Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Hisobot_markaz_2022_2023_

Hisobot_markaz_2022_2023_

Published by beck.pancher88, 2023-08-07 14:03:55

Description: Hisobot_markaz_2022_2023_

Search

Read the Text Version

["2023-yil 24-iyun. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga, Hindistonning O\u2018zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) maslahatchisi, doimiy vakili Alok Pandey, Lal Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyati markazi direktori Sitesh Kumar, yoga o\u2018qituvchisi Sudha Ragavendran, Nigora Ernazarova, Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy ishlar bo\u2018yicha o\u2018rinbosari I.Saparov, Oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig\u2018i Sh.Kichkilovlar tashrif buyurdilar. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Markazning 4 bosqich \u201cO\u2018zbek tili va adibyot\u201d yo\u2018nalishi talabalari bilan suhbatlashdi. Mehmonlar tomonidan berilgan savollarga talabalar tomonidan darslar yaxshi o\u2018tilganligini, professor-o\u2018qituvchilar tomonidan o\u2018tilgan dars mashg\u2018ulotlaridan mamnunliklarini bildirib o\u2018tdilar. Suhbat jarayonida, markaz talabalari tomonidan xorijiy mehmonga o\u2018qishni magistratura bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko\u2018rsatish taklifini berdilar. O\u2018z o\u2018rnida Manish Prabhat talabalar tomonidan berilgan takliflar yuzasidan Hindistonning O\u2018zbekistondagi vakolatxonasiga borganda, tegishli vakillari bilan ushbu masalani muhokama qilishlarini aytib o\u2018tdilar. 101","Afg\u02bboniston fuqarolarini o\u02bbqitish ta\u02bclim markazi faoliyatini kengaytirib, uni universitetga aylantirish masalasi muhokama qilindi. Surxondaryo viloyatida bo\u02bblib turgan Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimining o\u2018rinbosari Ilhom Saparov hamroxligida Afg\u02bboniston fuqarolarini o\u02bbqitish ta\u02bclim markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Vazir muassasaning 750 o\u02bbrinli zamonaviy o\u02bbquv binosi hamda 400 o\u02bbrinli Talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi, o\u02bbquv va laboratoriya xonalari, informatika va multimedia markazi, milliy hunarmandchilik va amaliy san\u02bcat to\u02bbgaraklari faoliyatini ko\u02bbzdan kechirdi. I.Abdurahmonov o\u02bbquv binosida tashkil etilgan milliy hunarmandchilik burchaklariga yuqori baho berib, ushbu tajribani barcha oliy ta\u02bclim muassasalari uchun namuna sifatida joriy qilish bo\u02bbyicha mas\u02bcullarga topshiriq berdi. Tashrif davomida vazir Afg\u02bbonistonning Termiz shahridagi Bosh konsulining birinchi kotibi Bismillo Mangal bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda B.Mangal Afg\u02bbonistonlik yoshlar uchun yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar uchun O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligiga minnatdorchilik bildirdi. Afg\u02bbonistonning ehtiyojidan kelib chiqqan holda mamlakat yoshlarini ushbu markazga jalb qilish, markaz faoliyatini yanada kengaytirish va uni universitetga aylantirish masalalari muhokama qilindi. 102","Tikuvchilik va kashtachilik to\u2018garagi ustoziga vazir sovg\u02bbasi topshirildi. Joriy yilning 21-iyul kuni Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimi o\u02bbrinbosari Ilhom Saparov hamrohligida Afg\u02bboniston fuqarolarini o\u02bbqitish ta\u02bclim markazi faoliyati va markazda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning rejalari bilan o\u2018rtoqlashgan edi (https:\/\/t.me\/otfiv_surxondaryo\/1965). Tanishuv davomida vazir I.Abdurahmonov Tikuvchilik va kashtachilik to\u2018garagida faoliyat olib borayotgan ustoz Osiyo Xonimqulova faoliyatiga ijobiy baho berib, unga planshet sovg\u2018a qilishini takidlagan edi. 27-iyul kuni vazir sovg\u02bbasi \u2014 planshet Osiyo Xonimqulovaga topshirildi. Hozirda markazda talabalarning mavjud emasligi markazning kelgusidagi faoliyatiga o\u2018zining salbiy ta\u2019sirini o\u2018tkazishi mumkin. 103","Shu munosabat bilan, markaz O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-dekabrdagi bayonnomasiga asosan O\u2018zbekiston va Afg\u2018oniston davlatlari hukumati va mas\u2019ul vazirliklar kelishuviga asosan har yili Afg\u2018onistondan ta\u2019minlanishi kerak bo\u2018lgan 50 nafardan talabalarning keying o\u2018quv yillarida ta\u2019minlanmay kelinayotganligini inobatga olib ushbu masala yechimi bo\u2018yicha hamda Afg\u2018oniston Hukumatining ehtiyojidan kelib chiqqan holda markazda (O\u2018zbek tili va adabiyoti, temir yo\u2018l, qishloq xo\u2018jaligi, transport, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqa) sohalar bo\u2018yicha oliy ta\u2019lim yo\u2018nalishlari va o\u2018rta maxsus, kasb-hunar ta\u2019limi hamda malaka oshirish yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha afg\u2018on fuqarolarini o\u2018qitish imkoniyatlari mavjudligini e\u2019tirof etgan holda vazirlik tomonidan Afg\u2018oniston Oliy ta\u2019lim vazirligi bilan kelishuvlarni amalga oshirish va markaz faoliyatini rivojlantirishda Oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan amaliy yordam berishini so\u2018raydi. Markaz direktori: O.A.Ruziyev 104"]


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook