Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore SEN BILAN UCHRASHGUNCHA-24

SEN BILAN UCHRASHGUNCHA-24

Published by Eldor Bozorov, 2023-08-06 18:54:22

Description: SEN BILAN UCHRASHGUNCHA-24

Search

Read the Text Version

Davomi… SEN BILAN UCHRASHGUNCHA *** Igna terimga kirganida baqirvormaslik uchun labimni tishlab oldim. U nima qilayotgan ekan? Qanday rasm tanlagan ekan? Tatuirovkasi tayyor bo‘lganida, chiqdi-yu, ammo menga ko‘rsatishni istamadi. Balki surat Alisiya bilan bog‘liqdir, deb o‘yladim men. – Siz meni buzyapsiz, Uill Treynor, – dedim men mashinaning eshigini ochayotib. So‘ng panudusni tushirdim. – Ko‘rsatingchi. Men hech kim bizga qaramayotganiga amin bo‘lgach tizzamning sal tepasiga yopishtirilgan plastirni sekin ko‘tardim. – Zo‘r chiqibdi asalaringiz. Rostanam. — Endi dadam bilan oyimni oldida kalta yubkada yurolmayman, faqat shimda yurishimga to‘g‘ri keladi. – Men Uillga kreslosini pandusga chiqarishga yordam berdim. – sizning oyingiz tatuirovka qildirganingizni bilsa... – Xarobadan chiqqan meni buzdi deb aytaman. – Bo‘pti, Treynor, qani endi o‘zingiznikini ko‘rsating. – Faqat uyga borganimizda boshqatdan bog‘lab qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. – U jilmayib menga tikilib qaradi. – Qilmagan ishimmidi? Ko‘rsatmagunigizcha bu yerdan bir qadam ham jilmaymiz. – Unda ko‘ylagimni ko‘taring. O‘ng tomonda. Ko‘ylagini tugmasini yechib, yelkasidagi dokani sekin ochdim. Oppoq terida qop-qora yo‘l-yo‘l to‘rtburchak qorayib turardi. U shunchalik kichkina ediki, yozuvni arang o‘qidim. Yaroqlilik muddati 19.03.2007y.gacha. Men unga tikilib xoxolab kuldim, ham ko‘zlarimga yosh keldi. — Bu… — Falokat yuz bergan kun. To‘g‘ri. — U ko‘zini yuqoriga ko‘tardi. — Faqat Klark, ko‘z yosh qilmang darrov. Bu hazil xolos. – Kulgili hazil. Xunuk, ammo kulgili hazil — Natanga yoqadi. Faqat menga bunday qaramang. Xuddi men benuqson tanamni rasvo qilgandek. Men Uillning ko‘ylagini to‘g‘rilab, kalitni buradim. Nima deyishni ham bilmasdim. Bu nimani anglatishini ham tushunmasdim. U taqdiriga tan beryaptimikan yo? Yoki tanasiga istehzo bilan qarashni davom ettiryaptimi? — Ey, Klark, yordam bervoring, —deb chaqirdi u meni endi jilaman, deb turganimda. — Ryukzakimni oching. Cho‘ntagida bir narsa bor. – Og‘riq qoldiradigan dorimi? Menda bor... — Yo‘q. Yaxshilab qarang. Qandaydir qog‘oz bor ekan. Olib joyimga o‘tirdim. Bu to‘rtga buklangan o‘n funtlitk pul edi.

— Har ehtimolga qarshi solib qo‘ygandim. Kresloga — Nima qilay buni? — Bu sizga. — Nechuk? — Tatuirovka sharafiga, — dedi u miyig‘ida kulib. — o‘tirmaguningizcha, uni qildirishingizga bir bahya ham ishonmagandim. *** Trina bilan Tomas kelishganida kechki ovqatdan keyin o‘rin-joylarni almashtirish odat tusiga kira boshladi. Avval oyim bilan dadamning karavotlaridan ko‘rpa-to‘shaklar olinib, tozasi solinar, keyin pastdagi mehmonxonaga o‘rin hozirlanardi. Tomas esa bobosi bilan buvisi yopinib yotishi kerak bo‘lgan ko‘rpalarni stullarning ustiga qo‘yib, kapa yasashga tutinardi. Meni esa vijdonim qiynalardi. Axir tinchgina o‘zimning xonamda turganimda shuncha ovoragarchilik yo‘q edi-da, ammo kulbamga ham qaytolmasdim. Xuddi u yerda yotsam, havo yetishmay siqilib qoladigandek tuyulardim. Patrikning uyiga ko‘chib o‘ta qolsammikan degan xayol ham keldi. Biroq... u Norvegiyada bo‘ladigan musobaqasidan boshqa narsani o‘ylamasdi. Uning jihozlari kam, ammo ozodagina uyining hamma joyida mashg‘ulotlar jadvali va parxez rejalari osib tashlangandi. U hatto dam olish kunlari ham uyda bo‘lmasdi. Mening ishimu uning mashg‘ulotlari bois deyarli uchrashmay qo‘ygandik. Buning ustiga Patrikning uyi yoqmasdi menga. U onasi bir o‘zi yasholishiga ko‘zi yetgandan keyingina, bir yil avval bu uyni sotib olgandi. Uyni sotib olgani hamon u bizning kelajagimiz haqida gapirarmikan, deb kutdim, ammo negadir hech qanday taklif bo‘lmadi. Ikkimiz ham noqulay mavzularda gaplashishni istamaganimiz bois shuncha vaqt o‘tib ham bu uyda birorta menga tegishli narsa yo‘q edi. Bo‘ydoqlarnikiga xos kulbasidan ko‘ra o‘zimizning qiy-chuv to‘polonli uyimizda yashash menga ko‘proq yoqishini tan olgim kelmasdi. Mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlarida esa u jamoasi vakillari bilan tuganmas uchrashuvlarda ishtirok etardi. Ular bilan o‘tirish menga zerikarli tuyular, ular nima haqida gshapirishayotganini tushunmasdim, to‘g‘risi, tushunishga harakat ham qilmasdim. Yetti haftdan keyin esa u bilan Norvegiyaga ketishim kerak! Treynorlardan dam olishga ruxsat olmaganimni xali Patrikka aytmagandim. Qanaqa dam olish? Axir shartnomamning o‘zi Norvegiyadagi musobaqadan bir hafta o‘tmasdan tugasa. Qaror qabul qilishdan qo‘rqardim shekilli, faqat Uillni va tinmay aylanib turgan soat millarini ko‘rardim xolos. Qolgan narsalarni deyarli sezmasdim ham. *** – Sizga nima bo‘layapti? – so‘radi Uill. Ko‘zimni ochdim. U oldimga kelib, boshini bir tomonga eggancha menga qarab o‘tirardi. Anchadan beri shu alfozda turgan chog‘i. Ko‘rayotgan filmimiz tugab, qora ekrandan sekin titrlar o‘tayotgandi. – Hech narsa. Uzr. Ko‘zim ketib qolibdi. – Gavdamni ko‘tardim. – Uch kun ichida ikkinchi marta uxlab qolishingiz. – Uill yuzimga tikilib turaverdi. – Ko‘rinishingiz ham yaxshi emas.

Shunda men hammasini aytib berdim. Singlim haqida, kim qaerda uxlashi, otamning ishsiz yurgani, uyimizdaga kayfiyat to‘g‘risida so‘zladim. – Xaliyam ish topmadimi? – Yo‘q. Yoshi pand beryapti, nazarimda. Ammo buni aytolmaymiz. Bu... – yelkamni qisdim, – hammamizga noqulay. Turib diskni DVD-pleerdan chiqarib qutisiga soldim. Negadir Uillga muammolarimni gapirmasligim kerakdek tuyuldi. Uning boshiga tushgan kulfat oldida ular juda jo‘n edi, aslida. – Ko‘nikib ketaman, – dedim men. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Rost. Uill o‘yga toldi. Qo‘limni yuvib, uning kompyuterini yoqdim. Unga suv olib kelganimda, u aravasini men tomonga o‘girdi. – Bu muammoning yechimi oson, – dedi u xuddi suhbatni davom ettirgandek. – dam olish kunlari biznikida qolishingiz mumkin. Xonalardan biri baribir bo‘sh. – Yo‘q, buning iloji yo‘q. – Stakanni ko‘tarib, to‘xtab qoldim. – Nega iloji yo‘q? Sizga buning uchun qo‘shimcha pul to‘lamayman. – Oyingiz nima deb o‘ylaydi? – Stakanni aravaning ushlagichiga qo‘ydim. – Bilmasam. – Ko‘rinishim tashvishli bo‘lgandirki, u qo‘shimcha qildi: – Hammasi joyida. Men umuman xavfsizman. – Nima? – Agar kechasi sizga tegajog‘lik qilishim mumkin, deb o‘ylasangiz, arvamni batareyasini chiqarib qo‘ysangiz bo‘ldi. – Juda kulguli. – Jiddiy aytyapman. Agar boshqa chorangiz qolmasa, buyam bir yo‘li-da. Hayot bir joyda turmaydi. Balki ertaga singlingiz turmushga chiqar yo dam olish kunlari uyga kelmaslikka qaror qilar... «Siz esa, balki ikki oydan keyin umuman bo‘lmassiz », — deb ichimda o‘yladim-u, bu hayolim uchun o‘zimni yomon ko‘rib ketdim. — Bir narsani tushunmayapman. — Uill eshik tomonga ketdi. — Nima uchun Chopag‘on sizga birga yashashani taklif etmaydi? — U taklif qildi, — deb javob berdim men. Uill gapni davom ettirmoqchi bo‘lgandek qarab turdi-yu, ammo fikridan qaytdi chog‘i, indamay chiqib ketdi. *** – Yaqinda otamni shaharda ko‘rib qolganmishsiz, deb eshitdim. — A! Ha. Men kirlarni dorga ilayotgandim. Tor daraxtalar orasiga yashirilgandi. Treynor xonim gullarga burkangan bog‘ining tarovatini qandaydir kirlar buzmasligini istardi. Oyim esa kirlarni «Qaranglar, qo‘shnijonlar, mendan o‘tolarmikinsizlar» deb xitob qilgandek g‘urur bilan osardi. – Otam bu haqda menga aytgan-aytmaganingizni surishtirdi. — A! — men zo‘r berib beparvoligimni namoyish etishga urinardim. Ammo Uill javob kutayotganini ko‘rib: — Yo‘q, aytmadimku, – dedim. – U bir o‘zimasdi, shundaymi? Oxirgi kirqisqichni xaltasiga solib tog‘orani ichiga joyladim-da, Uillga o‘gilrilib qaradim.

— Ha. — Ayol kishi bilanmi? — Ha. — Malla sochlimi? — Ha. Uill mening javobimlarimdan o‘yga toldi. — Uzr, agar buni sizga aytishim kerak deb hisoblasangiz. Ammo men... bu mening ishim emas, deb o‘yladim. — Ha bunday gapni boshlash ham oson emas. — Ha. — Xafa bo‘lmang, Klark, bu birinchi marta emas, – dedi-da, uyga qarab ketdi. DAVOMI BOR.


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook