OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI №17 OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA MUQOBIL ENERGETIKANI JORIY ETISH DAYJEST Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida quyosh panellari to‘liq ishga tushirildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali quyosh panellarini joriy qilish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi: Filialda quyosh panellarini o’rnatish dasturiga muvofiq, 2023 yilning 2-choragida 35 kVt quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lsada, filial xodimlari va talabalarni tashabbusi bilan mavjud laboratoriya va ta’lim jarayonida foydalaniladigan jihozlarni uzluksiz energiya bilan ta’minlash maqsadida 120 kVt quyosh fotoelektr stansiyasi o’rnatish uchun “Tashabbusli byudjet” loyihasida g’olib deb topilgandi. 2023 yilning 25 iyun sanasiga qadar 120 kVt quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan bo’lib, “ERKIN SAVDO MOBIL SERVIS” MChJ bilan 1172.9 mln. so’mga shartnoma imzolanib, 2023 yilning 20 iyun holatiga 60 kVt quyosh panellari filial o’quv binosi tom qismiga o’rnatildi. 2023 yilning 10 iyul holatiga yana 60 kVt quyosh panellari filial faollar va sport zalining tom qismiga o‘rnatildi. Hozirgi kunda o‘rnatilgan quyosh panellari to‘liq hajmda (120 kVt/soat) ishga tushirilib, tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 2
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq “yashil energiya” bilan ta’minlandi Davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023-yilda quyosh panellarini o‘rnatish dasturiga asosan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan jami quvvati 183 kVt/soatga ega 335 dona quyosh panellari o‘rnatildi. Bu oyiga 44 ming kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarish hamda o‘rtacha 4-5 million so‘mlik energiyani tarmoqqa tashlash imkoniyatini beradi. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor: — Universitetda jami 273 kVt/soat quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Talabalar turar joyida o‘tgan yili o‘rnatilgan panellar hisobiga ayni vaqtda jami quvvat 213 kVt/soatga yetkazilgan va joriy yil yakuniga qadar belgilangan vazifalar to‘liq amalga oshiriladi. Qurilmalarimiz “Yashil energiya” platformasiga kiritilgan va hozirgi kunda Navoiy viloyati hududiy elektr tarmoqlari elektr liniyasi tizimiga ulangan. Bu ortiqcha ishlab chiqarilgan energiyani sotish imkoniyatini ham beradi. 3
Navoiy davlat pedagogika instituti to‘liq muqobil energiya tizimiga o‘tdi 2023-yilda institutning 6 ta oʻquv binolari hamda 3 ta talabalar turar joylariga 350 kvtlik quyosh panellari oʻrnatildi. Joriy yilda institutda qo‘shimcha 160 kvtlik quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Jami bo‘lib 510 kvt ishlab chiqaruvchi quyosh stansiyalari institutni 100 foiz elektr energiyagasiga boʻlgan talabini qoplab beradi va ehtiyojdan ortgan qismini davlatga sotish imkoniyatini yaratadi. 4
Manbalar 1. https://samaguni.uz/ 2. https://t.me/ndkiofficial 3. https://t.me/NavDPI_Rasmiy 5
Ilmiy-texnik axborot markazi Toshkent-2023
Search
Read the Text Version
- 1 - 6
Pages: