Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore MUQOBIL ENERGIYA 19

MUQOBIL ENERGIYA 19

Published by trey_gold, 2023-07-31 06:31:07

Description: MUQOBIL ENERGIYA 19

Search

Read the Text Version

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI №19 OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA MUQOBIL ENERGETIKANI JORIY ETISH DAYJEST Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida quyosh fotoelektr stansiyasi o'rnatildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining tegishli binolariga jami 240.0 kVt quvvatdagi tarmoq quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi. Ushbu stansiya Davlat Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritilib, hozirgi kunda qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi filialning elektr energiyaga bo'lgan ehtiyojini qoplamoqda, shuningdek, filial ehtiyojidan ortgan qismini sotish bо‘yicha shartnomalar tuzildi. Endilikda elektr energiyasidan tejab qolingan mablag‘lar filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, o‘quv-auditoriyalari, klinik bazalari hamda laboratoriya xonalarini jihozlashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. 2

Andijon davlat tibbiyot institutida jami 500 kvtli quyosh panellari o‘rnatildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-57-sonli qarori ijrosiga muvofiq Andijon davlat tibbiyot institutida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, institutning o‘quv, laboratoriya, maʼmuriy binolari, talabalar turar joyi hamda Axborot resurs markazi tom qismlariga jami 500 kVtli quyosh panellari o‘rnatildi. Ular orqali 1 oyda 70 000 kVt/soat, 1 yilda 840000 kVt/soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Natijada, 1 yilda 840 million so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi. Mazkur quyosh panellari institutning elektr energiyagasiga boʻlgan talabini qoplab beradi va ehtiyojdan ortgan qismini tarmoqqa sotish imkonini yaratadi. 3

Shahrisabz davlat pedagogika institutida quvvati 240 kilovattlik quyosh panellari o'rnatildi Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish bo'yicha izchil ishlar amalga oshirilib borilmoqda. Bugungi kunda har bir sohada energiya tejovchi texnologiyalarni va muqobil energiya manbalarini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu mamlakatimizda energiya samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Avval xabar berganimizdek Shahrisabz davlat pedagogika institutning o'quv binosi tom qismida 100 kilovatt quyosh panellari o'rnatilgan edi. Joriy yilda esa Axborot resurslari markazi tom qismida 40 kVt va Pedagogika fakultetida 100 kVt lik quyosh panellari o'rnatildi. 4

Manbalar 1. https://t.me/ttatf2018 2. https://t.me/adtiuz_rasmiy 3. https://t.me/ShDPIuz 5

Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook