["Ushbu musobaqalarda markaz talabalari hamda Qumqo\u2018rg\u2018on va Sho\u2018rchi tumanidagi kasb-hunar maktablarining o\u2018quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqada faol ishtirok etgan hamda g\u2018olib bo\u2018lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining faxriy yorliq va esdalik sovg\u2018alari topshirildi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida O\u2018zbekiston Respublikasi davlat bayrog\u2018i qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati bilan markazda sportning futbol, voleybol va futzal turlari bo\u2018yicha \u201cDirektor kubogi\u201d musobaqalari o\u2018tkazildi. Ushbu musobaqalarda markaz talabalari hamda Qumqo\u2018rg\u2018on va Sho\u2018rchi tumanidagi kasb-hunar maktablarining o\u2018quvchilari ishtirok etishdi. O\u2018tkazilgan musobaqalar davomida faol ishtirok etgan hamda g\u2018olib bo\u2018lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining faxriy yorliq va esdalik sovg\u2018alari topshirildi. \u201cBarchamiz O\u2018zbekistonni ikkinchi vatanimiz deb bilamiz\u201d Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida ota-onalar yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. 51","Joriy yilning 28-noyabr-2-dekabr kunlari Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ishsiz xotin-qizlarni kasb- hunarga o\u2018qitish, bandligini ta\u2019minlash va xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida \u201cTermizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish\u201d shiori ostida trening o\u2018tkazildi. Oliy Majlis Senatining Oila va xotin-qizlarni qo\u2018llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalari bo\u2018limi mudiri, Nodira Shotursunova boshchiligida malakali trenerlar ishtirokida o\u2018tkazilgan treningda \u201cTikuvchilik\u201d, \u201cGilamdo\u2018zlik\u201d, \u201cKashtachilik\u201d, \u201cOshpazlik\u201d va \u201cZargarlik\u201d kabi yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha o\u2018tkazilgan kurslarda 7 nafar Afg\u2018onistonlik hamda 8 nafar O\u2018zbekistonlik xotin-qizlar ishtirok etdilar. Trening yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. 52","Toshkent shahrining UzExpoCenter 3-pavilonida \u201cCRAFT FAIR UZBEKISTAN\u201d xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbirda Respublikamizning barcha hududlaridan 150 nafarga yaqin mahalliy hamda Tojikiston, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Rossiya, Afg\u2018oniston, Pokiston, Hindiston kabi 10 ga yaqin xorijiy mamlakatlardan hunarmandlar ishtirok etdi. Shuningdek, O\u2018zbekistonning turli hududlariga xos bo\u2018lgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog\u2018ocho\u2018ymakorligi kabi hunarmandchilik yo\u2018nalishlarida mashhur xalq amaliy san\u2019ati ustalari tomonidan mahorat darslari ham tashkil etildi. Ushbu xalqaro yarmarka doirasida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi amaliy san\u2019at va tikuvchilik to\u2018garagi rahbari Uraltosh Xuramova ham munosib ishtirok etmoqda. Yarmarka davomida xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan Xuramova Uraltoshning san\u2019at asarlari alohida e\u2019tirof etildi. 53","Konstitutsiya - baxtimiz qomusi Markazda 8-dekabr O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan \u201cKonstitutsiya \u2013 baxtimiz qomusi\u201d mavzusida davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda markaz professor-o\u2018qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirda konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, O\u2018zbekiston xalqining xohish-istagi orzu- intilishlari to\u2018liq qaror topganligi, qomusimizning xalqchilligi, inson huquqlari va erkinliklari va xalqaro huquq normalariga mosligi haqida atroflicha ma\u2019lumot berib o\u2018tildi. O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan markazda bir guruh professor-o\u2018qituvchilar hamda ishchi-xodimlar \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi\u201d esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Chinakam mehnat va fidoiylik hech qachon yerda qolmaydi, u albatta, o\u2018z mukofotini oladi. Markaz direktori O.Ruziyev, O\u2018quv ishlari bo\u2018yicha direktor o\u2018rinbosari v.b B.Oralov, Talabalar bilan ishlash bo\u2018limi boshlig\u2018i O.Tojiev, Tikuvchilik va amaliy san\u2019at to\u2018garagi rahbari U.Xuramova hamda markaz hamshirasi B.Shomirzaevalarga Vatanimiz ravnaqi va ta\u2019lim rivoji uchun qo\u2018shayotgan ulkan ishlariga zafarlar tilaymiz! 54","Afg\u2018onistonlik talabalar kutib olindi Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida bakalavr ta\u2019lim yo\u2018nalishlarida tahsil olayotgan talabalar \u201cXayraton\u201d chegara-bojxona postida kutib olindi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Ayni paytda o\u2018quv dargohida yaqin qo\u2018shni davlatning 20 ta viloyatidan 111 nafar Afg\u2018onistonlik talabalar \u201cYer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi\u201d hamda \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishlarida ta\u2019lim olib, fan sirlarini chuqur o\u2018zlashtirmoqda. Ulug\u2018 xalq qudrati jo\u2018sh urgan zamon Termiz shahrida joylashgan muhtasham San\u2019at saroyida O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan \u201cShuhrating porlasin toki bor jahon\u201d shiori ostida bayram tadbiri bo\u2018lib o\u2018tdi. Shuningdek, tadbirda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi professor-o\u2018qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi. 55","Madhiya-istiqlol va milliy g\u2018urur timsoli! Markazda 10-dekabr O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan \u201cMadhiya - istiqlol va milliy g\u2018urur timsoli\u201d mavzusida ma\u2018naviy- ma\u2018rifiy tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda markaz direktori, professor-o\u2018qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. \u201cYashil makon\u20132022\u201d aksiyasi doirasida Termiz, Jarqo\u2019rg\u2019on, Sherobod tumanlarida ishlar qizg\u2018in olib borildi Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, UNICEF, Ekologiya davlat qo\u2018mitasi hamda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi bilan hamkorlikda \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida ishlar olib borildi. Tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi xodimlari hamda afg\u2018onistonlik ko\u2018ngilli- hasharchilar ishtirok etishdi. 56","Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazining katta o\u2018qituvchisi S.To\u2018rayeva, markazda tahsil olayotgan ijodkor talabamiz Sh.Samadi hamda Termiz tumani 16-sonli maktabning iqtidorli o\u2018quvchilari o\u2018rtasida davra suhbati bo\u2018lib o\u2018tdi. Xalq dardida yashagan ulkan qalb shoir... O\u2018zbekistonda Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligi keng nishonlandi. O\u2018zbekiston Qahramoni, O\u2018zbekiston xalq shoiri, elimizning suyukli farzandi Erkin Vohidovdan uyg\u2018oq satrlar, mavzusi abadiy va dolzarb bo\u2018lgan betakror she\u2019riyat, boy ma\u2019naviy meros qoldi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida O\u2018zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag\u2018ishlangan xotira kechasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu adabiy anjumanda markaz professor-o\u2018qituvchilari hamda Afg\u2018onistonlik talabalar ishtirok etdi. Xotira tadbirida shoirning bosib o\u2018tgan hayot yo\u2018li, mushoirasi kabi bir qancha ma\u2019ruza va chiqishlar qilindi. Tadbir davomida videoroliklar namoyish etildi. 57","Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Yangi yil bayrami munosabati bilan sportning futzal turi bo\u2018yicha \u201cDirektor kubogi\u201d musobaqasi o\u2018tkazildi. Ushbu musobaqada markaz talabalari ishtirok etishdi. O\u2018tkazilgan musobaqalar davomida faol ishtirok etgan hamda g\u2018olib bo\u2018lgan ishtirokchi va jamoalarga markaz direktorining kubogi, faxriy yorliq va esdalik sovg\u2018alari topshirildi. Markazda Yangi yil shukuhi Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida ham barchaning qalbida farahbaxsh kunlar uchun shukronalik hissini oshirib, ezgu niyatlarni uyg\u2018otmoqda. Shuningdek, markazda yil davomida samarali mehnat qilgan professor- o\u2018qituvchilar va ishchi-xodimlar munosib rag\u2018batlantirildi. 58","Markazda \u201cBiz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz\u201d mavzusida davra suhbati o\u2018tkazildi Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Termiz tumani tibbiyot birlashmasi hamda markaz shifokorlari ishtirokida o\u2018tkazilgan tadbirda giyohvandlik insoniyat va jamiyat uchun eng xafvli omillardan biriga aylanib ulgurganligi, u insoniyatning ming yillar davomida yaratgan madaniy yashash tarzini, jamiyatda qaror topgan ma\u2019naviy me\u2019yorlarni izdan chiqarishi ta\u2019kidlandi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida 14 yanvar \u2013 \u201cVatan himoyachilari kuni\u201d bayrami munosabati bilan \u201cMardlar qo\u2018riqlaydi vatanni\u201d shiori ostida ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talaba- yoshlar va faxriy mehmonlardan IIV Surxondaryo viloyati maxsus otryad boshlig\u2018i, zaxiradagi mayyor B.Shodiyev hamda urush veteranlari jamiyati rahbari podpolkovnik B.Safarovlar ishtirok etishdi. Mehmonlar tomonidan Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat g\u2018oyalari aks etgan ma\u2018ruzalar eshitildi. 28 yanvar kuni Toshkent shahrining muhtasham yoshlar markazi tadbirlar zalida Toshkent shahar Ilg\u2018or tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy forumda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi katta o\u2018qituvchisi S.To\u2018raeva hamda markazning 16 nafar iqtidorli talabalar \u201cIlm-fan iftixori\u201d ko\u2018krak nishoni va esdalik sovg\u2018alar bilan taqdirlandi. 59","Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida Islom Karimov xotirasiga bag\u2018ishlangan tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 25- yanvardagi qaroriga asosan Mustaqil O\u2018zbekistonning asoschisi, buyuk davlat arbobi, O\u2018zbekiston Qahramoni O\u2018zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan markazda \u201cIslom Karimov - mustaqil O\u2018zbekistonning asoschisi\u201d mavzusida ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. Navoiyga ehtirom Buyuk mutafakkir, so\u2018z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali yonida o\u2018tkazilgan tadbirda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etdi. \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishi 4-bosqich talabasi Bek Muhammad Muhammadi Hazrat Navoiyning hayoti, boy madaniy merosi xususida o\u2018z fikrlarini bildirib Afg\u2018onistonlik yoshlar nomidan tadbir ishtirokchilarini muborakbod etdi. 60","Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2018lim markazi professor-o\u2018qituvchilari, afg\u2018onistonlik talaba-yoshlar, Respublika Ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat markazi Termiz tuman bo\u2018limi boshlig\u2018i Y.Mustanov, TerDu filologiya fanlari nomzodi M.Xamrayeva hamda Termiz shahar 13-umumiy o\u2018rta ta\u2018lim maktabi o\u2018qituvchi va o\u2018quvchilari ishtirok etgan tadbirda Alisher Navoiyning hayoti, ijodi, serqirra faoliyati haqida atroflicha so\u2018z yuritildi. Daho shoir yaratgan o\u2018lmas asarlar dunyo xalqlarining noyob ma\u2019naviy boyligiga aylangani alohida ta\u2019kidlandi. Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida ham g\u2018azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan \u201cNavoiy yodi ila yashaymiz mudom\u201d mavzusida ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbir o\u2018tkazildi. Ushbu tadbirda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi rahbariyati hamda \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishi talabalari shoirning ruboiy va g\u2018azallaridan o\u2018qib, parchalar namoyish etib tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi. 61","Har yilning fevral oyi mamlakatimizda Navoiyni o\u2018rganish oyligi sifatida o\u2018tadi, desak aslo mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Negaki, ayni shu oyda ta\u2019lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda Navoiyxonlik tadbirlari, adabiy va badiiy kechalar o\u2018tkaziladi. Shunday tadbirlardan yana biri Termiz davlat pedagogika institutida ham bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda institutning Tabiiy fanlar fakulteti talabalari hamda mehmon sifatida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi talabalari ishtirok etishdi. Termiz Arxeologiya muzeyida ham g\u2018azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan \u201cNavoiy yodi ila yashaymiz mudom\u201d shiori ostida ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbir o\u2018tkazildi. Ushbu tadbirda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazining o\u2018zbek tili va adabiyoti yo\u2018nalishi talabalari ham shoirning ruboiy va g\u2018azallaridan namunalar o\u2018qib, tadbir ishtirokchilarini xushnud etishdi. 62","Buyuk sarkarda shoh va shoir, Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy kecha o\u02bctkazildi Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida bo\u2018lib o\u2018tgan tadbirda markaz ma\u02bcmuriyati, professor-o\u2018qituvchilar, tuman madaniyat bo\u2018limi xodimlari va talaba- yoshlar ishtirok etdi. O\u2018tkazilgan kecha davomida shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma\u02bcnaviy merosi, davlat jamoatchiligining yirik namoyondasi sifatida o\u2018rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she\u02bcriyatida o\u2018ziga xos o\u2018rin egallagan adib, shoir, olim bo\u2018lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo\u2018lsa, serjilo o\u2018zbek tilida yozilgan \u201cBoburnoma\u201d asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olganligi e\u02bctirof etildi. Bahor kuychisiga ehtirom Xalqimiz bahor faslini shoira Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni bilan boshlashni ezgu an\u02bcanaga aylantirgan. Zulfiya Isroilovaning tavalludi yurtimiz bo\u2018ylab katta adabiyot bayrami sifatida keng nishonlanishi barchamizga ma\u2019lum. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u02bclim markazi hamda Termiz tumani 17-sonli maktab ma\u02bcmuriyati, iqtidorli o\u2018quvchilari 63","va yosh ijodkorlar bilan hamkorlikda buyuk o\u2018zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligiga bag\u2018ishlangan \u201cZulfiya-o\u2018zbek ayolining yorqin timsoli\u201d nomli adabiy-badiiy kecha bo\u2018lib o\u2018tdi. Seminar ishtirokchilari rag\u2018batlantirildi 2022-yilning 28-noyabr 3-dekabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz tumani \u201cAfgoniston fuqarolarini o\u2019qitish ta\u2019lim markazi\u201dda Xalqaro migratsiya tashkilotining \u201cTermizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish\u201d dasturi doirasida 16 nafar xotin-qizlar (shundan 7 nafari afg\u2019on, 9 nafar o\u2019zbek) uchun tadbirkorlik yo\u2018nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etilgan edi. Ushbu seminar-treningda ishlab chiqilgan va Gender Komissiya tomonidan maqullangan biznes-rejalarni beg\u2018araz moliyalashtirish va seminar-trening ishtirokchilarini taqdirlash maqsadida joriy yilning 1-mart kuni \u201cAfg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi\u201dda tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalqaro migratsiya tashkilotining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery Macc Bro hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Senatori Gulnora Mahmudovna ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning har biriga Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan qiymati 22 700 000 so\u2018mlik VAUCHER lar hamda planshetlar topshirildi. 64","Ayol-oila va jamiyat ustuni 8 mart \u2013 \u201cXalqaro xotin-qizlar kuni\u201d bayrami Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2018lim markazida keng miqyosda nishonlandi. Barcha yo\u2018nalishlarda \u201cOnalarga ta\u2019zim\u201d, \u201cSen baribir muqaddassan, muqaddas ayol\u201d, \u201cAyol borki, olam munavvar\u201d nomli bayram tadbirlari o\u2018tkazildi. \u201cYashil makon\u201d\u20132023 obodonchilik va Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida ko\u2018kalamzorlashtirish ishlari qizg\u2018in davom etmoqda. 65","Har kunimiz Navro\u2018z bo\u2018lsin! Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2019qitish ta\u2019lim markazida \u201cNavro\u2018z\u201d umumxalq bayrami munosabati bilan sumalak sayli va guruhlar o\u2018rtasida sportning futzal turi bo\u2018yicha \u201cDirektor kubogi\u201d musobaqasi o\u2018tkazildi. Surxondaryoda tabiat uyg\u2018onish fasli, hayot bayrami, milliy odat va qadriyatlarimizning eng oliy timsoli bo\u2018lgan \u201cNavro\u2018z\u201d umumxalq bayrami tantanalari Termiz shahridagi \u201cSan\u2019at saroyi\u201dda bo\u2018lib o\u2018tdi. Navro\u2018z saylida markaz talabalari ham faol ishtirok etdi. Markaz talabalari tomonidan \u201cNavro\u2018z\u201d umumxalq bayrami munosabati bilan ko\u2018klamda \u201cOsh sayli\u201d o\u2018tkazildi. 66","Viloyat hokimi stipendiyasi nomzodlari tanlov komissiyasi tomonidan o\u02bbrganilib chiqildi va Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida tahsil olgan \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishi talabalardan Shekiba Samadi, Abdul Hakim Mohammadi, Mohammad Nasir Husaini, Abdul Mosawir Qadiri hamda Abdul Wahab Qanihlar munosib deb topildi. Kitobsevar millat Afg\u2018oniston fuqarolarni o\u2018qitish ta\u2019lim markazida \u201cKitobsevar millat\u201d umummilliy g\u2018oyasi ostida o\u2018tkazilinayotgan Respublika III \u201cKitobxonlik haftaligi\u201d doirasida Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markazi rahbariyati ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida markaz talabalari uchun kitoblar ko\u2018rgazmasi tashkil etildi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini talabalar o\u2018rtasidagi targ\u2018iboti bo\u2018lib o\u2018tdi. Talabalar tomonidan kitob mutolaa qilindi. Tadbir so\u2018ngida faol ishtirok etgan talabalarga mehmonlar tomonidan tashakkurnomalar topshirildi. Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta'lim markazida \u201cXalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari\u201d shiori ostida ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talaba-yoshlar, aholining turli qatlam vakillari hamda Respublika Ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat markazi \u201cMa\u2019rifat\u201d targ\u2018ibotchilari jamiyati a\u2019zosi, O\u2018zbekiston yozuvchilar uyushmasi a\u2019zosi, shoir Axtamquli, \u201cMa\u2019rifat\u201d targ\u2018ibotchilari jamiyati a\u2019zosi, O\u2018zbekiston filarmoniya xonandasi Saidakbar Xolmatovlar ishtirok etdi. Tadbirda so\u2018z olgan markaz direktori O.Ruziyev hamda \u201cMa\u2019rifat\u201d targ\u2018ibotchilar jamiyati a\u2019zolari tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, eng 67","avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etishdi hamda yangi qomusimiz, yorqin kelajagimiz ekanligi haqida batafsil ma\u2019lumot berildi. 18-aprel \u201cXalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni\u201d munosabati bilan Termiz davlat muzey-qo\u2018riqxonasida \u201cMadaniy merosni o\u2018rganish va targ\u2018ib qilishda muzeylarning o\u2018rni\u201d nomli ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyada ishtirok etgan talabalarimiz Shekiba Samadi va Sanaulloh Ahmadiylar \u201cAfg\u2018onistonning taririxiy yodgorliklari\u201d mavzusida taqdimot o\u2018tikazishdi. Termiz shahrida referendum targ\u2018ibotiga bag\u2018ishlangan ommaviy targ\u2018ibot tadbiri bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan oliy ta\u2019lim muassasalari qatorida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi talabalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 68","Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazining \u201cUzaf\u201d futbol jamoasi hamda Jarqo\u2018rg\u2018on tumani futbol terma jamoalari o\u2018rtasida o\u2018rtoqlik uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu o\u2018yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo\u2018ldi. Yakunda do\u2018stlik g\u2018alaba qozonib 3:3 hisobi qayd etildi. Markazda \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishida tahsil olgan talabalar Termiz shahridagi 26-maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida markaz xodimlari va talaba qizlari qadimiy Xorazm viloyatining tarixiy qadamjolarida sayohatda bo\u2018ldilar. 69","Markaz jamoasi sayohat davomida azim Buxoroning Bahouddin Naqshband tarixiy me\u2019moriy majmuasini ziyorat qilib, bu tabarruk ziyoratgohning tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Afg\u2018onistonlik talaba-yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida \u201cMuzeylarga tashrif\u201d aksiyasi doirasida markazning \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishi talabalari, professor-o\u2018qituvchilari Surxondaryo viloyati Termiz davlat muzey-qo\u2018riqxonasiga tashriflari tashkil etildi. Talabalar Surxondaryo viloyatining o\u2018tmishi, tarixi, tashkil topilishiga oid hujjatlar, viloyat hududidagi arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan tarixiy eksponatlar, hayvonot olami bilan yaqindan tanishdilar. 70","Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2018lim markazida tahsil olayotgan talabalar Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalarimiz universitet faoliyati, fakultetlar, kampuslar hamda kutubxona va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markazda tahsil olgan talabalar Viloyat Endokrinologiya Dispanseri shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tkazildi. Markazning \u201cUzAf\u201d futbol jamoasi hamda Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti futbol terma jamoalari o\u2018rtasida o\u2018rtoqlik uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu o\u2018yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo\u2018ldi. Yakunda 6:1 hisobida \u201cUzAf\u201d jamoasi g\u2018alaba qozondi. 71","Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazining \u201cUzaf\u201d futbol jamoasi hamda Qiziriq tumani futbol terma jamoalari o\u2018rtasida o\u2018rtoqlik uchrashuvi bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu o\u2018yin shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo\u2018ldi. Yakunda 5:4 hisobida Afg\u2018onistonlik yoshlar g\u2018alaba qozondi. Markaz talabalari uchun dunyo e\u2019tiboridagi \u201cSangardak\u201d sharsharasiga sayohat uyushtirildi.Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishi 4-bosqich 401-guruh talabalari uchun Sariosiyo tumanidagi \u201cSangardak\u201d sharsharasiga sayohat tashkil etildi. Surxondaryo viloyati hokimligi hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahridagi \u201cAlpomish\u201d o\u2018yingohida nuroniylar, turli soha xodimlari va yoshlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg\u2018ulotlari o\u2018tkazildi. 72","Sog\u2018lom turmush targ\u2018iboti hamda aholining jismoniy faolligi darajasini oshirishga qaratilgan ushbu badantarbiya mashg\u2018ulotlarida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi jamoasi ham faollik bilan ishtirok etib keldi. Markazda 30 iyun - \u201cYoshlar kuni\u201d munosabati bilan \u201cYangi O\u2018zbekiston yoshlari birlashaylik\u201d shiori ostida tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. Respublika Ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda \u201cMa\u2019rifat\u201d targ\u2018ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda so\u2018z olganlar Uchinchi Renessans poydevorni barpo etishda yoshlarning roli, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar xususida so\u2018z yuritishdi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2018lim markazi talabalari Hindistonlik yoga o\u2018qituvchisi Sudha Ragavendran bilan birgalikda yoga mashqlarini bajarishdi. 2015- yildan buyon Xalqaro yoga kuni har yili 21-iyunda nishonlanadi. Yoga Hindistonda paydo bo\u2018lgan qadimiy jismoniy, aqliy va ruhiy amaliyotdir. Xalqaro yoga kuni butun dunyo bo\u2018ylab yoganing ko\u2018plab afzalliklari haqida xabardorlikni oshirishga yo\u2018naltirilgan. 73","Termiz shahri San\u2019at saroyida \u201cBilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!\u201d shiori ostida bo\u2018lib o\u2018tgan yoshlar gala konsertida markaz talabalari ham faol ishtirok etdilar. 2022-2023 o\u2018quv yilida markazda 4-bosqichda 111 nafar talabalar tahsil olib, shundan, \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishi bo\u2018yicha 103 nafar, \u201cYer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi\u201d yo\u2018nalishi bo\u2018yicha 8 nafar talabalar bakalavr yo\u2018nalishi bo\u2018yicha o\u2018qishni tugatib joriy yilning 06-iyul kuni \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishi bo\u2018yicha tahsil olgan 103 nafar talabalarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o\u2018zbek tili va adabiyoti universitetining, \u201cYer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi\u201d yo\u2018nalishi bo\u2018yicha tahsil olgan 8 nafar talabalarga Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplom va ilovalari topshirildi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi talabalari o\u2018qishni tamomlab, kelgusida o\u2018z vatanlarining istiqboli yo\u2018lida xizmat qilish uchun doimiy yashash joylari Afg\u2018onistonga kuzatildi. Markaz jamoasi barcha talabalarimizning kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qoladi. 74","Markaz Kasaba uyushmasi boshlang\u2018ich tashkiloti faoliyati Markaz Kasaba uyushmasi boshlang\u2018ich tashkiloti O\u2018zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining nizomiga asosan (2014 yil 2 mart) 2018 yil 18 martda tashkil qilindi. Markaz Kasaba uyushmasi boshlang\u2018ich tashkilotining asosiy maqsadi, bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatga haq to\u2018lash, adolatli mehnat sharoiti yaratilishi, mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy kafolatlarga rioya qilish masalalarida xodimlarning yakka yoki jamoaviy ijtimoiy-mehnat huquqlarini ifoda etish va himoya qilishdan iborat. Markaz Kasaba uyushmasi boshlang\u2018ich tashkiloti tomonidan 2023-yil 4-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan daromad va xarajatlar smetasiga asosan, jami 2023-yil 12 oyga daromadlar 38 397,7 ming so\u2018m rejalashtirilgan bo\u2018lib, shundan xarajatlar kasaba Dm va JXXKU viloyat kengashiga (60%) 23 038,6 ming so\u2018m. Boshlang\u2018ich kasaba uyushma qo\u2018mitasiga (40%) 15 359.1 ming so\u2018m. Kasaba uyushma a\u2019zolik badali hisobidan dam olish uylari va sanatoriylarga imtiyozli yo\u2018llanma olish uchun 10% 3 839.8 ming so\u2018m, Dm va JXXKU Termiz shahar kengashini saqlab turish uchun 10% 3 839.8 ming so\u2018m, madaniy ommaviy tadbirlar uchun (20 %) (yangi yil sovg\u2018asi uchun 10%) 3 071.8 ming so\u2018m, sport tadbirlari uchun 10% 1 535.9 ming so\u2018m, moddiy yordam uchun 20 % 3 071.8 ming so\u2018m, kasaba uyushma faollarini rag\u2018batlantirish uchun 5 % 768.0 ming so\u2018m, Boshqa xarajatlar (xizmat saf, bank xizmati, bolalar oromgohi, obuna) uchun 6 911.6 ming so\u2018m rejalashtirilgan. 2023-yil boshida Markaz Kasaba uyushmasi boshlang\u2018ich tashkilotining bankdagi hisob raqamida qoldiq mablag\u2018 bo\u2018lmagan. Kasaba uyushma uchun 2023-yil 5 oyida yig\u2018ilgan 1 foiz a\u2019zolik badallari va ajratmalari jami 9 527.0 ming so\u2018m. Markaz ma\u2019muriyati ish beruvchining majburiyatidan kelib chiqib, markaz Nizomida ko\u2018zda tutilgan faoliyati bir me\u2019yorda tashkil etilishi ya\u2019ni Qonun hujjatlari va boshqa me\u2019yoriy hujjatlarda, mehnat shartnomasida ko\u2018zda tutilgan mehnat shart- sharoitlarini yaratish va xodimlar mehnatini tashkil etib, ishchi va xodimlardan mehnat intizomini talab qilgan holda har kunlik ishning boshlanishi va tamom bo\u2018lish vaqti markazning \u201cIchki mehnat tartibi qoidalari\u201d bilan belgilab qo\u2018yilgan va shunga asosan olib borilmoqda. Markaz ma\u2019muriyati Markaz Kasaba uyushmasi boshlang\u2018ich tashkiloti bilan birgalikda yil boshida tasdiqlanadigan grafikka asosan xodimlar mehnat ta\u2019tiliga chiqarilmoqda. Moliya-iqtisod ishlari bo\u2018yicha amalga oshirilgan ishlar 2022-2023-o\u2018quv yili davomida markazda moliyaviy mablag\u2018lardan oqilona va samarali foydalanish, turli yo\u2018nalishdagi to\u2018lovlar bo\u2018yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida belgilangan tartibda ishlar amalga oshirib kelindi. 75","Xususan, ish haqi va boshqa to\u2018lovlarning o\u2018z vaqtida amalga oshirilishi ta\u2019minlandi. 2023-yilning 6 oyi uchun ish haqi to\u2018lovlari to\u2018liq iyul oyi uchun avans to\u2018lovlari amalga oshirilishi ta\u2019minlandi. O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi huzurida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi faoliyatini tashkil etish to\u2018g\u2018risida\u201dgi 911-sonli qarorining 10-bandiga muvofiq Afg\u2018oniston davlatining fuqarolari o\u2018qish uchun to\u2018lovni O\u2018zbekiston Respublikasi ta\u2019lim muassasalarida o\u2018qiyotgan chet el fuqarolari uchun nazarda tutilgan ta\u2019lim qiymatining 50 foizi miqdorida yuborayotgan tomon mablag\u2018lari hisobidan, to\u2018lovning qolgan qismi \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d AJ mablag\u2018lari hisobidan qoplanishi belgilab berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib hozirgi kun holatiga markaz talabalarining kontrakt to\u2018lovlari bo\u2018yicha Afg\u2018oniston hukumati tomonidan 175 050 AQSh dollari, \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d AJ tomonidan 752 000 AQSh dollari jami 927 050 AQSh dollari miqdoridagi qarzdorlik yuzaga kelgan. Markazning kelgusidagi faoliyatini samarali tashkil etilishida uning moliyaviy holati muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, bu borada amaliy yordam berilishi bo\u2018yicha tegishli tartibda \u201cO\u2018zbekiston temir yo\u2018llari\u201d AJ va Oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vazirliklariga amaliy yordam so\u2018rab murojaat xatlari qilindi. Markazning samarali faoliyatini ta\u2019minlash maqsadida uning faoliyati bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan masalalar bo\u2018yicha tegishli korxona tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnomalarning tuzilishini va ularning ijrosi ustidan nazorat o\u2018rnatilishi ta\u2019minlab kelinmoqda. Xususan, elektr va gaz ta\u2019minoti korxonalari, aloqa korxonasi, markazdan chiqadigan chiqindilarni chiqarish bo\u2018yicha kommunal korxonasi, markazda turli kemiruvchi va zararli hashorotlar zararining oldini olish bo\u2018yicha tegishli korxonalar, markaz hududida xavfsizlikni ta\u2019minlash bo\u2018yicha qo\u2018riqlash xizmati kabi korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilib ijrosi ta\u2019minlab kelinmoqda. Markaz binolarining tozaligini ta\u2019minlash va markaz joylashgan hududni obodonchiligini ta\u2019minlash bo\u2018yicha doimiy ishlar amalga oshirib borilmoqda. 76","Xususan, o\u2018tgan davr mobaynida markaz hovlisidagi barcha daraxtlar oqlanib, taglari yumshatildi. Bino atrofi va yo\u2018laklar bo\u2018ylab har mavsumga mos gullar ekib chiqildi. Bundan tashqari markaz hududida mevali va manzarali daraxtlar qalamchalari ekildi. Markaz hovlisida bo\u2018sh turgan hududlariga ularning joylashuvidan kelib chiqib manzara beradigan o\u2018tlar, oziq ovqat ekinlari (kartoshka, karam, sarimsoq, rayhon va turli ko\u2018katlar) va boshqa ekinlar ekilishi ta\u2019minlanib, ularning ayrimlarining hosili yig\u2018ib olingan bo\u2018lsa ayrimlarining vegitatsiya davri davom etib, parvarishi amalga oshirib borilmoqda. 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida markazning me\u2019yorda faoliyat yuritishi uchun barcha tegishli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi tomonidan Vazirlarr Mahkamasi, Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining 2022-2023-yillar kuz-qish davrida ijtimoiy soha ob\u2019ektlarining barqaror ishlashga o\u2018z vaqtida tayyorlash va ta\u2019minlash borasidagi topshiriqlari ijrosini ta\u2019minlash bo\u2018yicha tegishli chora-tadbirlari belgilab olindi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazining barcha bino inshootlari 2017, 2018, 2019- yillar davomida ayrimlari yangidan qurilib, ayrimlari kapital rekonstruksiya qilingan. Ushbu binolarning barcha derazalari AKVA romlariga almashtirilgan, MDF rusumdagi yangi eshiklar o\u2018rnatilgan. Markaz o\u2018quv binosi uch qavatdan iborat bo\u2018lib, talabalar o\u2018qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan va zamonaviy jixozlar bilan jixozlangan. Markazni to\u2018liq nazorat qilish bo\u2018yicha barcha (o\u2018quv binosi, talabalar turar joyi) hudud kameralashtirilgan va shahar qo\u2018riqlash bo\u2018limi xizmatiga topshirilgan. Barcha o\u2018quv bino, talabalar turar joylarining ichki tashqi qismlari fasad kraskalar bilan ta\u2019mirdan chiqarilgan bo\u2018lib, tom qismlari cherepitsa bilan yopilgan va yer to\u2018lalar toza, qulflangan hamda muhrlangan. Markazni maishiy chiqindilardan tozalash bo\u2018yicha \u201cBio ekotexno\u201d korxonasi bilan shartnomalar tuzilgan va chiqindilarni olib chiqish grafik asosida amalga oshirilmoqda. Barcha binolarni dizenfeksiya qilish bo\u2018yicha yillik shartnomalar tuzilgan va shu asosda dizenfeksiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Binolarning atroflari maxsus yoritish chiroqlari bilan yoritilgan. Barcha binolar yong\u2018indan xabar beruvchi moslamalar bilan jihozlangan. Markaz hududi temir panjara va devorlar bilan o\u2018ralgan hamda bo\u2018yalgan. Markazning evakuatsion sxemasi ishlab 77","chiqilgan, mutaxassislar tomonidan tasdiqlanib, koridorlarga osilgan. Yo\u2018laklarga bardyurlar va bryuschatka (beton plitkalar) terilib, asfalt qoplamasi bilan yopilgan. Shu o\u2018rinda 2022-2023-o\u2018quv yili uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo\u2018yicha zarur ehtiyot qismlarni olish uchun kerakli mablag\u2018 ajratildi. Qozonxonani isitish bo\u2018yicha 6 ta shtat birligi ajratilib mutaxassislar zarur anjomlar va maxsus kiyimlar bilan ta\u2019minlanib, instruktajlar o\u2018tkazildi, kerakli (stol-stul, telefon, fonarik, navbatchilik jurnali, santexnik uskunalar) bilan ta\u2019minlandi. Jumladan isitish mavsumida ishlovchi o\u2018t yoquvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta\u2019minlash maqsadida o\u2018t yoquvchilarga mo\u2018ljallangan xona tegishli jihozlar bilan jihozlanib, o\u2018t yoquvchilarning kerakli ish buyumlari va jihozlari bilan ta\u2019minlandi. 2022-2023-o\u2018quv yili kuz-qish mavsumi davomida isitish qozonxonalarining va isitish tizimining me\u2019yorida ishlashi uchun barcha choralar ko\u2018rildi. Kuz-qish mavsumini me\u2019yorida o\u2018tkazish uchun markazning ichki gaz ta\u2019minoti tarmog\u2018i mavjud bo\u2018lib, barcha binolar, jumladan, o\u2018quv binosi va talabalar yotoqxonalarining ichki zamonaviy issiqlik tizimlari o\u2018rnatilgan. Markaz binolari gazga moslashtirilgan MTB-600 va MTU-1200 modul qozonxonalari orqali isitiladi. Isitish quvurlari va suv quvurlari to\u2018liq nazoratdan o\u2018tkazildi. Markaz asosiy binosi va yotoqxonasi ichki isitish tizimlari yangi zamonaviy isitish tizimlariga almashtirilgan va yangi issiqlik trassasi o\u2018tkazilgan. Qo\u2018shimcha ravishda omborxonada 33 tonna ko\u2018mir zaxirasi mavjud. 78","Qozonxonalar mutaxassislar tomonidan to\u2018liq tekshirilib, mavsumga tayyor holga keltirildi. Markaz o\u2018zining suv qudug\u2018i va 25 tonnalik suv minorasiga ega. Markazning suv ta\u2019minotini yanada yaxshilash maqsadida qo\u2018shimcha suv qudug\u2018i va suv minorasi qurilishi bo\u2018yicha qurilish ishlari tegishli tartibda yakuniga yetkazildi. Barcha o\u2018quv binolari jumladan talabalar turar joyilari sovuq va issiq suv, yoritish asboblari, ventilyatsiya, oqova quvurlari, issiqlik va elektr tarmoqlarining sozlik holati nazoratdan o\u2018tkazildi va aniqlangan kamchiliklarni o\u2018z vaqtida bartaraf etildi. Barcha o\u2018quv binolari va TTJ binolari deraza oynalari to\u2018liq tekshirib ko\u2018rildi. Barcha bino va inshootlarning yong\u2018in xavfsizlik qalqonlari va elektro shitlar yangisiga almashtirilgan, ular yong\u2018in xavfsizligi qoida va me\u2019yorlarlariga javob beradi. Hududni obodonlashtirish va ko\u2018kalamzorlashtirish bo\u2018yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo\u2018lib, ushbu reja asosida markaz hududidagi mevali va manzarali daraxtlarga shakl berildi, bardyurlar oqlandi. Hududdagi ekin ekiladigan joylar ag\u2018darilib mavsumiy ko\u2018katlar ekish ishlari yakunlandi. Hududlarga mavsumiy gullar ekilgan va atrofdagi ariqlar tozalanib, hududni ariqdan sug\u2018orish tizimi ta\u2019minlangan. Markaz bino va inshootlarida suv, elektr energiya ta\u2019minoti. Kanalizatsiya tarmoqlari va boshqa injenerlik kommunikatsiya vositalari bo\u2018yicha tarmoqlar me\u2019yorida ishlab turibdi. Hozirda talabalar 300 o\u2018rinli talabalar turar joyining 1-va 2-qavatlariga joylashtirilgan. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi uchun barcha sharoitlar mavjud, jumladan: - har bir xonaga gilam to\u2018shalgan; - yetarlicha divan krovat, yumshoq mebellar to\u2018plami, stol, jurnal stol, stul, tumbochka, kiyim shkaflari, poyafzal qo\u2018ygichlar va boshqa mebel jihozlari, soat va stol lampalari bilan to\u2018liq jihozlangan; 79","- talabalarning ma\u2019naviyat xonalari, darsxonalari, tibbiyot xonasi va nomozxonalari normal salqin haroratini ta\u2019minlaydigan ARTEL konditsionerlari bilan jihozlangan; - talabalarning bo\u2018sh vaqtini mazmunli o\u2018tkazishi uchun televizorlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari: 80","- talabalar yotadigan TTJ ning 1 va 2-qavatida har birida 1 tadan muzlatgich, 2 tadan elektr plitkasi va boshqa jihozlar bilan jihozlangan. 6 ta oshxona, kir yuvish mashinasi, dazmollash doskasi, dazmol va kir quritish uskunasi bilan jihozlangan 6 ta kir yuvish xonasi, har birida konditsioner bilan jihozlangan 2 ta shinam namozxona, 1 va 2- qavatda bo\u2018lgan suv isitish jihozlari (aristonlar) o\u2018rnatilib, issiq va sovuq suv bilan ta\u2019minlangan hojatxona, tahoratxona va yuvinish xonalari talabalar uchun xizmat ko\u2018rsatayapdi (ularda suvning bosimini me\u2019yorida ta\u2019minlash uchun 3 ta ShMJ suv nasoslari o\u2018rnatilgan). Bundan tashqari markazda 2022-yilning iyun oyidan Birlashgan Millatlar Taraqqiyot Dasturi tomonidan Yevropa Ittifoqi mablag\u2018i hisobiga \u201cAfgoniston fuqarolarini o\u2018qitish va kasbiy tayyorlash bo\u2018yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish\u201d loyihasi amalga oshirilishi boshlanib joriy o\u2018quv yilida o\u2018z yakuniga yetdi. 81","Loyihaning asosiy maqsadi - kasb-hunar ta\u2019limi va o\u2018qitish dasturlari va qisqa muddatli kurslarni taqdim etishni kengaytirish, shuningdek Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish bo\u2018yicha o\u2018quv markazining salohiyatini yanada mustahkamlash orqali yoshlar, jumladan ayollarga alohida e\u2019tibor qaratgan holda Afg\u2018oniston fuqarolari uchun yangi ta\u2019lim imkoniyatlarini yaratish va kengaytirishdan iborat edi. Loyihaning umumiy qiymati (loyihaning ma\u2019muriy tarkibini saqlash va loyiha bo\u2018yicha boshqaruv xarajatlarini qo\u2018shgan) holda 1 mln yevro ( 1 141 552 AQSh dollari) dan iborat bo\u2018lib, shundan 769 500 AQSh dollari ta\u2019lim markazi orqali moliyalashtirilishi rejalashtirilgan bo\u2018lib, shundan 476 000 AQSh dollari markazimizda tahsil olgan 136 nafar talabalarning 2021-2022-o\u2018quv yillari ta\u2019lim xarajatlarini qoplash va ularning stipendiya to\u2018lovlariga, 225 000 AQSh dollari 1 yillik kurs tinglovchilarining ta\u2019lim xarajatlari va stipendiyalari uchun 68 500 AQSh dollari 3 oylik kurs tinglovchilarining ta\u2019lim xarajatlari va stipendiya to\u2018lovlari uchun moliyalashtirildi. Bundan tashqari loyiha doirasida markazning moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan 1 252 636 857 so\u2018mlik uskuna va jihozlar berilgan. Jumladan, loyiha doirasida ta\u2019lim markaziga 29 o\u2018rindiqli avtobus 82","Barcha mebil va turli multimedia jihozlari bilan jihozlangan konferens xonasi Kovorking markazi Bundan tashqari ta\u2019lim jarayonini samarali tashkil etish uchun raqamli platforma yaratish maqsadida server, kompyuterlar va boshqa jihozlar olib kelindi. Hozirda yuqorida qayd etilgan loyiha bo\u2018yicha ta\u2019lim olayotgan talabalar uchun o\u2018qish, yashash va ovqatlanish kabi barcha sharoitlar yaratib berilib o\u2018quv jarayonlar yakuniga yetkazildi. \u201cYashil makon\u201d umummilliy dasturi doirasida markaz tomonidan 200 tup ko\u2018chat ekish rejasi qo\u2018yilgan bo\u2018lib, ta\u2019lim markazi tomonidan 350 tup ko\u2018chat ekilishi 83","ta\u2019minlandi. Bundan tashqari 2000 ta terak qalamchasi, 500 ta atirgul qalamchasi, 450 ta shamshod (devor gul) qalamchalari ekildi. Bundan tashqari markaz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi \u201cYashil makon\u201d tashabbusini amalga oshirishni qo\u2018llab- quvvatlash bo\u2018yicha bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar loyihasi\u201d doirasida ta\u2019lim markazi orqali 2 566 136 250 so\u2018m mablag\u2018 moliyalashtirilib hududlarda \u201cYashil makon\u201d, \u201cYashil belbog\u2018\u201dlarni tashkil etish uchun ko\u2018chat ekish ishlari amalga oshirildi. Termiz shahri \u201cPattakesar\u201d mahallasi 84","Termiz tumani \u201cYangi hayot\u201d mahallasi Sherobod tumani \u201cMajnuntol\u201d mahallasi Jarqo\u2018rg\u2018on tumani \u201cQorayantoq\u201d mahallasi 85","va Termiz shahri \u201cPattakesar\u201d mahallasi hududlaridan \u201cYashil makon\u201d, \u201cYashil belbog\u2018\u201dlarni tashkil etish uchun ko\u2018chat ekish ishlari amalga oshirildi. O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy ta\u2019lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida joriy yilning 22-iyul kuni Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga tashrif buyurdi va markaz bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida I.Abdurahmonov mutasaddilarga yangi o\u02bbquv yili boshlanishiga puxta tayyorgarlik ko\u02bbrish, hududni yashil makonga aylantirish uchun obodonlashtirish ishlariga alohida e\u02bctibor qaratish, elektr energiyani tejash maqsadida quyosh panellari bilan jihozlash bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalar berdi. Shu o\u2018rinda markazni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta\u2019minlash maqsadida 100 kVt quyosh panellarini xarid qilish va o\u2018rnatish uchun 1 000 000 000,0 (bir milliard) so\u2018m miqdorida mablag\u2018 ajratildi. Xalqaro aloqalar bo\u2018limi faoliyati Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlarning samarasi tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi hamda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta\u2019minlash bilan bevosita bog\u2018liqdir. Shuning uchun ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan insonlar, birinchi navbatda, rahbar xodimlar, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilishi, ularning ijrosini to\u2018g\u2018ri tashkil etishi, bu qoidalarga butun jamiyat a\u2019zolarini qat\u2019iy amal qilishi shart bo\u2018lgan muhitni yaratish g\u2018oyat muhim va dolzarb vazifaga aylanmoqda. Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta\u2019minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy ehtiyojga aylandi. Bu borada Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning hatti-harakatlari qonunlarga to\u2018liq muvofiq bo\u2018lishini ta\u2019minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko\u2018tarish, huquqiy 86","axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazish, har bir fuqaro va mansabdor shaxslarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat hissini shakllantirishdan iboratdir. Mamlakatimizda yosh avlodni tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, yurtimizning kelajakda jahon hamjamiyatida munosib o\u2018rin egallashi, o\u2018sib kelayotgan farzandlar salohiyatiga, ularning ma\u2019naviy va jismoniy kamolotiga bog\u2018liq. Bu borada davlat va jamiyat yoshlarning yuksak ma\u2019naviyatli, bilimli va jismoniy sog\u2018lom bo\u2018lib shakllanishlari uchun keng chora-tadbirlar majmuini amalga oshirib kelmoqda. Yoshlar tarbiyasi tizimida, ayniqsa, ularning ma\u2019naviy, huquqiy va g\u2018oyaviy tarbiyasi o\u2018ziga xos o\u2018rin egallaydi. O\u2018zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo\u2018ydi. Ayniqsa, qo\u2018shni mamlakatlar bilan ijtimoiy sheriklik rishtalari mustahkamlanmoqda. Insonlarning ijtimoiy ahvoli yaxshilanib, jamiyat taraqqiyoti va iqtisodiy rivojlanish sur\u2019ati misli ko\u2018rilmagan darajaga yetdi. Bunday har bir sohadagi tub yangilanishlar yurtimizda amalga oshirilayotgan muhim islohotlar natijasidir. Bu borada, Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan hamda hayotga izchillik bilan tatbiq qilinayotgan O\u2018zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo\u2018yicha Harakatlar strategiyasi eng muhim dastur bo\u2018lib xizmat qilmoqda. Markazda 2022-2023 o\u2018quv yilida jahonning yetakchi mamlakatlar va Afg\u2018onistondan bir guruh mas\u2019ul rahbarlar hamda ommaviy axborot vositalari tashrif buyurdilar. 2022-yil 30-sentabr kuni Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga Germaniyaning \u201cGIZ\u201d tashkilotidan Dr.Helen Prytherch, Farida Nurmabetova hamda Viloyat sog\u2018liqni saqlash boshqarmasi vakillari tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Surxondaryo viloyatida simulyatsion markaz qurilishi bo\u02bbyicha muzokaralarning 2-bosqichi olib borishdir. Mehmonlar dastlab markaz faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, tashrif davomida markaz bazasida \u201cGIZ\u201d tashkiloti homiyligida qisqa muddatli o\u2018quv kurslarini tashkil etish va markaz moddiy texnik bazasini yaxshilash borasida muzokaralar olib borildi. BMTTD, UNECE, Birlashgan Millatlar Tashkilotining QBOK boshqarmasi (UNHCR) O'zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi huzuridagi Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi hamkorligida \u201cO'zbekiston 87","Respublikasi \u201cYashil Makon\u201d tashabbusini amalga oshirishni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar\u201d loyihasi doirasida 500 ming AQSh $ lik ishlar amalga oshirildi. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatining 4 ta tumanida jumladan Termiz shahrida 680 dona Termiz tumanida 1 670 dona Sherabod tumanida 3 250 dona va Jarqo\u2019rg\u2019on tumanida 2 512 donadan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Shuningdek Jarqo\u2018rg\u2018on tumani \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d massivi hududida loyiha doirasida 287 000 saksaul ko\u2018chati ekildi va 500 kilogramm saksaul urug\u2018i sepildi. \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi \u201cYashil Makon\u201d tashabbusini amalga oshirishni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar\u201d loyihasi doirasida ekish jaronida 750 nafar fuqaro jalb qilindi. Shundan 415 nafar Afg\u2018oniston fuqarolari, 335 nafar mahalliy aholi vakillari qatnashdi. Markazga \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida barcha agregatlari bilan birga zamonaviy mini traktor texnikasi yetkazib berildi. Shuningdek Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazida loyihasi faoliyatini samarali olib borish uchun lohiya mablag\u2018lari hisobidan ofis mebellari bilan jihozlangan xona ochildi. 2022-yil 23-noyabr kuni Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga, BMT Qochqinlar bo\u2018yicha Oliy komissarligining Toshkentdagi bosh maslahatchisi F.Remus, ushbu boshqarmaning Termizdagi vakili Anatoliy Shcherbyna \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi \u201cYashil Makon\u201d tashabbusini amalga oshirishni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha Bosh rejalashtirish va innovatsion moliyaviy yechimlar\u201d loyihasi Surxondaryo viloyatidagi koordinatorlari B.Ruziyev, Zulfiqor Jumayev va loyihada ishtirok etuvchi 88","Surxondaryoda yashovchi Afg\u2018on fuqarolari tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o\u2018tkazdilar. Yig\u2018ilishni markaz direktori O.Ruziyev kirish so\u2018zi bilan ochib, markazga tashrif buyurgan mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, O\u2018zbekiston hukumati, BMTTD, UNICEF va Birlashgan Millatlar Tashkilotining QBOK boshqarmasi (UNHCR) hamkorlikdagi loyihasi to\u2018g\u2018risida va kutilayotgan natijalar haqida quydagilarni: - Surxondaryo viloyatining qum va chang bo\u2018ronlariga chidamliligini oshirish; - Quyi va O\u2018rta Surxon zonalarida 4 ta tumanlar hududida eroziyaga qarshi plantatsiyalar va o\u2018rmon hosil qiluvchi turlardan foydalangan holda jami 100 gektar maydonda 250 ming tup daraxt ekiladi; - 1000 dan ortiq benefitsiarlar daraxtlar ekish, sug\u2018orish, parvarishlash bilan shug\u2018ullanadi, jumladan, O\u2018zbekistondagi Afg\u2018oniston fuqarolari, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari; - loyiha doirasida o\u2018quv amallarini belgilash bilan benefitsiarlarda daraxtlar ekish, sug\u2018orish, parvarishlash ko\u2018nikmalarini hosil qilinadi. O\u2018z navbatida delegatsiya rahbari, Afg\u2018oniston fuqarolarini ko\u2018chat ekish ishlariga faol ishtirok etishlarini ta\u2019kidlab, ushba jarayonlar ular tomonidan loyihani amalga oshirishda ulkan hissa qo\u2018shishlari va moliyaviy holatlarini yaxshilashlariga zamin yaratishini aytib o\u2018tdi. Uchrashuv so\u2018ngida, F.Remus yig\u2018ilish qatnishchilari bilan birgalikada, mutaxassislar ko\u2018magida Markaz hududida ko\u2018chat ekish bo\u2018yicha master klassda ishtirok etdi. 89","2022-yil 24-noyabr kuni. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga Surxondaryo viloyati mahalla va nuroniylarni qo\u2018llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari, senator Orziqul Soatov boshchiligida viloyat faollaridan iborat mehmonlar tashrif buyurib, markaz faoliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 2022-yil 30-noyabr kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg\u2018oniston bo\u2018yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, BMTning Afg\u2018oniston bo\u2018yicha maxsus vakili va Afg\u2018onistonga yordam ko\u2018rsatish missiyasi rahbari Roza Otunbayeva hamda BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Munir Mamedzade boshchiligidagi delegatsiya Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Afg\u2018onistonlik tinglovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi hamda Afg\u2018oniston hukumati va vazirlik idoralari bilan hamkorlikda, ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, Afg\u2018onistonlik yoshlarni tibbiyot, transport-logistika va ijtimoiy-gumanitar yo\u2018nalishlarda markazga o\u2018qishga jalb qilish ishlariga ko\u2018maklashishlikda amaliy yordam berishlari ta\u2019kidlab o\u2018tildi. 90","Shuningdek, mehmonlar yaqinda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d fanidan o\u2018tkazilgan Xalqaro fan olimpiadasida markazning \u201cO\u2018zbek tili va adabiyoti\u201d yo\u2018nalishi 4-bosqich talabasi Shekiba Samadi faxrli 1-o\u2018rinni egallaganligi bilan tabriklab, kelgusi o\u2018qishlariga zafarlar tilab o\u2018tdilar. \u201cYashil makon\u201d \u2013 Ona tabiatimizni asrashga o\u2018z hissangizni qo\u2018shing! BMTning taraqqiyot dasturi, UNECE, BMT qochqinlar bo\u2018yicha Oliy komissarligi, Ekologiya davlat qo\u2018mitasi hamda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi bilan hamkorlikda \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Termiz, Jarqo\u2018rg\u2018on, Sherobod tumanlari hududlarida jami 100 gektar maydonda \u201cYashil makon\u201d \u2013 Ona tabiatimizni asrashga o\u2018z hissangizni qo\u2018shing!\u201d shiori ostida 290 ming tup saksovul hamda turli manzarali va mevali daraxt ko\u2018chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi. Tadbirda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi xodimlari hamda Afg\u2018onistonlik ko\u2018ngillilar ishtirok etishdi. 91","Viloyat hokimi Ulug\u2018bek Qosimov anomal sovuq paytida ijtimoiy soha ob\u2019ektlari, xususan ta\u2019lim muassasalarida isitish tizimlarining ishlash holati hamda ushbu ob\u2019ektlarda yaratilgan sharoitlarning tashkil etilganligini o\u2018rganish maqsadida Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda tahsil olayotgan Afg\u2018onistonlik talabalar bilan suhbatlashib, ularga ta\u2019lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Shuningdek, markazda yaratilgan sharoitlar, o\u2018quv xonalarining jihozlanishi, o\u2018quv adabiyotlari bilan ta\u2019minlanganlik holatlarini o\u2018rganib, mas\u2019ullarga Afg\u2018onistonlik o\u2018quvchilarga tahsil olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, o\u2018quv markazi imkoniyatlaridan aholini kasb-hunarga o\u2018qitishda ham samarali foydalanish bo\u2018yicha chora-tadbirlarni belgilab berdi. 2023-yil 26-yanvarda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga, Yevropa Ittifoqining O\u2018zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari, Surxondaryo viloyati xokimining xotin-qizlar masalalari bo\u2018yicha o\u2018rinbosari Z.Xidirova hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Termizdagi konsullik rahbari R.Nazarovlar tashrif buyurdilar hamda Markaz rahbariyati bilan uchrashuv o\u2018tkazdilar. Tashrif davomida, xorijiy mehmonlar markaz bazasida tashkil etilgan \u201cYevropa ittifoqi xonasi\u201d va \u201cKovorking markazi\u201dning rasmiy ochilishi hamda 3 oylik kurslarni tamomlagan 30 nafar (51 nafardan) tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirish marosimida ishtirok etdilar. 92","Tashrif yakunida grant doirasida markaz uchun 29 o\u2018rinli zamonaviy rusmdagi avtobus tantanali ravishda topshirildi. Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo\u2018shma loyihasi asosida o\u2018qigan xorijliklarga haydovchilik guvohnomalarini topshirish marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbirda ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining O\u2018zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari ushbu amaliyot Afg\u2018onistondagi qayta tiklanishlariga ko\u2018rsatilayotgan yordamlardan biri ekanligini, O\u2018zbekistonda yana ko\u2018plab Afg\u2018onistonliklarni turli kasblarga tayyorlashlari davom ettirilishini bildirdilar. Shu o\u2018rinda Sharlotta Adrian O\u2018zbekistonlik mutasaddilarga kelgusida Afg\u2018onistonlik ayollarni hamshiralik ishi bo\u2018yicha o\u2018qitish taklifini bildirdi. 93","2023-yil 02-fevral. Surxondaryo viloyatida Yevropa ittifoqi ko\u2018magida bolalar masalalari komissiyalari faoliyati rivojlantiriladi. Markazda Surxandaryo viloyatida Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan hamkorlik loyihasi doirasida viloyat, shahar va tumanlardagi Bolalar masalalari komissiyalari va Bolalarni himoya qilish sho\u2018balari faoliyatlari salohiyatini o\u2018sishiga hissa qo\u2018shish maqsadida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida seminar-trening bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda YuNICEF vakili Antonia Lyudeke, Bolalar Ombudsmani vakili Diana Isayeva, Bolalar masalalari bo\u2018yicha Milliy Komissiyaning Bolalarni himoya qilish masalalari sho\u2018basi vakillari Gulchexra Nigmadjanova, Xurshid Asrorov, Sattor Raxmatov, shuningdek, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Shaxodat Ibragimova, tuman hokimining o\u2018rinbosari Sanjar Nuriyev hamda tuman Bolalar masalalari komissiyasi a\u2019zolari ishtirok etishdi. Seminar-treningda mutaxassislar tomonidan Bolalar masalalari komissiyalari a\u2019zolarining o\u2018zaro hamkorlikdagi faoliyati, bu borada amalga oshirilishi lozim bo\u2018lgan vazifalar, shuningdek, bolalarni himoya qilish sho\u2018basi faoliyatini rivojlantirish bo\u2018yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari Yevropa ittifoqi ko\u2018magida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning maqsadlari, kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida ham axborotlar berildi. 2023-yilning 23-fevral kuni AQShning O\u2018zbekistondagi elchixonasi vakillari David Kierski va Shoira Saidkarimovalar Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga tashrif buyurishdi. AQSH elchixonasi vakillariga markaz rahbariyati bir necha takliflar kiritdi va nafaqat afg\u2018on xalqi balki mahalliy aholi uchun ham foydali bo\u2018lgan \u201cAmerika burchagi\u201d nomi ostida xorijiy til kurslari va xalqaro standartlar asosida xorijiy adabiyot va qo\u2018llanmalar jamlangan kutubxona ochish taklifi bildirildilar. Tashrif davomida mehmonlar dastlab markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Afg\u2018onistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmonlar iqtidorli talabalarimiz tomonidan AQShning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan ilmiy maqolalari to\u2018g\u2018risidagi sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, markaz rahbariyati bilan o\u2018tkazilgan muzokaralarda markazimiz ta\u02bclim tizimini rivojlantirish bo\u02bbyicha hozirgi holat va istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi. 94","2023-yil 09-mart. Afg\u2018oniston muvaqqat hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi. Afg\u2018oniston TIV xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig\u2018i Shuayb Baryalay, boshqarma boshlig\u2018i Naser Axmad Axmadi hamda Afg\u2018onistonning Termiz shahridagi bosh konsuli Muhammad Idris Zarshuylar Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yuksak baho berildi. Shuningdek, markaz professor-o\u2018qituvchilar va talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi, fikr va mulahazalar bildirildi. Jumladan, mehmonlar o\u2018z fikrlarini davom etib, \u201cBizning niyatimiz \u2014 Afg\u2018onistonda tinchlik va barqarorlik hukm surishini ta\u2019minlash. Bu iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga albatta ushbu markaz talabalari ya\u2019ni siz aziz yoshlar xizmat qilasiz\u201d-deya fikrlarini bayon etdilar. 95","2023-yil 10-mart. Xitoy hukumati vakillari markazga tashrif buyurdi. Xitoy Xalq Respublikasi TIVning Afg\u2018oniston bo\u2018yicha maxsus vakili Yue Syaoyun, TIV birinchi sekretari Sun Yuyfen va Sun Penchjou Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yuksak baho berildi. 2023-yil 12-mart kuni Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2018lim markazi rahbariyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o\u2018rinbosari S.Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tashrif davomida markaz faoliyati, moddiy texnik bazasi, markaz hududida olib borilayotgan obodonchilik ishlari ko'zdan kechirildi. Shuningdek, vazir o\u2018rinbosari tomonidan o\u2018quv binolari hamda TTJdagi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o\u2018rganilib, ularni yaxshilashga qaratilgan istiqboldagi rejalar bilan tanishildi. 2023-yil 16-mart. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo\u2018yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O\u2018zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligining vakillari tashrif buyurdi. Tashrif davomida markaz rahbariyati tomonidan Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining qo\u2018shma loyihasi asosida tashkil etilgan 1 yillik va 3 oylik kurslaring natijalari hamda \u201cYashil makon\u201d loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar va ushbu loyihalarning ijrosi bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. 96","Shuningdek, kelgusi istiqboldagi reja va loyihalar bo\u2018yicha takliflar bildirildi. O\u2018z navbatida, BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska hamda BMTQOK Markaziy Osiyo bo\u2018yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder ham hamkorlik qilishdan mamnunligini va Afg\u2018oniston fuqarolariga doimiy ravishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. 2023-yil 16-mart. \u201cYashil makon\u201d \u2013 2023 BMT Taraqqiyot Dasturining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska, BMTQOK Markaziy Osiyo bo\u2018yicha mintaqaviy vakili Hans Friedrich Schodder, ularning yordamchilari va loyiha menedjerlari hamda O\u2018zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirligi vakillari Jarqo\u2018rg\u2018on tumani tashrif buyurdi. BMTning taraqqiyot dasturi, UNHCR, UNECE, Ekologiya davlat qo\u2018mitasi hamda Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u02bclim markazi bilan hamkorlikda \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida Jarqo\u2018rg\u2018on tumani \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d massivi hududida jami 290 ming tup saksovul va daraxt ko\u2018chatlari ekish uchun ajratilgan yer maydonida olib borilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishib, ushbu bog\u2018ni ochilish marosimida ishtirok etdi. 97","2023-yil 15-aprel kuni Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar, oliy ta\u2019lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tanzila Norboeva ushbu markazning o\u2018quv kampusida yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o\u2018quv va amaliy mashg\u2018ulot xonalariga yuqori baho berdi. Shuningdek, Afg\u2018onistonlik talaba-qizlar bilan yaqindan suhbatlashdi. Muloqot chog\u2018ida Senat raisi faol va iqtidorli talabalarning taklif va fikrlarini tingladi. Talabalarning markazda ular uchun yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklari hamda ularning ilmga chanqoqligi, kelgusida o\u2018z mutaxassisliklari bo\u2018yicha O\u2018zbekistonda magistratura ta\u2019lim bosqichida o\u2018qishni davom ettirish kabi bildirgan fikrlari mehmonlar tomonidan ijobiy qabul qilindi. 2023-yil 29-aprel. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga Xitoy Xalq Respublikasidan jurnalist Sino Freeman hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig\u2018i Zaxriddin To\u2018raev tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba-yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o\u2018zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar. 98","2023-yil 29-aprel. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga O\u02bbzbbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do\u02bbstlik aloqalari qo\u02bbmitasi Millatlararo munosabatlar bo\u02bbyicha ilmiy amaliy tadqiqotlar markazi rahbari Saodat Davlatova, markazning bosh ilmiy xodimi Ismoil Xo\u02bbjaxonov hamda Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o\u02bbqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Rahmonov Muhammadjonlar tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba-yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o\u2018zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar. 2023-yil 10-may. Afg'oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2019lim markaziga Toshkent stomatologiya universiteti falsafa fanlari nomzodi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, olima Sattorova Dildora G'apporovna tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba- yoshlar bilan suhbatlashdilar va ushbu markaz faoliyatiga yuqori baho berib, o\u2018zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar. 99","2023-yil 26-may. Markazga Yaponiyaning \u201cXalqaro hamkorlik tashkiloti\u201d (JICA) vakillari tashrif buyurdi. Afg\u2018oniston fuqarolarini o\u2018qitish ta\u2018lim markaziga Yaponiyaning \u201cXalqaro xamkorlik tashkiloti\u201d (JICA)ning Janubiy Osiyo mamlakatlari bo\u2018yicha boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari Shimizu Koji va ushbu tashkilotning Afg\u2018onistondagi vakolatxonasi rahbari maslahatchisi Daizumoto Yukilar tashrif buyurdilar.Tashrif davomida xorijiy mehmonlar markazda yaratilgan sharoitlar bilan to\u2018liq tanishib chiqdi hamda 4-bosqich \u201cO\u2018zbek tili va adibyot\u201d ta\u2019lim yo\u2018nalishi talabalari hamda ta\u2019lim muassasasida Yevropa Ittifoqi va BMT TD ning qo\u2018shma loyihasi doirasida 1 yillik kurslarda tahsil olgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar. Suhbat jarayonida, Markaz talabalari va tinglovchilari tomonidan xorijiy mehmonlarga o\u2018qishni magistratura va bakalavr bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko\u2018rsatish taklifini berdilar. 2023-yilning 2-iyun kuni Markazga BMTning O\u2018zbekistondagi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal Bryus tashrif buyurdi. Tashrif davomida xorijiy mehmonlar Markazning 4-bosqich \u201cO\u2018zbek tili va adibyot\u201d yo\u2018nalishi talabalari hamda ta\u2019lim muassasasida Yevropa Ittifoqi va BMTRDning qo\u2018shma loyihasi doirasida tahsil olgan tinglovchilar bilan suhbatlashdi. 100"]
Search
Read the Text Version
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
- 6
- 7
- 8
- 9
- 10
- 11
- 12
- 13
- 14
- 15
- 16
- 17
- 18
- 19
- 20
- 21
- 22
- 23
- 24
- 25
- 26
- 27
- 28
- 29
- 30
- 31
- 32
- 33
- 34
- 35
- 36
- 37
- 38
- 39
- 40
- 41
- 42
- 43
- 44
- 45
- 46
- 47
- 48
- 49
- 50
- 51
- 52
- 53
- 54
- 55
- 56
- 57
- 58
- 59
- 60
- 61
- 62
- 63
- 64
- 65
- 66
- 67
- 68
- 69
- 70
- 71
- 72
- 73
- 74
- 75
- 76
- 77
- 78
- 79
- 80
- 81
- 82
- 83
- 84
- 85
- 86
- 87
- 88
- 89
- 90
- 91
- 92
- 93
- 94
- 95
- 96
- 97
- 98
- 99
- 100
- 101
- 102
- 103
- 104