Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore Beruniy-13-6

Beruniy-13-6

Published by Eldor Bozorov, 2023-06-17 17:24:54

Description: Beruniy-13-6

Search

Read the Text Version

Isajon Sulton ABU RAYHON BERUNIY tarixiy-biografik roman Toshkent – 2022

O‘N UCHINCHI QISM DAVOMI VAZIR HARAQONIY Abu Rayhon yana, shuni hikoya qilib berdi: – Sulton Mahmudning vazirlaridan biri lug‘atshunos bo‘lib, bir kuni bir yig‘inda mening “Aholi yashash joylari o‘rtasidagi masofalarni o‘rganish uchun kishilar yashayotgan dunyo chegarasini aniqlash” asarim haqida so‘zlab, o‘lchash va aniqlash haqidagi tadqiqotlarni ilm-maorif qatoridan chiqarish kerak, bu narsalar xazinadan mablag‘ sarf qilishga arzimaydi,dedi. U foyda olish to‘g‘risida gapirib: “Mamlakatlar orasidagi masofalarni o‘lchashdan nima foyda olish mumkin?” deb so‘radi. Men bu gapdan juda ajablandim, zero, insonning fikrlari, istaklari har xil bo‘lar ekan. Men u bilan tortishmoqchi emasman, lekin bir kimsaga foydasi tegmagan narsa, boshqalarga foyda berishi mumkin-ku! Bu holat bizning zamonamizdagi o‘z tilini yaxshibiladigan har bir kimsaning: ”Men arab tilidaqiynalmay gapiraman, menga ega-kesim, ot-olmoshhaqidagi qoidalarning nima keragi bor?” deganiga o‘xshaydi. Biron narsa aynan shu kimsaga foyda keltirmasa ham, boshqa kishiga foydasi juda kattadir. Xudoi Taolo deydi: ”Ayting: Yerni aylanib sayru sayohat qilinglar, so‘ngra Payg‘ambarlarni yolg‘onchi qiluvchilarning oqibati qandoq bo‘lganini ko‘ringlar”, yoki ”Axir ular yer yuzida sayr qilib o‘zlaridan avvalgi kimsalarning oqibati qanday bo‘lganini ko‘rmaydilarmi?”, yoki ”Bas, sen kechaning qolgan qismida ahli oilangni olib chiqib ketgin”. Xudoi Taoloningkecha va kunduzda sayrga chiqish farmonlari jihodga borish, haj uchun yo‘lga chiqish, hijrat qilish va boshqamashaqqatli safarlarga borishni o‘z ichiga olmaydimi?Boshqa dalil shuki, Xudo payg‘ambarlar va avliyolarningqilgan safarlari to‘g‘risida xabar beradi. Ularning ishlaridan xushnud bo‘ladi. Masalan, Iskandar Zulqarnaynning quyosh chiqish va botish taraflariga, Musoning ikki daryo qo‘shilgan joyga qilgan safarlari, Koinot sarvarining tunda

Masjidul-Haromdan Masjidul-Aqsoga borishlari va Makkadan Madinagako‘chganlari, u zotning boshqa safarlarga chiqqanlari to‘g‘risidagi xabarlarni keltirish mumkin. Bu zotlar o‘z safarlarida ko‘zlari yumuq holda edilarmi yoki zaharni tajriba deb ichishganmi? Ular o‘z maqsadlariga yetish uchun yo‘llarda qadam tashlab yurishgan, manzillardagi nishonlar bilan o‘z yo‘llarini topib olishgan. Boradigan joylarining iqlimini, fasllarini, yo‘lda qaerlarda suv borligini e’tiborga olishgan. Ularga Xudo yulduzlarni berib qo‘yibdiki, shular yorda- mida kechalari dengiz va quruqliklarda o‘z yo‘llarini topib olsinlar. Bu narsalarni ularga o‘rgatgan, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib berganlar donishmandlar emasmi?! Safar qilishdan qolgan va shahardan begona, ko‘cha-ko‘ylarni bilmaydigan, bozorlarga chiqmaydigan kimsa bilan shahardagi obro‘li kimsa orasida tafovut juda kattadirki, u o‘z yo‘lini, kerak joyini topib yuradi. Boradigan yo‘lini biladigan musofir bilan, uni bilmay-digan kimsa orasidagi tafovut ham shunga o‘xshaydi. Yo‘l topishning foydasini bilmaydigan kimsalarga qarata, hattoki, noma tashuvchi kabutarlarning ozgina bilimi sababli ham juda ko‘p foydalar yetishini aytgim keladi. Har bir insonning, balki, har bir jonivorning ahamiyati ularning yaxshi ishlari bilan bo‘ladi. Hatto yo‘lini yo‘qotgan karvonni o‘sha yo‘ldan borib-kelib yurgan bir tuyaning donoligi qutqaradi. Demak, ba’zidatuyaning bilimidan inson najot topadi. Bir tuya yoxud kabutar shunga qodir ekan, siz kimni, nima uchun malomat qilmoqdasiz?


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook