Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Beruniy-12-1

Beruniy-12-1

Published by Eldor Bozorov, 2023-06-08 14:06:38

Description: Beruniy-12-1

Search

Read the Text Version

Isajon Sulton ABU RAYHON BERUNIY tarixiy-biografik roman Toshkent – 2022

O‘N IKKINCHI QISM MAS’UD G‘AZNAVIY Sulton jasadini zamzam suvi bilan yuvib, xushbo‘y gul yaproqlari sepilgan sandal yog‘ochidan ishlangan tobutga qo‘ydilar. Yomg‘ir shivalar edi. Hojiblar, sarkardalar, vazirlar, yuksak e’tiborli ulamo va kiborlar tizilishib turishdi. Amirning o‘g‘illari bu vaqtda G‘aznida emas edilar. Mas’ud G‘aznaviy Isfahonda, o‘rtancha o‘g‘il Muhammad G‘uzg‘ononda, kenja o‘g‘il Mavdudesa Balxda edi. Fotih sulton jasadi solingan tobutni uning inisiMuhammad Yusuf va hojiblar yerdan ko‘tarishdi. Uni jome’ga olib keldilar. Jome sahni ham, tashqarisi ham odamga to‘lib ketgan edi. Yaminuddavla janozasiga har tomondan odam yopirilib kelardi. Janozani shayx Mamshod Dinovariy o‘qidi. Shundan so‘ng tobut sulton Mahmud o‘zi uchun qurdirgan daxmaga olib borildi va jasad qabrga qo‘yildi. O‘sha kuni hukmdorning to‘ng‘ich o‘g‘li Mas’udgaxolasidan shunday xabar yetib bordi: “Valine’matimiz sulton Mahmud payshanba kuni, rabi’ul-oxir oyining tugashiga yetti kun qolganida, asr namozi vaqtida Haqqa qovushdi. Bizlar butun haram bilan G‘azni qal’asidamiz, mash’um xabarni xalqqa indinga bildiramiz. Sulton Feruza bog‘iga dafn qilindi. Biz bundan behad g‘amginmiz, chunki bir haftadirki, u kishini ko‘rmagan edik. Barcha ishlarni Hojib Ali nihoyasiga yetkazgaydir. Dafn marosimidan so‘ng, tezchopar rikobdorlar iningni taxtga o‘tqazish uchun G‘uzg‘ononga jo‘nab ketishdi. Sening xolang bunga achinib, o‘z qo‘li bilan ushbu maktubni yozdi va ikki rikobdorga G‘aznadan maxfiy tarzda chiqishni va senga yetkazishni buyurdi. Amir biladiki, uning inisi bunday ulkan ishni eplay olmaydi, shoh oilasining esa dushmanlari behisobdir. Xazina ham, biz zaifalar ham himoyasiz qoldik. Amir o‘z yurishlari- ni to‘xtatib, darholbu ishga tutinishi lozim, chunki taxt vorisi udir. 2

O‘zga mulklarni egallashni keyinroq ham bajarsa bo‘ladi. Qachonki o‘lim ishi oshkor bo‘lgach, ishlar boshqacha tus oladi. Asos – G‘azni va Xurosondir, boshqa barcha mulklaruning shox va shoxchalaridir. Amir mening yozganlarimni yaxshilab o‘ylab ko‘rsin, zudlik bilan saltanat taxti va bizlar mahv bo‘lmasimizdan, yetib kelish chorasiniko‘rsin. Choparlarimizni tezroq ortga qaytarsin, chunki xolang ko‘zlari to‘rt bo‘lib, yo‘lga termilib kutmoqdadir. Bu yerda bo‘layotgan ishlarning xabari Amirga yetkazilibturilgaydir...” Kengashilgach, sulton vafoti haqida ertasi kuni tongda qo‘shinga ma’lum qilishga kelishildi. Tong otgach, Amir Mas’ud oq to‘n va oq salla o‘rab, qo‘shin oldiga chiqdi. Uch kun motam tutildi, ko‘p g‘amginliklar bo‘ldi. Motam tugagach, Amir Mas’ud Isfahon amiri Alouddavlaga elchi orqali maktub yubordi. Unda shundayyozilgan edi: “Isfahon Alouddavlaga qaytarib beriladi. U bizning voliymiz hisoblanadi va lozim bo‘lgan jizyanito‘laydi”. Alouddavla bu xabarni xushnud qarshi oldi hamdayiliga ikki yuz ming hirot dinori, o‘n ming sara kiyim- kechak, turli bayramona ashyolar, ot va ulovlar yuborib turishga rozi bo‘ldi. Mas’ud G‘aznaviy ortga qaytishining sababini izohlab, shunday dedi: “Agarda xalifalik dargohiga hurmatimiz bo‘lmaganida edi, nochor Bag‘dodga otlanib, haj yo‘lini xoli qilib qo‘yardik... Agar otamiz qazo qilmay, Xurosonga qaytishga majbur qolmaganimizda, albatta, bugun Misrva Shomda ham hukmron bo‘lardik”. Alouddavla bu so‘zlardan xabar topgach, Mas’ud bilan kelishuv yo‘lini tutib to‘g‘ri ish qilganiga yana bir karra amin bo‘ldi. “Hozircha ahdga vafo qilaturay, vaqti kelganida va Tangri taolo uning qudratini ozaytirganida, o‘z mamlakatimni unga tobelikdan chiqarib olarman”, deb o‘yladi. G‘aznida esa boshqa voqealar ro‘y berardi. Sulton Mahmud marosimlari o‘tgach, saltanat ustunlari bo‘lmish bosh hojib Ali Qarib, sultonning inisi, sipohsolor, azidudavla Muhammad Yusuf,

amir Hasan, devonxona hojibi Abu Nasr Mishkon, harb devoni hojibi Abul Qosim Qosir, saroy g‘ulomlarining boshlig‘i Bektug‘di, nadim Ayoz va sultonning aqrabosi Ali Doyi birlashib, kichik shahzoda Abu Ahmad Muhammadni taxtga o‘tqazishdi. Amir Mas’ud Bag‘dod safarini bekor qilib,Isfahondan Rayga, Raydan Nishopurga va Nishopurdan Hirotga kelganida, Amir Ali boshqa mo‘tabar kishilar bilan maslahatlashib, Amir Mas’udning g‘azabidan cho‘chigani uchun, amir Muhammadni Teginoboddagi Ko‘htizqal’asiga qamab qo‘ydi. Hojib Ali Amir Mas’udga vaziyatni ma’lum qilib, ikki chopar orqali noma yubordi. Shavvolning o‘rtasida, shanba kuni ikki qul amirMas’uddan maktub olib keldi. Ularning biri turk,ikkinchisi arab edi. Amir Mas’ud shunday deb yozgan edi: “Padari buzrukvorimizning qiymatli ruhi Tangri dargohiga ko‘chgan ekan va fozil amir bizning inimizni mamlakat taxtiga o‘tqazgan ekan, bundan boshqa chorabo‘lmagani bizga ma’lumdir. Bu mahalda biz hech nimadan xavfsiramayotgan daylamiylar ustiga, Hamadon va Bag‘dodga yurishni o‘ylab turgan edik. Bizlar inimizgahamdardlik bildirib, taxtga mingani uchun tabriklab vamaslahat so‘rab maktub yubordik. Agar inimiz so‘zimizga quloq solib, bizni tinglagan va so‘raganlarimizni ado etgan bo‘lsaydi, u holda biz xotirjam bo‘lib, lashkarboshilarimiz va qo‘shinimiz bilan Bag‘dodga yo‘l olgan bo‘lur edik. Biroq, inimiz oliyjanoblik yo‘lini tuta olmadi va biz qullarning taxminlarimiz Tangri taolo belgilagan qadarga teng, deb o‘yladi. Endilikda ish shunga borib yetib, u Ko‘htiz qal’asida emin-erkin istiqomat qilib turganida, uni G‘uzg‘ononga jo‘natish yoki bu yerga keltirish chiroyli ish bo‘lmaydi. Chunki u hibsda bo‘lib, biz u bilan shu holatda ko‘risha olmaymiz. Uning uchun eng maqbuli – yaqinlari va zarur bo‘lganchalik xizmatchilari bilan Ko‘htiz qal’asida bo‘lib turishidir. Tadbirli hojib Bek tegin qal’ada tursin. Teginobod hukmdorligini va Bust shihnaligini biz unga berdik, bu viloyatlarga u o‘zining o‘rindoshini yuborsin. Xizmatini yanada mukammal qilib uddalasin, biz unga yanada ko‘proq marhamatlar qilmoqchimiz, chunki Hirotdan

Balxga chashni o‘tkazish uchun safar qilamiz. Shundan so‘ng G‘azniga borib, inimizning ishini hal qilamiz, chunki biz uchun undan qiymatliroq hech kim yo‘q, bu barchaga ma’lum bo‘lsin. Allohu akbar va karim”. Ushbu maktub yetib kelgach, eng avvalo, qo‘shinga o‘qib berildi. Bo‘luklar birin-ketin kelar va maktub mazmuni bilan tanishib, itoatini bildirar edi. Amir Mas’udning so‘zlarini uning inisiga kim yetkazishi ustida bahs bo‘ldi. Nihoyat, hurmatli hojiblardan biri borib, uni Amir Muhammadga topshiradigan bo‘ldi. U kishi nomani topshirganida, Amir Muhammad xomush bo‘lib qoldi. Lekin bu ishga qarshi borib bo‘lmasdi. Chunki Sulton Mahmud unga “Akang Mas’ud bilan qarama-qarshilikka borma, agar u senga qarshi chiqsa, urushib yurma, bekorga nobud bo‘lasan”, degan edi. Amir Muhammad boshini quyi solib, tushkunlikda:“Meni unutib qo‘ymanglar”, dedi. Shundan so‘ng hojib Ali Teginobod yalangiga chiqdi.U yerga qo‘shin ham yetib keldi. Hojib qo‘shinga dedi: “Sulton amriga muvofiq, hind qo‘shinidan boshqa barcha qo‘shinlar bugun va erta yo‘lga chiqishi kerak. Hind qo‘shini men bilan bo‘ladi, bizlar sizning ortingizdanboramiz”. Lashkarboshilar bosh egib, o‘z bo‘luklariga ketishdi.


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook