Isajon Sulton ABU RAYHON BERUNIY tarixiy-biografik roman Toshkent – 2022
O‘N BIRINCHI QISMI DAVOMI JATLAR VA BXATLAR BILAN JANG Sumanotdan G‘azniga qaytishda jat va bxatlarning kirdikorlaridan sulton Mahmud qattiq g‘azablangan edi. Shu sababli u qo‘shinga qo‘zg‘alish buyrug‘ini berib, Mo‘ltonga yo‘l oldi. Mo‘ltonga yetib kelgach, bir ming to‘rt yuzta katta qayiq yasashni va har bir qayiqqa mustahkam, o‘tkir temir tumshuqlar o‘rnatishni buyurdi. Bunday tumshuqlar oldinda bitta va qayiqning ikki yonboshidabittadan bo‘lib, u qaerga borib tegsa ham parchalashikerak edi. Qayiqlar yasalgach, amir ularni Sind suviga tushirishni buyurdi. Har bir qayiqqa yigirmata askar joylashtirildi. Ular o‘q-yoy va qalqonlar, yermoyi to‘ldirilgan ko‘zachalar bilan qurollantirildi. Sulton Mahmud kelganini eshitgan jatlar o‘z boyliklarini uzoqlarga olib ketishdi, o‘zlari esaqurollanib, to‘rt ming qayiqda hujum qilishdi. Qayiqlar yaqin kelganida askarlar ularga o‘q yomg‘irini yog‘dirishdi, boshqalari esa yermoyi solingan ko‘zalarni ota boshlashdi. Sulton qayiqlari ularga yaqin borganida, temirtumshuqlar jatlarning qayig‘ini parchalab yubordi, shu tariqa to g‘alaba qozonguncha urushildi. Daryo qirg‘oqlarini askarlar hamda fillar egallab olishdi, kim daryodan qirg‘oqqa chiqaman desa, o‘sha zahoti yer tishlatishardi. Sulton Mahmud jatlarni bitta qoldirmay qirib tashladi. So‘ng ularning boyliklari yashirib qo‘yilgan joygacha yetib borib, barchasini qo‘lga kiritib, ortga qaytdi. KO‘CHMANCHILARNING ISHI To‘rt yuz o‘n sakkizinchi yil1 tugashida sulton saroyiga Niso, 1 1028-yil 2
Bovard va Farovi aholisi kelib, turkmanlarning noxush ishlaridan shikoyat qilishdi. Aslida, ayb rabot kishilarida bo‘lib, ular turkmanlarni ko‘chmanchi deb kulishar va kamsitishar,bu bilan oraga dushmanlik urug‘ini ekishardi. Sulton Mahmud bu ishni yaxshilab taftish qilmasdan, Tus amiri Arslon Jozibga ularni jazolash va raiyatga uzatilgan qo‘llarini qisqartirishni buyurdi. Arslon Jozib ular ustiga bosqin yasadi, ammo bu vaqtga kelib turkmanlar sanog‘i ancha ortgan bo‘lib, Arslon Jozibga qarshi bosh ko‘tarishdi. Tus amiri ular ustiga bir necha marta bostirib bordi, lekin aytarli bir ish chiqara olmadi. Sulton saroyiga kelayotgan shikoyatlar esa ozaymadi. Shusababli, u Tus amiriga yana so‘z yubordi: – Ey Arslon Jozib, uch-to‘rt kishini yengolmaydigan darajada zaif bo‘lib qoldingmi? Arslon Jozib bunga shunday javob berdi: – Ko‘chmanchilar kuchli bo‘lib olishgan va ular qilayotgan nomaqbul ishlarga hukmdorning ko‘magi va yordamisiz barham berib bo‘lmaydi. Agar hukmdor bu falokatga barham berish uchun kelmasa, u holda turkmanlarning yovuzligi yanada ortadi va ularning qilmishlariga barham berish yanada qiyinlashadi. Fotih sulton uchun bu ish pushaymonlik va g‘azab manbai bo‘ldi. Tus amirining so‘zlarini eshitgach, sulton Mahmud qo‘shinni olib yo‘lga chiqdi. U G‘aznidan Bustga, u yerdan Tusga qarab yurdi. Tus amiri uni qarshi olib, ta’zimga chiqdi. Shunda sulton Mahmud yana bir bor, ishonmasdan: – Sening ko‘chmanchilar haqida aytganlaring rostmi? – deb so‘radi. Tasdiq javobini olgach, ko‘p sonli qo‘shiniga Farovirabotiga yurishni buyruq berdi. Farovi rabotiga yetib kelishganida, ko‘chmanchilar taraddudlanib qolishdi va: “Bu holda baribir o‘lishimiz aniq” deb, sulton lashkariga qarshi chiqishdi. Mahmud G‘aznaviy qo‘shini ularni zumda yakson qilib, bir qanchasini asir oldi. Qolgan-qutganlari esa Balkonko‘h va Dihiston tomonga qochib ketishdi. 3
RAYNING OLINISHI Bu ishni hal qilgach, u Rayga yurishni istadi. Fursatni zoe ketkizmay, darhol Jurjonga qarab yurdi. Jurjonda ekan, sulton Mahmud ajoyib bir hiyla qo‘lladi. Shu mahalda Nishopurda bo‘lgan hojib Iku teginni ikki ming otliq bilan Rayga yubordi, ammobiron-bir buyruq bermadi. Iku Tegin manzilga yetib qolganida, sultondan noma keldi: “Toki hojib G‘oziy ortingdan ikki ming otliq bilan yetib bormaguncha, o‘z o‘rningda tur!” Hojib G‘oziy yetib kelib, Iku Teginga qaysi tomonga yurishni aytdi. Uch manzil yurilgach, sulton Mahmud “O‘shayerda turing va Hojib Ali yetib bormaguncha joyingizdan qimirlamang” deb xat yubordi. Bir necha kundan so‘ng Hojib Ali to‘rt ming otliq bilan yetib keldi. U qo‘shinni jang usulida tizishni buyurdi. O‘ng qanotni Iku teginga, so‘l qanotni Hojib G‘oziyga berib, o‘zi qalbda qoldi. Ular shu tarzda Rayga qarab yurishdi. Kelayotgan qo‘shin haqida Ray amiri Abu Tolibga xabar yetganida, u sulton Mahmud keldi, deb o‘ylab, yuzlab xos qo‘riqchilari, qavm-qarindoshi, yaqinlari va bir qancha o‘qchilari, qalqonchi va nayzabardorlari bilan shahar tashqarisiga chiqdiva o‘sha yerdagi bir yalangga chodirlarni tikdi. Shunda Hojib Ali Abu Tolibning qo‘shinini aylanib o‘tib, Rayga kirdi va darvozalarni berkitishga, hech kimni tashqariga chiqarmaslikka va ichkari kiritmaslikka buyruq berdi. So‘ng otliqlari bilan kelib, Abu Tolibni o‘z chodirida qo‘lga oldi, barcha qurol-yarog‘ini qo‘lga kiritib, sulton Mahmudga vaziyatni bildirib chopar yubordi. Javob kelgach, Hojib Ali Abu Tolibni oltmishkishi bilan tuyalarga o‘tqazib, sulton Mahmud huzuriga jo‘natdi. Sulton esa uni G‘azniga yuborishlarini buyurdi,Abu Tolib umrining oxirigacha G‘aznida qoldi. Shundan so‘nggina sulton Mahmud Jurjondan chiqib, Rayga yetib keldi va shaharni hech bir talafotsiz qo‘lga kiritdi. Buvayhiylar sulolasining uzoq yillar davomida to‘plagan barcha sarvatlari va eng boy hisoblangan kutubxonasi uning ixtiyoriga o‘tdi.
Sulton Mahmud G‘aznaviy Ray va uning tevaragidabotiniylar va qarmatiylarga mansub bir qancha kishilar borligini eshitgan edi. U o‘sha kishilarni topib, shahar maydoniga olib kelishni va toshbo‘ron qilishni buyurdi. Ularning ba’zilarini qatl qildi, ba’zilarini Xuroson zindoniga yubordi. Bir qancha vaqt Rayda turib, u yerdagi ishlarni tartiblagach, boshqaruvni o‘g‘li amir Mas’udga topshirib, o‘zi G‘azniga qaytdi. Bu ish to‘rt yuz o‘n to‘qqizinchi yilda yuz1 berdi. G‘azniga qaytar ekan, yo‘lni Nishopur tomon burdi. U yerda, bir tepalik oldida tunash uchun to‘xtashdi. SABUKTEGIN XOTIRASI Shu kecha sulton Mahmud tashqariga chiqib, ko‘kda jimirlayotgan yulduzlarga qarab, o‘ychan bo‘lib qoldi. Hojib Ali uning yonida edi. – Shu yulduzlar guvoh, ular ostida ne ishlarniqilmadik, – dedi sulton Mahmud G‘aznaviy. So‘ng qachonlardir yuz bergan bir voqeani aytib berdi. – Ey Ali, mening qiblagohim, nosiruddavlat Amir Sabuktegin Xizrni ko‘rgan tepalik mana shu bo‘ladi. Bu yerda mukammal bir rabot qurilsin! Ertasiga sulton Mahmud butun qo‘shinga imomlik qilishini aytdi. Qo‘shinni shu yalangga tizishni buyurdi.O‘zi esa Sabuktegin tepaligiga chiqdi. Shayx Mamshod va boshqa mo‘tabar ulamo sultonning yonida edilar. Yerga gilamlar solindi. Shayx Mamshodufqqa qarab, quyoshning botib bo‘lganini ko‘rgach, sultonga: – Ey saodatli sulton, shom vaqti yetdi! – dedi. Bu tepalikdan sulton Mahmud G‘aznaviy o‘ngu so‘liga va ortiga qaradi. Askar to ufqqa qadar bo‘luk-bo‘luk saflangan, faqat, bu safar qilich va yoylar chiqarilib, joynamoz yoniga qo‘yilgan, ne- ne fath urushlarini ko‘rgan bu qo‘shin hozir Olamlar Parvardigoriga itoat uchun saflanib turardi. 1 1029-yil
Shayx Mamshod qo‘llarini qulog‘iga olib borib, habash Bilol usulida azon aytdi. Hojiblar va raislar azonni boshqalar ham eshitishi uchun baland ovozda takrorlab turishdi. Azondan so‘ng sulton Mahmud “Allohumma robba hazihid- da’vatit taammah” deb boshlanadigan duoni o‘qidi: – Ey, mana shu tugal chorlov va qoim namozning egasi bo‘lmish Allohim, Muhammad sollollohu alayhi vasallamga vasila va fazilat bergin hamda uni O‘zing va’da qilgan “Maqomi Mahmud”da tiriltirgin! “Maqomi Mahmud” deyilgan joyida uning ko‘z- laridan tirqirab yosh oqib, soqoliga tushar, buni o‘zi sezmas edi. Shundan so‘ng sulton qiblaga yuzlanib: – Ey, o‘ta ulug‘ Parvardigorim! Menga bergan barcha martabalaring, nusratlaring, iznimga bergan qo‘shi- ning va ixtiyorimga bergan mulklaring bilan senga yuz-landim. Bularning barchasi sening mulking, insonlar esa sening qullaringdir. Barchamiz sen buyurgan shomnamozini o‘qishni niyat qildik! – dedi. Bu so‘zlardan ulamo va a’yonlar mutaassir bo‘lib qolishdi. Shundan so‘ng Mahmud G‘aznaviy namozga kirishdi. Uning ortidagi ellik minglik qo‘shin va ikki mingdan ziyod a’yonlar, xizmatchilar, beklar bu ulug‘ farzni ado etdilar. Namoz tugagach, sulton Mahmud dedi: – Allohga shukrki, shunday ulug‘ namozga yetkazdi. Umrim bino bo‘lib, Parvardigor huzurida bunday xushu’va tavoze’ bilan turmagan va qalbim hech bir vaqt bunday orom tuymagan edi. SULTON MAHMUDNING O‘LIMI Shu yili sulton qattiq shamollab qoldi. Tabiblar uni tuya suti, qimiz, nayshakar qandi va Sumanotda bo‘ladigan Garna kiyigi shoxining kukuni bilan davolashga qanchalik urinishmasin, tobora holdan toya bordi. Shunga qaramay, u o‘zini tetik va har doimgidek kuchga to‘lgandek tutardi. Shunday holatda Xurosonga yetib kelib, Balxga jo‘nadi va qishni o‘sha yerda o‘tkazdi. Bahor kelganida uning
kasalligi o‘ta zo‘raydi. U G‘azniga yo‘l oldi va bir necha kunni G‘aznida o‘tkazdi. U orom olish uchun to‘shakka yota olmasdi, mudom o‘tirgan holda bo‘lardi va shu holatida jonini Haq taologa topshirdi. Uning fath bayroqlari hilpiragan umr kemasi, nihoyat, mangulik sohiliga yetib bordi va langar tashladi. Bu to‘rt yuz yigirma birinchi yil, rabi’ul-oxir oyining yigirma uchinchisida, payshanba kuni1 sodir bo‘ldi. 1 1030-yil, 5-may.
Search
Read the Text Version
- 1 - 7
Pages: