O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI AFG‘ONISTON FUQAROLARINI O‘QITISH TA’LIM MARKAZI 2022-2023 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar HISOBOTI 1 Termiz-2023
Jamiyatda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos etib, oʻz ustida koʻproq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni ragʻbatlantirish, ta’lim infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda. Sh. Mirziyoyev 2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 2022-2023 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar HISOBOTI O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 911-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tashkil etildi. Markazning yuridik manzili: Surxondaryo viloyati Termiz tumani Sh.Rashidov mahallasi Sayhun ko‘chasi 104-uy. Markaz binosi 2005-yilda qurilgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 6,5 ga tashkil etadi. O‘quv binoning sig‘imi 750 o‘rinli bo‘lib, 150 o‘rinli qishki va 224 o‘rinli yozgi oshxona, 200 o‘rinli faollar zali, 42 o‘rinli ma’ruzalar xonasi, 18 o‘rinli 3 ta informatika xonasi, 24 o‘rinli fizika va kimyo labaratoriya xonalari, 20 o‘rinli lingafon xonasi va 80 o‘ringa mo‘ljallangan kutubxona, 50 o‘rinli 2 qavatli va 300 o‘ringa muljallangan 2 blokdan iborat 3 qavatli talabalar turar joyi binosi va barcha sport turlariga mo‘ljallangan o‘yingohlar mavjud. Markazga 2022-yil davomida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 25 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 22 nafar fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirilgan, qolgan 3 nafariga ish o‘rni bo‘lmaganligi sabali tushuntirish ishlari olib borilgan. 2023-yil yanvar-iyul oylari davomida markazga 14 ta murojaatlar bo‘lib, shundan 2 nafar fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirilgan, qolgan 12 nafariga ish o‘rni bo‘lmaganligi sabali tushuntirish ishlari olib borilgan. Markazda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, topshiriqlari davlat tashkilotlaridan kelgan hujjatlar ijrosi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-813-son Qonuni ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-yanvardagi 1-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida markaz direktorining 2023-yil 13-yanvarda 3-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023-yil 06-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2022-yilda bajarilgan ishlar yakuni va 2023-yildagi asosiy vazifalar to‘g‘risida”gi 1-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-yanvardagi 15-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan markazda barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi va Fuqaro muhofazasi bo‘yicha Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Mamarajapov Fuqaro muhofazasi instituti rejasiga asosan malaka oshirish kurslariga qatnashdi. 3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-yanvardagi 14-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan markaz direktorining 2023-yil 02-fevralda 8-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 3-fevraldagi 38-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan markaz direktorining 2023-yil 19-maydagi 16-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Kengashi 2022-2023-o‘quv yilida o‘zining o‘nta Kengash yig‘ilishini o‘tkazdi. Bunda: Birinchi kengash yig‘ilishi – 2022-yil 31-avgust Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining 2021-2022-o‘quv yili yakunlari hamda 2022-2023 o‘quv yilidagi istiqbolli rejalari va vazifalari; Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Kengashining 2022-2023-o‘quv yili uchun ish rejasini va Kengash a’zolari tarkibini tasdiqlash; Direktor o‘rinbosarlari, sektor va bo‘lim boshliqlari, Jamoat tashkiloti rahbarlari tomonidan ishlab chiqilgan ish rejalarni tasdiqlash; Markaz o‘quv yuklamalari va ish rejalarini, tanlov fanlari dasturlarini tasdiqlash hamda tanlov asosida professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish; Markaz talabalarini Afg‘oniston davlatidan kutib olish va markaz talabalar turar joylariga joylashtirish; O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va bayramni nishonlash; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining topshirig‘iga asosan markazda yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida Tyutorlar faoliyatini tashkil etish; 2022-yil 5-sentabrdan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Mustaqillik dars”larini tashkil etish Ikkinchi kengash yig‘ilishi – 2022-yil 29-sentabr Markazda ma’naviy-tarbiyaviy muhitni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlili va istiqboldagi vazifalar; Markazda fan to‘garaklari va darsdan tashqari to‘garaklar tashkil etish va iqtidorli talabalarni tanlab olish; Ijro intizomini mustahkamlash to‘g‘risida; Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari haqida Markaz laboratoriyalari bazasini mustahkamlash to‘g‘risida; 4
Uchinchi kengash yig‘ilishi – 2022-yil 29-oktabr Ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, tavsiyalar berish, ta’lim sifatini oshirish masalalari haqida; O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, farmoyish va qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruq va topshiriqlari, Viloyat hokimligining qaror va topshiriqlari, markaz Kengashi qarorlari hamda Markaz direktori buyruqlarining ijrosi haqida; Markazda Axborot texnologiyalari markazi va Axborot-resurs markazi, kompyuter va lingafon xonalari, fan kabinetlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlili; Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, BMIlar tematikasini tasdiqlash to‘g‘risida; Professor – o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan darslarning sifati va talabalarning bilim darajasini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish va ularning tahlili to‘g‘risida. To‘rtinchi kengash yig‘ilishi – 2022-yil 30-noyabr Markazda ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish, “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida; Markazda guruh rahbarlari faoliyati tahlili; Markazda “Korrupsiyasiz soha” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar; Talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisoboti. Beshinchi kengash yig‘ilishi – 2022-yil 31-dekabr Talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlar, yashayotgan talabalarning turmush tarzi tahlili, ularning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida; Markazda faoliyat olib borayotgan oshxona, bufet, sartaroshxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar; Markaz pedagog-xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb etish; Markazda faoliyat olib borayotgan 1 yillik va qisqa muddatli kurslar faoliyati tahlili. Oltinchi kengash yig‘ilishi – 2023-yil 30-yanvar Markazda tahsil olayotgan talabalardan iqtidorli talabalarni maqsadli o‘qitish va turli tanlovlarga ishtirok etishini ta’minlash to‘g‘risida; Markazda faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlarining faoliyati haqida; Talabalarning o‘quv darsliklari, badiiy adabiyotlar, elektron darsliklar bilan ta’minlanganlik holati tahlili; Qishki sessiya yakunlari to‘g‘risida; 5
Yettinchi kengash yig‘ilishi – 2023-yil 25-fevral Markazning ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar topishni takomillashtirish va maqsadli foydalanish to‘g‘risida; O‘quv jarayonini boshqarishda modul tizimiga asoslangan holda elektron texnologiyalar, yangi ped-texnologiyalarning qo‘llanilishi va uni takomillashtirish choralari to‘g‘risida; Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyati tahlili. Sakkizinchi kengash yig‘ilishi– 2023-yil 29-mart Markaz professor-o‘qituvchilarining olti oylik o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi tahlili; Markazda o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy faoliyat va xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan kompleks ishlarning tahlili; Marketing bo‘limi faoliyati tahlili; Markaz hududini va biriktirilgan ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish. To‘qqizinchi kengash yig‘ilishi – 2023-yil 28-aprel O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmon, farmoyish va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruq va topshiriqlari, Viloyat hokimligining qaror va topshiriqlari, markaz Kengashi qarorlari hamda Markaz direktori buyruqlarining ijrosi haqida; Markazda moliyaviy mablag‘larning maqsadli sarflanish holati; Markazda professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarning mehnat va ijro intizomi tahlili. O‘ninchi kengash yig‘ilishi – 2023-yil 26-may Bitiruv malakaviy ishlarni himoyaga tayyorlash bo‘yicha Komissiyasi tarkibini tuzish va tasdiqlash, BMI himoyasini o‘tkazish; Markaz talabalarining yozgi sessiya yakunlari to‘g‘risidagi hisoboti; Talabalarni yozgi ta’tilga kuzatish to‘g‘risida; 2022-2023 o‘quv yili yakuni bo‘yicha barcha bo‘limlarning hisoboti haqida; Markaz Kengashining 2022-2023 o‘quv yilidagi hisoboti. ushbu masalalar ko‘rib chiqildi hamda har bir o‘tkazilgan Kengash yig‘ilishida barcha mas’ullarga topshiriqlar berilib nazoratga olindi va har oy ijrosi yuzasidan monitoringlar olib borildi. 6
Markazning o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha Respublika OTMlari bilan hamkorlik aloqalari O‘zbekiston Toshkent Toshkent Milliy davlat O‘zbek davlat universiteti tili va Transport universiteti adabiyoti universiteti Termiz Afg‘oniston Termiz pedagogika davlat fuqarolarini universiteti instituti o‘qitish ta’lim Termiz markazi agrotexnolo Toshkent -giyalar Islom instituti universiteti Samarqand Tibbiyot universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan 2022-yil 07-apreldagi 00141161-sonli “Afgoniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi 2022-yil 13-iyundagi kelishuv xatiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkil etilgan qisqa muddatli kurslar “Ayollar sartaroshlik ishlari”, “Yengil sanoat (Tikuvchilik)”, “Kompyuter tizimlari va majmualari”, “B”toifali avtotransport 7
vositalari haydovchilarini tayyorlash” bo‘yicha qisqa muddatli hamda “30411201-Agrobiznes va marketing agenti”, “30720707-Tikuvchi”, “40610101-Kompyuter tizimlari va majmualari” va “4101701-Turizm” mutaxasisliklari bo‘yicha 1 yillik kurslarda o‘quvchi va tinglovchilar tahsil oldi. Ilmiy-amaliy seminar Surxondaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma boshlig‘i R.Salomova boshchiligida boshqarma tasarrufidagi ta'lim muassasalar direktorlari ishtirokida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida istiqbolli rejalar, ish samaradorligida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni yangi bosqichlarga ko‘tarish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Taklif va mulohazalar tinglandi. Markaz direktori O.Ruziyev, katta o‘qituvchilar S.To‘rayeva va D.Niyozovalarning “Tashabbuskor islohotchi” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanloviga taqdim etilgan ilmiy ishlari ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi. Samarqand shahrida ushbu hamkasblarimizga “Tashabbuskor islohotchi” esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma (elektron holatda) hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. 8
“Ayollar sartaroshlik ishlari” qisqa muddatli kurs tinglovchilari dars jarayonida 9
“B”toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash” qisqa muddatli kurs tinglovchilari dars jarayonida “Agrobiznes va marketing agenti” va “Turizm” mutaxassisligi 1 yillik kurs o‘quvchilari dars jarayonida 10
“Kompyuter tizimlari va majmualari” mutaxassisligi 1 yillik kurs o‘quvchilari dars jarayonida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi “Agrobiznes va marketing agenti” va “Turizm” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar Sherobod tumanida joylashgan Abu Iso at-Termiziy yodgorlik majmualarini ziyorat qilishdi. Afg‘onistonlik yoshlar ushbu ziyorat davomida dinimiz, tariximiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz mushtarakligiga yana bir bor amin bo‘lib, ushbu ziyoratdan ijobiy tasurot hamda ma‘naviy ozuqa olganliklarini takidlab o‘tdilar. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “O‘zbekiston anorchilar kuni” respublika festivali bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz anor yetishtiruvchilari va soha mutaxassislari, Turkiya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Аfg‘oniston, Ukraina, Tojikiston davlatlari vakillari ishtirok etdi. 11
Ushbu festivalda Аfg‘oniston fuqarolarini o‘qitish taʼlim markazi rahbariyati va talabalar ishtirok etdilar. Markazning “Аgrobiznes va marketing agenti” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun markaz hududidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maxsus yer uchastkasi ajratildi. Ushbu maydonda tinglovchilarimiz yangi ko‘chat va ekin turlarini ekish va amaliy tajribalar o‘tkazish maqsadida foydalandilar. Kurs o‘quvchilari nazariy va amaliy darslarni yakunlab ishlab chiqarish amaliyotiga chiqishdi. Ishlab chiqarish amaliyotlari Surxandaryo viloyatining turli ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazildi. 12
“Tikuvchi” mutaxassisligi 1 yillik kurs o‘quvchilari dars jarayonida Kurs o‘quvchi va tinglovchilari darsdan bo‘sh vaqtlarida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Termiz tumanida joylashgan tarixiy qadamjolarga “Qirq qiz”, 13
“Sulton Saodat”, “Al-Hakim at-Termiziy” ziyoratgohi va yodgorlik majmualariga sayohatlarga chiqishdi. 14
Markazda o‘tkazilgan ZAKOVAT intellektual o‘yinlarida kurs o‘quvchi va tinglovchilari faol qatnashishdi. Kurs tinglovchilar darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida markazda tashkil etilgan to‘garaklarga doimiy qatnashdilar. 15
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ishsiz xotin-qizlarni kasb hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” shiori ostida trening o‘tkazildi. Oliy Majlis Senatining oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi mudiri Nodira Shotursunova boshchiligida malakali trenerlar ishtirokida o‘tkazilgan treningda “Tikuvchilik”, “Zargarlik”, “Gilamdo‘zlik”, “Kashtachilik”, “Oshpazlik”, ”Zargarlik” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kurslarda 3 nafar qizlar ishtirok etdilar. Kurs o‘quvchi va tinglovchilari nazariy va amaliy darslarni yakunlab ishlab chiqarish amaliyotiga chiqishdi. Ishlab chiqarish amaliyotlari Surxandaryo viloyatining turli ishlab chiqarish korxonalarida xususan, “ZIF TEXTILE”, “AMUDARTextile”, 16
“Surxon Ipagi”, “INTER SILK” kabi sanoat korxonalarida nazariy darslarda o‘zlashtirgan bilimlarini yanada mustahkamlab olishdi. Janubiy Koreyadan Tashrif buyurgan ”Entery” dasturi mutaxassislari tinglovchilarga ushbu dastur bo’yicha dars mashg‘ulotlari olib bordilar. Dars mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar “Entery” dasturi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va dasturni o‘zlari amalda sinab ko‘rishdi. 2022-2023 o‘quv yilida markazda 4-bosqichda 111 nafar talabalar tahsil olib, shundan, “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha 103 nafar, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha 8 nafar talabalar bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni tugatib joriy yilning 06-iyul kuni “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 103 nafar talabalarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining, “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan 8 nafar talabalarga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplom va ilovalari topshirildi. “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi talabalarining dars jarayonlaridan lavhalar 17
“Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi talabalarining dars jarayonlaridan lavhalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilk marotaba Xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazildi. Onlayn o‘tkazilgan olimpiadada yurtimiz hamda Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Yaponiya kabi davlatlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan va o‘zbek tilini o‘rganayotgan 45 nafar chet ellik talabalar qatnashdi. Fan olimpiadasida markaz talabasi Shekiba Samadiy ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 18
Markaziy Osiyo yosh ijodkorlarini birlashtirgan Forum O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yosh iste’dod egalarini kashf qilish, ularning badiiy qobiliyatini yanada rivojlantirish, ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘yish maqsadida 18-19 oktabr kunlari Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari Forumi o‘tkazildi. Unda Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bugungi adabiy islohotlar, yosh ijodkorlarga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘zladi. Yoshlarga Alisher Navoiy g‘azallaridan o‘qib berdi. Ushbu forumda markazning o‘zbek tili adabiyoti fani o‘qituvchisi Eshpo‘latova Xadicha va markaz talabasi Shekiba Samadi qatnashdi. 19
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘qituvchilari “Respublika filologlari” kanalida 21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tilim – iftixorim” mavzusidagi maqolalar tanlovida qatnashib Oliy darajali diplom bilan taqdirlandilar. 20
21 oktyabr – O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida o‘tkazilgan “Til-millat ko‘zgusi” mavzusidagi onlayn insholar tanlovida fmarkaz talabalari axrli o‘rinlarni egalladilar. 21
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Eshpulatova Xadicha Muradovna “TA’LIM SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida taqdim etilgan ilmiy ishlari Ilmiy Kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi. Bugun ushbu hamkasbimizga “TA’LIM SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN” esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma (electron holatda) hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. “Respublika filologlari” kanali nomidan Buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “IKKI BUYUK SIYMO” tanlovida talabalar namunali ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etganligi uchun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi hamda markazda tahsil olayotgan bir guruh talabalarimizga tashakkurnoma va diplomlar topshirildi. 22
Afg‘oniston fuqorolarini o‘qitish ta’lim markazi tinglovchilari Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida tinglovchilar institutda yaratilgan shart sharoitlar, dars jarayonlari, o‘quv laboratoriyalari, institutda amalga oshirilayotgan drayver loyihalarning ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar ushbu turdagi uchrashuvlarni davomli tashkil etishga kelishib oldilar. Malumot o‘rnida, markazda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlantirish Dasturi (BMTRD) va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasining o‘zaro anglashuv memorandumi asosida bugungi kunda mamlakatimizda vaqtinchalik istiqomat qiluvchi jami 138 nafar Afg‘oniston fuqarolari uchun bir yillik va uch oylik o‘quv kurslari tashkil etilgan. 23
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi katta o‘qituvchisi To‘rayeva Sayyora Baxtiyorovna hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan quyidagi talabalar Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazining 2023-yil 13-yanvardagi 3- buyrug‘iga asosan “ILM-FAN IFTIXORI” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Samadi Shekiba Azizi Zabiullah Tajala Sadat Rahmani Habibullah Mohammadi Abdulhakim Sanaullah Noori Muhammad Nasir Husaini Mawluddin Qasimi Mirways Turk Ahmad Jovid Anis Shabir Ahmad Khalily Obaidi Merojiddin 24
Shah Muhammad Naibzada Abdulwahab Qanih Rasooli Esmatullah Bik Mohammad Mohammadi “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga sazovor bo‘lgan talaba-yoshlar: Shekiba Samadi Mohammad Nosir Husaini “Yilning ijodkor talabasi” “Yilning eng faol tashabbuskor- targʻibotchi” talabasi MohammadiAbdulhakim Abdulwahab Qonih “IT-bilimdoni” “Yosh kitobxon” 25
Abdul Mosawir Qadiri “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng malakali talabasi” Termiz texnologiya-muxandislik institutida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida muhandislik-texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro talabalar anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda markaz professor-o‘qituvchilari hamda Afg‘onistonlik talaba- yoshlar o‘zlarining ilmiy ma‘ruzalari bilan faol ishtirok etdilar. 26
Markaz o‘zbek tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Eshpulatova Xadicha Muradovna “Yangi O‘zbekistonda innovatsion tadqiqotlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Intellektual izlanuvchi” Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanloviga taqdim etilgan ilmiy ishlari ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi. Xadicha Muradovna “Intellektual izlanuvchi” esdalik nishoni hamda esdalik nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma (elektron holatda) hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda taqdirlandi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi “Turizm” va “Agrobiznes va marketing agenti” yo‘nalishi tinglovchilari ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalariga aloqador tashkilot va korxonalarda amaliyot o‘tadilar. 27
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan 4-bosqich talabalari Termiz tumanidagi 16-17-20-21-maktablarda pedagogik amaliyotlarini o‘tadi. 28
“Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan talabalar Termiz shahar Lokomotiv Deposida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadilar va amaliyot davomida talabalar biriktirilgan rahbarlardan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv amaliyotlarini kuzatib, tajribalarini oshirib borishdi. Afgoniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida tahsil olgan kurs tinglovchilari Qumqo‘rg‘on Agrotexnologiyalari texnikumida amaliyot o‘tash jarayoni. 29
Jurnalistikaga ilk qadam maxsus o‘quv kurslari doirasida talabalar uchun “SURXON TONGI NASHRIYOT UYI”da mediatur tashkil etildi. “Jurnalistikaga ilk qadam” kursi ishtirokchilari bir kunda ikkita nashriyot faoliyati bilan tanishdi. Dastlab Termiz shahridagi “Surxon-nashr” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurishdi. Nashriyotda amalga oshirilayotgan ishlar, chet davlatdan olib kelingan uskunalarning ishlashi, xodimlar faoliyati, aynan nashriyotda chop qilingan kitoblar bilan tanishishdi. Shundan so‘ng kurs ishtirokchilari “Ilm-21” MJCH bosmaxonasi faoliyatini va chop qilish jarayonlarini kuzatishdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 1 yillik kurs tinglovchilari yakuniy davlat attestasiyasidan o‘tish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar. 30
“Tikuvchi”, “Kompyuter tizimlari va majmualari”, “Agrobiznes va marketing agenti” hamda “Turizm” mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olgan o‘quvchilar soha mutaxassislari ishtirokida imtihonlarni topshirdi. Kelgusida OTMga hujjat topshirish hamda o‘z yo‘nalishlarining yetuk mutaxassisi bo‘lib o‘zlarini ish bilan ta‘minlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. “Jurnalistikaga ilk qadam” mediamaktabining 36 nafar bitiruvchilarini taqdirlash marosimidan fotolavhalar.... O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi” (BMTTD) hamda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 oylik “Tikuvchi”, “Turizm” hamda “Kompyuter tizimlari va majmualari” 31
mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olgan 95 nafar o‘quvchilarga diplom va sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Talabalarimiz Toshkent davlat transport universitetida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishi 406-guruh talabalari diplom oldi va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi. Talabalar dastlab, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, axborot – o‘quv resurs markazi, o‘quv xonalari, amaliyot o‘tash poligoni faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, “Temir yo‘l transporti” fakulteti hamda “Lokomotiv va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari markaz yoshlariga hamrohlik qilib universitet haqida batafsil ma’lumot berdi. Universitetda davra suhbati o‘tkazildi va dars mashg‘ulotlari o‘tkazilish tartibi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish chora-tadbirlari kelishib olindi. 32
“Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” (lokomotiv) yo‘nalishi 4-bosqichda tahsil olgan talabalar Toshkent davlat transport universitetida davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talabalariga 2023-yil 12-iyunda umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi. 33
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talabalarining 2023-yil 13-iyunda bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o‘tkazildi. 34
Yakuniy davlat attestatsiyasi va BMI himoyasi komissiya a’zolari tomonidan shaffof va xolisona baholandi va natijalar quyidagicha e’lon qilindi: Yakuni davlat attestatsiyasi test sinovi: T/r Guruh “5” baho “4” baho “3” baho Qatnashgan talabalar soni 1. 401 2. 402 12 10 3 25 nafar 3. 403 4. 404 12 7 3 22 nafar 12 10 3 25 nafar 10 9 3 22 nafar Yakuniy BMI himoyasi natijalari: T/r Guruh “5” baho “4” baho Qatnashgan talabalar soni 1. 401 2- 2 nafar 2. 402 11 2 nafar 3. 403 2- 2 nafar 4. 404 21 3 nafar Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtiroki uchun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazining “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shekiba Samadi sertifikat bilan taqdirlandi. Afg‘onistonlik bitiruvchi talabalarning navbatdagi 111 nafariga bakalavr diplomlari topshirildi Markazda 2023-yil 06-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishida tahsil olgan 103 nafar bitiruvchilarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining hamda “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishida tahsil olgan 8 nafar talabalarga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplomlari tantanali ravishda topshirildi. 35
Axborot-resurs markazi faoliyati Axborot - resurs markazi bir vaqtning o‘zida 80 nafar talabalarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazi fondida 4 682 dona kitob mavjud bo‘lib, tabiiy, texnika, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-gumanitar, madaniy va maorif, filologiya fanlari, badiiy kitoblardan iborat. O‘zbek, dariy va boshqa xorijiy tillarda nashr etilgan ilmiy, ilmiy-ommaviy, uslubiy, badiiy adabiyotlarning yozma hamda elektron shakllari mavjud. Axborot-resurs markazida 24 dona kompyuterlar jamlanmasi, simli internet tarmog‘iga ulangan va barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar keng foydalanib kelmoqda. Markaz oliy ta’lim muassasalari ”Elektron ta’lim tarmog‘i”ga ulangan bo‘lib, ushbu tarmoq markaz talabalariga respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari elektron ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Axborot resurs markazida internet tezligi 60 Mbpsni tashkil etadi, muntazam ravishda ishlashi nazorat qilinib kelinmoqda. Axborot resurs markazida kitobxonlar uchun xorijiy ilmiy dasturlardan: Web of Science, Ebsco, diss.rsl.ru hamda UzNel, Diss.natlib.uz, bazalaridan cheksiz foydalanish imkoniyatiga yo‘lga qo‘yilgan. Barcha elektron bazadagi adabiyotlar yo‘nalishlar bo‘yicha joylashtirib kelinmoqda va kitobxonlar uchun www.uzaf.uz sayt orqali foydalanish imkoniyati mavjud. Bu www.uzaf.uz saytida www.ziyonet.uz sayti bilan bir qatorda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan unilibrary.uz sayti ham joylashtirilgan. 36
Axborot resurs markazida telegram messenger orqali AFO‘TM ARM (T.me/markaz 2021) kanali orqali kitobxonlarga elektron darsliklar, badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar va davriy nashrlar kitobxonlarga axborot-resusrlari yetkazib berilmoqda. Hozirgi kunda telegram messenger kanalda 90 ga yaqin obunachilar mavjud bo‘lib ularga 8 324 dan ortiq elektron resurslar yetkazilib kelinmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar 2022-yil 5-sentyabr kuni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Markazda tinglovchilarga “Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz” mavzusida har bir guruhda mustaqillik darsi tashkil etilib ma’ruza mashg‘ulotlari olib borildi. 2022 yil 14-sentabr kuni Termiz shahridagi San’at sarotida “Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bo‘lib o‘tgan galakonsertning viloyat tadbirida markaz jamoasi faol ishtirok etdi. 37
Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz! “Madaniyat karvoni”ning konsert dasturlari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh olim va shoirlar, qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblaridan iborat “Madaniyat karvoni” o‘zining madaniy-ma’rifiy konsert dasturlarini namoyish etdi. Shoirlar o‘zlarining she’rlari bilan, san’atkorlar esa jonli ijrolari bilan, so‘z ustalari esa hazillarga boy hangomalari bilan tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat va quvonchli lahzalarni ulashishdi. Estradamizning umidli xonandalari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar o‘yin-kulgularga va raqslarga ulandi. Tadbir so‘ngida mehmonlarga markazning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi 2022-yil 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oil ava xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo‘limi mudiri Shotursunova Nodira Nasirovna boshchiligidagi Ishchi guruh markazga tashrif buyurdi. Ishchi guruh Afg‘on fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ta’lim olayotgan Afg‘on xotin-qizlarining ta’lim olish shart-sharoitlari hamda ularning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarida kasb-hunarga o‘rgatilish holatlari ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. 38
Ichki turizmni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki aholiga ajoyib sayohat zavqini tuyishdek imkoniyatni ham hadya qiladi. Shu bois, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Termiz-Qashqadaryo-Samarqand-Termiz yo‘nalishi bo‘yicha yurtimizning qadimiy shaharlariga sayohat uyushtirildi. Sayohatning birinchi kunida markaz professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat jamoadoshlarimiz Boysun tumani Sayrob qishlog‘ida joylashgan XIX asrda maktabga aylantirilgan ming yillik chinorni ziyorat qilishdi. Samarqand shahridagi sayohatning birinchi kunida markaz professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun Samarqand shahrida yangi barpo etilgan “Boqiy Shahar”ga hamda barcha ziyoratgoh manzillariga sayohatlar uyushtirildi. 39
Ustozlarga ehtirom 29.09.2022-yil. Respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanayotgan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ham katta tantanalar bilan yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Bayram tantanalarida ta’lim sohasida uzoq yillar xizmat qilgan faxriy ustozlar bilan bir qatorda barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida Afgʻonistonlik talaba va tinglovchilar tomonidan badiiy chiqishlar hamda ustozlarni mashaqqatli va sharafli faoliyatini o‘z ichida mujassam etgan videoroliklar namoyish etildi. 40
Viloyat markazidagi “Muhtashamsaroy” tantanalar majmuasida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati talim muassasalari mutasaddilari, eng ilg‘or o‘qituvchilar, tizimda samarali mehnat qilayotgan faxriy ustoz-murabbiylar ishtirok etdi. Tantanali marosimda bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylarga viloyat hokimining faxriy yorliq va sovg‘alari topshirildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktorining Talabalar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari F.Ramazonov hamda to‘garak rahbari O‘.Xurramovalar taqdirlanganlar qatorida alohida e’tirof etildi. 41
Afg‘onistonlik tinglovchilar uchun ziyorat tashkil etildi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi “Agrobiznes” va “Turizm” yo‘nalishida tahsil olgan tinglovchilar Sherobod tumanida joylashgan Abu Iso at- Termiziy yodgorlik majmualarini ziyorat qilishdi. Afg‘onistonlik yoshlar ushbu ziyorat davomida dinimiz, tariximiz, madaniyatimiz, urf-odatlarimiz mushtarakligiga yana bir bor amin bo‘lib, ushbu ziyoratdan juda ijobiy ta‘surot hamda ma‘naviy ozuqa olganliklarini ta‘kidlab o‘tdilar. 5 ta muhim tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz tuman hokimligi bilan hamkorlikda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida sportning voleybol, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarda tuman MFYlaridan uyushmagan ayol-qizlar ishtirok etishdi. O‘tkazilgan musobaqalar davomida faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. 42
21-oktabr ”O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berilgan” kun munosabati bilan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida “Qadring baland bo‘lsin – ona tilim!” shiori ostida adabiy kecha tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari N.Rahmatullayeva hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan tilga oid she’r, ruboiy va g‘azallar aytildi. Shuningdek, ajoyib sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Yakunida faol ishtirok etgan talabalar diplom hamda kitoblar bilan taqdirlanishdi. Termiz shahridagi A.Navoiy haykali yonida davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda boshqa oliy va o‘rta maxsus ta’lim va umumta’lim maktabi professor- o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, o‘quvchilar jamul-jam bo‘ldi. “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”, degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari I.Saparov, Termiz davlat universiteti professori P.Bakirov, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari M.Allamurodov, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabasi Shekiba Samadi va boshqalar so‘zga chiqib, o‘zbek tilining dunyodagi eng jozibador, eng boy muloqot vositasi ekanini alohida ta’kidladi. Mahmud Qoshg‘ariy qalamiga mansub jahondagi ilk leksikologik lug‘at ham aynan o‘zbek tilida yozilganini faxr bilan qayd etdi. Mamlakatimizda mustaqillikkacha qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning tilimizni asrab-avaylash va nufuzini 43
oshirishdagi ahamiyati hamda keyingi yillarda qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida fikr almashdi. Sud-huquq islohotlarining yangi bosqichi Jamiyat taraqqiyoti qonun ustuvorligi va sud hokimiyatining mustaqilligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Termiz shahar iqtisodiy sudi raisi D. Jumaev hamda huquqshunos A.Qilichev ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi hamda Termiz tuman 17-umumiy o‘rta talim maktabi hamkorligida “Iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 44
Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mehmonlardan javob olindi hamda faol o‘quvchilarga Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori dotsent, iqtisod fanlari nomzodi O.A.Ruziyev tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi. Ikki hamkor tashkilot bunday davra suhbatlarini yanada kehg jamoatchilikda yuksak saviyada o‘tkazishga kelishib olishdi. 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni Ushbu sana oldidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida viloyat kasaba uyushmasi rahbariyati bilan hamkorlikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida: kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o‘qish turi bo‘yicha umumiy manfaatlar bog‘lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – o‘z a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yo‘qlab chiqish va himoya qilish. O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, tashkilot fidoyi xodimlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, viloyat kasaba uyushmasi tomonidan 2 nafar xodimlarni 1- noyabrdan 4-noyabrga qadar Toshkent viloyati Chorvoq dam olish maskaniga taklif etildi. Muzeylar - tariximiz ko‘zgusi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida “Surxondaryo viloyatining zamonaviy turizm faoliyatida Termiz arxeologiya muzeyining o‘rni” mavzusiga 45
bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Muzey ilmiy xodimi Rayhon Nuraliyeva ishtirokida “Zamonaviy turizm faoliyatida muzeyning o‘rni” mavzusida trening o‘tkazildi. Fotoko‘rgazma davomida faol ishtirok etgan tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. O‘z navbatida muzey xodimlariga ham markaz direktori tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Afg‘oniston chegarasida Termiz xalqaro savdo markazi ochildi. Surxondaryo viloyati hokimligi va “Surxon Sanoat Qurilish” korxonasi hamkorligida tadbir ishchirokchilari uchun xalqaro savdo markaziga press-tur tashkil etildi. Press-tur ishtirokchilari loyihaning birinchi bosqichi doirasida faoliyatiga rasman start berilgan ikkita savdo bloki va undagi savdo do‘konlari hamda xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, shuningdek, qurilishi davom ettirilayotgan ishlab chiqarish maydoni, logistika markazi, xalqaro tibbiyot markazi, mehmonxona va yotoqxona, restoranlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shuningdek, sun’iy suv havzasi bo‘lgan dam olish maskanlarining qurilishi jarayonlari bilan tanishishdi. Tadbir davomida mas’ullar har bir ob’ekt bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berishib, xalqaro savdo markazi hududida yaratiladigan shart-sharoitlar, tadbirkorlar uchun imtiyozlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Ushbu tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘quvchilari ham ishtirok etdi. 46
“Otam, onam va men - sportchilar oilasi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni mahalla fuqarolar yig‘inida keng amalga oshirish, yoshlarni sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida tibbiy va jismoniy madaniyatni rivojlantirishda hamkor tashkilotlar bilan birga kasaba uyushmalarining ham faol ishtiroki ta’minlanib kelinmoqda. 11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi tashkil etilganligining 5 yilligi munosabati bilan markaz sport majmuasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni oilalarning kundalik turmush tarziga singdirish, oila a’zolarining jismonan barkamol, baquvvat va sog‘lom bo‘lishiga, chiniqishiga, umumiy ish qobiliyatining o‘sishiga yordam berish, ularni turli o‘yinlar va mashqlarga qiziqtirish maqsadida “Otam, onam va men-sportchilar oilasi” ko‘rik tanlovining markaz bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik tanlovda oilalar 7 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra 1-o‘rinni Abdullaevlar oilasi, 2- o‘rinni Mamarajapovlar oilasi, 3-o‘rinni Djavlievlar va Allaberdiyevlar oilasi egallashdi. 47
13-noyabr Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi tashkil etilganligining 5 yilligi munosabati bilan markazda “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi. Ushbu bahslarda “Turon”, “Balx”, “To‘maris”, “Registon” hamda “Navoiy izdoshlari” jamoalari ishtirok etdi. Bellashuvda Afg‘onistonlik yoshlar katta qiziqish bilan ishtirok etib, o‘z iqtidorlarini namoyon etdi va yakuniy natijalarga ko‘ra barcha jamoalar 2 balldan jamlab durrang natija qayd etildi. Faol ishtirok etgan zukko talabalarga badiiy kitoblar topshirildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi tashkil etilganligining 5 yilligi munosabati bilan markazda sportning voleybol, shaxmat, shashka va arqon tortish turlari bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqalari ham o‘tkazildi. Ushbu musobaqalarda markaz professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etishdi va faol ishtirok etgan hamda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. 48
12-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Mag‘rur hilpirayver, yurtim bayrog‘i” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi. Mavzu tafsilotlari yuzasidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi Ma’naviy-ma’rifiy va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Olim Tojievning ma’ruzasi tinglandi. Unda har bir xalq, millat uchun o‘z Vatanining ramzlari muqaddas hisoblanishi, buning boisi, ularda o‘sha xalqning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlari o‘z aksini topadi. Shu ma’noda, madhiya, gerb va bayroq bizning milliy ramzlarimiz hisoblanishi, O‘zbekiston farzandlarining san’at, madaniyat, fan va sport bo‘yicha xalqaro miqyosda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari va ular sha’niga madhiyamiz yangrab, davlatimiz bayrog‘ining mag‘rur hilpirashi har qanday millatdoshimizning ko‘zlarida faxr va quvonch yoshlariga sabab bo‘layotganligi va boshqa bir qator mulohazalar bildirildi. “Yangi nafas” yugurish marafoni 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i tasdiqlangan kunga bag‘ishlangan respublikamizning 15 ta (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Chirchiq, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro, Urganch, Nukus, Toshkent) shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “1 ta vatanda 1 ta vaqtda, 1 ta masofaga, 1 ta maqsadda – Birga yuguramiz” shiori ostidagi mazkur o‘ziga xos aksiyada 85 ta oliy ta’lim muassasasining 27 mingdan ortiq talaba-yoshlari qatnashdi. Termiz shahridagi “Surxon Arena”da “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etishdi. Marafon so‘ngida ishtirokchilar uchun madaniy tadbir tashkil etildi. 49
Tinchlik va hamjihatlik – bebaho boylik “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida afg‘on talaba-yoshlar bilan “Tinchlik va hamjihatlik – bebaho boylik” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda dastlab yoshlarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar, xususan, “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”ning 74-maqsadi Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash hamda Davlat dasturlari doirasida mamlakatimizda shu jumladan, viloyatimizda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida afg‘on talaba-yoshlarga ma’lumot berildi va tushuntirildi. Shundan so‘ng davlat dasturlarining joylarda samarali amalga oshirishda jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati bo‘yicha trening asosida tushuntirildi. Tadbir yakunida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining direktori O.Ruziyev va ma’naviy-ma’rifiy va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i O.Tojiyevlar “Yuksalish” umummilliy harakatiga a’zo qilinib, a’zolik sertifikatlari berildi hamda seminarda faol qatnashgan afg‘on talabalariga badiiy kitoblar topshirildi. Ushbu seminar ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. 18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun! Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati bilan markazda sportning futbol, voleybol va futzal turlari bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqalari o‘tkazildi. 50
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104