Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore baxronov_feruz_3_mustaqil_ish

baxronov_feruz_3_mustaqil_ish

Published by Bexruz Baxronov, 2023-08-09 09:41:10

Description: baxronov_feruz_3_mustaqil_ish

Search

Read the Text Version

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI RAQAMLI QURILMALARNI LOYIHALASHGA KIRISH FANIDAN 3-MUSTAQIL ISH PREZENTATSIYASI BAJARDI:BAXRONOV FERUZ

Hisoblagich — bu, uning kirish qismida biror aniq mantiqiy daraja qancha marta paydo bo‘lganligini aniqlaydigan raqamli qurilma. Bundan keyin, agar mahsus ko‘rsatma bo‘lmasa, barcha hollarda hisoblagich kirish signalidagi man.0 darajadan man.1 darajaga o‘tishlarni hisoblaydi deb tushunamiz. Impulslar ketma-ketliklari shaklidagi kirish signalida hisoblagich kirish qismiga kelib tushuvchi impulslarning hisobini olib boradi. Hisoblagichdagi sonlar, triggerlar holatlarining ba’zi kombinatsiyalari orqali ifodalanadi. Kirish qismiga navbatdagi man.1 daraja kelib tushishi bilan hisoblagichda oldingi sondan bir birlikka katta bo‘lgan songa mos keluvchi triggerlar holatining yangi kombinatsiyasi o‘rnatiladi. Shunday qilib, hisoblagich kirish qismidagi mantiqiy o‘zgaruvchining qiymati va oldingi holati orqali aniqlanadigan ketma-ketlik tipidagi mantiqiy tuzilmasidir.

Hisoblagich deb uning kirishiga kelib tushayotgan impulslar hisobini amalga oshiradigan ketma - ket amalli operasion elementga aytiladi. hisob natijalari hisoblagichlarda keyingi impuls kelguncha saqlanadi. Hisoblagichlar ketma - ket ulangan triggerlar zanjiridan tashkil topadi. Hisoblagich razryadi, shuningdek, triggerlar soni N u hisoblashi kerak bo’lgan maksimal soni orqali aniqlanadi. Bu son hisoblash koeffisienti (moduli) deb ataladi – Khis. Agar kiruvchi impulslar soni n > Khis bo’lsa, u holda har bir Khis impulslardan keyin hisoblagich boshlang’ich holatga qaytadi va impulslarni qayta hisoblashni boshlaydi.

Hisoblagich turlarining juda ko’pligi, ulardan hisoblash va mikroprosessor texnikasida hamda avtomatikaning turli qurilmalaridan foydalanish orqali vujudga kelgan. Ular komandalar adresining ketma - ketligini tashkil qilish uchun, operasiyalar bajarilish sikllari sonini hisoblash uchun, analog - raqamli o’zgartgichlarda kodni eslab qolish uchun va h.k.

 Hisoblagichning keng tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:  Xalqali hisoblagichlar (K561 IE 8, K561 IE 9) – asosiy qo’llanilish sohasi – boshqaruvchi signallarning zaruriy vaqtinchalik ketma - ketligini hosil qiluvchi impuls taqsimlagichlar. Qolgan holatlarda asosan hisob triggerlaridan iborat hisoblagichlardan foydalaniladi, chunki, ular triggerlarning nisbatan kichik sonida kerakli hisob koeffitsientini olish imkonini beradi.

 Asinxron (ketma - ket) ikkilik hisoblagichlar (K155IE5, K176IE2, K561IE16, elektron soatlar uchun chastota bo’lgich - K176IE12, K176IE13).  Sinxron (parallel) ikkilik hisoblagichlar. Hisoblagich barcha triggerlari kirishlariga bir vaqtda taktli impulslar kelishi hisobiga ular nisbatan yuqori tezkorlikka ega.  Ixtiyoriy hisoblash koeffitsientli hisoblagichlar (K155IE2, K155IE4). Bu hisoblagichlar ixtiyoriy o’nlik sonni ikkilik kodda ko’rsatuvchi hisob dekadasi ikkilik ekvivalenti hisoblanadi. Shuning uchun bunday hisoblagich ikkilik-o’nlik deb ataladi.  Oldindan o’rnatmali hisoblagich, 0 dan Ksch-1 gacha bo’lgan ixtiyoriy songa teng boshlang’ich holatga o’rnatilishi mumkin. Bu operasiya hisoblagichga parallel ravishda kerakli son kodini yozish bilan amalga oshiriladi.  Hisoblagichning bunday ish rejimi, masalan, berilgan boshlang’ich adresli komanda adresi ketma - ketligini mikroprosessorning boshqaruv qurilmasida hosil qilish uchun kerak.  Oldindan o’rnatmali hisoblagich odatda universal bo’lib, qo’shish, ayirish, berilgan kodni o’rnatish, nolni (sbros) o’rnatish rejimlarida ishlashi mumkin. Bu K155IE6, K155IE7, K561IE11, K561IE14, K155IE9 mikrosxemalardir.

Bunday hisoblagichlardan birining shartli grafik belgilanishi va uning ish rejimi keltirilgan jadval 1 - rasmda ko’rsatilgan. Bu hisoblagichni quyidagicha tavsiflash mumkin: K561IE11 hisoblagich ikkilik, chunki shartli grafik belgilanishda ST2 timsoli (simvoli) mavjud; u reversiv, chunki qo’shish / ayirish - + - 1 rejimini tanlash kirish mavjud; v) oldindan o’rnatmali, chunki parallel yozish kirishi – 8421 mavjud; g) R kirish – hisoblagich barcha razryadlarini 0 ga o’rnatish alohida kirishli; d) hisoblagich sinxron, chunki ko’chirish kirishi (R0) va chiqishi (R) mavjud.

 - rasmda keltirilgan jadval hisoblagich ish rejimini ta'minlaydi: 1 - qator – qo’shish rejimidagi hisob. +-1=1, V=0, R=0 bo’lganda taktli signal T fronti bo’ylab hisoblagichdagi songa birlik qo’shilishi yuz beradi.  - Qator – ayirish rejimidagi hisob. T fronti bo’ylab, , +-1=0, V=0, R=0 bo’lganda, hisoblagichdagi sonning bir birlikka kamayishi yuz beradi.  - Qator – oldindan o’rnatish rejimi. V=1, R=0 va +-1 hamda T kirishlarning ixtiyoriy holatida hisoblagich triggerlariga D kirishlaridan sonni qayta yozish yuz beradi.  - Qator – tashlab yuborish rejimi. R=1 va hisoblagichning qolgan barcha kirishlaridagi ixtiyoriy signallarida hisoblagich barcha razryadlarining nol holatiga o’rnatilishi yuz beradi. 


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook