OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI №20 OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA MUQOBIL ENERGETIKANI JORIY ETISH DAYJEST Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida quyosh panellari ishga tushirildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son Qarori hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-fevraldagi 04-20-3-son Dasturiga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish va energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida quyosh panellari kabi energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2022-yilda 30 kVt, 2023-yilda yana shuncha quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellari ishga tushirildi. Hozirda 60 kVt quvvatga ega jami 115 dona quyosh panellari kuniga o‘rtacha 480 kVt elektr energiyasini ishlab chiqarmoqda. 2
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti binosiga 150 kVtlik quyosh panellari o‘rnatildi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham tejamkor texnologiyali quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, universitet asosiy binosiga 150 kVtlik hamda talabalar turar joy binosiga 10 kVtlik quyosh panellari o‘rnatildi. Endilikda universitet binolarini o‘rnatilgan panellar yordamida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni yaratildi. 3
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida quyosh panellaridan foydalanish ko‘lami ortib bormoqda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida quyosh panellaridan foydalanish ko‘lami ortib bormoqda. Hozirgi kunga qadar institutda 182 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi. Buning evaziga yiliga 50 million so‘m iqtisod qilinishiga erishiladi. 4
Manbalar 1. https://t.me/uzdxa_official 2. https://t.me/tsuos 3. https://t.me/TERAIRIrasmiy 5
Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023
Search
Read the Text Version
- 1 - 6
Pages: