyalari (Dasturlash), Ingliz tili kurslari, Yengil sanoat kabi kurslar tashkil etishda amaliy yordam berishni taklif qildi. 2020-yil 20-noyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasining “Management 4 helth Gmb H” konsalting kompaniyasi ekspertlari - doktor Mixail Nixsial va loyiha rahbari Korneliya Bekker hamda ushbu kompaniyaning boshqa vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida doktor Mixail Nixsial tashrifning asosiy maqsadida sifatida Surxondaryo viloyati hududida o‘rta tibbiyot xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish ehtiyojlari, o‘quv markazi va talabalar turar joyi uchun yangi binolar qurish yoki qayta qurish, Afg‘onistonning o‘rta tibbiyot xodimlari va talabalarini o‘qitish bilan bog‘liq imkoniyatlarni o‘rganib chiqish ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, dr.M.Nixsial ushbu loyihani moliyalashtirish vazifasi Germaniyaning KFW federal banki va “GIZ” xalqaro tashkiloti tomonidan yuklatilganligini alohida ta’kidladi. Shu bilan birgalikda dr. M.Nixsial ushbu loyiha asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirishga yo‘naltirganligini hamda Surxondaryo viloyati Afg‘onistondan tashqari qo‘shni Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari bilan chegaradoshligini inobatga olgan holda, ushbu davlat fuqarolarini ham jalb qilish mumkinligini e’tirof etdi. Bundan tashqari xorijiy mehmon, Markazdagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan kelib chiqib, ushbu loyihani ta’lim ma rkazi bazasida amalga oshirish ehtimoli mavjudligini ham alohida aytib o‘tdi. Olib borilgan muzokaralar davomida, kelgusida tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan o‘quv markazi, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlik qilish davomida, Markazni tibbiyot sohasi uchun zarur bo‘lgan o‘quv laboratoriyalarini yaratish hamda tibbiyot jihozlari bilan ta’minlanish imkoniyatini berishi xususida ham so‘z ketdi. 22

ZIYO MASKANI 2023 2020-yil 23-noyabr kuni Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligining birinchi o‘rinbosari Abdul Tavob Bolokarzay, Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligining xalqaro aloqalar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Nur Muhammad Oxunzoda, Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligining nazorat boshqarma boshlig‘i Xon Muhammad Naimi, Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligining nazorat boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Gul Muhammad Bosil, Afg‘onistonning Termiz shahridagi konsulining 2-kotibi Muxtor Azimiylar markazga tashrif buyurdilar. 2020-yil 26-noyabr kuni Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat, hind madaniyati markazi direktori Chander Shekxar, mudofaa masalalari bo‘yicha harbiy Attashe Nipun Anand va tarjimon Hamidova Yulduz hamda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Chori Begimqulovlar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida Manish Prabxat tashrifning asosiy maqsadi sifatida Surxondaryo viloyati hududida Hindiston hukumati ishtirokida barpo etilayotgan va jihozlanishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy ob’ekt (shifoxona) hududi bilan tanishish hamda Termiz davlat universitetida hind o‘quv xonasining ochilishida ishtirok etish ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, M. Prabxat Markazdagi o‘quv auditoriyalari va talabalar bilan uchrashganidan so‘ng, kelgusida ta’lim muassasasi hududida Hindiston o‘quv xonasini tashkil etish va jihozlash, Yer usti transportlari tizimi va ularning ekspluatatsiyasi va tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlash xususida loyiha tayyorlash muhimligini takidlab o‘tdi. 2021-yil 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Afg‘onistonning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulotda va muxtor elchisi 23

ZIYO MASKANI 2023 Ahmad Holid Elmiy tashrif buyurdi. Markazda tahsil olayotgan 144 nafar talabalar, markaz ma’muriyati hamda professor o‘qituvchilar va Afg‘onistonning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulotda va muxtor elchisi Ahmad Holid Elmiy, elchining birinchi kotibi Navid Alizay hamda boshqa mutasaddi vakillar o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ahmad Holid Elmiy 144 nafar talabalarning 3 oylik stipendiya mablag‘larini olib kelganligi, qolgan 9 oy uchun belgilangan stipendiya mablag‘lari tez kunlarda yetkazilishini aytib o‘tdi. 2021-yil 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markazida Oliy hamshiralik ishi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan 18 nafar afg‘on talabalarining o‘quv jarayoni, tashkiliy va texnik masalalari, shuningdek, muammolari yuzasidan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Videokonfenrensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir o‘rinbosari U. Sh. Begimqulov, Oliy ta’lim standartlari va normativ ta’minoti boshqarma boshlig‘i S. S. Niyazbekov, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Holid Elmi, Afg‘oniston Islom Respublikasi Oliy ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Abdul Tavob Bolokarzay, AIR Oliy ta’lim vazirligining xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Nur Muhammad Oxunzoda, Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A. Boymuradovlar ishtirok etishdi. 2021-yil 11-fevral kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i A. L. Sallivan, AQSHning ingliz tilida so‘zlashuvchi Millatlar dasturi murabbiyi Kennet Myers, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Kichik grantlar bo‘yicha koordinatori Dilbar Sulaymonova, ingliz tili o‘qtuvchisi K. Kouen, Markazga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida A. Sallivan Markaz ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, tashrifning maqsadi xususida so‘z yuritdi. Unga ko‘ra AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining iqtisodiyot va madaniy- ma’rifiy sohadagi munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda viloyatning Termiz tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 24

ZIYO MASKANI 2023 tahsil oluvchi afg‘on yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ya’ni ularning ingliz tilini o‘rganishlarida amaliy yordam ko‘rsatish ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Shu munosabat bilan, Termiz davlat universitetidagi talabalarga tahsil berish maqsadida kelgan ingliz tili mutaxassisi Kristofer Kouni har haftaning bir kunini afg‘on yoshlariga ajratishi, ular uchun ingliz tili kurslari va kichik biznes bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tishi rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi. Shundan so‘ng, Markaz rahbariyati tomonidan AQSH elchixonasi vakillariga quyidagi takliflar berildi: - Markaz bazasida Amerika aqlli o‘quv xonasini tashkillashtirish hamda jihozlash; - Afg‘on yoshlarini avtomobil boshqarishga o‘rgatish kurslari uchun avtosimulyator ajratish; - Stomatologiya kabinetini tashkil etish; - AQSHning tabiati, tarixi, iqtisodiyoti, sanoati, qishloq ho‘jaligi va ta’limining rivojlanishiga oid nashr etilgan adabiyotlari hamda darslik, o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash. O‘z navbatida A.Sallivan ushbu takliflarni AQSHning O‘zbekistondagi elchisi bilan muhokama qilishi va natijalari hamda kelgusidagi rejalar xususida tegishli ravishda murojaat qilishini aytib o‘tdi. 2021-yil 22-fevral kuni Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markazi direktori O.Ro‘ziyev hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan onlayn videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiyada markaz direktori O.Ro‘ziyev, Germaniya xalqaro jamiyati (“GIZ”)ning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” mintaqaviy dasturi direktori janob Yorg Pudelka, (“GIZ”)ning O‘zbekistondagi huquqiy loyihalari rahbari Kristine Kore-Perkone, loyiha koordinatori Nazarov Sanjar hamda (“GIZ”)ning huquqiy loyihalarni moliyalashtirish bo‘limi mutaxassisi Dinara Mustayevalar ishtirok etdilar. Videokonferensiya davomida Germaniya xalqaro jamiyati (“GIZ”)ning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni ilgari surish” 25

ZIYO MASKANI 2023 mintaqaviy dasturi direktori janob Yorg Pudelka huquqiy yo‘nalishlarda kelgusida hamkorlik loyihalari jumladan, ma’muriy huquq yo‘nalishida Afg‘oniston hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan advokatlar, sudyalar, prokuratura, adliya hamda soha faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarni qisqa muddatli kurslar bo‘yicha o‘qitish, ularni malaka oshirish kurslariga jalb qilish, shuningdek, Afg‘onistondan huquqshunoslik yo‘nalishini yanada rivojlantirish maqsadida, markazda “Huquqshunoslik” yo‘nalishining bakalavr yoki magistratura ta’limi bo‘yicha o‘qitish taklifini berdi. Joriy yilning 25-fevral kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi missiyasi iqtisodiy rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Skott Xedland, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi direktori Alfiya Musina, AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning kelajakdagi o‘sish tashabbusining tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistondagi menejeri Azamdjon Babaxodjayev, AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligining tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis Sanjarbek Toshtemirov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyirishdi. Mehmonlar Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan Markaz hamkorlikda Axborot texnologiyalari (Dasturlash) yo‘nalishlar bo‘yicha markazda qisqa 4 oylik qisqa muddatli kurs va seminar treninglar o‘tkazish uchun ajratilgan hamkorlik xonasi ochilish marosimida ishtirok etishdi. 2021-yilning 1-mart kuni AQSHning Xalqaro ta’lim Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Villyam Oroark va Vakolatxona xodimlari Baxrom To‘ychiyev, Muzaffar Nozimxo‘jayev Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelgusida hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan loyihalar xususida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, markaz va AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ingliz tili savodxonligi, menejment, xususiy biznes va tadbirkorlik sohasida bilimlarni oshirish 26

ZIYO MASKANI 2023 kabi yo‘nalishlarda qisqa muddatli kurslarni amalga oshirish mexanizmlari xususida muzokaralar olib borildi. AQSH Xalqaro ta’lim Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Villyam Oroark qabul uchun minnatdorchilik bildirib, markazning O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni amalga oshirishda asosiy muassasalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, AQSH Xalqaro ta’lim Kengashining markaz bilan hamkorlikda yangi loyihalar bo‘yicha o‘z takliflarni bildirdi. Bildirgan takliflarga asosan Termiz davlat universiteti, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi, Afg‘onistondagi Balx universiteti hamda Mozori sharifdagi universitetlarda tahsil olayotgan talabalarni tanlov asosida saralab olish, orqali tashrif buyurgan talabalarga ingliz tili hamda tadbirkorlik sohasidagi bilimlarni oshirish uchun qisqa muddatli (har bir guruhda 70 nafardan bosqichma-bosqich 6 ta guruh jami 400 nafar tinglovchilar uchun 3-4 haftalik) kurslar tashkil etilib, ushbu kurslarda o‘zbekistonlik va afg‘onistonlik talabalar 50+50 bo‘lishligini aytib o‘tdi. Jumladan, Villyam Oroark Afg`onistondan tashrif buyuradigan tinglovchilarning vizalari rasmiylashtirilishi, o‘qish va boshqa (darsliklar, yashash joylari, ovqatlanish, ishlab chiqarish korxonalari hamda Respublika bo‘ylab turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy sayohat va ziyoratlar) xarajatlar to‘liq AQSH Xalqaro ta’lim kengashi tomonidan qoplanishini bildirib o‘tdi. 2021-yilning 8-aprel kuni Janubiy Koreya Respublikasining KOICA xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Volontyorlar dasturi bo‘yicha menedjer 27

ZIYO MASKANI 2023 Pak Xemin va ushbu tashkilot xodimi Achilova Yulduz Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyirishdi. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshlashdi. Shundan so‘ng, mehmonlar Markaz ma’muriyati bilan birgalikda rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida KOICA va Markaz o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘quv kurslari karantin munosabati bilan ma’lum muddatga to‘xtatilganligi bois, kelgusida ushbu rejalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilar kelishib olindi. Xususan, - Axborot texnologiyalari yo‘nalishida markazda 2 yillik muddatli kurs va onlayn seminar -treninglar o‘tkazish; - Koreys tili kurslarini tashkil etish; - Koreya aqlli o‘quv xonasini tashkillashtirish. O‘z o‘rnida markaz rahbariyati yuqoridagi loyihalarni amalga oshirish uchun markazda barcha sharoitlar yaratilganligi hamda moddiy texnik bazasi zamon talablariga javob berishi va ushbu imkoniyatlarda yanada kengroq foydalanish lozimligi haqida ta’kidlab o‘tdi. 2021-yilning 7-may kuni Germaniya Federativ Respublikasining “Management 4 helth Gmb H” konsalting kompaniyasi rahbarining maslahatchisi Natalia Liubcenco, ushbu tashkilotning loyiha menedjeri Aybek Kudaybergenov, Germaniya Federativ Respublikasi KFW taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori Nigora Karaboyeva Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshlashdi. Shundan so‘ng, mehmonlar Markaz ma’muriyati bilan birgalikda rasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida Natalya Liubcenco xonim tashrifning asosiy maqsadi sifatida Surxondaryo viloyati hududida o‘rta tibbiyot xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish ehtiyojlari, o‘quv markazi va talabalar turar joyi uchun yangi binolar qurish yoki qayta qurish, Afg‘onistonning o‘rta tibbiyot xodimlari va talabalarini o‘qitish bilan bog‘liq imkoniyatlarni o‘rganib chiqish ekanligini e’tirof etdi. Shuningdek, Natalya Liubcenco xonim ushbu loyihani moliyalashtirish vazifasi Germaniyaning KFW federal banki va “GIZ” xalqaro tashkiloti tomonidan yuklatilganligini alohida ta’kidladi. 28

ZIYO MASKANI 2023 2021-yilning 17-18 may kunlari Markazda Germaniyaning \"GIZ\" xalqaro tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “Ma’muriy tartib-taomillar va ma’muriy sud ishlarini yuritish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda delegatsiya rahbari, GIZning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi vakolatxonasi direktori Jorg Pudelka, GIZning Huququqiy loyihalarning Tojikistondagi boshlig‘i Volker Stampe, GIZning Afg‘onistondagi vakili Zaki Ahmad Ayubi hamda Afg‘onistondagi sudya va advokatlar, Surxondaryo viloyatidan bir qator sudyalar va advokatlar, shuningdek, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi rahbariyati ishtirok etdilar. Seminar O‘zbekiston hamda Afgonistonning sud idoralari vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish va tajriba almashish maqsadida o‘tkazildi. Markaz rahbariyati ishtirokchilarga Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markazi va undagi talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Seminarda ishtirok etgan Afg‘oniston Islom Respublikasi vakillari yaratilgan sharoitlar va amaliy yordam uchun markaz ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirdilar. 2021-yil 28-iyun kuni Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), O‘zbekiston IT markazi hamda Afg‘oniston fuqarolarni o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda axborot texnologiyalari (dasturlash) yo‘nalishlari bo‘yicha markazda tashkil etilgan 4 oylik qisqa muddatli kursning yakuni bo‘yicha onlayn videokonferensiya o‘tkazildi. Videokonferensiyada markaz direktori O.Ro‘ziyev, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi missiyasi iqtisodiy rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Skott Xedland, Xalqaro taraqqiyot agentligining tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis Sanjarbek Toshtemirov, Surxondaryo viloyati IT park rahbari Oybek Choriyev, kurs o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar. Videokonferensiya davomida Skott Xedland Axborot texnologiyalari (dasturlash) yo‘nalishlarda kelgusida hamkorlik loyihalarini davom ettirilishini ta’kidladi hamda kurs bitiruvchilarini tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyatlariga omad tiladi. O‘z o‘rnida markaz rahbariyati AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, bunday kurslarni ko‘paytirish uchun markazda tajriba va barcha shart-sharoitlar hamda zaruriy moddiy texnik bazasi mavjudligini aytib o‘tdi. 29

ZIYO MASKANI 2023 Shuningdek, markaz talabalari shunday kursni tashkilashtirganliklari uchun Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Ozbekiston IT markaziga minnatdorchilik bildirib, kursda o‘rgangan bilimlarni afg‘onistonlik yoshlarga o‘rgatishlarini ta’kidladilar. Videokonferensiya so‘nggida kurs davomida faol qatnashgan hamda darslarni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar: Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Ozbekiston Respublikasi IT markazi tomonidan kompyuterlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ta’lim olgan barcha talabalarga Sertifikat va viloyatdagi IT markazida doimiy qo‘shimcha shug‘ullanishlari uchun Vaucher ajratildi. Joriy yilning 8-iyul kuni Rossiya Federatsiyasining blogger muxbiri Ramiz Baxtiyarov Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi hamda afg‘on yoshlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif chog‘ida afg‘onistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi. Yaratilgan bunday imkoniyatlardan afg‘on yoshlari mamnun ekanliklarni ta’kidlab o‘tdilar. 2021-yilning 9-iyul kuni UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, BMT Markaziy Osiyo qochoqlarni himoya qilish tashkiloti rahbarining o‘rinbosari Dumitru Lipkanu hamda Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Munir Mamedzade va Dumitru Lipkanu Markaz ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va Markaz ma’muriyatidan ta’lim muassasasi faoliyatini rivojlantirish uchun qanday taklif va fikrlar mavjudligini so‘radilar. Shundan so‘ng, Markaz rahbariyati tomonidan UNICEF vakillariga quyidagi takliflar berildi: 30

ZIYO MASKANI 2023 - Talabalar uchun kompyuter sinfini tashkillashtirish; - Markaz bazasida BMT xonasini tashkillashtirish hamda jihozlash; - Afg‘on yoshlarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash; - Markazda ministadion qurish. Yig‘ilish so‘nggida xorijiy mehmonlar ushbu taklif va fikrlarni o‘rganib chiqishni va o‘zlarining rahbariyatlari bilan kelishgan holda kelgusida amaliy yordam berishini bildirdi. 2021-yilning 17-iyul kuni Rossiya “Iqtisodiyot oliy maktabi”ning markaz rahbari Bordachyev Timofey Vyacheslavovich va Moskva davlat xalqaro aloqalar universiteti proffessori Sofranchuk Ivan Alekseevich, O‘zbekistn Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari Ne’matov Akrom Ilxomovich hamda Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladilar. Uchrashuv davomida markaz rahbariyati mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, bugungi kunda Markazda 186 nafar afg‘on yigit-qizlari tahsil olayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish davomida Timofey Bordachyov va Ivan Sofranchuk Markaz ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va Markaz ma’muriyatidan ta’lim muassasasi faoliyatini rivojlantirish uchun qanday taklif va fikrlar mavjudligini so‘radilar. O‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Yer usti transportlari tizimi va ularning ekspluatatsiyasi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi proffessor-o‘qituvchilarni 31

ZIYO MASKANI 2023 jalb qilish; Yig‘ilish so‘nggida xorijiy mehmonlar ushbu taklif va fikrlarni o‘rganib chiqishni va o‘zlarining rahbariyatlari bilan kelishgan holda kelgusida amaliy yordam berishini bildirdi. Joriy yilning 22-iyul kuni Yevropa Osiyo tadqiqotlari instituti loyihalari koordinatori Alberto Turkstra hamda Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladilar. Uchrashuv davomida markaz direktori markazga tashrif buyurgan mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, bugungi kunda Markazda 186 nafar afg‘on yigit-qizlari tahsil olayotganlarni ta’kidlab o‘tdi. Markaz direktori mehmonlarni 750 o‘rinli o‘quv binosi hamda 450 o‘rinli talabalar turar joyining binosida bir vaqtning o‘zida ham o‘qish, ham yashashlari uchun barcha sharoitlar mavjudligi hamda talabalar uchun yaratilgan dam olish xonalari, ARM markazi, internet tizimi va kompyuter xonalari bilan tanishtirdi. Mehmon kurs tinglovchilari bilan suhbatda bo‘lib, ularning markazda yaratilgan sharoitlardan va berilayotgan ta’limdan mamnunligini angladi. Shuningdek, tinglovchilar Respublikamizdagi yetakchi OTMlarda o‘qishni davom ettirishlari, yetakchi mutaxassislar bo‘lib AIRga xizmat qilishlarni ta’kidladilar. Alberto Turkstra “DIPLOMATIC WORLD” jurnaliga manbalar yig‘ish uchun O‘zbekiston bo‘ylab yurganligini, chunki bu jurnalning sentabr sonini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlanishini, shuning uchun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi haqida ham ko‘proq ma’lumotlar yoritish niyatidaligini bildirdi. 32

ZIYO MASKANI 2023 2021-yilning 21-avgust kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terri Xakala, YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian, T.Xakalaning maslahatchisi Liga Yermaken, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Oybek Shaxabiddinov hamda Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Yig‘ilish davomida T. Xakala talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hozirgi zamon talabiga mos kelishi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati, xususan, Makaz ma’muriyati tomonidan afg‘on yoshlariga berilayotgan e’tibor judayam muhimligini e’tirof etdi. Shuningdek, Sh. Adrian o‘z nutqida YeIning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha “7 yillik dasturlash buyudjeti” doirasida 3 yo‘nalishda, ya’ni: 1. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi yagona tizimli faoliyati; 2. Gender tenglik asosida, ayollarning huquqlarini himoya qilish; 3. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. 2021-yilning 1-noyabr kuni Yevropa Komissiyasi xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direksiyasi (DG INTPA) ning yaqin Sharq Ko‘rfazdagi, O‘rta va Janubiy Osiyo bo‘limi rahbari Sara Rinaldi Yevropa Komissiyasining Yaqin Sharq, Fors ko‘rfazi, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Bosh direktorligining Xalqaro ko‘mak hamkorlik bo‘yicha xodimi Titien Amati, O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining siyosiy xodimi Tomas Yuet Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian markazga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlar tomonidan Yevropa Ittifoqi tashkilotining ko‘magi va homiyligida O‘zbekiston Respublikasi, ya’ni Surxondaryo viloyati hamda Termiz shahrida istiqomat qilib kelayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish loyihasi ustida ish olib borilayotganligi haqida ta’kidlab o‘tildi. O‘z o‘rnida, Markaz direktori O. Ro‘ziyev tomonidan xorijiy mehmonlarga: - Markaz bazasida “Yevropa Itttifoqi” o‘ quv xonasini tashkillashtirish hamda jihozlash; - Afg‘on yoshlarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash; 33

ZIYO MASKANI 2023 - Yevropa Itttifoqi hamkorligida qisqa muddatli kurslar tashkil etish kabi takliflarini bildirdi. 2021-yilning 2-noyabr kuni BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, O‘zbekistondagi BMTTDning samarali boshqaruv klasteri rahbari Kamila Muxammedxanova, O‘zbekistondagi BMTTDning integratsiyalashgan tiklanish va mahalliy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Tomas Torogud hamda Surxondaryo viloyati Barqaror hayot” ijtimoiy-ma’rifat markazi rahbari O.Ilmuradovalar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. hamda mehmonlar tomonidan BMT va Yevropa Ittifoqi tashkiloti bilan hamkorlikda markaz imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish, qo‘shma loyihalar asosida kelgusida afg‘on yoshlarini yanada ko‘proq jalb qilish kabi rejalar ishlab chiqilishi haqida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari uchrashuv davomida Matilda Dimovska tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturining Kobul shahrida joylashgan vakolatxonasiga tashrif buyurib, markaz imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish masalasida uchrashuv o‘tkazilishi haqida ta’kidlab o‘tildi. 2021-yil 25-noyabr kuni Slovakiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Yan Bori rasmiy tashrif bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. 34

ZIYO MASKANI 2023 Markaz o‘quv laboratoriyalarini yanada rivojlantirish maqsadida (9700 ming yevro) miqdoridagi to‘liq jihozlarga ega bo‘lgan stomatologiya xonasiga zaruriy asbob uskunalar yetkazib berildi. Stomatologiya xonasini ochilish marosimida Slovakiya Respublikasining elchi Yan Bori bilan birgalikda Afg‘oniston hukumatining Termiz shahridagi bosh konsuli Bismilloh Mangal ishtirok etishdi. 2021-yilning 15-dekabr kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, YeIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassisi Akmal Rustamov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Rustam Nazarov hamda Afg‘onistonning Termiz shahridagi Bosh konsulining 2-kotibi Muxtor Azimi va ushbu BKning bo‘lim boshlig‘i Siyam Sakandarilar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Yig‘ilish davomida Sh. Adrian Yevropa Ittifoqining va UNICEF qo‘shma dasturi asosida “Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish” loyihasi yuzasidan 50 million yevro miqdorida pul mablag‘lari ajratilganligi, shundan 1 million yevro Markazda tahsil oluvchi 145 nafar talabalarning Afg‘oniston tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan shartnoma pullarining 50% ulushini, talabalik stipendiya pullarini to‘lab berish 200 nafar afg‘on yoshlarini (asosan, O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi Afg‘oniston fuqarolari orasidan) 1 yillik kasbga yo‘naltirish va 3 oylik qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkillashtirish va ularni moliyalashtirishni ta’kidlab o‘tdi. Ushbu o‘quv kurslari quyidagi yo‘nalishlarda tashkillashtirishi rejalashtirilmoqda. Xususan, 1 yillik kurslarda: - Qurilish; - Qishloq xo‘jaligi; - Hamshiralarni malakasini oshirish; - Turizm. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 1 yillik kurslarda asosan qishloq joylarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni va imkoniyati chegaralangan (nogiron) shaxslarni jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi. 3 oylik qisqa muddatli o‘quv kurslari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: - Qurilish; - Kran boshqaruvi 35

ZIYO MASKANI 2023 - Qishloq xo‘jaligi; - Hamshiralar malakasini oshirish; - Payvandlash; - Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish; - Issiqxona qurilishi; - IT sohasida mutaxassislarni tayyorlash. Ushbu 3 oylik qisqa muddatli kurslarni tamomlagan shaxslarni 1 oy davomida Surxondaryo viloyatida amaliyot o‘tashi rejalashtirilgan. Shuningdek, yig‘ilish davomida xorijiy mehmonlar tomonidan Markaz uchun Axborot resurs markazi yaratilishi hamda1ta mikroavtobus ajratilishi ko‘zda tutilganligi ta’kidlandi. Ushbu loyiha YeI vakillarining Markazda 3-marotaba tashrifi davomida, o‘quv muassasasi ma’muriyati tomonidan berilgan takliflar asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv so‘nggida Markaz direktori O.Ro‘ziyev mehmonlarga, qayd etilgan taklif va murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati bilan kelishgan holda amalga oshirilishi kelishib olindi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida AQSHning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan istiqbolli hamkorlik rejalari muhokama qilindi. 2021-yilning fevral oyida Bugun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi missiyasi iqtisodiy rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Skott Xedland boshchiligidagi 36

ZIYO MASKANI 2023 delegatsiya tashrif buyurdi. Ma’lumki, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi vakol atxonasi mamlakatimizda keng ko‘lamli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarini yanada qo‘llab-quvvatlash bilan birga xususiy biznes, nodavlat tashkilotlar va mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatini kuchaytirishiga hissa qo‘shib kelmoqda. USAID fondi bilan hamkorlikda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 3 oylik dasturlash kurslarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, mehmonlar markazda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-laboratoriya xonalari, darsdan keyingi to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kelgusida (USAID) hamda markaz o‘rtasida keng ko‘lamli yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga kelishib olindi. 2021-yilning 1-mart kuni AQShning Xalqaro ta’lim Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Uilliyam Oroark va Vakolatxona xodimlari Bahrom To'ychiyev va Muzaffar Nozimxo'jayev Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida AQSHlik mutaxassis K.Kouen hamkorligida tashkil etilgan ingliz tili to‘garagiga start berildi. 37

ZIYO MASKANI 2023 Yaponiyaning «En-Eych-Key» radioeshittirish korporatsiyasi muxbirlari Takasuka Nao, Deka Andrey va Li E Von (Aleksey)lar Surxondaryo viloyatidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘ldi. 2021-yilning 1-noyabr kuni Yevropa Komissiyasi xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direksiyasi (DG INTPA) ning yaqin Sharq Ko‘rfazidagi, O‘rta va Janubiy Osiyo bo‘limi rahbari Sara Rinaldi Yevropa Komissiyasining Yaqin Sharq, Fors ko‘rfazi, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Bosh direktorligining Xalqaro ko‘mak Hamkorlik bo‘yicha xodimi Titien Amati, O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining siyosiy xodimi Tomas Xuet YeIning O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Rustam Nazarov hamda Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Markaz rahbariyati tomonidan markaz negizida afg’on fuqarolari uchun qisqa muddatli kasb- hunarga o‘qitish bo‘yicha hamkorlik qilishni kelishib olindi. 2021-yil 25-noyabr kuni Slovakiya davlatining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Yan Bori rasmiy tashrif bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyirdi. Ya’ni ushbu davlatning amaliy yordami bilan tashkil etilgan kicik nashriyot bo‘limida 20 ga yaqin afg‘on yashlari hunar egallash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu galgi tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, markaz bazasida o‘quv va amaliyot laboratoriyalarini yanada rivojlantirish hamda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish uchun (9700 ming yevro) miqdoridagi to‘liq jihozlarga ega bo‘lgan stomatologiya xonasi uchun zaruriy jihoz va uskunalar yetkazib berildi. Stomatologiya xonasini ochilish marosimida Slovakiya Respublikasi elchisi Yan Bori bilan birgalikda Afg‘oniston hukumatining Termiz shahridagi bosh konsuli Bismilloh Mangal ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida markaz ma’muriyati tomonidan berilgan takliflarni inobatga olgan holda doimiy ravishda Slovakiya davlati qo‘llab- quvvatlashini ta’kidladi. Markaz rahbariyati ko‘rsatilgan beg‘araz yordam uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 38

ZIYO MASKANI 2023 2022-yilning 24-fevral kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori - elchisi Pyer fon Arks va YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Olga Jukova, ushbu tashkilotning loyihalar menejeri Albina Yakubovnalar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. 2022-yil 12-may kuni Hindiston Arxeologik taqdqiqotlar bosh direktori Vidyavathi Vaidyanathan, Yangi-Dehli Madaniyat vazirligi qo‘shma kotibi Sanjukta Mudgal, Hindiston Arxeologik taqdqiqotlari qo‘shma direktori Janhvij Sharma, Hindiston Arxeologik taqdqiqotlar direktori Anil Kumar Tivarilar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdilar. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladilar. 39

ZIYO MASKANI 2023 Shu o‘rinda markaz o‘quv labaratoriyalarini yanada rivojlantirish maqsadida, Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan markazda tashkil etilgan tibbiyot xonasiga zaruriy tibbiy asbob uskunalar topshirildi. 2022-yil 18-may kuni Yevropa instituti tahlil markazi katta maslahatchisi Patrik de Vrining boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida afg‘onistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi, fikr va mulohazalar tinglandi hamda mehmonlar markazda yaratilgan shart-sharoitlarga o‘z ijobiy fikrlarini bildirdilar. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Oreliya Bushez boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar o‘z tashriflarini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib Afg‘oniston yoshlariga yaratilgan serqirra imkoniyatlar kelajakda albatta katta samara berishini ta’kidladi. Markaz yoshlarining ta’lim olishi bilan bir qatorda yaratilgan to‘garaklar juda katta natijalar berishiga alohida to‘xtaldilar. Fransiya davlatining ham alohida hamkorlik dasturlarini amalga oshirishga harakat qilishini ta’kidladi. 40

ZIYO MASKANI 2023 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markaziga Germaniyaning “GIZ” tashkilotidan Dr.Helen Prytherch, Farida Nurmabetova hamda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Surxondaryo viloyatida simulyatsion markaz qurilishi boʻyicha muzokaralarning 2-bosqichini olib borishdir. Mehmonlar dastlab markaz faoliyati bilan tanishib, markaz bazasida GIZ tashkiloti homiyligida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish va markaz moddiy texnik bazasini yaxshilash borasida muzokaralar olib borishdi. MOLIYA-IQTISODIYOT MASALALARI BO‘YICHA Markazda ta’lim, ilmiy jarayonlarni, o‘quv va laboratoriya uskunalari, shuningdek, laboratoriya materiallari, zamonaviy dasturiy mahsulotlar bilan muntazam tarzda ta’minlab borish tizimli ishlari tashkil etilgan. Markazda moliyaviy mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish, turli yo‘nalishdagi to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida belgilangan tartibda ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, markaz moliyaviy holatining doimiy tahlilini olib borish, ish haqi va boshqa to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 911-sonli qarorining 10- bandiga muvofiq Afg‘oniston fuqarolari o‘qishi uchun to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan chet el fuqarolari uchun nazarda tutilgan ta’lim qiymatining 50 foizi miqdorida yuborayotgan Afg‘oniston mablag‘lari hisobidan, to‘lovning qolgan qismi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilab berilgan. Markazda 2017-2023 o‘quv yillarida jami 535 nafar, shundan 232 nafar talabalar bakalavrni, 303 kasb-hunar va qisqa muddatli o‘quv kurslarida tahsil oldi. Markazning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida uning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli korxona tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnomalarning tuzilishini va ularning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi ta’minlab kelinmoqda. Markaz binolarining tozaligini ta’minlash va markaz joylashgan hududni obodonchiligini ta’minlash bo‘yicha doimiy ishlar amalga oshirib borilmoqda. 41

ZIYO MASKANI 2023 Xususan, o‘tgan davr mobaynida markaz hovlisidagi barcha daraxtlar oqlanib, taglari yumshatildi. Bino atrofi va yo‘laklar bo‘ylab har mavsumga mos gullar, palma, manzarali daraxtlar siyrak bo‘lgan qismlariga archa daraxtlari ekildi. Markaz hovlisida bo‘sh turgan hududlariga ularning joylashuvidan kelib chiqib manzara va meva beradigan daraxtlar, gullar, o‘tlar, oziq-ovqat ekinlari (sarimsoq piyoz, piyoz, bomiya, zafaron, kartoshka, turp, rediska, turli ko‘katlar) va boshqa ekinlar ekilishi ta’minlanib, ularning ayrimlarining hosili yig‘ib olingan bo‘lsa, ayrimlarining vegitatsiya davri davom etib parvarishi amalga oshirib borilmoqda. Markazning kuz-qish mavsumi davomida me’yorida faoliyat yuritishi uchun barcha tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, isitish mavsumida ishlovchi o‘t yoquvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida o‘t yoquvchilarga mo‘ljallangan xona, kerakli ish buyumlari va jihozlari bilan ta’minlandi. Kuz-qish mavsumi davomida isitish qozonxonalarining va isitish tizimining me’yorida ishlashi uchun barcha choralar ko‘rildi.kuz-qish mavsumini me’yorida o‘tkazish uchun markaz qurilishi va rekonstruksiyasi bo‘yicha markazning ichki gaz ta’minoti tarmog‘i tortilgan. Bundan tashqari gazga moslashgan MTU-1200 KVt modul qozonxonasi o‘rnatilishi va uning gazga ulanishi ta’minlangan. Markazning barcha binolari, jumladan, o‘quv binosi va talabalar yotoqxonalarining ichki zamonaviy issiqlik tizimlarini o‘rnatish nihoyasiga yetkazilgan. Kuz-qish mavsumlarida markaz qurilishining ikkinchi bosqichida ishga tushirilgan binolar evaziga isitiladigan maydonning ko‘payishi, natijada avvaldan foydalanib kelayotgan ko‘mir yoqilg‘isiga moslashgan MTB-900 KVY modul qozonxonasini gazga moslashtirish ehtiyoji tug‘ilishini inobatga olib, ko‘mir yoqilg‘isiga moslashgan MTB-900 KVT modul qozonxonasini gazga moslashtirildi. Bundan tashqari asosiy o‘quv bino, 90 o‘rinli yotoqxona, 300 o‘rinli yotoqxonaga, o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi, kir yuvish binosi va hammom binolarini isitilishini ta’minlash maqsadida yangi issiqlik trassasi tortilishi nihoyasiga yetkazildi. Yuqorida qayd etilgan sharoit va imkoniyatlar sababli markazda kuz-qish mavsumi davomida me’yorida faoliyat yuritishi ta’minlandi. Joriy o‘quv yilining boshidan talabalar yangi qurib bitkazilgan 300 o‘rinli talabalar turar joyining 1-va 2-qavatlariga joylashtirilgan bo‘lib,unda talabalarning yashashi uchun barcha sharoitlar mavjud. Jumladan: -har bir xonaga gilam to‘shalgan; -yetarlicha divan, krovat, yumshoq mebellar to‘plami, stol-stul, tumbochka, kiyim shkaflari, poyafzal qo‘ygichlar va boshqa mebel jihozlari, soat va stol lampalari bilan to‘liq jihozlangan; -talabalarning manaviyatxonalari, darsxonalari, tibbiyot xonasi va nomozxonalari salqin va issiq haroratini ta’minlaydigan ARTEL konditsionerlari bilan jihozlangan; -talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun 18 ta telekanallarni bemalol ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lgan televizorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari: 42

ZIYO MASKANI 2023 - talabalar yotadigan TTJning 1 va 2-qavatida mehmonlarning xonasiga yaqin joylarda har birida 1 tadan muzlatgich, 2 tadan elektr plitkasi va boshqa jihozlar bilan jihozlangan 6 ta oshxona, 2 ta kir yuvish mashinasi, 2 ta dazmollash doskasi va 2 ta dazmol va 2 ta kir quritish uskunasi bilan jihozlangan 4 ta kir yuvish xonasi, har birida konditsioner bilan jihozlangan 2 ta shinam namozxona, 1 va 2-qavatda bo‘lgan suv isitish jihozlari (aristonlar) o‘rnatilib, issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan hojatxona, tahoratxona, va yuvinish xonalari talabalar uchun xizmat ko‘rsatmoqda (ularda suvning bosimini me’yorida ta’minlash uchun 3 ta SHMJ taosuv nasoslari o‘rnatilgan). Shuningdek, talabalarning har biriga sochiq, tish pastasi va shyotkasi, oyoq kiyim kabi shaxsiy foydalanish vositalari berildi. Aoutsoring tizimiga asosan “Aks-Surxon”MCHJ bilan uch tomonlama kelishish shartnomaga asosan oshxonada talabalarga 3 mahal taom tayyorlab berilmoqda. Markazning barcha o‘quv binolari, talabalar turar joyi, oshxona, kir yuvish, hammom, sport zallari talabalarning yangi o‘quv yili uchun tayyor holatda. 43

ZIYO MASKANI 2023 ARMning faoliyati, unda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan shart - sharoitlar, moddiy - texnik holati Axborot-resurs markazi bir vaqtning o‘zida 80 nafar talabalarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazi fondida 4650 dona kitob mavjud bo‘lib, tabiiy, texnika, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy- gumanitar, madaniy va maorif, filologiya fanlari, badiiy kitoblardan iborat. O‘zbek, dariy va boshqa xorijiy tillarda nashr etilgan ilmiy, ilmiy-ommaviy, uslubiy, badiiy adabiyotlarning yozma hamda elektron shakllari mavjud. Axborot-resurs markazida 24 dona kompyuterlar jamlanmasi, simli internet tarmog‘iga ulangan. Markazning elektron kutubxona tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur kutubxonada 50000 dan ortiq kitoblar elektron adabiyotlar, o‘quv-qo‘llanmalar, darslik va badiiy kitoblar joylashtirildi, shundan 798 tasi audio kitoblar. 2 ta infokiosk uchun o‘zbek va dari (afg‘on) tillarida dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan va ushbu dasturdagi 5 ta bo‘lim (“O‘zbekiston ramzlari”, “Madaniy meros”, “Iftixorlarimiz”, “Galereya”) ma’lumotlari bilan to‘ldirildi. Markazga videoterminal qurilmasi va jihozlari o‘rnatilib testdan o‘tkazildi. Markaz oliy ta’lim muassasalari orqali” Elektron ta’lim tarmog‘i”ga ulandi, ushbu tarmoq markaz talabalariga respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari elektron ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Axborot – resurs markazida 4 nafar xodim ish olib boradi. Axborot-resurs markazi mudiri 1nafar Ilmiy uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi xodimi 1 nafar, Axborot resurs markaziga axborot kutubxona resurslar bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi kutubxonachisi 1nafar. Elektron kutubxonalar kutubxonachisi 1 nafar. 44

ZIYO MASKANI 2023 Markaz talabalarini darsda va darsdan tashqari kitob mutoalasini yaxshilash borasida kutubxona fondiga 70 dona Yangi avlod adabiyotlari qabul qilib olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalqaro Islom akademiyasidan jami 52 dona kitob taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan markazga 2020 yil 30 turdagi jami 900 dona 79672600.50 (yetmish to‘qqiz million olti yuz yetmish ikki ming olti yuz so‘m 50 tiyin), 2021 yil 31 turdagi jami 930 dona 68794038.30 (oltmish sakkiz million yetti yuz to‘qson to‘rt ming o‘ttiz sakkiz so‘m 30 tiyin) jami 1488466638.80 (bir yuz qirq sakkiz million to‘rt yuz oltmish olti ming olti yuz o‘ttiz sakkiz so‘m 80 tiyin) darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar taqdim etildi. Markaz direktori O.Ro‘ziyev, o‘qituvchi I.Xaitov va markazga Afg‘oniston Respublikasi Balx universitetidan tashrif buyurgan mehmonlar professor Abdulmuhammad Badaxsh, Noser Ahmad Oriyan hamda Balx moliya instituti professori Ahmad Samim Badaxshoniylar 6 jilddan iborat bo‘lgan “29-Mezon O‘zbek tili milliy kuni” nomli maqolalar va she’rlar to‘plamini taqdim etdi. Ushbu kitobda markaz bitiruvchi talabalari tomonidan dari alifbosidagi maqolalarni lotin alifbosig tarjima qilishganligiga alohida to‘xtaldilar. Tuhfa qilingan kitoblar va jurnallar ARMga qabul qilindi, kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. 2021-yilgi ro‘znoma va jurnallarga 8902438.0 obuna bo‘lganlar soni 45

ZIYO MASKANI 2023 27 kishidan iborat bo‘lib, 8902438.0 tashkil qiladi Axborot-resurs markazida talabalarning bo‘sh vaqtlari mazmunli va qiziqarli o‘tishi uchun uchrashuvlar, tadbirlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar o‘tkaziladi. Professor-o‘qituvchilar talabalar bilan darsdan tashqari qo‘shimcha vazifalar ustida ish olib borishadi. O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalarining o‘quv dasturi bo‘yicha “Adabiyot o‘qitish metodikasi” darsligi yetishmasligi sababli. Markaz kichik bosmaxonasida kitobning elektron variantidan foydalanib 30 dona kitob nashr qilindi va markaz talabalariga taqdim etildi. 2022-yilning 1-iyun oyidan boshlab Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 3 oylik va 1 yillik o‘quv kurslari ochildi. Markazga 200 nafar o‘quvchilar qabul qilindi. Hozirgi kunda axborot-resurs markaziga jami 430 nafar a’zo qilingan bo‘lib, shundan 63 nafari o‘qituvchi va ishchi xodimlarni tashkil etadi. Axborot-resurs markazining TTJlarida ham alohida o‘quv honasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kitobxonlar har kuni ertalab 8.00 dan kech soat 19.00 gacha kutubxonaning barcha adabiyotlari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Ularga navbatchi kutubxonachilar xizmat ko‘rsatmoqda. Kunlik kutubxona tozaligiga e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda axborot-resurs markazi fondida jami 4646 dona kitob mavjud bo‘lib, ular 1198 turdan iborat. Adabiyotlar tabiiy, texnika, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, sog‘likni saqlash, ijtimoiy-gumanitar, madaniy va maorif, filologiya fanlari, badiiy kitoblardan iborat. Darslik va o‘quv adabiyotlar yo‘nalishlar kesimida kitob javoniga joylashtirilgan. Axborot-resurs markazi 2021-yil yakunida mavjud kitoblar soni 4630 donani tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yil aprel oyida markaz direktori O.Ro‘ziyev sovg‘a tariqasida110 donahar xar xil adabiyotlar sovg‘a qildi, jumladan, Afg‘oniston xalqlari sheriyatidan namunalar, Afg‘oniston adabiyoti, Afg‘on xalq og‘zaki ijodiyoti, Pushtu tili, Qadimgi sharq sivilizatsiyalaridan yodgorliklar, iqtisodiyot nazariyasi. O‘zbekiston avtomobil sanoatining rivojlanishida SAMAVTOning o‘rni kabi kitoblarni, O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i O.Abdullaev tomonidan “Qaro ko‘zim” g‘azali, O‘zbek tilidan amaliy mashg‘ulotlar uchun metodik tavsiyalar (o‘quv qo‘llanmasi) - 11dona kitob, Nafaqadagi O.Aslanov tomonidan 200 ga yaqin badiiy, she’riy, iqtisodiy, tarixiy adabiyotlarni taqdimotini o‘tkazib markaz ARMga taqdim etdi. Ushbu kitoblarni qabul qilinib ro‘yxatga olindi. 46

ZIYO MASKANI 2023 Axborot – resurs markazi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar 1. Buyuk shoh va shoir, olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan ARMda yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 2. 8-Mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Markazda “Sen baribir muqaddassan - muqaddas ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir dasturi va taklifnomasi tayyorlandi. 3. Axborot- resurs markaziga sovg‘a qilingan kitoblar taqdimoti. 47

ZIYO MASKANI 2023 Markaz xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati Mamlakatimizning siyosiy hayotida davlat va jamiyat boshqaruvida, iqtisodiyotimiz barcha tarmoqlarida madaniyat, ilm-fan, xalq ta’limi, sog‘likni saqlash, sport kabi ijtimoiy sohalarda ayollarimiz ayniqsa e’tiborlidir. Bugungi kunda xotin-qizlarimiz erkaklar bilan barcha sohada tengligini ta’minlashga, ularni ulug‘lash va qadrlashga, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda qaratilgan milliy huquq tizimi yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi yangilanayotgan jamiyatda ayollarning siyosat va iqtisodiyotga keng jalb qilinishi tufayli gender tengligi borasida o‘zgarishlar, siljishlar, hattoki yutuqlar ko‘zga tashlanmoqda.Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bugungi kunda Yangi O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu-xurramlik bilan kutib olmoqda. Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miq’yosidagi shon-shuhratini oshirishda katta hissa qo‘shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatimizga tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Ular orasida fidoyi, mehnatsevar ayollarimizdan S.To‘raeva Sh.Rahmatova va G.Shametovalar markazimiz faoliyatiga qo‘shgan kamtarona mehnatlari tufayli yuksak mukofot bilan taqdirlandilar. 48

ZIYO MASKANI 2023 Gender tenglik jamiyat rivojida muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan Surxondaryo viloyatidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida ushbu muassasada tahsil olayotgan afg‘on yoshlari bilan muloqot qilindi. Markazdagi o‘quv jarayonlari, dars xonalari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kasb-hunar turlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Qizlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ularning qiziqishlari, fikr va takliflari eshitildi. Shuningdek, markaz talaba qizlari uchun Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” sharsharasiga sayohat tashkil etildi. 49

ZIYO MASKANI 2023 Barcha qonun hujjatlarimizga asos hisoblanmish Konstitutsiyamiz hamda O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat kodeksi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi”, O‘zbekiston Respublikasida nogironlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘ririsida”gi, O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid siyosat to‘g‘risida”gi, Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi, Ta’lim to‘g‘risida”gi va boshqa normativ huquqiy hujjatlarda asosiy maqsad yurtimiz ayollarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga, opa- singillarimizning faolligini oshirishga, ularga ma’naviy-ruhiy madad berishga qaratildi. Markazining amaliy san’at to‘garagi rahbari Xurramova O‘raltosh va ikki nafar iqtidorli talaba qizlarimidan jumladan Nasiba Bekzod, Vohida Murodiylar shu yilning 24-iyun sanasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Navqiron O‘zbekiston” Respublika yosh ijodkorlarning amaliy san’at ko‘rgazma tanlovida o‘z asarlari bilan faol ishtirok etishdi. TerDUda Talabalar bahori festivaliga markaz iqtidorli yoshlari qatnashib munosib o‘rinlar egallashdi. 50


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook