Important Announcement
PubHTML5 Scheduled Server Maintenance on (GMT) Sunday, June 26th, 2:00 am - 8:00 am.
PubHTML5 site will be inoperative during the times indicated!

Home Explore QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA VA JAHON INVESTITSIYA BOZORI-2

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA VA JAHON INVESTITSIYA BOZORI-2

Published by trey_gold, 2023-08-09 10:15:09

Description: QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA VA JAHON INVESTITSIYA BOZORI-2

Search

Read the Text Version

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA VA JAHON INVESTITSIYA BOZORI DAYJEST Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023

Qayta tiklanuvchi energiya va jahon investitsiya bozori UNCTADning 2023 yilgi Jahon investitsiya hisobotida rivojlanayotgan mamlakatlar 2030 yilga qadar Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga (BRM) erishishda duch keladigan sarmoya taqchilligi tahlil qilingan. Hisobotda ta'kidlanishicha, rivojlanayotgan mamlakatlarda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish uchun har yili taxminan 1,7 trillion AQSh dollar miqdorida investitsiyalar talab qilinadi, ammo 2022 yilda usbu yonalishga 544 milliard dollar to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jalb qilingan. 2015 yildan buyon qayta tiklanadigan energiya manbalariga investitsiyalar qariyb uch barovar ko‘paygan bo‘lsa-da, mablag‘larning katta qismi rivojlangan mamlakatlarga yo‘naltirilgan. Global to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi, mlrd. AQSh dollari Jahon 1478 1295 Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar 51 597 Yevropa -107 378 Shimoliy Amerika 453 Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar 338 Afrika 881 Lotin Amerika va Karib oroli 916 Osiyo 80 45 138 208 662 662 2021 2022 2

Qayta tiklanuvchi energiya va jahon investitsiya bozori 2022 yilda rivojlanayotgan mamlakatlardagi SDG sektorlarida xalqaro investitsiyalar infratuzilma, energetika, suv va quvurlar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida loyihalar soni ortgan. ! Barqaror rivojlanish maqsadlari sarmoyaviy farq yiliga 4 trillion dollargacha kengayadi. 2030 yilga kelib BRMga erishish uchun yillik investitsion farq, jami va har bir sektor, kapital xarajatlar, trln. AQSh dollari 0 0,5 1 1,5 2 2,5 3 3,5 4 Umumiy Energiya Suv va kanalizatsiya Infratuzilma (transport va telekommunikatsiya Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi Biologik xilma-xillik Sog’liqni saqlash Ta’lim 3

Qayta tiklanuvchi energiya va jahon investitsiya bozori Hisobotda 30 dan ortiq rivojlanayotgan mamlakatlar hali ham qayta tiklanadigan energiya bo'yicha yirik xalqaro investitsiya loyihasini ro'yxatdan o'tkazmaganligi tahlil qilingan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda energiya investitsiyalari uchun kapitalning narxi asosiy to'siq hisoblanadi. Xalqaro investorlar, davlat sektori va ko'p tomonlama moliya institutlari o'rtasidagi hamkorlik kapital narxini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Shuningdek, hisobotda rivojlanayotgan mamlakatlarda muqobil energiyaga investitsiyalar uchun kapital narxini pasaytirish va investitsiyalarni rejalashtirish, loyihalarni tayyorlashda ko'proq qo'llab-quvvatlash muhimligi ta'kidlangan. Barqaror rivojlanish maqsadlarida xalqaro xususiy investitsiya loyihalari ortib borishi 2021-2022 2015-2022 Loyihalar sonining o'zgarishi (Foizda) INFRATUZILMA +26% +16% Transport infratuzilmasi, energiya ishlab chiqarish va taqsimlash (qayta tiklanadigan manbalardan tashqari), telekommunikatsiya +8% +21% QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA Qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish uchun qurilmalar, barcha manbalar SUV MANBALARI +20% +13% Sanoat va uy xo'jaliklarini suv va kanalizatsiya bilan ta'minlash +6% -19% QISHLOQ-OZIQ-OVQAT TIZIMLARI +8% +11% Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi va jarayonlari, o'g'itlar, pestitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar SOG`LIQ VA TA`LIM Shifoxona binolari, maktab binolari va xizmat ko'rsatish uchun boshqa infratuzilma 4

Qayta tiklanuvchi energiya va jahon investitsiya bozori 2015 yildan beri qayta tiklanadigan energiya sohasida yirik xalqaro investitsiya loyihasiga ega bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar soni, jami va har bir mamlakat toifasi doirasida Jami mamalakatkar 31 LDCs 11 20 SIDS 18 LLDCs 2 Aholining 95% dan kamrog'i elektr energiyasidan foydalana oladigan mamlakatlar 10 ta yetakchi davlatda qayta tiklanadigan energiyaga xalqaro investitsiyalar hajmi, mlrd. AQSh dollari Braziliya , 114,8 Vyetnam 106,8 Chili 84,6 Hindiston 77,7 Qozog'iston 56,3 Tayvan 48,7 Misr 45,8 Meksika 37,8 Indoneziya 36,7 Marokash 29,7 5

Qayta tiklanuvchi energiya va jahon investitsiya bozori Global barqaror obligatsiyalar emissiyasi hajmi, mlrd. AQSh dollari 1004 892 702 321 179 203 2017 2018 2019 2020 2021 2022 Global barqaror obligatsiyalar emissiyasi besh yil ichida besh baravar oshadi Suveren boylik fondlari yashil investitsiyalar hajmi, mlrd. AQSh dollari 30,5 21,8 22,8 25,4 16,2 16,9 18,8 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 Suveren boylik fondlari yashil investitsiyalarni kuchaytiradi, qazib olinadigan yoqilg'idan voz kechadi 6

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023


Like this book? You can publish your book online for free in a few minutes!
Create your own flipbook