Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

Published by Azimjon Latipov, 2023-03-10 17:47:51

Description: NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA
MUQOBIL ENERGIYANI JORIY ETISH
DAYJEST

Search

Read the Text Version

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDA MUQOBIL ENERGETIKANI JORIY ETISH DAYJEST

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI Ma’lumki, jahon iqtisodiyoti tarmoqlarida energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotgani bois inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash va barqaror rivojlanishga erishishda tabiiy resurslarni tejash, qayta tiklanuvchi, ekologik sof energiya manbalaridan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega. Ayni kunlarda esa Energiya tejamkor uskunulardan foydalanish bugunning muhim masalalaridan biri desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha Namangan muhandislik-texnologiya institutida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. 2

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI O‘tgan 2022 yilda institutning 2-o‘quv binosi tom qismida 43 kVtli quyosh elektr stansiyasi barpo etilib, 86 ta zamonaviy quyosh panellari o‘rnatildi. 4 kVt quvvatga ega 1000 l suvni ishitishga mo‘ljallangan yashil istish tizimi barpo etildi. Bundan tashqari institut hududiga 16 dona quyosh energiyasidan quvvat oluvchi tashqi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Buning natijasida yiliga qariyb 66,5 mln so‘m mablag‘ tejab qolishga erishilmoqda. 3

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI Mazkur yo‘nilishdagi ishlar shu bilan to‘xtab qolmaydi. Energiya tejamkor texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish borasida navbatdagi ish jarayonlari allqachon boshlab yuborilgan. Institutda mart-aprel oylari davomida quvvati 260 kVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini barpo etish va yana 30 dona quyosh energiyasidan quvvat oluvchi tashqi yoritish chiroqlari o‘rnatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirilishi hisobidan yiliga 382 mln so‘m mablag‘ iqtisod qilinishi rejalashtirilgan. 4

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI QUYOSH ENERGIYASINING AFZALLIKLARI Shunda jami institutda 307 kVt miqdoridagi elektr stansiyalari hisobiga qariyb 448,5 mln so‘m mablag‘ tejab qolinadi va ushbu pullar institutning moddiy- texnik bazasini mustahkamlashga, o‘quv-auditoriyalari hamda laboratoriya xonalarini jixozlashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. 5

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI MAZKUR YO‘NALISHLARDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR INSTITUT JAMOASINI YANADA-KUCH G‘AYTRATGA TO‘LDIRMOQDA. AYNI DOLZARB BO‘LIB TURGAN YASHIL ENERGIYADAN SAMARALI FOYDALANISH JARYONLARINI YANADA OSONLASHTIRISH MAQSADIDA INSTITUTNING ELEKTR ENERGETIKASI KAFEDRASI TADQIQODCHILARI TOMONIDAN YANGI IXTIROLARGA HAM QO‘L URILDI VA SAMARALI NATIJALARGA ERISHILMOQDA. MASALAN INSTITUT TAYANCH DOKTORANTI BAXODIR NASRIDDINOV “AQILLI QUYOSH PANELLARINI YARATISH TEXNOLOGIYASI” MAVZUSI BO‘YICHA O‘ZINING ILMIY- TADQIQOD ISHLARINI OLIB BORILMOQDA. BUGUNGA KELIB, YOSH OLIM TOMONIDAN QUYOSH PANELLARINI KELAYOTGAN YORUG‘LIKKA QARAB HARAKATLANTIRUVCHI MAXSUS DACHCHIK QURILMASI IXTIRO QILINIB, TAJRIBADAN O‘TKAZIMOQDA. YOSH OLIMNING TAKIDLASHICHA AGARDA USHBU DACHCHIKLARNI QUYOSH PANELLARIGA O‘RNATILSA KUYOSH NURINI KUN DAVOMIDA OLISH VA YANADA KO‘PROQ ELEKTR ENERGIYASINI ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATI YARATILADI. SODDAROQ QILIB AYTADIGAN BO‘LSAK, AMALDAGI QUYOSH ELEKTR STANSILARI YANA 2 BAROBOR KO‘PROQ ELEKTR ENERGIYASINI YETKAZIB BERADI. 6

Namangan muhandislik- texnologiya instituti Namagan-2023


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook